innovatorjurnali | Unsorted

Telegram-канал innovatorjurnali - "Innovator" jurnali

710

Innovatsion rivojlanish agentligiga qarashli o‘quvchi-yoshlarga bag‘ishlangan ilmiy-texnikaviy, tahliliy ommabop nashr Links: www.indep.uz https://bit.ly/Fb_Innovator https://bit.ly/Ins_Innovator 📞Murojaat uchun: +998 88 007 55 92 @innovator_jurnali

Subscribe to a channel

"Innovator" jurnali

#tanlov

💡Bu nima? "Skafander"

🚀Muallif: "Ba'zi sayyoralarda harorat Yerdagi kabi emas. Quyoshdan uzoqda joylashganlari juda sovuq bo'ladi, yaqib joylashganlari esa juda ham issiq. Bu kosmanavtlarga parvoz chog'larida qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Men chizgan skafanterda haroratni boshqarib turadigan tizim mavjud!"

🙋‍♂️G‘oya muallifi: Jurayev Shaxboz, 11 yosh. Sergili tumanidagi 277-IDUMning 4-sinf o'quvchisi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

💡Bu nima? "Aqlli dazmol"

🔥Ba'zida dazmollarni elektr quvvatidan uzib qo'yish yodimizdan ko'tariladi. Bunday vaqtlarda esa aqlli dazmol yordamga keladi. uning boshqa dazmollardan farqi shundaki, aqlli dazmolni 5 daqiqa davomida ishlatmasangiz, u avtomatik tarzda o'chadi. Bu kabi ishlanmalar yong'in sodir bo'lishining oldini ham oladi.

💁‍♀️G'oya Muallifi:
Hoshimova Umida, 19 yosh. Tibbiyot texnikumi talabasi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

💡Bu nima? "Sapyor robot"

✔️Ushbu robotdan portlovchi moddalarni zararsizlantirishda foydalanish mumkin! Qanday, deysizmi? Robot masofadan boshqariladi. Unga o'rnatilgan kameralar atrofni kuzatishda yordam beradi. Robotning old qismidagi kesgichlar esa portlovchi moddalarning manbalarini kesishda ishlatiladi.

💁‍♂️G'oya Muallifi: Sheraliyev Akobir, 18 yosh.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

💡Bu nima? "Shamol elektr stansiyasi"

🌪Rasmda ko'rib turganingiz innovatsion shamol elektr stansiyasining maketi. Uning o'ziga xos jihati shundaki, generatorlar shamol 1m/s tezlikda esa boshlagandan ishga tushadi, shuningdek, turbinadagi parrak bir marotaba aylanganda, reduktor 5 marotaba aylanadi.

🖇Ushbu elektr stansiyasi 12 V elektr tokini ishlab chiqaradi va maxsus kuchaytirgich orqali u 220 V ga aylantiriladi.

💁‍♂️G'oya Muallifi: Melixolov Shoxruz, 14 yosh.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

💡Bu nima? "Aqlli kanalizatsiya sistemasi"

🚰Rasmda tasvirlangan sitemaning g'ayrioddiyligi shundan iboratki, hozirgi kundagi eskirgan sistemalarga qaraganda bir necha barobar unumli hamda sezilarli miqdordagi suvni tejab qola oladi. Bu esa nafaqat turmush sharoitimizni, balki butun bir ekologiyani xavf-hatardan ancha yiroq qiladi.

🚀Shu sistema, balki yaqinlashib kelayotgan qurg'oqchilik yillarini bir necha yillarga uzoqlashtirar!

💁‍♂️G'oya Muallifi: Abdumalikov Azmiddin, Nurafshon shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o'quvchisi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

💡Bu nima? "Uchar mashina"

🚙Rasmda tasvirlangan mashinaning g'ildiraklari oddiy mashinalarnikidan ancha farq qiladi! Albatta, bu mashina uchadi-da.

🚀Shu turdagi avtomobillar, balki, yo'l harakati vaqtidagi tirbandliklarning oldini olishga sababchi bo'lar.

💁‍♂️G'oya Muallifi: Karimjonov Xolid, Yashnobod tumanidagi 30-maktabning 4-sinf o'quvchisi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🏢 Sirdaryo yoshlar texnopark robototexnika klubi yana bir o'quvchisidan ajoyib ishlanma.

👨‍🔬 Behruz 3-sinf o'quvchisi texnoparkda tashkil qilingan bepul "Grant kurslar" da qatnashib o'zining qiziqarli innovatsion g'oyalarini ustozlari bilan birga amalga oshirmoqda.

⚙️ Yosh ixtirochi yasagan yuk tashuvchi robotda bitta 12 v DC mator va ikkita 1,5 v tok manbaidan foydalanilgan.

🤖 Texnoparkdagi sharoit va imkoniyatlar robototexnika klubi o'quvchilarini yangi ishlanmalar yaratishga qo'l kelmoqda.


Bizni kuzating👇🏻
telegram | instagram | facebook | web-sayt

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

💡Bu nima? "Aqlli yo'l "

🛣  Tunda qorong'usida ba'zi piyodalar o'tish yo'lagi ko'rinmay qoladi. Ayrim piyodalar o'tish yo'laklarida svetafor mavjud emas. Bu tunda insonlar va haydovchilarga noqulaylik tug'diradi. Buning oldini olish maqsadida "Aqlli yo'l "dan foydalanamiz. Yo'lak inson qadam qo'yishi bilan tunda yorqin rangli proyeksiya hosil qiladi boshlaydi.

👩‍🔬G'oya Muallifi: G'ofurova San'atxon Akmaljon qizi,19 yosh. Farg'ona viloyati, Dang'ara tumanida istiqomat qiladi.

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

Bu nima? "Ranglarni ajratadigan robot". Rassom uchun ranglarni tezda bir joyga taxt qilib beradigan uskuna bo‘lsa ishlashi ancha qulay bo‘ladi. Bu uskuna aynan shunday yordamchi vazifasini o‘tashi mumkin.

G‘oya muallifi: Sheraliyev Akobir. Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Мастер-класс: Создание компьютерных игр с использованием Unreal Engine 5

Вам нравятся компьютерные игры? Вы хотите научиться создавать их? Отлично, мы приглашаем вас на бесплатный семинар, организованной компанией Cube of Skill и Diba Innovation Hub. Здесь вам расскажут как сделать игру, о которой вы мечтали, на самом лучшем игровом движке - Unreal Engine 5!

Семинар состоится 12 августа в 17:00 в здании Diba Innovation HUB. Участие в нем абсолютно бесплатное.

Регистрация доступна до 11 августа по телеграмму:
@cube_of_skill

Подробнее: https://ihitt.uz/formdiba/


📍41.3333439,69.3006686,18z/data=!4m6!3m5!1s0x38aef5d1141441dd:0xde9d074127010a80!8m2!3d41.3336543!4d69.3017535!16s%2Fg%2F11ss9hc38c?entry=ttu">Location Diba Innovation hub

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

💡Bu nima? "Tomchi suv yig'ish qurilmasi"

🌿Tomchi suv yig'ish qurilmasi o'simlik oldiga o'rnatiladi. Tongda o'simliklarga tushadigan shudring suvini qurilmadagi soch tolali simlar ushlab qoladi va markazda joylashgan quvur orqali o'simlik tomirlariga yuboradi. Quvur ichiga mineral o'g'itlar solish uchun joy ham mavjud.

💦Xozirgi kunda suvga bo'lgan ehtiyoj dunyo miqyosida ortib bormoqda. Qishloq xo'jaligiga tomchilab sug'orish yo'lga qo'yilgan lekin bu qurilmaga ulardagi kabi politen, shlang, suv nasosi kabi qo'shimcha qismlar kerak bo'lmaydi. Uning ishlashi uchun elektr energiyasi ham talab etilmaydi!

🙋‍♀️G‘oya muallifi: G'ofurova Sevinchxon Akmaljon qizi, 14 yosh.
Farg'ona viloyati Dang'ara tumanida
istiqomat qiladi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

💡Bu nima? "Onlayn platforma". Uydan chiqmagan holda ingliz tilini o‘rganish uchun qulay platforma.

🙋‍♂️G‘oya muallifi: Imomov Imran, 12 yosh. Toshkent shahri.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

💡Bu nima? "So'zlovchi taqvim"

🙋‍♂️G‘oya muallifi: Farxodov Javoxirbek 9 yosh. Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qiladi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

💡Bu nima? "Parom"

🛳Ushbu parom qo'lbola bo'lib, kichraytirilgan shaklda modellashtirilgan. Shu kabi kichik mexanizmlardan dengizlarda kuzatuv ishlarida foydalansa bo'ladi. Shuningdek, bolalar uchun o'yinchoqlar yasashda ham ishlatilishi mumkin.

🙋‍♂️G‘oya muallifi: Nurmamatov Anvarjon, 11 yosh. Samarqand viloyati, Paxtachi tumanidagi 31-maktabning 4-sinf o'quvchisi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

💡Bu nima? "3D To-An" polifuksional shoshilinch tibbiyot ko'zoynaklari

🧬 "3D TO-AN" — inson tomir diagramasini aniqlash va inyeksiya qilishda asqotuvchi qurilma. Ko'zoynak orqali tomir o'zaninining harakatini, shuningdek, ichki qon ketishi jarayonini yaqqol kuzatish mumkin.

👨‍⚕️G‘oya muallifi: Rakhimov Zekhniddin Khusniddinbek o‘g‘li, 25 yosh. Buxoro Davlat Tibbiyot Unversiteti 5-bosqich talabasi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

💡Bu nima? "Sog'lom turmush tarzini targ'ib etuvchi robot"

📌Ma'lumki, hozirgi vaqtda barcha bolalar uyali aloqa telefonlariga bog'lanib qolishgan. Shu sababdan ularda asab va ko'z bilan bog'liq kasalliklar vujudga kelmoqda. Buning oldini olish maqsadida 3 vazifadan iborat "Sog'lom turmush tarzini targ'ib etuvchi robot" yaratishdik.

✅Ushbu robot 1 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan. 1 yoshga to'lgan bolalar ko'rgan narsalarini takrorlayt boshlashadi. Shu sababli ham qurimaning 1-vazifasi bolalarga badan tarbiya mashiqlarini bolalarga o'rgatish hisoblanadi. 2-vazifasi esa fonar o'rnini bosishdir. Chunki, ko'pchilik bolajonlarimiz qorong'ulikdan qo'rqib, kechalari yolg'iz uxlasholmaydi. 3-vazifasi bolalarni uyg'otishdir. Qurilma ertalab bog'cha yoki maktabiga bolajonlarimizni qiziqarli kuylar bilan uyg'otadi.

🙆‍♀️G‘oya muallifi: Zokirova Shaxnoza, Alfraganus universiteti 2 bosqich talabasi

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

💡Bu nima? "Wind-solar combination "

🌓Ushbu qurilma shamol generatori, shamol parraklari va yuqori qismidagi quyosh panelidan iborat. Quyosh paneli kunduzi quyosh nurlari orqali elektr energiya ishlab chiqaradi, havo oqimi yordamida qurilma parraklari harakatga keladi, generator ishga tushadi. Kombinatsiyalash orqali ikkala energiyani birlashtiriladi. Qurilma kunduzi ishlab chiqargan elektr energiyani akkumulyatorlarga yig'ib olinadi va tunda yo'llarni yoritish uchun ishlatiladi.

💁‍♀️G'oya Muallifi: Ortig'aliyeva Mubinaxon, 20 yosh

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

💡Bu nima? "RoboScarpion"

RoboScarpion avtonom roboti Orol xududida saksaul o'simligini ekish uchun yaratilgan. Bu robot 50-60 ishchi kuchi o'rnini bosadi. Bu robotdan bog'dorchilik ishlarida ham foydalanish mumkin!

💁‍♂️G'oya Muallifi: Odilov Adham, 18 yosh.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

💡Bu nima? "Robot-shifokor"

🤖Robotlarni turli jabhalarda qo'llash mumkin. Shulardan biri tibbiyotdir. Robot-shifokorlar bemorlarni tibbiy ko'rikdan o'tkazishi, ularning kasallilariga birlamchi tashxis qo'ya oladi.

👩‍🔬Ba'zi mamlakatlarda hali-hanuz shifokorlarga ehtiyoj katta, bunday joylarda robot-shifokorlar yordamga keladi!

💁‍♀️G'oya Muallifi: Gulamova Muslimaxon, Chilonzor tumanidagi 217-maktabning 2-sinf o'quvchisi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#Savollarga_javoblar

🧠Savol: Menda ixtiro uchun g’oya bor. Innovatsion rivojlanish agentligi menga qanday yordam bera oladi?

@olimjon_tuychiyev

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

📣📣📣DIQQAT

📌"Innovator" jurnali tomonidan tashkil etilgan "Raqamli texnologiya yoshlar nigohida" tanlovi 2023-yil 20-avgust soat 18:00 ga qadar davom etadi.

🚀23-avgust soat 17:00da tanlov g‘oliblari ijtimoiy tarmoqlarimizda eʼlon qilinadi!

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

💡Bu nima? "O'yinchoq yig'uvchi robot"

🤖Ushbu robot uy bo'ylab sochilgan o'yinchoqlarni bir zumda yig'ishtirishga yordam beradi.

🚀Robotning bosh qismida uchta turli ranglardagi chiroqlar yonib turadi. Yashil chiroq💚 — uyda sochilib yotgan o'yinchoqlar yo'qligini, sariq chiroq💛 — yerda bir qancha o'yinchoqlar borligini, qizil chiroq❤️ esa — uy tartibsiz holga kelganligini ifodalaydi. Robotning tezroq harakatlanishi uchun oyoq qismiga roliklar o'rnatiladi.

💁‍♀️G'oya Muallifi: Karimjonova Nafisa, Yashnobod tumanidagi 30-maktabning 2-sinf o'quvchisi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

💡Bu nima? "Zilzila vaqtida xabar beruvchi mexanik qurilma"

🛎Ushbu qurilma devorga yerdan 2 metr balandlikka o'rnatiladi. Zilzila yoki binodagi tebranish metall sharikchani harakatga keltiradi va doimiy ulangan tokni korpusga o'rnatilgan metall tok o'tkazgich orqali tovushni qurilmaga yuboradi. Tovushli qurilma zilzila yoki binodagi tebranish haqida insonlarga xabar beradi.

🛠Bu qurilmani ko'p qavatli uylarga, maktablar yoki bolalar bog'chasi, tashkilot va idoralar kirish qismiga o'rnatish mumkin. 3 voltdan 220 voltgacha tokda ishlaydi. Eni — 15sm, bo'yi — 25sm, qalinligi — 10sm, og'irligi — 400gr ni tashkil etadi (ovoz chiqaruvchi qurilma bilan 700gr).

🙋‍♀️G‘oya muallifi: G'ofurova San'atxon Akmaljon qizi, 19 yosh. Farg'ona viloyati, Dang'ara tumanida istiqomat qiladi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Seminar: Unreal Engine 5 orqali kompyuter o'yinlarini yaratish

Kompyuter o'yinlariga qiziqasizmi? Ularni qanday yaratishni o'rganishni istaysizmi? Unda sizni Cube of Skill va Diba Innovation Hub tomonidan tashkil etilgan bepul seminarga taklif etamiz. Bu yerda sizga eng yaxshi o'yin mexanizmi - "Unreal Engine 5"dan foydalanib orzuyingizdagi o'yinni yaratish haqida bilimga ega bo'lasiz.

Seminar 12-avgust kuni soat 17:00 da Diba Innovation HUB binosida bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Ro‘yxatdan o‘tish 11-avgustgacha davom etadi:
@cube_of_skill

Batafsil:
https://ihitt.uz/formdiba/

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 25-avgustga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

🔴Oybekning “Navoiy” asari
🔴Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” asari

Yakunda 50 nafar ishtirokchi finalga yo‘l oladi va final bosqichi bellashuvi natijasiga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi hamda quyidagi tartibda taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk;
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet;
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Smartfon (6/128);
🔵5-o‘rin (10 nafar) – Smartfon (4/64);
🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – Smartfon.

📌 Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

⭕️⭕️⭕️Urban.Tech Uzbekistan 2023 xakaton musobaqasi Sentabr oyiga ko'chirildi!

🙂 Ko'p sonli ariza topshiruvchilarning talabiga binoan Urban.Tech Uzbekistan 2023 xakaton musobaqasi 2023-yil 6-8-sentabr kunlari bo'lib o'tadi.


💰 Mukofot jamg'armasi: 200 mln so'm

🟥O'tkazilish joyi: INNO Texnopark

Ariza topshirish muddati: 2023-yil 10-avgust

🗄 Ro’yxatdan o’tish uchun:
www.urbantech.uz

🌍 Batafsil ma'lumot: @innotechnopark

❗️Keltirilgan noqulaylik yuzasidan barcha ro'yxatdan o'tgan ishtirokchilardan uzr so’raymiz.

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#robototexnika

🏢Sirdayro Yoshlar texnoparkida bepul "Robototexnika" klubi tashkil etilgan!

🚀Ushbu klubda yozgi ta'tilni maroq bilan o'tkazayotgan 9 yoshli Salohiddin va Niginaxon "Grand kurslar"ida qatnashib, o'zlarining ilk ishlanmalarini yasadilar. Qurilma hozirgi yoz faslida ishlatishga mo'ljallangan bo'lib, 12 w quyosh paneli energiyasi orqali kichik shamol qiluvchi elektr matorni ishlatadi. Natida, tabiiy energiyadan quvvatlanuvchi ventilyatorlar hosil bo'ladi.

📌Agar sizda ham bu turdagi “qoʻlbola ixtirolar" mavjud boʻlsa, bizga yoʻllang!

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

💡Bu nima? "Super uchar car"

🚀Muallif: "Ertaning yorug' tarixi bugundan boshlanadi. Insonlarni kelajalda  o'z mashinasida osmonga uchishi avval orzu edi, endi esa bu orzu maqsadga aylanib, qog'ozga tushirildi! Ko'rib turganingizdek, bu uchar mashina toza energiya ya'ni quyosh energiyasidan foydalanadi."

🙋‍♂️G‘oya muallifi: Muhamadjonov Hayotbek, 13 yosh. Uchqo'rg'on tumani, 13-umumta'lim maktabining 6-sinf o'quvchisi

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

💡Bu nima? "Suvni filtrlovchi qurilma"

💧Bu uskunani ichimlik toza ichimlik suvi nisbatan kam joylarda qo'llash mumkin. Qurilma ichiga yaroqsiz suv quyiladi, qurilma suvni bug'lantiradi. Bug' holatidagi suv qurilmaning tepa qismiga yig'iladi. Usbu suv endi ichishga yaroqli!

🙋‍♂️G‘oya muallifi: Muhamadjonov Og'abek, Uchqo'rg'on tumani, 13-umumta'lim maktabi 9-sinf o'quvchisi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov

Bu nima? "Power charje". Ayrim hududlarda chiroq tez-tez o‘chadi. Natijada muzlatgichda turgan mahsulotlar o‘z sifatini yo‘qotishi mumkin. Bu ishlanma xuddi power bank singari elektr toki bilan quvvatlangan bo‘ladi. Chiroq o‘chgan mahal muzlatgichni u orqali quvvatlantirsa bo‘ladi. Nafaqat muzlatgich, balki mikroto‘lqindan ham yeguliklarni isitishingiz mumkin. Shuningdek, bu ishlanma, quyosh nurlari orqali quvvatlantiriladi ham.

G‘oya muallifi: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 142-maktabning 8-sinf o‘quvchisi Abdullayeva Parvina.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…
Subscribe to a channel