inner_book | Unsorted

Telegram-канал inner_book - My inner book

-

Welcome to my simple world💌🎈 Vaccinated 💉 By introverted girl🧕 ▫️My experiences ▫️Personal thoughts ▫️Amateur photographer ▫️Book reviews

Subscribe to a channel

My inner book

#thoughts

Har bir inson uni kelib chiqishi qaysi dindan, ko'rinishi qandayligidan, tanasining rangidan, irqidan, millatidan qat'iy nazar u Allohni bandasi garchi, ko'pchiligi buni bilmasa ham.

Shuning uchun ham biri bir yomon, jirkanch gunoh qilib qo'ysa, o'zi ham buni o'sha ishdan qancha zavq olgan bo‘lsa ham his qiladi.U o'sha gunohidan olgan qo'shtirnoq ichidagi "huzur"idan juda qisqa vaqt mobaynida zavqlanadi va keyin, buni atrofidagilarga aytmasa ham juda afsuslanadi. Bu afsusni o'zi diqqat bilan qalbiga quloq solganida eshitoladi aksincha, nafsini buyrug'ini bajarsa bu holat yana takrorlanadi.

U tug‘ilganda, pok bo'lib bu dunyoga kelgandagi begunoh fitratidan ozgina ruhiyatida tirik qolgan qismi "Nimalar qilayapsan, o'zi qanday insonsan, nega unday qilding" degan malomatlarni aytadi.Shu malomatni eshitolsa, bu u yo'ldan qaytishi, o'zini to'g'rilashi mumkin.Ammo, haligi huzurni his qilishni xohlaydigan nafsini tiyishi uchun, fitratida saqlanib qolgan iymonini qanchalik darajada mustahkam yoki sustligiga ham bog'liq.

@inner_book

Читать полностью…

My inner book

Yangiliklarni ko'rmang ularda har doim:

-ayol-qizlarni huquqlari poymol bo'lishi,
-sotib olingan haydovchilik guvohnomalarini mevalari sifatida begunoh odamlarni to'kilayotgan qonlari,
-bechora ijaraga uy topolmay umidi puch bo'lgan talabalar,
-farzandini ayovsiz kaltaklaydigan "onalar",
-bir qo‘lida go'yo osmonni ushlab turgan, bir qo‘lida harbiylarcha salomlashadigan ma'daniyatsiz va o‘ta qo'pol IIB hodimlari,
-soch, saqol va hijobi sabab tahqirlanayotgan qadri baland insonlar,
-to‘yda rep aytayotgan Eminemga shogird bo'lmoqchi bo'lgan otarchi xolalar,
-hayvonlarga va tabiatga otasini mulkiday qaraydigan befarq insonlar,
-maktablardagi na tarbiyasi na bilimi bilan o'rnak bo‘lolmay sharmanda bo'layotgan o'qituvchilar va ularni raqqosa o'quvchilari va shu kabi mavzular yoritilib boriladi.

To'g'risi, yangiliklar ham jamiyatimizni asl holati qanday ekanligini, u nimalar bilan aslida band bo'lishi keraku lekin, nimalarga o'ralashib yurganini bevosita ko'rsatib qo'ydi.

Men kuzatmay qo'yganman lekin, bugun menga o'sha Toshkentdagi talaba qizlarni siqib chiqarmoqchi bo'lgan maklerni vidoesini tashlashdi. Deyarli hamma bunga "ijara shartnomasi"ni yechim qilib ko'rsatgan.Lekin, men sal boshqacha fikr aytaman. Menimcha, unday qonuniy ijaraga qo'yish joriy qilinsa ham biznikilar uni ham "o‘zbeklashtirib" yuborishadi bunga aminman.

Bu shartnoma ishlashi uchun avvalo qonun ishlashi kerak insonlar.Qonun ishlamagan har qanday joyda yuqoridagi "inson qadri" tahqirlanaveradi, ijaraga palon pulga uy olgan talabalarni yuklari ham o'zlari ham ko'chada qolaveradi.

Misol uchun oliy ta'lim tizimiga ham "Hemis" tizimini talabalarni adolatli baholash uchun olib kelishgandi.Nima bo'ldi muommo yechildimi, talabalar bilimiga qarab baholanyaptimi, bu yangilik o'zini ijobiy oqladimi?! Men o'zim universitetimdagilardan eshitganman "Hemis bir tiyin, hammasini dekanat hal qiladi, 3, 4, 5 baho olmoqchi bo'lganlar pulni yig'ib guruh boshiga beringlar" degan gaplarini.Yoki ko'z oldimda hemisdagi 3 baho bir kechada 5 ga aylanganini guvohi bo'lganman.

Bundan tashqari, nega hamma Toshkentda o'qishni, yashashni istaydi javobi aniq poytaxt baribir poytaxt hamma sharoitlar shu yerda bo'lsa.Lekin, hamma talabalar ham shu sharoitlardan to'g'ri foydalanish niyatida poytaxtga kelmaydi.Har kimda har xil niyat.Juda ko'pchligi qo'pol qilib aytganda "Qo'shnilari qayerda o'qiyapsan deganda, Toshkentda deyish uchun" tanlaydi.Ularni ham ayblamayman sababi, ular ham jamiyatda qanday qilib bo'lsa ham "obro"ga erishmoqchida.Jamiyat tarozisi esa allaqachon buzilib bo'lgan bu borada.Bularga na yo'nalishini qizig'i bor na bilim olishni. Bunday talabalar yo'q deb meni gaplarimni rad etmang bundaylar hattoki, sizning atrofingizda ham bir talay.

Yurtimizdagi hamma oliy ta'limlarda bunday holat deyish aslo niyatim yo'q lekin, afsuski aksariyatida shunday.Bor diqqatni poytaxtga qaratish noto'g'ri ekanligini aytgandim hamon, shu fikrimdaman.Tashqaridagi viloyat, tumanlarga ham bir nazar solishsa, butun xalq "Toshkentim Onam" deb yugurib unga intilavermaydi.Ijara muommolari, ekologiya, tirbandliklar sal kamayardi.

Hamma o'z fikridan kelib chiqib jamiyatni, hukumatni, ijarachini, talabalarni ayblayapti biroq, aslida hammasi har bir kishini insofiga, hech to'ymas nafsiga bog'lik har birimiz shularga javob bersak, yechimni tezroq topardik!

@inner_book

Читать полностью…

My inner book

#thoughts

Men tanigan, bilgan juda ko'p yaqin insonlar deyarli hammasi haydovchilik guvohnomasini o‘qimasdan pulga sotib olishgan, yoki automaktabga faqat guvohnoma hujjatini olish uchun borishgan.Shuning uchun, ham men imkon qadar ularni mashinasiga chiqmayman lekin, men chiqmasam ham boshqasi chiqadiku, yoki meni manzilga olib borib qo'yadigan haydovchi ham ular kabi sotib olgan bo‘lishi ham mumkinku?!

Oddiy qishloq ko'chalarida 13, 14 yoshli bolalarga mashina tutqazayotgan, ishonayotgan ayni bola o‘pkasini bosmaydigan payti unga ruxsat beradigan ota-onalarni ham tushunmayman.Meni bir tanishim hattoki, hujjati bo‘lsa ham hali mashina haydashni bilmaydi shu darajaga yetib keldi holat.O‘zini jonini tug'ilgan kuniga ayasi sovg'a qilgan bo‘lsa ham, boshqalarni qadrli insonini yo'qotishiga sababchi bo'lib qolishini bir o‘ylab ko‘rsaydi bular garchi, tez haydab o'sha ishlatilmay zanglab qolgan miyyalaridan shoxlari paydo bo'lsa ham...

@inner_book

Читать полностью…

My inner book

Ko'chada katta-kichik ovozini baland qilib "Million"ni konsertini ko'rib o'tirganini ko'rib hayron bo'lmang!
Yumor kuchli "intellect" talab qiladi.Bular ko'rib o'tirgani shunchaki "kuchli darajadagi bachkanalik"!!!

Читать полностью…

My inner book

Reminders for you✨❤️

Читать полностью…

My inner book

Hayotingda bir insonni uchratishing taqdir.Ammo, uni saqlab qolish yoki yo'qotish sening qaroringdir!

Читать полностью…

My inner book

#mutolaamdan

Read it!

Читать полностью…

My inner book

#word of the day

Catfishing - means trying to appear more attractive by pretending to be someone else on social media.

@inner_book

Читать полностью…

My inner book

#book

Kitobimni stolimni ustiga har doim chiroyli qilib qo'yib ketaman, ko'zim tushganda tezda o'qigim kelsin deb keyin ayam uyga seni nimaga kirgizgandim deydi chunki, yoki soatlab qolib ketaman yoki nimaga kirganimni esimdan chiqaraman😂

@inner_book

Читать полностью…

My inner book

#mutolaamdan

Qalb inson badanidagi bosh a'zodir.Agar u sog'lom bo'lsa, boshqa a'zolar ham sog'lom bo'ladi.Agar u buzuq bo'lsa, boshqa a'zolar ham buziladi.

Qalbi toza insonning tozaligi jismiga ham uradi chunki, qalbdagi jismda o'z aksini beradi.Ruhiyat bilan jismiyat ikki narsa bo'lsada bir-biriga juda bog'langan.Qalbi toza bo'lib turib, yomon ishlarni qilishi mumkin emas!

@inner_book

Читать полностью…

My inner book

#thoughts

O'g'li haqida nima deyishini bilmaydigan sovchi bo'lib kelgan onalar birinchi bo'lib uyini sharoiti, o'g'lini mashinasi, dadasini ishi haqida gapiradi...

@inner_book

Читать полностью…

My inner book

#note for myself

Following your dreams can be tough but, not following them can leave you regretting all the things you wanted to do but didn't.

@inner_book

Читать полностью…

My inner book

​​7 habits of highly successful people
by Stephen.R.Covey


Bilmadim nega bora-bora kitoblarni rossa ko'p o'ylab, tanlab-tanlab o'qiydigan bo'lib qolayapman yangi kecha yozilgan kitoblardan iloji boricha uzoqroq yuribman.Bu kitobni ham sotib olishimga asosiy sabab kitob yozilganiga salkam 30 yil bo'lgan ammo, shuncha yil o'tsa ham hamon ham shaxsiy ham jamiyatda rivojlanish uchun eng yaxshi yozilgan kitoblardan biri ekan.

Kitob sarlavhasida aytilganidek bu kitobda o'zimiz bilan o'zimni o'rtamizda, oilada, ishda, jamiyatda bo'ladigan muammolarga muvaffaqiyatli eng muqobil yechim topishga asoslangan 7 odat haqida gap boradi.

Har bir yozuvchi aytib o'tgan odatlar meni naznimda 30 yil davomida chig'iriqdan o'tib, o'zini hayotga tatbiq qilishda mutlaqo oqlagan.Shuning uchun ham, kitobdan shunchaki quruq gaplar, ilmiy asoslanmagan ma'lumotlarni topish juda qiyin.Har bir eslatilib o'tilgan odatlarga bog'langan holatlarga aslida har kunlik hayotimizda duch kelamiz va biz boshqacha yo'l tutamiz shuning uchun ham muommolar girdobida yuramiz.

Ushbu kitob, sizni siz hali o'zingiz anglab ulgurmagan qobiliyatlaringizni ko'rishga, muammolarga muvaffaqiyatli bir inson sifatida qarashga va muqobil bir yechim topishga yordam beroladi men kutganimdanda ko'pini ololdim siz ham bir nima olishingizga ishonaman!

#book_review
#recommended

@inner_book

Читать полностью…

My inner book

#note for myself

Yuzingizni qimmat, kosmetik suvlar bilan yuvganingiz bir tiyin agar, unga iymon suvi yugurmasa...

@inner_book

Читать полностью…

My inner book

Shaxsan o'zim dalani bir chetiga borib, qo'llarim shilinib terib keldim shu go'zallikni😁❤️🌼

@inner_book

Читать полностью…

My inner book

#photography

Kamera nigohlarida bugun Tojigul.

Читать полностью…

My inner book

Inson qadri o'zi nimada?!

Читать полностью…

My inner book

#mutolaamdan

Must-read sentences of my current reading book "The top 5 regrets of the dying" by Bronnie Ware

I have already fallen in love with this book❤️

@inner_book

Читать полностью…

My inner book

Allohim, qalbimni shu darajada isloh qilginki, hech bu dunyodagi ne'matlar unga huzur bag'ishlolmasin.Mening halovatimning, sakiynatimning, huzurimning bir yagona sababi seni eslash va senga to'kis ibodat qilishi bo'lsin...

@inner_book

Читать полностью…

My inner book

Musiqadan rohatlanadiganlar bu halovatni his qilolmaydi...

Читать полностью…

My inner book

Kutganim, eng ko'p umid qilganim-kelajak, o'tmishning hech bir pallasiga qaytgim kelmaydi....

@inner_book

Читать полностью…

My inner book

UMID

U sahroda qolib ketgan kishi uchun go‘yoki bir qultum suv, zulmatda adashgan kishi uchun uzoqdan miltillagan chiroq kabidir.

U bilan yashab qolasan, unga qarab yo‘lingni topasan va undangina taskin olasan.

Uning qadrini unga ehtiyoji borlar biladi.

Umid shunday ajoyib narsa...

@soyadagi_soya_bermaydi

Читать полностью…

My inner book

Bilasizmi nima? Negadir meni o'zimga hecham havasim kelmaydi.
O'zimdan va yashayotgan hayotimdan hech qoniqmayman (ne'matlarga nisbatan isyon qilish emas bu aksincha ulardan to'g'ri yo'lda foydalanish nazarda tutilyapti). To'g'ri havas qilish yaxshi lekin, siz faqat mening yaxshi tamonlarimni ko'rib shu fikrni aytayapsiz. Mening yomon taraflarim ham ko'p, hamma kabi. "Sizga havasim keladi, fikrlashingizga", deydiganlar iltimos kimgadir havas qilishga shoshmang. Shaxsan men shunday deb o'ylayman va shuning uchun ham hech kimga havas qilmayman, deyarli. Uning o'rniga o'z hayotimni to'g'rilashni harakatini qilaman garchi, bu ko'p holatlarda qo'limdan kelmasada.

Hech qachon siz men, men esa siz bo'lolmaymiz. Mendek fikrlash uchun meni hayotimda chin ma'noda yashab o'tishingiz kerak va men buni hech kimga maslahat bermayman. Eng yaxshi yo'li o'zingiz bo'ling, o'z hayotingizda yashang!

Fikrlashim ko'p tenqurlarimdan farq qilishi, ularni qiziqtirgan mavzular meni zarracha ham ta'sirlantirmasligidir. Bular faqat kitoblardan kelmagan, ularni menga U bergan. Kitoblar esa shunchaki bir sababchi va buning uchun ulardan cheksiz minnatdorman!

@inner_book

Читать полностью…

My inner book

Kitoblaringizni hech kimga bermang!

Aslida men ham o'zimni kitoblarimni kimdirgadir o'qib turishga ham shu vaqtgacha bermaganman chunki, bu borada juda qizg'onchiqman.Lekin, adashmasam yaqinda bir yil bo'ladi opam bitta yaxshi ko'rgan kitobimni xolamni og'liga berib yuborgan o'qishga usha kitob hamon meni qo'limga kelmayaptida.Sog'-omon yirtilmay, chizilmay keladi degan umiddaman...

Читать полностью…

My inner book

#note for myself

Nega endi jismimiz og'risa shifokorga chopamizu, qalbimiz og'risa* uni shifokori bo'lgan U zotga yuzlanmaymiz🫀...

*ba'zan qalbimizni eshitmaymiz, og'riqlariga quloq solmaymiz ham...

@inner_book

Читать полностью…

My inner book

#qiziq

Hozir instagramda bitta blogerni vidoesini ko'rib qoldim har kuni "Bugun menga mo'jiza sodir bo'ladi deb 10 marotabadan ayting va mo'jizangizni kutib oling" deyapti.To'g'risi, menga shunday narsalar yoqmaydi gapini oxirigacha aytmagan shuni aytib keyin ishingizga borib qattiq ishlang yoki o'qing agar harakat qilmasangiz buni 100ming marotaba aytsangiz ham balo ham sodir bo'lmaydi demayapti.Fikrlashi kalta odamlar esa buni aytganini qilib uyida o'tiribdi mo'jiza sodir bo'larkan deb.

Iltimos odamlar laqma bo'lmanglar degim keladi ba'zan shu turdagi psixologlarni kurslari to'lib toshib sotilayotganiga achinaman.Qandaydir online kurs sotib olishdan oldin ozgina izlaning you tubedan to'g'ri qidirsangiz tekinlari sizga oqib keladi har doim tekin narsa sifatsiz bo'ladi degani emas bunday hayolni o'chirib tashlang miyyangizdan.

Unda usha 50$ga sotib olayotgan oldi qochdi kursingizni o'rniga kitob oling usha trainerlardan ming marotaba professional chet ellik insonlarni kitoblarini oling, ilmiy isbotlangan, tadqiqotlar bilan boyitilgan yaxshi kitoblar uchun sarflang usha pullaringizni yerdan supurib olayotgan bo'lsangiz ham🤦‍♀

@inner_book

Читать полностью…

My inner book

Yangi kun, yangi imkon, yangi kitob va yangi bilimlar!
Hali bizda imkoniyat bor...

Читать полностью…

My inner book

Dunyoni keng deb o'ylardim, lekin qaytib ko'rishmayda degan insonlarim aylanib, o'rgilib qarshimdan qayta-qayta chiqishyapti demak dunyo tor ekan...

@inner_book

Читать полностью…

My inner book

#thoughts

Kimningdir biron narsasini sindirib, buzib qo'yishdan ortiq hijolatli holat yo'qligini yoshligimda xolamni idishini sindirib qo'yganimda bilganman garchi, juda yosh va xolam menga hech narsa demagan bo'lsa ham.

Endi o'ylaylik, qanchadan-qancha odamni shu tilimiz bilan qalbini parcha-parcha qilib tashlayapmiz.
Buyumlarni, mol-mulkni ertaga topishni iloji son-mingta lekin, siz sindirgan ko'ngilni tiklash juda qiyin yana ishonchni o'z o'rniga qo'yish o'ta mushkul u inson sizni kechirar lekin, unutishi deyarli ilojsizdir.
Shunday ekan, ehtiyot bo'ling tilingizga uddalasangiz yaxshi gapiring unda tilingizni yuting!

@inner_book

Читать полностью…

My inner book

O'zi ishlaring hammasi shu telegramda ham bitayapti muammosi yo'q, lekin sen telegram premiumni sotib olaymikan deb o'ylaysan.Ho'p sotib ham olasan, keyin standard telegram umuman yoqmay qolishi aniq bundan keyin har doim premiumdan foydalanishni boshlaysan.

Yomon nafs shunday narsadir har doim isrofgarchilikka boshlaydi, boshida 2$ nima qilibdi deysan...

@inner_book

Читать полностью…
Subscribe to a channel