Veb-sayt: https://iiau.uz Facebook: https://www.facebook.com/iiau.fb?locale=ru_RU Instagram: www.instagram.com/iiau_official YouTube: https://www.youtube.com/c/InternationalIslamicAcademyofUzbekistan Matbuot xizmati
#Munosabat
Noqonuniy diniy taʼlim berishga qanday javobgarlik bor?
✔️Soʻnggi yillarni oʻz ichiga olgan davr ilmiy va ekspert doiralar tomonidan Oʻzbekiston taraqqiyotining yangi bosqichi deb atalmoqda. Ushbu qisqa vaqt ichida Oʻzbekistonda turli sohalarda amalga oshirilgan islohotlar davlat va jamiyatning jadal rivojlanishiga erishish, xalq farovonligi va osoyishtaligini taʼminlashga xizmat qilmoqda.
✔️Oʻtgan qisqa vaqt davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirishga qaratilgan muhim tashabbuslar ilgari surildi. Birinchidan, 2016-yilning 18-oktabrida Toshkentda Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasi yigʻilishida Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.
✔️Ikkinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2017-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etib, xalqaro maydonda islom diniga nisbatan kuzatilayotgan bir yoqlama salbiy munosabatga nisbatan oʻzining qatʼiy pozitsiyasini muxtasar ifoda qilib, jumladan shunday dedi: “Biz muqaddas dinimizni zoʻravonlik va qon toʻkish bilan bir qatorga qoʻyadiganlarni qatʼiy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga daʼvat etadi”.
✔️Birlashgan Millatlar Tashkilotida Oʻzbekiston rahbari jahon hamjamiyatiga Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish loyihasi haqida soʻzladi. Islom sivilizatsiyasi markazi oʻz gʻoyasi va ahamiyatiga koʻra betakror loyiha boʻlib, islom dinining ilmiy-maʼnaviy boyligi, bunyodkorlik salohiyatini namoyish etishga qaratilgan.
✏️Gʻayrat RASULOV,
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi
“Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri
💳Manba: “Jamiyat” gazetasi
📎Gazetani yuklab olish uchun
🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3583
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#VIDEOLAR
🎞Tavhidni 3 qismga ajratish joizmi?
🔰Faxritdin Xudoynazarov,
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Huquqiy_savodxonlik
📖“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunning 22-moddasi
🔰Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish yakunlari
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Kun_hikmati
🔷Kishini qabih va bemaza ishlarga qadam qoʻyishdan tutib turadigan va uni yaxshi xulq va ishlarga yoʻllashiga hayo deyiladi.
✍️Abu Ali ibn Sino
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Videolar
🖥“Oʻzbekiston tarixi” telekanalining “Oʻzbekiston tarixi” mavzusidagi navbatdagi ko‘rsatuvi
🔼Ko‘rsatuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.
➡️Manba: “O‘zbekiston tarixi” telekanali
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Xalqaro_konferensiya
#Videolar
🎞O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Jahon va milliy turizm rivojlanishida zamonaviy trendlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Yangiliklar
Davlat bayrogʻi – xalq tarixi va istiqboli ramzi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Davlat bayrogʻi – xalq tarixi va istiqboli ramzi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri aktyori, O‘zbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Turgʻun Beknazarov, Akademiya professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.
Davra suhbati davomida xalqimizning sevimli aktyori Turg‘un Beknazarov hamda ustozlar tomonidan talabalarga milliy bayrogʻimiz davlat va jamiyat hayoti, uning jahon hamjamiyatidagi oʻrni va rolini koʻrsatishda muhim ahamiyatga ega ekanligi hamda har birimiz uchun iftixor timsoli hisoblanishi taʼkidlab oʻtildi.
Tadbir yakunida talabalar bilan mavzu yuzasidan “Zakovat” intellektual tanlovi oʻtkazildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#E’lon
⚡️⚡️Diqqat tanlov!
⬇️Akademiya talaba yoshlari va tadqiqotchilari uchun “Uchinchi Renessans – yoshlar nigohida” tanlovini e'lon qiladi.
☄️Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi.
✔️Ajdodlar merosini targ‘ib qilishda innovatsion yondashuv;
✔️Oliy ta’limda sifatli bilim olishdan talabalarning manfaatdorligini oshirish uchun o‘quv jarayoni va metodikasini o‘zgartirish yo‘llari;
✔️Yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noan’anaviy usullari.
✉️Hujjatlarni qabul qilish jarayonlari joriy yilning 30-noyabr sanasiga qadar.
⭐️Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
✉️Hujjatlarni topshirish uchun @maftunaxon_8588, @lideruzxia murojaat qilishingiz mumkin.
🔗Tanlov nizomi bilan tanishing.
(MATN USTIGA BOSING)
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
TA’ZIYA
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakili, Mir Arab oliy madrasasi rektori Jobir domla Elovning padari buzrukvorlari Rustam hoji otaning vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur taʼziya izhor qiladi.
Alloh taolo marhumni O‘z mag‘firatiga olsin! Imonlari va solih amallarini o‘zlariga hamroh aylasin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin! Ortida qolgan yaqinlariga go‘zal sabr bersin!
Janoza bugun asr namozidan soʻng Buxoro viloyati Romitan tumanidagi “Eshoni Pir” jome masjidida oʻqiladi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi
#Xalqaro_konferensiya
#Yangiliklar
Jahon va milliy turizm rivojlanishida zamonaviy trendlar
🗓Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Jahon va milliy turizm rivojlanishida zamonaviy trendlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
✔️Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida amalga oshirilayotgan “Buxoro ziyoratgohlarining elektron 3D modelini yaratish” innovatsion loyihasi doirasida tashkil etildi.
🔼Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va jahon va milliy turizmdagi zamonaviy trendlarni muhokama qilish, mamlakatlarning tarixiy-madaniy merosi va turizmning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini o‘rganishga qaratildi.
🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3579
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
Bizning ikkita oʻq tomirimiz, ikkita tayanch ustunimiz bor: biri – iqtisodiyot, biri – maʼnaviyatdir.
Davlat rahbari yoshlarimiz ongu tafakkurida milliy gʻurur bilan birga umumbashariy qadriyatlarga hurmat hissini kamol toptirish maqsadida yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish zarurligini qayd etdi.
Farzandlarimizni zamonaviy bilim va dunyoqarash, daromadli kasb egalari etib tarbiyalash, ularni ilm-fan, IT texnologiyalar, maʼnaviyat, sanʼat va adabiyot, sport bilan oshno etish uchun hech narsani ayamasdan, bor kuch va imkoniyatlar safarbar etiladi.
“Bugun faqat mana shunday ilgʻor yoshlarga, mana shunday jonkuyar ziyolilarga, Vatan ravnaqi yoʻlida birlashgan xalqqa ega boʻlgan davlatgina oʻz milliy manfaatlarini taʼminlashga erisha oladi.
Bizning ikkita oʻq tomirimiz, ikkita tayanch ustunimiz bor: biri – iqtisodiyot, biri – maʼnaviyatdir. Maʼnaviy buyuk xalq – iqtisodiy tomondan ham buyuk boʻladi”, – dedi davlatimiz rahbari.
Bizni kuzating
#Xalqaro_konferensiya
#So‘z_ishtirokchilarga
Azmi Abdul Latiff,
Malayziya Tun Hussein Onn universiteti, “Ingliz tili va tilshunoslik” kafedrasi dotsenti,
Tilshunoslik markazi dekani (Malayziya):
– O‘zbekiston dunyodagi tarixiy yodgorliklari, muqaddas ziyoratgohlari mavjud sanoqli davlatlar qatoriga kiradi. Tashrifim davomida qadimiy obidalarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Qolaversa, o‘zbek xalqining mehmondo‘stligini ko‘rib, bu yurtga mehr-muhabbatim yanada ortdi.
Shunga amin bo‘ldimki, bugungi kunda rivojlangan davlatlar qatorida har sohada o‘rnini egallab kelmoqda. Xususan, turizm sohasida O‘zbekiston – Malayziya do‘stligini, o‘zaro hamkorligini yangi pog‘onalarga chiqarishni niyat qilganmiz.
“Jahon va milliy turizm rivojlanishida zamonaviy trendlar” mavzusidagi konferensiya ana shu jarayonlarda ko‘prik vazifasini bajaradi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев янги таркибдаги Олий Мажлис Сенатининг биринчи мажлисида нутқ сўзлади
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Ilm-fan
Akademiyada navbatdagi doktorlik dissertatsiyasi (DSc) muvaffaqiyatli himoya qilindi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti Aziza Turg‘unovaning “Oliy ta’lim muassasalarida gerontopedаgogikaning diniy e’tiqod va tarbiyadagi ahamiyati” mavzusidagi 13.00.01 – Pedаgogikа nаzаriyаsi. Pedаgogik tа’limotlаr tаrixi ixtisosligi bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Akademiya huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda majlis a’zolari, soha mutaxassislari ishtirok etdilar.
Dissertatsiya “Gerontopedagogikaning nazariy-metodologik asoslari”, “Аvlodlararo munosabatlarda gerontopedagogik yondashuvni ta’minlashning konseptual asoslari” hamda “Talabalarda gerontopedagogika tajribasidan foydalanishning amaliy-texnologik tizimi” kabi boblardan iborat.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3577
Rasmiy sahifalarni kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#O‘quv_seminar
▶️
Qadriyatlar. Global olam. Ijtimoiy muammolar
🔼Xabaringiz bor, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Qadriyatlar. Global olam. Ijtimoiy muammolar” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.
✔️Seminarning ikkinchi kunida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Matluba Qahhorova, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi maslahatchisi Dilbar G‘ulomova, vazirlik va idoralar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining mas’ul xodimlari ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Onlayn_seminar
Maʼnaviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak
✔️Avval xabar berganimizdek, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan “Maʼnaviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalish boʻyicha onlayn oʻquv seminarlari oʻtkazilmoqda.
➡️“Maʼrifat soati” doirasida 32 soatga moʻljallangan mazkur o‘quvlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sport vazirligi, Transport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya Qoʻmitasi, “Hunarmand” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasining maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga masʼul xodimlari ishtirok etmoqda.
✔️Seminarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov ham o‘z ma’ruzasi bilan qatnashmoqda.
➡️Bugun Akademiya rektori tinglovchilar uchun “Radikalizmning namoyon bo‘lishi, oqibatlari va oldini olish yo‘llari” mavzusida ma’ruza qildi.
🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3581
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#VIDEOLAR
🎞Sodiq Samarqandiy, Abdulloh Zufar, Obid qori, Abu Saloh, Yusuf Davron, Ahliddin Navqotiy kabi kimsalar salafiylikning qaysi toifasiga mansub? Umuman, salafiylikni tasniflash mumkin bo‘lsa, qanday tasniflash lozim?
🔰Jasur Abduqodirov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchisi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Jaholatga_qarshi_ma’rifat
“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida mahallalarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi
✔️Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov Sirdaryo viloyatining Oq oltin tumanida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etmoqda.
➡️Akademiya vakili ishtirokidagi navbatdagi tadbirlar “Mustaqillik” MFYdagi “Oq-oltin” kasb-hunar kolleji, “Alisher Navoiy” MFYdagi “Barkamol avdod” bolalar maktabi, “Boʻston” MFYdagi 9-sonli umumta’lim maktabi hamda “Ahillik” MFYdagi 10-umumta’lim maktabida o‘tkazildi.
✔️Tadbirda tuman prokurori U.Qushboqev, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Oq oltin tumanidagi vakili D.Mardiyev, imom-xatiblar – B.Isoqov, J.Rizqulov, umumta’lim maktabi direktorlari, mahalla raislari, aholi vakillari hamda o‘quvchilar ishtirok etdi.
➡️Akademiya prorektori tomonidan targ‘ibot tadbiri davomida bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, diniy-ma‘rifiy sohadagi islohotlar xususida fikrlar bildirildi.
✔️Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar va ularning oldini olish masalalari, yurtimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.
➡️Shuningdek, uchrashuvlar davomida Akademiya vakili ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, yoshlarimizni milliy qadriyatlarimiz asosida vatanparvarlik, fidoyilik va yaratuvchanlik ruhida tarbiyalash hamda aholini, ayniqsa, yoshlarni diniy mutaassiblik, turli yot g‘oyalar tahdidlaridan himoyalanish yo‘llari haqida ma’ruzalar qildi.
✔️Tadbirlarda ishtirokchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollarga kerakli javoblar olishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг Бош вазир лавозимига номзодни кўриб чиқиш ҳамда Вазирлар Маҳкамасининг яқин ва узоқ истиқболга мўлжалланган ҳаракатлар дастури муҳокамасига бағишланган мажлисида иштирок этди.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в заседании Законодательной палаты Олий Мажлиса по рассмотрению кандидатуры на должность Премьер-министра и обсуждению программы действий Кабинета Министров на ближайшую и долгосрочную перспективу.
#Mirziyoyev #majlis #Qonunchilikpalatasi #VazirlarMahkamasi
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Videolar
Amerikaning CNN xalqaro telekanali Oʻzbekiston haqida eksklyuziv koʻrsatuvni efirga uzatdi
Manba: Sevimli telekanalining “Zamon” informatsion dasturi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Ilmiy_seminar
Akademiya rektori ilmiy-amaliy o‘quv seminarda ma’ruza qildi
☄️Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan Din ishlari boyicha qo‘mita hamkorligida “Qadriyatlar. Global olam. Ijtimoiy muammolar” mavzusida ilmiy-amaliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.
🗓Joriy yilning 20-21-noyabr kunlari davomida o‘tkaziladigan seminar xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida turli salbiy oqibatlarning oldini olishga qaratilgan.
✔️Seminarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov “O‘zbekistonda davlat va din munosabatlarining ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi.
⭐️Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Matluba Qahhorova, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi oʻrinbosari Homidjon Ishmatbekov, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi maslahatchisi Dilbar G‘ulomova, vazirlik va idoralar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3580
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Yangiliklar
Akademiyada “Qizlarjon klubi”ning tanishuv tadbiri o‘tkazildi
⚡️Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Talalalar turar joyida Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti qoshida ochilgan “Qizlarjon klubi” doirasida qizlarning rassomchilik bo‘yicha ijod namunalari bilan tanishuv tadbiri tashkil etildi.
⬇️Unda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani S.Chiniyeva, xotin-qizlar masalasi bo‘yicha dekan maslahatchisi Sh.Akbarova va tyutor N.Ruzimova qizlarning ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularga imkoniyatlar yaratish va ularni rivojlantirishga qaratilgan muhim vazifalar haqida so‘z yuritdi.
✏️Tadbirda qizlarning san’at va rassomchilik sohasidagi ishlariga alohida e’tibor qaratildi. Bu esa ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga, o‘zlarini erkin ifoda etishlariga yordam berishga qaratilgani ta’kidlandi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
⚡️Prezidentimiz 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi
El-yurtimizning fikr-mulohazalari, xohish-istaklarini atroflicha oʻrganib, bildirilgan tavsiyalardan kelib chiqqan holda, bu boradagi ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga koʻtarish maqsadida Prezidentimiz 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi.
Yigʻilganlar ushbu tashabbusni toʻliq qoʻllab-quvvatladilar.
Hukumat yil nomida belgilangan eng muhim vazifalar boʻyicha davlat dasturini ishlab chiqishi belgilandi.
Bizni kuzating
#Xalqaro_konferensiya
#Fotoreportaj
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilgan “Jahon va milliy turizm rivojlanishida zamonaviy trendlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyadan lavhalar
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
Президентимиз сўзининг давомида бугун нафақат Ўзбекистон, балки дунёдаги кўплаб мамлакатлар иқлим ўзгаришларининг салбий оқибатларини яққол ҳис қилаётганини қайд этди.
Ҳаво ва сувнинг ифлосланиши, тупроқ эррозияси, чўлланиш, қазилма ёқилғиларни беҳисоб ишлатиш глобал исишга, табиий офатларнинг кўпайишига олиб келмоқда, атроф-муҳит ва аҳоли соғлиғига зарар етказмоқда.
Бунга жавобан мамлакатимизда уч йил аввал “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси бошланди. Қўшни мамлакатлар билан биргаликда Минтақавий иқлим стратегиясини амалга оширишга киришилди. Пойтахтимизда Марказий Осиё атроф-муҳит ва иқлим ўзгаришларини ўрганиш университети ташкил этилди.
Шунингдек, Ўзбекистон Бирлашган Миллатлар Ташкилоти томонидан бу борада қабул қилинган иккита муҳим резолюциянинг ташаббускори бўлди. Айни вақтда “яшил” энергетика иқтисодиётимиз драйверларидан бирига айланмоқда.
Эл-юртимизнинг фикр-мулоҳазалари, хоҳиш-истакларини атрофлича ўрганиб, билдирилган тавсиялардан келиб чиққан ҳолда, бу борадаги ишларни янги, янада юксак босқичга кўтариш мақсадида Президентимиз 2025 йилни юртимизда “Атроф-муҳитни асраш ва “яшил” иқтисодиёт йили” деб эълон қилишни таклиф қилди.
Йиғилганлар ушбу ташаббусни тўлиқ қўллаб-қувватладилар.
Facebook|Instagram|X
#Onlayn_seminar
Akademiya rektori onlayn seminarda ma’ruza qildi
Bugun Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sport vazirligi, Transport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya Qoʻmitasi, “Hunarmand” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasining maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga masʼul xodimlari uchun “Maʼnaviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalish boʻyicha oʻquv kursi oʻtkazildi.
“Maʼrifat soati” doirasida 32 soatga moʻljallangan o‘quvlarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun ahamiyati” mavzusida ma’ruza qildi.
Onlayn seminarda Akademiya rektori o‘z ma’ruzasida diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar so‘nggi yillarda yangi bosqichga ko‘tarilgani, ayniqsa, bu borada 2021-yil 5-iyulda davlatimiz rahbari tomonidan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning imzolangani katta ahamiyatga ega voqelik bo‘lganini qayd etdi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3578
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Prezident_majlis
Ta’lim sifatini yanada oshirish, yoshlarimizni har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalashga qaratilgan siyosat izchil davom ettiriladi
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni koʻrib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bagʻishlangan majlisida ishtirok etib, nutq so‘zlamoqda.
Unda Prezident Hukumatning asosiy vazifalariga to‘xtalib, sog‘liqni saqlash, ta’lim va sportni rivojlantirish bo‘yicha katta dasturlarni samarali va to‘liq amalga oshirish – hamisha Hukumatning kun tartibida turishi kerak bo‘lgan asosiy vazifalar ekanini ta’kidladi.
Majlisda ta’lim sifatini yanada oshirish, yoshlarimizni har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalashga qaratilgan siyosat izchil davom ettirilishi qayd etildi.
Bizni kuzating
#Yangiliklar
#Radio_reportaj
📻“Yangi Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglik” mavzusidagi xalqaro konferensiya tafsilotlari
🔰Mahfuza Alimova,
“Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi dotsenti
🔷Manba: O‘zbekiston 24 radiosi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Yangiliklar
#Radio_reportaj
📻O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar
🔰Jaloliddin Abduxoliqov,
“Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi
🔷Manba: O‘zbekiston 24 radiosi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram