iiau_official | Unsorted

Telegram-канал iiau_official - International Islamic Academy of Uzbekistan

5415

Veb-sayt: https://iiau.uz Facebook: https://www.facebook.com/iiau.fb?locale=ru_RU Instagram: www.instagram.com/iiau_official YouTube: https://www.youtube.com/c/InternationalIslamicAcademyofUzbekistan Matbuot xizmati

Subscribe to a channel

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar

Akademiya mas’ullari tomonidan ijara xonadonlarda yashayotgan talabalar yashash sharoiti o‘rganilmoqda

🔼O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva hamda tyutorlar Nigina Ruzimova va Dilxush Abduvaliyev ijara xonadonlarda istiqomat qilayotgan talabalar bilan uchrashib, ularning yashash sharoitlarini o‘rgandi.

➡️Akademiya mas’ullari talabalar yashaydigan xonadonlardagi shart-sharoitlar bilan tanishib, kuz va qish mavsumida gaz va elektr jihozlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish va xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni maslahat berdilar.

✔️Shuningdek, talabalar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha chuqur bilim olishlari, bo‘sh vaqtlarini esa mazmunli va foydali tarzda o‘tkazishlari zarurligini ta'kidlab o‘tdilar.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

TA’ZIYA

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi professori Bahromjon Farfiyevning padari buzrukvorlari Athamjon Farfiyevning vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur taʼziya izhor qiladi.

Alloh taolo marhumni O‘z mag‘firatiga olsin! Imonlari va solih amallarini o‘zlariga hamroh aylasin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin! Ortida qolgan yaqinlariga go‘zal sabr bersin!

Janoza bugun soat 17:00 da “Shayx Zayniddin” (Ko‘kcha) masjidida oʻqiladi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🗣“Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi” mavzusida “Eng yaxshi videoroliklar” tanlovi e’lon qilindi.

🏛Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi” mavzusida “Eng yaxshi videoroliklar” tanlovini e’lon qiladi.

☑️Tanlov 3 bosqichdan: akademik guruhlar talabalari o‘rtasida saralash bosqichi, fakultetlararo oliy ta’lim muassasasi bosqichi hamda OTM g‘oliblari o‘rtasida yakuniy bosqichdan iborat.

☑️Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

🥇1-o‘rin – 6 000 000 so‘m;
🥈2-o‘rin – 5 000 000 so‘m;
🥉3-o‘rin – 4 000 000 so‘m.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar 30-noyabrga qadar o‘zi tahsil olayotgan taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishlari mumkin.

➡️Tanlov nizomini o‘qish

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Bag‘rikenglik_haftaligi
#E’tirof


“Yangi O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik” mavzusidagi xalqaro konferensiya xorijiy mutaxassislar nigohida

✔️Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi, xalqparvar va millatparvar siyosati, shuningdek, mintaqa miqyosida faol tashqi siyosat olib borayotganligi, qo‘shni davlatlar bilan har tomonlama, o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirayotganligi, ezgulik va tinchlik-osoyishtalik omili bo‘lgan diniy bag‘rikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlash va rivojlantirishga imkon bermoqda.

✔️Yurtimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ta’lim, ilm-fan, ma’naviyat va ma’rifat, millatlar o‘rtasidagi do‘stlik va bag‘rikenglik tamoyillari o‘zining yangi tarixiy sahifalarini ochdi. Yaqin qo‘shni davlatlar bilan oliy va yuqori darajadagi aloqalarimiz sezilarli darajada faollashdi.

✔️Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasining sessiyalarida hamda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi sessiyasida nutq so‘zlab, muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.

✔️Prezidentimizning muhim taklifi asosida 2018-yil 12-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiya qabul qilindi. Shuni alohida ta’kidlsh lozimki, mazkur rezolyutsiyani Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi 50 dan ortiq mamlakatlar yakdil qo‘llab-quvvatlashdi.

✔️Joriy yilning 16-noyabr kuni esa poytaxtimizda “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida Din ishlari qo‘mitasi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida “Yangi O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Undan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonda tinchlik, osoyishtalik omillaridan biri bo‘lgan diniy bag‘rikenglik, dinlararo totuvlik va konfessiyalararo hamjihatlikni yanada mustahkamlash borasidagi ishlarni o‘rganish, istiqboldagi vazifalarni tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va shu yo‘nalishda o‘z yechimini kutayotgan masalalarni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Manba: “Yangi O‘zbekiston” gazetasi

🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3597

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞Sodiq Samarqandiy, Abdulloh Zufar, Abu Saloh, Ahliddin Navqatiy kabi fitnakor kimsalar va soxta salafiylarning aksariyat vakillari islom ahkomlarini buzib talqin qilishlari haqida ko‘p eshitamiz. Ularning bu talqinlariga asosli raddiyalar bormi?

🔰Tohir Hotamov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Davra_suhbati

Diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar, avvalo, inson uchun

📍Bugun Jamoat xavfsizligi universitetida “Yurtimizda amalga oshirilayotgan diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar va ularning mazmun-mohiyati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

✔️Mazkur davra suhbati Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida o‘tkazildi.

➡️Davra suhbatida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining maslahatchisi Ilhom Ma’rupov hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti Saidafzal Saidjalolov mavzu yuzasidan ma’ruza qildilar.

✔️Spikerlar tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari, 16 ta diniy konfessiya aʼzolari bag‘rikenglik tamoyili asosida tinch-totuv yashab kelayotgani, turli millat va din vakillarining har qanday tajovuzdan bexavotir o‘z ibodatlarini emin-erkin ado etishlari jamiyat barqarorligining muhim ko‘rsatkichlaridan biri sifatida xalqaro hamjamiyat vakillari tomonidan e’tirof etilayotgani qayd etildi.

➡️Ma’lumki, keyingi yillarda davlatimiz rahbari boshchiliklarida diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar yangi bosqichga ko‘tarildi.

✔️Prezidentimiz tashabbusi bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi yalpi majlisida “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik toʻgʻrisida”gi maxsus rezolyutsiya qabul qilindi. Mazkur rezolyutsiya Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo 100 dan oshiq davlatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

➡️“Mehr” operatsiyalari doirasida yuzlab vatandoshlarimiz, ayollar, norasida go‘daklar urush maydonlaridan ona Vatanimizga qaytarildi.

✔️Tadbirda ma’ruzachilar tomonidan soha faoliyatiga doir islohotlar misollar orqali tushuntirib berildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Davra_suhbati

Ayolga ehtirom – jamiyatga ehtirom

✔️BMT Bosh Assambleyasining 1999-yil 17-dekabrdagi rezolyuеsiyasi bilan 25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni sifatida belgilangan.

➡️Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Xotin-qizlar boʻlimi hamda “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi tomonidan davra suhbati oʻtkazildi.

✔️Tadbirda “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi mudiri Nigora Yusupova, Xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nilufar Alibayeva, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

➡️Davra suhbatida keyingi yillarda yurtimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeyini mustahkamlash, huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi islohotlar davlat siyosatining ustuvor maqsadlaridan biriga aylangani ta’kidlandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Radio_suhbat

Millat va ma’naviyat

🎙Ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan bebaho meros haqida islomshunoslik sohasi bo'yicha mutaxassis, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti Nurullo Yo'ldoshev bilan suhbat.

▶️Radioeshittirish Hafizuddin an-Nasafiyning “Kanzud daqoiq” asari doirasida olib borilayotgan dissertatsiya ishi haqida.

🖥Manba: “O‘zbekiston” radiosi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞Mazhab haqida

🔰Muhammadamin Yunusov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasi


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunning 25-moddasi

🔰Diniy tashkilotning faoliyatini to‘xtatib turish

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞Sodiq Samarqandiy, Abdulloh Zufar, Abu Saloh, Ahliddin Navqatiy kabi fitnakor kimsalar va soxta salafiylarning aksariyat vakillari islom ahkomlarini buzib talqin qilishlari haqida ko‘p eshitamiz. Ularning bu talqinlariga asosli raddiyalar bormi?

🔰O‘ktam Palvanov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchisi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

Поздравление!

➡️23 ноября в Доме Правительства Республики Татарстан состоялась торжественная церемония награждения. Ректор Болгарской исламской академии Фархат Хуснутдинов удостоен ордена «Дуслык» (Дружба).

✔️Раис Республики Татаристан Рустам Минниханов вручил почётную награду, отметив значительный вклад Фархата Хуснутдинова в развитие Татарстана за многолетнюю плодотворную работу и активную общественную деятельность.

➡️Со своей стороны Руководство и коллектив Международной исламской академии Узбекистана поздравляет уважаемого Фархат Гусмановича с высокой наградой – орденом «Дустлык» (Дружба) и желает ему от всей души крепкого здоровья, счастья, семейного благополучия и дальнейших успехов в его трудовой деятельности.

✔️Согласно подписанного меморандума о взаимопонимании от 28 августа 2019 года Международная исламская академия Узбекистана плодотворно сотрудничает с Болгарской исламской академии.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Sayyor_dars
#Diniy_bag‘rikenglik

Dinlararo muloqot amaliy mashg‘ulotlarda shakllantirilmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari uchun yurtimizdagi diniy konfessiyalarga sayyor dars tashkil etilmoqda.

🔼Talabalar “O‘zbekistondagi diniy konfessiyalar” fani doirasida Toshkent shahridagi Buddaviylik ibodatxonasi, Krishnani anglash jamiyati, Arman Apostollik cherkovi va Yevangel-lyuteranlar cherkovida diniy tashkilot vakillari bilan uchrashdi.

⬇️Uchrashuvda talabalarga mazkur diniy konfessiyalarning tarixi, faoliyati va urf-odatlari haqida ma’lumot berildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Turizm

Nazariy bilimlarning amaliy namunasi

“CAEx” (Central Asian Expo Uzbekistan) xalqaro koʻrgazmalar markazida “Ipak yo‘lida turizm” bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizm qo‘mitasi, “Milliy PR-markazi” davlat unitar korxonasi hamda “Team & Co Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Ko'rgazmada "Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi" kafedrasi professor-o'qituvchilari "Turizm va mehmondo'stlik" mutaxassisligi, "Turizm (ziyorat turizmi)", "Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar" va "Islom iqtisodiyoti va moliyasi" yo'nalishlari 1-3-kurs talabalari nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan boyitish uchun tashrif buyurdi.

Ular yarmarkada o‘zlarining milliy stendlari bilan ishtirok etayotgan xorijiy davlatlar, mamlakatimizning milliy kompaniyalari hamda viloyatlarning taqdimotlari va maxsulotlari bilan yaqindan tanishdilar.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Mulohaza

Maʼnaviy qiyofa yoxud inson omili – hal qiluvchi kuch

✔️Inson omili bugungi globallashuv davrida har qachongidan koʻra, muhim va hal qiluvchi, boshqaruvchi kuchdir. Chunki bashariyatning qay oʻzanga ketishi, bunyodkorlik, ezgulikka qaratilgan harakat yoki zulm bilan dunyoni boshqarish kabilar insoniyat hukmronligining koʻrinishi sifatida namoyon boʻlmoqda.

✔️Davlatlar oʻrtasidagi munosabatlar tizimida ham insoniyat fikr olamining mahsuli hal qiluvchi rol oʻynayotgani ayni haqiqatdir. Insoniyat turli qarashlar girdobida qaynayotgan, gʻoyalar kurashi u yoki bu jihatdan tahdid maydoniga aylanayotgan shiddatli davrda yashamoqda.

✔️Aslida, odamlarning ong-u shuurini turli oʻzanga, xilma xil qarashlar girdobiga tortayotganligini bugungi davr “gʻalayonlari” koʻrsatib turibdi. Oʻzani cheksizlikka qadalgan bu dunyo maydonida oʻzbek deb atalgan millat, oʻz davlatchilik tarixiga ega davlat – Oʻzbekiston ham oʻz oʻrni va mavqeyiga ega boʻlib, gʻalayon-u talotoʻplar ichra oʻz tinchlik va xavfsizligini saqlagan holda oqilona siyosat yuritishini bugungi davr har qachongidan koʻra taqozo etmoqda.

✔️Buyuk daholar, ne-ne zotlarni ona tuprogʻida ulgʻaytirib, dunyoga bergan ildizi baquvvat millat, mehnatkash, koʻksi ona tuproq taftidan kuch olgan xalq, mehr-u muruvvat rishtalari bilan qalblari birlashgan samimiy insonlar qoʻnim topgan Oʻzbekiston mana shunday betakror zamindir. Shu yurt, shu zaminni asrash, ardoqlash, bagʻrida tinch, osuda umr kechirish bugungi globallashuv davrida har qachongidan muhim va dolzarbdir.

✏️Lola Azimova,
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi
“Oʻzbek va xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti


🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3593

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

❗️
ЦИРКУЛЯР ВА «ЯШИЛ» ИҚТИСОДИЁТ
Нуристон ТЎХЛИЕВ

Циркуляр иқтисодиёт «ёпиқ цикл»га эгалиги боис цикллик иқтисодиёт ҳам дейилади. У ишлаб чиқариш ва истеъмол модели ҳисобланиб, анъанавий, яъни «чизиқли» иқтисодиётнинг муқобили сифатида майдонга чиқади.


📱 Батафсил: jadid.uz/sirkulyar-va-yashil-iqtisodiyot

Jadid.uz’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Buyuk_ajdodlarimiz

Ali Qushchi: mangulikning besh yarim asri

✔️Mamlakatimiz tarixining turli davrlarida jahonshumul sivilizatsiyalar, yirik imperiyalar, havas qilsa arzigulik shaharlar va bebaho meʼmoriy obidalar vujudga kelgan. Ayniqsa, buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan tengsiz madaniy meros namunalari insoniyat tarixida oʻchmas iz qoldirgan. Bu ilmiy, tarixiy va badiiy asarlar bugun dunyoning turli nuqtalarida, xorij toʻplamlari, jamgʻarmalari, kutubxona va muzeylarida saqlanmoqda.

✔️Bugun barcha sohalar qatori ilm-fan, taʼlim va madaniyatga, xususan, madaniy merosimizni oʻrganish va targʻib qilishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ana shu maqsadda 2017-yilda Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazini barpo etishga kirishildi. Ayni paytda poytaxtimizning tarixiy mavzesida markazning muhtasham binosi qad rostlamoqda.

✔️Ushbu markaz Oʻzbekiston zaminidagi qadimiy sivilizatsiyalar, ajdodlarimizning boy va betakror merosi, jahon tamadduniga qoʻshgan munosib hissasini koʻrsatadigan yirik platformaga aylanishi kutilmoqda. Bu yerda tariximiz va madaniyatimizga bogʻliq ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Mamlakatimiz rahbari taʼkidlaganidek, markazimiz eshiklari biz bilan hamkorlikda ishlashni istagan xorijlik olimlar va tadqiqotchilar uchun hamisha ochiq boʻladi.

✔️Ayni paytda Oʻzbekiston madaniy me rosini oʻrganish, buyuk ajdodlarimiz yara tib qoldirgan ilmiy va ijodiy asarlarni tadqiq etish, ularning jahon tamadduniga qoʻshgan hissasini aniqlash maqsadida markazimiz tomonidan qator tadqiqotlar qilinmoqda, mahalliy va xorijlik olimlar ishtirokida ilmiy anjumanlar oʻtkazilyapti. Shu bilan birga, markaz olimlari xorijda oʻtayotgan turli konferensiyalarga ham tez-tez taklif etilayotir.

✔️Joriy yilning 18-20-noyabr kunlari Turkiya Fanlar akademiyasi va bir qancha oliy oʻquv yurtlari tashabbusi bilan Istanbulda buyuk arbob va olim Ali Qushchi vafotining 550 yilligiga bagʻishlangan xalqaro simpozium oʻtkazildi. Turkiya fanlar akademiyasi prezidenti Muzaffar Shekerning taklifiga binoan bir guruh oʻzbekistonlik olimlar safida mazkur konferensiyada ishtirok etdik.

✏️Firdavs Abduxoliqov,
Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi direktori

🖥Manba: “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi

📎Gazetani yuklab olish uchun

🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3602

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞
Ayrim shaxslar “soqolsiz kishi imomlikka o‘tmasin”, deb da’vo qiladilar. Shariatda bu borada qanday hukm kelgan? Haqiqatda soqolsiz kishining imomlikka o‘tishi joiz emasmi?

🔰Shayx Muhiddin Mansur

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Huquqiy_savodxonlik

📖“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunning 26-moddasi

🔰Diniy tashkilotning faoliyatini toʻxtatib turish oqibatlari

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Kun_hikmati

🔷Inson dunyoni qanchalik bilsa, o‘zligini ham shunchalik anglaydi.

✍️Iogann Gyote

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Eʼlon

🗓2025-oʻquv yili uchun Yaponiya hukumati tomonidan Yaponiyaning Nagoya, Nagoya shahar va Nagoya iqtisodiyot universitetlarida magistratura va doktoranturada tahsil olish, ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun stipendiya tanlovi eʼlon qilinganini maʼlum qilamiz.

➡️Mazkur grantlar Aichi prefekturasi maʼmuriyati, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning “JDS”, Nagoya universitetining “Global 30”, Yaponiya Taʼlim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligining BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun stipendiya dasturlari doirasida ajratilishi koʻzda tutilmoqda.

🔼Nomzodlar respublika OTMlari oʻqituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorantlari, magistrantlari, talabalari qatoridan boʻlishlari va muayyan talablarga javob berishlari lozim hamda ular hujjatlar natijalari asosida tanlab olinadi.

✔️Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlgan nomzodlar Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik boʻlimiga murojaat etishlari soʻraladi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🗣“Eng yaxshi dasturchi” respublika tanlovi e’lon qilindi.

🏛Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi dasturchilik sohasini o‘rganayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida “Eng yaxshi dasturchi” respublika tanlovini e’lon qiladi.

☑️Tanlov kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida 2 bosqichda, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida 3 bosqichda o‘tkaziladi.
☑️ Dastlabki bosqich 25-30-noyabr kunlari tashkil etiladi. Keyingi bosqichlarning o‘tkazilish muddati Respublika tashkiliy ishchi guruhi tomonidan belgilanadi.
☑️Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari:

🔵1-o‘rin – 15 000 000 so‘m;
🔵2-o‘rin – 10 000 000 so‘m;
🔵3-o‘rin – 8 000 000 so‘m;
Nominatsiyalar bo‘yicha:
🔵Eng tezkor dasturchi” – 5 000 000 so‘m;
🔵Eng yosh dasturchi” – 5 000 000 so‘m;
🔵Eng murakkab dastur dasturchisi” – 5 000 000 so‘m;
🔵Eng omadli dasturchi” – 5 000 000 so‘m.

Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari:

1,- 2,- va 3-o‘rin g‘oliblari ta’lim muassasasi tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

☑️Eslatib o‘tamiz tanlovda ishtirokchilar C++, C#, Java, Python, Ruby, PHP, JavaScript, Typescript va boshqa dasturlash tillaridan foydalanishi mumkin. Shuningdek, ishtirokchilar robocontest.uz platformasidan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi talab etiladi.

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Ijtimoiy_rolik
#Inson_huquqi

🗓25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo'ravonlikka barham berish kuni

🖥Birinchi qadamni qo‘yishdan qo‘rqmang!

Manba

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#E’lon

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida boshlovchi va diktor bo‘lib faoliyat yuritishni xohlovchilar diqqatiga!

🗓2024-yil 27-noyabr kuni soat 11:00 da O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida MTRK tomonidan Yangi O‘zbekistonning yangi avlod tele va radio ijodkorlarini kashf etish maqsadida tanlov (kasting) bo‘lib o‘tadi.

✔️Kasting o‘tkazish va saralanganlarni efirga tayorlash oliy toifali diktor, jurnalist Jamshid Umrzoqov tomonidan amalga oshiriladi.

➡️Kasting “Ziyo” media markazi pavilyonida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#IIAU
#UNESCO_Chair
#Kun_tarixi

25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo'ravonlikka barham berish kuni

"Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni" BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2000-yilda ta’sis etilgan. Bosh Assambleya o‘z rezolyutsiyasida hukumatlar, BMT agentliklari, xalqaro va nohukumat tashkilotlarni ushbu kunda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik muammosiga jamoatchilik e’tiborini qaratuvchi tadbirlar o‘tkazishni taklif qilgan.


"Ayollarga nisbatan zo'ravonlik hech qachon qabul qilinmaydi, hech qachon oqlanmaydi va bu holatga hech qachon chidab bo'lmaydi".

- Pan Gi Mun -

#Международный_день_борьбы_за_ликвидацию_насилия_в_отношении_женщин
#International_Day_for_the_Elimination_of_Violence_against_Women #اليوم_الدولي_للقضاء_على_العنف_ضد_المرأة

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Kun_hikmati

🔷Inson hayotida ikki ahamiyatli kun bor: Birinchisi dunyoga kelgan kun, ikkinchisi nima uchun bu dunyoga kelganini anglagan kun.

✍️Mark Tven

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

Президент Янгиҳаёт тумани Хушнуд маҳалласидаги бунёдкорлик ишларини кўздан кечирди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar
#Trenerlar_maktabi

Akademiyada “Trenerlar maktabi” loyihasi o‘tkazildi

✔️Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Oltin davrim” shiori ostida o‘tkazilayotgan talabalar oyligiga bag‘ishlangan “Trenerlar maktabi” loyihasi tashkil etildi.

➡️Mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Qozog‘iston Respublikasi L.N.Gumilyev nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Oriental universiteti talabalari ishtirok etdi.

✔️Tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov, “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Kasimova, “Trenerlar maktabi” loyihasi Yulduz Dosjanova kirish so‘zi bilan ochib berdilar.

🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3595

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

Давлатимиз раҳбари "Янги авлод" махсус саноат зонасида олиб борилаётган ишлар билан танишди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент атрофида "яшил" белбоғ барпо этиш доирасидаги дарахт экиш тадбирида иштирок этди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…
Subscribe to a channel