ikkinchisinf | Unsorted

Telegram-канал ikkinchisinf - 2-Sinf Fayllar Bazasi

104159

Bu bazamizda 2-sinfga oid fayllarni topishingiz mumkin

Subscribe to a channel

2-Sinf Fayllar Bazasi

Shu ikkisining o’xshash tomonlari?

Читать полностью…

2-Sinf Fayllar Bazasi

Qanday o’xshashlik bor?

Читать полностью…

2-Sinf Fayllar Bazasi

Savollarni o’qiting va javob berishni o’rgating

Читать полностью…

2-Sinf Fayllar Bazasi

-Qochinglar, katta parcha uchib kelyapti.
-Qanday parcha?
-Quyoshdan parcha uzilib tushibdi, to’g’ri biz tomon kelyapti, hammayoqning pachag’i chiqadi. Yerimizga ulkan Quyosh parchasi uchib tushyapti !!!!
Qochinglar!!!

Читать полностью…

2-Sinf Fayllar Bazasi

Bilmasvoy yo’lda munajjim Shishavoyga duch keldi. Bo’lib o’tgan voqea haqida so’zlab berdi.
Shishavoy unga Quyosh haqida batafsil ma’lumot berdi.
Bilmasvoy unga ishonmadi.

Читать полностью…

2-Sinf Fayllar Bazasi

Bilmasvoy uni kim urganini bilolmay qoldi.

Читать полностью…

2-Sinf Fayllar Bazasi

5. Dumbulvoy Bilmasvoyning eng yaqin do’sti.
(Гунька и Незнайка)

Читать полностью…

2-Sinf Fayllar Bazasi

Bilmasvoy Dastorgul ko’chasida mittivoy do’stlari bilan yashaydi.

Читать полностью…

2-Sinf Fayllar Bazasi

2. Shaharchada Bilmasvoy va do’stlari yashardi.

Читать полностью…

2-Sinf Fayllar Bazasi

Savollarni o’qiting va javob berishni o’rgating.

Читать полностью…

2-Sinf Fayllar Bazasi

«Meni urgan kim bo'ldi o‘zi? — deb o‘yladi Bilmasvoy, — balki tepamdan ul-bul tushgandir?»
Bilmasvoy boshini ko‘tarib osmonga qaragan edi, hech nima ko‘rinmadi. Faqat quyosh nur sochib turardi xolos.
«E-ha, ustimga quyoshdan ul-bul tushibdi-da, — deb o‘yladi Bilmasvoy. — Quyoshning bir bo'lagi uzilib boshimga tushgan bo‘lsa kerak».
Uyiga ketayotganda Shishajon degan tanishini uchratib qoldi.
Shishajon mashhur munajjim edi. U shisha idish parchasidan kattá qilib ko‘rsatadigan oynacha yasay olardi. U bunaqa shishani ko‘ziga qo‘yib har xil narsalarni ko‘rganda-chi, u narsalar juda katta bo‘lib ko‘rinardi. Bir qancha shunday shisha parchalaridan kattagina durbin yasadi, bu bilan oy va yulduzlarga qarardi. U shunaqa qilib munajjim bo'lgan edi.
— Menga qara, Shishajon, — dedi unga Bilmas- voy, — bilasanmi, nima bo‘ldi, quyoshning bir bo'lagi uzilib boshimga tegib ketdi.
— Nimalar deyapsan, o‘zing, Bilmasvoy! — deb kuldi Shishajon. — Agar quyoshning bir bo‘lagi uzilib tushsa, pachag‘ingni chiqarib yuboradi-ya, quyosh judayam katta, axir. U bizning Yer sharimizdan ham katta.
— Bo‘lmagan gap, — deb javob berdi Bilmasvoy. — Menimcha, quyosh taqsimchadan katta emas.
— Quyosh bizga shunaqa ko‘rinadi, chunki juda ham uzoqda-da. Quyosh — kattakon yumaloq cho‘g‘. Men buni durbinimda ko‘rdim. Agar quyoshning jin- dakkina parchasi ham uzilib tushguday bo‘lsa-chi, shah- rimizning tilka-porasini chiqarib yuborgan bo‘lardi.
— Shunaqa degin-a! — dedi Bilmasvoy. — Men bo'lsam quyoshning bunday kattaligini bilmas ekanman. Hozir boraman-da, bolalarga aytib beraman, ular ham hali bilmasa kerak. Shundoq bo‘lsa ham durbiningdan bir qarab ko‘rgin-a, balki rostdan ham u g'adir-budurdir!
Bilmasvoy uyiga jo'nadi, ko‘chada ko'ringanlarning hammasiga:
— Og‘aynilar, quyoshning qanaqaligini bilasizlarmi? U bizning Yer sharimizdan ham katta. Voy, u shunaqayam kattaki.

Читать полностью…

2-Sinf Fayllar Bazasi

Ko'pgina mittivoylar o‘g‘il bola bo'lishganidan kerilishib, mittioylar bilan hecham do'stlashmay yurishardi. Mittioylar-chi, ular ham qiz bola bo'lganiga kekkayishib, mittivoylar bilan do‘stlashgilari kelmasdi. Agar bitta- yarimta mittioy ko‘chada birorta mittivoyni uzoqdan ko‘rib qolsa bormi, u darrov ko‘chaning narigi betiga o‘tib olardi. Ajab qilardi-da, negaki, ba’zida mitti qizaloqning yonidan jimgina o‘tolmaydigan tegajoq mittivoylar ham uchrab qolardi. U albatta xafa qiladigan biror so‘z aytar, turtar, hammadan ham yomoni, sochidan tortardi. Albatta, hamma bolalar ham shunaqa shumtaka emasdiku-ya, lekin birontasining peshonasiga bu shumtaka emas deb yozib qo‘yilmagan- da. Shuning uchun mittioylar mittivoylarni ko‘rib qolishganda, yana biror dilxiralik bo'lmasin deb, oldindan ko'chaning narigi betiga o'tib olishni ma’qul ko'rishardi. 0’g’il bolalar shuning uchun qizaloqlarni «kekkaymachoq» deyishardi. 0’ylab topgan gaplarini qarang! Ko'pchilik qizaloqlar bo'lsa o‘g‘il bolalarga
«urishqoq» va shunga o‘xshash kamsituvchi laqablar qo‘yib oigan edilar.
Ehtimol ba’zi bir o'quvchilar, axir bu to‘g‘ri emas, yozuvchi buni ichidan to‘qib chiqaribdi, hayotda hech bunaqa bolalar bo‘lmaydi, deyishlari mumkin. Lekin hech kim bundaylar hayotda bo‘ladi deb aytayotgani yo‘q-ku, axir. Hayot — boshqa gap, afsonaviy shaharda esa ahvol tamom bo'lakcha. Unda, shunaqasiyam bo‘laverar ekan.
Chuchmoma ko‘chasidagi bir uychada o‘n oltita mittivoy yashardi. Ularning orasida eng mashhuri Bilag‘on degan mitti bola edi. Ko‘p narsani bilganidan uni Bilag'on deyishardi-da. U har xil kitoblarni o‘qigani uchun ko‘p narsani bilardi. Kitoblar stolining ustida ham, ostida ham, yana karavotining ustida va tagida ham yotardi. Uyiga kitob to‘lib ketgandi. Bilag‘on kitob o‘qiy berganidan aqlli bo'lib ketgan edi. Shuning uchun hamma bolalar uning gapiga quloq solar, uni yaxshi ko‘rishardi. U doim qora kostyumcha kiyib yurardi. Bilag'on birorta kitobni o‘qiganda-chi, ko‘zoynak taqib olardi-da, xuddi professorga o‘xshab ketardi.

Читать полностью…

2-Sinf Fayllar Bazasi

Bilmasvoy va uning mitti do’stlari

Читать полностью…

2-Sinf Fayllar Bazasi

Bilmasvoy va uning mitti do’stlari

Читать полностью…

2-Sinf Fayllar Bazasi

Nikolay Nikolaevich Nosov (1908—1976) — rus bolalar yozuvchisi, dramaturg, kinostsenarist. “Bilmasvoy” haqidagi bir qancha asarlari bilan tanilgan. Nikolay Nosov Kiyevda tug‘ilgan. Moskva kinematografiya institutini tamomlagan.
1938 yildan bolalar uchun asarlar yoza boshlaydi. Uning birinchi hikoyasi 1938 yili «Ermakchi» nomi bilan nashr etiladi. Uni mashhur qilgan kitob «Quvnoq oila» deb nomlanib, 1949 yili chop etilgan. 
«Bilmasvoy va do‘stlarining sarguzashtlari» (1953—1954) trilogiyasiga yana «Bilmasvoy Quyosh shahrida» (1958) va «Bilmasvoy Oyda» (1964—1965) ertak-romanlari kiradi.

Читать полностью…

2-Sinf Fayllar Bazasi

Bilgan o’zar,
Bilmagan to’zar.

Bilmasang, bilgandan so’ra.

Читать полностью…

2-Sinf Fayllar Bazasi

Lug’at ustida ishlash

Читать полностью…

2-Sinf Fayllar Bazasi

Bilag’on, Bilmasvoy, Shishajon.

(Знайка, Незнайка, Стекляшкин)

Читать полностью…

2-Sinf Fayllar Bazasi

Bilmasvoy yo’lda ko’rgan mittivoylarga uning ensasiga Quyosh parchasi tushib urilgani haqida vahima qildi.

Читать полностью…

2-Sinf Fayllar Bazasi

Bilmasvoy osmonga qaradi va ustimga quyosh parchasi tushib urildi, deb o’yladi.

Читать полностью…

2-Sinf Fayllar Bazasi

Dalada adashib qolgan Bilmasvoy ensasiga tillaqo’ng’iz kelib urildi-yu, uchib ketdi. Bilmasvoy qo’rqqanidan yiqilib tushdi.

Читать полностью…

2-Sinf Fayllar Bazasi

4. Bilmasvoy mittioy qizaloqlarga ozor berardi.
Shuning uchun mittioylar Bilmasvoydan berkinishardi.

Читать полностью…

2-Sinf Fayllar Bazasi

2. Shaharchada Bilmasvoy va do’stlari yashardi.

Читать полностью…

2-Sinf Fayllar Bazasi

1. Afsonaviy shaharchada mittivoylar yashar edi.

Читать полностью…

2-Sinf Fayllar Bazasi

Ana, qaranglar-a, og'aynilar, quyoshning bir parchasi uzilib, to‘g‘ri biz tomonga uchib kelyapti. U birpasda yetib kelib barchamizning pachag‘imizni chiqarib yuboradi. Juda vahima bo'ladi- da. Shishajondan borib so'ranglar, — dedi.
Bilmasvoyning g ‘irt yolg‘onchi ekanini bilishga- nidan hamma uni mazax qildi.
Bilmasvoy bo'lsa shataloq otib uyiga yugurdi:
— O g'aynilar, qochinglar! Parcha tushib kelyapti! — deb baqirardi u.
— Qanaqa parcha? — deb so'rashardi undan.
— Parcha, og‘aynilar! Quyoshdán parcha uzilib ketgan. U hozir sharaq etib tushib, hammamizni yakson qiladi-qo'yadi. Quyoshning qanaqaligini bilasizlarmi? U bizning Yerimizdan ham katta!
— Nimalarni to'qiyapsan o'zing!
— Hecham to‘qiyotganim yo‘q. Buni menga Shishajon aytdi. U durbinida ko‘ribdi.
Hamma hovliga yugurib chiqib, quyoshga qa- rayverishdi. Ko‘zlaridan yosh chiqib ketguncha qarab turishaverdi. Quyoshga ko‘p tikilishgandan, ko'zlari tinib ketdi, oxirida quyosh ham go'yo g'adir-budurga o‘xshab ko'rina boshladi.
Bilmasvoy bo'lsa:
— Qochgan qochib qolsin! 0’ldik! — deb baqirdi. Hamma o‘z buyumlariga yopisha ketdi. Bo‘yoqvoy
o‘zining bo'yoq va mo'yqalamlarini, Mashshoqvoy cholg'ularidan skripka,balalayka va mis karnayini ola boshladi. Doktor Dorijon bo‘lsa uy ichida zir yugurib qayoqqadir gumdon bo‘lgan dorixaltasini qidirardi. Bo‘g‘irsoq degan bola kavushcha bilan soyabonchasini olib, darvozadan chiqqan ham ediki, Bilag‘onning ovozi kelib qoldi:
— Qo‘rqmanglar, og‘aynilar! Hech gap yo‘q! Bilmasvoyning g ‘irt yolg‘onchi ekanini bilmaysizmi? Bu gaplarni u ichidan to'qiyapti.
— To'qiyaptiü — deb baqirdi Bilmasvoy. — Borib Shishajondan so‘ranglar ishonmasalaring.
Hamma Shishajonning oldiga yugurib ketdi, shunda bu gaplarni Bilmasvoyning o‘zi to'qiganligi ayon bo‘ldi. Shunaqayam bir kulgi bo‘ldiki, asti qo‘ya bering.
Hamma Bilmasvoydan kuldi:

Читать полностью…

2-Sinf Fayllar Bazasi

Bu uyda taniqli doktor Dorijon ham yashar, u mittilarning har xil kasalini davolardi. U doim egniga oq xalat, boshiga esa popukli qalpoq kiyib olardi. Bu yerda yana mashhur mexanik Murvatvoy o‘z yordam- chisi Tuzatvoy bilan yashardi. Shiringina gazli suvni yaxshi ko‘rishi bilan nom chiqargan Shirin Sharba- tovich Sharbatjon ham shu yerda yashardi. U juda shirin so‘z edi. Uni kimda-kim ota-buvasining oti bilan atasa — yoqtirar, agarda oddiygina qilib Sharbatjon deyishsa — xush ko‘rmasdi. Tag‘in bu uyda-chi, O‘qtoy degan ovchi ham turardi. Uning Ko‘ktoy ismli kuchuk- chasi va po‘kak bilan otiladigan miltig‘i ham bor edi. Bo'yoqvoy degan rassom, Mashshoqvoy degan cholg‘uchi va yana Shoshqaloq, Sergap, Indamas, Bo‘g ‘irsoq, Dovdirvoy hamda aka-uka Agarqul bilan Magarqul degan mittilar ham turishardi. Bular orasida Bilmasvoy degan eng mashhur mitti ham bor edi. Hech nimani
bilmaganidan uni Bilmasvoy deyishardi-da.
Bu Bilmasvoy degani boshiga to‘q havorang qalpoq, egniga sariq shim bilan qizil ko‘ylak kiyib, yashil bo‘yinbog‘ taqib yurardi. U to‘q rangni yaxshi ko‘rar- di. To‘tiga o'xshab rang-barang kiyimlarni kiyib olgan Bilmasvoy kuni bo‘yi shaharda sanqib, bo‘lmag‘ur gaplarni to‘qib, hammaga yoyib yurardi. Ustiga-ustak u doim qizaloqlarni ranjitardi. Shuning uchun qizaloqlar uning qizil ko'ylagini olisdan ko'rishgan zahoti shartta orqaga qaytib, uylarga bekinishardi. Bilmasvoyning Dastorgul ko‘chasida turadigan Dumbulvoy degan do‘sti bor edi. Bilmasvoy Dumbulvoy bilan soatlab gap sotishib o‘tira berardi. Ikkovi bir-biri bilan bir kunda yigirma marta urishib, yigirma marta yarashishardi. Bilmasvoy, xususan, quyidagi voqeadan keyin, tag‘inam mashhur bo‘lib
ketdi. Nima bo‘ldi deng?..
U bir kun shaharda o ‘y n a b yurib, adashib dalaga
chiqib qoldi. Atrofda hech kim yo‘q, faqat tillaqo‘ng‘iz uchib yurardi. U ko‘rmay qolib Bilmasvoyning ensasiga kelib urildi. Bilmasvoy jonholatda yerga ag'anab tushdi. Tillaqo‘ng‘iz bo‘lsa shu zahotiyoq uchib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Bilmasvoy irg'ib o'rnidan turdi- da, meni urgan kim ekan deb, yon-veriga alangladi, qarasa, atrofda hech kim yo‘q.

Читать полностью…

2-Sinf Fayllar Bazasi

Afsonaviy bir shaharda mittilar yashashardi. Juda ham kichkina bo‘lganidan ularni mitti deb atashardi. Наг bir mittining bo‘yi kichkina bodringday kelardi. Ular yashagan shahar juda ham chiroyli bo‘lib, har bitta hovlining atrofida dastorgul, moychechak va qoqigullar o‘sib yotardi. U yerdagi ko‘chalar ham gullar nomi bilan — Chuchmoma ko'chasi, Moychechak xiyoboni va Bo‘tako‘z sayrgohi deb yuritilardi. Shaharning o‘zi esa Gulzor shahar deyilardi. Shahar kichkina anhor yoqasiga joylashgan bo‘lib, mittilar bu anhorni Bodring daryosi deb atashardi, nega desangiz, anhor bo‘yida rosa bodring o‘sib yotardi-da.
Daryoning naryog'i o‘rmon edi. Mittilar qayin po‘stlog‘idan qayiqchalar yasab, anhordan suzib o‘tishardi-da, meva, qo‘ziqorin va yong‘oq tergani o‘rmonga borishardi. Mittilar kichkina bo‘lganidan meva, yong'oq terib kelishlari qiyin edi, axir baland shoxlarga chiqib uni qirqish uchun yonlarida arra olib yurishlari kerak edi-da. Pastdan turib yong‘oq terishga bironta ham mittining qo‘li yetmaganidan yong'oqni bandidan arralab tushirishga to‘g‘ri kelardi. Qo'ziqorinlarni ham arralab yiqitishardi. Qo'ziqorinni eng tagidan arralab, keyin bo‘lak-bo‘lak qilib uylariga tashib ketishardi.
Mittilar bir xilda emasdi. O’g’il bolalarni mittivoy, qizaloqlarni esa mittioy deyishardi. Mittivoylar nuqul yo uzun shim, yo tasmasi yelkaga ilinadigan kalta ishton kiyishardi. Mittioylar bo‘lsa, olachipor, yaltiroq matodan ko‘ylak kiyishni yoqtirishardi. Mittivoylar soch qo‘yishni yoqtirmas, shuning uchun doim sochlarini yo oldirib, yo kalta qilib yurishardi; mittioylarning sochlari bo‘lsa, belga tushardi. Ular sochlarini uzun o‘rib, uchiga lenta taqishar va boshlariha sochpopuk ham qadashardi.

Читать полностью…

2-Sinf Fayllar Bazasi

Bilmasvoy va uning mitti do’stlari

Читать полностью…

2-Sinf Fayllar Bazasi

Nikolay Nosov “Bilmasvoy va do’stlarining sarguzashtlari”

Читать полностью…

2-Sinf Fayllar Bazasi

Oʻqish savodxonligi
14-dars
41-43-sahifa
Gulzor shahrining mittilari

Читать полностью…
Subscribe to a channel