❗️
“Jadid” gazetasining 2024-yil 6-dekabrdagi sonida “Hamma o‘qiyapti. O‘qing!” nomli tahliliy maqola mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
📰 Maqolani o‘qish
📱 Videoni HD formatda YouTube kanalimizda tomosha qiling:
https://youtu.be/du5I40FjwXM
✅Jadid.uz’ga obuna bo‘ling
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Yangiliklar
Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi
✔️Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004-yildan boshlab “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” sifatida nishonlab kelinmoqda. Bu kunni belgilashdan maqsad, korrupsiya muammosining tub mohiyatini tushunib yetish, korrupsiya bilan kurashish hamda uni oldini olishdan iboratdir.
✔️Shu bois, Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi tomonidan har yili “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bagʻishlangan Aksilkorrupsiya oyligi eʼlon qilinib, oʻtkaziladigan tadbirlar rejasi tasdiqlanib kelinmoqda.
✔️Mazkur rejaga muvofiq, davlat organlari faoliyatining ochiqligi, ularning jamoatchilik va fuqarolar oldida hisobdorligini taʼminlash hamda ommaviy axborot vositalari jurnalistlar, blogerlar va fuqarolarni qiziqtirgan savollariga javob olishlari maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etilishi belgilangan.
✔️Shu munosabat bilan bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazildi.
🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3654
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Radio_suhbat
⏸Millat va ma’naviyat
🎙Ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan bebaho meros haqida islomshunoslik sohasi bo‘yicha mutaxassis, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti Nargiza Abdurahmonova bilan suhbat.
▶️Radioeshittirish Abul Barokat Nasafiyning “Al Mustasfo” asari doirasida olib borilayotgan dissertatsiya ishi haqida.
🖥Manba: “O‘zbekiston” radiosi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#VIDEOLAR
🎞Islomda kalom ilmi bilan shug‘ullanishdan qaytarilganmi?
🔰Shayx Muhiddin Mansur
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Huquqiy_savodxonlik
🎞O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 201-moddasi
🔰Yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish.
🔷Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#VIDEOLAR
🎞Soxta salafiylik tarafdorlarining ba’zilari dunyoviy davlatni “kufr yurti” deb e’lon qilishi to‘g‘rimi?
🔰Jasur Abduqodirov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchisi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Kun_hikmati
🔷Yoshmisan, keksani sen hurmat ayla,
O‘zing ham qariysan, hozirdan o‘yla.
✍️Farididdin Attor
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektorining TABRIGI
Assalomu alaykum qadrli ustozlar, aziz talaba-yoshlar!
✔️Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mustaqil davlatimizning huquqiy asosi, jamiyat barqarorligining kafolati hisoblanadi. Bosh Qomusimiz qabul qilinganining 32 yilligini butun xalqimiz “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” shiori ostida keng nishonlamoqda.
✔️Prezidentimizning 2024-yil 17-oktabrda qabul qilgan qarorlariga muvofiq, respublikaning barcha taʼlim muassasalarida, shu jumladan, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida ham Bosh Qomusimizga bagʻishlangan tadbirlar koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazilmoqda.
✔️Ayniqsa, 2023-yil 30-aprel kuni yurtimiz tarixida unutilmas voqea – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yangi tahrirda umumxalq referendumi asosida qabul qilindi. Unda xalqimizning Yangi Oʻzbekistonni barpo etish boʻyicha orzu-umidlari va intilishlari oʻz aksini topgani dunyo hamjamiyati tomonidan ham eʼtirof etilmoqda.
✔️Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, “...yangilangan Konstitutsiyamizning chinakam muallifi xalqimiz boʻldi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. Eng muhimi, endi islohotlarimiz yoʻlidan hech qachon ortga qaytmaymiz, “inson – jamiyat – davlat”, degan yangi tizim asosida faqat va faqat oldinga qarab boramiz”.
🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3652
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilingan kun
#Konstitutsiya_haftaligi
#Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!
#Munosabat
O‘zbekistonda konstitutsiyaviy islohotlar va yurtimizning siyosiy-huquqiy maqomi
✔️Konstitutsiyaviy islohotlarning amalga oshirilishi hayotiy talabdan kelib chiqqan bo‘lib, mamlakatimizdagi demokratik islohotlarning mantiqiy davomi hisoblanadi. Konstitutsiya milliy davlatchiligimiz, suverenitetimiz, shu kunga qadar erishgan barcha yutuq va marralarimiz, demokratik huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizning mustahkam poydevori hisoblanadi.
✔️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning g‘oyaviy rahbarligi ostida amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlarning asosiy tashabbuskori tom ma’noda mamlakatimiz aholisining keng qatlamidir.
✔️Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 1-moddasida O‘zbekiston boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekani mustahkamlanib, O‘zbekiston davlatining siyosiy-huquqiy maqomiga yangi uchta, ya’ni “huquqiy davlat”, “ijtimoiy davlat” va “dunyoviy davlat” tushunchalari qo‘shimcha qilindi.
✏️Shoira Avazova,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
“Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi dotsenti
🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3648
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilingan kun
#Konstitutsiya_haftaligi
#Akademiya_sobiq_bitiruvchilari_sharhi
▶️Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!
🎙Abdusattorov Shamsullo Abduqodirovich,
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi yuridik departamenti bosh yuriskonsulti
🗓O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 2018-yildagi bitiruvchisi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида аҳолини талаб юқори бўлган касбларга ўқитиш ва даромадли иш билан таъминлаш чора-тадбирлари бўйича кенгайтирилган йиғилиш ўтказилди.
—
Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось расширенное совещание по мерам обучению населения востребованным профессиям и обеспечению высокооплачиваемой работой.
#Mirziyoyev #yigilish #kasbiytalim #bandlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Diqqat tanlov!
✔️“Talaba-yoshlar o‘rtasida “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida insholar tanlovi o‘tkaziladi
✔️Tanlovning asosiy maqsadi – jadid bobolarimiz faoliyatini o‘rganish, ularning ibratli hayoti va ijodi bilan tanishish, katta tajriba va mahorat maktabi sifatida ko‘rish, bizga meros bo‘lib qoldirgan asarlari va g‘oyalari ulug‘ maqsadlar yo‘lidagi mardona kurashi va fidoyiligini chuqurroq o‘rganishdan iborat.
✔️Tanlov ikki bosqichda amalga oshiriladi:
➡️Akademiya bosqichi 2025-yil yanvar oyining ikkinchi o‘n kunligida;
➡️Yakuniy respublika bosqichi 2025-yilning fevral-mart oylari davomida.
✔️G‘oliblar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:
⌛“Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” mavzusida:
🥇1- o‘rin – 8 000 000 so‘m;
🥈2- o‘rin – 6 000 000 so‘m;
🥉3- o‘rin – 5 000 000 so‘m.
⌛“Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida;
🥇1- o‘rin – 8 000 000 so‘m;
🥈2- o‘rin – 6 000 000 so‘m;
🥉3- o‘rin – 5 000 000 so‘m.
📎Tanlov nizomi, insholarni rasmiylashtirish tartibi va baholash mezonlari bilan tanishing:
https://drive.google.com/file/d/1utyqJ6L2PgeAIeym-cxDssqDLGfWsaba/view
✔️Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi va Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#E’lon
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talaba-qizlari o‘rtasida “Eng yaxshi dasturchi” tanlovi e’lon qilindi
Musobaqaning maqsadi dasturlashtirish sohasini o‘rganadigan talaba-qizlar orasida iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Musobaqa 3 bosqichda, guruhlararo o‘tkaziladi.
✔️1-bosqich test topshiriqlarini yechish;
✔️2-bosqichda amaliy masala;
✔️3-bosqich ijodiy va innovatsion yondashuv.
Akademiya talaba-qizlari:
🥇1-o‘rin sohibi bazaviy stipendiya miqdorining uch baravari;
🥈2-o‘rin sohibi bazaviy stipendiya miqdorining ikki baravari;
🥉3-o‘rin sohibi bazaviy stipendiya miqdorining bir baravari.
Nominatsiyalar bo‘yicha:
⭐️“Eng yosh dasturchi” – bazaviy stipendiya miqdorining bir baravari;
⭐️“Eng murakkab dastur dasturchisi” – bazaviy stipendiya miqdorining bir baravari;
🗓Tanlov 14-dekabr soat 11:00 da Akademiyaning D bino (yangi bino) foyesida bo‘lib o‘tadi.
📎Tanlov nizomi bilan tanishing:
https://drive.google.com/file/d/1ATaV5A4UGrtXI2Idcfw0Qqrhq6bS-nHk/view
⚠️Eslatib o‘tamiz, tanlovda ishtirokchilar C++, C#, Java, Python, Ruby, PHP, JavaScript, Typescript va boshqa dasturlash tillaridan foydalanishi mumkin. Shuningdek, ishtirokchilar robocontest.uz platformasidan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi talab etiladi.
☎️Murojaat uchun telefon: (+998 94) 628-44-62
⌛Akademiya Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#E’lon
Hurmatli Akademiya rahbarlari, professor-o‘qituvchilar va jamoa a’zolari!
🗓2024-yil 10-dekabr kuni soat 11:00 da O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi U.Uvatov nomidagi majlislar zalida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkaziladi.
✔️Tadbir O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatining ochiqligi, rahbar-xodimlarning jamoatchilik va fuqarolar oldida hisobdorligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlarni va Jamoatchilik Kengashi a’zolarini qiziqtirgan savollariga javob olishlariga imkoniyat yaratish maqsadida tashkil etilmoqda.
➡️Sizlarni mazkur tadbirda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Talabalar_turizm_forumi
Joriy yilning 10-11-dekabr kunlari “Tashkent International Hotel” mehmonxonasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizm qo‘mitasi hamda Yosh turizm elchilar Kengashi tomonidan o‘tkazilayotgan “Talabalar turizm forumi” doirasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti modeli (MUN) loyihasi hamda Munozara" intellektual loyihasi bo‘lib o‘tmoqda.
Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari ham bu loyihalarda faol ishtirok etmoqda.
Fakultet talabalari “Munozara” intellektual loyihasining final bosqichi bahslarida qatnashmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Fotoreportaj
✔️Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida Aksilkorrupsiya oyligi doirasida o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiridan lavhalar
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Live
⌛Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004-yildan boshlab “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” sifatida nishonlab kelinmoqda. Bu kunni belgilashdan maqsad esa korrupsiya muammosining tub mohiyatini tushunib yetish va korrupsiya bilan kurashish hamda uni oldini olishdan iboratdir.
✔️Shu bois, Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi tomonidan har yili “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bagʻishlangan Aksilkorrupsiya oyligi eʼlon qilinib, oʻtkaziladigan tadbirlar rejasi tasdiqlanib kelinmoqda.
➡️Mazkur rejaga muvofiq, davlat organlari faoliyatining ochiqligi, ularning jamoatchilik va fuqarolar oldida hisobdorligini taʼminlash hamda ommaviy axborot vositalari jurnalistlar, blogerlar va fuqarolarni qiziqtirgan savollariga javob olishlari maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etilishi belgilangan.
✔️Shu munosabat bilan bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazilmoqda.
➡️Tadbirda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Zokirjon Roʻziyev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Zohidjon Islomov, Moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektor Salim Dusanov, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi Shuhrat Eshmatov, Akademiya vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda blogerlar ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi qabul qilingan kun
#Munosabat
Ayubxon Raxmatxonov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Tarix (islom tarixi va manbashunosligi)” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi:
– Madhiyalar qadimdan davlatlarning milliy gʻurur va iftixori ramzi boʻlib kelgan. Vatanimiz milliy davlatchiligi tarixida ham koʻplab davlatlarda xorijiy elchilar qabul marosimlarida kuylanadigan va qoʻshinlarning saf qoʻshiqlari kabilar boʻlgan. Jang paytida maxsus musiqachilar tabl, karnay, nog‘ora va boshqa maxsus cholgʻu asboblarida jangovar musiqalarni ijro etishgan. Bu askarlarga o‘ziga xos jo‘shqinlik baxsh etgan.
Mustaqil Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 1992-yil 10-dekabrda Oliy Kengashning XI sessiyasida “Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi toʻgʻrisidagi” Qonun bilan tasdiqlangan.
Davlat madhiyasi O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov hamda kompozitor Mutal Burhonov tomonidan yaratilgan.
Madhiyada milliy tariximiz, oʻzbek xalqining fazilatlari va qadriyatlari oʻz ifodasini topgan. Shuning uchun yosh avlod vatanparvar, oʻz Vatani va xalqiga sadoqatli boʻlib voyaga yetishini orzu qilar ekanmiz, maktabgacha taʼlim, maktab, oʻrta-maxsus va oliy taʼlim muassasalarida Vatan kelajagi boʻlgan yoshlarga madhiyamiz maʼno-mazmunini chuqur singdirishimiz zarur.
Haqiqatan, madhiyamizning har bir satri, har bir soʻzi zalvorli, ulugʻvor, musiqasi shijoatli. Bu esa “Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon”ning boqiyligiga ishoradir.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi qabul qilingan kun
Davlat madhiyasi – Vatanga muhabbat va sadoqat ramzi
✔️Mustaqilligimiz ramzi bo‘lgan Davlat madhiyamiz har bir yurtdoshimizning qalbida g‘urur va iftixor uyg‘otadi. Ushbu madhiyani kuylash orqali biz Vatanimizga bo‘lgan cheksiz muhabbatimizni, uning yorqin kelajagi yo‘lida birlashishimizni ifoda etamiz.
➡️1992-yil 10-dekabr “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan.
✔️Bugun yurtimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilinganining 32 yilligi keng miqyosda nishonlanmoqda.
➡️O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham o‘quv darslari avvalida Oʻzbekiston Respublikasining davlat madhiyasi yangradi. Professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ehtirom bilan davlat madhiyasini ijro etdilar.
✔️Davlat madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirish, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.
🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3653
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi qabul qilingan kun
Madhiya matni
Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilm-u fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!
Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi qabul qilingan kun
🗓Bugun yurtimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilinganining 32 yilligi keng miqyosda nishonlanmoqda.
⌛1992-yil 10-dekabr “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan.
✔️Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo‘yilgan.
➡️Davlat madhiyasining muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo‘lib, musiqasini O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov yaratgan. Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan.
✔️Davlat madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga etishida muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.
➡️Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi mazkur sana bilan barcha yurtdoshlarimiz, xususan, Akademiya professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalarini chin dildan muborakbod etadi.
⌛Bayram muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Kun_haqida
“9-dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”
✔️Korrupsiya – bu har bir jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga raxna soluvchi illatdir.
⌛Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004-yildan boshlab “9-dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” (International Day Against Corruption) sifatida nishonlab kelinmoqda.
➡️Bosh assambleyaning rezolyutsiyasida ko‘rsatilganidek, ushbu xalqaro kunni tashkil etishdan maqsad korrupsiya muammosiga kuchli e'tibor qaratish, shuningdek, korrupsiya va unga qarshi kurashishda Konvensiyaning o‘rnini kuchaytirishdan iboratdir.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilingan kun
#Konstitutsiya_haftaligi
#Akademiya_sobiq_bitiruvchilari_sharhi
▶️Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!
🎙Abduxoliqov Sardor Dilshod o‘g‘li,
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi yetakchi mutaxassisi
🗓O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 2018-yildagi bitiruvchisi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilingan kun
#Konstitutsiya_haftaligi
#Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!
✔️“Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi.
✔️Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta’lim olishga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi”.
📎O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 79-moddasi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
8-DEKABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGAN KUN MUBORAK BO‘LSIN!
✔️O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jamiyatimizdagi tinchlik-osoyishtalik, barqarorlik, millatlararo totuvlikni ta’minlab, huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
✔️Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi nomidan aziz yurtdoshlarimizni ulug‘ ayyom – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi bilan chin qalbdan tabriklaymiz.
✔️Asosiy Qomusimiz mustaqil, erkin, osoyishta va farovon hayotimizning kafolati bo‘lib xizmat qilsin.
✔️Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, hayotimiz yanada farovon bo‘laversin!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#dayjest #konstitutsiya_32yilligi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Oliy ta’lim muassasalarida madaniy-ma’rifiy tadbir va tanlovlar o‘tkazilmoqda
Bizni kuzating
#8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilingan kun
#Konstitutsiya_haftaligi
#Akademiya_sobiq_bitiruvchilari_sharhi
▶️Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!
🎙Mahmudova Madina Saidusmonovna
O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi Intellektual mulk departamenti mas‘ul xodimi
🗓O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 2007-yildagi bitiruvchisi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Sayyor_dars
Moziyga nazar…
⌛O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Musurmon Xurramov tomonidan Temuriylar tarixi davlat muzeyida “Qadimgi Turonda siyosiy va mafkuraviy jarayonlarning tizimli tahlili” mavzusida sayyor dars o‘tkazildi.
✔️Mazkur sayyor dars “Xalqaro munosabatlar” yo‘nalishi 3-kurs rus guruhi talabalari uchun “Siyosiy-mafkuraviy jarayonlarning tizimli tahlili” fani doirasida tashkil etildi.
➡️Mashg‘ulot davomida talabalar temuriylar davrida mavjud bo‘lgan siyosiy tizim, davlat boshqaruvining asoslari, Amir Temur tomonidan qo‘llanilgan adolat tamoyili, temuriylar imperiyasining xorijiy mamlakatlar bilan olib borgan xalqaro munosabatlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.
🔼Shuningdek, temuriylar davriga oid muzey artefaktlari bilan yaqindan tanishishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilingan kun
#Konstitutsiya_haftaligi
#Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!
#Munosabat
Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi
✔️Konstitutsiya, eng avvalo, har bir mamlakatning suvereniteti, milliy davlatchiligining rivoji, fuqarolarning hayoti, jamiyatdagi oʻrni va turmush tarzining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini belgilab beradigan asosiy qonundir. Konstitutsiya mustaqil huquqiy davlatning asosiy belgisi hisoblanadi. Unda jamiyatning ijtimoiy-siyosiy xususiyati, taraqqiyotning bosh mezonlari, mamlakat ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari o‘z ifodasini topgan bo‘ladi.
✔️O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi muhim siyosiy, huquqiy hujjat sifatida jahonda yangi, suveren, istiqboli porloq davlat dunyoga kelganining o‘ziga xos shahodatnomasi bo‘ldi.
✔️Bosh qomusimiz inson manfaatlari, huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi va mamlakatimizning barcha fuqarolari uchun qonun oldida tenglik tamoyili taʼminlanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirishning mustahkam poydevorini yaratdi.
✏️Shahlo Maqsudova,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
“Turizm (ziyorat turizmi)” yo‘nalishi 3-kurs talabasi
🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3646
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube