iiau_official | Unsorted

Telegram-канал iiau_official - International Islamic Academy of Uzbekistan

5415

Veb-sayt: https://iiau.uz Facebook: https://www.facebook.com/iiau.fb?locale=ru_RU Instagram: www.instagram.com/iiau_official YouTube: https://www.youtube.com/c/InternationalIslamicAcademyofUzbekistan Matbuot xizmati

Subscribe to a channel

International Islamic Academy of Uzbekistan

#iiau
#zakovat
#konstitutsiya_32
#intellectual

▶️O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari o‘rtasida Zakovat intellektual o‘yini tashkil etiladi.

🗓Bellashuv 2024-yil 4-dekabr kuni soat 13:00 da D bino foyesi, Faollar zali oldida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur musobaqada ishtirok etuvchi jamoalar soni cheklangani sababli har bir fakultetdan 3 tadan jamoa ishtirok etadi.

✔️Ishtirok etishni istovchi jamoalar o‘z jamoa nomini va fakultet, ta'lim yo‘nalishini ko‘rsatgan holda @Forward_Sh_R ga murojaat qilishlari mumkin.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Davra_suhbati
#Taqdimot

Bolalar huquqlarini kafolatlash – davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi

▶️Mamlakatimizda qadimdan bolalarni qadrlash va eʼzozlash masalalariga alohida eʼtibor berib kelingan. Keyingi yillarda bolalarga har tomonlama gʻamxoʻrlik qilish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi.

🔼Bola huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro darajadagi asosiy hujjat esa Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya hisoblanadi. Konvensiya 1989-yil 20-noyabrda qabul qilingan. Mazkur hujjat 54 ta moddadan iborat.

Oʻzbekiston Respublikasi esa Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyani 1992-yil 9-dekabrda ratifikatsiya qildi. Bolalarning Konvensiyada koʻrsatilgan huquqlariga rioya qilish va ularni himoya qilish uchun zarur tashkiliy-huquqiy sharoitlar va kafolatlar yaratish mamlakatimiz davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan hisoblanadi.

✔️Bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Konstitutsiya oyligi” doirasida Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyaning qabul qilinganining 35 yilligi hamda “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi dotsenti Dilafruz Karimovaning “Islom taʼlimotida bola huquqlari va taʼlim-tarbiyasiga oid meʼyorlar” kitobining taqdimotiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

➡️Tadbirda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov, “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi mudiri Nigora Yusupova, kafedra professor-oʻqituvchilari, magistrlar hamda tarix fanlari nomzodi, dotsent Muslim Atayev ishtirok etdi.

✔️“Islom taʼlimotida bola huquqlari va taʼlim-tarbiyasiga oid meʼyorlar” kitobi islomda bola huquqlari va taʼlim-tarbiyasiga oid masalalarga bagʻishlangan. Kitob “Islom dinida bola huquqlari”, “Islom dinida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning huquqlari”, “Islom dinida bola taʼlim-tarbiyasi” hamda “Oʻzbekiston Respublikasida bola huquqlarini taʼminlashning huquqiy asoslari” kabi boblardan iborat.

🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3628

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar

Akademiya vakillari mehnat va ta’lim yarmarkasida ishtirok etdi

▶️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida yoshlar o‘rtasida IT sohasini yanada ommalashtirish, sohada xizmatlar eksportini oshirish hamda ushbu maqsadlarga erishish uchun IT sohasida 300 ming nafar yoshlarni ish bilan ta’minlash va maktab o‘quvchilarini xalqaro IT bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblarga o‘rgatish vazifalari belgilangan.

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi tomonidan axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi OTMlari talabalari, umumta’lim maktablari bitiruvchilari hamda IT sohasiga qiziquvchi barcha yoshlar uchun “Mehnat va ta’lim yarmarkasi” o‘tkazildi.

✔️Ushbu yarmarkada mahalliy va xalqaro IT kompaniyalar, ta’lim muassasalari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan bir qatorda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Gulyuz Turayeva hamda tyutor Sirojiddin Salahov ham ishtirok etdi.

➡️Tadbirda IT ta’lim va mehnat bozorida mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. Yarmarka doirasida IT sohasida muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan mutaxassislar ishtirokida taqdimotlar tashkil etilib, yoshlarga axborot texnologiyalari mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish, dasturlash sohasiga oid muhim mavzularda maslahat va tavsiyalar berib o‘tildi.

Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3627

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Huquqiy_savodxonlik

🎞
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 3-moddasi

🔰Asosiy tushunchalar 4-abzats

🔷Manba: “Ziyo” media markazi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞Salafiylik oqimi rahnamolaridan biri Nosiriddin al-Alboniyning “Juma kuni ota-onani ziyoratiga borish bidʼat va joiz emasdir” degan soʻzlari qanchalik asosli?

🔰Jasur Abduqodirov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchisi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

▶️Buyuk Britaniyada O‘zbekiston madaniy-ma’rifiy merosi haftaligi: London Islom madaniyati markazida uchrashuv

🖥Manba: O‘zbekiston 24

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

https://uza.uz/posts/662650

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Taqdirlash
#Antikorrupsiya_bilimdoni

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilgan “Antikorrupsiya bilimdoni” mavzusidagi bilimlar bellashuvining g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimidan lavhalar

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Xalqaro_hamkorlik

Londonda “Xamsa” asarining noyob qo‘lyozmasi topildi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov boshchiligidagi diniy-ma’rifiy soha vakillaridan iborat delegatsiya Buyuk Britaniyada xizmat safari bilan bo‘lib turibdi.

✔️Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari London shahridagi “Christie‘s” va “Sotheby‘s” auksion savdo uylarida bo‘ldi.

➡️Safar davomida “Christie‘s” auksion savdo uyining Islom va Hindiston sanʼati bo‘limi boshlig‘i Sara Plambli mazkur tashkilot tarixi va faoliyati bilan qisqacha tanishtirdi. Tashkilotda mavjud bir qator nodir eksponatlar, tasviriy sanʼat asarlari haqida maʼlumot berdi. Jumladan, Plambli auksion uyida saqlanayotgan ayrim qo‘lyozmalarni mehmonlarga ko‘rsatdi.

🔼Ulardan biri sharq mumtoz adabiyoti vakili Xoji Kirmoniy tomonidan 1524-yilda ko‘chirilgan “Xamsa” asarining qo‘lyozmasi, yana biri Shamsiddin Muhammad Assor tomonidan 1494-yilda Tabrizda ko‘chirilgan “Shams va Mushtariy” dostonidir. Har ikkala qo‘lyozma temuriylar davri kitobat sanʼati taʼsirida yaratilgan.

✔️Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari London shahridagi yana bir auksion savdo uyi – “Sotheby‘s”ga bordi. Delegatsiya aʼzolarini Auksion savdolari bo‘limi rahbari Benedikt Karter qabul qildi. Savdo uyi xodimlari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi vakillariga ayni paytda savdo uyi ixtiyorida bo‘lgan, Markaziy Osiyo madaniy merosiga oid osori-atiqalar haqida maʼlumot berishdi. Jumladan, VIII asrga mansub sug‘diylar libosi, somoniylar davriga tegishli bo‘lgan sopol idishlar, qadimiy binolarga oid koshinlar, mamluklar va temuriylar davrida ko‘chirilgani taxmin qilingan Qurʼoni karim qo‘lyozmalari haqida to‘xtalib o‘tishdi.

➡️Shuningdek, mazkur auksion savdo uylari mutasaddilari 2025-yil mart oyida Toshkentda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan “Xalqaro Islom madaniy meros haftaligi”ga ham taklif etildi.

🔼Delegatsiya a’zolarining xizmat safari davom etmoqda.

🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3624

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar

Manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya – jamiyat rivojiga to‘siq

✔️Yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuviga qarshi kurashishni ham taqozo etadi.

➡️Shu bois, davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishning dolzarbligi sababli, joriy yilning 5-iyun kuni “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuni davlatimiz rahbari tomonidan imzolandi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi.

🗓Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g֥‘risida”gi qonuni va korrupsiyaga qarshi qonunchilik normalarining mazmun-mohiyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Ushbu tadbir “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun ijrosini samarali tashkil etish, ushbu qonun bilan belgilangan talablarni davlat organlari va tashkilotlarida joriy etishda xodimlarning huquq va manfaatlariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish uchun keng jamoatchilikka tushuntirish maqsadida tashkil etildi.

🔼Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda xodimlarining dunyoqarashini yanada kengaytirish, siyosiy bilimlarini oshirish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori Ilyos Mirziyotov, “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Eshmatov, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etdi.

✔️Davra suhbatida Toshkent davlat yuridik universiteti Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i Erkin Xosilov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.

➡️Tadbir yakunida “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi dotsenti, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori Bektosh Berdiyev tomonidan hafta davomidagi xalqaro va milliy siyosiy makondagi voqealar dayjesti haqida ma’lumot berildi.

🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3622

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞
Musulmon kishi Qur’oni karim va sunnatdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalil olsa bo‘ladimi?

🔰Shayx Muhiddin Mansur

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞Salafiylik oqimi rahnamolaridan biri Nosiriddin al-Alboniyning “Musʼhafi sharifni oʻpish bidʼat va zalolatdir” degan soʻzlari qanchalik asosli?

🔰Jasur Abduqodirov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchisi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

▶️Ijtimoiy muhit mustahkamligi, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik doimiy e’tiborda

🎙Abduqahhor Yunusov,
Toshkent shahar bosh imom-xatibi

🖥Manba: O‘zbekiston 24

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

▶️Buyuk Britaniyada O‘zbekiston madaniy meros haftaligi o‘tkazilmoqda

🖥Manba: “Sevimli” telekanali

▶️Buyuk Britaniyada O‘zbekiston madaniy merosi haftaligi: elchixonada ma’rifiy anjuman

🖥Manba: O‘zbekiston 24

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

▶️Buyuk Britaniyada davom etayotgan O‘zbekiston madaniy-maʼrifiy merosi haftaligidan maxsus reportaj

🖥Manba: “Sevimli” telekanali

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#E’lon

“Huquq bilimdonlari” respublika bilimlar bellashuvi eʼlon qilindi!

🗓8-dekabr – “Konstitutsiya kuni” hamda 9-dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” kuni munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Huquq bilimdonlari” respublika tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovda barcha (davlat, xususiy va xorijiy) oliy ta’lim muassasalari (bakalavr va magistr) talabalari @bilimtanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, ishtirok etishi mumkin.

▶️Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

✔️1-o‘rin – 6 million so‘m;

✔️2-o‘rin – 5 million so‘m;

✔️3-o‘rin – 4 million so‘m;

📎Tanlov nizomi bilan tanishish

➡️
Aziz talaba-yoshlar, tanlovda faol ishtirok eting, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilimlaringizni sinovdan o‘tkazing va g‘oliblar qatoridan joy egallang.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞Bemazhablik haqida

🔰Jahongir Tohirov
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik fakulteti dekani

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#IIAU
#UNESCO_Chair
#Kun_tarixi

2-dekabr – Xalqaro qullikka barham berish kuni

"Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi" qabul qilingandan so‘ng 1949-yil 2-dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasi № 317 raqamli "Odam savdosiga va uchinchi shaxslarning boshqalardan tanfurushlik maqsadida foydalanishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi konvensiyani qabul qildi. Shu munosabat bilan har yili 2-dekabr "Xalqaro qullikka barham berish kuni" sifatida nishonlanadi.

BMT qabul qilgan konvensiya 28 moddadan iborat bo‘lib, unda insonlarni qullikka va fohishalikka majburlaydigan insonlar jazosiz qoldirilmasligi lozimligi yozib qo‘yilgan va davlatlardan konvensiyani ratifikatsiya etib, unga qo‘shilish so‘ralgan.

O‘zbekiston ushbu konvensiyani 2003-yil 12-dekabr kuni ratifikatsiya qilgan va unga qo‘shilgan. 2008-yil 17-aprelda O’zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Kun_hikmati

🔷Fikrda manfaat bor, o‘yda ham, xayolda ham, tushda ham… hisda manfaat yo‘q, chunki uning o‘zi so‘nggi manzil.

✍️Murod Chovush

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

▶️Yangi O‘zbekiston dunyo nigohida

🎙Sali Shohsuvoriy,
“Al-Furqon” fondi direktori

🖥Manba: O‘zbekiston 24

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekistonning qadimiy va boy merosi dunyo nigohida

✔️Avval xabar berilganidek, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillaridan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasi Buyuk Britaniya safari doirasida turdosh tashkilotlarga tashrif buyurib, muhim uchrashuvlar oʻtkazmoqda.

✔️Jumladan, joriy yilning 29-noyabr sanasida delegatsiya aʼzolari ishtirokida London shahrida joylashgan Islom madaniyati markazida davra suhbati tashkil etildi.

✔️Uchrashuvda oʻtgan vaqt davomida ikki tomonlama hamkorlikning natijalari sarhisob qilindi. Jumladan, Londondagi islom madaniyati markazida Oʻzbekistonning boy ilmiy-madaniy merosi haqida oʻtkazilgan targʻibot uchrashuvi, markazlarning ilmiy nashrlari taqdimoti ijobiy natija berganligi qayd etib oʻtildi.

✔️Markaz rahbari Ahmad Dubayan “Imom Buxoriyning butun islom ummati uchun qilgan xizmatlari beqiyos. Shu sababli biz Oʻzbekistonni hurmat qilishimiz shart”, deya alohida taʼkidladi

✔️Davra suhbati davomida Britaniya tomoniga Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, diniy bagʻrikenglikni taʼminlash borasidagi milliy tajriba haqida batafsil maʼlumot berildi.

✔️Islom madaniyati markazi tomonidan hamkorlikda Oʻzbekistonning qadimiy va boy tarixini aks ettiruvchi foto-koʻrgazma hamda ilmiy-tadqiqot markazlarining yangi nashrlarining taqdimotlarini tashkil etish taklifi bildirildi.

Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3625

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar
#Antikorrupsiya_bilimdoni

Akademiyada “Antikorrupsiya bilimdoni” mavzusida bilimlar bellashuvi o‘tkazildi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004-yildan 9-dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlab kelinadi.

🗓2003-yil 9-dekabr kuni esa Meksikaning Merida shahrida Birlashgan Millatlar tashkiloti tashabbusi bilan Korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha xalqaro konvensiya imzolangan.

✔️Mazkur sanani belgilashdan maqsad korrupsiya muammosining tub mohiyatini tushunib yetish va korrupsiya bilan kurashish hamda uni oldini olishdan iboratdir.

➡️Ta’kidlash joizki, keyingi yillarda mamlakatimizda so‘ngi yillarda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida muhim huquqiy islohotlar hamda aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik munosabatni shakllantirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

✔️Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish, talaba yoshlarning bu boradagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida “Antikorrupsiya bilimdoni” mavzusida bilimlar bellashuvi boʻlib o‘tdi.

➡️Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan intellektual musobaqada Akademiya fakultetlari hamda magistratura mutaxassisligidan tuzilgan jamoalar oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar.

✔️Bellashuv “Tanishtiruv”, “Sohaga oid bilimlarni baholash uchun test sinovlari”, “Teatrlashtirilgan kompozitsiya tayyorlash” hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga oid maqolalar tayyorlash” kabi shartlardan iborat bo‘ldi.

➡️Yakunda Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti jamoasi 3-o‘rinni, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti jamoasi esa 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, g‘oliblik Islomshunoslik fakultetiga nasib etdi.

⭐️G‘olib va sovrindorlar Akademiya mas’ullari tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3626

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

▶️Londonda “O‘zbekiston va Buyuk Britaniya: Sharq va G‘arb o‘rtasidagi madaniy ko‘prik” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

🖥Manba: “Dunyo” axborot agentligi

🌐Batafsil

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

▶️Buyuk Britaniyada O‘zbekiston madaniy meros haftaligi o‘tkazilmoqda

🖥Manba: “Sevimli” telekanali

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Huquqiy_savodxonlik

🎞
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 3-moddasi

🔰Asosiy tushunchalar 3-abzats

🔷Manba: “Ziyo” media markazi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Kun_hikmati

🔷Yer yuzida nima uchun yurganimizni bilmasligimiz uyat.

✍️Erix Mariya Remark

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar

Internetda ekstremizm gʻoyalar targʻibotidan ehtiyot boʻling

🗓Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti hamkorligida “Internetda ekstremizm gʻoyalar targʻibotidan ehtiyot boʻling” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

✔️Tadbirda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo'lim boshlig‘i Shukrullo Jo‘rayev, fakultet dekani o‘rinbosari Otabek Rasulov, Zamonaviy axborot komunikatsiya-texnologiyalari kafedrasi dotsenlari A.Maxkamov, Gʻ.Ergashev, tyutorlar S.Qosimov, A.Jalilov hamda “Turizm” va “Axborot xavfsizligini boshqarish” ta’lim yoʻnalishi 1-bosqich talabalari ishtirok etdi.

➡️Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar mazkur tadbir yoshlarni radikalizm, terrorizm, ekstremizm, soxta daʼvolar, gʻarazli daʼvatlar, axborot xurujlari, mafkuraviy tazyiqlar, ommaviy madaniyat taʼsiridan himoyalash maqsadida tashkil etilayotganini qayd etdilar.

Ekstremizm va terrorizm odamlarning ertangi kuniga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazibgina qolmay, balki xalqaro maydondagi muammolarni, jumladan, turli e’tiqod vakillari bo‘lgan xalqlar orasidagi o‘zaro ishonchga soya solayotgani ta’kidlandi.

🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3620

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

▶️Ijtimoiy muhit mustahkamligi, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik doimiy e’tiborda

🎙Zayniddin Eshonqulov,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari

🖥Manba: O‘zbekiston 24

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

▶️Ijtimoiy muhit mustahkamligi, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik doimiy e’tiborda

🎙Zohidjon Islomov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori, professor