Qo‘yib bersa bir-birin urib,
Pul ustida o‘lib qolganlar.
Kecha mening soyamda yurib,
Bugun odam bo‘lib qolganlar.
Meni oshno jigar dedingiz,
Non tuzimni yotib yedingiz,
Itimdan ham battar edingiz,
Bugun odam bo‘lib qolganlar.
Yarashmaydi xatto yurgani,
Gerdaygancha sherdek turgani,
Ko‘rmaganning qursin ko‘rgani,
Bugun odam bo‘lib qolganlar.
Tog‘ni talqon etar o‘zicha,
Qo‘li ko‘kka yetar o‘zicha,
Xozir katta ketar o‘zicha,
Bugun odam bo‘lib qolganlar.
Salom bersak qaramaydiya,
Alikka ham yaramaydiya,
Bizni odam sanamaydiya,
Bugun odam bo‘lib qolganlar.
Zo‘r yoqaga yeng bo‘ldingizey,
Yulduzlarga teng bo‘ldingizey,
Kim edingiz kim bo‘ldingizey,
Bugun odam bo‘lib qolganlar.
Yuz burmang xech iymoningizdan,
Oqibat-u vijdoningizdan,
Pastroq tushing osmoningizdan,
Bugun odam bo‘lib qolganlar.
Hammamizdan o‘tadi dunyo,
Qo‘lingizdan tutmasin ro‘yo,
Kechangizni unutmang aslo,
Bugun odam bo‘lib qolganlar.
©Muallif: Komila Qiz
14.08.2023.✍
Энди 66 Минг су́м
✔️ Зарарсиз озмоқчимисиз? «AMPLI 5» кўп функциялик браслет - озиш учун, қорин, бўкса, қўл, оёқдаги ёғларни эритишга ёрдам беради.
☘️ Организмнинг умумий аҳволини яхшилаш ва ишчанлигини оширишда ёрдам беради.
☘️ Иммунитетни ошириб, жисмоний ва ақлий қобилиятни яхшилаш,
☘️ Чарчоқ ва ҳолсизликни камайтириш,
☘️ Бўғим ва бош оғриқларини қолдириш,
☘️ Буқоқ касалликларида ёрдам беради.
🎁 Факат 1 кун аксия шошилинг
✅ Акция нархи: 66 000 сўм.
• Ўзбекистон бўйлаб етказиб бериш Мавжуд. Сайтга кириб буюртма беринг. 10 дақиқа ичида операторларимиз боғланади.
❗️ Nichole Velazquez reklama tarqatmang!
для русскоязычной аудитории
👉 @ОЧИСТКА БОТ 👈
Kurashayabman sekin,
O‘zimdan tinganim yo‘q,
Biroz egildim lekin,
Men hali singanim yo‘q.
Non tuzimni yeganlar,
Ortdan zarba berganlar,
Meni sindi deganlar,
Men hali singanim yo‘q.
Hozir alam yutyabman,
O‘zim zo‘rg‘a tutyabman,
Fursatimni kutyabman,
Men hali singanim yo‘q.
Dard qo‘limdan tutsa ham,
G‘amlar mag‘lub etsa ham,
Jon, jonimdan o‘tsa ham,
Men hali singanim yo‘q.
G‘iybatchilar mo‘ralar,
Har tomondan so‘ralar,
Biling oshna jo‘ralar,
Men hali singanim yo‘q.
Duo qilar zorim bor,
Shukr qilgan yorim bor,
Dasturhonda nonim bor,
Men hali singanim yo‘q.
©Muallif: Komila Qiz.
08.08.2023.✍
🏠 Тайёр ховли ва таъмирларган хонадонларни биз билан топинг
✅ Биз билан Уй-жой сотиш ёки сотиб олиш янада осон!
👉 Уйларни кўриш
Bolam deya kecha-yu kunduz,
Zarra orom bilmagan onam.
Charchasa ham essiz-a, essiz
O‘zlaridan tinmagan onam.
Meni o‘ylab o‘tar har oni,
Halak bo‘lar diqqilab joni,
Tin olsada hatto to‘rt yoni,
O‘zlaridan tinmagan onam.
Shukr qilar bo‘lmas nolishi,
Yirtilsa ham kiygan kovushi,
Yetar demas chiqmas tovushi,
O‘zlaridan tinmagan onam.
Meni ko‘rsa quvonib kulib,
Yomonini yaxshiga yo‘yib,
Atrofimda parvona bo‘lib,
O‘zlaridan tinmagan onam.
Sochlarini qoplasada oq,
Qaltiragan qo‘llari qadoq,
Sira ishdan to‘xtamas biroq,
O‘zlaridan tinmagan onam,
Dardlarini ichga yutgancha,
Kelishimni intiq kutgancha,
Qo‘llarida hassa tutgancha,
O‘zlaridan tinmagan onam.
Jonlariga ber Alloh to‘zim,
Kulib yursin yoshlatma ko‘zin,
Hali hanuz o‘ylamas o‘zin,
O‘zlaridan tinmagan onam.
©Muallif: Komila Qiz.
03.08.2023.✍
Yomonlardan uzoqroq yuring.
Yaxshilarla yonma-yon bo‘ling.
Hamma narsa biling o‘tkinchi,
O‘zingizni ehtiyot qiling.
Tashvish bari bo‘lganida jam,
Har kun sizni yo‘qlab kelsa g‘am,
Jondan o‘tib qilsa ham alam,
O‘zingizni ehtiyot qiling.
Yo‘qqa chiqsa topgan boringiz,
Qo‘ldan ketsa davlat molingiz,
Omon bo‘lsa bo‘ldi joningiz,
O‘zingizni ehtiyot qiling.
Tuxmat qilib chaplasalar loy,
Pichoq uzra turmay qolsa moy,
Yorug‘ bo‘lar albat o‘n besh oy,
O‘zingizni ehtiyot qiling.
O‘tib bahor o‘tib yoz-u qish,
To‘kilsa soch to‘kilsa ham tish,
Ununutmang hech tugamaydi ish,
O‘zingizni ehtiyot qiling.
Dunyo sarob dunyo aldaydi,
Dunyo degan ko‘pga bormaydi,
O‘tgan umr ortga qaytmaydi,
O‘zingizni ehtiyot qiling.
Mehnat asta mag‘lub etmasdan,
Belingizdan quvvat ketmasdan,
Dardlar sizni quvib yetmasdan,
O‘zingizni ehtiyot qiling.
©Muallif: Komila Qiz.
2017.2023.✍
Yolg‘on dunyo makoningizdan,
Adolat yo‘q zamoningizdan,
Barcha yaxshi yomoningizdan,
Hammangizdan nafratlanaman.
Xozir g‘amim yesangizlarda,
Zarra mehr bersangizlarda,
Sen nohaqsan desangizlarda,
Hammangizdan nafratlanaman.
Jondan o‘tar azobingiz ham,
Rost ko‘rsatgan sarobingiz ham,
Minnatlidir savobingiz ham,
Hammangizdan nafratlanaman.
Ikki gapli ikki so‘zlisiz,
Ko‘rolmaysiz yomon ko‘zlisiz,
Niqobdasiz soxta yuzlisiz,
Hammangizdan nafratlanaman.
Pushaymonlik kelganda gali,
Necha afsus deysizlar hali,
Yashirmayman so‘zim dangali,
Hammangizdan nafratlanaman.
Qiziqtirmas chalgan kuyingiz,
Ma'rakaa-uy qilgan to‘yingiz,,
Boshingizdan qolsin uyingiz,
Hammangizdan nafratlanaman.
Asli dunyo deyishar bir kam,
Hech bir banda bo‘lolmas bekam,
Ota-onam aka-yu ukam,
Hammangizdan nafratlanaman.
Qalbimdagi jarohat izni,
Go‘yo ko‘rmas hudoyim bizni,
Pul, pul deysiz pul yesin sizni,
Hammangizdan nafratlanaman,
Qilmishingiz ozor berganda,
Ko‘zlarimga yoshlar terganda.
Har doimmas kezi kelganda,
Hammangizdan nafratlanaman.
O‘qiganda qizarar yuzi,
Og‘iz juftlab chiqmaydi so‘zi,
Gap egasin topadi o‘zi,
Hammangizdan nafratlanaman.
©Muallif: Komila Qiz.
26.07.2023.✍
O‘zi aytganchalik meni deb emas,
Dunyoda dunyo deb yugurganlarim.
Hech biri zarracha g‘amimni yemas,
Jonim deb jonimni sug‘urganlarim.
Ortimdan dushmandek o‘yin boshlagan,
Hiyonat yo‘liga qadam tashlagan,
Begona emasdir ko‘zim yoshlagan,
Jonim deb jonimni sug‘urganlarim.
Indamay boshimga solsada neni,
Yonimda aytadi o‘ylayman seni,
Aslida ko‘rishga ko‘zi yo‘q meni,
Jonim deb jonimni sug‘urganlarim.
Neniki so‘ramang barini berdim,
O‘zingizdan ko‘proq g‘amingiz derdim,
Boringiz shu ekan nima ham derdim,
Jonim deb jonimni sug‘urganlarim.
O‘rnimga men bo‘lib qadam tashlaysiz,
Bir ikki gapirsam nolib boshlaysiz,
Mening hayotimda sizlar yashaysiz,
Jonim deb jonimni sug‘urganlarim.
Urishdan yashashdan yuragim tolgan,
Borlarim borim deb borimni olgan,
Sizlardan shu et-u, suyagim qolgan.
Jonim deb jonimni sug‘urganlarim.
Ishingiz tushganda to‘rdan to‘rdaman,
To‘rt devor atalmish ochiq go‘rdaman,
Men sizlar sababli tirik murdaman,
Jonim deb jonimni sug‘urganlarim.
©Muallif: Komila Qiz.
20.07.2023.✍
Mushkullarga topolmay chora,
Har narsani o‘zimga oldim.
O‘tib ketar deb bora-bora,
Hech narsani his qilmay qoldim.
Go‘yo to‘lgan dunyodagi kam,
Sezilmaydi na og‘riq na g‘am,
Uzoqlashdi mendan dard alam,
Hech narsani his qilmay qoldim.
Unutilgan hatto shodligim,
Ota-onam qanday zodligim,
Tanish yoki yetti yodligim,
Hech narsani his qilmay qoldim.
Kelgandekman tushdan ro‘yodan,
Poyoni yo‘q tubsiz daryodan,
Uzilgandek tashqi dunyodan,
Hech narsani his qilmay qoldim.
Qiziqtirmas bozorlari ham,
Menga zor-u bezorlari ham
Dilni o‘ymas ozorlari ham,
Hech narsani his qilmay qoldim
Tiqilmaydi minnat oshlari,
Ta'sir qilmas tuhmat toshlari,
Qurib bitdi ko‘zim yoshlari,
Hech narsani his qilmay qoldim.
O‘ynatolmas nomard nag‘masi,
Qo‘rqitolmas g‘iybat tamg‘asi,
Baribirdek menga hammasi,
Hech narsani his qilmay qoldim.
Azoblarda o‘tda yonishim,
Hadiktirmas yolg‘iz qolisim,
Balki shudir o‘zdan tonishim,
Hech narsani his qilmay qoldim.
Qotdimikan yuzimning teri,
Torlik qilib Xudoning yeri,
Hayronmaney anchadan beri,
Hech narsani his qilmay qoldim.
©Muallif: Komila Qiz.
20.07.2023.✍
Duet:
Muhabbatim arzon sotibsan.
Majnunga xos suygan bu dilim,
Buyum misol yonga otibsan.
Kutmagandim sendan sevgilim,
Muhabbatim arzon sotibsan.
KAVSAR. (Sardor Sa'dullayev.)✍
Begonaga himmatliginam,
Menga mehri minnatliginam,
Dunyolardan qimmatliginam,
Muhabbatim arzon sotibsan.
Komila Qiz.✍
Vijdoningni yolg‘onga o‘ra,
Jonimni ol ketgandan ko‘ra,
Ishonmasang qalbingdan so‘ra,
Muhabbatim arzon sotibsan.
KAVSAR. (Sardor Sa'dullayev.)✍
Havolanib o‘zimcha shoshib,
Sevar deya sevardim jo‘shib,
Essizgina o‘zinga qo‘shib,
Muhabbatim arzon sotibsan.
Komila Qiz.✍
Gul bog‘bondan kechgandek go‘yo,
Bevafoga sotildi dunyo,
Ishq qiymatin bilmadingmi yo?
Muhabbatim arzon sotibsan.
KQVSAR. (Sardor Sa'dullayev.)✍
Mushtoq bo‘lib bosgan yo‘liga,
Maftun bo‘lib bergan guliga,
Uch to‘rt chaqa boyning puliga,
Muhabbatim arzon sotibsan.
Komila Qiz.✍
Mualliflar;
©KAVSAR.(Sardor Sa'dullayev.)
©Komila Qiz.
17.07.2023.✍
🏗 Уй қидиряпсизми? Бизда бор!
✅ 2023-йилда қурилаётган уйлар ва уларнинг нархлари
👉Уйларни кўриш
🏗 Уй қидиряпсизми? Бизда бор!
✅ 2023-йилда қурилаётган уйлар ва уларнинг нархлари
👉Уйларни кўриш
#cartoon
Zootopia
Subtitle ✔️
♻️ Share with your friends♻️
👇 Channel 👇
/channel/+lC1gxJVVT84xM2Ji
/channel/+unXXpLzSttc0Njky
👇 Discussion group 👇
@interesting_english1
Faqat senga ishonaman ayolim deb,
Oyligidan bir so‘m olmay menga berar.
Shom-u sahar yolg‘iz senda hayolim deb,
Ajab bo‘pti erim faqat meni sevar.
Bo‘yoq surib go‘zal bo‘lgan yuzni emas,
Linza taqib shahlo bo‘lgan ko‘zni emas,
Ikki dunyo bir bo‘lsa ham sizni emas,
Ajab bo‘pti erim faqat meni sevar.
Bilib qo‘ying sizlar unga ermaksizlar,
Nari borsa uch to‘rt kunga keraksizlar,
Davomi yo‘q bir martalik ertaksizlar,
Ajab bo‘pti erim faqat meni sevar.
Kerak emas unga sizdek soxta sirdosh,
Asablari makringizga bermas bardosh,
Orzu qilmang bo‘lolmaysiz menga kundosh,
Ajab bo‘pti erim faqat meni sevar.
Bir ikkita tug‘arman lek to‘lishmayman,
Halolimni hech kim bilan bo‘lishmayman,
Talashmayman so‘kishib soch yulushmayman,
Ajab bo‘pti erim faqat meni sevar.
Ochiq sochiq minniy yubka kiyganingiz,
Qiziq emas unga hirom qilganingiz,
Befoydadir qoshingizni tergeningiz,
Ajab bo‘pti erim faqat meni sevar.
Siz tomonga qolmas sira hech boylanib,
Qozig‘ini topar ekan ot aylanib,
Ko‘nglim to‘qdir o‘tirmayman hech o‘ylanib,
Ajab bo‘pti erim faqat meni sevar.
Yuragida asraydigan bir joniman,
Yaxshilarga alishmagan yomoniman
Sulaymonning o‘sha Hurram Sultoniman,
Ajab bo‘pti erim faqat meni sevar.
©Muallif: Komila Qiz.
05.08.2023.✍
Bevaqt sog‘lik ketganda bizdan,
Imkon topib ahvol so‘rganlar.
Rozi bo‘lsin Xudoyim sizdan,
Yo‘qchilikda yo‘qlab turganlar.
Soxta do‘stlar yuz burdi qochdi,
Til uchida zahrini sochdi,
Sizga bo‘lgan hurmatim oshdi,
Yo‘qchilikda yo‘qlab turganlar.
Necha toshga boshimni urdim,
Afsus qildim tavbalar qildim,
Kim dushmanim kim do‘stim bildim,
Yo‘qchilikda yo‘qlab turganlar.
Qiyinchilik buksa qaddimni,
Ko‘rsatdilar o‘rnim haddimni,
Siz bildingiz yolg‘iz qadrimni,
Yo‘qchilikda yo‘qlab turganlar.
Bevafo yor bag‘rimni tilib,
Ketganida ustimdan kulib,
Sirdosh bo‘lib yelkadosh bo‘lib,
Yo‘qchilikda yo‘qlab turganlar.
Aqlim ketib adashsam yo‘ldan,
Yo muammo chiqqanda puldan,
Rahmat sizga tutdingiz qo‘ldan,
Yo‘qchilikda yo‘qlab turganlar.
Savobingiz oshib kun sayin,
Jannat sizga qilinsin tayin,
Birlaringiz ming bo‘lsin amin,
Yo‘qchilikda yo‘qlab turganlar.
©Muallif: Komila Qiz.
31.07.2023.✍
Кирка атир
⚜Кўпгина эркакларимиз талаблари асосида
" КИРКА " бу атирни билмаган одам бўлмаса керак !
Таркиби 👇
✅Қизлар кўзида хаммадан ажралиб турасиз бу Атир ноталари билан
✅Малина, маракуя, нок, ванилин ВА шафтолини хидини сезишингиз мумкун
✅ Асосий ноталадан сандал ва мускус дан иборат
✅Ёқимлий ширин хиди анча жойга таралиб туради
✅ Атир хиди 1 кундан 3 кунгача туради
✅Куз ва қиш фасилада тушадиган атир
🎉 Сони чекланган шошилиб қоламиза 😊
нархи: 69.000
✅ Тўловни маҳсулотни қўлингизга олганда қиласиз
🚚 Ўзбекистон бўйлаб етказиб бериш хизмати мавжуд
Bir insonni iltimosiga ko‘ra yozildi.
O‘zimdan ham ortiq suyganim,
Buyum misol o‘zlashtirildi.
Menga emas ko‘ngil qo‘yganim,
O‘zgasiga unashtirildi.
Dor ilinib sevgimiz uchun,
Sep yig‘ildi tuguldi tugun,
Ko‘zim ochib ko‘rganim bugun,
O‘zgasiga unashtirildi.
Sovchilarning qatnovi bilan,
Shirin so‘z-u aldovi bilan,
Dadasining qistovi bilan,
O‘zgasiga unashtirildi.
Biz bechora ular esa hon,
Go‘yo tandan chiqayapti jon,
Oq o‘ralib ushatilib non,
O‘zgasiga unashtirildi.
Xudoyimdan kelgan sinov bu,
Peshonamda bor ekanda shu,
Begonadir endi menga u,
O‘zgasiga unashtirildi.
Ishqim egdi yigitlik boshim,
Gurur ko‘zdan chiqarmas yoshim,
Ham orzuyim hamda sirdoshim,
O‘zgasiga unashtirildi.
Ado bo‘ldi yuragim yona,
Huvilladi ko‘ngil dil xona,
O‘g‘lingizning sevgani ona,
O‘zgasiga unashtirildi.
©Muallif: Komila Qiz.
25.07.2023.✍
🎦Радар ва Камерадан эхтёт бўлинг❗️❗️❗️
Жарималарни тез ва оссон текширувчи ягона телеграм бот🤖
Жаримангздан доим хабардор бўлинг!
Uch to‘rt chaqa topganidan kibrlanib,
Do‘st holidan xabar olmay qo‘yganlarim.
Ishi tushsa manfaat uchun foydalanib,
Oqibatim soddalikga yo‘yganlarim.
Omon bo‘ling mehr ko‘zin o‘yganlarim,
Qo‘l tutmaysiz tik oyoqda yurib tolsam,
Pulim tugab faqir degan nomni olsam,
Yuz burasiz sizga kerak bo‘lmay qolsam,
Yiqilishim poylab tuzoq qo‘yganlarim.
Omon bo‘ling mehr ko‘zin o‘yganlarim.
Foydam tegib qolsa agar zo‘r deysizlar,
Mana kelgin senga davra to‘ri deysizlar,
O‘zingizcha ko‘zi ochiq ko‘r deysizlar,
Aldab-aldab meni yolg‘on suyganlarim.
Omon bo‘ling mehr ko‘zin o‘yganlarim.
Yonimda ho‘p meni maqtab yaxshilaysiz,
Boringizni to‘kib sochib qarshilaysiz,
Ketsam ortdan qancha balolar tilaysiz,
Hush ko‘rmayin diydorimdan to‘yganlarim,
Omon bo‘ling mehr ko‘zin o‘yganlarim.
Kecha kunduz yaqinlarim g‘amin yedim,
Yomon menga yaxshi sizga bo‘lsin dedim,
Jon desangiz poyingizda jonim berdim,
Menga kelsa g‘azabini tuyganlarim.
Omon bo‘ling mehr ko‘zin o‘yganlarim.
Ko‘zga boqib bir e'tibor bersaydingiz,
Til uchida bo‘lsa ham hol so‘rsaydingiz,
Yurakdagi mehrim kuchin bilsaydingiz,
Bir men qolib begonaga kuyganlarim.
Omon bo‘ling mehr ko‘zin o‘yganlarim.
©Muallif: Komila Qiz
16.07.2023.✍