#Qiziqarli_faktlar
🗣 Birinchi elektr choynak yaratilish tarixi!
⚡️Birinchi elektr choynak 1891-yilda AQShda Carpenter Electric Company tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu Choynak suvni qaynatish uchun taxminan 12 daqiqa vaqt sarflagan. Vaqt oʻtishi bilan ularning dizayni va qulayligi yaxshilanib borgan.
🫖 Ilgari, suv qaynaganda avtomatik ravishda oʻzini oʻchirmaydigan elektr choynaklar keng tarqalgan edi. Suvning qaynashi natijasida qopqoq tirqishlaridan chiqayotgan bugʻ va shovqin turli koʻrinishdagi yongʻin xavfini keltirib chiqargan. Keyinchalik ushbu muammo suv qaynaganda elektr choynak oʻzini avtomatik oʻchirish usuli topilgandan soʻng bartaraf etilgan.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Qiziqarli_faktlar
🗣 Birinchi vatman qogʻozning yaratilish tarixi!
⚡️Mashhur qalin qog‘oz 1750-yillarning o‘rtalarida ingliz qog‘oz ishlab chiqaruvchisi Jeyms Vatman tomonidan yaratilgan bo‘lib, qogʻoz qalinligi sabab tez vaqtda akvarel rassomlari orasida mashhurlikka erishgan
🗒 Vatman o‘zining ixtirosini payvandlangan yaʼni to‘qilgan qog‘oz deb atagan. Ixtirochi sharafiga qogʻozga “Vatman” deb nom berilgan.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Qiziqarli_faktlar
🗣 Birinchi simobli termometr yaratilish tarixi!
⚡️Bugungi kunda termometrlar shu darajada koʻpayib, keng tarqalib ketdiki, hatto uni kim ixtiro qilganini ham aniqlashning imkoni yoʻq. 1714-yilda Gabriel Farengeyt ilk bor simobli termometrni ixtiro qildi. U hozirgi kunga qadar ishlatiladi. Garchi shunday boʻlsada, haroratni oʻlchashning dastlabki uskunasi 1500-yillarning oxirida Galiley tomonidan ixtiro qilingani haqida ham ma’lumotlar bor.
🌡 Ushbu vosita suyuqlikning zichligi haroratga nisbatan oʻzgarishi prinsipiga asoslangan edi. Biroq, bugungi kunda simob bilan zaharlanish xavfi tufayli asta-sekinlik bilan raqamli termometrlar simob termometrini chetga surib chiqarmoqda.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
“Kelajak ITniki” videoroliklar tanlovida ishtirok eting!
"IT ta'lim va frilansing" forumi doirasida navbatdagi tanlovni e'lon qilamiz.
💻Aholi oʻrtasida IT taʼlimni keng targʻib qilish maqsadida “Kelajak ITniki” videoroliklar tanloviga start beramiz.
#OAVda_biz
📹Aksariyat, jurnalimiz qahramonlari bilan suhbatlashganimizda ularning innovatorlik qobiliyatini shakllanishida KIBERSPORT oʻyinlarining ahamiyati katta boʻlganligini taʼkidlashadi.
🗣Gapimizning tasdigʻi sifatida Mening yurtim kanalida namoyish etiladigan “Gapiring” koʻrsatuvida bu haqda batafsil gapirildi.
🎤Koʻrsatuvda Innovator jurnali bosh muharriri Sevara Abdullayeva ham ishtirok etib, bu mavzuda oʻz fikr mulohazalari bilan boʻlishdi.
Facebook |Telegram | Web | Instagram
#Qiziqarli_faktlar
🗣 Birinchi quloqchinlarning yaratilish tarixi!
⚡️1880-yilda ixtiro qilingan birinchi quloqchinlar dastlab musiqa eshitish uchun moʻljallanmagan. Ular aloqa vositasi sifatida yaratilgan boʻlib, operatorlar mijozlar bilan muloqot qilish uchun foydalangan. Dastlabki modellar katta va noqulay boʻlib og'irligi tahminan 10 kilogramm boʻlgan.
💡1910-yil Nathaniel Baldvin zamonaviy quloqchinlarni ishlab chiqarishni boshlagan, biroq oʻz ixtirosini patentlamagan.Nathaniel Baldvinning quloqchinlari radioaloqa uchun moʻljallangan va u ularni AQSh dengiz flotiga sotgan.
🎵Quloqchinlarning yaratilishi musiqaning ijtimoiy jihatdan ommalashuviga sabab boʻldi.Quloqchinlar odamlarga yolgʻizlikda musiqa tinglash imkonini berdi
Facebook | Telegram | Web | Instagram
📣📣📣Ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop “INNOVATOR” jurnalining 2024 yil 3-soni "Tibbiyot sohasidagi innovatsiyalar"ga bag‘ishlanadi!
⚡️Endilikda ilova orqali “Hamshira”ni uyga chaqirtirsak boʻladi.
👄"Logo smart" yordamida toʻgʻri gapirishni oʻrganamiz!
🗣3 D skaner yordamida aʼzolarni qayta tiklash mumkin!
👀Tunda davolovchi linzalar: U qanday qoʻllaniladi?
🦻"I can hear" – vujud quloqqa aylanadi!
📖Barchasi haqida “Innovator” jurnalining 3-sonida batafsil tanishing!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Innovator
“Innovator” sahifasining qahramoni — Sanʼatxon Gʻofurova .
✅ San’atxon Gʻofurova 2004-yil 6-yanvarda Farg‘ona viloyati Dangʻara tumani Yashik mahallasida tugʻilgan. Hozirda Farg‘ona shahridagi Farg‘ona davlat universitetining 4-bosqich talabasi.
✅Ingliz tilini mukammal biladi.
✅ Sanʼatxonning robototexnika va IT sohasiga qiziqishi juda ham yuqori.Yosh ixtirochimiz oʻzining ixtirolari bilan tanlovlarda qatnashib, muvaffaqiyatlarga erishib kelyapti.
✅ Sanʼatxon doimo oʻz oldiga qoʻygan maqsadlariga erishmaguncha toʻxtamaydigan yoshlarimizdan biri sanaladi.Hozirda koʻplab tanlovlarda qatnashib yutuqlarga erishib kelyapti. Jumladan “Aqlli yoʻl” loyihasi bilan “Raqamli texnologiya yoshlar nigohida ” tanlovida 18-25 yoshgacha yosh toifasida 3-oʻrin sohibasi boʻlgan. Bundan tashqari “INNOWEEK” haftaligi doirasida oʻtkazilgan tanlovda “Eng yaxshi innovatsion gʻoya ” boʻyicha 1-oʻrinni egallagan. Yosh ixtirochimiz Respublika va Xalqaro miqyosdagi “Millatlararo madaniy almashinuv loyihasi”, “Unicorn” “Mohirfest Raqamli oromgohi”, “Raqamli avlod IT oromgohi”, “Raqamli avlod qizlari” tanlovlarining faol ishtirokchisi boʻlgan.
✅Qahramonimiz 2024-yilda oʻzining “GSA-04 ENERGY” loyihasi bilan Respublika miqyosida oʻtkazilgan “Mirzo Ulugʻbek Vorislari ” tanlovida tuman gʻolibi boʻlgan. Sanʼatxonning “GSA-04 ENERGY” loyihasi insonlarning energiyaga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun xizmat qiladi. Hozirda boʻlajak olimamiz koʻplab innavotsion loyihalar ustida ishlayapti.
✅ “Oliy maqsadim faqat oldinga harakat qilib yuqori marralarni zabt etish. Respublikamizni texnologiyalar asrida yangi texnologiyalar bilan yanada rivojlantirish,”— deydi yosh innovatorimiz.
✅Qahramonimizning kelgusi ishlariga zafarlar tilab qolamiz!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Bu_kun
🗣1928-yil shotlandiyalik shifokor Aleksandr Fleming tomonidan “Penitsilin” kashf etilgan.
⚡️1928 yilda shotlandiyalik kelib chiqishga ega boʻlgan shifokor Aleksandr Fleming, oʻzining laboratoriyasida gripp virusini oʻrganayotib, bakteriyalardan biri zamburugʻ bilan zararlanganini aniqladi. Koʻpchilik olimlar zararlangan materialni tashlab yuborgan boʻlardi, lekin Fleming unday qilmadi. Yaxshiroq tomosha qilganda zamburugʻ atrofida toza aylanani koʻrdi, bu uning stofilokokka qarshi toksinli ta’sir koʻrsatishi edi. Fleming Penicilliumni ajratib oldi va uning asosida yaratilgan dorini “penitsilin” deb atadi.
🏆 Fleming oʻz ixtirosi uchun Nobel mukofotiga sazovor boʻladi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#mutolaa
O‘qituvchi odam bo‘lgan ekan...
Bizni kuzating
#Innovator
“Innovator” sahifasining qahramoni — Sevinch Nuriddinova .
✅ Sevinch Nuriddinova 2003-yil 15-aprelda Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida tug‘ilgan. Hozirda Qarshi davlat universitetining 4-bosqich talabasi.
✅Ingliz tilini mukammal biladi.
✅ Sevinchning biologiya sohasiga qiziqishi juda yuqori. U faol tadqiqotchilik bilan shugʻullanib kelayotgan hamda yuqori marralarni koʻzlagan yoshlarimizdan biri hisoblanadi. 2023-yilda qahramonimiz biologiya sohasida bir qancha loyihalar ustida tadqiqotlar olib borgan va oʻzining “Termitlarga qarshi innovatsion kurashish” nomli loyihasi bilan “Mirzo Ulugʻbek Vorislari ”va “Ideathon–2030” tanlovlarining gʻolibasi boʻlgan.
✅ Sevinch izlanuvchan va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish uchun tinimsiz harakatda. Yosh olimamiz innavotsion loyihasi uchun Zoologiya instituti qoshidagi Respublika “Termitlarga qarshi kurashish markazi” tomonidan amaliyotga joriy etish uchun tayyor degan xulosalarni olishga musharraf boʻlgan. Hozirda innovatorimiz loyihasi ustida ishlab uni yanada takomillashtirish yo‘lida.
✅Qahramonimiz o‘zining yuqori bilim saviyasi va innovatsion loyihalari bilan jamoatchilik e’tirofiga sazovor bo‘lgan. Jumladan 2023-yil “Qashqadaryo viloyati hokimi stipendiyasi” va “Ulug‘bek” nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi bo‘lgan. 2024-yil “Ayollar biznesi uchun 1–qadam” tanlovida 1-o‘rinni egallagan. 2023-2024-yil Xalqaro ilmiy jurnallarda 10 ga yaqin ilmiy maqola chiqargan hamda dunyo miqyosidagi ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi bo‘lgan.
✅Sevinch yetakchilik qobiliyatiga ega. U Qarshi davlat universitetida “Yoshlar Akademiyasi lideri” sifatida faoliyat olib boradi. Bundan tashqari @yoshlar_lideri_qardu deb nomlangan shaxsiy kanalida talabalar uchun darslar oʻtib kelmoqda va ilm-fanga doir marafonlar oʻtkazib talabalarning bilimini yuzaga chiqarishda yordam berib kelayotgani alohida e'tiborga sazovar.
✅ “Oliy maqsadim ilm-fan sohasida innavatsion loyihalarimni hayotga tadbiq qilish, o‘zimga o‘xshagan yosh olimalar bilan birgalikda ilm-fan sohasida O‘zbekistonning salohiyatini yuqori o‘rinlarga olib chiqishdir. Hozirgi kunda dunyoning Top-100 talik universitetlarida magistratura bosqichini oʻqish uchun harakat qilmoqdaman ", — deydi yosh innovatorimiz.
✅Qahramonimizning kelgusi ishlariga zafarlar tilab qolamiz!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Bu_kun
🗣1910-yil 9-avgust kuni birinchi elektr kir yuvish mashinasi AQSHda patentlangan
⚡️Amerikalik muhandis Hurley Alva va J. Fisher 1910-yil 9-avgust sanasida dunyodagi birinchi elektr toki bilan ishlaydigan kir yuvish mashinasini patentladi, unga Thor nomi berildi.
✔️Yangi ishlanma ishga tushirilgach, AQSH bozorida yangi kir yuvish mashinalari ommaviy sotila boshlandi, bu esa kir yuvish kasbining yoʻqolishiga olib keldi.
👉1949-yilda Thor birinchi toʻliq avtomatik kir yuvish mashinasini ishlab chiqdi. Keyinchalik bu brend ostida quritgichlar va idishlarni yuvish mashinalari ishlab chiqarila boshlangan.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#milliy_innovatsiya
♻️Yer yuzidagi chiqindilar midroqi ko'payib borayotganligi va ushbu chiqindilarning aksariyati tabiiy usulda parchalanmasligi barchamizga ma'lum. Bunday holatda ushbu chiqindilarni qayta ishlash eng yaxshi qaror🫠
Batafsil ma'lumot
Telegram | Facebook | Web | Instagram
#Qiziqarli_faktlar
🗣 Birinchi havo sharining yaratilish tarixi!
⚡️Olov yonganda issiq havoning yuqoriga koʻtarilish xususiyatiga odamlar qadimdan qiziqib kelgan va asrlar oʻtib ular ushbu hodisani uchish haqidagi orzular bilan bogʻlashga urindilar.
💡O'rta asrlarda issiq havoning yuqoriga koʻtarilishidan foydalanib uchish apparatlarining koʻplab loyihalari ishlab chiqilgan.
🎈Birinchi havo shari osmonga 1783-yil 5-iyun kuni koʻtarilgan. Bu shar matodan yasalgan boʻlib, uning ichiga qogʻoz yopishtirib chiqilgan va issiq tutun bilan toʻldirilgan. Uni fransiyalik aka-ukalar Jozef va Etyen Mongolfyelar yasashgan. Bu tajriba qoniqarli natija bergach, aka-uka ixtirochilar koʻproq odamlarni sigʻdira oladigan ikkinchi sharni yasashgan. Ular shaming tagiga katta savat osib, uning ichiga dunyoda birinchi bo'lib havo uchuvchilariga aylangan oʻrdak, qoʻy va
xoʻrozni oʻtqazishgan. Bir necha oylardan keyin esa havo sharida osmonga birinchi bor
odamlar ucha boshlagan.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Innovator
“Innovator” sahifasining qahramoni — Azimjon Normurodov.
✅ Azimjon Normurodov 2009 yil 14-iyulda Qashqadaryo viloyati, Nishon tumanida tug‘ilgan. Hozirda u Toshkent shahridagi “Target International School”ning 9-sinf o‘quvchisi.
✅Azimjonning robototexnika va IT sohasiga bo‘lgan qiziqishi juda katta. Yosh ixtirochi sifatida u o‘zining innovatsion ishlanmalari bilan ko‘plab tanlovlarda ishtirok etib, katta yutuqlarga erishib kelmoqda.
✅ Jumladan Azimjon o‘zining ixtirochilik faoliyatida bir qancha muvaffaqiyatlarga erishgan. Masalan, “Robotlar jangi” festivalida birinchi o‘rinni egallagan. Shuningdek, “INNOWEEK - 2022” innovatsion g‘oyalar ko‘rgazmasida “Eng yosh loyihachi” unvoniga sazovor bo‘lgan. “TATU barkamol avlod bilan” tanlovida o‘zining “Hamshira roboti” bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan, hamda “RAQAMLI TEXNOLOGIYA – YOSHLAR NIGOHIDA” respublika bosqichida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
✅2024-yil 17-iyul kuni WRO (World Robot Olympiad) ning O'zbekistondagi hamkori Robokidz maktabi IT-Parkda WRO-2024 Uzbekistan saralash bosqichini oʻtkazdi. Unda Normurodov Azimjon jamoasi 2-o'rinni 🏆 egallab 2024-yil 28-30-noyabr kunlari Turkiyaning Izmir shahrida bo'lib o'tadigan final bosqichiga yo'llanma oldi.
✅Qahramonimiz yozgi taʼtilni ham bekor o‘tkazmadi. Bir yoshdan olti yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun u maxsus innovatsion bolalar elektro mobilini yaratdi. Ushbu mobil zamonaviy monitor bilan boshqariladi va xavfsizlikni ta’minlash uchun turli datchiklar bilan jihozlangan. Azimjonning fikricha, bolalar bunday innovatsion ishlanmalar bilan tanishib, kelajakda ularga qiziqish bilan yondashadi.
✅ “Oliy maqsadim ixtirochi dasturchi bo‘lib, o‘z ixtirolarim uchun dasturlar yozishdir. Kelajakdagi orzuyim xalqaro tanlovlarda g‘olib chiqib, Vatanimiz bayrog‘ini yuqori ko‘tarish va yangi innovatsion loyihalar bilan yurtimning ravnaqi yoʻlida xizmat qilish,”— deydi yosh innovatorimiz.
✅Qahramonimizning kelgusi ishlariga zafarlar tilab qolamiz!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
AGAR SIZGA HECH NARSANI UDDALAY OLMASLIGINGIZNI AYTISHSA, QUYIDAGI FAKTLARNI YODGA OLING:
👉 Uolt Disney yangi g‘oyalar olmagani uchun gazetadan ishdan haydalgan.
👉 Betxovenning boshlang‘ich o‘qituvchisi uni butunlay qobiliyatsiz deb hisoblagan.
👉 Edisonning ustozi uni aqlsiz va hech narsani o‘rgana olmaydi, degan ekan.
👉 Eynshteyn 4 yoshgacha gapirmagan. O‘qituvchisi uning aqliy salohiyati ortda qolgan, deb ta’kidlagan.
👉 Buyuk haykaltarosh Rodenning otasi: "Mening o‘g‘lim ahmoq. U uch safar ham san’at maktabiga o‘qishga kira olmadi", degan ekan.
👉 Mendeleev kimyodan" 3" bahoga o‘qigan.
👉 Radioni o‘ylab topgan Marko do‘stlariga ovozni masofadan turib havoda yetkazib beraman, deganida hamma uni aqldan ozgan, deb psixiatrga borishi kerakligini aytgan. Lekin bir necha oydan so‘ng uning radiosi ko‘pchilik dengizchilar hayotini saqlab qolgan.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
Mustaqillik bayrami muborak boʻlsin!
🇺🇿 Sizni eng ardoqli,eng aziz bayramimiz Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz.
Sizga sihat salomatlik, xonadoningizga fayzu baraka va farovonlik tilaymiz.Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʻlsin.Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!
Hurmat bilan “Innovator” jurnali jamoasi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
Bugungi qahramonimiz Innovator jurnali tomonidan tashkil qilingan “Raqamli tehnologiyalar yoshlar nigohida” tanlovi gʻolibi Azimjon Normurodov tomonidan yana bir yangi ixtiro.
Azimjon Normurodov loyihalari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin! 👇👇👇
instagram.com/azimjon_nan
youtube.com/@azimjonnan
tiktok.com/@azimjon.nan
/channel/azimjonnan
#kun_hikmati
Ma’nan yetuk kitoblarni tanlab o‘qi. Aks holda, bir dasta qog‘oz hayotingni zaharlashi mumkin.
#Bu_kun
🗣 Birinchi soch quritgich 1890-yilda Aleksandr Goldfri tomonidan ixtiro qilingan.
⚡️1890 yilda fransuz sartaroshi Aleksandr Goldfri tomonidan ixtiro qilingan. Uning ixtirosi gaz plitasining barcha trubasiga biriktirilgan kaputdan iborat katta, oʻtirgan versiyasi edi. Dastlabki, qurilma faqatgina uning go‘zallik salonida ishlatilgan. O‘sha paytda sochlarini quritish mashinasi changyutgichga juda o‘xshash bo‘lgan va changyutgich ishlab chiqaruvchilari soch quritgichlarni ham ishlab chiqarish va sotishni boshlaganlar.
✔️1920 yilda Racine Universal Motor Company birinchi ko'chma elektr soch quritgichlarni taqdim etadi. Dastlabki modellarda sochni quritish uchun isitiladigan havodan foydalanilgan va Gabriel Kazanjian tomonidan yanada takomillashtirilgan.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Bu_kun
🗣1895-yil Vilgelm Konrad Rentgen tomonidan “Rentgen nurlari” kashf etilgan.
⚡️1895-yil Vilgelm Konrad Rentgen, kam tanilgan nemis fizigi, katod nurlarini tadqiq qilgan. U kunlarda hech kim elektronlar va nurlanish haqida hech nima bilmagan. Rentgen vakuum trubalar orasidan yuqori kuchlanishli tok oʻtqazadi, lekin truba qora karton bilan yopilganiga qaramay, koʻrinmas nurlar baribir karton orasidan chiqa boshlaydi va bir necha metr uzqolikda turgan sezuvchan ekranga ta’sir koʻrsatadi.
✔️Keyinchalik Rentgen ajoyib nurlar fotoplastinkalarda ham qolishi mumkinligi aniqlanadi. Tadqiqot sifatida o’z xotinining qoʻlini tekshirib koʻradi, olim uning suyaklari suratini oladi: nurlar teri va mushaklar orasidan oson oʻtadi, lekin suyak toʻqimalari va metal bilan bloklanadi. Birinchi marta odamzot inson ichini skalpelsiz koʻra oladi.
👉Rentgen fizika boʻyicha birinchi Nobel mukofotini 1901-yilda oladi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Innovator
"Innovator" sahifasining qahramoni —Nilufar Avazova.
✅Nilufar Avazova 2008-yil 9-mayda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tug‘ilgan. Hozirgi kunda 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi.
✅ Yosh innovatormizning aniq fanlarga va STEM sohasiga qiziqishi yuqori boʻlib oʻzining bilimi bilan bu yoʻnalishlarda katta yutuqlarga erishib kelyapti.
✅ Ingliz tilidan CEFR sertifikati sohibasi bo‘lgan qahramonimiz ushbu tilni a’lo darajada biladi.
✅Nilufarning izlanuvchanligi va maqsadlari tomon dadil qadam tashlashi tufayli hozirgi kungacha ko‘plab yutuqlarga erishib kelmoqda. Jumladan yurtimizning 10 mingdan ziyod eng bilimli va eng zo‘r o‘quvchilari orasidan haqiqatdan ham eng munosib Top o‘quvchilarni aniqlash maqsadida tashkil etilgan juda ham katta masshtabli “Ziyolilar School” loyihasida aynan u mamlakatimizning “Top100” o‘quvchisi sifatida tanlandi. Yosh ixtorochimiz O‘zbekistonda ilk marotaba IT park va Xalqaro UNICEF tashkilotining hamkorligi bilan tashkil etilgan “Skills4girls” loyihasida grant sohibasi bo‘ldi va kompyuter savodxonligi va boshlang‘ich dasturlash bilimlarini o‘rgangan holda loyihani tugatdi. Bundan tashqari Aqsh elchixonasi tomonidan tashkil qilingan “Self-defence” Campga yuzlab xotin-qizlar orasidan tanlangan holda loyihani muvaffaqiyatli tamomladi.
✅Yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish va ularni tizimli qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan va mamlakatning eng iqtidorli STEM yo‘nalishidagi o‘quvchilarni saralagan holda 3500 dan ziyod ilmli yoshlar orasidan faqatgina 350 ta eng munosiblari tanlangan “Iqtidorli” Campning birinchi mavsum ishtirokchiga aylangan Nilufar katta imkoniyatni qo‘lga kiritishidan tashqari 19-23-may kunlari Toshkent viloyatidagi “Yoshlar” oromgohida O‘zbekiston bolalar tashkilotining “1-Respublika bolalar forumi”da Qashqadaryo viloyati delegatsiyasi safida faol ishtirok etdi. Yaqinda Nilufar yurtimizda ilk bora tashkil qilingan, qizlar va yosh ayollarga yetakchilik rolini oshirishga qaratilgan xalqaro dastur bo‘lmish “G4G” ga ham minglab qizlar orasidan tanlangan holda ishtirok etdi. 2024-yilda Nilufar “Raqamli avlod qizlari” loyihasida ham faol qatnashdi va hozirgi kunda u 30 ga yaqin xalqaro sertifikatlarning sohibasidir.
✅Qahramonimizning yaratuvchanlik va yetakchilik qobiliyatiga ega ekanligi maqtovga loyiqdir. O'zining “StemTech” nomli ilovasi bilan “Istiqbolli IT-loyihalar” Ideaton ko'rik tanlovida ham munosib ishtirok etdi. Hozirda esa Markaziy Osiyoning 16-22 yoshli yoshlari uchun 3 oylik mediasavodxonlik va jurnalistika almashinuv dasturi “Central Asia Media Literacy Program” ga ham qabul qilingan va dasturda qatnashib kelmoqda.
✅ Eng ajoyib natijalaridan biri esa qahramonimiz dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri PwC’da “Digital Intelligence” bo‘yicha va New York Jobs CEO Councilda esa “Software Engineering” bo‘yicha “Job simulation”larni yosh bo‘lishiga qaramasdan muvaffaqiyatli tugatgan holda o‘z bilimlarini mustahkamlamoqda.
✅“Asosiy maqsadlarimdan biri aynan IT sohasi bo‘yicha dunyoning Top 50 universitetlarida o‘qish va o‘z sohamning yetuk mutaxassisi bo‘lgan holda ota-onam faxrlanadigan olima qiz bo'lishdir”, — deydi yosh innovatorimiz.
✅Qahramonimizning kelgusi ishlariga zafarlar tilab qolamiz!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
👉Bugun Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan “Innovate & Launch: Startup Workshop” forumi oʻtkazildi.
✔️Xabaringiz borki, Innovatsion rivojlanish agentligi startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirib kelmoqda.
⚡️Koʻpincha tahririyatimizga “Startap biznesini rivojlantirish va moliyalashtirshga topshirish uchun loyihani qanday rasmiylashtirish kerak?”, degan murojaatlar kelmoqda.
✔️Bugungi forumda startap biznesini boshlash, moliyalashtirishga topshirish va rivojlantirish kabi mavzularda malakali mutaxassislar tomonidan maʼruzalar tinglandi.
✔️Bizni quvontirgani mutaxassislar safida “Innovator” jurnali qahramonlari boʻlganligi. Jumladan, Barnoxon Ortiqxo‘jayeva, Shahriyor Xudoyberdiyev, Yulduzxon Kamolova va Mahmudjon Sodiqovlar oʻz faoliyatlari hamda oltinga teng maʼlumotlari bilan forum ishtirokchilarining eʼtiborini tortishdi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
📣📣📣E'LON
📖“INNOVATOR” jurnali oʻquvchi-yoshlarning ilmiy va texnikaviy bilimlarini oshirish hamda ularni zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtirib borishni maqsad qilgan.
⚡️Jurnalning ijtimoiy tarmoqlarida #innovator rukni tashkil etilgan!
💡Biz ushbu rukn uchun qahramonlar izlayapmiz! Toʻgʻri, bunday yoshlar oramizda juda koʻp.
📌Shu sababli istalgan yosh toifasidagi boʻlgan, oʻz tengdoshlariga namuna boʻla oladigan “Innovatorlar”ni ushbu 👉@innovator_jurnali telegram manzili orqali biz bilan bog'lanishlarini soʻraymiz.
🚀Birgalikda iqtidoringizni namoyon qilamiz!
Telegram | Facebook | Web | Instagram
#Bu_kun
✍️1899-yil 8-avgust kuni ilk muzlatgichga patent berilgan.
⚡️1899-yilda Minnesotalik amerikalik ixtirochi Albert Marshall muzlatgichni patentladi, garchi birinchi sovutgich qurilmalari bundan ham oldinroq ixtiro qilingan boʻlsada.
✔️1834-yilda Jeykob Perkins efir yordamida birinchi kompression mashinasini qurdi va 1850-yilda amerikalik shifokor Jon Gori birinchi marta sunʼiy muz ishlab chiqarish jarayonini namoyish etdi. Uning qurilmasi ham muzlatgich, ham konditsioner boʻlib xizmat qilishi mumkin edi.
👉Marshall patentidan oldin sovutish moslamalari allaqachon pivo sanoatida, goʻshtni qayta ishlash sanoatida, paroxod va temir yoʻllarda yuk tashishda ishlatilgan.
Facebook | Telegram | Web | Instagram