iiau_official | Unsorted

Telegram-канал iiau_official - International Islamic Academy of Uzbekistan

5415

Veb-sayt: https://iiau.uz Facebook: https://www.facebook.com/iiau.fb?locale=ru_RU Instagram: www.instagram.com/iiau_official YouTube: https://www.youtube.com/c/InternationalIslamicAcademyofUzbekistan Matbuot xizmati

Subscribe to a channel

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

▶️Ijtimoiy muhit mustahkamligi, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik doimiy e’tiborda

🎙Ilhomjon Bekmirzayev,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori

🖥Manba: O‘zbekiston 24

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

▶️Меры по укреплению социальной среды и развитию религиозного просвещения

🖥Manba: O‘zbekiston 24

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

https://uza.uz/uz/posts/ozbekistondagi-diniy-islohotlar-britaniya-zhamoatchiligi-etiborida_662293

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Xalqaro_hamkorlik

Buyuk Britaniyaning nufuzli ekspert va ilmiy doira vakillariga yurtimizdagi diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlar haqida maʼlumot berildi

✔️Oʻzbekistonning Londondagi elchixonasida yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlar mavzusida taqdimot tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda Buyuk Britaniyaning nufuzli ekspert va ilmiy doira vakillari, vatandoshlar ishtirok etdi.

✔️Tadbirda Buyuk Britaniya ilmiy jamoatchiligiga yurtimizda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, ilmiy markazlar, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyati haqida batafsil maʼlumot berildi.

✔️“Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlar” mavzusida film namoyish etildi.

✔️Tadbirda Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) tomonidan chop etilgan “Oʻzbekiston madaniy merosi durdonalari jahon toʻplamlarida” nomli albomlar toʻplami, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining yangi nashrlari, xususan, Imom Moturidiyning “Kitob at-Tavhid” asari taqdimoti hamda foto-koʻrgazma tashkil etildi.

✔️Keyingi yillarda yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar Britaniya ilmiy jamoatchiligi tomonidan eʼtirof etilib, ilmiy markazlar va Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, qoʻlga kiritilgan natijalar katta qiziqish uygʻotdi.

✔️Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazarning “Yoshlarga nasihat”, “Fitna koʻz ilgʻamas xatar”, “Ixtilofli masalalar yechimi” kabi kitoblari taqdim etildi.

✔️Delegatsiya a’zolarining safari davom etmoqda.

🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3615

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

▶️Buyuk Britaniyada Oʻzbekiston madaniy merosi haftaligi: Qaffol Shoshiyning yangi topilgan 4 ta qoʻlyozmasi taqdimoti

🖥Manba: O‘zbekiston 24

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

▶️OTM talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi

🖥Manba: “Mening yurtim” telekanali

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Huquqiy_savodxonlik

🎞
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 3-moddasi

🔰Asosiy tushunchalar 2-abzats

🔷Manba: “Ziyo” media markazi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Kun_hikmati

🔷Vatan tarkin bir nafas aylama,
Yana ranji g‘urbat havas aylama.

✍️Alisher Navoiy

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Kitoblar_ko‘rgazmasi

Talabalar uchun o‘quv va ilmiy adabiyotlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi

✔️O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Axborot-resurs markazida “IRСIСA kafedrasi: Ta’lim va metodika ko’rgazmasi” mavzusida o‘quv va ilmiy adabiyotlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

➡️Mazkur ko‘rgazma “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi tomonidan talaba-yoshlarda kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, yosh avlodni kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etildi.

✔️Tadbir davomida ko‘zi ojiz talabalarga brayl yozuvidagi hamda audio kitoblar taqdim etildi.

➡️Shuningdek, “Hilol-nashr”, “Yangi asr avlodi” kabi nashriyotlar bilan bir qatorda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Toshkent islom instituti, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Akademiya kafedralari tomonidan chop etilgan kitoblar ko‘zgamasi ham o‘tkazildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar
#Zakovat

“Oʻzbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi kubogi” uchun zakovat intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi

🔼Keyingi yillarda yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy jarayonlardagi oʻrnini kengaytirish masalalari ustuvor ahamiyat kasb etib bormoqda. Bugun ular jamiyat hayotining turli jabhalari, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, fuqarolik va siyosiy jarayonlarda oʻz oʻrni va soʻziga ega. Bu esa davlat taraqqiyoti, barqarorligi va demokratiya ustuvorligining zaruriy shartidir.

📍Bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida yurtimizning yetakchi oliy taʼlim muassasalarining talabalari ishtirokida “Oʻzbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi kubogi” uchun zakovat intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.

➡️BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 25-noyabr – “Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni” deb eʼlon qilingani munosabati bilan oʻtkazilgan bellashuv talaba-qizlar ishtirokida tashkil etildi.

✔️Unda jami poytaxtimizdagi 11 ta oliy taʼlim muassasalari, xususan, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Xalqaro Nordik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillar universiteti, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetlarining talaba-qizlari ishtirok etdi.

⭐️Bellashuv yakunida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalaridan iborat jamoa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2-oʻrin Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, 1-oʻrinni Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti qo‘lga kiritdi.

Barcha ishtirokchilar diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar. Gʻolib jamoaga “ShHT Xalq diplomatiyasi markazi kubogi” topshirildi.

🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3613

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Videolar
#Xalqaro_konferensiya

📍Qo‘qon universitetida “Ahmad Al-Fargʻoniyning dunyo astronomiya ilmiga qoʻshgan hissasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

🔼Mazkur anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari – Ahmad Musa, Hilol Abduroziq Sodiq, Obayd Muhammad Abdulhalim hamda Ibrohim Usmonov ma’ruzachi sifatida ishtirok etdilar.

➡️Konferensiyada soʻz olganlar tomonidan Ahmad Al-Fargʻoniy asarlarining bugungi kundagi ahamiyati, uning ilmiy madaniy merosini jahon hamjamiyatida tutgan oʻrni, turizm sohasini rivojlantirishda buyuk allomalarga e'tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

Yakunda anjumanda koʻtarilgan masalalar, muammolar boʻyicha fikr-mulohazalar oʻrganilib, ularni hal qilish boʻyicha taklif va mulohazalar bildirib oʻtildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Huquqiy_savodxonlik

📖“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunning 28-moddasi

🔰Reyestrga diniy tashkilotni tugatilganligi toʻgʻrisida yozuv kiritish

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Kun_hikmati

🔷Millatning kelajagi onalar qo‘lidadir.

✍️Onore de Balzak

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#dayjest

🗣Oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan kitobxonlik tadbirlari bugungi dayjestda:

↪️O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida kitoblar yarmarkasi tashkil etildi.

↪️O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida “Kitob ulashamiz” loyihasi o‘tkazildi

↪️University of Business and Science talabalari uchun kitob yarmarkasi tashkil qilindi.

↪️Namangan muhandislik-texnologiya instituti “Eng kitobxon talaba qiz” mavzusida ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

↪️Andijon iqtisodiyot va qurilish institutida “Men sevgan kitob” tanlovi tashkil etildi.

↪️Namangan davlat pedagogika instituti “Men ham kitob hadya qilaman” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

↪️Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi” shiori ostidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

↪️Buxoro davlat pedagogika institutida “Yosh kitobxonlar” klubi o‘z faoliyatini boshladi.

↪️Shahrisabz davlat pedagogika institutida “Kitobxon ona – kitobxon bola” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

↪️Jizzax davlat pedagogika universitetida “Birga kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida davra suhbati o‘tkazildi.

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Kitoblar_yarmarkasi

Kitob – ilm va hikmat manbai

📍Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Kitoblar yarmarkasi” tashkil etildi.

✔️Mazkur yarmarka talaba-yoshlarda kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, yosh avlodni kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etildi.

➡️Unda yuzdan ortiq o‘zbek va jahon adabiyoti namoyandalarining asarlari taqdim etildi.

🔼Tashkil etilgan kitoblar yarmarkasi yoshlarda o‘zgacha taassurot uyg‘otib, ilm va kitobga bo‘lgan muhabbatini yanada ortishiga xizmat qiladi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Binar_dars

Hamkorlikda binar dars o‘tkazildi

🗓Bugun Times Higher Education xalqaro universitetlar reytingi-2024da 501-o‘rinni egallagan Buyuk Britaniyaning G‘arbiy Angliya universiteti (University of the West of England) professori Qobil Ro‘ziyev hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Musurmon Xurramov tomonidan qo‘shma ma’ruza tashkil etildi.

✔️Binar dars “Jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ta’sirida g‘oyalarning differensiallashuvi” mavzusiga bag‘ishlandi.

➡️Unda “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

Ma’ruzada mafkuralarning siyosiy jarayonlar va jamiyat hayotida tutgan o‘rni, mafkuralarning paydo bo‘lishi va intihosi, bugungi kunda G‘arbdagi mavjud mafkuralar hamda mafkuraviy turfa xillik haqida batafsil ma’lumot berildi.

🔼O‘zbekistonda ham mafkuraviy va g‘oyaviy xilma-xillikka amal qilinishi, hattoki bu to‘g‘risida bosh qomus – Konstitutsiyada alohida modda bilan kafolatlanib qo‘yilgani jamiyatimizda siyosiy barqarorlikni ta’minlanayotgan omillardan biri ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

▶️Ijtimoiy muhit mustahkamligi, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik doimiy e’tiborda

🎙Ilhom Marupov,
Din ishlari bo’yicha qo’mita Axborot xizmati rahbari

🖥Manba: O‘zbekiston 24

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

▶️Ijtimoiy muhit mustahkamligi, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik doimiy e’tiborda

🎙Saidafzal Saidjalolov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti

🖥Manba: O‘zbekiston 24

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Xalqaro_hamkorlik

Yurtimizdagi diniy-ma’rifiy soha vakillaridan iborat delegatsiyaning Buyuk Britaniyadagi xizmat safari boshlandi

✔️Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari direktorlari – Shovosil Ziyodov, Jamoliddin Karimov, Muzaffarxon Joniyev hamda soha mutaxassislaridan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning ilmiy-madaniy muassasalarida qator uchrashuvlar oʻtkazdi.

✔️Firdavs Abduxoliqov boshchiligidagi delegatsiya a'zolari dastlab Qadimiy qoʻlyozma manbalarni tadqiq etish va kataloglashtirishga ixtisoslashgan al-Furqon fondida davra suhbati tashkil etildi.

✔️Al-Furqon fondi 1988-yilda Londonda tashkil etilgan. Jamg‘armaning maqsadi butun dunyo bo‘ylab islom merosiga oid qo‘lyozmalarni o‘rganish, kataloglash va saqlashdan iborat. Jamg‘arma mutaxassislari tomonidan dunyoning turli mintaqalarida ilmiy tadqiqotlar olib borilib, 60 dan ortiq nashrlar, asosan, kataloglar, jumladan, mashhur ko‘p jildli “Islom qo‘lyozmalari jahon tadqiqoti” kitobi chop etilgan.

✔️Uchrashuvda Britaniya ilmiy doira vakillariga yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, ijobiy oʻzgarishlar, diniy bagʻrikenglikni taʼminlash borasida xalqaro miqyosda ilgari surilayotgan muhim tashabbuslar haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, Oʻzbekistondagi ilmiy markazlar hamda al-Furqon fondi oʻrtasidagi oʻtgan davr mobaynidagi hamkorlik sarhisob qilindi.

✔️Fond rahbari Sali Shaxsivari Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan qadimiy boy ilmiy-maʼnaviy merosni oʻrganish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berdi.

🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3614

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Ustozga_ehtirom

Ustozlar hurmati – ajdodlarimiz merosi

✔️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi xodimlarining nuroniylar holidan xabar olish reja-jadvali” tasdiqlangan.

✔️Shunga ko‘ra, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Akademiyada uzoq yillar samarali faoliyat ko‘rsatgan, taniqli olim, diniy arbob Rahmatulloh qori Obidovning tavallud ayyomi munosabati bilan u kishining xonadoniga tashrif buyurib, ustoz holidan xabar olishdi.

✔️Uchrashuv davomida ustoz o‘zining ibratli hayot yo‘li haqida so‘zlab berdi.

✔️Yurtga tinchlik va farovonlik tilab, duoga qo‘l ochildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞Bemazhablik

🔰Jahongir Tohirov
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik fakulteti dekani


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞Salafiylik oqimi rahnamolaridan biri Nosiriddin al-Alboniyning “Mazhabga taqlid qilish, muayyan bir mazhabga mansublik harom” degan soʻzlari qanchalik asosli?

🔰Ne’matulloh Nasrullayev,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Videolar

Davlat rahbariga ijtimoiy muhitni mustahkamlash hamda diniy ma’rifatni rivojlantirish borasidagi ishlar haqida axborot berildi


Manba: Oʻzbekiston24

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Fotoreportaj
#Zakovat

🔼Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida yurtimizning yetakchi oliy taʼlim muassasalarining talabalari ishtirokida o‘tkazilgan “Oʻzbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi kubogi” uchun zakovat intellektual oʻyinidan lavhalar.

⭐️Ishtirokchilar diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar. Gʻolib jamoaga “ShHT Xalq diplomatiyasi markazi kubogi” topshirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

Давлатимиз раҳбарига ижтимоий муҳитни мустаҳкамлаш ҳамда диний маърифатни ривожлантириш борасидаги ишлар ҳақида ахборот берилди.

Главе государства доложено о принимаемых мерах по укреплению социальной среды и развитию религиозного просвещения.

#Mirziyoyev #yigilish #manaviyat #marifat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞
Muayyan hududda yashovchi musulmon kishi xohlagan mazhabiga amal qilib ketaversa bo‘ladimi?

🔰Shayx Muhiddin Mansur

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞Salafiylik oqimi rahnamolaridan biri Nosiriddin al-Alboniyning “Rasululloh (s.a.v.) ziyorati uchun safarga otlanish harom” degan soʻzlari qanchalik asosli?

🔰Jasur Abduqodirov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchisi


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Videolar

📍O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida yangi avlod tele va radio ijodkorlarini kashf etish maqsadida tanlov (kasting) bo‘lib o‘tdi.

✔️Kasting o‘tkazish va saralanganlarni efirga tayyorlash jurnalist, oliy toifali diktor Jamshid Umrzoqov tomonidan amalga oshirildi.

🖥Manba: “Ziyo” media markazi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar

Akademiya vakillari talabalar mehnat yarmarkasida ishtirok etdi

📍Poytaxtimizdagi Wyndham mehmonxonasida “(YPIP) Yosh mutaxassislar uchun amaliyot dasturi” doirasida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

✔️Yarmarkada 30 dan ortiq yetakchi kompaniyalar talabalar uchun qiziqarli ish o‘rinlari va stajirovka imkoniyatlari bilan qatnashdi.

➡️Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Gulyuz Turayeva, tyutor Sirojiddin Salahov hamda “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” ta’lim yo‘nalishi talabalari ham ishtirok etdi.

🔼Mazkur yarmarka Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashlari tomonidan yurtimizdagi bakalavriat talabalari uchun Biznes va STEM (Fan, Texnologiya, Muhandislik va Matematika) kabi yo‘nalishlarda ishlab chiqarilgan amaliyot dasturi doirasida tashkil etildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar
#Tanlov

Akademiyada “Islom tarixi bilimdoni” tanlovi o‘tkazildi

✔️Ilm-ma’rifatli millat hamisha taraqqiyot sari intiladi. O‘zining tarixini, ajdodlari, ota-bobolari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ladi. Yoshlarning ilmga tashnaligi esa mamlakat rivojining kafolati bo‘lib xizmat qiladi.

➡️Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talaba-yoshlarning nazariy olgan bilimlarini amaliy jarayonlarda mustahkamlash uchun turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, tanlovlar o‘tkazilib kelinmoqda.

✔️Bugun “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Islom tarixi bilimdoni” tanlovi ham o‘ziga xos tarzda, ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

➡️Mazkur musobaqani tashkil etishdan asosiy koʻzlangan maqsad bugungi kunda ayrim mutaassib shaxslar, radikal toifalar tomonidan islom tarixidagi ayrim voqeliklar notoʻgʻri talqin etilib, odamlarni chalgʻitayotganlarga munosib javob berish, ayni vaqtda bu tushunchalar talabalar tomonidan ilmiy-akademik taʼlim shaklida, ishonchli manbalar asosida oʻrganishlari, Din ishlari qoʻmitasi dinshunoslik ekspertizasidan oʻtgan adabiyotlardan foydalanish tavsiya etildi.

➡️Tanlovda 27 ta jamoa g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdi.

🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3603

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel