Veb-sayt: https://iiau.uz Facebook: https://www.facebook.com/iiau.fb?locale=ru_RU Instagram: www.instagram.com/iiau_official YouTube: https://www.youtube.com/c/InternationalIslamicAcademyofUzbekistan Matbuot xizmati
#Huquqiy_savodxonlik
🎞O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 12-moddasi
🔰Ekstremizmni moliyalashtirishni taqiqlash
🔷Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Kun_hikmati
🔷Umid tugagan joy huvillab qoladi.
✍️Leonardo da Vinchi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Yangiliklar
#Zakovat
Akademiyada “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
⌛Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
✔️O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan bilim bellashuvini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektorlari Ilyos Mirziyotov hamda Zohidjon Islomov kirish so‘zi bilan ochib berib, jamoalarga muvaffaqiyat tiladilar.
➡️So‘zga chiqqanlar keyingi yillarda “Zakovat” intellektual o‘yini aholi, ayniqsa, yoshlar orasida tobora ommalashib borayotganini e’tirof etishdi.
🔼“Zakovat” intellektual o‘yinida 12 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
⭐️Yakunda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilingan kun
#Konstitutsiya_haftaligi
#Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!
#Munosabat
Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi
✔️Tarixga nazar solsak, har bir xalqning asrlar davomida shakllangan ma’naviy-axloqiy qadriyatlari va insonning tabiiy huquqlari sivilizatsiya jarayonlari natijasi Konstitutsiya shakliga kelganini ko‘ramiz. Uzoq asrlar davomida bashariyat ming-minglab qoidalar va nizomlardan jamiyat uchun asosiylarini va o‘ta muhimlarini tanlab oldi. Aynan ana shu tanlab olingan qoidalar muayyan mamlakatning Konstitutsiyasini yaratilishiga poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
✔️Har bir davlatning o‘z Konstitutsiyasida bayon etilgan tushunchalar shu qadar ahamiyatliki, shu yurtining hech bir aholisi ularsiz yashay olmaydi, negaki insonning har kuni duch keladigan muammolarni hal etishga qaratilgan faoliyati mamlakat asosiy qonuniga kiritilgan bosh g‘oyalar, qoidalar va moddalarga bog‘liqdir.
✔️Jamiyatdagi barcha ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning negizi har bir davlatning bosh qomusi bo‘lmish Konstitutsiyaga borib taqaladi. Shu ma’noda, davlatlarning Konstitutsiyasini o‘qish, o‘rganish barobarida ularning ichki qonunchilik tuzumi, huquq munosabatlari, mamlakatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, huquqiy munosabatlar haqida tasavvurga ega bo‘lish mumkin.
✏️Dilafruz Karimova,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
“Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi dotsenti
🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3631
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Ogohlik
Noqonuniy diniy ta’lim berishning salbiy oqibatlari
✔️O‘zbekiston dunyoviy davlat sifatida din va ta’lim sohasida muayyan tartib va qonun-qoidalariga ega. Mamlakatda diniy ta’lim berish huquqiy asoslar orqali tartibga solingan bo‘lib, mazkur jarayon davlat tomonidan tasdiqlangan muassasalarda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, dinning noto‘g‘ri talqini va turli xil radikal oqimlarning tarqalishi, ayniqsa, noqonuniy diniy ta’lim berish orqali jamiyat xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘diradi.
✔️Odatda noqonuniy diniy ta’lim asosan diniy fanlar bo‘yicha ma’lumoti yetarli bo‘lmagan shaxslar tomonidan berilib, ular jamiyatda turli xil qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi. Shu bilan birga, noqonuniy diniy ta’lim ko‘pincha radikal g‘oyalarning tarqalishiga xizmat qilib, ekstremizm va terrorizm kabi xavfli oqimlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu kabi jarayonlar jamiyatda nizolar, murosasizlik holatlarini kuchaytiradi, natijada mavjud barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
✔️Ma’lumki, yoshlar jamiyatda faol, ammo hayotiy tajribasi kam bo‘lgan aholi qatlami hisoblanadi. O‘z navbatida, yoshlar noqonuniy diniy ta’limga ham tez beriluvchan toifa sanaladi. Jamiyatda noqonuniy diniy ta’lim bo‘yicha “takliflar” ortib borgani sayin, yoshlarning turli xil manbalar orqali taqdim etilgan yolg‘on ma’lumotlarga ishonish xavfi ortib boradi. Bu esa ular o‘rtasida diniy oqimlar yoki aqidaviy radikalizmga berilish xavfini kuchaytiradi. Natijada salbiy mafkuraviy ta’sirlarga uchrab, jamiyatda buzg‘unchilik rolini bajarib berish darajasi ham ortib boradi.
✏️Shukrullo Jo‘rayev,
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i
🖥Manba: “Ma’rifat” gazetasi
🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3636
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Huquqiy_savodxonlik
🎞O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 11-moddasi
🔰Ekstremistik materiallarni olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etishni taqiqlash
🔷Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#VIDEOLAR
🎞Soxta salafiylar dinga qiziqqan musulmon yoshlarga islom ma’rifatini o‘rgatmoqdami?
🔰Saidafzal Saidjalolov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
Bodlean kutubxonasi vakili Nikolas Kontovas: “Oʻzbekistonga oid nodir qoʻlyozmalar insoniyatning bebaho xazinasi”
✔️Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari dunyoning eng qadimiy kutubxonalaridan biri boʻlgan Oksforddagi Bodlean kutubxonasiga tashrif buyurishdi va u yerda Oʻzbekistonga oid nodir qoʻlyozmalar bilan tanishishdi.
➡️– Oʻzbekiston buyuk allomalar, shoir va mutafakkirlar yurti, – deydi Bodlean kutubxonasi Sharq qoʻlyozmalari boʻlimi kuratori Nikolas Kontovas. – Jumladan, Hazrat Alisher Navoiyning ul zot hayotligi davrida koʻchirilgan qoʻlyozmalari kutubxonamiz fondining nodir javohirlaridan sanaladi. Bunday bebaho asarlarni bemalol butun insoniyatning bebaho xazinasi deyish mumkin.
✔️Kutubxonada oʻzbekistonlik olimlar Oʻzbekiston madaniy merosiga oid oʻndan ortiq qoʻlyozmalar bilan tanishdilar. Ayniqsa, Alisher Navoiyning shaxsiy dastxati boʻlgan “Xamsa” qoʻlyozmasi katta tassurot qoldirdi. Mirzo Ulugʻbekning “Ziji Koʻragoniy” asari ham oʻziga xos tarixga ega. Uni salkam uch asr ilgari oksfordlik olim Jon Geyvs sotib olgan va kitob hoshiyasida zarhal qaydlar kiritgan. Kitob sahifalarida usmonli turk tilidagi bitiklar ham uchraydi.
➡️Oʻzbekiston ilmiy delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga tashrifi davom etmoqda.
🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3633
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
Oksforddagi Oʻzbekistonga oid xazinalar
✔️Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Buyuk Britaniyada boʻlib oʻtayotgan madaniy meros haftaligi doirasida Oksford islom tadqiqotlari markaziga tashrif buyurishdi.
➡️Oksford Islomshunoslik markazi direktori Farhan Nizami, markaz vakillari va olimlari bilan uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi favqulodda va muxtor elchisi Ravshan Usmonov, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʻun Gʻafurov, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Muzaffarxon Joniyev, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov va boshqalar ishtirok etdi.
✔️Yangi Oʻzbekistonda madaniy merosni asrab-avaylash, oʻrganish va ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, dolzarb ilmiy tadqiqotlar haqidagi, shuningdek, bu boradagi xalqaro hamkorlikni faol rivojlantirishga oid taqdimotlar tinglandi.
➡️Oʻz navbatida Oksford Islom tadqiqotlari markazi vakillari ham qator davlatlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Islom olami tarixi atlasi” loyihasini taqdim etdilar. Loyihada dunyoning har bir mintaqasining Islom sivilizatsiyasi rivojidagi oʻrni, muhim kashfiyotlar, olimlar hayoti va faoliyati, shuningdek, musulmon sivilizatsiyasining jahon ilm-faniga qoʻshgan hissasi koʻrib chiqiladi. Muzokaralar chogʻida ushbu loyiha turkumida Markaziy Osiyoning islom sivilizatsiyasi rivojidagi roliga bagʻishlangan jildni yaratish boʻyicha ikki tomonning saʼy-harakatlarini birlashtirish boʻyicha kelishuvga erishildi.
✔️Muloqot davomida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, xalqaro tadqiqot markazlari va Oksforddagi islom tadqiqotlari markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. Tadbir doirasida soʻnggi yillarda chop etilgan kitob va albomlar koʻrgazmasi tashkil etildi.
➡️Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʻun Gʻafurov tomonidan “Renessans olimlari qomusi” kitobi hamda esdalik sovgʻasi Oksford islom tadqiqotlari markaziga hadya qilindi.
✔️Shuningdek, delegatsiya aʼzolari tomonidan Markazga Katta Langar Qurʼoni faksimilesi, shuningdek, “Oʻzbekiston madaniy merosi” turkumidagi kitob-albomlar sovgʻa qilindi.
➡️“Oʻzbekiston boy tarix va betakror madaniy merosga ega qadimiy mamlakat, – dedi Oksford islom tadqiqotlari markazi direktori Farhan Nizomiy. Men Oʻzbekistonga koʻp marotaba borganman. Ammo soʻnggi yillarda mamlakatingiz tashqi dunyo bilan aloqalari tobora kengaya boshladi. Yangi Oʻzbekiston rahbari barcha xorijiy hamkorlar qatori biz olimlar, xorijiy tadqiqotchilar uchun ham eshiklar ochiq ekanini aytmoqda.
✔️Jumladan, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan Oksford islom tadqiqotlari markazi bilan birgalikda oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha olib borilgan muzokaralar kutilgan natijalarni berishiga ishonaman”.
🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3632
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilingan kun
#Konstitutsiya_haftaligi
#Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!
#Bugunning gapi
Taʼlim va ilmiy rivojlanish yoʻlidagi yangi davr
✔️2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 32 yil toʻladi. Konstitutsiya huquqiy davlat qurishdagi asosiy hujjat boʻlib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamiyatning barqaror rivojlanishini taʼminlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
✔️Bu davrda mamlakatimizda muhim ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. 2023-yil 30-aprel kuni oʻtkazilgan referendumda umumxalq ovoz berish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Uning yangi tahriri mazmunan va shaklan takomillashgan boʻlib, jamiyatimizning barcha jabhasini, jumladan, oliy taʼlim, fan va yoshlar bilan bogʻliq masalalarni qamrab oldi.
✔️Konstitutsiyada davlatning taʼlim va ilm-fan rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan masʼuliyati, yoshlarning ijodiy va intellektual rivojlanishiga qaratilgan huquqiy va ijtimoiy majburiyatlar aniq belgilab qoʻyilgan. Bu esa mamlakatimizning kelajakdagi taraqqiyoti uchun muhim qadam boʻlib, oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi islohotlarning mustahkam huquqiy asosini yaratdi.
✔️Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida taʼlimga alohida eʼtibor qaratilib, oliy taʼlim muassasalari faoliyatining huquqiy asoslari belgilangan. Jumladan, 51-moddada fuqarolar davlat taʼlim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy maʼlumot olishga haqli ekani qayd etilgan.
✏️Qoʻngʻirotboy Sharipov,
oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
🖥Manba: “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi
📎Gazetani yuklab olish uchun
🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3630
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilingan kun
#Konstitutsiya_haftaligi
#Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!
✔️“Mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasidadir.
✔️Davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining turmush sifatini oshirishga, jamiyat va davlat hayotida to‘laqonli ishtirok etishi uchun ularga shart-sharoitlar yaratishga hamda ularning asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan choralarni ko‘radi.
✔️Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalar obyektlari va xizmatlaridan to‘laqonli foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi, ularning ishga joylashishiga, ta’lim olishiga ko‘maklashadi, ularga zarur bo‘lgan axborotni to‘sqinliksiz olish imkoniyatini ta’minlaydi”.
📎O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Kun_haqida
3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni!
🗓1992-yil 14-oktabr kuni Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni deb eʼlon qilingan.
✔️Yurtimizda har yili mazkur sana keng miqyosda nishonlanadi.
➡️Ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishi, nogironlarning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishi, ularning qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishini ta’minlash, barcha uchun ochiq va do‘stona bo‘lgan jamiyat qurishdan iboratdir.
🔼Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2006-yil 13-dekabrda qabul qilingan va 2008-yil 3-mayda kuchga kirgan. Konvensiya bilan bir paytda unga Fakultativ protokol qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasi esa Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani 2009-yil 27-fevralda imzolagan.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Kun_hikmati
🔷Inson bo‘lish – bu mas’uliyat sezishingdir. O‘zingga aloqasizday tuyulsa ham qashshoqlik oldida andisha qilishingdir. Do‘stlaring erishgan har bir g‘alabadan faxrlanishingdir, o‘z g‘ishtingni quya turib, dunyodagi bunyodkorlikka ko‘maklashayotganingni his etishingdir.
✍️Antuan de Sent-Ekzyuperi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Dayjest
✅O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov noyabr oyida ishtirok etgan tadbir va voqealar
O'zXIA rektorining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
💻Instagram |📝Facebook |📝Telegram
#VIDEOLAR
🎞Soxta salafiylar Konstitutsiya va qonunlar asosida boshqarishni kofirlik demoqda. Bu da’vo qanchalik to‘g‘ri?
🔰Jasur Abduqodirov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchisi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
Ўзбекистон Республикаси Президентининг тегишли фармонлари билан:
– Русланбек Қуролтайевич Давлетов Ўзбекистон Республикаси Президентининг ижтимоий-сиёсий, диний-маърифий ва ёшлар масалалари бўйича маслаҳатчиси лавозимига тайинланди ва шу муносабат билан Ўзбекистон Республикаси Президентининг ижтимоий-сиёсий ривожланиш масалалари бўйича маслаҳатчиси лавозимидан озод этилди;
– Абдусалом Абдумавланович Азизов Ўзбекистон Республикаси Президентининг ижтимоий-сиёсий, диний-маърифий ва ёшлар масалалари бўйича маслаҳатчисининг ёшлар масалалари бўйича ўринбосари лавозимига тайинланди;
– Сухроб Джўрақулович Юсупов Ўзбекистон Республикаси Президентининг ижтимоий-сиёсий, диний-маърифий ва ёшлар масалалари бўйича маслаҳатчиси ўринбосари лавозимига тайинланди ва шу муносабат билан Ўзбекистон Республикаси Президентининг ижтимоий-сиёсий ривожланиш масалалари бўйича маслаҳатчиси ўринбосари лавозимидан озод этилди;
– Адхам Муратович Турдиев Ўзбекистон Республикаси Президентининг ижтимоий-сиёсий, диний-маърифий ва ёшлар масалалари бўйича маслаҳатчиси ўринбосари лавозимига тайинланди ва шу муносабат билан Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси шўъбаси мудири лавозимидан озод этилди;
– Музаффар Муротович Камилов бошқа ишга ўтиши муносабати билан Ўзбекистон Республикаси Президентининг дин ва миллатлараро муносабатлар масалалари бўйича маслаҳатчиси лавозимидан озод этилди;
– Олим Адилович Салиев бошқа ишга ўтиши муносабати билан Ўзбекистон Республикаси Президентининг дин ва миллатлараро муносабатлар масалалари бўйича маслаҳатчиси ўринбосари лавозимидан озод этилди.
Facebook|Instagram|X
Ta’ziya
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi Islomshunoslik fakulteti 1-kurs talabasi Alijon Madaminovning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolariga ta’ziya izhor qiladi.
Alloh taolo marhumni O‘z mag‘firatiga olsin! Imonlari va solih amallarini o‘zlariga hamroh aylasin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin! Ortida qolgan yaqinlariga go‘zal sabr bersin!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi
#Yangiliklar
#Maʼrifat_karvoni
Akademiya professori “Maʼrifat karvoni” tadbirlarida ishtirok etmoqda
⌛Xabaringiz bor, joriy yilning 2-15-dekabr kunlari Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi hamda qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Tamaddun, madaniyat va maʼrifat” mavzusida “Maʼrifat karvoni” ilmiy-maʼrifiy va madaniy targʻibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
✔️“Maʼrifat karvoni”da hududlardagi olimlar, ziyolilar, sanʼat va madaniyat namoyondalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga masʼullar, mahalla faollari hamda ilgʻor yoshlarning bu boradagi bilim va koʻnikmalarini oshirish, mamlakatimizning milliy-mafkura yoʻnalishidagi islohotlari, jamiyatni, ayniqsa, yoshlarni buzgʻunchi gʻoyalardan himoya qilishda ziyolilarni faollikka undash, ular uchun muloqot platformasini yaratishdan iborat. Aynan ziyolilarni mazkur ishga keng jalb qilish orqali, xalqimiz orasida oʻzlikni anglash va tarixiy ildizimizga oid bilimlarni oshirish maqsad qilingan.
➡️Targ‘ibot tadbirlari Surxondaryo viloyati Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Yangi O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlari” mavzusidagi ziyolilar forumi bilan davom etdi.
✔️Mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, tarix fanlari doktori Ilhom Bekmirzayev ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
➡️Forumda Akademiya professori yangi Oʼzbekistonning madaniy-gumanitar sohadagi taraqqiyot yoʼli, yangi yuksalish davrida erishilayotgan yutuqlar va diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlar hamda bunyodkorlik ishlarining mazmun-mohiyati xususida ma’ruza qildi.
🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3637
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilingan kun
#Konstitutsiya_haftaligi
#Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!
✔️“O‘zbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.
✔️Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi”.
📎O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#VIDEOLAR
▶️“Xamsa” asarining 500 yillik qo‘lyozmasi Londonda saqlanmoqda
🖥Manba: O‘zbekiston24
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Kun_hikmati
🔷Vaqtini boy berayotganida xunob bo‘ladigan odam eng dono odamdir.
✍️Dante
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Videolar
«Marifat karvoni» ilmiy-marifiy targ‘ibot tadbirlari
Manba: O‘zbekiston24
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
#Fotoreportaj
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurovning Buyuk Britaniyada boʻlib oʻtayotgan madaniy meros haftaligi doirasidagi Oksford islom tadqiqotlari markaziga tashrifidan lavhalar
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Kun_haqida
▶️3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni!
✔️Adolatli jamiyatda barcha teng huquqli!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#VIDEOLAR
🎞Musulmon kishi Qur’oni karim va sunnatdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalil olsa bo‘ladimi?
2-qism
🔰Shayx Muhiddin Mansur
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Huquqiy_savodxonlik
🎞O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 3-moddasi
🔰Asosiy tushunchalar 7-abzats
🔷Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#VIDEOLAR
🎞Soxta salafiylikning radikal gʻoyalari yoshlar ongi va dunyoqarashi, e’tiqodi va xulqiga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatadi?
🔰Saidafzal Saidjalolov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#ZIYORAT_TURIZM #IIAU_TURIZM
✅Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan turizm sohasida 2024-yil noyabr oyida amalga oshirilgan faoliyat:
📈 Akademiyada “Jahon va milliy turizm rivojlanishida zamonaviy trendlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi;
📍 “Free guide” to‘garagi doirasida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuiga ekskursiya tashkil etildi;
➡️ Akademiya talabalari uchun “Ipak yo‘lida turizm” koʻrgazmasiga ekskursiya tashkil etildi;
🌎Akademiyaning Turizm (ziyorat turizmi) ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalari uchun ekskursiya va sayyor dars mashg‘uloti tashkil qilindi;
🗺“Free guide” to‘garagi doirasida akademiya talabalari uchun “Suzuk ota” majmuasiga ekskursiya tashkil etildi;
📈 Kafedra dotsenti tomonidan 1-kurs talabalariga “Ta’lim turizmi” mavzusida ma’ruza o‘tildi — Nilufar BATIROVA, PhD, dotsent;
🗣 “STAGES AND FEATURES OF EDUCATIONAL TOURISM DEVELOPMENT” — Kamoliddin JAHONGIROV, o‘qituvchi;
🗣 “IoT Innovations for Transforming the Future of Tourism Industry: Towards Smart Tourism Systems” — Muslima Sohibova, o‘qituvchi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Radio_suhbat
⏸Millat va ma’naviyat
🎙Ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan bebaho meros haqida islomshunoslik sohasi bo‘yicha mutaxassis, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti Bahodirjon A’zamov bilan suhbat.
▶️Radioeshittirish Hakim Termiziyning “Al-Amsol min al-Kitab vas-Sunna” asari doirasida olib borilayotgan dissertatsiya ishi haqida.
🖥Manba: “O‘zbekiston” radiosi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube