#OAV_biz_haqimizda
#Sirdaryo_Texnoparki
Sirdaryo viloyati Yoshlar Texnoparki faoliyati bo’yicha O’zbekiston 24 kanalida maxsus reportaj.
Telegram 🕊| Instagram📱 | Facebook📱 | mininnovation">YouTube📺
#tanlov
💡Bu nima? "Smart turniket"
📌Ushbu qurilmadan ko'p xodimli tashkilotlarda, shuningdek, maktablarda foydalanish mumkin. Turniket xodimning ishga kelgan, ishdan chiqqan vaqtlarini qayd qiladi va ma'lumotlar bazasiga to'plab boradi.
🙋♂️G‘oya muallifi: Xudoyqulov Javohir, 19 yosh. Samarqand shahrida istiqomat qiladi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "Arduino svetofor"
📌Svetofor arduino qurilmasi yordamida yaratilgan. Svetaforni ishga tushirish uchun zarur bo'lgan dastur kichik innovator tomonidan mustaqil yozilgan.
🙋♂️G‘oya muallifi: Zubaydullayev Javlonbek,13 yosh. Samarqand viloyati, Payariq tumanida istiqomat qiladi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Innovator
#vorislar
Innovator ruknining navbatdagi qahamoni – Tolibjonov Xurshidbek.
✅Xurshidbek 2001-yilning 4-noyabrida Farg’ona viloyati Rishton tumanida tug’ilgan. 2019-yili Qo’qon Universitetining Moliya yo’nalishiga talabalikka qabul qilinib, uni muvaffaqiyatli yakunladi.
✅Qahramonimiz biznes g‘oyalar va start-up loyihalariga qiziqishi tufayli ko‘plab tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, universitetda tashkil etilgan “KU Innovation” tanlovida o’zining DP.com — nogirongili bor insonlarga kasb-hunar o'rgatish va ta'lim berishga mo'ljallangan loyihasi bilan ishtirok etib, 2-o‘rinni egallagan.
✅Shuningdek, BMT Taraqqiyoti dasturining “Startup tashabbuslari” nomli yoshlarning innovatsion g‘oya va start up loyihalarini qo‘llab quvvatlash dasturining final bosqichi ishtirokchilaridan biri sanaladi. 2022-yil esa Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo, kuzatuvchi va hamkor davlatlar staptapchilari o’rtasida o’tkazilgan “Unicorns SCO” tanlovining yarim final bosqichida faol ishritok etdi.
✅Xurshidbek, shuningdek, “Mirzo Ulug’bek Vorislari” Respublika tanlovi 2022-va 2023-yillarda tuman bosqichi g’olibi hamda viloyat bosqichi faol ishtirokchisi bo’lgan. Unda qaharamonimiz o’zining "Ta'lim plus" loyihasi bilan ishtirok etgan.
✅2022-yilning dekabr oyida esa Marg'ilon Raqamli Texnologiyalari makzari, IT park Farg'ona filiali, Qo'qon Universiteti tomonidan tashkil etilgan Ideathon tanlovida ta'lim sohasida startaplar yo'nalishida o'zining "SmartEdu" loyihasi bilan ishtirok etib, 1-o'rinni qo'lga kiritdi.
✅"Ta'lim plus" loyihasining maqsadi — maktab o'quvchilarining ma'lum fan darsligida berilgan mavzularni yana-da yaxshi anglashlari uchun darsliklarda turli xil predmet va shakllarni 3D model tarzda aks ettirib berish hisoblanadi. Loyiha ilova va web sayt ko'rinishida yaratilishi rejalashtirilgan.
✊Qahramonimizning kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "Innovative watch technology"
📌Bu vaqtni toʻgʻri taqsimlashga yordam beradigan universal soat. Kuningizni Innovative watch technology bilan rejalashtiring va ularning barchasiga ulguring.
✔️Soatga batareyka qo'yishingiz kerak emas, u elektr toki yordamida quvvatlanadi.
🙋♀️G‘oya muallifi: Tohirova Diyora, 16 yosh
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "Quyosh zaryadlovchi qurilma"
📌Zarur ish bilan ko'chaga chiqdingiz va qo'l telefoningizning quvvati tugab qolganini ko'rdingiz. Ushbu quyosh batareyali qurilma shahar o'rindiqlariga o'rnatiladi. Endi siz telefoningizning quvvatini oson va tez to'ldirasiz.
🙋♂️G‘oya muallifi: Suyunova Komila, 24 yosh.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "Healthy food" ilovasi. Hammamiz ham farzandlarimizning sog'lom turmush tarziga amal qilishini yoki to'g'ri ovqatlanishini istaymiz. Ammo ba'zida ularning nima yeb-ichayotganliklaridan xabarimiz bo'lmaydi. Aynan bu ilova, ushbu muammoni bartaraf etadi.
📌Ilova orqali bolaning qanday mahsulotlar iste'mol qilayotganliklarini muntazam kuzatish mumkin.
🙋♂️G‘oya muallifi: Moskva shahridagi elektr energetika instituti talabasi Abduraxmon Xasanov. 20 yosh.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
⭕️⭕️⭕️Urban.Tech Uzbekistan 2023 xakaton musobaqasi bo'lib o'tadi!
🙂 2023-yil 16-18 avgust kunlari hakatonda ishtirok etib 72 soat ichida: ijodingizni namoyish eting, yangi do'stlar ortiring, mahoratingizni oshiring, portfolioyingizga yangi loyiha qo'shing.
💰 Mukofot jamg'armasi: 200 mln so'm
🟥O'tkazilish joyi: INNO Texnopark
⏰ Ariza topshirish muddati: 2023-yil 10-avgust
🗄 Ro’yxatdan o’tish uchun:
www.urbantech.uz
🌍 Batafsil ma'lumot: @innotechnopark
👍 O'z imkoniyatingizni qo'ldan boy bermang!
Telegram | Instagram | Facebook | Web | LinkenIn
#tanlov
Bu nima? "Mening do‘stim android dasturi" Ushbu dastur ota-onalarga yordamchi bo‘lib, ular ishda bo‘lgan paytlarida farzandlari mazkur dastur orqali nazoratda bo‘ladi.
Dastur 6 - 15 yoshli bolalar uchun:
-Erta tongda uyg‘otadi;
-Jismoniy tarbiya mashqlarini video ko‘rinishida taqdim etadi. Ota-onalar belgilab bergan vaqt bilan kundalik yumushlarini ham eslatadi. Uning qulayligi bola yoshiga mos narsalarni ko‘rishi va ota-onaning ko‘z o‘ngida yurganday hisni berishidadir. Qolaversa, bolaning har qanday savoliga javob ham beradi.
G‘oya muallifi: Toshkent shahri, Bektemir tumani Ne‘matova Muslima. 8 yosh.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#vatandosh
“Innovator” jurnalining navbatdagi sonida AQShning eng nufuzli oliygohlaridan biri bo‘lgan Stenford universitetida
magistrlik bosqichini tamomlagan. Hozirda AQShning Silikon vodiysida Datatruck k (www.datatruck.io) va Novalinq (www.novalinq.io) startaplari ustida ishlab kelayotgan Asror Arabjonovning tajribalari bilan jurnalimiz ijtiomiy sahifalarida bo‘lishish niyatidamiz.
Shunday qilib, Click va Uzum haqida eshitmagan bormi? Lekin savollar ko'p, to‘g'rimi?
Savollarga javob Click bosh direktori Ulug'bek Rustamovdan olindi.
Tinglang, o'rganing va siz ham unicornga mining.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
Bu nima? "Tezkor qalam". Ushbu qalamning yangiligi shundaki, ichida 10 xil rangdagi qalamlar mavjud. Qalamda o‘rin olgan tugmachalar orqali istalgan rangni tanlash mumkin. Bu esa bolalar rasm chizishi uchun qiziqarli va qulaydir.
Goya muallifi: Тоshkent shahri, Bektemir tumani 578- МТМ tarbiyalanuvchisi Ne'matova Nodira, 6 yosh
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
Bu nima? "Pianino o‘qituvchisi". Tasavvur qiling, siz pianino chalishni istaysiz. Lekin, o‘qituvchi yollab, unga qatnash uchun vaqtingiz to‘g‘ri kelmayapti. Bu innovatsion pianinoda maxsus tablo bo‘lib, istalgan musiqani tanlasangiz uning elektron ravishda notalari paydo bo‘ladi. Bu esa tezda pianinoni chalishni mustaqil o‘rganishingizda qo‘l keladi.
G‘oya muallifi: Toshkent shahri, "Ostov umnix detey" maktabining 4-sinf o‘quvchisi Mohinur Muhammadboqiyeva, 9 yosh.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
Bu nima? Yosh bolalar uchun moʻljallangan kasallikni aniqlashda yordam beruvchi uskuna. Kichik yoshdagi hali tili ham chiqmagan bolajonlar qayeri og‘riyotganini ayta olmaydi. Ushbu uskuna ekranida esa qanday hastalik bezovta qilayotgani aniqlanadi. Afzal tomoni shundaki, uskuna yurak urushi, qon bosimi va tana haroratini ham koʻrsatadi. U elekterdan quvatlanadi hamda quyoshdan ham quvvat olishi mumkin. Har bir hududda pediatr honasida ushbu moslama boʻlsa bolalarga aniq tashhis qoʻyilish oson kechardi.
Gʻoya muallifi: Fargʻona viloyati, Quva tumani 15-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi Adhamova Madina.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
Bu nima? "Aqlli hassa". U ko‘zi ojizlarning birovning yordamisiz erkin harakatlanishiga va yo‘ldagi to‘siqlarni oldindan aniqlab, qurilma egasiga ogohlantirish signalini jo‘natadi.
G‘oya muallifi: Samarqand viloyati, Payariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 6-sinf o‘quvchisi Ismatullayev Dilshod 6-sinf.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
Bu nima? "Quyosh energiyasidan quvvatlanadigan avtomobil". Elektromobilga 12 voltli to‘rtta akkumulyator o‘rnatilgan. Mabodo elektromobil kaliti yo‘qolib qolsa, uni barmoq izi yordamida ham o‘t oldirish mumkin. O‘t oldirilganda, tabloda “Oq yo‘l”
degan yozuv ham paydo bo‘ladi. Hozirda avtomobil soatiga 50 kilometr tezlikda harakatlana oladi.
Goya muallifi: Buxoro viloyati, Vobkent tumanining ixtisoslashtirilgan maktabini 10-sinf o'quvchisi Erkinov Shaxzod.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "Qarsak orqali boshqariluvchi chiroq"
📌Video lavhada ko'rib turganingiz qo'lbola chiroq. Oddiy chiroq emas, qarsak chalish orqali o'chirish yoki yoqish mumkin bo'lgan chiroq.
🙋♂️G‘oya muallifi: Qo‘chqorov Shohrux,13 yosh. Samarqand shahrida istiqomat qiladi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
O’quvchilaringning yutuqlari oʻzingning muvaffaqiyatlaringdan ham quvonchliroq boʻlar ekan
🏅Kecha Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf oʻquvchisi Javohir Sultonov Yaponiyada oʻtkazilgan Xalqaro fizika olimpiadasida bronza medalini qoʻlga kiritganini eshitib juda xursand boʻldim.
Javohirni 7-sinfda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabimizga qabul qilinganidan beri taniyman. Uning ushbu yutuqni qoʻlga kiritish uchun qilgan mehnatlarini maktab jamoasi bilan birga doimo qoʻllab-quvvatlab kelganmiz.
Aslida yurtimizda bunday isteʼdodli, yuqori intellektual salohiyatga ega yoshlar juda koʻp. Eng muhimi ularga o’z vaqtida eʼtibor qaratish, iqtidoridan kelib chiqib yoʻnaltirish va imkoniyat yaratib berish lozim.
📌Maʼlumot oʻrnida: Joriy oʻquv yilning yakuni bilan, men Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida jamoatchilik asosida direktorlik faoliyatimni topshirdim.
#tanlov
💡Bu nima? "Issiqlik va namlikni o'lchovchi qurilma"
📌Qo'lbola qurilma joylardagi issiqlik va namlik darajalarini aniqlashda yordam beradi. Uni biror yerga o'rnatib, o'sha hududga oid umumiy ma'lumotlarni to'plash mumkin.
🙋♂️G‘oya muallifi: Toirov Behruz, 13 yosh. Samarqand viloyati, Payariq tumanida istiqomat qiladi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#jarayon
🚀“INNOVATOR” jurnali — innovator boʻlishni istovchi yoshlar uchun ajoyib manba
🎥Jurnallar obunachilarga yetkazish jarayonida!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
💡”INNO Science Camp”- bolalar uchun innovatsion texnologiyalar kursi va shaxsiy rivojlanish tajribasini taklif etadi.
Ushbu oromgohda farzandingiz texnologiyalarni, innovatsiyalarni va robototexnikani qiziqarli va amaliy muhitda o`rganishi mumkin.
INNO Science Camp dasturi: 26- iyul kuni bo’lib o’tadi
🤖Robototexnika kurslari
💻 3D grafika
💥 Elektronika kurslari
😎 VR texnologiya
💥 Lazer bilan ishlov berish
⚙️ 3D printerlar bilan ishlash
🏆 Robototexnika musoboqasi
🔮 Kimyo va fizikaviy shoular
❗️❗️❗️ Ro’yxatdan o’tish uchun @MuhammadaliMamadaliyev
☎️ +99893 387 34 47
+99897 270 70 08
#tanlov
💡Bu nima? "Imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus matematika sinf xonasi"
📌O'qituvchi doskaga matematik amallarni yozadi. Sinfxonaning chap qismidagi ko'zi ojiz o'quvchilar uchun mo'ljallangan partalar doskadagi yozuvni Brayl alifbosida aks ettiradi. Xonaning o'ng tomonidagi partalar esa gapirish hamda eshitish a'zolarida nuqsonlari bor bolalar uchun mo'ljallangan. Partalardagi planshet Surda tarjimonlik yo'li bilan doskadagi amallarni harakatlarga aylantiradi.
🙋♂️G‘oya muallifi: Islomov Inomjon, 17 yosh.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
Bu nima? "YIG‘MA DORIXONA". Baʼzan u yog‘ bu yog‘ga safarga chiqqaningizda kerakli dorilarni bir joyga jamlash uchun kerakli idish topish qiyin kechadi. Bu "yig‘ma dorixona" qutisi esa barcha dorilarni bir joyda saqlash uchun qulaydir. Hatto, ichida dori uchish uchun maxsus idish ham bor.
G‘oya muallifi: Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi 6-maktab o‘quvchisi Islomova Sevinch. 15 yosh.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
Bu nima? COLOR MIXER. Rasmning badiiy, real chiqishi rassomning rang koloritini to'g'ri tanlay olishiga bog'liq. Ranglarni to'g'ri tanlash qiyin va vaqt talab etadi. Ayniqsa professional rassom giperrealizmda ijod qilayotgan bo'lsa. Bu ukuna esa professional va havaskor rassomlar uchun kichkina yordamchi.
Siz uni yuqori qismidagi idishchalariga asosiy uchta rangni hamda qora va oq ranglarni qo'yasiz. Kerakli rang koloritini va miqdorini tanlaysiz va u sizga yorqin bo'lmagan rangni tayyorlab beradi. Telefoningizga dasturini yuklab olib, masofadan foydalansangiz ham bo'ladi. Kerakli rangni tanlaysiz yoki siz chizmoqchi bo'lgan rasmingizni ko'rsatasiz. U sizga kerakli ranglarni, kerakli miqdorda chiqarib beradi. Elektr toki yordamida quvvatlanadi. Moybo'yoq, akril, decola, tempera va guash kabi bo'yoqlarni aralashtirishda foydalaniladi.
G'oya muallifi: Jizzax shahar JDPU Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi 2-bosqich talabasi Qobiljonova Jasmina. 18 yosh.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
Bu nima? "Aqlli seyf". Har bir insonning qimmatli buyumlari bo‘ladi. Lekin seyf hammada ham mavjud emas. Ana shunday damda mana bunday qo‘lbola seyf qo‘l keladi. Kelgusida ushbu seyfni uch marta parol xato terilganda blokka tushadigan va yuz va barmoq orqali boshqariladigan tarzda dasturlanishi ko‘zda tutilgan. Bunday dasturlangan seyfda muhim va qimmatli narsalaringizni ishonchli saqlashingiz mumkin.
G'oya muallifi: Samarqand shahridagi 17-maktab o‘quvchisi Kubaymurodov Davlatbek. 13 yosh.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
Bu nima? "Aqlli pult". Odatda ko‘p uylar bora-bora “aqlli” bo‘lib ketmoqda. Endilikda televizor pulti orqali uy chiroqlarini ham boshqarish mumkin.
G‘oya muallifi: Samarqand viloyati, Jomboy tumanining 46-maktab o‘quvchisi O‘roqboyev Begzod. 14 yosh.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
📣Biotexnologiya bo‘yicha yozgi maktab yana yo‘lga qo‘yildi!
“Innovator” jurnalining 2022 yil 3-soni “Biotexnologiya” sohasiga bag‘ishlangan edi. Jurnalda yig‘ilgan maqolalar orasida "Laboratoriyalarda o‘tadigan yozgi maktab" nomli maqola ham chop etilgandi. 2018- yildan o‘tkazilishni boshlangan ushbu maktab pandemiya sababli to‘xtalilgan edi.
🗣Bu yildan eʼtiboran esa dastur yana amalda!
✔️Ushbu yozgi maktab 3 haftalik tadqiqotga asoslangan va amaliy faoliyat dasturni o‘z ichiga olgan bo‘lib, oqsillarni ekstraksiya qilish, tozalash, DNK va/yoki RNKni ajratish va PCR va RT-PCR, IFA va boshqa usullarni qo‘llashni o‘rgatadi.
▶️Loyihada ishtirok etish va batafsil maʼlumot olish uchun
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
Bu nima? "Aqlli bilakuzuk". Febril sudorgi bu isitma balandlashi natijasida orttirilgan kasallik bo‘lib, davolash natijasida tuzalib ketadi. Asosan qonida kalsiy miqdori kam bolalarda sodir bo‘ladi. Kasallikni qo‘zg‘atuvchi faktorlar( o‘ta chanqash, och qolish, baland musiqa ovozi, kuchli projektor nuri) sabab maktabda yoki bolalar maydonchasida huruj sodir bo‘lishi mumkin. Bunday holatda bola yiqilib tushishi va qattiq tan jarohatini olishi mumkin. Shunday paytda ushbu blakuzuk bolaning holati bo‘yicha oldindan xabar beradi va xavfning oldini oladi.
G‘oya muallifi: Toshkent shahri, Bekmurodov Samariddin 8 yosh.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
Bu nima? "Aqlli robot". Robot odamning rasmiga qarab taniydi va unga salom beradi. Ushbu robot bogʻchalarga qoʻyilsa ,bolalarni ertalabki roʻyxatdan oʻtkazish uchun qulaylik yaratadi.
Gʻoya muallifi: Toshkent shahri Olmazor tumani 6-sinf oʻquvchisi Pardayev Afzalbek
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlovga_namuna
Bu o‘zi nima? "SOVITISH SANCHQISI". Hayotingizda hech bo‘lmaganda bir marta bo‘lsa ham shunday holatga tushgansiz, ya’ni siz juda ochsiz, lekin ovqat juda issiq. Uni hozirning o‘zida iste’mol qilishning iloji yo‘q. Olti yoshli Ameliya bu qiyin vaziyatdan chiqish yo‘lini topdi: sizga bu borada sovitish sanchqisi yordam beradi. Bunda sanchqiga ventilyator o‘rnatiladi. U esa issiq ovqatga havo yuborib, uni sovitadi.
Goya muallifi: Ameliya, 6 yosh, Sanderlend, Buyuk Britaniya.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
Bu nima? "Aqlli paqir", yani axlat uchun mo'ljallangan paqir. Maxsus sensorlar yordamida qopqoq axlat tashlamoqchi bo'lganizda o'zi ochiladi. Bu foydalanuvchiga har tomonlama qulaylik yaratadi.
G‘oya muallifi: Ubaydullayev Temur. Samarqand viloyati, Payariq tumanining ixtisoslashtirilgan maktabini 6-sinf o‘quvchisi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram