-qalbi toza emas ekan a?
-nega, qalblarni o'lchovchi tarozingiz bormi?!
(Qo'ying, qalblarni asl egasining ixtiyoriga!)
Majbursan qo'shning to'y qilayotgan bo'lsa bir-biridan "ma'noli" qo'shiqlarni 07:00 dan 22:00 gacha ikki kun eshitishga majbursan undan keyin esa, kamida 3 kun boshing og'rib yurishiga ham tayyor tur!
Читать полностью…#note for myself
Shuni tushunib yetdimki, agar qalb qalbni tanisa, qalb qalbga oshno bo'lsa, uning egalari hech qachon bir-birlaridan ko'ngillari sovumaydi, mehr qochmaydi bu dunyo tashvishlari, matohlari ularni qiziqtirmaydi, masofa va ko'rinish umuman ro'l o'ynamaydi.
@inner_book
#thoughts
Qo'shnimiz bor turmush o'rtog'i vafot qilganiga ancha bo'lgan 8 ta farzandlari bor biznikiga ko'p chiqadi hoji ona ayam bilan gaplashgani uyda zerikaman deydi har chiqqanda yuragim g'alati bo'ladi inson 8 ta farzand ko'pdan-ko'p nabiralari bo'lsa ham yolg'iz katta hovlida o'zi yashashi qaysidir ma'noda hech kimga keragi yo'q bo'lishi ham mumkinmi deyman?!
Uni yagona o'g'li bor u eng ko'p kutgan, hammadan ham ko'p umid qilgan ota-onasini eng ko'p erkatoyi bo'lgan yoshi katta uni ham lekin, u boshqa uyda turadi bir mahallada lekin onasidan uzoqroqda o'z oilasi bilan ona esa bizni ko'chada ovqati issiqmi, sovuqmi, qayerda, nima qilayapti hech kimni ishi yo'q.Ba'zan xola ayamga qandaydir boshqacha tuyg'u bilan "eh o'g'lim yo'q deb hech xafa bo'lmang, o'g'il shu bo'lsa" deydi shu darajaga kelgan ahvol.
Qarilikdagi yolg'izlik juda achinarli bo'lsa kerak chunki, sen aynan kuchdan qolganingda kimdirgadir juda ehtiyoj sezasan menimcha yana yosh bolaga aylanasan ko'ngling juda nozik bo'ladi.
Bugun yana ayam aytib qoldi, bir huvillagan qorong'u hovlida 3 o'g'ili bir qizi bo'lsa ham ikki qariganda hech kimga keragi bo'lmay bir shirin so'zga mo'ltirab turadigan ota-ona yashaydi deb.O'g'lilarini barchasi u hovlidan boshqa bo'lib chiqib ketishgan, yaxshi to'kin hayotda yashashadi bu yerda ularga butun umrlarini baxsh qilgan norasiyda ota-ona nima yeb, nima ichib qayerda yotganini bilmaydi.Ular hattoki, usha hovlini o'z nomlariga o'tqazib olib ham shu uyda yashaydigan insonlardan tayinli darak olishmaydikan.Qizim kelib turibdi baraka topsin o'g'illarim esa sizning uyingizda yaxshi sharoit yo'q deb kelishmaydi deydi mushtipar ona...
Aslida ikki tamonni eshitmasdan xulosa chiqarishdan oson ish yo'q.Biroq, hozirgi ikki holatda ham men mutlaqo ota-onalarni har bir fikrlarni qo'llab-quvvatlayman.Undaymasda endi odamlar sizni onangiz dunyoga keltirgan jon halak bo'lib, qishni qish demay, yozni issiq demay ishlagan otangiz, sizni shu holatingizga keltirgan eng aziz insonlaringiz uchun beradigan minnatdorchilingiz shu bo'ldimi?!
Qanday qilib bunday qilish mumkin? Qanday qilib o'z menligini siz uchun unutgan ota-onangizni bu darajada sizga ayni ko'z tikkan payti xo'rlab ketishingiz mumkin?! Bunda albatta o'g'illarni boshini gangitgan qo'sh tirnoq ichidagi kaltafahm kelinlar ham aybdor chunki, "ayol bo'yin, er bosh, bo'yin qayerga qarasa bosh ham o'sha yerda bo'ladi".
Bir oilaga uyerdagi tinchlikka raxna solish uchun kelmagansiz, sizni ne-ne orzular bilan kelin qilgan insonlarga ozgina mehr ko'rsatsangiz o'lib qolasizmi, injiqliklariga ozgina chidab tursangiz biron joyingiz kamayadimi?!O'zi ular g'animat bir jon bo'lishsa, sizni ijozatingizsiz ham bir kun bu dunyodan ketishadiku axir! Qanchalar razil va insofsiz ekanligingizni bilsangiz edi hattoki, siz ham o'zingizdan nafratlanar edingiz.
Unutmang, qizmi o'g'il bari farzand ekan ularni har biri ota-onasiga g'amxo'rlik qilishi, roziligini, duosini olishi shart va bu ularni ham farzi ham qarzi ham majburiyati!!!
Sizni yoshligingizdan hech bir maloliyatlarsiz sizga qarashgani, borlarini berishganini nahotki, shunchalar tez unutdingiz a?!
Hammasi ilmsizlikdan...
Ular ota-ona kimnikiligini nima ahamiyati bor siznikimi, unikimi xurmat qiling iltimos!
Robbim o'zi har bir bandasiga insof, iymon, tavfiq, vijdon va farosat bersin🤲
@inner_book
#recommended
Iloji boricha har doim biron uy ishlarini qilishim davomida bir podkast yoki shunday videolarni qo'yib eshitib ishimni qilaman deyarli bu odatimsiz bir nima kamdek tuyiladi.Uxlashimdan oldin ham, idish yuvsam ham, ko'chada ham uyda ham shunday vidoelar qulog'imda yangraydi.Xudoga shukur hozirga kelib o'zbek you tubei ancha yaxshi bo'lib qoldi foydali podcastlar, loyihalar ko'p.Bu videoni esa hamma qismini deyarli ko'rib bo'ldim.
•hamma documentarylarni shu yerda ko'raman:
https://youtube.com/c/DWDocumentary
@inner_book
#note for myself
Bilmasmiding, azal-azaldan bu dunyo haqiqatni ko'tarolmaydi va uni aytganlarni ham chetga surishadi...
@inner_book
Paxta - bu mavsumiy bir hosil, har bir suhbatda qistirilib o'tib ketiladigan narsa emas dehqonlar*!
@inner_book
#capital
Oldin Sobiq ittifoq davrida unga mustamlaka bo'lgan hozirgi mustaqil mamlakatlarga menimcha o'shanda faqat poytaxtga ko'proq e'tibor berish kerak degan mafkura singdirilgan va bu hozir ham aynan o'sha 15 ta mamlakatlarda o'z ta'sirini ko'rsatmoqda.Misol uchun, O'zbekiston agar meni chet ellik do'stim kelsa Toshkentdan boshqa joyga olib borolmayman tarixiy viloyatlar umuman boshqa mavzu.Rossiyaning o'zida ham eng turistlar uchun yaxshi shaxar bu Moskva nari borsa Piter ekanligi hammaga ayon.
Endi Yevropaga qarasak, ularda har bir mamlakatning viloyat merlari o'z shaxariga, provinsiyasiga alohida bir mamlakatday qaraydi, shuning uchun ham Amerikaning 50 shtatining deyarli barchasida turizm rivojlangan hattoki, poytaxtdan ham yaxshiroq desam ham bo'ladi.Bundan tashqari agar siz Fransiyaning istalgan bir shaxriga borib "Men Fransiyadamanmi?" degan savol bersangiz provinsiya aholisi "Yo'q siz Paris shaxridasiz" deyishar ekan demak shu darajada.
Bizda esa faqat bor mablag' poytaxtga yo'naltiriladi.Toshkentda chinorlar ham chiroqlar bilan o'ralgan, qishloqda kecha mahallamizda bir ayol shomdan keyin ko'chaga dorixonaga chiqqandi yo'llarda maxsus chiroqlar, piyodalar yo'li, to'siqlar bo'lmagani uchun mashina urib ketib vafot etdi.Bizda shunaqa, qishloq bolalari ko'chada shisha idishni tepib loy o'ynab kichik bir mahallani chetiga o'yingoh qurilishini orzu qilishadi, shaxarda esa to'rt tomoning qibla Magic city deysanmi, Toshkent citymi, Anhor hammasi shu yerda.
Bu yerda bir chelak suv uchun kilometrlarni bosib o'tadigan oilalar bor ya'ni bizga kim qo'yibdi ashula aytadigan fontanlarni poytaxtga o'rnatishni.To'g'ri, bular ham kerak axir Toshkentga kelgan turist O'zbekistonning hamma joyida shunday sharoit degan fikr bilan ketishi kerakku a?!
Yaxshi universitetda o'qish, o'quv markazda so'ngi kasblarni o'rganish, biron ilmiy ish qilish uchun ham poytaxtga borish kerak to'g'risida, viloyatingda hattoki tishga bosgiday kitob do'koni yo'qku! Poytaxtga borganingdan keyin qarindoshing bo'lsa hop omadlisan agar yetim bo'lsang qonuniy ijaraga olish va berish shartnomasi bo'lmagani uchun anchaga tushirib ketishlariga ham tayyor bo'l!!!
Albatta oddiy bir 19 yoshli fuqaroning farosati yetadigan narsalarga ularniki yetmaydi deysizmi, yetadi biroq, ular hozir kursida o'tirganida soqqasini bosib to'y qilib, Munisani 10,000$ ga to'yiga chaqirib olishi kerak.Davlatni puli degan narsani o'zi yo'q u xalqni soliqlaridan, qishloqdagilarni ekkan paxtasidan olingan pul trilionlab yeb yuborishayotgan pullari bizni pullar aslida faqat ular mazza qilib yashashyapti shu pullarga!!!
Yashasin musaffo osmon...
@inner_book
#humor
Men bilan opam taksida vodiyga qaytish niyatida mashinada o'tirgandik yana bir qiz ham kelishi kerak deb aytishdi u qiz keldi, eshikni ochdi orqada opam ikkovimiz o'tirgan edik u hayrat bilan:
- Iyi, ikkovlaring ham hijobdamisizlar deb bir g'alati qarab qo'ydi o'zi qo'shni qishloqdan ekan.
Meni ichim:
- Ha.Biz hijobdamiz endi sizni o'g'irlab, portlatib yuboramiz🤣🔥
Opam: Ha, keling o'tiring tamom)))
Tavba qildim shunaqasi ham bo'larkanda aa....
Men uchun eng qiyin tillar:
Rus-tili - Grammatikasi qiyin🤦♀
Arab-tili - talaffuzini hech o'xshatolmayman🙆♀
Xitoy-tili - harflarning yo'qligi katta muammo🤣
P/s: oson narsani o'zi yo'q hammaga sabr va uzoq mehnat tilab qolaman.
Qalbing taskin topgan joyga bor deyishdi,
So'ngra, men faqat senga keldim Ya Robbim...
Shu yerda qalbim huzur topadi shundagina bu foniy dunyo meni ortiq ranjitolmaydi✨
Haqiqiy maqtov hammaga yoqadi deymizu lekin, kimdir bizni maqtasa "ha yog'a ja unchalikmasdir, e oshirvoryapsiz" deymiz bu yerda mantiq qani?!
Agar kimdir sizni biror qilgan ishingiz uchun sof maqtov aytsa hech ham hijolatsiz "raxmat" deng o'zi ham karaxt bo'lib qoladi.Chunki, hamma maqtovga arziydigan ish qilgan inson maqtovni to'g'ri qabul qilish huquqiga va ikkiyuzlamachilik qilmaslikka ega!
Biz biron qo'ygan kichik maqsadimizga erisholmasak, hayrlisi shu ekanda yoki taqdir deymiz.Ammo, yaxshi natijaga erishsak u hayrlimi yoki hayrsiz bu haqida o'ylab ham ko'rmaymiz yoki bizga berilgan har bir narsa hayrliligi berilmagani esa hayrsizligi kafolatlanganmi?! Shunga sal tushunmaymanda!
Читать полностью…#books
-Kitoblarni ham zararlilari bo'ladimi?
-Albatta bo'ladi.Kitoblar aynan hozirgi kunda juda ko'p shuning uchun ham ularni filtirlashni bilish kerak, kitob va muallif haqida taqrizlarni o'qish kerak ba'zan ko'p sotilgan kitoblardan ham jo'yali bir narsa olish qiyin bo'lishi mumkin aytganimdek "hamma o'qiyapti degani yaxshi kitob degani emas"
P/s: Bu kitobni esa umuman o'qishni maslahat bermayman o'zi "boy bo'l, milliarder bo'l" turkumidagi kitoblarga ko'p ham e'tibor bermaslik kerak menimcha o'zim 1,2 betini ancha oldin o'qib ko'rganman, tarjimani eshvorishkan va umuman tushunmaganman keyin bu kitobni hozir uydan kitoblarni taxlayotib topib oldim kim olib kelgani aniq opam uzr lekin hozir buni yoqib yuboraman opa😂
@inner_book
Shu yerdan boshlandi...
Aslida, hammasi shu yerda sodir bo'ldi fikrlashimdan tortib, maqsadlarimgacha ham shu oz muddatda umuman tub-tubidan o'zgarib ketdi.Eng yaxshi tanishlarni ham do'stlarni ham mana shu oromgohda uchratdim.Hamma deyarli bir xil fikrda edi yaxshi ta'lim hammamiz shu yo'lni bosib o'tishni istardik.Kitob o'qishga bo'lgan qiziqishim ham orzularim ham shu joyda yanada mavjlandi.Shunda tushinib yetdimki, atrofimizdagi insonlar bizga siz va biz o'ylagandanda ko'proq ta'sir ko'rsatoladi ya'ni muhit har doim muhim ekan.
Atiga 6 kun birga yurib, birga yashagan bo'lsakda bu umrimizni oxirigacha yetadigan saboqlarni, bilimlarni bergandek go'yo.Sen bilan bir xil fikrlaydigan, har doim o'z ustida ishlashgan tayyor bo'lgan, izlanuvchan yigit-qizlar bilan bo'lish bu bir boshqacha tuyg'u.Yoshlar ishlari agentligini ham oldiga qo'ygan maqsadi aynan shu edi.Butun respublikadan shunday yoshlarni birlashtirish va men ayatolamanki, ular o'z ishlarini juda a'lo darajada bajarolishdi ulardan ham cheksiz minnatdormiz!
Hozir har bir guruhdoshlarimiz o'zlarini oldiga qo'ygan maqsadlari ustida ishlash bilan band ba'zilar shu yerda ko'plar chet-elda ta'lim olishmoqda yana boshqalari esa surish dardida men ham😎
Do'stlaringizga, kim bilan birga vaqt o'tqazayotganingizga har doim diqqatli bo'ling 5 ta kitobxon bilan yursangiz 6-kitobsevar albatta siz bo'lasiz!
Xullas, har birlariga omad va muvaffaqiyat tilab qolaman!
Ibrat campga esa chiroyli xotiralar uchun raxmat❤️
@inner_book
Qizi o'qishga kantrakka kirsa, o'qitishga puli yo'q ekanu lekin, o'sha qizini 60 mln(minimum)sarflab dang'illatib uzatishga mablag'i bor ekan.
Men bu jamiyatni umrimni oxirigacha tushunolmasam kerak.
@inner_book
Hijob haqida umuman gapirishni xohlamaganman ya'ni u aslida qanday ko'rinishda bo'lishni nazarda tutayapman.Biroq, so'ngi kunlar atrofimdagi hijoblilar ham boshqa tomonga qarab ketayapti bu bilan meniki eng ideali deyish niyatim mutlaqo yo'q.Men shunchaki, aytmoqchimanki, kiyim do'konlaridagi sotuvchilar "bo'laveradi, sotib olavering buni Turkiyada ham hamma hijoblilar kiyib yuribdi yoki ayni hijoblilar uchun tikilgan" degan gaplariga quloq solib u tamon ketib qolmang o'z kiyinish stilingizni va modani ketidan quvishni bas qiling!
Siz hijoblisiz sizni hijobsiz bo'lgan biridan faqat boshingizdagi ro'molingiz farq qildirmasligi kerak unutmang!
Aynan, hop shim kiying agar boshqa iloji bo'lmasa lekin, siz xohlagan yo'nalishda emas yoki hamma qilayotgan yo'nalishda emas.Hamma hijoblilar shunday qilayapti degani ular to'g'ri yo'lda degani emasku!
1-rasmdagi bilan 2-rasmdagilar ham shim kiyishgan lekin, farqi juda katta!
@inner_book
Documentary ko'rishni juda yoqtiraman ayniqsa biz yashayotgan zamin haqidagilarini kecha birini ko'rdim 1 soat qanday o'tib ketganini bilmayman ham.Yer yuzidagi tabbiy ofatlar va bu vaziyatlarda tirik jonlar qanday qilib jon saqlashi haqida edi.Hattoki, yong'inlar ham o'sha sunamiy ofatlari ham qaysidir noyob mavjudotni, ildizni yaralishiga, qaysidir daraxtni gullashiga sabab bo'larkan.
Subhanallah, hammasi yaxshilikka nima bo'lsa ham xafa bo'lmang, hammasi o'tadi ketadi bilmay ham qolasiz hali.Sizning rizqingiz, ishingiz, bo'lajak turmush o'rtog'ingiz va o'limingiz ham allaqachon yozilib bo'lgan.Siz qiloladigan yagona narsalar diningizda, taqvoyingizda mustahkam bo'lish va har doim o'z ustingizda harakatda bo'lishingizdir!
@inner_book
#advice
Kimdir sizdan nega ro'mol o'rab yurasan, hijobdasan, saqoldasan deb so'rasa iloji boricha din, e'tiqod, taqvo haqida gapirmay qo'ya qoling chunki, ular bu narsalarni tushunishganda sizdan buni bezrayib so'rashmagan bo'lardi yoki boshidan tushuntirib bermoqchi bo'lsangiz tezda terrorist deb ham qo'ya qolishadi shunchaki:
- Men shunday kiyinsam o'zimni himoyalangan, comfort his qilaman.
deb qutiling, qo'ying...
@inner_book
#thoughts
Qishloqda kengchilikda katta bo'lganim uchunmi bilmayman, poytaxtga borsam siqmayman, tor ko'chalar, tor domlar, tor kvartiralar yuragim siqiladi uyda o'tirolmayman iloji boricha ko'chada yuraman, shunda qabr esimga tushadi u qanchalar tor a...
@inner_book
Ota
Ota qizning hayotidagi ilk qahramoni, ilk sevgisidir.Ota nafaqat qiz farzandning balki, shuningdek o'g'il bola uchun ham unutilmas ilk do'stidir.
Ota farzandining hayotida shu darajada katta ro'l o'ynashini yoshligimda dadam 1,2 kunga toqqa dam olgani ketgan kunidagi qo'rquvim isbotlagan.
Odatda akam yoki ukam yo'q bo'lgani uchun ham otam men uchun yagona qahramon bo'lib qolgan ya'ni men uchun jonini jabborga beroladigan hayotimdagi ilk insonim.Dadamni og'zidan juda kichikligimdan shu ikkta gap so'zni eshitib katta bo'lganmiz: "albatta men sizlarni o'qitaman hammangizni oliy ma'lumotli qilaman" va "agar kimdir bilan gaplashsang yoki shuni eshitsam mendan ko'radiganingni ko'rasan menga ortiqcha gap kerak emas" garchi U paytlari biz na o'qishni na kim bilan gaplashishni anglardik)
Shu gaplaridan ta'sirlanib ham qattiq o'qishga harakat qildik hozir opam ikkovimiz deyarli o'z yo'nalishimizni topganmiz ya'ni dadamni 50% maqsadi amalga oshgan. Dadam ko'pincha bizga uyimizga qandaydir ishchi kuchi kerak bo'lsa ko'chadan olib kelgan odamlarini misol qilib "o'qimasang shunday bo'lasan lekin, men seni bunday yashashingni, qiynalishingni xohlamayman" derdi.
Juda ko'pchilik dadamga "qiynalib o'qitib o'tirma qiz bolani erga berib qutilish kerak" deb aytardi lekin, dadam "ertaga nima bo'lishini faqat Alloh biladi bu ertangi kuniga noni butun bo'lib kirishi kerak" derdi.
Men deyarli hamma qiz bola tiktokerlarni autobiografiyasini o'qib chiqdim shunda yana bir bora amin bo'ldim Ota qizining hayotida juda juda katta ahamiyatga ega shaxs chunki, deyarli ha deyarli hamma shu internetda raqsga tushayotgan yarim yalang'och qizlarni otasi yo'q ekan ya'ni tashlab ketgan, ajrashgan va yana boshqa.Xulosa sizdan)
Avvalari, nega meni dadam bunaqa qattiqqo'l deb ayamga malomat qilardim hech kimni otasi bunchalik qiz bolani so'kmaydi derdim bilsam hammasi men uchun ekan🤍
Buyog'iga yozolmayman 🥲
With respect❣
@inner_book
Har bir inson qalbining tub tubida òz kitobi bòladi.Juda katta boblardan iborat kitob📖.
Bir bobini ota-onamiz va yaqinlarimiz bilan òqib bitirsak,keyingi bobda dòstlarimizga bòlgan ehtiyojni sezamiz bazan esa òzimiz yolg'iz òqishimizga ham tògri keladi.Hattoki shunday sahifalari borki unda inson zotiga òrin yòq.
@inner_book
#mood
Ba'zi insonlarga rostan tushunmayman biri shu kichik kanalchamni kuzatarkan va menga juda ko'p kanalingiz juda yoqadi turkumidagi gaplarni yozibdi keyin men ham raxmat dedim kecha qarasam o'zi kanalimdan chiqib ketibdi.
Shunchaki no comment...
Shuning uchun ham kanal haqida boshqa insonlarning iliq fikrlariga uncha ham e'tibor qilmayman va xursand ham bo'lmayman balki bu blog men uchun shunchaki ekanligi uchundir ya'ni mashxurlik uchun emas.
P/s: har kuni kimlar chiqib ketgan kimlar qo'shilganini kuzatib, deleted accountlarni chiqarib tashlayman😌
Shuncha paytdan beri qo'llab kelganlarga esa raxmat🙋♀
O'rgandim...
O'zimni va taqdirimni "nimaga" degan javobsiz savollardan qutqarishni o'rgandim.
Hammasini Allohga tashlab, boriga shukr qilishni chin dildan hayrlisiga umid bilan sabr qilishni o'rgandim.
Kimningdir hayotiga umuman havas va hasad qilmaslikni o'rgandim.
Men uchun eng qiyini bo'lgan - kechirishni o'rgandim hattoki, menga juda yomon munosabatda bo'lganlarga, chiroyli gapirib uylatirishni o'rgandim.
Bu hayot nimayu deya undagi muammolarga juda yengil qarashni va kamroq bu dunyoga aldanishni o'rgandim.
Aslida boylik bu - boylik emasligini o'rgandim.
Chinakam ideal inson va hayot yo'qligiga va ko'pchilikni kamchiliklari bilan qabul qilishini o'rgandim.
Harakat qilsak hamma o'ylagan maqsadlarimizga erishish mumkinligini o'rgandim.
Hayotdan har bir ondan zavq olib tabiat, yaqinlarim va kitoblarim bilan birga vaqt o'tqazishni o'rgandim.
Faqat Allohdan qo'rqib yaxshash kerakligini kech bo'lsa ham o'rgandim.
Yoshlikdagi og'riqlar, qiyinchiliklar juda ko'p yodda qoladigan xotiralar ekanligini o'rgandim.
Iymonim juda sust ekanligini o'rgandim...
Hammasi o'tkinchi bir kun hammasini oxiri bor ekanligini, Munira sen buni uddalading deyishni, o'zimni borimcha qabul qilishin va qadrlashni o'rgandim.
Gap yoshda emas, boshdan o'tkazilgan hayotda ekanligini o'rgandim.
Tirikchilik bu juda og'ir va shavqatsiz bir yo'lligini o'rgandim.
Tan olishni o'rgandim.
P/s: o'rganolmaganlarim ham bisyor)))
With respect❣
@inner_book