innovatorjurnali | Unsorted

Telegram-канал innovatorjurnali - "Innovator" jurnali

700

Innovatsion rivojlanish agentligiga qarashli o‘quvchi-yoshlarga bag‘ishlangan ilmiy-texnikaviy, tahliliy ommabop nashr Links: www.indep.uz https://bit.ly/Fb_Innovator https://bit.ly/Ins_Innovator 📞Murojaat uchun: +998 88 007 55 92 @innovator_jurnali

Subscribe to a channel

"Innovator" jurnali

⚡️Har qanday tovushlarni generatsiya qila oladigan neyron tarmoq chiqdi: tabiat shovqinlaridan tortib klassik musiqagacha. Hammasi brauzerda va mutlaqo bepul!

Ijtimoiy tarmoqlarda kontent yaratuvchilar uchun juda foydali bo’ladi — kerakli tovushni qidirish uchun soatlab vaqt sarflash shart emas. Matnli so’rovni kiritish kifoya, bir necha soniyada kerakli tovush tayyor bo’ladi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

⚡️Olimlar ma’lumotlarni saqlash uchun buzilmaydigan «5-D kristall»ni ishlab chiqishdi. Unda 360 TB ma’lumotni saqlash mumkin, uni yo’q qilish esa deyarli imkonsiz.

Tanga o’lchamidagi kristall +1000°C gacha bo’lgan haroratga, kosmik nurlanishga va kvadrat santimetr uchun 10 tonna bosimga bardosh bera oladi. Unga birinchi bo’lib inson genomi ma’lumotlari yuklandi.

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

⚡️ Germaniyalik ixtirochilar tomonidan suvda dam olish va baliq ovlash uchun Sealander avtomobili yaratildi

🛳 Sealander avtomobilida mini-oshxona va divan ,ikki kishilik karavot mavjud.Toʻliq uzunlikdagi tomni baliq ovlash uchun osonlik bilan olib tashlash mumkin.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Innovator" sahifasining qahramoni — Yunusaliyev Sanjarbek.

✅Yunusaliyev Sanjarbek 2004-yil 1-oktyabrda Farg‘ona viloyati Davr qishlog‘ida tug‘ilgan. Hozirda Farg‘ona Politexnika institutining talabasi.

✅Ingliz tilini biladi.

✅Sanjarbekning matematikaga bo‘lgan qiziqishi juda ham yuqori. Qahramonimiz maktab davridan beri matematika fanidan olimpiadalarda qatnashib, yutuqlarga erishib kelmoqda.Maktabda o‘zlashtirilgan chuqur bilimi bilan Farg‘ona politexnika institutiga elektr energetika yo‘nalishiga grant asosida o‘qishga qabul qilindi.

✅Izlanuvchan qahramonimiz 1-kursdayoq institutda  o‘tkazilgan turli xil  tanlov va musobaqalarda faol qatnashib faxrli o‘rinlarni egallagan. Jumladan institutda o‘tkazilgan Matematika fanidan olimpiada faxrli 1-o‘rinni egallab Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan. Bundan  tashqari  ustozlari ko‘magida 10 dan ortiq maqolalar chop etgan,  xalqaro konferensiyalarda ishtirok etgan . Yurtimizdagi va xalqaro startap loyihalarda qatnashib faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Hozirda Boynazarov Bekzodjon va Mahammadjonov Qudratbeklar bilan ilmiy ishlar va loyihalar ustida faoliyat olib bormoqda.

✅Ayni damda innovatorimiz ustozlari Boynazarov Bekzodjon va Mahammadjonov Qudratbeklar bilan birgalikda gidroturbina orqali ishlovchi qurilma ustida ish olib bormoqda. Qurilma bir vaqtning o‘zida ikkita vazifani bajaradi. Birinchi vazifa gidroturbinali nasos orqali suvlarni pastdan yuqorigi yetkazib beradi ya’ni juda ko‘plab suv chiqmagan joylarga suv yetkazib berishni ta’minlaydi. Qurilmaning ikkinchi vazifasi elektr energiyasini ishlab chiqaradi. Bu qurilma bilan suv yetib bormagan va chiqmagan joylarga suv chiqarib shu hududni elektr energiyasi bilan ta’minlasa bo‘ladi.Bu ixtiro kelajakda qurg‘oqchilikda aziyat chekadigan hududlar aholisiga yordam beradi.

✅ "Oliy maqsadim kelajakda yurtimiz istiqboli uchun yordam beradigan ixtirolarni yaratishdir", — deydi yosh innovatorimiz.

Qahramonimizning kelgusi ishlariga zafarlar tilab qolamiz!

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Bugungi qahramonimiz Innovator jurnali tomonidan tashkil qilingan “Raqamli tehnologiyalar yoshlar nigohida” tanlovi gʻolibi Azimjon Normurodov “IT ta'lim va frilansing” forumida 12-17 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida 🥇o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Azimjon Normurodov loyihalari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin! 👇👇👇
instagram.com/azimjon_nan
youtube.com/@azimjonnan
tiktok.com/@azimjon.nan
/channel/azimjonnan

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#Innovator

“Innovator” sahifasining qahramoni — To'xtamishova Gulnora Mels qizi.

✅ 2000-yil 10-aprelda Buxoro viloyati Romitan tumanida tugʻilgan.
Buxoro davlat universiteti bakalavr bosqichini tugatgan. Hozirda Romitan tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabi oʻqituvchisi.

✅ Ingliz va rus tillarida erkin gaplasha oladi.

✅ Gulnoraning IT sohasiga qiziqishi juda baland. Qahramonimiz 3-4 yoshli bolalarning matematikani tez oʻrganish uchun bir qancha loyihalar ishlab chiqgan. Startapp va innovatsion loyihalarda qatnashgan.

✅ Gulnoraning muvaffaqiyatlari bisyor. Jumladan u 2022-yilida Beruniy Nomli Davlat Stipendiyasi va 2023- yilida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat Stipendiyasi sohibasi, 2024-yilda Zulfiya Davlat Mukofoti Sovrindori boʻlgan.

✅ Qahramonimizning 30 dan ortiq maqolalari Xalqaro impakt faktorli va Respublika jurnallarida chop etilgan.Eng yaxshi maqolalar tanlovida faxrli 3-oʻrinni egallagan. Gulnoraning badiiy adabiyotga qiziqishi juda yuqori boʻlganligi tufayli “Yosh kitobxon” tanlovida faxrli 1-oʻrinni egallagan.

✅ “Oliy maqsadim yetuk pedagog boʻlib, yoshlarga bilim berish. Kelajakda innovatsion gʻoylarimni hayotga tadbiq qilib yurtimiz ravnaqi uchun munosib hissamni qoʻshish,”— deydi yosh innovatorimiz.

Qahramonimizning kelgusi ishlariga zafarlar tilab qolamiz!

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

📣📣📣E'LON

📖“INNOVATOR” jurnali oʻquvchi-yoshlarning ilmiy va texnikaviy bilimlarini oshirish hamda ularni zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtirib borishni maqsad qilgan.

⚡️Jurnalning ijtimoiy tarmoqlarida #innovator rukni tashkil etilgan!

💡Biz ushbu rukn uchun qahramonlar izlayapmiz! Toʻgʻri, bunday yoshlar oramizda juda koʻp.

📌Shu sababli istalgan yosh toifasidagi boʻlgan, oʻz tengdoshlariga namuna boʻla oladigan “Innovatorlar”ni ushbu 👉@innovator_jurnali telegram manzili orqali biz bilan bog'lanishlarini soʻraymiz.

🚀Birgalikda iqtidoringizni namoyon qilamiz!

Telegram | Facebook | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Italiyaliklar jetpackli robot yasashdi

⚡️Ular qutqaruv operatsiyalari uchun iRonCub3 dan foydalanmoqchi. U qaygʻu signallariga javob beradi, vaziyatni yuqoridan baholaydi va odamlarga yordam beradi. Robot hali uchmayapti, lekin dvigatel bilan birinchi sinovlar allaqachon oʻtkazilgan.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#Qiziqarli_faktlar

⚡️XVIII asrda ichiga koʻmir toʻldirilgan dazmollar paydo boʻldi. Bunday vosita chetlariga mahsus teshiklar hosil qilinib, puflanganda koʻmir qizigan va dazmollash jarayoni boshlangan. Mazkur dazmollar vazni tekislash jarayonini haqiqiy tosh koʻtarish mashqiga aylantirib yuborgan. Ayrim dazmollar ogʻirligi 10 killogramni tashkil etardi.
Amerikalik ixtirochi Genri Sili 1882-yil 6-iyunda “Еlectric flat iron”deb nomlangan ilk elektr dazmolni patentladi. Garchi dazmol vazni 6 kilogrammdan yuqori va uzoq vaqt davomida qizdirilishiga qaramay, bu ixtirochilik gʻoyasining muhim yutugʻi edi.

💡Dazmolning ichki qismiga spiral joylashtirgan. Shu spiral yordamida dazmol qizdirilgan. Ammo ixtironing ilk mahsuli jiddiy nuqsondan ham xoli emasdi. Yaʼni, issiqlik darajasini meʼyorda ushlab turuvchi oʻtkazgich yoʻq edi. Shuning oqibatida tez-tez kiyimlar kuyib ketish holatlari uchrab turgan.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#Qiziqarli_lifehacklar

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#Qiziqarli_lifehacklar

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#Eslatma

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop “INNOVATOR” jurnalining 2024-yil 3-soni “Tibbiyot sohasidagi innovatsiyalar”ga bag‘ishlanadi!

➖Endilikda ilova orqali “Hamshira”ni uyga chaqirtirsak boʻladi.

“Logo smart” yordamida toʻgʻri gapirishni oʻrganamiz!

3D skaner yordamida a’zolarni qayta tiklash mumkin!

Tunda davolovchi linzalar: U qanday qoʻllaniladi?

“I can hear” – vujud quloqqa aylanadi!

📖Barchasi haqida “Innovator” jurnalining 3-sonida batafsil tanishing!

👉 https://online.pubhtml5.com/jhog/mvpy/

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#jurnal_sahifalaridan

Albatta, har bir boʻlajak ota-ona farzandining yetti muchasi sogʻ boʻlib tugʻilishini istaydi. Ammo shunday vaziyatlar boʻladiki,bola biror nuqson bilan dunyoga keladi.Masalan, bolaning eshitmasligini olaylik.Bu nuqsonni doim ham bartaraf etib boʻlmaydi.Shuning uchun unga maxsus quloqchinlar bilan yordam berishga harakat Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti ishlab chiqarish texnologiyalari yoʻnalishining 2-bosqich talabasi Mansurxon Asadullayev ana shunday muammoga yechim topdi.U “I Can Hear” loyihasini ishlab chiqib ,eshita olmaydigan insonlarga yordam berishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan

📌Batafsil INNOVATOR jurnalining 3-sonida tanishing!👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/jhog/trtt

Facebook | Telegram | Web |Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#jurnal_sahifalaridan

Bugungi kunda chaqaloqlar orasida koʻp uchraydigan kasalliklardan biri – bu son-chanoq boʻgʻimi displaziyasidir. Bu boʻgʻimlarning rivojlanish davridagi tugʻma buzilishi boʻlib, qizlarda oʻgʻil bolalarga nisbatan 7 baravar koʻp uchraydi Ushbu kasallikdan aziyat chekayotgan kichkintoylarga yordam berish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi Tibbiy profilaktika jamoat salomatligi fakultetining 5-bosqich talabasi Qadriddin Sayfiddinovning maxsus loyihasi haqida suhbatlashdik.Qahramonimiz faoliyati bilan quyidagi statistik maʼlumotlar orqali yaqindan tanishasiz.

📌Batafsil INNOVATOR jurnalining 3-sonida tanishing!👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/jhog/trtt

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#Qiziqarli_faktlar

🗣 Birinchi stetoskopning yaratilish tarixi

⚡️Stetoskop ixtiro qilinishidan oldin, shifokorlar oʻz bemorlarning yurak urishini, quloqlarini ularning koʻkragiga qoʻygan holda eshitishardi, bu juda qoʻpol va samarasiz usul. Masalan, bemorda sezilarli darajada yogʻ qatlami mavjud boʻlsa bu usul muvaffaqiyatsiz hisoblanardi.

🩺 Fransiyalik vrach Rene Lennek aynan shunday vaziyatga duch kelib qolgan va bemorning koʻkrak qafasida yogʻ toʻplanib qolgani tufayli uning yurak urishini aniq baholay olmagan. Rene oʻpka va yurakdan kelayotgan ovozlarni kuchaytira oladigan, yogʻochli naycha shaklida “stetoskop” ni ixtiro qildi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#Qiziqarli_faktlar

🗣 Birinchi kompyuter sichqonchasi yaratilish tarixi

⚡️1968-yil 9- dekabrda ixtirochi Duglas Engelbart jahonda birinchi boʻlib kompyuter sichqonchasini ixtiro qildi. U shu oyning oʻzida San Fransiskoda “Hisoblash texnikasi” konferensiyasida dunyoda birinchi bo’lib, kompyuter sichqonchasini qanday ishlashini namoyish etdi va bu “texnologiya asri”ni yana bir yuqori pog'onaga olib chiqdi.

💻 Bu ixtiro gʻildirakchalar oʻrnatilgan bir tugmachali kubikcha edi. Birinchi sichqonchani injiner Bill English yigʻgan, uning imkoniyatlarini namoyish etish dasturini Djeff Rulifson yozgan. 1970-yillarning boshida Xerox kompaniyasi uchta tugmachali sichqonchani birinchilardan boʻlib shaxsiy kompyuterning bir qismi sifatida taqdim etdilar. 1983-yilda Apple firmasi Lisa kompyuterlari uchun bir tugmachali sichqonchalarni yaʼni oʻz shaxsiy modellarini chiqardi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#Robototexnika_olami

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida tashkil etilgan zamonaviy robototexnika olamiga marhamat
.

📹 HD formatda ko'rish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🎥 Kling AI neyrotarmog’i yangilandi, endi u statik obyektlarni harakatlantira oladi.

Buning uchun shunchaki «Motion Brush» funksiyasini tanlash va harakat yo’lini chizish kifoya. Obyektning nisbati o’zgarmaydi va fizikasi saqlanadi.

Bundan tashqari, 1080p pikselli videolarni generatsiya qilish mumkin bo’lgan «professional rejim» ham qo’shilgan.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🤖 Angliyalik olimlar miyaga qon quyilishini tezda toʻxtata oladigan nanorobotlarni ishlab chiqishdi, ular yorilgan tomirlar joyiga tezda yetib borib qonni toʻxtatuvchi dorini sepishadi.

Ushbu nanorobotlar yaqin kelajakda anevrizma va aorta yorilishidan o’limning oldini olishga yordam beradi, shuningdek, ularni boshqa sohalarda ham qo’llash mumkin boʻladi.

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

⚡️Fotosuratlarni o’zingiz istagandek tahrirlash endi yanada osonlashdi — Reshot AI neyron tarmog’i chiqdi.

Neyrotarmoq tabassum qo’shish, ko’zlar va yuz holatini o’zingiz istagandek o’zgartirish imkonini beradi.

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#Qiziqarli_faktlar

🗣 Birinchi lupaning yaratilish tarixi

⚡️Lupa 1250-yilda Rodjer Bekon tomonidan ixtiro qilingan. Oksford universiteti professori bo‘lgan Rodjer Bekon aks va yorug‘lik sinishini tushuntirishga asoslangan ko‘plab eksperimentlar o‘tkazgan. Bekon qavariq linzalarning ob’yektlarni kattalashtirib ko‘rsatish xususiyatlarini aniqladi.

🔍 Bu xususiyatdan ko‘p ming yilliklardan beri foydalanishgan. Rim imperatori Neron qimmatbaho toshlardan uzoqda joylashgan sahnadagi aktyorlar tomoshasini ko‘rishda foydalangan.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

👩‍💻Ajoyib yangilik! Yandex Uzbekistan Toshkentda yosh mutaxassislar uchun ilk bor mobil va bekend dasturiy ta’minot ishlab chiqish maktablarini ochmoqda.

O‘quv dasturlari leksiyalar, amaliy mashg‘ulotlar va Yandex xizmatlaridagi haqiqiy biznes-vazifalar ustida jamoaviy ishlarni o‘z ichiga oladi. Maktablar dasturlash bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirmoqchi bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. Eng yaxshi talabalar kompaniyada kasbiy faoliyatlarini boshlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ta’lim bepul. Maktabga kirish uchun arizani to‘ldirish va 13 oktyabrgacha test topshirig‘ini bajarish lozim. Eng yaxshilar suhbatga taklif qilinadilar. Tanlov natijalari 23-24 oktyabr kunlari e’lon qilinadi. Ta’lim 28 oktyabrda boshlanadi.

Yandex 2011 yildan beri shunday maktablarni boshqarib kelmoqda. Shundan beri 72 ta maktab tashkil etilgan bo‘lib, ularda 3500 dan ortiq kishi ta’lim olgan. Talabalarning yarmidan ko‘pi kompaniyada amaliyotchi yoki xodimga aylanadi.

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🤯 Болалигида ҳушидан кетгунча дўппосланган миллиардер

☝🏻 Бу ҳақида билармидингиз?

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#Qiziqarli_faktlar

🗣 Qaychining yaratilish tarixi!

⚡️Tarixiy ma’lumotlarda ta’kidlanganki, qaychi eramizdan avvalgi uch yuzinchi yili Italiya va Galliyada baravar paydo bo‘lgan. Bu ikki davlatning qay biri qaychiga vatan hisoblanishi ma’lum emas. Shunisi ma’lumki, o‘shangacha yer yuzida qaychi umuman bo‘lmagan. Qadimiy qaychilar hozirgisiga umuman o‘xshamagan. Ularning ikki tig‘i hozirgiga o‘xshab boltcha emas, qiyshiq, egiluvchan plastinka yordamida birlashtirilgan. Ularda bosh va ko‘rsatkich barmoq kiradigan aylanalar ham bo‘lmagan. Bu qaychi ishlatgan odamga jiddiy noqulayliklar tug‘dirardi.

✂️Qaychi qadimda sof temirdan tayyorlangan. Keyinchalik arab xalifatlarida yaratilgan qaychilar hozirgilari kabi ikkita dumaloq aylana va ikkita uchli tig‘ ko‘rinishida bo‘lgan. Ular mix bilan birlashtirilgan. Bizning yurtlarda esa qaychi taxminan X asrda paydo bo‘lgan.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#Qiziqarli_faktlar

🗣 Kubik-Rubik yaratilish tarixi!

⚡️Boshqotirma plastik kubdan iborat. Kub ust tomonidan qardaganda 54 kichik kublardan tashkil topgan yirik kubni oʻzida mujassam etadi va 3 ta oʻqdan iborat boʻlib turli tomonlarga aylanadi. Har tomoni 9 ta kvadratlardan iborat va olti tusli ranglardan biriga bo'yalgan.

🎲 Ernyo Rubik 1970-yilllar oʻrtasida Budapeshtdagi Amaliy sanʼat akademiyasida Dizayn Interera boʻlimida ishlagan. Oʻsha davrlarda Ernyo oʻz talabalariga Matematik nazariyalarni hech tushuntira olmadi va guruh talabalari bilan bir kun 27 ta yog'ochli kublarni yasadi, har birini esa 6 xil ranglarga boʻyadi. Kutilmaganda ulardan yagona kubni yaratish mushkul ekanligi maʼlum boʻldi. Bu bilan Rubik butun oy davomida shugʻullandi. Ammo, eng qiyini esa uni mexanizmini yaratish boʻldi.

💡Rubik 1970-yili,30-yanvarda oʻz ixtirosi “Sehrli kub” uchun venger patentini olgan

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#Qiziqarli_lifehacklar

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#Qiziqarli_lifehacklar

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

📕Kitob o‘qishingiz uchun 10 ta sabab:

1. Miya faol tarzda ishlashni boshlaydi
2. Dunyoqarash kengayadi
3. Fantaziya rivojlanadi
4. Lug‘at boyligi va savodxonlik darajasi oshadi
5. Kitob stressdan xalos etadi
6. Intellektni rivojlantiradi
7. Xotirani mustahkamlaydi
8. Alsgeymer kasalligining oldini oladi
9. Ijodiy fikrlash qobiliyatini oshiradi
10. Uyqu sifatini yaxshilaydi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#Qiziqarli_lifehacklar

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…
Subscribe to a channel