#jurnal_sahifalaridan
#maqola
📽KINODAN REAL OLAMGA KO'CHGAN AVATAR ROBOTI
“Innovator”ning navbatdagi mehmonlari – “InnoWeek”dagi ko‘rgazma sabab ijtimoiy tarmoqlarda shovshuv ko‘targan ulkan robot yaratuvchilari. Ular yosh bo‘lishiga qaramay o‘z loyihalari kabi ulkan natijalarga erishmoqda. Bir qator xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikni ham yo‘lga qo‘yishga ulgurishgan. Ular nega robotni juda ulkan qilib yaratishdi? Robotga nima sababdan “Avatar” nomi berildi? Bu loyiha qanday dunyoga keldi? Nashrimiz shu va boshqa savollarga jamoa vakili Mayr Mixaildan javob oldi...
📖 “Innovator” jurnalida batafsil tanishing! Quyidagi havola orqali jurnalni "varaqlab" ko'ring😉
👉https://online.pubhtml5.com/qexsf/fsww/#p=1
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Bu_ kun
✍️ Har sanada dunyo miqyosida turli xil voqealar sodir boʻladi va bu kun tarix sahifalariga muhrlanadi. Biz esa muhim sanalarni saralab, oʻzimizning audtoriyamizga mosini tanlashga harakat qilamiz.
🗣Aslida, mashhur insonlarni tavvalud topgan kuni ham muhim sana sifatida qaraladi.
❗️Demak, aynan shu sanada 1966-yili Djimmi Ueyls dunyoga kelgan. Bu insonni tanimaganlar boʻlishi mumkin. Biroq u yaratgan “Wikipediya” atalmish internet ensiklopediyasini bilmaganlar kam.
✔️Dastlab, Djimmi 2000-yil mart oyida hamma erkin foydalanishi uchun “Nupediya» ensiklopediyasini yaratgan.
Oradan bir yil oʻtgach, "Nupediya" oʻz nomini biz bilgan va muntazam foydalanadigan “Wikipediya”ga oʻzgartirdi. Shu tariqa Djimmi Ueyls insoniyat tarixida eng qulay va tezkor internet ensiklopediyasiga asos solgan yetuk shaxsga aylandi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#terminologiya
#jurnal_sahifalaridan
Sun'iy intellekt — muayyan avtonomlik darajasida ma'lumotni qabul qilish, katta hajmdagi xabarlarni tahlil qilish, shuningdek, odamning xatti-harakatlarini imitatsiya qilish asosida o'rganish va qarorlar qabul qilishga layoqatli bo'lgan dasturiy ta'minot va apparat vositalari tizimi.
Do‘stlaringizni ham kanalimizga taklif qiling
👉/channel/Innovatorjurnali
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#ибрат
Бир болакайнинг туғилганидан чап оёғи ўнгидан 6 см калта эди. Шунда шифокорлар унга юришни ҳам эпласанг катта гап дейишди. У эса улғайиб, футбол бўйича жаҳон чемпиони бўлди. 2 марта!
Иккинчи болага кичкиналигида юрак етишмовчилиги ташхисини қўйишди ва жисмоний тарбия дарсларидан доимий озод қилишди. У катта бўлиб, хоккей бўйича жаҳон чемпиони бўлди. 8 марта!
Учинчи болакай 11 ёшида бўй гормони етишмагани туфайли бўй ва вазн борасида тенгдошларидан анча ортда қолиб юрарди. У кейин ФИФАнинг дунёнинг энг яхши футболчисига аталган "олтин тўпи"ни олди. 6 марта!
Тўртинчи йигитчага 21 ёшида атиги икки йиллик умри қолганлигини айтишди. У эса 76 ёшгача яшади. У ёзган китоб 10 миллионлаб нусхада нашр этилди.
Булар: биринчиси — Гарринча; иккинчиси — Харламов; учинчиси — Месси; тўртинчиси эса — Хокинг!
Бу инсонлар қийинчиликларга қарамасдан шу даражаларга эришдилар. Сизда эса булардан кўпроқ имконият, ғайрат ва куч бор. Сиз ҳам ўз бетакрорлигингизни намоён қилинг.
Ana endi farzandimning oyoq kiyimi oyog'ini siqyapti demaysiz☺️
👟 Italiyalik dizayner oyoq o'lchamiga moslashadigan oyoq kiyim ishlab chiqdi!
Oyoq kiyim 6 yoshdan 14 yoshgacha bolalar uchun mo’ljallangan — ha, bir juft sotib olib, o’lchami haqida o’ylanmay yaroqsiz holatga kelguncha kiyish mumkin. Oyoq kiyimning o'lchami 5 o'lchamgacha kattalashishi mumkin ekan)
Manba: /channel/ictuz
📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉
Facebook | Telegram | Web | Instagram
🟩🟩🟩
Women in Tech CCA Awards uchun arizalar qabuli boshlandi!
Har yili bo‘lib o‘tadigan III Women in Tech CCA (Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqasi) mukofoti uchun arizalar qabuli boshlanganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz. Bu nufuzli tadbir ilk bor O‘zbekistonda, 2024-yil 20-oktabrda o‘tkaziladi.
Tadbir haqida
⏰ Sana: 2024-yil 20-oktabr
📍O‘tkazilish joyi: O‘zbekiston, Toshkent
✉️ Ariza topshirish muddati: 2024-yil 31-iyul.
Mukofotlar quyidagi 9 toifadan biri bo‘yicha beriladi:
🏆Aspiring Teen Award;
🏆Most Disruptive Award;
🏆Best Ally Award;
🏆Most Impactful Initiative Award;
🏆Woman in Web3 Award;
🏆Tech Diplomacy Award (Texnologik diplomatiya);
🏆Greentech Start-Up Award;
🏆Global Leadership Award;
🏆Lifetime Achievement Award.
- O‘zingiz yoki boshqa munosib nomzodlarni ko'rsatishingiz mumkin;
- Nomzodlaringizni topshirish uchun rasmiy veb-saytga tashrif buyuring;
- Roʻyxatdan oʻtish formasida mintaqa va mukofot nominatsiyasi sifatida
“Kavkaz va Markaziy Osiyo”
bandini tanlang.
#diqqat_tanlov
🟢 "Bo'lajak olim" tanlovida ishtirok eting!
📣 Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Yoshlar akademiyasi yoshlarning ilmiy g'oyalari va startap loyihalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida "Bo'lajak olim" tanlovini e'lon qiladi.
🖥 Tanlovda shartlari va ishtirok etishga qo'yiladigan talablar bilan batafsil BU YERDA tanishishingiz mumkin.
✉️ Tanlovga arizalar joriy yilning 15-iyul kunidan 15-avgust kuniga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.
⌛️ Tanlovda ishtirok eting va o'z tashabbusingizni biz bilan rivojlantiring!
Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring
Web-site | Instagram | Facebook
#OAV_biz
📹Renessans TV telekanalining “Oyna” koʻrsatuvini bu galgi mavzusi sunʼiy intellekt haqida boʻldi. Unda “Innovator” jurnali bosh muharriri Sevara Abdullayeva ham qatnashdi.
Facebook I Telegram I Web I Instagram
#xushxabar #innovator
🎉"Innovator" jurnali qahramonlaridan biri Andijon davlat Pedogogika instituti "Pedagogika" yo‘nalishi talabasi Gulsevar Xo‘jamova "Innovatsion g‘oyalar yetakchisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
✊"Innovator" jurnali jamoasi ushbu eʼtirof bilan qahramonimizni samimiy muborakbod etadi!
Facebook I Telegram | Web | Instagram
#ixtiro
❓Nima deb oʻylaysiz?
🗣Insoniyat tarixidagi eng mashhur ixtiro – bu nima?
📚Dunyodagi eng mashhur ixtiro – raketa, chiroq, televidenie, radio, internet, hattoki sensorli telefon ham emas – bu KITOBdir. Chunki elektr yoki atom energiyasi yordamida harakatlanadigan kosmik kemalar, samolyotlar va shunga oʻxshash olamshumul kashfiyotlar va ixtirolarning asl sababchisi bu – kitobdir.
📌 U qadimgi bilimlarning eng ishonchli tashuvchisi va unga hech qanday energiyaning ham keragi yoʻq. U hali ham insonlarni bilim va maʼrifat tomon yetaklashda peshqadamlik qilmoqda.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Innovator
🎉"Innovator" jurnalining qahramoni va Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo'qon filiali talabasi, Farg'ona viloyat yoshlar akademiyasi lideri Abduvaliyev Javlonbek "Inovatsion g'oyalar yetakchisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
✊"Innovator" jurnali jamoasi ushbu eʼtirof bilan qahramonimizni samimiy muborakbod etadi!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#jurnal_sahifalaridan
📚DARSLARNI BIRGALIKDA OSON O'ZLASHTIRAMIZ
Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nima sababdan bir o‘qituvchi o‘qitadigan bir sinfdagi o‘quvchilarning barchasi turlicha bahoga o‘qishadi? Nega hammasi aʼlochi yo ikkichi emas? Bu balki o‘quvchining maʼlumotlarni qabul qilish qobiliyati yoki qiziqishiga bog‘liqdir? Mazkur muammoni o‘zi hali talaba bo‘lgan Gulsevar Xo‘jamova hal qilishga bel bog‘lagan. U o‘sib kelayotgan yosh avlod darslarni oson o‘zlashtirishi uchun yordam berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
📌Batafsil INNOVATOR jurnalining 2-sonida tanishing!👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/jhog/trtt/
Facebook I Telegram I Web I Instagram
#yangiliklar
Amazfit kompaniyasi o'zining aqlli uzugini ishlab chiqdi
Amazfit Helio Ring nomini olgan ushbu mahsulot sportchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, ularga oid ma'lumotlarni qayd etib borishda foydalaniladi.
Manba: https://t.me/cybersciense
📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tabrik
Prezident 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi
—
Президент направил свои поздравления работников отрасли с 27 июня – Днем работников печати и средств массовой информации
Bizni kuzating
Doʻstlaringizni ham kanalimizga taklif qilishni unutmang 👉 /channel/Innovatorjurnali
Читать полностью…#yangi_son
📣📣📣Ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop “INNOVATOR” jurnalining 4-soni "Qishloq xo‘jaligi sohasidagi innovatsiyalar"ga bag‘ishlanadi!
🧐SHOLI hosilini IKKI MARTA yigʻishga erishdik! Buning uchun...
🚀Tuproqsiz sabzavotlarni AKVAPONIKA usulida yetishtirsa boʻladi.
🧿Arpa donidan QAHVA: U foydalimi??
🙋♀️ORGANIK O‘G‘ITLARNI narxi tushishiga erishamiz. BIGOMUS ishlab chiqarish qurilmasi mexanizmlarini ishga tushiradi.
🦾Endi lalmi yaylov yerlarning 3D O‘LCHAMINI olish mumkin.
🎥 Jurnal muqovasi uchun video jarayon! Suratda Biogomus ishlab chiqarish qurilmasi asoschisi Yigitaliyeva Ruxshona!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#jurnal_sahifalaridan
#maqola
🤖ROBOTLAR JANGI: KURASH, G'ALABA VA YANGI QADAM
Bilasiz, bolajonlar o‘yinchoqlarni yaxshi ko‘radi. Avvallari qizaloqlar turli narsalardan o‘ziga qo‘g‘irchoq, bolalar esa qilich yoki rul yasab o‘ynagan bo‘lsa, bugun zamon rivojlanib, bolalar o‘yinchoqlari ancha takomillashdi. Buni Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan «InnoWeek-2022» innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida o‘tkazilgan «Robotics Challenge-2022» robototexnika musobaqasida namoyish etilgan turli o‘yinchoqlardan ham ko‘rish mumkin.
📖 “Innovator” jurnalida batafsil tanishing! Quyidagi havola orqali jurnalni "varaqlab" ko'ring😉
👉https://online.pubhtml5.com/qexsf/fsww/#p=1
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#jurnal_sahifalaridan
#maqola
HAYOTIMIZGA KIRIB KELAYOTGAN YASHIL INNOVATSIYALAR
Vodorod – tabiiy yoqilg‘i bo‘lib, ko‘mir, neft, tabiiy gaz yoki suvning parchalanishidan olinadi. Maʼlumotlarga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda yiliga 20 million tonna vodorod isteʼmol qilinadi.
Vodorod energiyasi yo‘nalishida qilinayotgan izlanishlarni O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Materialshunoslik instituti, Fizika-texnika instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti laboratoriyalari va olimlari davrasidan qidirish o‘rinli. Chunki aynan shu ilm dargohlari bu borada tadqiqotlar olib borishmoqda...
📖 “Innovator” jurnalida batafsil tanishing! Quyidagi havola orqali jurnalni "varaqlab" ko'ring😉
👉https://online.pubhtml5.com/qexsf/fsww/#p=1
✍️“Innovator” jurnalining 2024-yil uchun obuna mavsumi davom etmoqda. Jurnalimizga obuna boʻling va innovatorlarimiz safidan joy oling!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
Oʻzbek olimasi AQSHda oltin medal bilan mukofotlandi
Hamyurtimiz festival doirasida tashkil qilingan tanlovda don mahsulotlari va qattiq sochiluvchan materiallarning namligini nazorat qilish qurilmasi uchun olgan patenti “SVIIF-2024” — “The Finals” nominatsiyasi boʻyicha “Ixtirochi mutaxassis maxsus sovrini” hamda oltin medal bilan taqdirlandi.
Batafsil ⬇️
https://indep.uz/2024/07/31
Obuna bo'ling 👇
👉 @indep_uz
#jurnal_sahifalaridan
😷ENDI IFLOSLANGAN HAVODAN HIMOYALANA OLASIZ
🦠Maʼlumki, hozirda Toshkent havosining sifati yomonlashib boryapti. Buning oqibatida turli respirator va boshqa kasalliklar xavfining oshishi xavfi turibdi. Bu xavfni qanday bartaraf etish borasida ekologlar turli choralar izlashmoqda. Shuningdek, yosh olimlar ham bunga o‘z hissalarini qo‘shishyapti. Bugungi suhbatdoshimiz matematik, muhandis Mohinur Аbdurahimova odamlarni havoning ifloslanish darajasi qayerda va qachon yuqori bo‘lishidan ogohlantiruvchi ilova ishlab chiqdi. U orqali o‘zimiz va yaqinlarimizni havo changidan himoyalanish choralarini ko‘rishga yordam beramiz...
📌Batafsil INNOVATOR jurnalining 2-sonida tanishing!👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/jhog/trtt/
Facebook I Telegram I Web I Instagram
#jurnal_sahifalaridan
✅Robot futbolchilarni yetishtirgan Texnopark
📑2022-yil mamlakatimizda robotexnika yo‘nalishida robofutbol musobaqasi o‘tkazildi. Unda Toshkent viloyati Yoshlar texnoparkining robot shovvozlari 1-o‘rinni qo‘lga kiritilgandi. Shu kungacha 20dan ortiq loyihalarni amalga oshirgan, chempion "futbolchi"larni tayyorlagan texnopark faoliyati sizga ham qiziq bo‘lsa , maqolani oxirigacha o‘qing.
📌Batafsil INNOVATOR jurnalining 1-sonida tanishing👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/jhog/pacp/
Facebook I Telegram I Web I Instagram
O‘zbekistonda 9 yoshli bola sun’iy intellektning tayyor tizimlari asosida ishlovchi bot yaratdi
Bot sun’iy intellektning tayyor tizimlaridan ma’lumotlar olishga asoslangan. @GENT_GPT_UZ_bot’dan foydalanib ko‘rgan faollar u hali mukammal bo‘lmasa ham bu yaxshi natija ekanligi haqida yozmoqda.
👉manba
Facebook I Telegram I Web I Instagram
#ixtiro
☕️Qahvasiz bir kun ham yashay olmaydiganlar uchun ajoyib ixtiro!
⚙️Yaqinda Ixtirochilar tomonidan Minipresso GR2 nomli kichik protativ ravishda qahva mashinasi yaratildi.
📌Ushbu qahva mashinasini sumkangizda, hattoki cho'ntagingizda ham olib yursangiz bo‘ladi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
‼️“Innovator” jurnalining eng katta fishkasi – uning muqovasidagi qahramonning jonlanishi!
👉Muqovada “NazzAR” ilovasini yuklab oling va meni jonlantiring, degan yozuv bor. Lekin koʻpchilik uni qanday qoʻllashni bilmaganini kuzatdik. Oʻzimiz koʻrsatganimizdan soʻng jurnalga hayrati oshayotganlarni ham koʻrdik.
📹Jurnalimiz oʻquvchilari uchun muqova qahramonini jonlantirish yoʻllari aks ettirilgan video tayyorlashga qaror qildik!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
Yoshlar kuni bilan tabriklaymiz!
Yoshlik — mardonavor g‘oyalar, yorqin his-tuyg‘ular va katta yutuqlar davri.
Siz — shahrimiz va mamlakatimiz kelajagi bunyodkorisiz. Sizning shijoatingiz, ishtiyoqingiz, ijodkorligingiz va yaxshilik sari intilishingiz bizni ilhomlantirib, kelajagimiz yanada yorug‘ ekanligiga ishontiradi. Sizning faolligingiz va Vatanimizga cheksiz sadoqatingizdan faxrlanamiz.
Bayramingiz muborak!
Rasmiy sahifalarimiz
Web-site | Instagram | Facebook
#Innovator
🎉O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining 4-bosqich talabasi hamda "Innovator" jurnali qahramoni Urunov Asadbek "Mard o'g'lon" davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
✅Asadbek o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish uchun tinimsiz harakat qiladigan qahramonlarimizdan. Robototexnika sohasidagi ilmi orqali bir qancha ishlanmalarni yasashga muvaffaq bo'ldi. Natijada, ko'plab tanlovlar g'olibiga aylandi. Jumladan, Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan tashkil etilgan "TechnoWays" texnologik marafonida "Fresh Energy" lohiyasi bilan respublika bosqichida g'olib bo'lgan. Shuningdek, ushbu marafon orqali "Dubay Expo 2020 xalqaro ko'rgazmasi"ga yo'llanmani ham qo'lga kiritdi. Inkubatsion markazlar mavjud universitetlar o'rtasida tashkillashtirilgan "Student CUP" loyihasida TTPU bosqichi g'olibi bo'lgan. Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan elektromobillar taraqqiyotini yurtimizda ham bosqichma-bosqich rivojlantirish maqsadida ajratilgan 30 000 000 so'm grant sohibiga jamoasi bilan erishdi.
✊"Innovator" jurnali jamoasi ushbu eʼtirof bilan qahramonimiznii samimiy muborakbod etadi!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#jurnal_sahifalaridan
So‘nggi yillarda ixtirochilik qobiliyati bilan dunyoga tanilayotgan, yuksak minbarlarda Vatanimiz shaʼnini munosib himoya qilayotgan yoshlar ko‘paymoqda. “TASS VISION” startap firmasi rahbari Shahzod Umirzakov shunday iqtidorli yoshlardan biridir. U xalqimiz va tadbirkorlarimizga o‘zining innovatsion g‘oyalari bilan ko‘maklashib kelmoqda. Qahramonimiz faoliyati bilan quyidagi statistik maʼlumotlar orqali yaqindan tanishasiz.
📌Batafsil INNOVATOR jurnalining 2-sonida tanishing!👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/jhog/trtt/
Facebook I Telegram I Web I Instagram
#motivatsiya
Kambag'al otam tez-tez aytardi: "Men boy bo'lishdan ko'ra baxtli bo'lishni hohlayman!"
Boy otam aytardi: "Nega endi ikkalasi ham emas?!"
Robert Kiyosaki (<Boy ota- kambag'al ota> kitobidan).
Facebook I Telegram I Web I Instagram
📚 “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi” davlat unitar korxonasi 2018-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha oliy ta’lim, professional ta’lim va xalq ta’limi sohasida ishlayotgan professor-o‘qituvchilar, o‘quvchi talabalar uchun o‘quv qo‘llanmalarining yangi avlodini tayyorlab kelmoqda.
✔️ “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi”ning asosiy funksional vazifasiga professional darajada turli xil noshirlik va matbaa ishlarini amalga oshirish kiradi. Jumladan, oʻzbek, qoraqalpoq, rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarda ilmiy monografiyalar, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar, avtoreferatlar, bukletlar, bannerlar va h.k.larni nashr etadi.
✔️ Bundan tashqari korxona o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kitoblar chop etish, turli sohadagi adabiyotlarni nashrga tayyorlash, kitob va turli matnlarni tahrir qilish, dizayn, maketlashtirish, illustratsiya ishlari, kitoblarni qattiq va yumshoq muqovalash, shuningdek, bukletlar va plakatlar tayyorlash bilan ham shug‘ullanadi.
✔️ Shuningdek, “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” ilmiy-texnikaviy jurnali hamda “Innovator” ilmiy-texnikaviy, tahliliy-ommabop jurnalini nashrga tayyorlaydi.
⏳ Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishi kafolatlaydi.
📞 Bog‘lanish uchun telefon:
+998977059035
Facebook I Telegram I Web I Instagram