innovatorjurnali | Unsorted

Telegram-канал innovatorjurnali - "Innovator" jurnali

710

Innovatsion rivojlanish agentligiga qarashli o‘quvchi-yoshlarga bag‘ishlangan ilmiy-texnikaviy, tahliliy ommabop nashr Links: www.indep.uz https://bit.ly/Fb_Innovator https://bit.ly/Ins_Innovator 📞Murojaat uchun: +998 88 007 55 92 @innovator_jurnali

Subscribe to a channel

"Innovator" jurnali

#tavsiya

Bilimli yoshlar – O‘zbekistonning bebaho xazinasi

Sun’iy intellekt boshqaradigan traktor, qonni tez to‘xtatuvchi kompleks qoplama, uchuvchisiz uchish moslamasidan tortib talabalar ishlab pul topishi uchun qulay platformalargacha innovatsion ixtirolar yaratgan yoshlarimiz bor.

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanloviga bag‘ishlangan “Innovator” jurnalining navbatdagi sonida ana shunday yosh ixtirochilar bilan yaqindan tanishib, ularning muvaffaqiyati, o‘y-hayollari hamda maqsadlari haqida o‘qishingiz mumkin.

Jurnalni onlayn o‘qish: 👉https://online.pubhtml5.com/eiiqe/avpg/#p=1

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

💡Bu nima? "Kelajakdagi uy" loyihasi

📌Zamon rivojlanib borgani sayin hayotimiz ham anchagina takomillashib bormoqda va bunday paytda barcha narsalar avtomatlashtiriladi, shu o‘rinda uylar ham. "Kelajak" AI ya'ni sun'iy intelekt yordamida ishlaydi. Rasm orqali to'liqroq tushunib olishingiz mumkin)

🙋‍♂️G‘oya muallifi: Narbayev Og‘abek, 13 yosh. Toshkent viloyati Chirchiq shahrida istiqomat qiladi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

💡Bu nima? "Axlat tashuvchi robot"

📌Bu loyiha imkoniyati cheklangan insolarga yordam berishi mumkin. Hatto tabiatni ham asrashga yordam beradi. Har qanday inson axlat tashuvchi robotga ishora bersa, robot sizning qavatingizni aniqlab sizning axlatlaringizni olib ketadi. Bu juda qulay.

🙋‍♀️G‘oya muallifi: Azimova Mumtozbegim, 12 yosh.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

💡Bu nima? "Aqlli kuller"

📌Bu ko'p funksiyali kuller. Yuqori qismida monitor bo'lib, u yordamida menyuni ko'rsa bo'ladi. Ekran sensor orqali boshqariladi. Shuningdek, kullerni ovozli yordamchi Alisa orqali boshqarsa ham bo'ladi! Kuller sizning istagingizga ko'ra choy, kofe, sharbat, kola fanta kabi salqin ichimliklar, gazlangan hamda gazlanmagan suvni quyib bera oladi. Bu kullerni aqlli uy tizimiga ham ulasa bo'ladi.

🙋‍♂️G‘oya muallifi: Akramov Umarbek Sardorovich, 8 yosh. Olmazor tumanida joylashgan 185-sonli maktabning 2-sinf o'quvchisi

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

💡Bu nima? "Cleaning fish" qurilmasi

📌Baliqlarni oddiy pichoqda tozalash juda ko'p vaqt talab etadi. Bu qurilma esa bir necha soniyada baliqni tez va sifatli tozalab beradi. Qurilma batareyka yordamida ishlaydi.

🙋‍♀️G‘oya muallifi: Namangan davlat universiteti Fizika fakulteti 2- kurs talabasi Abdusattarova Dilfuza, 21 yosh.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

Bu nima? "Ovoz orqali boshqariladigan shaxmat doskasi". Qo‘li yo‘q nogiron insonlarga ham shaxmat o‘ynash imkoniyatini beradigan shaxmat doskasi. Ularning ovozi orqali shaxmat donachalari harakatlanadi.

G‘oya muallifi: Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi 28 -umumtaʼlim maktabining 3-sinf o‘quvchisi Zafarsher Sheraliyev.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

Bu nima? "Innovatsion raqqosa". Bizning milliy raqslarimiz jahonga mashhur. Turistlarni eʼtiborini tortadigan har xil suvener o‘yinchoqlar milliyligimizni ufurib turishi kerak. Shu maqsadda o‘zi raqsga tushadigan tuvakdagi o‘yinchoqni o‘rniga raqqosa tursa yana-da turistlarni eʼtiborini tortgan bo‘ladi. Unda o‘rin olgan tugmani bosganingizda u raqsga tushib, gapirgan gaplaringizni takrorlasa, yana-da qiziqarli.

G‘oya muallifi: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 208-maktabning 2 “v” sinf o‘quvchisi Nоrbo‘tayeva Amira. 8 yosh.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

💡Bu nima? "Chiqindilarni yig‘adigan robot".

📌Chiqindi materiallaridan atrof-muhitni tozalash qiyin masala. Chiqindilarni yig‘ib ulardan o‘zi uchun energiya ishlab chiqaradigan robot bu muammoga yechim bo‘ladi. Robot atrofni aylanib chiqadi va chiqindilarning qayta ishlashga yaroqliligiga qarab ularni maxsus qutilarga joylashtiradi yoki o‘zini oziqlantirish uchun energiyaga aylantiradi. Tabiatga ziyon keltirmagan holda ko‘chalardagi chiqindi qutilarini bo‘shatib chiqadi va atrof-muhit tozaligini nazorat qiladi. Yo‘lda yurganda har xil vaziyatlardan xulosa chiqarib qaror qilish uchun sun‘iy intellekt bilan jihozlangan bo‘ladi. Agar chiqindilar miqdori energiya olish uchun yetarli bo‘lmasa, u quyosh batareyasidan foydalanadi.

🙋‍♀️G‘oya muallifi: Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidan Kenjayeva Ruxsoraxon. 16 yosh.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#sayyor_qabul

⚡️DIQQAT E’LON!!!

✅2023-yil 25-iyul kuni soat 17:00 dan boshlab Farg’ona Yoshlar innovatsiya markazida Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Olimjon To‘ychiyev “Yoshlar bilan ochiq muloqot” mavzusida sayyor qabul o‘tkazadi.

Qabulda Oliy ta’lim muassasalari talabalari, innovatsion g‘oya va startap loyihalar tashabbuskorlari hamda ushbu yo‘nalishda o‘zlarining qiziqtirgan savollari mavjud yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

📞Qo‘shimcha ma’lumot: +99894-395-99-80

Mo’ljal: Farg’ona politexnika instituti

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

💡Bu nima? "Aqlli jo'mrak"

📌Videolavhadagi kabi aqlli jo'mraklarga ba'zi binolarda ko'zimiz tushadi. Lekin shu kabi ishlanmalar ko'yapsa-yu, turarjoy binolariga ham o'rnatilsa! Qo'llarni yuvish jarayonida jo'mrak bilan ortiqcha kontaktga kirishmasdan, ishimizni bitirib ketaveramiz.

🙋‍♂️G‘oya muallifi: To'lqinjonov Xojiyor, 13 yosh. Samarqand viloyati, Payariq tumanida istiqomat qiladi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

💡Bu nima? "Clean foot" bombochkalari

📌"Clean foot" oyoq terlashi, hidlanishi, tovon yorilishi va tirnoqlardagi zamburug'larining paydo bo'lishini oldini oluvchi vosita.

🙋‍♀️G‘oya muallifi: Xoshimbayeva Muazzamxon Mirzohid qizi, 23 yosh. Toshkent farmatsevtika instituti bitiruvchi talabasi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

‼️SHOSHILING

🚀"Raqamli texnologiya yoshlar nigohida" tanlovi uchun qabul jarayoni tugashiga 7 KUN qoldi!

Imkoniyatni qo'ldan boy bermang, "INNOVATOR" bilan o'z iste'dodingizni namoyon eting!

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

⚡️Diqqat, e’lon!

“Boʻlajak olim” tanlovining 2023-yildagi
mavsumi uchun iqtidorli yoshlarning STARTAP LOYIHALARI va ILMIY G‘OYALARI boʻyicha arizalar qabul qilinmoqda❗️

Tanlov doirasida hujjatlarni joriy yilning 30-noyabr kuni soat 18:00 ga qadar yuborish mumkin.

🔹Startap loyihalar yo‘nalishi bo‘yicha batafsil bu yerda👈
🔸Ilmiy g‘oyalar yo‘nalishi bo‘yicha batafsil bu yerda👈

Ma’lumot o‘rnida, Ilmiy g‘oyalar va loyihalar Startap o‘rnida qabul qilinmaydi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

📣📣📣DIQQAT

📌"Innovator" jurnali tomonidan tashkil etilgan "Raqamli texnologiya yoshlar nigohida" tanlovi 2023-yil 1-avgust soat 18:00 ga qadar davom etadi.

🚀3 avgust soat 17:00da tanlov g‘oliblari ijtimoiy tarmoqlarimizda eʼlon qilinadi!

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

💡Bu nima? "Maxsus proyektor"

📌Dars jarayonlarida odatda proyektorlardan foyladanishadi. Proyektorlar yordamida taqdimot o'tkazishadi yoki biror video lavhani qo'yib berishadi. Biroq katta ma'ruza zallarida orqa qatorda o'tirgan talabalar uchun taqdimotlarni ko'rish biroz qiyinchilik tug'diradi. Rasmda tasvirlangan maxsus proyektor esa bu muammoni bartaraf eta oladi.

✔️O'quvchi yoki talabalar maxsus ruchka va ko'zoynaklar bilan ta'minlanadi. Ko'zoynakni taqqanlarida ular oldida AR ekran paydo bo'ladi va kerakli taqdimot namoyon etiladi. Ruchka yordamida esa ekranning biror qismini yana-da kattalashtirish, zarur bo'lganda kichiklashtirish mumkin.

🙋‍♀️G‘oya muallifi: Allayarova Umida. Nukus davlat pedagogika instituti 3-bosqich talabasi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

💡Bu nima? "Katapulta"

📌Video lavhada ko'rib turganingiz qo'bola katapulta. Shu mexanizm orqali bolalar uchun katapulta ko'rinishidagi kichik o'yinchoqlar yasash mumkin.

🙋‍♂️G‘oya muallifi: Masharipov Jamshidbek Hurshit ogʻli, 11 yosh. Xorazm viloyati Hazorasp tumanida istiqomat qiladi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

💡Bu nima? "Bekajon robot"

📌Robot uy ishlarida, asosan, oshxona yumushlarida onajonlarimizga yordamchi bo'ladi. Robotning ichki qismi tokchalar vazifasini ham o'taydi. Idish-tovoqlarni joylab qo'ysa bo'ladi. Shuningdek, robotga elektron pech ham o'rnatilgan.

✔️Bekajon robot elektr tokidan quvvat oladi.

🙋‍♀️G‘oya muallifi: Navoyi viloyat Qiziltepa tumani 13-maktab 5-sinf oʻquvchisi Farxodova Shirinabonu Feruz qizi

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

💡Bu nima? "Yangicha rozetka"

📌Endi simli uzaytgichlarga (удлинитель) xojat yo'q. Bu rozetkalar yordamida uyning har qanday chekkasiga elektr tokini o'tkazish mumkin. Uning uzunligi 3 metrdan 7 metrgacha bo'lishi mumkin. Bu turmush tarzini osonlashtiradi.

🙋‍♂️G‘oya muallifi: Azimov Mirsaid, 14 yosh.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

💡Bu nima? "Aqlli ko'zoynak"

📌Bu ko'zoynaklar shifokorlar uchun asqatadi. Aqlli ko'zoynaklar yordamida insonlarning organlarini yaqqol ko'rsa bo'ladi va shikastlangan organni vaqtni tejagan holda, tez aniqlashda yordam beradi. U bilan operatsiyalarni ham o'tkazish mumkin!

🙋‍♂️G‘oya muallifi: Azimov Mirfayz, 7 yosh.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#yangilik

⚡️TANLOV UCHUN LOYIHALAR TOPSHIRISH MUDDATI UZAYTIRILDI

📣📣📣"Raqamli texnologiya yoshlar nigohida" tanlovida ishtirok etish niyatida bo‘lgan ishtirokchilar diqqatiga!!!

✅Tanlovimizda qatnashish istagida ko‘p ishtirokchilardan qiziqarli loyihalar yuborilmoqda. Yurtimizda ana shunday bilimli yoshlar borligidan juda quvondik! Lekin ular orasida tushunarsiz loyihalar ham bor. Shu sababli tanlovda ishtirok etish niyatida bo‘lgan qatnashchilarga loyihalari ustida qayta ishlab, bizga jo‘natishlari uchun tanlov o‘tkazish kunlarini uzaytirishga QAROR QILDIK.

⏳Loyihalarni topshirish muddati 20.08.2023 gacha davom etadi!

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

Bu nima? "Aqlli eshik". Sinfda dars o‘tadigan o‘qituvchi va o‘quvchilarning ro‘xati eshikda aks etadi. Hattoki, qaysi o‘quvchi kelmasa, ularning ro‘yxati eshikda ko‘rsatiladi.

G‘oya muallifi: Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida istiqomat qiluvchi 10-sinf o‘quvchisi Shirinaxon Sheriliyeva.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

Bu nima? "Smart Bunker". Fermerlarning muammollaridan biri, don ekish mavsumida bunkerdagi donning sathini nazorat qilinmaganligidir. Bu muammollarni o‘rgangan holda yangi avtomatlashgan tizim qurilmasini ishga tushirish maqsadga muvofiqdir. U orqali, mashinistning jismoniy toliqishi, yoqilg‘ini va vaqtning ortiqcha sarf bo‘lishining oldini olish mumkin. Qolaversa, yillik hosildorlikning kamayishini ham bartaraf etadi.

G‘oya muallifi: Toshkent shahridan Abduqodirova Kamila. 20 yosh.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

💡Bu nima? "Yig'iladigan cho'ntak arrasi"

📌Arra ham kerakli ish qurollarimizdan biri. Biroq katta va og‘ir arralarni ko‘tarib yurish biroz noqulay. Shu sababli yengil va hamyoningizga sig‘adigan arralar bo‘lsa ancha qulay bo‘lishi turgan gap.

✔️Bunday arra esa muammoga yechim topadi. Arrani bitta tugma orqali yig‘ib olish yoki ishlatish uchun dastasidan chiqarish mumkin. Ikkinchi uchida esa ushlash uchun qulay ilgak bor.

✅Afzalliklari: Juda qulay va ixcham. Uy sharoiti uchun mos. Elektr arralardan ko‘ra hamyonbop.

❗️Yuqoridagi rasmdagidek ko‘rinishda bo‘ladi. Ammo birinchi dastasi kattaroq va arraning kesuvchi qismi yig‘iladigan bo‘ladi. Bu rasmdan tasavvurga ega bo‘lish uchun foydalanildi.

🙋‍♂️G'oya muallifi: Choriyev Qahramon, 14 yosh. Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi Prezident maktabining 8-sinf o'quvchisi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

📣📣📣Ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop “Innovator” jurnalining 2-soni “TechnoWays“ texnologik rivojlanish marafoniga bag‘ishlandi.

📖"TECHNOWAYS" marafoni: U QANDAY IMKONIYATLARNI TAQDIM ETADI?

⚽️UCHARTO'P — yangi milliy sport o'yini.

🦠Tibbiyotga kirib kelayotgan yangi innovatsiyalar.

🏆Eng yosh "Mirzo Ulug'bek vorisi" — UNING SIRI NIMADA?

🦾Web-dasturchilik sohasida ayollarning o'rni qanday?

📖Barchasi haqida “Innovator”da batafsil tanishing! Quyidagi havola orqali jurnalni "varaqlab" ko'ring😉
https://online.pubhtml5.com/agbch/nvzt/#p=1

Telegram | Facebook | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

💡Bu nima? "Yashil gazeta"

📌Atrofimizga nazar soladigan bo'lsak, ko'pchilikning qo'lidagi telefonlari bilan band ekanliklarini ko'ramiz. Yoshlarning ham aksariyati smartfonlariga mukkasidan ketib, kitob o'qishni unutib qo'yishmoqda. "Yashil gazeta" nafaqat kitobxonlikni balki tabiatni asrashni targ'ib etuvchi ishlanma hisoblanadi.

✅Yashil gazeta qog'ozlarni qayta ishlash yo'li bilan yaratiladi, shuningdek, qog'ozlarning ichida turli o'simliklarning urug'lari mavjud. Gazetani o'qib bo'lib, uning qog'ozlarini yerga ko'mib qo'ysangiz, bir muddatdan so'ng ekkan yeringizdan gul unib chiqadi.

🙋‍♂️G‘oya muallifi: Abduvoris Alovuddinov, 9 yosh. Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan 279-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 4-sinf o'quvchisi.


Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

💡1927-yilda Alyaska bayrog‘ining eng yaxshi dizayni uchun tanlov tashkil etildi. O‘sha yillarda Alyaska AQSH shtatining tarkibida bo‘lmagan. Tanlovda 13 yoshli Benni Benson ismli bolaning chizgan surati g‘olib deb topildi.

🚀Asosan olamshumul ixtirolarning muallifi aynan bolalar bo‘ladi. Odatda, ular o‘z g‘oyalarini chizmalarida aks ettiradi. Keyin esa ular jonalanadi.

📝“Innovator” jurnali jamoasi, mana shu jihatlarni eʼtiborga olgan holda "Raqamli texnologiya yoshlar nigohida" tanlovini eʼlon qildi. Tanlovda o‘z g‘oyalaringiz bilan qatnashing!

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

💡”INNO Science Camp”- bolalar uchun innovatsion texnologiyalar kursi va shaxsiy rivojlanish tajribasini taklif etadi.

Ushbu oromgohda farzandingiz texnologiyalarni, innovatsiyalarni va robototexnikani qiziqarli va amaliy muhitda o`rganishi mumkin.

INNO Science Camp dasturi: 26- iyul kuni bo’lib o’tadi

🤖Robototexnika kurslari
💻 3D grafika
💥 Elektronika kurslari
😎 VR texnologiya
💥 Lazer bilan ishlov berish
⚙️ 3D printerlar bilan ishlash
🏆 Robototexnika musoboqasi
🔮 Kimyo va fizikaviy shoular

❗️❗️❗️ Ro’yxatdan o’tish uchun @MuhammadaliMamadaliyev

Telegram | Instagram | Facebook | Web | LinkenIn

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#Innovator

⚡️"INNOVATOR" jurnali hamkorlaridan biri KHISO olimpiada maktabi asoschisi Sardor Bozorboyev "Kun testi" kreativ mobil ilovasini ishlab chiqdi.

📌Ilova yordamida maktab o'quvchilari turli fanlardan kundalik testlar orqali o'z bilimlarini sinash va o'rganilgan ma'lumotlarni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Reyting ballarini to‘plash orqali oy yakunida g‘olib bo‘lish ham mumkin. Bundan tashqari o'quvchilarning ota-onalari uchun natijalar statistikasini doimiy ko‘rib borish imkoniyati ham mavjud.

👇👇👇Ilovani quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin:
https://play.google.com/store/apps/details?id=uzb.kun_testi

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

💡Bu nima? "Radar"

📌Qurilmaga o'rnatilgan kameralar begona jism yaqinlashayotganligini ko'rsa, zudlik bilan xabar beradi. Qurilmadan, harbiy maqsadlarda, shuningdek, yana bir qancha jabhalarda foydalanish mumkin.

🙋‍♂️G‘oya muallifi: Madg‘aipov Jonibek,14 yosh. Samarqand shahrida istiqomat qiladi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

💡Bu nima? "Elektro__KA"

📌KA elektromobili g'ayrioddiy ko'rinishga ega kelajak transportidir.
✅Elektr tokida harakat qiladi.
✅Ikki yo'lovchi uchun joy ajratilgan.
✅Yuk uchun katta hajmli joyga ega.
✅Qulay, tez va arzon narxlarda ishlab chiqariladi.
✅Noyob dizaynga ega.

🙋‍♂️G‘oya muallifi: Qoshqarbaev Islambek ,22 yosh. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Shomanay tumanida istiqomat qiladi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…
Subscribe to a channel