iiau_official | Unsorted

Telegram-канал iiau_official - International Islamic Academy of Uzbekistan

5415

Veb-sayt: https://iiau.uz Facebook: https://www.facebook.com/iiau.fb?locale=ru_RU Instagram: www.instagram.com/iiau_official YouTube: https://www.youtube.com/c/InternationalIslamicAcademyofUzbekistan Matbuot xizmati

Subscribe to a channel

International Islamic Academy of Uzbekistan

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🗣“Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi

🏛Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talabalar o‘rtasida “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovda barcha oliy ta’lim muassasalarining 10 nafargacha talaba-yoshlaridan tashkil topgan terma jamoalari ishtirok etishlari mumkin.

✔️Tanlov 4 bosqichda o‘tkaziladi:

➡️1) fakultetlararo bosqich;
➡️2) hududiy bosqich;
➡️3) yarim final bosqichi;
➡️4) final bosqichi.

☑️Tanlov 3 ta shart: “Milliy an’ana, qadriyat va urf odatlar”, “Kompozitsion musiqiy chiqishlar” hamda “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” shartlari asosida o‘tkaziladi.
☑️Tanlov g‘olibi bo‘lgan jamoalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin – 50 million so‘m;
🥈2-o‘rin – 30 million so‘m;
🥉3-o‘rin – 20 million so‘m.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovning birinchi fakultetlararo bosqichi dekabr oyi davomida o‘tkaziladi. Ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishi mumkin.

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞
Bugungi kunda Qur’on va sunnatga qaytish lozim, deyilgan da’vo qanchalik asosli va uni qanday tushunish kerak?

🔰Saidafzal Saidjalolov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞Soxta salafiylarni sog‘lom fikrli ulamolardan qanday ajratish mumkin?

🔰Ramzjon Isoqjonov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yoshlarforumi2024 #Vazir_yoshlar

Vazir yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

17-dekabr kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipovning yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda 300 dan ortiq faol yoshlar, jumladan, talabalar, yosh olimlar, doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar ishtirok etdi. Tadbir yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ijodiy tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va ilmiy izlanishlarini ragʻbatlantirishga qaratilgan ochiq muloqot tarzida oʻtdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/30604

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Ma’rifat_ulashib
#Davra_suhbati

Talabalar turar joyidagi dilkash gurunglar

🗓“Ma’rifat ulashib” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari Talabalar turar joyidagi davra suhbati bilan davom etdi.

✔️Davra suhbatida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Qutlibeka Rahimboyeva, Akademiya prorektorlari – Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

➡️Samimiy suhbat davomida shoira Qutlibeka Rahimboyeva ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik uchun Akademiya jamoasiga minnatdorlik bildirdi.

🔼Akademiya prorektori Ilyos Mirziyotov oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj talaba-yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning moddiy farovonlik darajasini oshirish, insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovat tadbirlarini izchil davom ettirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Xalqimiz suygan shoira bu kabi uchrashuvlar yoshlar hayotida unutilmas bo‘lib qolishi, ma’naviy-ma’rifiy jihatdan barkamol bo‘lib voyaga yetishlariga xizmat qilishini ta’kidladi.

🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3671

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Ma’rifat_ulashib
#Spektakl

Jadid ma’rifatparvarlari – millat oydinlari

✔️Ma’lumki, jadidchilik harakati XIX asr oxiri XX asr boshida yurtimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim ahamiyat kasb etgan harakat hisoblanadi.

➡️Jadidchilikning asosiy g‘oya va maqsadi Turkistonni o‘rta asrlar qoloqligi va diniy xurofotdan ozod qilish, xalqni ma’rifatli qilish, ozod va farovon jamiyat qurishdan iborat edi.

✔️Keyingi yillarda davlatimiz rahbari boshchiliklarida jadid ma’rifatparvarlarining ijodi va hayotini o‘rganish yangi bosqichga ko‘tarildi.

➡️Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilayotgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida “Talabalar teatr studiyasi” tomonidan taqdim etilayotgan “Jadidlar armoni” nomli spektakl namoyishi ham ana shu maqsadda bo‘lib o‘tdi.

✔️Spektakl jadidchilik tarixi haqida so‘zlab, jadidchilikka asos solinishi tarixi, uning namoyandalari taqdiri, jadidlarning yurtimiz tarixida qoldirgan izi haqida haqida hikoya qiladi.

➡️Spektakldan so‘ng Akademiya rektori Muzaffar Komilov hamda mehmonlar jadidchilik harakati, ularning hurriyatga yo‘g‘rilgan g‘oya va maqsadlari haqida to‘xtalib o‘tishdi.

✔️Jadidlar g‘oyat murakkab va qiyin sharoitda bilim va ma’rifat tarqatish, ta’lim-tarbiya sohasini tubdan isloh etish orqali milliy taraqqiyotga erishish g‘oyasi bilan maydonga chiqqan o‘z zamonasining ilg‘or namoyandalari ekani e’tirof etildi.

➡️Ularning ilmiy-ma’rifiy, g‘oyaviy merosini o‘rganish, yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan millatini sevadigan inson sifatida voyaga yetish har birimiz uchun sharafli ish ekanini ta’kidlandi.

🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3669

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Davra_suhbati
#Ma’rifat_ulashib

Ilm-ma’rifatli yoshlar – yurtimiz tayanchi

✔️“Ma’rifat ulashib” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 15- hamda 159-umumta’lim maktablarida davom etdi.

➡️Davra suhbatida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti direktori, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Botirjon Ergashev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Qutlibeka Rahimboyeva, Akademiya prorektorlari, maktab o‘qituvchilari hamda o‘quvchilar ishtirok etdilar.

✔️Akademiya rektori so‘zga chiqib, yurtimizda yosh avlodning taʼlim olishi, isteʼdod va iqtidorlarini namoyon etishlari uchun yaratilgan sharoitlarga to‘xtalib o‘tdi.

➡️Uchrashuvda taniqli shoira katta hayotiy tajribasi hamda egallagan ilmlarini yoshlar bilan oʻrtoqlashdi.

✔️Shuningdek, taniqli ijodkor Botirjon Ergashev bolalik xotiralari, ijodiy jarayonlar haqida so‘z yuritib, Vatan, istiqlol, pok insoniy tuyg‘ular aks etgan she’rlaridan namunalar o‘qib berdi.

🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3668

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

📚 Sadibaqosev Habibullo Shodiboy o‘g‘lining siyosiy fanlar doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

🔻OʻzAning telegram kanallariga aʼzo boʻling

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Fotoreportaj

❄️Akademiyada qish ziynati

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Huquqiy_savodxonlik

🎞
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 155-1-moddasi

🔰Tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar va faktlarni xabar qilmaslik

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Kun_hikmati

🔷Qalb shunday manbaki, ezgulik bilan yovuzlik ana shu manbada yetishadi. Qalb aql-u shuurning quvvatlantiruvchisidir.

✍️Chingiz Aytmatov

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#FAXRIMIZ

✔️Abdumalikova Muslima Abdurauf qizi,
Islomshunoslik fakulteti “Islomshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi

⭐️2024/2025-oʻquv yili uchun Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibasi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#FAXRIMIZ

✔️Omonova Ma’mura Jamoliddin qizi,
Islomshunoslik fakulteti “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi

⭐️2024/2025-oʻquv yili uchun Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasi sohibasi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

🎓 Shohida Ibragimova O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida! 🌟

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida biznes va moliyaviy savodxonlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi! 🎤

Moliyaviy erkinlik bo’yicha mutaxassis Shohida Ibragimova bizning talabalarga bilim va tajribasini ulashish uchun mehmon bo‘ladilar.

💡 Mavzu: Jamiyatda ayol tadbirkorlarning o‘rni

📅 Sana: 19-dekabr

🕒 Vaqt: 12:00

📍 Joy: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, asosiy zal

Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Shohida Ibragimovaning bilimlari va shaxsiy tajribalari sizni yangi yutuqlar sari ruhlantirishi aniq.

👉 Qanday savollaringiz bor? Uchrashuv davomida ularga javob olish imkoniga ega bo‘ling.

Kelajak ilmi bilan shug‘ullanishni boshlang bugundan!

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ижтимоий ҳимоя соҳасида амалга оширилган ишлар ва 2025 йилдаги устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Mulohaza

Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot masalasidir

✔️Maʼlumki, oila, mahalla hamda taʼlim muassasasi inson tarbiyasida muhim boʻgʻin hisoblanadi. Inson oilada tugʻilib, jismonan ulgʻayib borsa, mahalla uning milliy xususiyatlarini shakllanishiga, taʼlim dargohi esa aqliy zakovatini rivojlanishiga va har biri umumiy holda insonni maʼnaviy yetuk bir shaxs maqomiga erishishiga xizmat qiladi.

✔️Bilamizki, davlatimiz tomonidan oilalar mustahkamligi, obod va farovon boʻlishiga katta eʼtibor berilmoqda va buning uchun tizimli chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Chunki oilaviy muhit qanchalik sogʻlom, turmush obod boʻlsa, mahalla shunchalik tinch va farovon, jamiyat esa ravnaq topadi.

✔️Darhaqiqat, farzand ana shu uch muhit taʼsirida ulgʻayib, oʻzligini anglab boradi. Farzand tarbiyasida ota-ona, mahalla faollari va pedagoglar hamkorligi koʻp jihatdan ahamiyatlidir.

✔️Buyuk maʼrifatparvar ijodkor Abdulla Avloniy tarbiya xususida “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” degan edi. Ushbu ibratli soʻz zamirida jamiyatni olgʻa siljishiga asos boʻladigan purmaʼno hikmat mavjud.

✏️Lola Azimova,
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti


🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3672

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Huquqiy_savodxonlik

🎞
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 155-3-moddasi

🔰Terrorizmni moliyalashtirish

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Kun_hikmati

🔷Sen aslida hech narsani bilmasligingni bilish haqiqiy daholikdir.

✍️Suqrot

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Ma’rifat_ulashib
#Taqdirlash

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ishtirok etgan mehmonlarga Akademiya tomonidan “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar
#Konferensiya

Akademiyada xalqaro arab tiliga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

✔️Xabaringiz bor, har yili 18-dekabr sanasi butun dunyoda “Xalqaro arab tili kuni” sifatida keng miqyosda nishonlanadi. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1973-yil dekabr oyida arab tili tashkilot rasmiy tillari qatoriga qoʻshilgan. Shu bilan birga, UNESCO tashkilotining 2012-yil oktabr oyida boʻlib oʻtgan 190-sonli sessiyasida Saudiya Arabistoni taklifiga binoan 18-dekabr – “Xalqaro arab tili kuni” sifatida eʼlon qilindi. Shu yilning 18-dekabrida mazkur tashkilot birinchi marotaba ushbu sanani bayram sifatida nishonlagan.

✔️O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham har yili mazkur sana munosabati bilan an’anaviy tarzda anjuman hamda turli tadbirlar tashkil etiladi.

✔️Bugun Akademiyada “Chet (arab) tili zamonaviy ta’limida vosita til muammosi va innovatsion yondashuv” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

✔️Ta’kidlash kerak, mazkur anjuman “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasining tashabbusi bilan har yili an’anaviy tarzda chet tillarini o‘rgatish tizimini yanada rivojlantirish, yosh avlodni zamonaviy bilimlarga ega yetuk inson qilib tarbiyalash maqsadida tashkil etiladi.

🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3670

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Kitobxonlik
#Ma’rifat_ulashib

Kitob va kitobxonlik – inson tafakkurining xazinasi

✔️O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilayotgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida “Kitoblar ko‘rgazmasi” tashkil etildi.

✔️Unda Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan nashr etilgan kitoblar bilan birgalikda nashriyotlarning yangi nashr etilgan ilmiy-ma’rifiy, badiiy kitoblari taqdim qilindi.

✔️Ko‘rgazma talaba-yoshlarda kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, yosh avlodni kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Videolar

▶️“Oʻzbekiston tarixi” telekanalining “Oʻzbekiston tarixi” mavzusidagi navbatdagi ko‘rsatuvi

🔼Ko‘rsatuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda Akademiya talabalari ishtirok etdi.

💳Manba: “O‘zbekiston tarixi” telekanali

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#MA'RIFAT_ULASHIB
#IIAU

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida adiblar ijodidan bahramand bo‘ling!

✔️Yurtimizning taniqli adiblari bilan uchrashuv;

✔️“Kitobxonlik sayli”, “Kitoblar ko‘rgazma” yarmarkasi;

✔️Umumta’lim maktablarida ijodiy uchrashuvlar;

✔️“Yashil makon” loyihasi;

✔️“Jadidlar armoni” nomli spektakl namoyishi;

✔️Talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishish;

🗓Loyiha 2024-yil 17-dekabr kuni tashkil etiladi!

Loyiha doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok eting.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞
Bugungi kunda ayrim kishilar tomonidan din hukmlari borasida yetarlicha ilmga ega bo‘lmasdan “Qur’on va sunnatga yangitdan qaytamiz” deb aytayotganlariga guvoh bo‘lamiz. Aslida, ularning aytayotgan so‘zlari to‘g‘rimi va bu haqida zamonamiz ulamolari nima deyishadi?

🔰Shayx Saloh Abulhoj


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞Soxta salafiylik tarafdorlarining ba’zilari barcha yangiliklarni bid’at deb hisoblashadi. Bu qarash qanchalik haqiqatga yaqin?

🔰Ramzjon Isoqjonov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🗣“Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovining yangi mavsumi boshlanmoqda

🏛Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan talabalar o‘rtasida eʼlon qilingan “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovi yangi mavsumiga start berildi.

☑️Tanlovda barcha oliy ta’lim muassasalarining talaba-yoshlaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etishlari mumkin. Jamoalar 12 nafargacha tarkibda shakllantiriladi.

✔️Tanlov 4 bosqichda tashkil etiladi:

➡️1-bosqich: fakultetlar o‘rtasida;
➡️2-bosqich: oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida;
➡️3-bosqich: mintaqaviy;
➡️4-bosqich: respublika bosqichi.

☑️Tanlov 3 ta shart asosida: “Adiblar hayoti”, “Tezkor savol-javob” hamda “Adiblar hayoti va ijodidan sahnalashtirilgan kompozitsiya” shartlari asosida o‘tkaziladi.
☑️Tanlov g‘olibi bo‘lgan jamoalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin – 40 million so‘m;
🔵2-o‘rin – 25 million so‘m;
🔵3-o‘rin – 20 million so‘m;
🔵4-o‘rin – 10 million so‘m;
🔵5-o‘rin – 5 million so‘m.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishlari mumkin.

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#FAXRIMIZ

✔️Hazratqulova Husniyabonu Dilshodjon qizi,
Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Psixologiya (din sotsiopsixologiyasi)” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi

⭐️2024/2025-oʻquv yili uchun Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasi sohibasi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#FAXRIMIZ

✔️Rahmonova Muslima Murodillo qizi,
Islomshunoslik fakulteti “Islomshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi

⭐️2024/2025-oʻquv yili uchun Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasi sohibasi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar

Akademiyada talaba-qizlar o‘rtasida “Eng yaxshi dasturchi” musobaqasi o‘tkazildi

✔️Yurtimizda aholining kompyuter savodxonligini oshirish, axborot texnologiyalariga qiziqqan yigit-qizlarni malakali mutaxassis darajasiga olib chiqish borasida keng ko‘lamli ishlar qilinmoqda. Yoshlar, ayniqsa, qizlarning mazkur sohaga qizishishini yanada oshirish maqsadida “1 million dasturchi” loyihasiga start berildi. Bu esa qizlar orasida raqamli texnologiyalar sohasiga qiziqishning ortishiga xizmat qilmoqda.

✔️Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talaba-qizlar o‘rtasida “Eng yaxshi dasturchi” loyihasi doirasida musobaqa o‘tkazildi.

✔️Musobaqani Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Habibullo Sadibaqosev, Xotin-qizlar bo‘limi uslubchisi, Akademiya xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Nilufar Alibayeva so‘zga chiqib, jamoalarga omad tiladilar.

✔️Akademiya xotin-qizlar maslahat kengashi, Yoshlar ittifoqi Akademiya Boshlang‘ich tashkiloti hamda “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada 6 ta jamoa 3 ta shart bo‘yicha g‘oliblik uchun bellashdi.

✔️Yakunda g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi.

🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3666

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Xushxabar

Akademiya talabalari nomdor davlat stipendiyalariga sazovor bo‘ldi

✔️Keyingi yillarda yurtimizda iqtidorli yigit-qizlarni aniqlash va ragʻbatlantirishga, yosh avlodning zamonaviy dunyoqarashini, ijodiy va shaxsiy xususiyatlarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Mazkur imkoniyatlardan oqilona foydalanayotgan ertamiz egalari oʻz isteʼdod va salohiyatini toʻla namoyon etib, yuksak natijalarga erishmoqda.

➡️Qayd etish kerak, 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining bir guruh talabalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi. Ahamiyatlisi, mana shu iqtidorli yoshlar safida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining to‘rt nafar isteʼdodli talabasi ham bor.

⭐️Islomshunoslik fakulteti “Islomshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Muslima Rahmonova;

⭐️Islomshunoslik fakulteti “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Ma’mura Omonova;

⭐️Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Psixologiya (din sotsiopsixologiyasi)” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Husniyabonu Hazratqulova 2024/2025-oʻquv yili uchun Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻldi.

⭐️Shu bilan birga, Islomshunoslik fakulteti “Islomshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Muslima Abdumalikova 2024/2025-oʻquv yili uchun Islom Karimov nomli davlat stipendiyasini qo‘lga kiritdi.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi nomidan iste’dodli va iqtidorli talabalarni mazkur yutuqlari bilan muborakbod etamiz. Ularning o‘qish va ishlariga muvaffaqiyat, tansihatlik tilaymiz.

🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3665

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel