🇬🇧Ingliz tilini 0dan mukammal darajagacha o'rgatadigan telegramdagi yagona kanal. Bizda hamma darslar sifatli✅ 🧑🏫Owner: @Timur_Xoshimov 🔰Reklama xizmati: @Rek_Info
🔖 Ingliz tilida to'g'ri gaplashishni istovchilar uchun mahsus ko'rsatma va darslarimiz.
☑ @ingliztili_avstraliya
🔖 Ingliz tilida to'g'ri gaplashishni istovchilar uchun mahsus ko'rsatma va darslarimiz.
☑ @ingliztili_avstraliya
Tongingizni rasmlar bilan tasvirlang. 🙂
Be active, share photos of your morning. 😊
Hammaga salom.
Biz qaytdik va yana ilm tarqatishga davom etamiz. Bizda hammasi yaxshi, sizda ham hammasi yaxshi degan umiddamiz?
✅ @ingliztili_avstraliya
What do you encourage people to read? [vat du yu enkarij aders tu rid]
Odamlarni nimalarni o‘qishga undaysiz?
✅ @ingliztili_avstraliya
Ko‘pchilik ushbu savolga kelajakdan xavotirlanishi haqida yozibdi.
Insonlar kelajakdan xavotirlanishining asosiy sababi bu — mavhumlik. Kelajakda nima bo‘lishini bilmaslik, moliyaviy barqarorlik, sog‘liq, oilaviy masalalar yoki shaxsiy muvaffaqiyatlar haqidagi noaniqlik odamlarda xavotir uyg‘otadi. Bu tabiiy holat, chunki inson miyasi tinchlik va barqarorlikni xohlaydi.
Nega odamlar kelajakdan qo‘rqadi?
1. O‘ziga bo‘lgan ishonchsizlik: Ko‘p odamlar o‘z imkoniyatlariga shubha qilishadi va kelajakdagi qiyinchiliklarni yengib o‘ta olmasligidan qo‘rqishadi.
2. Nazorat qilolmaslik: Ko‘pchilik kelajakdagi voqealiklarni nazorat qilish imkoni yo‘qligini his qilganda xavotirlanadi.
3. Salbiy o‘tmish tajribalari (travmalar): O‘tmishda muvaffaqiyatsizlikka uchragan insonlar kelajakda ham shunday bo‘lishidan qo‘rqishadi.
4. Ijtimoiy ta’sir: Atrof-muhit va jamiyatda barqarorlik yo‘qligi ham odamlarni kelajakka nisbatan xavotirga soladi.
Kelajakka xavotirlanayotgan odamlarga maslahatlar:
1. Hozirgi vaqtdagi hayotingizga e’tibor qarating:
Kelajak faqat bugungi qadamlaringiz natijasi. Hozirgi kunda nima qilayotganingizga diqqat qiling. Bugunni to‘g‘ri yashasangiz, ertangi kun yaxshiroq bo‘ladi.
2. Kelajakni rejalashtiring, lekin haddan oshib ketmang:
Rejalashtirish kelajakka ishonch bag‘ishlaydi. Ammo barcha narsani nazorat qilmoqchi bo‘lish xavotirni kuchaytiradi. "Reja tuzing, lekin hayot kutilmagan holatlarga to‘la" degan fikrni unutmang.
3. Ijobiy o‘ylashni(fikrlashni) odat qiling:
Odatda xavotir faqat salbiy stsenariylarni tasavvur qilishdan kelib chiqadi. O‘zingizga savol bering: "Agar hammasi yaxshi zo‘r bo‘lsachii?"
4. Harakatga urg‘u bering:
Xavotirlanib o‘tirish natija bermaydi. Harakat qiling! O‘z ustingizda ishlash, mahoratlaringizni oshirish yoki muammoni hal qilish yo‘lini izlash xavotirni kamaytiradi.
5. Haqiqiy muhim narsalarni aniqlang:
Hayotning haqiqiy qadriyatlari haqida o‘ylang. Ba’zida odamlar kerakmas narsalar haqida tashvishlanadi. Oila, sog‘liq, vaqtingizni qanday sarflash kabi asosiy narsalarga e’tibor qarating.
6. O‘tmishga minnatdor bo‘ling, kelajakni quchoq oling:
O‘tmishdan o‘rganing, lekin unda qolib ketmang. Kelajakka esa imkoniyat sifatida qarang. Har bir yangi kun yangi imkoniyatlar olib keladi.
7. Hayotni kutilmagan hodisalar bilan qabul qiling:
Ba’zi narsalar nazoratimizdan tashqarida. Hayotning sirli bo‘lishi ham qiziqarli! Agar barcha narsani oldindan bilganimizda, hayot zavqini yo‘qotardi.
There is nothing in this world that can hurt us as much as our thoughts. There is nothing in this world that can heal us as much as our thoughts.
Bu dunyoda bizni o‘z fikrlarimizchalik qattiq jarohatlaydigan narsa yo‘q. Bu dunyoda bizni o‘z fikrlarimizchalik davolaydigan narsa ham yo‘q.
Most of the time, it is not the limitations imposed by others that stop us, but the boundaries we mentally create for ourselves.
Ko'pincha bizni boshqalarning cheklovlari emas, balki o‘zimiz uchun o‘zimiz hayolan yaratgan chegaralar to‘xtatadi.
- Menga qarang oyi, Toshkentga boraman-u, qaytaman. Har narsalar olib kelaman sizga. U yerda uzumzor bog'lar ko'p. Ko'chalarda o'riklar pishib yotadi. To'yib yeyish mumkin. Olma bilan yong'oqni bo'lsa sigirga berishar ekan. Ol ye, yemayman. U yerda non judayam ko'p, suv tekin deyishadi...
- Toshkent qanday ekan?
- Toshkentmi, oyi, non shahri ekan.
Toshkent non shahri: Mixayloga maktub.
Erkin bozorov
Everybody is trying to find the right person, but nobody is trying to be the right person.
Hamma o'ziga mos insonni izlayabdi, ammo hech kim o‘zi mos inson bo‘lishga intilmayabdi.
O’zbekiston chet elga talaba yuborish bo’yicha dunyoda 3-o’rinda ekan. Xitoy va Hindistondan keyingi o’rinda. (1)
Agar bu ko’rsatkich har bir davlat aholisiga nisbatan qaralsa O’zbekiston 1-o’rinda bo’ladi.
Men 2010-yilda Shvetsiyaga o’qishga kelganimda ota-onam juda ko’pchilik qiladigan xatoni qilishmagan.
Mendan uyga pul yuborishimni hech ham so’rashmagan. Shu sabab menda uyga pul yuborish bosimi bo’lmagan. Natijada vaqtimni o’qishga qarata olganman.
Bu juda muhim.
Bolasini chetga o’qishga yuborayotganlardan iltimos qilib so’rar edim:
«Bolangiz o’qigani ketgan bo’lsa undan pul yuborishini emas, mutaxassis bo’lishini talab eting»
Agar pul jo’nat desangiz hozir 1-2 yil mayda ishlarda ishlab 10-15 ming dollar topadi, o’qishni tugatib tuzuk ish topa olmay yo qaytib ketishga majbur bo’ladi yoki illegal bo’lib yashirinib yuradigan bo’ladi.
Rivojlangan davlatlarda mutaxassisga ehtiyoj kundan-kunga oshib bormoqda. Mutaxassis bo’lsin, pul uni ketidan quvadi.
Shunda sizga o’sha mashina ham bo’ladi, uy ham bo’ladi, to’y ham bo’ladi.
Shularga qo’shilib o’z atrofidagilirini oyoqqa turishiga yordam beradi. Jamiyatga yordam beradi.
Haqqingizga duo olib keluvchi bo’ladi.
Faqat sizdan farzandga bo’lgan ishonch, ruhiy ”podderjka” va ozgina sabr kerak xolos.
Bek Olimjon
07.12.2024
Norvegiya
Cloudy summer!
☁️ 💯 🌳
✅ /channel/ingliztili_avstraliya
Skin tag ya’ni teridagi xollarni yo’qotadigan moslama.
Freezes, degani avval muzlatadi keyin ko’chirib tushiradi.
🙂
Do you go to posh private school or public school?
🙂 @ingliztili_avstraliya
Uzr, janubiy Avstraliya debmiz. G’arbiy Avstraliya.
Googledan Western Australia desangiz bu shtatning juda ko’p ajoyibotlarini ko’rsangiz bo’ladi.
🔺Testlarni yechayotganingizda qora bilan belgilangan tugmani bosib ko’rish esingizdan chiqmasin. U yerda to’g’ri javobga izoh berilgan.
✅@inglizenglish
Hozirgi yoshlar bilan 15 yil oldingi yoshlar o‘rtasidagi farqlar.
1. Texnologiyaga bog‘liqlik va axborot manbalari
Hozirgi yoshlar: Internet va smartfonlar bilan ulg‘aygan. Ular tezkor axborotga ega, ijtimoiy tarmoqlar orqali dunyo bilan muloqotda bo‘lib turadi. Bu ularga tezroq o‘rganish va fikrlash imkonini beradi, ammo ba’zida e’tiborning tez chalg‘ishi va chuqur fikrlash kamroq bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
15 yil oldingi yoshlar: Texnologiya hali hayotning asosiy qismi emas edi. Axborot kitoblar, televizor yoki kattalardan olinardi. Natijada, ular sabrliroq va mantiqiyroq fikrlashga moyil edi.
2. Qiziqishlar va hayotga yondashuv
Hozirgi yoshlar: Ko‘proq global muammolar (ekologiya, tenglik, inson huquqlari) haqida qayg‘uradi. Zamonaviy yoshlar o‘z imkoniyatlarini tezroq sinashga, yangi loyihalar va tadbirkorlikka kirishishga intiladi.
15 yil oldingi yoshlar: Mahalliy qadriyatlar va oilaviy an’analarni birinchi o‘ringa qo‘yardi. Tashqi dunyo bilan aloqalar cheklangan bo‘lgani sababli, o‘zlarini ko‘rsatish imkoniyati kamroq edi.
3. Ta’lim va bilim olish
Hozirgi yoshlar: Kurslar, online platformalar orqali o‘z ustida ishlash imkoniyatiga ega. Shuningdek, ta’limni ijodiy va moslashuvchan qabul qiladi.
15 yil oldingi yoshlar: An’anaviy ta’lim tizimi va o‘qituvchiga bog‘liq edi. Kitoblardan foydalangan holda chuqurroq bilim olishga ko‘proq vaqt ajratardi.
4. Ijtimoiy muloqot
Hozirgi yoshlar: Ko‘proq virtual muloqotga o‘rganib qolgan. Real hayotdagi muloqotda ba’zida qiyinchilikka duch kelishi mumkin.
15 yil oldingi yoshlar: Jonli muloqot va jamoaviy faoliyatda ko‘proq qatnashardi. Bu ularga insoniy munosabatlarni yaxshi tushunish imkonini berardi.
5. Qadriyatlar va dunyoqarash
Hozirgi yoshlar: Mustaqillik, shaxsiy rivojlanish va tezkor muvaffaqiyatga erishishni qadrlaydi.
15 yil oldingi yoshlar: Barqarorlik, oila va jamiyatga foyda keltirishni birinchi o‘ringa qo‘yardi.
Umuman, zamonaviy yoshlar texnologiya bilan bog‘liq bo‘lgan yangi imkoniyatlardan foydalanib, tezroq rivojlanmoqda, ammo chuqur muloqot va sabr masalalarida eski avlodga qaraganda kamroq tajribaga ega.
Avstraliyada yoz!
Fermada sigirlar qarovsiz yuradi. 500-1000 ta chorva mollari tashlanadi va 3-6 oy o’tib so’yib sotiladi.
Biznesni zo’ri-a? 😄
Siz ham biznes qilib ko’rganmisiz?
🙂 /channel/ingliztili_avstraliya
A bird lands on a delicate branch swaying in the wind. The branch creaks under its weight, as if it could snap at any moment. Yet, the bird remains calm, completely unbothered by the danger. Because it trusts not the branch, but its own wings.
Shamolda tebranayotgan nozik shoxga qush qo‘nadi. Shox uning og‘irligidan g‘ichirlaydi, har lahzada sinib ketishi mumkindek. Biroq, qush xotirjam, xavfdan mutlaqo tashvishlanmaydi. Chunki u daraxt shoxiga emas o'z qanotlariga ishonadi.
Til o’rganish shaxmatni o’rganish kabi har xillikni talab qiladi.
Shaxmatda:
1. Vaqt kerak.
2. Bir narsani o’rganishda qotib qolmay, har xil nazariyalarni o’rganishiz kerak.
Tilda ham shu. Bir, har kuni vaqt ajratishingiz kerak. Ikki, qayerda ingliz tilini ko’rsangiz, shu joydan o’rganib ketaverishingiz kerak. Bu testlar ekan, menga gaplashish kerak, testlar emas, desangiz xato qilasiz. Sizga tilga oid hamma narsa kerak.
🙂 /channel/ingliztili_avstraliya
It's fascinating how many versions of you exist in people's minds.
Some see you as the shy person who rarely talks.
Others find you annoying because you never stop talking.
To some, you may seem cold and mean, while others perceive you as caring and kind.
Every person you meet, have a relationship with, or even make eye contact with on the street creates their own version of you.
There are thousands of different 'yous' out there in people's minds.The truth is, the person you think of as 'yourself' exists only for you.
Qiziq,insonlarning ongida bizning qanchadan-qancha turli xil ko‘rinishlarimiz mavjud.
Ba’zilar sizni kamgap, uyatchan odam deb bilsa,
boshqalar esa to‘xtovsiz gapiradigan kirishimli inson hisoblaydi.
Ayrimlar sizni sovuqqon va qo'pol, boshqalar esa g‘amxo‘r va mehribon deb qabul qilishadi.
Siz uchrashgan, munosabatda bo‘lgan yoki hatto ko‘chada ko‘zingiz tushgan har bir inson sizning o‘ziga xos talqiningizni o'zi uchun yaratadi.
Odamlarning ongida sizning minglab turli xil versiyalaringiz mavjud.Aslida, siz "o‘zingiz" deb o‘ylagan shaxs faqat siz uchungina mavjud.
Sometimes, to see your true reflection, you need to look at yourself through the eyes of someone who values you.
Ba'zida asl aksingizni ko'rish uchun, o'zingizga sizni qadrlaydigan inson ko'zi bilan qarashingizga to'g'ri keladi.
There are two important days in your life:
1. The day you were born.
2. The day you understand why you were born.
Hayotingizda 2 ta muhim kun bor:
1.Tug'ilgan kuningiz.
2.Nega tug'ilganingizni anglagan kuningiz.
©️Mark Twain
Kaminaning kasbiga oid oylik jurnalning navbatdagi soni.
Siz kasbingizda yoki o’qish yo’nalishingizda barcha yangiliklardan boxabar bo’lib turishingiz uchun nimalardan foydalanasiz?
🇦🇺🙂 /channel/ingliztili_avstraliya
Siz qayerdasiz?
Izohda rasmlar bilan bo’lishing. 😊
🙂 /channel/ingliztili_avstraliya