#tanlov
💡Bu nima? "Aqlli ko'zoynak"
📌Bu ko'zoynaklar shifokorlar uchun asqatadi. Aqlli ko'zoynaklar yordamida insonlarning organlarini yaqqol ko'rsa bo'ladi va shikastlangan organni vaqtni tejagan holda, tez aniqlashda yordam beradi. U bilan operatsiyalarni ham o'tkazish mumkin!
🙋♂️G‘oya muallifi: Azimov Mirfayz, 7 yosh.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#yangilik
⚡️TANLOV UCHUN LOYIHALAR TOPSHIRISH MUDDATI UZAYTIRILDI
📣📣📣"Raqamli texnologiya yoshlar nigohida" tanlovida ishtirok etish niyatida bo‘lgan ishtirokchilar diqqatiga!!!
✅Tanlovimizda qatnashish istagida ko‘p ishtirokchilardan qiziqarli loyihalar yuborilmoqda. Yurtimizda ana shunday bilimli yoshlar borligidan juda quvondik! Lekin ular orasida tushunarsiz loyihalar ham bor. Shu sababli tanlovda ishtirok etish niyatida bo‘lgan qatnashchilarga loyihalari ustida qayta ishlab, bizga jo‘natishlari uchun tanlov o‘tkazish kunlarini uzaytirishga QAROR QILDIK.
⏳Loyihalarni topshirish muddati 20.08.2023 gacha davom etadi!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
Bu nima? "Aqlli eshik". Sinfda dars o‘tadigan o‘qituvchi va o‘quvchilarning ro‘xati eshikda aks etadi. Hattoki, qaysi o‘quvchi kelmasa, ularning ro‘yxati eshikda ko‘rsatiladi.
G‘oya muallifi: Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida istiqomat qiluvchi 10-sinf o‘quvchisi Shirinaxon Sheriliyeva.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
Bu nima? "Smart Bunker". Fermerlarning muammollaridan biri, don ekish mavsumida bunkerdagi donning sathini nazorat qilinmaganligidir. Bu muammollarni o‘rgangan holda yangi avtomatlashgan tizim qurilmasini ishga tushirish maqsadga muvofiqdir. U orqali, mashinistning jismoniy toliqishi, yoqilg‘ini va vaqtning ortiqcha sarf bo‘lishining oldini olish mumkin. Qolaversa, yillik hosildorlikning kamayishini ham bartaraf etadi.
G‘oya muallifi: Toshkent shahridan Abduqodirova Kamila. 20 yosh.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "Yig'iladigan cho'ntak arrasi"
📌Arra ham kerakli ish qurollarimizdan biri. Biroq katta va og‘ir arralarni ko‘tarib yurish biroz noqulay. Shu sababli yengil va hamyoningizga sig‘adigan arralar bo‘lsa ancha qulay bo‘lishi turgan gap.
✔️Bunday arra esa muammoga yechim topadi. Arrani bitta tugma orqali yig‘ib olish yoki ishlatish uchun dastasidan chiqarish mumkin. Ikkinchi uchida esa ushlash uchun qulay ilgak bor.
✅Afzalliklari: Juda qulay va ixcham. Uy sharoiti uchun mos. Elektr arralardan ko‘ra hamyonbop.
❗️Yuqoridagi rasmdagidek ko‘rinishda bo‘ladi. Ammo birinchi dastasi kattaroq va arraning kesuvchi qismi yig‘iladigan bo‘ladi. Bu rasmdan tasavvurga ega bo‘lish uchun foydalanildi.
🙋♂️G'oya muallifi: Choriyev Qahramon, 14 yosh. Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi Prezident maktabining 8-sinf o'quvchisi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
📣📣📣Ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop “Innovator” jurnalining 2-soni “TechnoWays“ texnologik rivojlanish marafoniga bag‘ishlandi.
📖"TECHNOWAYS" marafoni: U QANDAY IMKONIYATLARNI TAQDIM ETADI?
⚽️UCHARTO'P — yangi milliy sport o'yini.
🦠Tibbiyotga kirib kelayotgan yangi innovatsiyalar.
🏆Eng yosh "Mirzo Ulug'bek vorisi" — UNING SIRI NIMADA?
🦾Web-dasturchilik sohasida ayollarning o'rni qanday?
📖Barchasi haqida “Innovator”da batafsil tanishing! Quyidagi havola orqali jurnalni "varaqlab" ko'ring😉
https://online.pubhtml5.com/agbch/nvzt/#p=1
Telegram | Facebook | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "Yashil gazeta"
📌Atrofimizga nazar soladigan bo'lsak, ko'pchilikning qo'lidagi telefonlari bilan band ekanliklarini ko'ramiz. Yoshlarning ham aksariyati smartfonlariga mukkasidan ketib, kitob o'qishni unutib qo'yishmoqda. "Yashil gazeta" nafaqat kitobxonlikni balki tabiatni asrashni targ'ib etuvchi ishlanma hisoblanadi.
✅Yashil gazeta qog'ozlarni qayta ishlash yo'li bilan yaratiladi, shuningdek, qog'ozlarning ichida turli o'simliklarning urug'lari mavjud. Gazetani o'qib bo'lib, uning qog'ozlarini yerga ko'mib qo'ysangiz, bir muddatdan so'ng ekkan yeringizdan gul unib chiqadi.
🙋♂️G‘oya muallifi: Abduvoris Alovuddinov, 9 yosh. Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan 279-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 4-sinf o'quvchisi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
💡1927-yilda Alyaska bayrog‘ining eng yaxshi dizayni uchun tanlov tashkil etildi. O‘sha yillarda Alyaska AQSH shtatining tarkibida bo‘lmagan. Tanlovda 13 yoshli Benni Benson ismli bolaning chizgan surati g‘olib deb topildi.
🚀Asosan olamshumul ixtirolarning muallifi aynan bolalar bo‘ladi. Odatda, ular o‘z g‘oyalarini chizmalarida aks ettiradi. Keyin esa ular jonalanadi.
📝“Innovator” jurnali jamoasi, mana shu jihatlarni eʼtiborga olgan holda "Raqamli texnologiya yoshlar nigohida" tanlovini eʼlon qildi. Tanlovda o‘z g‘oyalaringiz bilan qatnashing!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
💡”INNO Science Camp”- bolalar uchun innovatsion texnologiyalar kursi va shaxsiy rivojlanish tajribasini taklif etadi.
Ushbu oromgohda farzandingiz texnologiyalarni, innovatsiyalarni va robototexnikani qiziqarli va amaliy muhitda o`rganishi mumkin.
INNO Science Camp dasturi: 26- iyul kuni bo’lib o’tadi
🤖Robototexnika kurslari
💻 3D grafika
💥 Elektronika kurslari
😎 VR texnologiya
💥 Lazer bilan ishlov berish
⚙️ 3D printerlar bilan ishlash
🏆 Robototexnika musoboqasi
🔮 Kimyo va fizikaviy shoular
❗️❗️❗️ Ro’yxatdan o’tish uchun @MuhammadaliMamadaliyev
Telegram | Instagram | Facebook | Web | LinkenIn
#Innovator
⚡️"INNOVATOR" jurnali hamkorlaridan biri KHISO olimpiada maktabi asoschisi Sardor Bozorboyev "Kun testi" kreativ mobil ilovasini ishlab chiqdi.
📌Ilova yordamida maktab o'quvchilari turli fanlardan kundalik testlar orqali o'z bilimlarini sinash va o'rganilgan ma'lumotlarni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Reyting ballarini to‘plash orqali oy yakunida g‘olib bo‘lish ham mumkin. Bundan tashqari o'quvchilarning ota-onalari uchun natijalar statistikasini doimiy ko‘rib borish imkoniyati ham mavjud.
👇👇👇Ilovani quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin:
https://play.google.com/store/apps/details?id=uzb.kun_testi
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "Radar"
📌Qurilmaga o'rnatilgan kameralar begona jism yaqinlashayotganligini ko'rsa, zudlik bilan xabar beradi. Qurilmadan, harbiy maqsadlarda, shuningdek, yana bir qancha jabhalarda foydalanish mumkin.
🙋♂️G‘oya muallifi: Madg‘aipov Jonibek,14 yosh. Samarqand shahrida istiqomat qiladi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "Elektro__KA"
📌KA elektromobili g'ayrioddiy ko'rinishga ega kelajak transportidir.
✅Elektr tokida harakat qiladi.
✅Ikki yo'lovchi uchun joy ajratilgan.
✅Yuk uchun katta hajmli joyga ega.
✅Qulay, tez va arzon narxlarda ishlab chiqariladi.
✅Noyob dizaynga ega.
🙋♂️G‘oya muallifi: Qoshqarbaev Islambek ,22 yosh. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Shomanay tumanida istiqomat qiladi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "To‘siqlarni ko‘ruvchi robot"
📌Robot oldidagi to'siqni sezib, unan qochishga harakat qiladi. Bu turdagi robotlardan qutqaruv ishlarida, qulagan binolar ichidan tashqariga yo'l topishda samarali foydalanish mumkin.
🙋♂️G‘oya muallifi: Abrorov Diyor ,14 yosh. Samarqand shahrida istiqomat qiladi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "Moving mouse"
📌"Moving mouse" — harakatlanuvchi sichqon. Qurilma yosh bolalar uchun ajoyib ovunchoq sifatida xizmat qiladi. Ha aytgancha, mushuklar uchun ham.
🙋♂️G‘oya muallifi: Abdumo'minov Bobosher, 12 yosh. Samarqand viloyati, Payariq tumanida istiqomat qiladi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "Shamol kursisi"
📌Qurilma orqali jazirama issiqda shamolni his etish mumkin. Uni yasash uchun kursi va shamol haydagich kifoya.
🙋♂️G‘oya muallifi: Aknazarov Ahror, 13 yosh. Toshkent shahar, Bektemir tumanida istiqomat qiladi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "Cleaning fish" qurilmasi
📌Baliqlarni oddiy pichoqda tozalash juda ko'p vaqt talab etadi. Bu qurilma esa bir necha soniyada baliqni tez va sifatli tozalab beradi. Qurilma batareyka yordamida ishlaydi.
🙋♀️G‘oya muallifi: Namangan davlat universiteti Fizika fakulteti 2- kurs talabasi Abdusattarova Dilfuza, 21 yosh.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
Bu nima? "Ovoz orqali boshqariladigan shaxmat doskasi". Qo‘li yo‘q nogiron insonlarga ham shaxmat o‘ynash imkoniyatini beradigan shaxmat doskasi. Ularning ovozi orqali shaxmat donachalari harakatlanadi.
G‘oya muallifi: Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi 28 -umumtaʼlim maktabining 3-sinf o‘quvchisi Zafarsher Sheraliyev.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
Bu nima? "Innovatsion raqqosa". Bizning milliy raqslarimiz jahonga mashhur. Turistlarni eʼtiborini tortadigan har xil suvener o‘yinchoqlar milliyligimizni ufurib turishi kerak. Shu maqsadda o‘zi raqsga tushadigan tuvakdagi o‘yinchoqni o‘rniga raqqosa tursa yana-da turistlarni eʼtiborini tortgan bo‘ladi. Unda o‘rin olgan tugmani bosganingizda u raqsga tushib, gapirgan gaplaringizni takrorlasa, yana-da qiziqarli.
G‘oya muallifi: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 208-maktabning 2 “v” sinf o‘quvchisi Nоrbo‘tayeva Amira. 8 yosh.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "Chiqindilarni yig‘adigan robot".
📌Chiqindi materiallaridan atrof-muhitni tozalash qiyin masala. Chiqindilarni yig‘ib ulardan o‘zi uchun energiya ishlab chiqaradigan robot bu muammoga yechim bo‘ladi. Robot atrofni aylanib chiqadi va chiqindilarning qayta ishlashga yaroqliligiga qarab ularni maxsus qutilarga joylashtiradi yoki o‘zini oziqlantirish uchun energiyaga aylantiradi. Tabiatga ziyon keltirmagan holda ko‘chalardagi chiqindi qutilarini bo‘shatib chiqadi va atrof-muhit tozaligini nazorat qiladi. Yo‘lda yurganda har xil vaziyatlardan xulosa chiqarib qaror qilish uchun sun‘iy intellekt bilan jihozlangan bo‘ladi. Agar chiqindilar miqdori energiya olish uchun yetarli bo‘lmasa, u quyosh batareyasidan foydalanadi.
🙋♀️G‘oya muallifi: Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidan Kenjayeva Ruxsoraxon. 16 yosh.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#sayyor_qabul
⚡️DIQQAT E’LON!!!
✅2023-yil 25-iyul kuni soat 17:00 dan boshlab Farg’ona Yoshlar innovatsiya markazida Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Olimjon To‘ychiyev “Yoshlar bilan ochiq muloqot” mavzusida sayyor qabul o‘tkazadi.
Qabulda Oliy ta’lim muassasalari talabalari, innovatsion g‘oya va startap loyihalar tashabbuskorlari hamda ushbu yo‘nalishda o‘zlarining qiziqtirgan savollari mavjud yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
📞Qo‘shimcha ma’lumot: +99894-395-99-80
Mo’ljal: Farg’ona politexnika instituti
#tanlov
💡Bu nima? "Aqlli jo'mrak"
📌Videolavhadagi kabi aqlli jo'mraklarga ba'zi binolarda ko'zimiz tushadi. Lekin shu kabi ishlanmalar ko'yapsa-yu, turarjoy binolariga ham o'rnatilsa! Qo'llarni yuvish jarayonida jo'mrak bilan ortiqcha kontaktga kirishmasdan, ishimizni bitirib ketaveramiz.
🙋♂️G‘oya muallifi: To'lqinjonov Xojiyor, 13 yosh. Samarqand viloyati, Payariq tumanida istiqomat qiladi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "Clean foot" bombochkalari
📌"Clean foot" oyoq terlashi, hidlanishi, tovon yorilishi va tirnoqlardagi zamburug'larining paydo bo'lishini oldini oluvchi vosita.
🙋♀️G‘oya muallifi: Xoshimbayeva Muazzamxon Mirzohid qizi, 23 yosh. Toshkent farmatsevtika instituti bitiruvchi talabasi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
‼️SHOSHILING
🚀"Raqamli texnologiya yoshlar nigohida" tanlovi uchun qabul jarayoni tugashiga 7 KUN qoldi!
Imkoniyatni qo'ldan boy bermang, "INNOVATOR" bilan o'z iste'dodingizni namoyon eting!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
⚡️Diqqat, e’lon!
“Boʻlajak olim” tanlovining 2023-yildagi mavsumi uchun iqtidorli yoshlarning STARTAP LOYIHALARI va ILMIY G‘OYALARI boʻyicha arizalar qabul qilinmoqda❗️
Tanlov doirasida hujjatlarni joriy yilning 30-noyabr kuni soat 18:00 ga qadar yuborish mumkin.
🔹Startap loyihalar yo‘nalishi bo‘yicha batafsil bu yerda👈
🔸Ilmiy g‘oyalar yo‘nalishi bo‘yicha batafsil bu yerda👈
❌ Ma’lumot o‘rnida, Ilmiy g‘oyalar va loyihalar Startap o‘rnida qabul qilinmaydi.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#tanlov
📣📣📣DIQQAT
📌"Innovator" jurnali tomonidan tashkil etilgan "Raqamli texnologiya yoshlar nigohida" tanlovi 2023-yil 1-avgust soat 18:00 ga qadar davom etadi.
🚀3 avgust soat 17:00da tanlov g‘oliblari ijtimoiy tarmoqlarimizda eʼlon qilinadi!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "Maxsus proyektor"
📌Dars jarayonlarida odatda proyektorlardan foyladanishadi. Proyektorlar yordamida taqdimot o'tkazishadi yoki biror video lavhani qo'yib berishadi. Biroq katta ma'ruza zallarida orqa qatorda o'tirgan talabalar uchun taqdimotlarni ko'rish biroz qiyinchilik tug'diradi. Rasmda tasvirlangan maxsus proyektor esa bu muammoni bartaraf eta oladi.
✔️O'quvchi yoki talabalar maxsus ruchka va ko'zoynaklar bilan ta'minlanadi. Ko'zoynakni taqqanlarida ular oldida AR ekran paydo bo'ladi va kerakli taqdimot namoyon etiladi. Ruchka yordamida esa ekranning biror qismini yana-da kattalashtirish, zarur bo'lganda kichiklashtirish mumkin.
🙋♀️G‘oya muallifi: Allayarova Umida. Nukus davlat pedagogika instituti 3-bosqich talabasi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "Seysmograf"
📌Video lavhada qahramonimiz tomonidan ishlangan zilzilani aniqlovchi qo'lbola seysmografni ko'rishishingiz mumkin.
🙋♂️G‘oya muallifi: Rafibayev Ne'matullo ,13 yosh. Buxoro shahrida istiqomat qiladi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "Aqlli quti"
📌Quti 25 sm uzoqlikdagi harakatlarni sezadi va avtomatik tarzda qutining qopqog'i ochiladi. Quti 3 sekunddan keyin yopiladi.
🙋♂️G‘oya muallifi: Artikov Shoxruz, 9 yosh. Samarqand shahrida istiqomat qiladi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "Signalizatsiya qurilmasi"
📌Qurilmadan uylarda foydalanish mumkin. Uyquga ketishdan oldin uni ishga tushiring. Tunda uyingizga "chaqirilmagan mehmonlar" tashrif buyursa, qurilma bu haqda sizni ogohlantiradi.
🙋♂️G‘oya muallifi: Muhiddinov Alisherbek, 13 yosh. Samarqand viloyati, Payariq tumanida istiqomat qiladi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "Yomg‘irdan himoyalovchi ko‘zoynak".
📌Oramizda ko‘zoynak taqib yuruvchi insonlar bor. Baʼzan to‘satdan yomg‘ir yog‘ganda bunday insonlarning ko‘zoynagi xiratortib, ko‘rishga qiynaladi. Ushbu yomg‘irdan himoyalovchi ko‘zoynakda, xuddi mashinalarning oynasini tozalashda ishlatiladigan chyotkalarga o‘xshash tayoqchalar o‘rnatiladi. Natijada yomg‘ir yoqqanda ko‘zoynakda o‘rnatilgan tugmani bossangiz chyotka tayoqchalari ishga tushadi.
🙋♀️G‘oya muallifi: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 142-maktabning 2-sinf o‘quvchisi Abdullayeva Darina. 8 yosh.
Facebook | Telegram | Web | Instagram