Kel ko'nglim...
Ko'klarga parvoz etamiz,
Bizni suymaganlar xasaddan kuysin.
Kelgin olislarga uchib ketamiz,
Bir kam dunyosiga to'ysalar to'ysin...
Kel ko'nglim...
Bu yerdan ketamiz butkul,
Bizlarni kutmoqda dardlarsiz dunyo.
Balkida yurarmiz uzoq -uzoq yo'l,
Lek, shunda g'amimiz bo'ladi ro'yo.
Kel ko'nglim...
Ketamiz boshimiz olib,
Balki qadrimizga yetarlar shunda.
Ular ham ko'ziga yoshlarin olib,
Biz kabi yig'lashar qorong'u tunda.
Kel ko'nglim...
Ketamiz qaytmas joylarga,
Izlab izimizga bo'lishsin xo'p zor.
Balki yetib borsak olis oylarga,
U yerda qilishmas sevgimizni xor...
✍Zarnigor Bozorova
@Ifora_audio🕊
Assalomu alaykum qadrdonlarim hayrli kun! Boshlagan kuningizni yaxshi amallar bilan birga a'lo kayfiyatda o'tkazing.
@Ifora_audio
Termulsangiz qalbingiz bilan,
Bir sarguzasht, zo'r ertak dunyo!
Gar ko'zlarda to'lg'onsa alam,
Kuyub ketgan bir kurtak dunyo...
Yuzlaringiz shodlikdan kulsa,
Gullar to'lgan bir quchoq dunyo!
Lek qalbingiz ayovsiz yulsa,
O'tkir tig'li bir pichoq dunyo...
XONDAMIR
&
ZARNIGOR
@Ifora_audio🕊
Bugungi kunning eng ajoyib tuhfasi bo'ldi ustoz Nosirjon Jo'rayev ijodlariga omad!
#Zarnigor
Bir darveshga "Xayrli Jumalar" deyishibdi.
U esa "Juma shundoq ham xayrli" debdi.
Keyin "Juma muborak" deyishibdi.
U esa "Juma shundoq ham muborak kun" debdi.
Unda nima deylik, sen ayt deb so‘rashibdi.
U "Jumaning xayri va barokati senga bo‘lsin" deng, degan ekan.
Assalomu alaykum aziz dindoshim
Jumaning xayri va barokati sizga bo‘lsin!
Ҳусн нигоҳни ўзига жалб қилади.
Меҳр-шафқат эса қалбларни ўзига тортади.
❄️
Бахтли ҳаётнинг энг муҳим сирларидан бири қаноатдир.
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Бойлик матоҳнинг кўплигида эмас, нафснинг тўқлигида», деганлар.
Имом Бухорий ривояти.
❄️
Қаноатли хотин уйининг ташига эмас, ичига назар солади, уйда роҳат-фароғат боғларини яратиб, уларнинг тагидан меҳр чашмасини оқизиб қўяди, доимо бахт-саодат йўлларини қидириб, шундай бир мамлакат барпо қиладики, бу мамлакатнинг подшоҳи билан маликаси тўкин сочинликда, роҳат фароғатда яшайди.
❄️
«Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам дедилар:
«Мўминларнинг ўзаро дўстлиги, меҳр-муруввати бир бутун танага ўхшайди. Унинг бир аъзоси оғриса, бошқалари ҳам бедор бўлиб, иситмага мубтало бўлади».
Имом Бухорий ривоят қилганлар.
❄️
Хайрли кун меҳрлигим...
@Ifora_audio🕊
**************************
Mashhur nom, Buyuklik va baxtsiz yurak...
Millionlab maktublar ijodga doir.
Nomalar, maqtovlar unga ne kerak,
Bularning hech birin suymaydi shoir.
Oynaga qaraydi, kiyimlar bashang!
Ammo ko'zlarida yupunlik zoxir.
"-Bebaho!" "Ajabo!" "Ey qoil" "Yashang!"
Bularning hech birin suymaydi shoir.
Iyul. Yong'oq bargi qilpillab o'ynar,
Xayoli Boshidan ketmoqda toyib.
Suxandon g'aroyib Talantdan so'ylar,
Bularning hech birin suymaydi shoir.
Ko'zlar kulib tursa, nutqlar qog'ozda...
Dunyo yolg'on deya o'ylaydi shoir.
Ko'ngil ko'chasida, baland ovozda,
Qilingan suxbatga to'ymaydi shoir!
XONDAMIR
Gitme!
Titrer boğazımda canım.
Gözüm görmüyor dünyanın gamını.
Gitme!
Sensizlik çekilmez dert,
Kalbin olmasın bu kadar sert.
Gitme!
Diz çöküp yalvarsam mı, söyle?!
Sensiz kim için, niye yaşarım?
Sen olmazsan kim çeker kahrımı?
Düşlerim hançer gibi saplanır....
Gitme!
İstersen canımı vereyim,
İzin ver, senin gölgen olmaya.
Sensizlik dipsiz ölüm gibidir,
Söyle, razı mısın bensiz kalmaya?!
Gitme!
Titrer canım boğazımda,
Senden ayrı hayat çekilmez artık.
Bilirsin sensiz hiç kimseyim ben,
İzin ver kalayım seninle anlık!!!
✍Movluda Imomnazarova
🎙Zarnigor
@Ifora_audio🕊
Ba'zi insonlar oltin kalit misolidir. O'zlarining samimiy ochiq so'zlari, bebaho maslaxatlari va go'zal xulqlari bilan qalblarni ochadilar.
Assalomu alaykum qadirligim boshlagan kuningiz hayrli va yaxshi amallarga boy bo'lsin. Kun davomida yaxshi kayfiyat aslo tark etmasin!
🍃🌸@Ifora_audio🌸🍃
#musiqa
Arzimas bir guldasta
Sevgimdan qimmat ekan
Yurakkinam bo'ldiku xasta
O'ylab dil berdimikan....
Har kunimda azoblar meni,
Yuragimga bir tig' sanchilib.
Qani har on eslatgan seni,
Hayollarim ketsa yanchilib....
✍Zarnigor
@Nosirjon_Jorayev
❗️❗️❗️DIQQAT
❗️❗️❗️
Kutilgan daqiqalar! Nihoyat, tanlovimiz g‘oliblarini e'lon qilish vaqti yetdi. Ko‘plab tanlovlar orasidan 3 nafar eng yaxshi ijro va eng ajoyib video yuborgan ishtirokchilarni aniqladik! Demak, o‘rinlarni e'lon qilamiz
:
🥇#13_ishtirokchi Nodira Mirjonova ijrosidagi «Maktub» she'ri
🥇#28_ishtirokchi Umidjon Abduqodirov ijrosidagi «Avgust ertagi» she'ri
🥇#30_ishtirokchi Zarnigor Bozorova ijrosidagi «Har qancha o‘ylamay...» she'ri
videotanlovimiz g‘olibligini qo‘lga kiritdilar!
Qatnashchilarni taqdirlash 30-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Taqdirlashning qay usulda bo‘lib o‘tishi haqida kanalimizda e'lon qilib boramiz!
Barcha qatnashchilarga ishtiroklari uchun Ustozning chuqur minnatdorligini izhor etamiz! Biz bilan birga bo‘lganingizdan mamnunmiz!
⤵️⤵️⤵️
/channel/Nosirjon_Jorayev
Shuncha azoblaring yetmasmi dunyo?!
Nuqul menga g'amdan liboslar bichding.
Yuzimga kulguni etgancha ro'yo,
Ko'zim yoshlarini sipqorib ichding.
Umrimning quyoshi porlamaydi hech,
Yomg'iringdan qochib,tutildim do'lga.
Nega yorug' yo'llar chorlamaydi hech,
Tentirab yuribman bir chigal yo'lda.
Ishq berding uning ham zahrini totdim,
Bir go'zal intiho nasib etmadi.
Hatto saratonda sovuqdan qotdim,
Qalbimning muzlari erib bitmadi.
Charchadim umrimda bo'lsa deb sehr,
Bo'ldi dardlaringdan bermagin ortiq.
Sendan tilaganim bir kichik mehr,
Mehringdan bir chimdim aylagin tortiq....
✍Zarnigor
@Ifora_audio🕊
Гўзалликни кўриш учун гўзал қалбли бўл!
Сен кўрадиган нарса руҳинг кўзгусидаги аксдир. Гина ва нафратни ўзида жамлаган қалб муҳаббатни қандай кўради, бағрикенглик йўлини қандай тутади?!
Ҳасад уни еяётган қалб қандай қилиб ўзи яхши кўрган нарсани бошқага илина олади?!
Бировлар айбини, қабоҳатни қидириб юрган қалб гўзал хислатларни қаердан кўра олади?!
Гўзалликни кўриш учун покиза қалб билан қара. Йўқса сенга қалбингда бино қилганинг қора деворингдан ўзга нарса кўринмайди.
Жалолиддин Румий
@Ifora_audio🕊
Bizda yangi tabriklar sahifasi!
Siz ham o'z yaqinlaringizni chiroyli tabrik bilan xushnud qiling. Tabrik zakazi uchun murojaat.👇👇👇@ZarnigorBozorova_bot
@Ifora_audio🌸🕊
Assalomu alaykum qadrdonlarim hayrli kun. Qishning sovuq kunlarida barchamizni bir-birimizga bo'lgan qaynoq mehr aslo tark etmasin😊😊😊
#Zarnigor
Bahorni sog'ingan qalblar uchun maxsus☺️
. NIHOYAT.... (Duet she'r)
. BEXZOD HIJRON
Hayriyat, eridi yurakdan qorlar
Qayta oqdi qalbda zerikkan anhor
Jannatdek kutganim qarshimda porlar
Va nihoyat keldi, men kutgan bahor...
. ZARNIGOR
Qanchalar kutgandi intiq ko'zlarim
Kular bo'ldi mana,qayta yuzlarim
Ko'klamdan zavqlanib so'zlar so'zlarim
Va nihoyat keldi, men kutgan bahor...
. BEXZOD HIJRON
Uyg'ondi sarhadsiz, bepoyon chiroy
Kunduz ham ko'rinar tundagidek oy
Qutqarmoqqa kelgan meni, xoynahoy
Va nihoyat keldi, men kutgan bahor...
. ZARNIGOR
Har tomonda mayin gullar ifori
Bir ajib kuy chalar ko'ngilning tori
Hatto osmonning ham ketdi g'ubori
Va nihoyat keldi, men kutgan bahor...
. BEXZOD HIJRON
Bu o'zi muhabbat faslimi deyman
Va yoki gullarning qasrimi deyman
Endi hijronlimas, oromli kuyman
Va nihoyat keldi, men kutgan bahor...
. ZARNIGOR
Ko'zlarni quvnatar ko'kda kamalak
Dimoqni qitiqlab pishar sumalak
Baxtli kunlarimdan kelmoqda darak
Va nihoyat keldi, men kutgan bahor...
. BEXZOD HIJRON
Hamma ham bundayin bahorga yetmas
Tong payti sharqona nahorga yetmas
Insonlar ketadi, lekin u ketmas
Va nihoyat keldi, men kutgan bahor...
. ZARNIGOR
Mushtoq kutganimga mukofot bo'lib
O'zanidan toshgan daryodek to'lib
Qarang omadim ham kelgandek kulib
Va nihoyat keldi, men kutgan bahor...
Endi yuragimni bosolmas g'ubor....
✍Bexzod Hijron feat. Zarnigor
🍃🌸@Ifora_audio🌸🍃