Invite your friends and get bonuses for each invited friend! 🎁
Your referral link: /channel/notcoin_bot?start=r_4_11509941
UZIMEI.UZ
2018-yil 22-oktyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 847-son qaroriga muvofiq mamlakatimizda mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish tizimi joriy etildi.
Mazkur hujjatga muvofiq tizim operatori "O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi" davlat unitar korxonasi etib belgilandi.
UZIMEI tizimi quyidagi maqsadlarni amalga oshirishda xizmat qiladi:
mobil qurilmalardagi o‘ziga xos identifikasiya kodlari to‘g‘riligini tekshirish orqali ularning mulkdorlari huquqlarining himoya qilinishini ta'minlash;
mobil qurilmalardan ularning mulkdorlarini ogohlantirmasdan noqonuniy va ruxsatsiz foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik;
xalqaro standartlarga mos kelmaydigan sifatsiz mobil qurilmalar sotilishining oldini olish.
2019-yil 17-sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kelinadigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” 778-son qaroriga muvofiq mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini joriy etish tartibi ishlab chiqildi.
Ushbu qaror asosida 2019-yil 1-dekabrdan boshlab mobil qurilmalarning IMEI-kodlari ro‘yxatdan o‘tkazish pullik asosda amalga oshirilmoqda.
Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun "Payme", "Click", "PayNet" mobil ilovalari hamda bank orqali to‘lovni amalga oshirish mumkin.
IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori
Jismoniy shaxslar (rezidentlar) uchun – 20% bazaviy hisoblash miqdoridan (SIM-karta ulangan kundan boshlab 30 kalendar kun ichida);
Jismoniy shaxslar (rezidentlar) uchun – 25% bazaviy hisoblash miqdoridan (SIM-karta ulangan kundan boshlab 30 kalendar kundan so‘ng);
Jismoniy shaxslar (norezidentlar) uchun – 20% bazaviy hisoblash miqdoridan;
O‘zbekiston Respublikasi hududida rouming xizmatidan foydalangan jismoniy shaxslar (norezidentlar) uchun-bepul;
Yuridik shaxslar uchun – 20% bazaviy hisoblash miqdoridan;
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun – 10% bazaviy hisoblash miqdoridan.
* 2021 yil 1 fevraldan boshlab bazaviy hisoblash miqdori 245 000 so‘mni tashkil etadi.
To‘lov miqdori tizim operatoriga ariza kelib tushgandan boshlab 10 kalendar kun ichida saqlanadi
Mobil qurilmani IMEI-kodi/kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish
Mobil qurilmalarning IMEI-kodi/kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni quyidagi usullar bilan amalga oshirish mumkin:
1170 qisqa raqamiga SMS yuborib yoki *1170# USSD so‘rov orqali;
Tizim operatori veb-saytida;
EIDXP veb-saytida www.my.gov.uz;
Tizim operatorida;
Pochta aloqa bo‘limlarida.
TIZIM OPERATORI OGOHLANTIRADI!
Mobil qurilmaning IMEI-kodlarini roʼyxatga olishda shaxsga doir maʼlumotlardan qonunga xilof ravishda foydalanish qatʼiyan taʼqiqlanadi.
Аgar mazkur holatlar aniqlansa, Vazirlar Mahkamasining 17 sentyabr 2019 yildagi 778-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga kiritilgan qoʼshimchalarga muvofiq roʼyxatdan oʼtkazish bekor qilinadi va amalga oshirilgan toʼlovlar qaytarilmaydi.
IMEI-kod/kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish mahalliy mobil aloqa operatorlarining SIM-kartasi mobil qurilmaga qoyilgandan boshlab 30 kalendar kun ichida amalga oshirilishi kerak. Aks holda, ushbu muddatdan so‘ng qurilmaning IMEI-kodi/kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazilmaguncha GSM standartidagi mahalliy mobil aloqa operatorlari tamonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga cheklov qoyiladi.
Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish import qiluvchi yo`ki qurilmani O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
Mobil qurilma xarid qilishdan oldin qurilmaning IMEI-kodini/kodlarini holatini tekshiring.
Buni quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirish mumkin
Tizim operatori veb-saytida;
1170 qisqa raqamga qo‘ng‘iroq qilib;
1170 qisqa raqamga SMS yuborish yoki *1170# USSD so‘rovi yordamida.
Mobil qurilmaning IMEI-kodini telefon klaviaturasida *#06# kombinasiyasini terish orqali bilib olish mumkin