Toshkent shahar
Shayxontohur tumani
102-sonli kimyo va biologiya fanini chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Iminova Mavluda
Toshkent shahar
Shayxontohur tumani
102-sonli kimyo va biologiya fanini chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Iminova Mavluda
Toshkent shahar
Shayxontohur tumani
102-sonli kimyo va biologiya fanini chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Iminova Mavluda
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zoʻr ehtirom bilan qarash Oʻzbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir..
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768 XII soli "O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida"gi qonuni bilan tasdiqlangan.🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Читать полностью…Serquyosh, hur oʻlkam, elga baxt, najot,
Sen oʻzing do'stlarga yoʻldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Oltin bu vodiylar - jon Oʻzbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bagʻri keng oʻzbekning oʻchmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zoʻr qanot!
Istiqlol mashʼali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu boʻl obod!
Oltin bu vodiylar - jon Oʻzbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Abdulla Oripovning hayoti va ijodi
Abdulla Oripov 1941-yil 21-martda Qashqadaryo viloyati, Koson tumaniga qarashli Neko‘z qishlog‘ida tug‘ildi. U 1958-yilda orta maktabni ,,Oltin medal” bilan bitirdi. Shu yili ToshDU ning filologiya fakultetiga o’qishga kirdi. 1963-yilda o’qishni imtiyozli diplom bilan tugatib, ,,Yosh gvardiya” nashriyotiga muharrir bo’lib ishga kirdi. 1967-1974 yillarda ,,Gafur Gulom” nashriyotida muharrir sifatida faoliyat yuritdi va 1974-1976-yillarda ,,Sharq yulduzi” jurnalining nazm bo’limini boshqardi. 1976-1982-yillarda Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi, 1982-1983-yillarda masul kotib, 1983-1985-yillarda ,,Gulxan” jurnalining bosh muharriri, 1985-yilda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi, 1988-yilda O’zbekiston Respublikasi Mualliflik huquqlarini himoya qilish qo’mitasi raisi lavozimlarida faoliyat yuritdi. 1996-yil mart oyidan 2009-yil may oyiga qadar O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi vazifasida ishladi . 1983-yilda ijodkorga Hamza nomidagi Davlat mukofoti hamda O’zbekiston Xalq shoiri unvoni berildi. Abdulla Oripov 1994-yilda Alisher Navoiy nomli Davlat mukofoti, 1998-yilda O’zbekiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi. Uning ilk kitobi – “Mitti yulduz” 1965-yilda nashr etilgan. “Ko‘zlarim yo‘lingda” (1967), “Onajon” (1969), “Ruhim”, “O’zbekiston” (1971), “Xotirot”, “Yurtim shamoli” (1974), “Yuzma-yuz”, “Hayrat” (1979), “Najot qal’asi” (1981), “Yillar armoni” (1983), “Haj daftari”, «Munojot» (1992), “Saylanma” (1996), “Dunyo”, “Bedorlik”(1999), “Shoir yuragi” (2003), “Everest va ummon” (2016) singari she’riy kitoblari nashr etilgan. Shoir ozbek adabiyotini quyidagi dostonlar bilan boyitdi: “Jannatga yo‘l” (1978), “Hakim va ajal”(1980), “Ranjkom” (1988). Buyuk Amir Temur A.Oripov qalbi va tafakkurini doimo tolqinlantirib keldi. Istiqlol sharofati tufayli bu daho qiyofani butun murakkabligi, ulugvorligi bilan, erkin, xolis gavdalantirish imkoniyatiga ega boldi. Ana shunday harakatlar samarasi olaroq, 1996-yilda buyuk shoir “Sohibqiron” dramasini yaratdi. Ushbu she’riy drama respublikaning barcha yirik teatrlarida sahnalashtirildi. Shuningdek, “Erk haqqi”, “Adolat oftobi”, “Vatan”, “Xalq”, “Temur” kabi manzumalar ham Abdulla Oripov qalamiga mansub. Buyuk ijodkor tarjimachilik sohasida ham barakali qalam tebratdi: Aligeri Dantening “Ilohiy komediya”si, A.N.Nekrasov, L.Ukrainka, T.Shevchenko, R.Hamzatov, Q.Quliev kabi ijodkorlarning asarlari shular jumlasidandir. Dantening “Ilohiy komediya” asari tarjimasi Italiya hukumati tomonidan etirof etildi.
Abdulla Oripov Ozbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining muallifidir. Sakkiz mingga yaqin sherlar muallifi bolgan ijodkorning 50 dan ortiq kitoblari nashr etilgan.
Buyuk shoir 2016-yil 5-noyabrda Xyuston shahridagi (AQSh, Texas shtati) kasalxonada 75 yoshida vafot etdi. Ijodkor “Chig`atoy” qabristonida dafn etilgan.
10 dekabr O‘zbekiston Respublikasi
Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun!
1992 yil 10 dekabr. Ushbu sanada O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasining huquqiy maqomini belgilovchi 13 moddadan iborat “O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
Madhiyamiz bayramlar, siyosiy chiqishlar, sport anjumanlari, rasmiy davlat qabullari, ahamiyatli mitinglar, turli davlat boshliqlarini kutib olish va kuzatish marosimlari hamda qonun bilan belgilangan boshqa hollarda ijro etilib, davlat suverenitetiga e’tiqod va hurmatni rasmiy musiqa hamda musiqa hamda matn bilan ifoda etadi.
Hurmatli vatandoshlar sizlarni qalbimizda cheksiz faxr va iftihor tuyg‘ularini yuksaltiruvchi, ona yurtga fidoiylikni tarannum etuvchi O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun barchamizga muborak bo‘lsin!
Matematika
2-chorak
60-dars
42-43-sahifa
Metr, detsimetr, santimetr.
Namangan viloyati
Chortoq tumani
45-maktab Anora Qozoqova
Ona tili
2-chorak
56-63-sahifa
Soʻz haqidagi bilimlarni mustahkamlaymiz.
Namangan viloyati
Chortoq tumani
45-maktab Anora Qozoqova
Ona tili
2-chorak
54-55-sahifa
Soʻz ichida yonma-yon kelgan bir xil undoshlar talaffuzi va imlosi
Namangan viloyati
Chortoq tumani
45-maktab Anora Qozoqova
Uy ishi
Toshkent shahar
Shayxontohur tumani
102-sonli kimyo va biologiya fanini chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Iminova Mavluda
Toshkent shahar
Shayxontohur tumani
102-sonli kimyo va biologiya fanini chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Iminova Mavluda
Toshkent shahar
Shayxontohur tumani
102-sonli kimyo va biologiya fanini chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Iminova Mavluda
"Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi" haqidagi qaror 1992-yilning 10-dekabrida Oʻzbekiston Respublikasining Yuqori Kengashinig 11-chaqirigʻida qabul qilingan. Ushbu madhiya 1992-yildan hozirgi paytgacha Oʻzbekiston Respublikasining madhiyasi hisoblanadi.
Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov soʻzi, Oʻzbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov musiqasi.
Mutal (Mutavakkil) Muzayyinovich Burhonov (1916-yil 5-may — 2002-yil 15-iyun) — bastakor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964), Oʻzbekiston xalq artisti (1974). Burhonov Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi musiqasini yozgan (1947, 1978 va 1992-yillardagi talqinlarini). Shuningdek, qator kamer-vokal va kamer-cholgʻu asarlarini yozgan, bir necha opera va film, jumladan, „Maftuningman“ filmi musiqasini bastalagan. Oʻzbeklar orasida eng sevimli qoʻshiqlarga aylangan „Doʻppi tikdim“ va „Maftuningman“ qoʻshiqlari musiqasini bastalagan.
Burhonov Oʻzbekistonda koʻp ovozli xor hamda a kapella janri asoschilaridan biri hisoblanadi. Burhonov bir necha orden va medal, jumladan, „Shuhrat“ medali (1994), „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni (1998) hamda „El-yurt hurmati“ ordeni (2001) bilan taqdirlangan. Bastakor oila qurmagan va kamtarona hayot kechirgan.
Mutal (Mutavakkil) Muzayyinovich Burhonov 1916-yil 5-mayda Buxoro shahrida tugʻilgan. Oilada besh farzand boʻlgan – Mutal Burhonovning Minhojiddin va Misbohiddin ismli ikki akasi va Mohida va Fotima ismli ikki opasi boʻlgan. (Opasi Fotima Fitratga turmushga chiqqan.) Otasi madrasada matematikadan saboq bergan. Otasining aka-ukalari, xususan, Mazhariddin Burhonov, Mukammil Burhonovlar jadidchilar boʻlgan.
Burhonov sakkiz yoshida amakisi Mukammil unga tanbur olib bergan. Keyinchalik Burhonov Otagʻiyos Abdugʻaniyevdan tanbur chalishni oʻrgangan.
1919-yil Burhonovning otasi vafot etgan. Oʻn yoshida onasidan ayrilgan. 1934-yil akasi Misbohiddin Burhonovga xalq dushmani ayblovi qoʻyilib, Sibirga surgun qilingan. 1937-yil akasi va amakilari jadidchilikda ayblanib qatagʻon qilingan, 1938-yil otib tashlangan.
Burhonov 1928—32-yillarda Samarqand musiqa va xoreografiya institutida, 1939—41- va 1946—49-yillarda esa Moskva konservatoriyasida taʼlim olgan. Konservatoriyada Sergey Vasilenkodan kompozitsiya, Grigoriy Stolyarovdan dirijyorlik boʻyicha saboq olgan. Oʻsha yillari Uygʻun va Izzat Sulton yozgan „Alisher Navoiy“ dramasiga musiqa, qator kamer-vokal va kamer-cholgʻu asarlar yaratgan.
Burhonov 1941-yil Ikkinchi jahon urushida Moskva mudofaasida qatnashgan. 1949—51-yillarda „Oʻzbekiston“ radiosida badiiy rahbar, 1955—60-yillarda Oʻzbekiston Kompozitorlar uyushmasi boshqaruvining raisi lavozimida ishlagan.
Burhonov ijodida vokal musiqasi, ayniqsa, romans, joʻrsiz xor va vokal-simfonik janrlar asosiy oʻrin tutadi: „Tabassum qilmading“, „Namedonam Chi nom dorad“, „Ishqida“ va boshqa romanslari, „Alisher Navoiyga qasida“ (Abdulla Oripov, 1968) va boshqa Sharq xalqlari qoʻshiqlarini joʻrsiz xor uchun „mahorat bilan, milliy musiqaga xos nafislik va jozibalilikni toʻla saqlagan holda qayta ishlagan“.[1] Burhonov qozoqcha „Dudaray“, eroncha „Goʻle gandum“, oʻzbekcha „Goʻzal qizga“, afgʻoncha „Chashmi siyoh“ va boshqa koʻpgina bolalar qoʻshiqlarini bastalagan va xor uchun qayta ishlagan.[3]
Shuningdek, Burhonov qator filmlarga, xususan, „Surayyo“, „Abu Ali Ibn Sino“, „Maftuningman“, „Orol baliqchilari“, „Boy ila xizmatchi“ kabi filmlarga musiqa bastalagan. „Alisher Navoiy“ operasi (1986) hamda „Abadiy xotira“ rekviyemini (1996) yozgan. 1992-yil mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi musiqasini yozgan. Oʻzbekiston SSRning 1947- hamda 1978-yillardagi madhiyalari musiqasini ham Burhonov yaratgan.
Burhonov oila qurmagan va kamtar hayot kechirgan.[2] 1998-yil „Koʻngil xazinasi (Burhonnoma)“ kitobini yozgan. Bastakor 2002-yil 15-iyunda 86-yoshda vafot etdi. 2016-yil „Oʻzbekkino“ milliy agentligi Burhonov hayoti va ijodi haqida „Mutal Burhonov. Ohanglarda yashayman hamon...“ hujjatli filmini suratga olgan.
Madhiya, Gimn asosan davlat yoki kishini madh etish uchun yaratilgan musiqa hamda so'z ijrosida yaratilgan asar.
Madhiya (arab. — maqtov, taʼrif) — biror shaxs, voqea yoki narsaning maqtoviga bagʻishlangan badiiy asar. Baʼzan asarning bir qismi ham Madhiyadan iborat boʻlishi mumkin. Arab, fors va oʻzbek mumtoz adabiyoti anʼanalariga koʻra, har bir yirik epik asarning bosh qismida maxsus (asosan, sheʼriy) maqtovlar berilgan. Odatda, bu maqtovlar falsafiy oqimlarning asoschilari, asar yozilgan paytdagi hukmdor va boshqalarga bagʻishlangan. Shuningdek, shoirlar oʻzlaridan avval oʻtgan buyuk shaxslarga maqtovlar bagʻishlashi ham odat boʻlgan (mas, Navoiy "Xamsa"sidagi dostonlar muqaddimasida Nizomiy, Hisrav Dexlaviy, Jomiy madhi). Madhiya xarakteridagi asar turli janrlarda (masnaviy, gʻazal, muhammas va boshqalar) yozilishi mumkin.
Muayyan davlatga bagʻishlangan sheʼriy-musiqiy asar ham Madhiya hisoblanadi (baynalmilal tilda gimn)
Gimn (yun. hymnos) — tantanavor qoʻshiq, sheʼr. Yunonistonda dastlab afsonaviy xalq qahramonlari, xudolar shaʼniga maqtovlar (hamdlar) tarzida vujudga kelgan. Keyinchalik shaxslar, davlatlar, voqea va hodisalarga ham bagʻishlangan Gimnlar paydo boʻlgan.
#BAYRAM_MUBORAK 🎉
🇺🇿 Bugun, 10-dekabr kuni, Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganiga 32 yil toʻldi!
🎼 Madhiyamiz Mutal Burxonov musiqasi va Abdulla Oripov sheʼri asosida yaratilgan 😊
Serquyosh oʻlkamizga koʻz tegmasin 🤲
Matematika
2-chorak
60-dars
42-43-sahifa
Metr, detsimetr, santimetr.
Namangan viloyati
Chortoq tumani
45-maktab Anora Qozoqova
Ona tili
2-chorak
56-63-sahifa
Soʻz haqidagi bilimlarni mustahkamlaymiz.
Namangan viloyati
Chortoq tumani
45-maktab Anora Qozoqova
Ona tili
2-chorak
54-55-sahifa
Soʻz ichida yonma-yon kelgan bir xil undoshlar talaffuzi va imlosi
Namangan viloyati
Chortoq tumani
45-maktab Anora Qozoqova
2-sinf
O’qish savodxonligi 3- nazorat ishi 2- chorak
I variant
1.Tovuq sovuqda sovqotadimi ?
Sovuqda tovuq sovqotadimi? Bu nima ?
A. Maqol B. She’r D . Tez aytish
2. Tumov so’zining ma’nosi qanday?
A. Davolash B. Injiqlik D . Shamollash
3. Ibn Sino kim bo’lgan?
A. Shoh,shoir B Tabib ,olim D . Shoh,tabib
4.Nima uchun Suhrobjonning qorni og’ridi?
A. Ko’p ovqat yegani uchun B. Toza yurgani uchun D . O’rikni yuvmay yegani uchun
5.Suhrobjonning yangi do’stlari kim edi?
A.Mikrobjon,Ozodaxon,Irkitvo yB.Orastaxon,Ozadaxon,Vitaminjon
D. Vitaminjon,Mikrobjon,,Ozodaxon
6.Grippali she’rining muallifi kim?
A.Muazzam Ibrohimova B. Saida Ibrohimova D. Olqor Damin\
7. Eng katta boylik - .............
Jumlani tugating.
A.Tozalik B, salomatlik D.Daromad topish
8.Gippali qanday nasihat qilar edi?
A..Niqobni taqmaslikni.yupun kiyinishni,burunga malham surtmaslikni
B. Na’matak ,asal choy ichishni
D. To’yib ovqatlanishni
9.Yupun so’zining ma’nosini toping.
A. Shoh B. Aytganini qildiradigan. D. Tanani yaxshi isitmaydigan,yupqa kiyim
10. Ko’zga ko’rinmas mikroplarni qaysi asbob orqali ko’rish mumkin?
A.Ko’z oynak orqali B. Mikroskop orqali D. Teleskop orqali
11. Ibn Sino bobomiz qanday o’gitlar haqida nasihatlar berdilar?
12. Sog’lom bo’lish uchun qaysi mahsulotlar foydali?
13.Shifokor nima uchun bosh chayqadi?
14. Dorilar achchiq nordon,
Qiynalasiz siz obdon
Qofiyadosh so’zlarni aniqlang va yozing
15. Suhrobjonga igna sanchiganlarida jonim og’rib ketdi. Xayriyatki, u yerdan arang qochib qutuldim.
Bu kimning gapi
@saxobjonxamidov
135-17=118 (ta)
118+72=190 (ta)
135+118+190=443 (ta)
Toshkent shahar
Shayxontohur tumani
102-sonli kimyo va biologiya fanini chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Iminova Mavluda