Samarqand viloyat hokimligi Murojaat uchun telefon: +99899 590-21-01 TELEGRAM BOT: @iftixorim_tilim
"Sovchi" so‘zining ma’nosini bilasizmi?
Taniqli shoir Eshqobil Shukur ushbu so‘zning kelib chiqish tarixi haqida hikoya qiladi.
📺 "Bobo so‘z"
👉 @mm_telekanal
👉 @mm_telekanal
🔈 Qishlog‘ingiz nega shunday atalishini bilasizmi?
👉 O‘RAMAS – Samarqand viloyati Urgut tumanida qishloq nomi. A.D.Grebenkin Zarafshon okrugidagi minglar haqida to‘xtalib, bu qabila tog‘ali, bog‘lon va uvoqtamg‘ali urug‘laridan iborat ekanligini ta’kidlaydi. Uvoqtamg‘alilar, o‘z navbatida, algar, chavutjayli, o‘ramas, to‘qnamoz, kiyikxo‘ja va yarat (jarat) tarmoqlariga bo‘lingan (Grebenkin, 1874: 332).
Sherali TEMIROV,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
🔈 Qishlog‘ingiz nega shunday atalishini bilasizmi?
👉 TO‘RTAYG‘IR – Samarqand viloyati Oqdaryo va Pastdarg‘om tumanlarida qishloq nomi. Tilshunos olim B.O‘rinboyev qipchoqlarning bir urug‘i to‘rtayg‘ir yoki to‘rayg‘ir deb atalishini qayd qiladi.
🔰 Etnograf K.Shoniyozov to‘riayg‘ir yoki to‘rtayg‘ir Sirdaryobo‘yi qipchoqlari bilan bog‘liq yirik urug‘ bo‘lgan deb ko‘rsatadi.
🔷 To‘riayg‘ir (“To‘riq ot, ayg‘ir”) yoki to‘rttamg‘alilar XVII asrgacha Janubiy Qozog‘istonning Qorabuloq mavzesida yashagan. Jung‘orlar hujumidan so‘ng bir necha bo‘lakka bo‘linib ketgan to‘riayg‘irlarning bir qismi Zarafshon vodiysiga, boshqa qismi Farg‘ona vodiysiga, shuningdek, Qirg‘iziston, Koshg‘ar va Toshkent hududlariga joylashgan (Shaniyazov, 1971: 141).
Sherali TEMIROV,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
Ishchi guruh faoliyati davom etmoqda
🔹Oqdaryo tumani hokimligi Ishchi guruhi tomonidan Oqdaryo tumani Xalq ta'limi bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qarorining ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
🔸O‘rganish davomida aniqlangan xato-kamchiliklar, ijro intizomi, davlat tilida ish yuritishning holati, ichki targ‘ibot vositalari va ish yuritish hujjatlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Kanalga qo‘shiling:
👇👇👇
👉 /channel/oqdaryo_axborot_xizmati
💐 Ikki buyuk siymoga ehtirom
🔷 Samarqand shahar XTB ga qarashli 17-umumiy o'rta ta'lim maktabida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bubur tavallud kuniga bag'ishlab "Ikki buyuk siymo" nomli tadbir bo'lib o'tdi.
🔶 Tadbirda 8-"E", 6-"I" va 5-"J" sinf o'quvchilari Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidan namunalar aytishdi. Asarlaridan sahna ko'rinishlari namoyish etishdi.
Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
#Tuman_Kengashi_sessiyasidan
Samariddin Dagarov, tuman hokimining maslahatchisi:
– ... O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, “2023-yil 1-yanvardan boshlab tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyotini to‘liq joriy qilish” belgilab qo‘yilgan...
Kuzatib borish uchun:👉https://www.facebook.com/100063684024672/videos/881110086469980/?app=fbl
#KUN_XABARLARI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 540 YILLIGI KENG NISHONLANDI
#KUN_XABARLARI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 540 YILLIGI KENG NISHONLANDI
#KUN_XABARLARI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 540 YILLIGI KENG NISHONLANDI
#KUN_XABARLARI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 540 YILLIGI KENG NISHONLANDI
💐 Anda jonim qoldi manim...
🔈 Joriy yilning 14-fevral kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumani XTB ga qarashli 46-umumiy o'rta ta'lim maktabida buyuk mutafakkir, shoir, davlat arbobi, buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan "Anda jonim qoldi manim" nomli adabiy badiiy tadbir o'tkazildi.
Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
Oʻzbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyida buyuk davlat arbobi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan “Boburiylar davri miniatyura sanʼati” nomli koʻrgazma ochildi.
Tadbirda viloyat hokimining oʻrinbosari R.Qobilov, Oliy Majlis Senati aʼzosi F.Toshev Bobur shaxsiyati, asarlari va sulolaning miniatyura sanʼatining rivojiga qoʻshgan hissasi haqida soʻz yuritdi.
Koʻrgazmada Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasi tasviriy sanʼat fondida saqlanayotgan boburiylar davri miniatyura sanʼati namunalarining koʻchirma nusxalari namoyish etildi.
- Muzeyda temuriylar davriga doir 100 dan ortiq miniatyuralar saqlanmoqda, - deydi Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasi boʻlim boshligʻi Safura Roʻzimurodova. - Shundan mashhur rassomlar P.Vinkov va M.Voronskiy qalamiga mansub 2 ta rang-tasvir va 24 ta miniatyura namoyish etilmoqda. Mazkur miniatyuralarda boburiylar davri, jang tasvirlari, inson siymosi, uning ruhiy dunyosini oʻzida mujassamlovchi lavhalar tasvirlangan.
✅@Zarnews_uz
#Bobur
#tavalludi
Bugun shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda tavallud topgan.
YAXSHILIG‘
Kim ko’rubtur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’,
Kimki ondin yaxshi yo’q, ko’z tutma ondin yaxshilig’.
Bu zamonni nafi qilsam ayb qilma, ey rafiq,
Ko’rmadim hargiz, netayin, bu zamondin yaxshilig’.
Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko’ngluma,
Kelmadi jonimg’a hech oromi jondin yaxshilig’.
Ey ko’ngul, chun yaxshidin ko’rdung yomonlig’ asru ko’p,
Emdi ko’z tutmoq ne ya’ni har yomondin yaxshilig’.
Bori elga yaxshilig’ qilg’ilki, mundin yaxshi yo’q
Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig’.
Yaxshilig’ ahli jahonda istama Bobur kibi,
Kim ko’rubtur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’.
═════════════
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram
Ishchi guruh faoliyati davom etmoqda
🔹Oqdaryo tumani hokimligi Ishchi guruhi tomonidan Oqdaryo o‘rmon xo‘jaligi bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qarorining ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
🔸O‘rganish davomida aniqlangan xato-kamchiliklar, ijro intizomi, davlat tilida ish yuritishning holati, ichki targ‘ibot vositalari va ish yuritish hujjatlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Kanalga qo‘shiling:
👇👇👇
👉 /channel/oqdaryo_axborot_xizmati
#KUN_XABARLARI
NAVOIY VA BOBUR TAVALLUDI KUNI MUNOSABATI
BILAN TADBIRLAR O‘TKAZILDI
📜Urgut tumani hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh bilan Urgut shahri Pochvon ko'chasida joylashgan savdo va maishiy xizmat koʻrsatish binolarida tashqi yozuvlar, reklama va boshqa targʻibot vositalarining "Reklama toʻgʻrisida" hamda "Davlat tili toʻgʻrisida"gi Qonunlariga rioya etilgan holda oʻrnatilishi, shuningdek, tozalik va obodonlashtirish ishlarining tashkillashtirilganligi oʻrganilib, bartaraf etildi.
🟢Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
Maxsus reportaj | Davlat tiliga boʻlgan e'tibor
25.02.2023-yil
/channel/SamTvr
🔈 Qishlog‘ingiz nega shunday atalishini bilasizmi?
👉 QULJOMON – Samarqand viloyati Ishtixon tumanida qishloq.
🔰 Oqqipchoqlarning jag‘altoy urug‘ining bir tarmog‘i quljamon deb atalgan (Qorayev, 1978: 182).
👉 QUNDUZAK – Samarqand viloyati Toyloq tumanida qishloq. Qunduz va -ak (kichraytirish qo‘shimchasi -cha) qismlaridan tashkil topgan. T.Nafasov mazkur turdagi so‘zni ko‘handiz+ak, ya’ni Ko‘handiz – ko‘hna diz – qadimiy qal’a so‘zidan kelib chiqqan deb izohlaydi (Nafasov, 1980: 260).
Sherali TEMIROV,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
📚 Kitob taqdimoti o'tkazildi
🔰 Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi 46-umumiy o'rta ta'lim maktabida Muhammad Yusufning "Halima enam allalari" nomli kitob taqdimoti bo'lib o'tdi.
🔷 Taqdimotda o'quvchilar shoir hayoti va ijodi haqida hamda she'rlaridan namunalar aytishdi. Shuningdek, she'rlari asosida yaratilgan qo'shiqlarga raqsga tushishdi.
Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
💐 Bugun tug‘ilgan kun – Jasur Abilov 💐
💐 16-fevral Payariq tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jasur Ergashevich Abilov tavallud topgan kun.
💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Jasur Ergashevichni viloyat, shahar va tumanlar hokimlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.
💐 Tumanda davlat tilining rivoji va mavqeyini oshirish borasida olib borayotgan islohotlarini yuksak qadrlaymiz. Jasur Ergashevichga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik tilaymiz.
Sherali Temirov,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi
Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
DIYOR YANGILIKLARI | BOBURIYLAR DAVRI AKS ETTIRILGAN ASARLAR KO‘RGAZMASI BO‘LIB O‘TMOQDA
14.02.2023-YIL
#samarqandmtrk
#KUN_XABARLARI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 540 YILLIGI KENG NISHONLANDI
#KUN_XABARLARI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 540 YILLIGI KENG NISHONLANDI
#KUN_XABARLARI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 540 YILLIGI KENG NISHONLANDI
🔈 Qishlog‘ingiz nega shunday atalishini bilasizmi?
👉 SOCHAK – Samarqand viloyati Toyloq tumanida qishloq. Toponimist T.Nafasov 1926-yilgi qishloqlar ro‘yxatida Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida Sochak nomli qishloq qayd qilingani haqida to‘xtalib, ushbu nomning qadimiy shakli sang+i+choh – sangi+choh – sangichak – songi+chak – so: -chak – sochak bo‘lgan deb ko‘rsatadi va Sang+i+choh – chuqurlikdagi tosh, chuqur joydagi tosh ma’nosida kelganligini yozadi (Nafasov, 2009. – B.233).
Sherali TEMIROV,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
#Yangiliklar
⚡️ “Kim yor anga ilm tolibi – ilm kerak”
Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, davlat va jamoat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlab “Kim yor anga ilm tolibi – ilm kerak” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi
Batafsil: 👉 https://www.samdu.uz/uz/news/40297
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
|🌍Web|✅Telegram| 📸Instagram|💬Facebook| 📹Samarqanddavlatuniversiteti">Youtube
14-fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun munosabati bilan Samarqand shahridagi 33-umumtaʼlim maktabida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Kechada oʻquvchi-yoshlar shoirning gʻazal va ruboyilaridan parchalar aytishdi. Tadbirda faol ishtirok etgan oʻquvchi-yoshlarga Zahiriddin Muhammad Boburning kitoblari sovgʻa qilindi.
/channel/SamTvr
🔈 Qishlog‘ingiz nega shunday atalishini bilasizmi?
👉 TAROQLI – Samarqand viloyati Urgut tumanida qishloq. Vaxtamg‘ali va jilontamg‘ali (ilontamg‘ali) urug‘larining qismlaridan biri tarakli deb nomlangan (taroq – taroq, urug‘ning tamg‘asi shakliga ko‘ra taroqni eslatgan).
🔰 Taroqli – juz (yuz), qangli, xitoy qipchoq, qo‘ng‘irot qabilalari tarkibida uchraydigan urug‘ nomi. Urug‘ning tamg‘asi taroq shaklida bo‘lgan va bu etnonim uchun asos bo‘lgan. Tamg‘asiga ko‘ra urug‘, urug‘iga ko‘ra qishloq nomlangan.
Sherali TEMIROV,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
💐 Alisher Navoiy - millatimiz koʻzgusi
🔰 Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi 46-umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Alisher Navoiy - millatimiz koʻzgusi" nomli tadbir boʻlib oʻtdi.
🔶 Oʻquvchilar Navoiy ijodidan sahna koʻrinishi va gʻazallar hamda ruboiylardan namunalar aytishdi.
Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
#KUN_XABARLARI
ALISHER NAVOIY TAVALLUDINING 582 YILLIGI
KENG NISHONLANMOQDA