Veb-sayt: https://iiau.uz Facebook: https://www.facebook.com/iiau.fb?locale=ru_RU Instagram: www.instagram.com/iiau_official YouTube: https://www.youtube.com/c/InternationalIslamicAcademyofUzbekistan Matbuot xizmati
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Олий Мажлис Сенатининг биринчи ялпи мажлисида иштирок этди.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в первом пленарном заседании Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан.
#Mirziyoyev #majlis #OliyMajlis #Senat
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#dayjest #bayroq #faxrimiz
18-noyabr kuni “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun” munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, chellenjlar, tanlovlar hamda tantanali paradlar tashkil etildi
Bizni kuzating
✅ #Olimlar_minbari
#11–17.11.2024
📰 Olimlar hamda professor-o‘qituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda
“Zaruriy dasturlarni belgilashning oqilona va dolzarb yo‘li” — Qo‘ng‘irotboy SHARIPOV, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, professor;
“Suv masalasi-barqarorlik masalasi” — Bahodir MIRZAYEV, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti rektori, professor;
“Siyosiy landshaft: Yangi parlament, yangi davr, yangi imkoniyatlar” — Sherzodxon QUDRATXO‘JA, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor; Jaloliddin Usmonov, Xalqaro press-klub raisi;
“Ma’rifat va ta’lim – diniy bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirishning muhim omili” — Uyg‘un G‘AFUROV, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori;
“Ekologik muvozanat izdan chiqishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi” — Ahmed REYMOV, Qoraqalpoq davlat universiteti rektori, professor;
“Oydin taqdirlar yo‘li xalqaro sammitlarda O‘zbekiston tashabbuslari muhim ahamiyat kasb etdi” — Bahodirjon SHERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat universiteti rektori, professor;
“El-yurt salomatligi – jamiyatning bebaho boyligi” — Jasur RIZAYEV, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor;
“O‘z ishining ustasi bo‘lish kerak” — O‘ktam SALOMOV, Farg‘ona politexnika instituti rektori, professor;
“Pedagogik ta’lim kilasteri” — Baxtiyor RASULOV, Andijon davlat pedagogika instituti rektori, profissor;
«Подготовка специалистов для сферы здравоохранения» — Мадамин МАДАЗИМОВ, ректор Андижанского государственного медицинского института, профессор;
«Инженер – драйвер технологичекого прогресса» — Юсуф АБДУЛЛАEВ, ректор Самаркандского международного технологического университета, профессор;
“Mahalliy kengashlar xalqimizning chinakam ovoziga aylanmoqda” — Ixtiyor BEKOV, Toshkent davlat yuridik universiteti professori;
“To‘qson kunda to‘qson botmon hosil bor” — Odiljon IBROHIMOV, Farg‘ona politexnika instituti professori;
«Гражданское общество в новом Узбекистане: возможности и перспективы» — Фируза МУХИТДИНОВА, профессор ТГЮУ, доктор юридических наук;
«Переброска сибирских рек: решение Аральского кризиса и громадный кумулятивный эффект» — Васила ЯРАШОВА, профессор ТГЭУ; Камал УЛЬДЖАБАЕВ, профессор, действительный член Международной академии транспорта;
“O‘zbekning ma’naviy inqilobi. Yurt va xalq istiqboli yo‘lida qanday birlashiladi?” — Olimjon QAYUMOV, Toshkent amaliy fanlar universiteti professori;
“Innovatsiya va investitsiya – taraqqiyot kafolati” — Nosir MAXMUDOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori
«Системные реформы в медицине – приоритет социальной политики страны» — Сурайё ХАМРАХОДЖАЕВА, старший преподаватель Ташкентского государственного экономического университета;
«ОТГ: эффективное и надежное партнерство, реализация стратегически важных задач» — Машхура НОРМАЕВА, докторант Ташкентского государственного университета востоковедения;
«Инициативы Узбекистана на COP29: климатическая дипломатия и многоуровневый подход к вопросам устойчивого развития» — Дилшода ХОДЖИМУРАТОВА, начальник управления ТГУВ, PhD.
Bizni kuzating
#VIDEOLAR
🎞Islomda sog‘lom aql va mutaxassislikning ahamiyati haqida
🔰Professor Ali Muhyiddin Qoradog‘iy,
Butunjahon musulmon ulamolari uyushmasi raisi,
Doha dinlararo muloqot markazi raisi
Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Jaholatga qarshi – maʼrifat
“Jaholatga qarshi – maʼrifat” bosh g‘oyamizdir
Muqaddas islom dini odob-axloq, mehr-muhabbat va insonparvarlik kabi pok g‘oyalarni targ‘ib etadi. Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida dunyoda sodir bo‘layotgan turli nizolar, g‘oyaviy xurujlar har birimizni ogohlikka undashi zarur.
Buning oldini olish maqsadida yurtimiz bo‘ylab “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida soha mutaxassislari, ekspertlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Sirdaryo viloyati Oq oltin tumani “Ko‘rkam diyor” MFYda o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.
Tadbirda viloyat kotibiyati mudiri V.Tuychiyev, tuman hokim o‘rinbosari A.Xaydarov, bosh imom-xatibi M.Ismoilov ishtirok etdi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3574
Rasmiy sahifalarni kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Yangiliklar
#Radio_reportaj
📻O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganining 33 yilligi hamda “Oltin davrim” shiori ostidagi “Talabalar sayli” ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri haqida
🔷Manba: O‘zbekiston 24 radiosi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Videolar
🎞O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Bayrog‘imiz g‘urur va faxrimiz timsoli” hamda “Oltin davrim” shiori ostida “Talabalar sayli” ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbir bo‘lib o‘tdi
Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#IIAU
#Xalqaro_talabalar_kuni
Mehriniso Bahodirova,
“Xalqaro munosabatlar” ta'lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti faoli:
– Talabalar kuni barchamizning yoshlik, orzu-havas va intilishlarimizni ulug‘laydigan o‘zgacha bayramdir. Bugungi kunda talaba bo‘lish nafaqat ilm olish, balki kelajakda jamiyatga foydali inson bo‘lish sari tashlangan muhim qadamdir.
Sizlarning har bir orzuyingiz, har bir intilishingiz, albatta, o‘z samarasini beradi. Bilim olishdagi har bir qiyinchilik aslida sizning kelajakdagi muvaffaqiyatlaringizning poydevoridir. O‘z yo‘lingizdan chekinmang va o‘zingizga ishoning!
Talabalar kuni muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#IIAU
#Xalqaro_talabalar_kuni
Xadija Urazaliyeva,
“Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti faoli:
– Shukrki, 2023-yil O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasi bo‘lish nasib qildi.
Avvalo, har doim biz talabalarni qo‘llab-quvvatlagan Akademiya rahbariyati, bizga ta’lim berayotgan ustozlar, jonkuyar xodimlarga tashakkur izhor qilaman!
Sevimli oliy ta’lim muassasamiz tomonidan tashkillashtirilgan turli tadbirlarda, tanlovlarda, shu bilan birga, o‘tgan o‘quv yili Respublika doirasida o‘tkazilgan “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovida faol ishtirok etdim. Va bunday yutuqlarim bardavom bo‘lishi uchun harakatdan to‘xtamayman.
Tengdoshlarimga shuni aytmoqchimanki: “O‘z maqsadlaringiz yo‘lida hech qachon harakatdan to‘xtamang, oilangiz, mahallangiz, shu bilan birga, yurtimizga munosib farzand bo‘laylik!"
Xalqaro talabalar kuni barchamizga muborak bo‘lsin!
Sahifalarni kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#IIAU
#Международный_день_студентов
Нуржахон Хужаева,
студентка 1-го курса направления “Психология религии и педагогика”:
– В сентябре 2024 года моя жизнь изменилась — я стала частью большого и значимого сообщества Международной исламской академии Узбекистана. Это было не просто начало учебы, а точка отсчета моего личностного и профессионального пути.
На протяжении учебного процесса я стремлюсь к глубокому усвоению знаний, передаваемых моими преподавателями, и активно участвую в академической и общественной жизни.
Студенческая жизнь — это не только учеба. Это время, когда мы формируем свой характер, находим единомышленников и учимся не бояться перемен. Сегодня перед молодежью открыты огромные возможности, и я призываю всех своих сверстников не упускать их, брать на себя ответственность за будущее своей страны и мира.
С праздником, дорогие студенты!
Пусть 17 ноября — Международный день студентов — вдохновит вас на новые вершины и откроет двери к самым смелым мечтам!
#IIAU
#Xalqaro_talabalar_kuni
Gulnora Raimberdiyeva,
“Filologiya va tillarni o'qitish: arab tili” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti faoli:
– 2023-yil sentabr oyida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasi bo‘lish baxtiga musharraf bo'ldim.
O‘tgan davr mobaynida har bir ustozimning bergan bilimlarini chuqur o‘rganishga, har tomonlama faol bo‘lishga harakat qildim va buning natijasida 2024-yilda “Mahmudxo‘ja Behbudiy” nomli maxsus stipendiyaga sazovor bo‘ldim.
Talabalik katta hayot sari qadam qo‘yish ostonasi, ulkan orzu-umidlar davri ekanini his qilgan holda yangi maqsadlar sari harakat qilmoqdaman.
Tengdoshlarimni bugungi islohotlar va imkoniyatlar davrida bor azm-u shijoati, ilm-u iqtidori bilan davlatimiz rivoji, yurtimiz dovrug'ini dunyoga tanitishda munosib hissa qo'shishga chaqirib qolaman!
Aziz tengdoshlarim, 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni muborak bo‘lsin!
Kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
17 noyabr – Xalqaro talabalar kuni
Har yili 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu kunni 1946-yildan buyon dunyo bo‘ylab keng nishonlanish odatga aylangan.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi nomidan yurtimizdagi barcha talabalar, xususan, Akademiyaning bilimga chanqoq, xulqi va odobi, intellektual salohiyati bilan barchaga o‘rnak talabalarini tabriklaymiz.
Ularga kelajakda yetuk kadr bo‘lib, yurtimiz ravnaqiga o‘z hissalarini qo‘shishlariga ishonch bildiramiz.
Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Bag‘rikenglik_haftaligi
#Xalqaro_konferensiya
🎞“Yangi Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglik” mavzusidagi xalqaro konferensiya tafsilotlari
Manba: O‘zbekiston 24
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Bag‘rikenglik_haftaligi
#Videolar
🎞Bir guruh ulamo va soha xodimlarini “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi o‘tkazildi
Manba: “Yoshlar” teleradiokanali
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Bag‘rikenglik_haftaligi
#Xalqaro_konferensiya
🎞Bugun poytaxtimizdagi “International Tashkent” mehmonxonasida “Bagʻrikenglik haftaligi” doirasida “Yangi Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglik” mavzusida anʼanaviy xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.
Anjumanda ishtirok etgan MDH Hind forumi raisi, Rossiya Hind Kengashi raisi Sanjit Djxa hamda Turkiyaning Saljuq universiteti Saljuq tadqiqotlari instituti mudiri, professor Mustafa Demirji Oʻzbekiston 24 telekanaliga intervyu berdi.
Xorijlik mehmonlarning intervyu jarayonida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev hamda “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi Mo‘minmirzo Abdupattayev tarjimon sifatida qatnashdi.
Manba: O‘zbekiston 24
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Jaholatga_qarshi_maʼrifat
Radikal, ekstremistik oqimlarga qarshi kurashning dolzarb vazifalari
Taassufki, bugungi globallashuv davrda ertamiz egalari bo‘lgan yoshlar buzg‘unchilikni maqsad qilgan kimsalar nishoniga aylanayotgani ham hech kimga sir emas. Ularning ongiga sof islom dini ta’limotiga zid aqidalarni singdirish, o‘zbekona milliy va diniy qadriyatlarimizdan voz kechishga targ‘ib etish kabi xatti-harakatlar avj olmoqda.
Buning oldini olish maqsadida joylarda “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida soha mutaxassislari, ekspertlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri bugun Toshkent davlat transport universitetida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida Akademiya rektori “Radikal, ekstremistik oqimlarga qarshi kurashning dolzarb vazifalari” mavzusida ma’ruza qildi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3575
Sahifalarni kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Salomlashish odobi haqida
🔰Muhiddin domla Musurmonov,
Sho‘rchi tumani “Domla Qosim” masjidi imom-xatibi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Huquqiy_savodxonlik
📖“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunning 20-moddasi
🔰Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi murojaatni koʻrib chiqish
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Kun_hikmati
🔷Bizga ota-onalar, bolalar, yaqin xesh-aqrabolar qimmatlidirlar; lekin muhabbat bobidagi barcha tasavvurlarimiz birgina “Vatan” otli so‘zda mujassamlashgandir. Vatanga nafi tekkudek bo‘lsa, axir qaysi vijdonli odam uning uchun jon bermoqqa ikkilanar ekan?
✍️Sitseron
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
https://uza.uz/uz/posts/bayrogimiz-gurur-va-faxrimiz-timsoli_658360
Читать полностью…Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг сайловдан кейинги биринчи мажлисида иштирок этди.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в первом после выборов заседании Законодательной палаты Олий Мажлиса.
#Mirziyoyev #majlis #OliyMajlis #Qonunchilikpalatasi
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#IIAU
#Xalqaro_talabalar_kuni
Abdulkarim Sa’diy
“Islomshunoslik” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi,
O’zbekiston yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang’ich tashkiloti faoli:
– Men Afg‘onistonning G‘ur viloyatidanman.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Islomshunoslik” yo‘nalishida o‘qishim davomida nafaqat o‘z sohamni o‘rgandim, balki buyuk bir millatning tarixini, urf-odat va qadriyatlarga ega ekanini bildim.
Mazkur dargohda tahsil olayotganimdan juda xursandman.
Bugungi xalqaro talabalar kuni bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining talabalarini chin dildan tabriklayman.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#IIAU
#Xalqaro_talabalar_kuni
Sunnatullo Raxmonov,
"Dinshunoslik" taʼlim yoʻnalishi 2-kurs talabasi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti faoli:
–O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasi ekanimdan faxrlanaman. Ushbu oʻquv dargohida taʼlim olish ulkan baxt.
Oʻtgan vaqt davomida yetuk ustozlar berayotgan ilmlarini chuqur oʻrganishga, hamda har tomonlama faol boʻlishga harakat qilib kelmoqdaman.
Akademiya talabasi sifatida turli xorijiy davlatlarga safar qildim. Xalqaro tadbirlarda ishtirok etdim. Bir qancha yutuqlarga ham erishishga muvaffaq boʻldim.
Tengdoshlarim! Hayotimizning unutilmas damlarida bilim olib, Akademiya talabasi degan nomga munosib bo‘laylik.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#IIAU
#Xalqaro_talabalar_kuni
Olimjon G‘ayratullayev,
“Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti faoli:
– O‘tgan ikki yil mobaynida dunyoqarashim, fikrlashim tasavvur qilmas darajada o‘zgardi. Yangi do‘stlar orttirdim, fidoyi ustozlardan qimmatli bilim va ko‘nikma oldim. Ularning ko‘rsatmalariga amal qilib bir qancha yutuqlarga erishdim.
Xalqaro tadbirlarda ishtirok etdim. Xorijiy mehmonlar oldida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasiman deb aytish men uchun katta faxr va iftixor tuyg‘usini uyg‘otdi.
Talabalik davri haqiqatan oltin davr ekan. Bu davrdagi qiziq voqealar yillar o‘tsa-da, inson xotirasida o‘chmas iz qoldirar ekan. Aziz tengdoshlarim, berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, shunchaki talaba emas, eng yaxshi talaba bo‘lishingizni tilab qolaman.
Barchangizni 17-noyabr talabalar kuni bilan tabriklayman!
Akademiyaning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#IIAU
#Xalqaro_talabalar_kuni
Abdufattoh Xakimov,
“Xalqaro munosabatlar” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti faoli:
– O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasi bo‘lganimdan faxrlanaman, deb baralla ayta olaman. Ushbu o‘quv dargohida ilm olish men uchun sharaf.
O‘tgan davr mobaynida ustozlarimizning bergan bilimlarini chuqur o‘rganishga, har tomonlama faol bo‘lishga harakat qildim, bir qancha jamoaviy va shaxsiy yutuqlarga erishdim.
“Talabalik – oltin davr” ekaniga yana bir bor amin bo‘ldim. Men o‘z tengdoshlarimni bugungi islohotlar va imkoniyatlar davrida o‘z shijoatlari, iqtidori bilan davlatimiz, jamiyatimiz rivojiga, yurtimiz nomini jahon minbarlarida doimo yangrab turishida o‘z hissalarini qo‘shishlariga tilakdoshman.
17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
“17-noyabr – xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektorining TABRIGI
Assalom-u alaykum, aziz talabalar!
Ayni damda yurtimiz oliy taʼlim muassasalari boʻylab Siz, aziz yoshlarning bayramingiz, “17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni” keng nishonlanmoqda.
Fursatdan foydalanib, barcha talaba-yoshlarni mazkur bayram bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Yoshlik – inson hayotining eng goʻzal davri. Kuchga toʻlgan, katta imkoniyatlar, orzu-umid va rejalarga boy davri. Mana shu davrda amalga oshirgan ishlaringiz kelgusi hayotingizni belgilab beradi. Albatta, oʻgʻil-qizlarimizdan yoshlik bergan imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanish, zamonaviy ilm-fan va bilimlarga ega boʻlish talab etiladi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3570
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Bag‘rikenglik_haftaligi
#Xalqaro_konferensiya
🎞Yangi Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglik
Manba: “Sevimli” telekanali
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#dayjest #anjuman
#04.11–15.11.2024
Oliy ta’lim muassasalarida respublika hamda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya va anjumanlar tashkil etilmoqda
Bizni kuzating
#Tanlov
Akademiyada “Tafakkur egalari” intellektual kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Tafakkur egalari” intellektual kitobxonlik klubining 1-turi oʻtkazildi.
Talabalar orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida Akademiya tyutorlari tomonidan tashkil etilgan tanlovda Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Rahmatilla Gaipnazarov, tyutorlar va talabalar ishtirok etishdi.
Tanlovda talabalar Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar”, Gabriel Garsia Markesning “Yolgʻizlikning yuz yili” hamda Ivan Turgenevning “Otalar va bolalar” asarlarini oʻqib, oʻzaro muhokama qildi. Shu kitoblar asosida tuzilgan test savollariga javob berdi.
Yakunda gʻolib va sovrindorlar sovg‘alar bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#18-NOYABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG‘I QABUL QILINGAN KUN
Bayroq – hurlik timsoli, ezgulik, tinchlik ramzi
Oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritgan har bir yurt bayrogʻining Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh qarorgohida muzaffar hilpirashini istaydi. Chunki bu mamlakatning dunyoda oʻz oʻrni, oʻz ovoziga ega ekanining tasdigʻi, mustaqilligining tan olingani ifodasidir.
Bu yil Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinib, mamlakatimiz davlat suverenitetining ramzlaridan biri sanalgan davlat bayrogʻimiz paydo boʻlganiga 33 yil toʻlmoqda.
Rahmatilla Gaipnazarov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshlig‘i
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3564
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram