Rostini ayting sizga ham yoshligingizdan beri "hali uylansang nima qilar ekansan aa meni unutvorsang yoki kechvorsang kerak a" o'g'lim deyishganku?
Yoki:
"Qani, qani ayangni ro'molini tashlab kelin salom qilchi" deb hali 1 yosh bo'lmasingizdan o'rgatishganku aa?
Har bir qizga kun kelib kelin bo'ladigan, xizmat qiladigan bir buyum va kimningdir o'g'lini o'ziniki qilib oladigan deb qarashdan ko'ra, unga ham shaxs, jamiyatning eng muhim qismi sifatida qarash kerak unda ham orzu, maqsadlar bor....
#new book
O'qiganlar bormi?
P/s: singlimga maktabdan beribdi qandaydir mini zakovatda yaxshi qatnashgani uchun🔥
Ma'lumot uchun: biz Iqbol Mirzo tugatgan maktabda o'qiganmiz😂
Har narsani oxiri bor ekanligini tushunib yetishimiz uchun ham bizga Ramazon oyi kerak...
Keyingi Ramazonga eson-omon, tinchlik-totuvlikda yetib borish nasib qilsin hammamizga✨🤲
Tibbiyot rivojlanmagan mamlakatda "dorixona" biznesi, ta'lim ravnaq topmagan mamlakatda esa "o'quv markaz" biznesi juda katta foyda olar ekan...
Shunchaki, no comment.
You tubeda men obuna bo'lgan va foydali deb bilan kanallar ro'yxati bilan tanishamiz unda boshladik:
O'zbek, rus va ko'pi ingliz tilidagi kanallar:
https://youtube.com/c/DAVRONBEKTURDIEV
https://youtube.com/c/Clarkdanger
https://youtube.com/c/TeacherVanessa
https://youtube.com/c/LifeWhereImFrom
https://youtube.com/c/NasDaily
https://youtube.com/c/OneMinuteBookReview
https://youtube.com/user/TEDxTalks
https://youtube.com/c/CNBCtelevision
https://youtube.com/c/rachelsenglish
https://youtube.com/c/DeepDivewithAliAbdaal
https://youtube.com/c/YaqeenInstituteforIslamicResearch
https://youtube.com/c/Radiolabpod
https://youtube.com/c/Alohidamavzu
https://youtube.com/c/IkromSharif
https://youtube.com/c/Ieltsadvantage
https://youtube.com/channel/UCWzPVUTbhMcYJn64fuW4Qng
https://youtube.com/c/SUBYEKTIV
https://youtube.com/c/RealLifeEnglish1
https://youtube.com/c/ABCEducation
https://youtube.com/c/HaylsWorld
https://youtube.com/c/AbdukarimMirzayev2002
https://youtube.com/c/BBCNews
https://youtube.com/c/Portalislomuz
https://youtube.com/c/JaehanKim66
https://youtube.com/c/RealRussianClubchannel
https://youtube.com/c/AzonTVuz
https://youtube.com/c/IELTSEnergyTV
https://youtube.com/c/MFaktoruz
https://youtube.com/c/TeacherAzam
https://youtube.com/c/PaolofromTOKYO
https://youtube.com/c/MrOtabekTV
https://youtube.com/c/deemd
https://youtube.com/c/xaymayli
https://youtube.com/c/linguamarina
https://youtube.com/channel/UCiLz9Dbe4NEIu5OCy0WA1sg
https://youtube.com/c/accentsway
https://youtube.com/c/LearnEnglishWithTVSeries
With respect❣
@inner_book
Kitobda zo'r narsa o'qib qoldim unda shunday yozilgan:
Xaqiqiy erkinlik bu - bo'sh qolish yoki hech narsa qilmaslik emas aksincha bu - zerikish.
P/s: ma'lumot o'rnida hozir hech qanday kitob o'qimayapman.
#thoughts
Millionni konserti 4 kunda 10 mln martta ko'rilibdi.Nima ham derdik shunchaki no comment.Shaxsan men ham ko'rdim chunki, atrofimdagilar, ko'chadagilar, kursdoshlar, sinfdoshlar, taksidagilar xullas hamma millionni ko'rdingmi zo'r chiqibdiyu deb ezvorishdi.Qanday qilib shuncha odamni iliq fikriga ega bo'lish mumkin ekan deb adolatli tanqid qilish uchun ham ko'rib chiqdim.
Va butun konsert davomida 1 martta kuldim endi o'zingiz o'ylab ko'ring boshqa joylarida sof yumorni ko'rmadim.To'g'ri, men san'atkor yoki yumorist emasman har xolda qayerda kulish kerakligini biladigan oddiy tomoshabinman xalos.Bachkana narsalarga insonlar shu darajada qiziqishiniyu, ilm-bilimni qadri yo'qligiga yana bir bora guvoh bo'ldim.
Oxiri baxayr bo'lsin🤲
With respect❣
@inner_book
Ayolni joni temirdan emas!!!
Aksincha, ayol hardoim suyanish uchun bir insonga muhtoj bo'ladigan asli insonni qovurg'asidan yaratilgan juda nozik xilqat.
Juda ajoyib klip va musiqa bo'libdi sizga oddiy tuyilishi mumkin ammo, jamiyatda bunday nonko'r erkaklar bisyor ba'zan ularga "erkak" degan nom ham uvol.
Hammaga videoni ko'rishni maslahat beraman xoh siz kelajakdagi oila boshi yoki ayol bo'lmang bu mavzu juda nozik siz ikkingizni ham bunday nosog'lom jamiyat yaratilishiga yordam berishingizga xaqqingiz yo'q.
Ayol sabr timsoli bo'lishi aniq bunga hech ham shubham yo'q ammo, bunday ayol xo'rlanishiga ham mutlaqo munosib emas.
@inner_book
Hozir birovdan bu nima buni qanday qildingiz deb so'raydigan zamon emasligiga yana bir bor amin bo'ldim.Instagramda bir bloger story qo'yibdi, juda antiqa chiroyli qilib bezatib joylabdi keyin, men undan shuni qanday qiladi deb so'ramoqchi bo'ldim lekin, ichimdan you tubedan bir izlab ko'r degan ovoz keldi va qidirib ko'rdim.Son mingga yaqin darslar kelib chiqdi va men tezda o'rganib oldim keyin esa sinab ko'rdim usha qiznikidaqangi chiqdi💃
Xullas, amerikada hechkim begona bir insonga vaqtini va energiyasini sarflamas ekan.Siz ham vaqtingizni birov uchun uning ishi bitishi uchun sarflamang bizda "o'zbekchilik" deb hamma o'z ma'suliyatini va hayotini izdan chiqarib yuborgan afsuski.
Tarmoqlarda har qanday ma'lumotni topish mumkin faqat ingliz tili bilan.Til o'rganib xohlagan narsangizni uydan o'rganishingiz mumkin.
#insights from day
📌Ko'p ovqat yeyish kerak emas uning o'rniga sog'lom ovqatlanish kerak kam-kamdan tez-tez.Mana hozir ham umuman ovqat yemasdan yuribmizku vahima qilmang!
📌8 soatdan ko'p uxlash ham shunchaki vaqtni havoga sovurishdek gap lekin, me'yordan kam uxlash juda katta muammolarga sabab bo'ladi albatta yoshlikda emas bir kun kelib.
📌Iftor time deb instagram storyni tindirmaganlarga katta raxmat riyokorliklaringni cheki yo'q.
📌Shuncha payt juda ko'p gapirdim biron foydaga erishmadim lekin, bir martta jim turdim sog'lig'imga ayniqsa asablarimga qancha foydali ekanligini tushinib yetdim.Kam gapiramiz.
📌Hissiyotlarni boshqarolmaslik hayotingizni boshqarolmaslik bilan barobar.Asabiylashmimiz.
📌Hayotimizdan kimdir ketadi kimdir keladi hatto ba'zilari butunlayga inson juda ko'nikuvchan u borib-borib bariga ko'nikoladi va unutoladi.Allohim hech kimsaga o'zi ko'tarolmaydi yukni bermaydi shuning uchun yana vahima qilmanglar.
📌Meni eng yaxshi tushunadiganlarim: Allohim, o'zim, o'zim, o'zim va yostig'im(ko'z yoshlarimni hech ham hechkimga ko'rsatmaydi eng yaxshi do'stim ☁️)
📌Hech kimni hayotiga havas qilma!
Vaqt hammasini ko'rsatadi.Umid qilaveramiz, duo qilaveramiz...
With respect❣
@inner_book
#note for myself
Hamma ayb va dangasaligimga har doim shaytonni aybdor qilib yurgan menga, aslida hammasiga mening nafsim va uni boshqarolmagan men aybdor va gunohkor ekanligimni tan olish juda qiyin kechayapti...
#no self-esteem
Insonda o'ziga ishonchi bo'lishi juda muhim degan videolarni ko'p tarmoqlarda ko'rganman lekin, menda qandaydir bilim yoki tajriba bo'lmasa o'zimga ishonolmayman nima bo'lishini shunchaki Allohga tavakkul qilaman shunga bo'lsa kerak biron marotaba nimadir sodir bo'lishidan oldin "o'zimga ishonaman" deb aytolmaganman chunki, meni ishonchim Allohni menga yozgan taqdirini oldida nima ham qilolardi...
Izlash - Mehmet Yildiz
Bu hayotiy voqealarga asoslangan kichkina hikoya meni juda qattiq ta'sirlantirdi.Kitobni 2 kunda o'qib tugatdim kitob Mehmet ismli bir bolaning hayotiga bag'ishlangan.
Mehmet hech ham hayotidan huzur topolmaydigan yoshi 14-15 yoshli bir bola bo'ladi.Ichkilikboz otasining dastidan hech ham tinchlik bo'lmagan uyida suyanadigan yagona insoni bo'lgan onasini mast otasi tomonidan ko'z o'ngida qonga belanib vafot etishi uni yetimlikdagi ilk qadamiga va hayotini barbod bo'lishiga sabab bo'ladi.
Shu tariqa Mehmet butkul ko'cha bolasiga aylanadi yomon odamlarga qo'shilib qoladi o'g'irliklar, yomon ishlar, kayfu-safoga berilib bir tartibsiz hayot kechirayotgan payti uning hayotiga quyoshdek nur bo'lib bir o'qituvchi kirib keladi va Mehmetni hatto o'zi tanimaydigan darajadagi chin musulmon qilib tarbiyalaydi.
Men oxirida bir begona o'qituvchi bir bolani qayg'urishini ko'rib ham yig'lab yubordim.
Mehmetni hikoyasi hammamizga o'rnak bo'loladi bundan tashqari Fotima ustoz kabi o'qituvchi bo'lishni niyat qilishimiz kerak deb o'ylayman. Hayotda har kimni faqat diniy ilm orqali bir yaxshi insonga o'zgartirish mumkin ekanligini yana bir bora guvohi bo'ldim.Allohga oson✨🤲
P/s: ishoning har birimizning hayotimizga o'zini to'g'ri yo'lini ko'rsatish uchun Alloh bir sababchi bandasini bizga ro'paro qiladi...
#book_review
#highly_recommend
With respect❣
@inner_book
Dear Allah,
I just want to say Thank you,
Thank you for everything that you do for me❤️
For waking me up every single day,
So that I can do a better version of myself .
I sometimes forgot about you & you continue to bless me🤍
©
#reading
hozirgi mutolaam anchagina tushunish qiyin juda sekin o'qiyapman, tushunmagan joyimni qayta-qayta o'qisam ham kam men uchun📌
P/s: kaktuslar ham gullaydi kitobi umuman yoqmadi shuning uchun chopvordim faqat "siqilma" ko'rinishida yozilgan ekan afsuski internetda juda mashxur bo'lib ketgan ekan afsus 🤦♀...
#thoughts
Ming nima qilsa ham nima kamchiliklari bo'lsa ham qishlog'imni hech qayerga almashmayman chunki, bu yer mening uyim har qachon uyim deb keladigan, xotiralarim ko'milgan uyim deb eslaydigan uyim seni hatto Nyu Yorkning eng ko'hna mahallasiga ham almashmayman uyim bu mening o'z uyim.
#note for myself
Bir paytlar men ham tinmay telegram accountim uchun rasm izlar edim.To'g'risini aytsam, umuman foydasiz narsa...
Vaqtni qadrlashdan uzoqlashtiradi!
Nima uchun aytolmaymiz?
Ko'pchilikda bo'lgani kabi shaxsan menda ham yaqinlarimga ya'ni ota-onamga, opa-singillarimga ularni qanchalar yaxshi ko'rishimni, ular meni hayotim ma'zmunlari ekanligini aytolmayman qandaydir uyalaman.
Xullas, qancha harkat qilmay ochiq oydin bu narsani ularga ifodalay olmayman.Shuning uchun, ham o'tgan kunlari shu tortinishni yengish uchun bir nimalarni qidirib ko'rdim.Shu o'rganishlarimni hozir sizlar bilan bo'lishmoqchiman.
Nega farzand ota-onasini yaxshi ko'rishinini aytolmaydi?
Buning sababi: ota-onalarga borib taqalar ekan ya'ni ota-ona ham bolasiga yoshligida balki hozirgacha farzandini qanchalar yaxshi ko'rishini aytmasligi bolani ham o'z hissiyotlarini va ichki kechinmalarini ota-onasiga aytolmasligiga sabab bo'lar ekan.
Ya'ni bu yerda bolaning quloqlari bunday gap so'zlarga o'rganmagan.Agar u bunga moslashgan bo'lganida u buni aytaolgan bo'lardi ekan.Xullas, qancha ko'p eshitsa, shuncha ko'p qaytarib sizga ham farzand izhor qiladi.
Xuddiki, umuman nomahram insonlar bilan suhbat qurmagan bir qizga dab durstdan seni yoqtiraman deyish bilan bir xil.Shunda u qiz makkilab qoladi ammo,bu yoqda 99 ta bolalar bilan gaplashgan qizga xuddi shu gapni aytsa u ham shunday javob qaytarishi tabiiy holat.Chunki uni quloqlari bunga allaqachon moslashgan va bu unga yangilik emas.
Eng qizig'i ayb menda emas ekan😁
With respect❣
@inner_book
O'zbek xalqida hali mutolaa odati sal bo'lsa ham shakllanmaganini qayerda yo'q turk yozuvchilarining "oldi qochdi, ketsam kelma, uzoqlardan sevdik bla, bla" kitoblarini ko'p trendga chiqarib yuborayotganidan ham bilishimiz mumkin.
Читать полностью…#note for myself
"Qachon" degan savolimning javobi bu yurtda emasligiga amin bo'ldim✈️...
#note for myself
Qiz bolaning hayosidan ko'ra o'g'il bolaning hayosi juda chiroyli bo'lishiga yana bir bor bugun guvoh bo'ldim. Mashallah🤍
Qiz bola o'zi hayodan, iffatdan iborat ammo, eng go'zali bir yigitni hayosi ekan.
Qachongacha...
Yo'lda taksida kelayotgandim uzoqdan YPX xodimi ko'rindi shunda haydovchi tezda xavfsizlik kamarini qidirib qoldi.
Shu holatga hammamiz ham juda ko'p marotaba guvoh bo'lganmiz.Men bu holatga umuman tushunmayman!
Bizni har doim kimdir tepamizga kelib olib nazorat qilib turishi kerakmi?
Har doim shunday bo'ladi qachon bu o'zbek xalqi o'zgararkin qachon dunyo qarashimiz o'zgaradi?
- qachon o'zimizni hayotimiz faqat o'zimiz uchun zarur ekanligini tushinib yetishadi?
- qachon mahalladagi g'iybatchi xolalarni chaynab o'tirgan gap so'zlaridan qo'rqib yashaymiz?
- qachon o'zimizni qarorlarimiz va maqsadlarimiz bizni atrofimizdagilarnikidan ustunroq bo'ladi?
- qachongacha 80 ga kirgan bo'lishsa ham ko'chaga axlat tashlashdan uyalishmaydi?
- qachon hamma o'z hayotida yashaydi?
- qachongacha ilm, kitob, kelajak uchun pul tikishdan ko'ra qimmat kiyimlar va taqinchoqlar sotib olamiz?
- qachongacha dang'illama to'y qilaman deb yillab ishlagan pullarini 1 kunda havoga sovurishadi?
- qachonacha musulmon mamlakat bola turib chin musulmon qilishi kerak bo'lgan amallarga to'siqlar bo'ladi?
Qachon va qachongacha?
Bunday sterotiplarni kechgacha sanab berishim mumkin hayot sizniki o'zingni uchun yashashni o'rganing!
With respect❣
@inner_book
#note for myself
Hazillashdim yoki hazil degan so'z bilan tugagan suhbatni turgan bitgani aslida haqiqat bo'ladi.
@inner_book
#photography
Home📍
Uyimiz yaqinidagi dalamiz #krasnagorsk bo'lib ketibdiyu😍
P/s: rasmni singlim olgan har doim u haqida ham biron nima yozishimni xohlaydi xuddi men katta blogerdek😁
Xullas yaxshi qiz 13 yosh hozir ingliz tili, arab tili, matematikani qattiq o'qiyapti kelajakda kim bo'lishini bilmaydi men uni diplomat bo'lishini va chet elda o'qishni juda xohlayman nasib🤲
Bilsang bilarsan qanaqa yaxshi opaligimni😂
#thoughts
Zino qilmaslik bu - juda katta qahramonlik chunki, biz zino deya malomat qilinmaydigan zamonda yashayapmiz.Agar siz o'zingizni halol va pok saqlayotgan bo'lsangiz sizni zamonamizning qahramonlari bo'lganingiz bilan chin qalbdan tabriklayman...
"Zindonlarning eng yomoni - axloqi va axloqi mos kelmaydigan insonlarning bir joyda yashashidir".
- Hazrati Umar
#iqtibos
Hamma faqat o'zining dardga chalinganini o'ylaydigan bu dunyoda hamdarding bo'lishi ne'matdir.
"Izlash" kitobidan