iiau_official | Unsorted

Telegram-канал iiau_official - International Islamic Academy of Uzbekistan

5415

Veb-sayt: https://iiau.uz Facebook: https://www.facebook.com/iiau.fb?locale=ru_RU Instagram: www.instagram.com/iiau_official YouTube: https://www.youtube.com/c/InternationalIslamicAcademyofUzbekistan Matbuot xizmati

Subscribe to a channel

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar

Mehr-muruvvat va saxovat insonni ulug‘laydi

✔️Imkoniyati cheklangan yoshlar qatlamini, jumladan nogiron, ko‘zi ojiz, eshitish qobiliyati cheklangan, muomala layoqatiga ega bo‘lmagan yoshlar manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda teng imkoniyatlar yaratib berish, huquqiy, psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

➡️Xususan, kecha davlatimiz rahbari raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham mazkur sohaga bo‘lgan e'tibor yanada kuchaytirilishi haqida alohida qayd etildi.

✔️O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ham bu kabi xayriya tadbirlari, mehr-muruvvat aksiyalarida faol ishtirok etmoqda.

➡️Jumladan, poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 103-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida xayriya tadbiri o‘tkazildi.

✔️Mazkur tadbirda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva, “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Kasimova, kafedra o‘qituvchilari, tyutorlar hamda “Din sotsiopsixologiyasi” ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabalari ishtirok etdi.

➡️Talabalar bo’lajak psixolog sifatida bilim, ko‘nikma va malakalarini namoyon qilib, psixologik trening va o’yinli mashg‘ulotlar o‘tkazdilar.

✔️Tadbir yakunida maktab o’quvchilarga esdalik sovg’alari va shirinliklar ulashildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#islohotlar_samarasi #medialoyiha

Matonat

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi hamkorlikda “Matonat” loyihasini taqdim etdi.

Mazkur ko‘rsatuv “Parij-2024” yozgi paralimpiya o‘yinlari g‘oliblari, chempionlarimiz haqida hikoya qiladi.

🎬 Batafsil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar
#Yashil_makon


Akademiya rektori Qarshi davlat universitetidagi “Ziyolilar bog‘i” barpo etilishida ishtirok etdi

📍Qarshi davlat universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” respublika final bosqichi musobaqalari yakuniga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi.

✔️Marosim doirasida universitetga tashrif buyurgan yurtimizdagi OTM rektorlari, xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etdilar.

➡️Mehmonlar tomonidan oliygohning belgilangan hududida mahalliy iqlim sharoitlariga mos mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Yaxshi niyatlar bilan ziyolilar va ilm ahli tomonidan barpo etilgan ushbu mo‘jaz bog‘ kelgusida hududni yanada go‘zal va betakror yashil maskanga aylantirishi shubhasiz.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Kun_hikmati

🔷Vaqt kam bo‘lsa, odam undan ulgurgancha oladi.
Ko‘p bo‘lsa, ne qilarin ham bilolmasdan qoladi.

✍️Erkin Vohidov

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Xushxabar

Akademiya talabasi I darajali diplom bilan taqdirlandi

✔️Xushxabarlarni ulashishda davom etamiz.

✔️Inson huquqlari bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi milliy markazida “10-dekabr – Inson huquqlari kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan “Inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

✔️Quvonarlisi, mazkur tanlovda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi Mehriniso Esonova “Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi innovatsion g‘oya muallifi” nominatsiyasi bo‘yicha I darajali diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

✔️Fursatdan foydalanib, talabamizni mazkur yutuq bilan muborakbod etib, uning kelgusidagi ishlari va o‘qishlariga omad tilab qolamiz.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ижтимоий ҳимоя соҳасидаги ишлар натижадорлиги ва 2025 йил учун устувор вазифалар муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши бўлиб ўтди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание, посвященное обсуждению результатов работы в сфере социальной защиты и приоритетных задач на 2025 год.

#Mirziyoyev #videoselektor #ijtimoiyhimoya #tashabbuslar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Videolar

▶️O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talabalarning bilim va iste’dodlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida “Bilimdon dinshunos” intellektual tanlovi bo‘lib o‘tdi.

🖥Manba: “Ziyo” media markazi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞
Musulmon musulmonga ozor berishi mumkinmi?

🔰Mahmud Normurotov,
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞Soxta salafiylik tarafdorlarining ba’zilari fiqhiy mazhablarni rad etadi. Bunga ahli sunna ulamolari nima deydi?

🔰Ramzjon Isoqjonov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchisi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Kun_hikmati

🔷Aslida, kuchli odamlar hech qayerda yo‘q, faqat o‘zlarini shunday ko‘rsatadiganlar bor.

✍️Xaruki Murakami

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar
#Intellektual_tanlov


Akademiyada “Bilimdon dinshunos” intellektual tanlovi o‘tkazildi

✔️Bugungi globallashuv jarayonida diniy bag‘rikenglik, dinlararo totuvlik, o‘zaro hamkorlik masalasi mamlakatlarning tinchligi va taraqqiyoti uchun eng muhim tamoyillardan biri hisoblanadi. Yurtimiz hududida qadim zamonlardan beri turli madaniyat, til, urf-odatlar, o‘z turmush tarziga ega bo‘lgan turli dinlarga e'tiqod qiluvchi va bir-biriga o‘xshash bo‘lmagan turli xalqlar, millatlar tinchlik va hamjihatlik asosida yashab kelmoqda.

✔️Talaba-yoshlar o‘rtasida diniy bag‘rikenglikni qaror toptirish, o‘zga e’tiqod va millat vakillariga nisbatan tolerant munosabatda bo‘lishni targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Bilimdon dinshunos” intellektual tanlovi bo‘lib o‘tdi.

✔️“Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tanlovda Akademiyaning turli ta’lim yo‘nalishlaridan jami 19 ta jamoa qatnashdi.

🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3661

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Videolar

▶️Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida Aksilkorrupsiya oyligi doirasida o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri haqida

🖥Manba: “Ziyo” media markazi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

4️⃣4️⃣4️⃣

⚡️⚡️Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasidagi Intellektual olimpiadaning respublika bosqichi bo‘lib o‘tadigan sanalar ma’lum bo‘ldi!

📆 Musobaqaning respublika bosqichi 17–20-dekabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

💰 Ma’lumot uchun, musobaqa doirasida 6 ta yo‘nalish g‘oliblariga jami 900 million so‘mlik sovrin jamg‘armasi ajratilgan. Shuningdek, Intellektual olimpiadada umumjamoa hisobida g‘olib bo‘lgan jamoalar oliygohlariga Prezident sovg‘asi taqdim etiladi.

ℹ️ Musobaqa haqida batafsil bu yerda👈
📄 Turnir nizomi bu yerda👈

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞
Islom “tolerantlik”, ya’ni “bag‘rikenglik”ni rad etadimi? Tolerant musulmon aqidasini yo‘qotib qo‘yadimi?

🔰Shayx Muhiddin Mansur


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞Soxta salafiylik tarafdorlarining ba’zilari qabrlarni, shu jumladan, Muhammad (s.a.v.)ning maqbaralarini ziyorat qilishni, marhumlarga Qur’on tilovat qilishni joiz emas deb hisoblashadi. Bu to‘g‘rimi?

🔰Ramzjon Isoqjonov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchisi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞
Ayrimlar Ibn Sinoni falsafachi, Qur’onni inkor qilgan deb, Ibn Sinoni kofirlikda ayblamoqda. Haqiqatda shundaymi?

🔰Shayx Muhiddin Mansur

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Huquqiy_savodxonlik

🎞
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 155-moddasi

🔰Terrorizm

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞Soxta salafiylik tarafdorlarining aksariyat vakillari islom ahkomlarini buzib talqin qilishlari haqida ko‘p eshitamiz. Ularning talqinlariga asosli raddiyalar bormi?

🔰Saidafzal Saidjalolov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Besh_tashabbus_olimpiadasi #natija

Respublika oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasidagi “Besh tashabbus olimpiadasi” ommaviy sport musobaqalarining final bosqichi yakunlandi.


Bellashuvlar sportning mini futbol, stol tennisi, voleybol, yengil atletika, stritbol turlari boʻyicha boʻlib oʻtdi. Final bosqichida umumiy hisobda 574 nafar sportsevar yoshlar ishtirok etdi.

Bugun barcha gʻolib va sovrindorlarga diplomlar, medallar va kuboklar topshirildi.

Taqdirlash marosimida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar hamda Sport vazirliklari, Yoshlar ishlari agentligi, viloyat hokimligi rahbar va masʼul xodimlari, oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Tadbirda soʻz olganlar ushbu olimpiada jismoniy va maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdilar.

Sport musobaqalarining barcha natijalari ushbu havolada.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Xushxabar

Akademiya professori O‘zbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasidan o‘rin oldi

✔️“Sceince & Innovation” ilmiy jamiyati tomonidan 2024-yil sarhisoblari asosida “O‘zbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi” e’lon qilindi. Ushbu ensiklopediyada yurtimizning yetakchi olimlarining ilmiy faoliyati va yutuqlari aks etgan biografiyalar jamlangan.

➡️Ensiklopediyaga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Nizomiddinov Najmiddin G‘ulomovich biografiyasi ham kiritilgan.

✔️Najmiddin Nizomiddinov 1969-1970-yillarda Toshkent davlat universiteti talabasi bo'lish bilan bir qatorda Hindistonning Lakhnau universitetida magistrlik bo'yicha tahsil olgan.

➡️Najmiddin Nizomiddinov 1971-1991-yillar oralig'ida 12 yil davomida Hindiston va Pokiston davlatlarida hind, urdu va ingliz tillari bo'yicha tarjimonlik vazifasini o'tagan. Ustoz o‘tgan yillar davomida “Brahma Kumaris World Spirintal University” filialida Raja yoga ta'limoti va amaliyoti yuzasidan tahsil olgan.

✔️N.Nizomidddinov 1991-yildan to 2007-yilgacha O'z.FA Alisher Navoiy nomli Davlat adabiyot muzeyida yetakchi ilmiy xodim bo'lib ishlagan. U muzeydagi ilmiy faoliyati davrida 1994-yili filologiya fanlari nomzodi hamda 2002-yili filologiya fanlari doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. Uning 2024-yili tarix fanlari bo'yicha yoqlagan ikkinchi doktorlik dissertatsiyasi O'zbekiston ilmiy hamjamiyatida chinakam yangilik sifatida qabul qilindi.

➡️Najmiddin Nizomiddinov 2013-yil “Bobur xalqaro mukofoti” va 2017-yil “Shuhrat” medali bilan mukofotlanib, 2022-yili O'zbekiston Fanlar Akademiyasining nishoni bilan taqdirlangan.

✔️Ensiklopediyadan o‘rin olgan olimlar biografiyalari taniqliolimlar.uz platformasida va wikipedia.org onlayn ochiq ensiklopediyasiga joylashtirish rejalashtirilgan.

➡️O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi nomidan Najmiddin Nozimiddinovni mazkur e’tirof bilan qutlab, ularga sihat-salomatlik, ilmiy faoliyatlariga muvaffaqiyat tilaymiz.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

Камбағал оилалар фарзандларининг таълим олиши ва касб ўрганиши учун имкониятлар янада кенгайтирилади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

Президент ногиронлиги бор болалар тенгдошлари қатори оддий мактабларда ўқиши нақадар муҳим экани ҳақида

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Huquqiy_savodxonlik

🎞
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 241-moddasi

🔰Diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

https://uza.uz/posts/666052

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar

Akademiya talabalari “Munozara” intellektual o‘yini sovrindoriga aylandi

✔️Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizm qo‘mitasi hamda Yosh turizm elchilar Kengashi tomonidan poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida “Yangi O‘zbekistonda yangi qadamlar” shiori ostida “Talabalar turizm forumi” tashkil etildi.

✔️Forum doirasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti modeli (MUN) va “Munozara” intellektual loyihalari bo‘lib o‘tdi. Ushbu loyihalarga respublikamizdagi OTM talabalaridan mingga yaqin yoshlar qiziqish bildirib, ular orasidan ikki yuz ellik nafar munosib nomzodlar saralab olindi.

✔️Mazkur forum talabalar va yosh mutaxassislarga turizm, ekologiya va barqaror rivojlanish masalalarida muloqot qilish, fikr almashish va muammolarni halqilish bo‘yicha tajriba orttirish imkoniyatini yaratib berdi.

✔️Forum yakunlari bo‘yicha “Munozara” intellektual o‘yini odatkazildi. 12 ta oliy ta’lim muassasalari ishtirok etgan tanlov yakunida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

✔️Talabalarimizni Akademiya rahbariyati va jamoasi nomidan mazkur natija bilan tabriklab, ularning kelgusidagi o‘qishlariga muvaffaqiyat tilab qolamiz.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#12-dekabr – BMTning “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi qabul qilingan kun

Maʼrifat va bagʻrikenglik – yangi Oʻzbekistonning tashrif qogʻozi

✔️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 20-sentabrda Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi tarixiy ahamiyat kasb qilgan ma’ruzasida jahon hamjamiyati oldida turgan dolzarb masalalarga xalqaro hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha takliflarini ilgari surgan edilar. Ularning barchasi jahon hamjamiyati tomonidan ijobiy baholanib, qisqa muddatda o‘zining amaliy ifodasini topganini ta’kidlash o‘rinli.

✔️Jumladan, 2018-yil 18-iyunda Bosh Assambleyaning Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlikni ta’minlash va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga doir rezolyutsiyasi qabul qilindi.

✔️2018-yil 27-noyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti rahbarligida Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik asosida Trast fondi tashkil etildi.

✔️2018-yil 12-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 73-sessiyasi 51-yig‘ilishida A/Res/73/128-raqamli “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi 193 ta a’zo mamlakat tomonidan yakdillik bilan qabul qilindi. A’zo mamlakatlarning 50 dan ortig‘i bu rezolyutsiyani nafaqat qo‘llab-quvvatlashlarini, balki unga hammuallif bo‘lishlarini ta’kidladilar.

✏️Saidafzal Saidjalolov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
“Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi dotsenti


🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3660

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Amaliy_seminar

Diplomatik muloqot madaniyati va etiketi: ShHT mamlakatlari misolida

🗓Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Diplomatik muloqot madaniyati va etiketi: ShHT mamlakatlari misolida” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

✔️Mazkur tadbirda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Oʻzbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov, markaz vakillari, Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdi.

➡️Amaliy seminarda O‘zbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi Axborot-tahlil bo'limi boshlig'i, direktor o‘rinbosari Zafar Abduraxmanov hamda “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Musulmon Xurramov tomonidan diplomatiya davlatlar oʻrtasida tinchlik, doʻstlik, oʻzaro hamkorlik aloqalarga xizmat qilishi haqida ma‘ruzalar qilindi.

Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3659

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Amaliy_seminar
#Live

✔️Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Diplomatik muloqot madaniyati va etiketi: ShHT mamlakatlari misolida” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda.

✔️Mazkur tadbirda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Oʻzbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov, markaz vakillari, Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etmoqda.

✔️Amaliy seminarni rektor Muzaffar Komilov kirish so‘zi bilan ochib berarkan, Akademiya hamda Oʻzbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yanada rivojlanib borayotgani, hamkorlikdagi tadbirlar va loyihalarda Akademiya professor-o‘qituvchilari va talabalari faol ishtirok etayotganini e’tirof etdi. Samarali hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi.

✔️O‘z navbatida Markaz direktori Qobiljon Sobirov Akademiya jamoasini hassos soha boʻlgan muqaddas islom dinini ilmiy nuqtayi nazardan fundamental tadqiq etib, ulugʻ allomalarimiz maʼnaviy merosini qayta kashf etish orqali dunyo sivilizatsiyasiga munosib hissa qoʻshadigan yuksak salohiyatli, raqobatbardosh mutaxassis kadrlarni tayyorlashda o‘rni nihoyatda katta ekanini alohida qayd etdi.

✔️Shuningdek, so‘zga chiqqanlar tomonidan diplomatiya davlatlar oʻrtasida tinchlik, doʻstlik, oʻzaro hamkorlik aloqalarga xizmat qilishi haqida ma‘ruzalar qilinmoqda.

✔️Amaliy seminar davom etmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Huquqiy_savodxonlik

🎞
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 240-moddasi

🔰Diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Kun_hikmati

🔷Umuman, odamning aqli doim kechikib kiradi. Biz hamma narsaning qadrini o‘zi yo‘qolganidan keyin bilamiz. Hatto bir-birimizning qadrimizni ham.

✍️O‘tkir Hoshimov

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel