#ibrat
Bir kuni afandi daraxtdan juda qattiq yiqilib tushibdi va tabiiyki dod-voy qilishni boshlabdi.Buni ko'rgan odamlar "Vaybo namuncha shunga shunchami?" deb afandiga malomat qilishibdi.Shunda, afandi ularga qarab "Siz hech daraxtdan tushib ketganmisiz?" debdi.Odamlar o'ylab-o'ylab yo'q degan javobni berishibdi.Keyin afandi unda menga daraxtdan yiqilgan birini olib keling u meni yaxshi tushunadi debdi...
#note for myself
Don't follow your passion because sometimes it is your enemy in terms of self-development.
Subyektiv O'zbekiston you tubedagi eng top kanallardan biri 🔥
Yangi sonini kecha kechqurun ko'rgan edim hammaga tavsiya qilaman.
#thoughts
O'zingni yoshligingdan qaritma!
Hali yoshsan o'ranishga ulgurasan deb jar solayotganlarni ba'zan Azroil bilan shartnomasi bormi deb o'ylab ham qolaman...
To'g'ri kunlar issiq tushunaman lekin, bizni ham barcha chin solihalarni ham biron joyimiz uzilib tushgani yo'q.Ba'zi ayol-qizlarni kiyib olgan kiyimiga hattoki, qiz bola bo'lib men ko'zim tushishiga uyalib ketayapman nomahramlar umuman boshqa mavzu...
"12 rules for life" kitobidagi qoidalar o'zi qanday qoidalar?
Rule 1 - Stand up straight with your shoulders back.
Bu qoidada muallif go'yo o'mgangni ko'tarib g'ozdek yur har qanday vaziyatda ham kuchli bo'l chunki har tomonlama moddiy, ma'naviy va jismoniy kuchli shaxslar har doim eng yaxshisiga erishishni takidlab o'tgan.
Rule 2 - Treat yourself like someone you are responsible for helping.
Ya'ni o'zingni butun hayotingga har doim o'zing ma'suliyatni ol qiyin vaziyatlarga ham o'zingni shaxsiy qarashlaring bo'lsin demoqchi bo'ladi.
Rule 3 - Make friends with people who want the best for you.
Do'stlarni hayotimizda katta ta'siri bor shuning uchun ham bu borada e'tiborli bo'lish kerak va ular qanday bo'lsa sen ham shunday bo'lishing muqarrarligini unutma deb yozib qoldirgan Jordan B.Peterson
Rule 4 - Compare yourself to who you are yesterday, not to who someone else is today.
Hayotni kimdirga o'zingni solishtirsh bilan o'tqazib yuborma.Insonlarni qobilyatlari va natijalari hech qachon bir xil bo'lmagan bo'lmaydi ham.Buning o'rniga o'zingga o'zing raqib bo'l kechang va buguning eng yaxshi raqiblardir deydi yozuvchi.
Rule 5 - Don't let your children do anything that makes you dislike them.
Bu qoida butunlay farzand qanday tarbiya qilinishi necha yoshgacha u to'g'ri odatlarni qurishi hamma hammasi haqida batafsil ma'lumot berilgan.
Rule 6 - Set your house in perfect order before you criticize the world.
Kimnidir yoki nimanidir tanqid qilishingdan oldin o'zingga boq degan iborani shior qilib yozilgan qoida.Hammani qo'lidan nolish va tanqid qilish keladi biroq, ma'suliyatni va haqiqatni bo'yniga olishga kelsak juda kamchilik chiqamiz deyilgan bu qoidada.
Rule 7 - Persue what is meaningful not what is expedient(convenient)
Oson kelgan narsa oson ketadi shuning uchun ham ma'noli va uzoq muddatli ishlarni bajarishni maslahat bergan bu qoida orqali muallif.
Rule 8 - Tell the truth - or, at least, don't lie.
Haqiqatni gapir yoki eng kamida aldama yolg'on va haqiqatlarni hayotimizdagi ta'siri nimalarga olib kelishi haqida gap boradi bu qoidada.
Rule 9 - Assume that the person you are listening to might know something you don't.
Sen tinglayotgan odam sendan ko'ra aqlliroq deb o'yla va o'zingni ham tingla.Tinglash va suhbat qurishni inson hayotidagi o'rni haqida.
Rule 10 - Be precise in your speech
Gapirayotgan gapingga ehtiyot bo'l og'zingdan chiqqan har bir so'z seni butun bir hayotingni o'zgartirib yuborishi mumkin deyilgan bu qoida orqali.
Rule 11 - Don't bother children when they are skateboarding.
Nafaqat bolalarga va yoshi katta insonlarga ham qulaylik va xavfsizlik salbiy ta'sir qiladi.Inson xavf hatarlardan holi bo'lib yashashi uni juda kuchsiz bir mavjudotga aylantiradi deydi.U yiqlishi, turishi, adrenalinni his qilish juda muhim deb takidlaydi.
Rule 12 - Pet a cat when encounter one on the street.
Bu qoidada uy hayvonlariga yaxshi munosabatda bo'lishimiz ba'zan ular mehrni insonlardanda ko'proq qaytarishi haqida gap borgan.
Bu to'liq qismi emas men ma'zmunini qo'ldan kelgancha yozib chiqdim qolganini kitobdan o'zingiz o'qib chiqasiz degan umiddaman.Har bir qoida bo'limida ha xil hikoyalar ham keltirilgan.
P/s:hammasini o'qib chiqqanlarga raxmat✨
#mutolaamdan
With respect❣
@inner_book
#note for myself
Hammada ham nafs bor faqat ba'zilar chiroyli sabrda ba'zilar esa...
Sevgi yoki...
Hozir eng ko'p qo'llanadigan so'z haqida o'z fikrimni bildirmoqchiman.Men uchun qiziq tuyulardi oldinlari ya'ni sevgi/zino ekanligini bilmagan paytlarim.Sevib turmush qurganlarmi yoki unashtirilib oila qurganlar qay biri muvaffaqiyatli oila sohib va sohibalari bo'loladi?
Xullas, yaqin kunlarda bu haqida Google orqali ko'p statistikalarni bir boshdan ko'rib chiqdim va ular shuni menga isbotlashdiki, unashtirilib turmush qurgan insonlarni achrashish ehtimoli sevishib turmush qurganlarga nisbatan ancha kam bo'lar ekan.O'zaro xurmat, bir-birini tushunish borasida ham bu turdagi turmush yetakchi bo'lib turadi ekan.
Ming o'zimni bu narsadan olib qochishimga qaramay baribir ham ko'chada, jamiyatimizda sevishganlarga ko'zimiz tushishi bu allaqachon normal holat bo'lib bo'lgan desam hech ham adashmasam kerak.Lekin, ularga nima zaril ekan shuni hech ham tushunmaymanda.Yoki, qizga har soniyada tergap turuvchi bir yigit, yigitga esa har kuni ming'irlab rashq qiladigan qiz shu darajada kerakmi?
Tushunarsiz a rostan ham?!
Meni shaxsiy fikrimga ko'ra har bir inson ayniqsa qiz va ayollarga ozgina mehr berilsa va yaxshi muomalada bo'lishsa unga ishonishsa, u ayol agar soliha va farosatli ayol bo'lsa eng kamida ozgina miyyasi ishlab tursa ham unga qilinayotgan amallarni qadriga yetadi va shunga yarasha javob qaytaradi.Ya'ni qizlarga ayniqsa kimdir bilan yillab sevishib yurish shart emas (bolalarga ham tegishli)
Oilani mustahkam bo'lishi uchun har ikki tamon ham maksimal darajada harakat qilishi kerak.Faqat sevgi bilan oila oila bo'lib qolmaydi uni ustiga qorin ham mutlaqo to'ymaydi.
O'zaro xurmat, bir-birini qadrlash, bir birni tushinish, kerak payti qo'llab quvvatlash va albatta mehr eng katta oilani chin ma'noda oila bo'lishi uchun xizmat qiluvchi to'sinlar hisoblanadi deb o'ylayman.
Ammo, eng eng avvalo bo'lajak oila ustunlari ham albatta oila nima ekanligini paytida katta sabr, qurbonlik, va kutilmagan voqealarga boy bir jang maydonidan iboratligini bilishi, ilmli, bilimli va keng fikrlovchi bo'lishi kerak deb o'ylayman.
Rostan ham juda ko'p sevishib turmush qurgan oilalarni shaxsan o'zim ham qanday ahvolga kelganini hatto ba'zilari bu qanday zamon o'z xotinimni ham urolmaymanmi deganini ham ko'rganman eng achinarlisi ham shu...
Turmush borasida kechga qolma shu bilan birgalikda u nozik masalada mutlaqo shoshma albatta sen o'zingga munosib birini topish uchun ko'chaga yasanib chiqmaysan Alloh uni o'zi senga yo'liqtirib qo'yadi.
Mehmet Yildiz - Bu ummatning qizi kitobidan parcha.
With respect❣
@inner_book
#note of the day
Insonlarni gap so'ziga qarab yashaydigan biri bu dunyodagi asl vazifasini va kimni amrini bajarish kerak ekanligini unutib qo'yadi va natijada iymoni ham o'ynoqi va sust bo'lib qoladi.
P.s: o'rgildim sizni shaharga kelib o'zgarib qoladigan iymoningizdan!
Texnik xatoliklar sabab qayta joyladim.
#thoughts
Shu issiqda ko'chada sumka va kitob ko'tarib repititorga shoshayotgan yigit-qizlarni ko'rib qolsam, yuragim boshqacha bo'lib ketadi go'yo bu holatdan bezillab qolgandaymi yoki oliy ta'lim bu darajadagi qurbonliklarga arzimasligidanmi qay biriga kuyishni bilmayman...
#thoughts
8 yoshli singlim qaniydi meni ham telefonim bo'lsa va umuman maktabdan ko'p ta'til berishsa deb xom hayolga berilib menga dardini aytyapti.
Nima qilarding desam ko'p cheksiz internet sotib olib You tubeda shorts va Instagramda esa o'zini yoqtirgan amerikalik blogerchalarini kuzatardikan.
Men qo'limga 17 yoshimda telefon olib Instagramdan ham shu yili foydalanishni boshlaganman aniq bu avloddan qo'rqish kerak men bu yoshimda nima qilishni ham bilmasdim lekin, buni tan olishimiz kerak chunki, zamon rivojlanmoqda...
Kitob o'qish odati
Kitob o'qish odati eng ko'p Hindistonda shakllangani haqida ko'pchilikni xabari bo'lsa kerak.Rostan ham men Instagramdagi hind book blogerlarni va umuman chet-ellik kitobxonlarni sahifalarini ko'rib og'zim ochilib qoladi.
Sababi, 1 kunda 1 ta kitob ham o'qib qo'yaverishadi kitoblar ham siz bilan biz o'ylagandek emas kamida 250 betlik.
Juda ham ko'p o'qishadi ko'pchiliklari deyarli men kuzatadiganlarimni juda ko'p obunachilari bor ijtimoiy tarmoqlarda bundan ham bilsa bo'ladiki kitobga bo'lgan e'tiborni.Bizdachi degan savol tug'ilgandan esa men yana jimman...Sababi bizda kitob o'qish endi endi jamiyatda shaklanish uchun kurtak ortishga harakat qilyapti.
Buni ozbek bookblogerlarini sahifalaridagi obunachilarni sonidan ham bilsak bo'ladi ko'pi bilan 15k bo'lsa kerak(eng eng ko'pi bu)
Tarjima qilinadigan kitoblarimiz ham bisyor chunki, hali butun eng kamida o'zbek yoshlari ingliz tilidagi bir kitobni tushunadigan darajada bilishlariga menimcha ancha bor.Shuning uchun ham kitoblarni kamida eng saralarini tarjima qilib ommaga taqdim etish kerak.Agar bir o'quvchi o'zi xohlagan kitobni bizni bozordan o'zbek tilida topolmasa uni orginal holatda sotib olishi unga qimmatga tushishi hammaga ayon yoki qayergadir borib uni qo'lbola qilib chiqarib olishi ham vaqtni oladi halos.
Misol uchun, hindlar ko'p o'qishadi shuning uchun ham o'zi qashshoqlik ularda ko'p bo'lsa ham shu bilan bir qatorda eng zo'r dunyo kompaniyalarini xususan IT sohasudagi dunyoviy loyihalarni ham yosh hind o'g'il qizlari boshqarmoqda.Bundan tashqari tibbiyot va dunyoning nufuzli universitetlarida ta'lim olish bo'yicha ham Hindiston yetakchilik qilishini hamma biladi.
Xullas, nima demoqchiman o'zi aslida hammasi talabga bog'liq kitobga talab kamligi uchun taklif ham shunga yarashadir.Agar bizda ham kitob bozori rivojlanib ketsa mabodo biz ham sifatli va ham dengiz oshib kelmaydigan hamyonbop kitoblarga ega bo'lardik...Lekin bu ishoning sodir bo'lmaydi talab kuchaymagunigacha va bozor kengaymagunigacha biz mualliflik huquqlariga ega bo'lolmaymiz.
P.s: Agar ham orginal ham yaxshi narxdagi bestseller kitoblarni istasangiz turk tilini o'rganish kerak chunki turklarga mualliflik huquqlari berilgan bu xalq ham juda kitobxon...😢
With respect❣
@inner_book
#thoughts
Hammani jismoniy va aqliy sog'lomlik qiziqtirgan bir vaqtda men qalban sog'lomlikni shuncha sog'lomlarni ichidan topolmay xalakman...
Kuni bilan tunni manashu gullarni suratga olish uchun intiqlik bilan kutdim...
Home📍
#photography
Hardoim ayniqsa uzun post yozmoqchi bo'lsam o'zimga ichimdan bir savol keladi bu post kimgadir naf beradimi axir telegramda shundoq ham keraksiz bloglar ko'pku kimnidir vaqtini olishingga arziydimi, o'zing gapirgan gapingga javob berolasanmi o'zing amal qilolasanmi chunki aql o'rgatish hammani qo'lidan keladi degan turkumidagi o'ylar qiynaydi?
P/s: postlarni o'qib meni ideal deb o'ylamang men ham bir oddiy insonman balki siz mendan yaxshidursiz Alloh biladi...
#mood
Vodiydan tashqari hamma viloyatlarda shunaqa "sensirab" gapirishlari jonga tegdi🤦♀ Men ularni xolasini qizimanmi sensiraydi o'zi u insonni hayotimda yana ko'rmasligim ehtimoli ko'rishimdan ko'proq bo'lsa hop baraka topgur sizlab gapirsa ham bo'ladiyu shunday asabim buziladi hatto avtobuschi ham sensirab gapirsada ammo, seni qishlog'ingda 80 ga kirgan buvi ham sizlab gapirsa😼
I miss my home😩❣
Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar - Mirach Chag'ri Oqtosh
"Yo'qotish odatiy hayot qonuniyati va bir kun hammaning boshiga keladigan sinovdir.Yo'qotish yo'limizning yakuni emas, aksincha, baxtli yakunga olib boradigan bit chipta, xolos.Yo'qotmasdan turib biron narsaga erisha olmaysan.Omadsizlikka yuz tutmay omadni topa olmaysan.Yiqilasan, turasan va hayotingdagi qiyinchiliklarni birma-bir shunday yengasan." - kitobdan parcha
Kitob 230 sahifadan iborat bo'lgan lekin, yo'qotish va yutqazish aslida biz uchun kerakli bo'lgan vaziyat ekanligini mashxur insonlarning hayotidagi shunday holatlarning natijalari, ularni muvaffaqiyatsizlik to'g'risidagi iqtiboslari va Qur'oni Karimdagi su'ralar bilan keltirilgan ajoyib mativatison asar.
Shaxsan yozuvchini bu boradagi fikrlari hammaga tanish bo'lsada ko'pchilik yo'qotish bu chinakam mag'lubiyat emasligini hamon tushunmaydi.Kitobni o'qishni ayniqsa hozir shunday holatda bo'lganlar uchun maslahat beraman.Foydali bo'ladi menimcha)
#book_review
With respect❣
@inner_book
#iqtibos
Bu hayotda senga kaktus boshqalarga moychechak bo'ladigan kimsalar bor ana o'shalardan uzoqda bo'l.
- Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar kitobidan(hozirgi mutolaam)
12 rules for life Jordan B.Peterson
Ushbu kitobni 1 oy cho'zib o'qidim va bugun tugatdim.Kitob oliy toifadagi psixolog va Amerikadagi mashxur Toronto universiteti klinik psixolog professori Jordan B.Peterson tamonidan yozilgan.Kitobda asosan hayot va biz o'zimizni tartibsizliklardan qutqarishimiz va intizom bilan hamohang ma'zmunli hayot kechishimiz uchun muallif tamonidan tavsiya etilgan 12 qoidalar haqida gap boradi.
Kitob shunchaki oddiy va yengil tarzda "bunday qil bunday qil baxtli bo'lasan" degan g'oya asosida yozilmagan. Muallif o'z ishini ustasi ekanligi har bir yozilgan qoidasini psixologik va reallik orqali isbotlab berishidan ham bilsak bo'ladi. Kitobda shu sababli ham psixologiyaga oid terminlarni uchratishimiz tabiiy holat.
Kitobni o'qib dunyo miqyosidagi bir professional psixolog bilan gaplashib yengil tortganday boldim har bir fikriga qarama-qarshi fikrlar menda vujudga kelmadi(albatta diniy tushunchalar bundan mustasno)Hattoki, menga ham umuman mushuklar yoqmaydi kitobda ham yozuvchi kuchuklarni ko'proq yoqtirishini takidlaganda yolg'iz emasligimni chin dildan his qildim(chunki ko'p qizlar mushuklarni yoqtirshadida)
Kitobdagi 12 qoidalar haqida gap ketganda ular juda oddiy biz ulardan hatto kundalik hayotimizda bilib ba'zan esa bilmasdan foydalanamiz lekin, ularni chin ahamiyatini va ta'sirini bilmaymiz.Batafsil kitobdan olgan insights va har bir qoidani mohiyati haqida keyinroq post yozaman.
Kitob tanlashda juda ehtiyot bo'lishimiz kerak ular bizga biz o'ylagandanda ko'proq ta'sir ko'rsatoladi agar ichiga kirib mutolaa qilinsa.Bir kitobni o'qib inson umuman noto'g'ri yo'ldan ketib qo'lishi ham mumkin.
Men bu kitobni so'ngi paytlar hayotda ko'p muammolarga uchrayotganim uchun sotib oldim og'riyotgan jarohatimga malham bo'lishi uchun va men shuni aytolamanki menga kitob juda yoqti va ko'p o'zim kutgan ma'lumotlarni oldim.Maslahat beraman ketgan vaqtga achinmaysiz.400 sahifadan iborat.
P/s: ingliz tilisi yaxshi bo'lmaganlarga o'qish qiyinroq kitob tili u darajada oddiy emas aytganimdek har xil turdagi terminlarga boy.
#book_review
#recommended
With respect❣
@inner_book
Siz hozir nima yeyapsiz?
Miyamizni ishlashi ham deyarli oshqozonimizga o'xshab ketadi.U qanday ozuqani qabul qilayotganligiga albatta e'tiborli bo'lishimiz kerak.Nega
deyarli hamma oldiga qo'yilgan har qanday oziq-ovqatni iste'mol qilishni hal qiloladiyu ammo, miyyamiz butun tanamizni asosi nima va qanday ma'lumotlarni yeb bitirayotgani haqida juda kamchilik o'ylab ko'radi?
Agar siz muddati o'tib qolgan yoki inson hayoti uchun zaxarli bo'lgan biron narsani yeb qo'ysangiz, katta ehtimol bilan sizning sog'ligingizda jiddiy muommolar paydo bo'ladi.Lekin, shunday turdagi keraksiz contentlarni miyyangizga joylayotib ham shu haqida hech o'ylaganmisiz?
Masalan men bir kuni internet yangiliklarida bir insonni yuqori balandlikdan yiqilib tushib vafot etgani aks etgan videoni ko'rib qo'yibman shu bilan 2 kun shu narsa haqida o'ylab ezilib ketdim.Shaxsan, men bu borada juda nozikman sal narsa ham tegib ketadi.
Xuddi, biz nima yeyishimiz uchun retseplarimiz bo'lganidek, miyyamizga ham nima kerakligi haqidagi retsept bo'lishi kerak deb o'ylayman.Xo'sh buni qanday aniqlayman internetdan, odamlardan, jamiyatdan, kitoblardan menga qanday ma'lumot kerakligini qayerdan bilsam bo'ladi?
Bunda eng zo'r usul bu - farosatni ishga solish(albatta u mavjud bo'lsa).
Sizga bemani bloger va tiktokerlarni vinelari yoki saviyasi past seriallarni ko'rishdan nima naf? Ya'ni sizni ertagizga qandaydir foydasi bo'lmagan yoki sizda ertaga bo'ladigan go'zal hayot yo'lini to'sadigan har qanday ma'lumot keraksiz deb o'ylayman.
Sevgi haqidagi kitoblar ham shunday turdagi ma'lumotga kiradi ming u kitob 6 million martta sotilgan bo'lsa ham sizda o'zingizni mustaqil chegarangiz va normativingiz bo'lsin.Mana men nima uchun Ufq trilogiyasining oxirigacha o'qimaganman tan olaman kitob juda zo'r yozilgan lekin, hozircha menga mos janr emas ekan...payti kelib qolganini ham o'qiymiz nasib qilsa.
O'zingizni hayotingizga, vaqtingizga qachon o'zingiz ma'sul bo'lsangiz shunda, bunday narsalar haqida o'ylay boshlaysiz? Siz nimani internetda ko'rayapsiz, kim bilan gaplashyapsiz(agar men gaplashish uchun mos birni biron joyga borganimda topolmasam u yerda hech kim bilan gaplashmayman chunki, foydasidan ziyoni ko'p insonlar ham bo'lishi mumkin)barchasi juda muhim.
E'tiborli va ma'suliyatli bo'lsak bo'lgani🙏✨
With respect❣
@inner_book
#mood
Fikrlar ko'p lekin, usha fikrlarni to'g'ri tushunib, sendek kamida fikrlaydigan va keragida qo'llab-quvvatlashga va achchiq tanqidlarni va haqiqatlarni yuzimga aytishga tayyor biri yo'q.
Havasim keladi bir xil fikrlaydigan va fikrlari bir joydan chiqadiganlarga...
Tabiat bilan ko'proq gaplashish ham aslida insonni Allohga bo'lgan hislarini yanada oshirishga shaxsan o'zim ko'p bor amin bo'lganman.Misol uchun bugun hayvonot bog'iga bordik hop mayli inson o'zini tanasini, aqlini qandayligini qodir qilganicha o'rgangan va biladi lekin, juda ham mitti baliqlarga ham jon bergan, yurak bergan, mexrni his qiladigan qalb bergan Zot qanchalar mukammal, muruvvatli va mehribon ekanligiga shubha ham qilolmay qoladi inson...
Xullas, atrofni kuzating insonlar va barcha tirik jonlarni kuzating har birida mayli farosat bo'lmasin lekin, insondanda mehribon jonzotlar bisyor shu bilan birga hayvondan ham battar insonlar ham...
Tafakkur qilamiz.Bu dunyo shunchaki yaralgan bir yadroid yerga tushganligi sababli deydiganlar, tog'larga qarang jamiyki tirik jonlarga qarang bir o'ylab ko'ringchi usha yadroviy toshni tashlagan Zotni qilgan, yaratgan ne'matlari qanchalar go'zal qanchalar mukammal.Inson zoti bir toshni ko'tarar amallab hop lekin tog'larini kim ushlab turibdi hozir nega ular siljimay bir joyda turishibdi shuni ham hisobga olib ko'ringchi zora foyda berar...
Bu dunyo shunchaki yaralgan o'lamiz ketamiz hech bir qilgan amallarimiz so'roqqa tutilmaymiz deyish o'zi eng og'ir gunoh va eng farosatsizlarcha beriladigan savoldir.
#thoughts
With respect❣
@inner_book
#note of the day
Человек который не контролируют свои эмоции не может контролировать свои жизнь🔥
Ilohiy adolat
Har doim bir osiy banda bo'lib har soniyada Allohni adolatiga lol qolmasdan Subhanallah Ya Robbim demasdan iloji yo'q.Men buni aqlimni tanibmanki, har vaqt his qilaman.
Yoshligimda hamon esimda dadam maktabga ketayotganimda menga pul berdi maktabda ishlatasan deb rossa shamol edi adashmasam kuz edi shu kuni pulimni yarmini ishlatdim yarmini ertasi kuni ishlataman deb asrab qo'ydim.Uyga keldim shamolda keyin pulimni solgan joyimni qarasam yo'q o'zi asrab-avaylab saqlagan pulim yo'q yig'lagim kelib ketdi va ko'chaga chiqdim yo'llarni rossa qidirib keldim topolmadim(o'zi unaqa katta pul ham emasdi😅)Uyga ko'chalarni bir daydib keldim keyin ayamga aytdim ha qo'yaver boshqa beraman dedi lekin, ko'ngil joyiga tushmadi(rossa minqi va siqilma qiz bo'lgan ekanman o'ylab qarasam🥸)Ertalab ko'chaga chiqsam eshigimizni tagida men ushlayevrib-ushlayverib buklab majag'lab tashlagan pulim turibdi hursand bo'lib ketdim rossa ham.
Xullas, halol narsa hech ham kim ogirlab ketgan yoki qayerda tushirib qoldirilgan bo'lishidan qat'iy nazar qaytib kelishini va undan havotir olmaslik kerakligini keyinroq tushunib yetganman.Sizga yozilgani hech ham adashib boshqasi tamon ketmaydi chunki, uni buyuk zot yozgan va o'zi kuzatib turibdi ham bu holatni.
Ba'zan insonlarni senga nisbatan qilgan munosabati ham xuddi shu holatga o'xshab ketadi.Misol uchun: bundan bir necha haftalar oldin meni qaysidir ma'noda noxaq ayblab chiqib ketgan bir o'quvchini aynan o'zi yonimga yana qaysidir ma'noda bosh egib o'qitishimni so'rab kelishyu, butun sinfda mendan zo'ri yo'q men zo'r o'qiyman degan birini o'qishga juda past ball olib kirolmasligiyu yoki o'zing tengilar bilan yursang bo'lmaydi degan bir boy qizning o'z shaxsiy oilasini qurganida o'zi hattoki o'sha tenglik deb jar solayotgan moliyaviy tenglik tushunchasini tushunmay qolishi, hammani go'zalligi tufayli bir tiyinga olmagan bir qiz juda yomon ahvolga tushib qolishi va yana boshqa misollar keltirishim mumkin.
Kecha sizni bir puli, boyligi, otasining mavqei yoki otasi otasini puliga yashayotgan bo'lsa ham nabirasini kekayishi, go'zalligi yoki kiyib olgan kiyimi bilan sizni mensimasligi qaysidir ma'noda dilingizni og'ritgandir.Lekin, ishoning ular aynan sizni holatingizga tushmagunigacha bu dunyoni tark etishmaydi.Shaxsan meni hayotimda uchragan yoki uchrayotgan bunday insonlar*ning deyarli hammasini hayoti bir kunda boshqa holatga almashib qolganini guvohi bo'ldim.
Ular sizga shunday imkon beradiki ularni o'zlari hattoki bu haqida o'ylab ham ko'rishmagan.Bu - sizning duolaringiz ularni deb qabul bo'lishi ya'ni mazlumning duosi.Albatta, biz ularga hech ham adolat istab qo'llarimizni duoga ochmaymiz chunki, Robbimiz o'zi ularga qanday tavfiq va insof berishni juda yaxshi bilguvchi zotdir.Ularni bu holatga tushishiga ham o'zlari aybdor lekin, sizga kimdir sizni mensimasdan gapirishni boshladimi siz ham unga 10x shunday munosabat qilishingiz mumkin yoki shunchaki tark eting chunki, ular teng kelib nima ham qilasiz shunchaki vaqtdan yutqazishdan boshqa.Ammo, hech qachon bir insonni mavqeyi yoki boyligi uchun unga paxtalar qo'ymang iltimos!
Nimayiki bo'lsa Allohga ayting unga iltijo qiling, duo qiling har holatda ham siz yutqazmaysiz garchi U zot hammasidan xabardor bo'lsa ham siz o'zingiz dardingizni Undan boshqa insonga aytib bunchalik xotirjam bo'lolmaysiz.
Kibrlanmang, maqtanmang, o'zingizdan ketib qolmang!
Qarshingdagi inson siz bilmagan bir narsani biladi deb o'ylab u bilan muloqot qiling bu - 10 qoida
12- rules of life kitobidan.
P/s: uzun post yozmay qo'ygandimda uzr toshib ketdim😂
With respect❣
@inner_book
Barcha gullar gulayversin, gulayversin va yana gulayversin🥰
Aslo urush bo'lmasin!
#photography
#Ramazan
Saharlikdan to iftorlikkacha bo'lgan paytidagi sabr, iftorlikdagi quvonchu undan keyingi hech narsa istamaydigan nafs hamma-hammasi bu dunyoda mehmon ekanligimizga har soniyada da'vat etadi...
Islomiy xulqga ega bo'lish
Ulamolar aytadi mana shu 4 ta hadis islomiy xulqlarni o'zida jamlagan.4 dona hadis, kim mana shu hadislarga amal qilsa islomiy xulq egasiman desa hech adashmaydi.
1- O'ziga yaxshi ko'rgan narsasini birodariga ravo ko'rmagunigacha kishi iymonli bo'lmaydi (demak bu qalbni ishi)
2 - G'azablanma Jannat seniki bo'ladi.
3- Kim Allohga va Qiyomat kuniga iymon keltirgan bo'lsa, foydali gapirsin yoki jim tursin.
4- Kishi unga daxli bo'lmagan ishlarga aralashmayotganligi, unga aloqasi bo'lmagan gaplarni gapirmayotganligi - islomini naqadar go'zalligidandur.
©manba ma'ruza Abdulloh domla
With respect❣
@inner_book
#tafakkur
Bir benihoya chiroyli yosh qiz ko'rinishidan ham yaxshi qizga o'xshaydi.Ammo, yaqinroq avtobusda birga o'tirgan edim telefonda shunaqa yomon gaplar bilan biri bilan gaplashdi...
Shunda tushunib yetdimki, go'zallik dunyoni faqat bir marotaba qutqaroladi undan keyingi qadamlarda baxtli bo'lish uchun go'zal xulq juda zarur...
Xatto, biri u darajada go'zal xusnli bo'lmasa ham uning go'zal xulqi va ilmi bir oilani chin ma'noda "oila" qilolishi turgan gap(agar uni shu holatini qadrlaydigan inson bilan bo'lsa albatta).
P.s tashqi ko'rinish ham juda muhim ro'l o'ynaydi qachonki go'zal xulq bilan uyg'unlashsa hayotda chunki, men notanish kimnidir bilan uchrashsam birinchi bo'lib uni tashqi qiyofasini ko'raman uni ichki dunyosini emas.
With respect❣
@inner_book