innovatorjurnali | Unsorted

Telegram-канал innovatorjurnali - "Innovator" jurnali

710

Innovatsion rivojlanish agentligiga qarashli o‘quvchi-yoshlarga bag‘ishlangan ilmiy-texnikaviy, tahliliy ommabop nashr Links: www.indep.uz https://bit.ly/Fb_Innovator https://bit.ly/Ins_Innovator 📞Murojaat uchun: +998 88 007 55 92 @innovator_jurnali

Subscribe to a channel

"Innovator" jurnali

😎Quyoshdan saqlovchi ko‘zoynaklarni kim/kimlar yaratgan?

📜Bu ixtironing yaratilish tarixi haqida gap ketar ekan, bir qancha talqinlarni uchratishimiz mumkin.

❇️Rim imperatorlari gladiatorlarning janglarini tomosha qilishni juda ham yaxshi ko‘rishgan. Ammo quyosh ba'zida ularning maroq olishiga to'sqinlik qilgan. Shu sababli ham XIII asrdayoq imperatorlar uchun zumrad toshlari yordamida ko'zoynaklar ishlab chiqarila boshlangan.

❇️ Dominikanlik rohib Giordano de Piza yozib qoldirgan ma'lumotlar esa haqiqiy quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynaklar birinchi marta Italiyada ishlab chiqarilganligi haqida ma'lumot beradi. Uning ta'kidlashicha, bu voqea 1886-yilda sodir bo'lgan.

❇️ Antropologiya professori Bertold Laufer ko‘zoynaklar ixtirosini hindlar bilan bog‘laydi. Quyoshli o'lka fuqarolari tomonidan bu kabi ixtiro yaratilishi haqiqatga yaqin, albatta!

🧐Sizningcha, ushbu ishlanma mualliflari kimlar? Fikrlaringizni yozib qoldiring👇👇👇

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#qadimiy_ixtirolar

🧐Bugungi kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangan qadimiy ixtirolar haqida bilishni istaysizmi?

📌Kundalik foydalanadigan aksariyat buyumlar bizga texnologik taraqqiyot natijasida paydo bo‘lgandek tuyuladi va shunga mos ravishda ular zamonaviy olimlar tomonidan ixtiro qilingan, deb taxmin qilamiz. Biroq ba'zi buyumlar siz o‘ylaganingizdan ancha oldin ixtiro qilingan. Quyida ular haqida birma-bir to‘xtalalib o'tamiz
👇👇👇

🦷Tish pastasi (IV asr)

📜Tish pastasining eng qadimgi retsepti bizga IV asrda Misr qo‘lyozmalari orqali yetib kelgan. Retsept biz uchun g‘ayrioddiy edi: qalampir, tuz kukuni va yalpiz barglari aralashmasi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Инновацион ривожланиш вазирлиги тизимига кадрлар фақат очиқ танлов асосида ишга қабул қилинади

“Давлат фуқаролик хизмати тўғрисида”ги қонунга мувофиқ, Инновацион ривожланиш вазирлиги марказий аппарати ва ҳудудий бошқармаларидаги мавжуд вакант лавозимларни малакали кадрлар билан тўлдириш фақат очиқ танлов орқали амалга оширилади. Бунда, вакансиялар учун ички ва ташқи танловлар эълон қилинади.

✅ Танловлар 3 босқичда ўтказилади:
➖ номзодларнинг аризаларини малака талаблари бўйича саралаш;
➖ тест синови;
➖ суҳбат босқичи.

✅ Вазирлик тизимидаги вакант лавозимларни эгаллаш учун аризалар Давлат фуқаролик хизматчилари вакант лавозимларининг ягона очиқ портали — vacancy.argos.uz орқали электрон шаклда қабул қилинади.

▪️Танловларнинг очиқ ва шаффоф ҳамда барча учун тенглик тамойили асосида ўтишини Президент ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги назорат қилади.

▪️Қуйидаги ҳавола орқали вакант лавозимлар билан танишиб боришингиз мумкин:👇
➖ Вазирлик тизимидаги мавжуд вакансиялар учун очиқ танловлар.

✅ Очиқ ва шаффоф тизим орқали жамоамиз сафига қўшилинг!

@mininnovation

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🚀3D PRINTERDA AVTOBUS CHOP ETILDI

📌Local Models
kompaniyasi 3D printer yordamida chop etilgan Olli nomli avtobusni omma e'tiboriga taqdim etdi. Ishlanmaning yana bir qiziq jihati uning to'liq avtomatlashtirildanidadir.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#ideathon

💪 Samarqand viloyati yoshlari uchun startap g'oyalar tanlovi!

✅ 15-16-dekabr kunlari Samarqand viloyati yoshlari uchun IDEATHON boʻlib oʻtadi, u IT Park hamda YXHT'ning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

ℹ️ IDEATHON – bu ishtirokchilardan bir-ikki kun ichida muayyan muammoni hal qiladigan g‘oyani o‘ylab topishi va uni minimal hayotiy mahsulotga aylantirishni talab qilinadigan tanlovdir.

Tanlovda 16 va undan katta yoshdagi ishtirokchilar quyidagi yo'nalishlar bo'yicha ishtirok etishi mumkin:

▫️ sun'iy intellekt;
▫️ tibbiyot;
▫️ energiya;
▫️ qishloq va suv xo‘jaligi;
▫️ qurilish;
▫️ ta'lim;
▫️ elektron hukumat;
▫️ fintech;
▫️ e-commerce.

🧩 Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar, sertifikatlar va startap g‘oyalarini ishlab chiqish tajribasiga ega bo‘ladilar!

➡️ Tanlovda ishtirok etish uchun 9-dekabrgacha roʻyxatdan oʻtishingiz kerak: https://forms.gle/gmRVQkLusS5GJHCa6

Agar siz o'z startapingizni yaratmoqchi bo'lsangiz, unda bu siz uchun ajoyib imkoniyat 💪
_________

💪 Конкурс стартап-идей для молодежи Самаркандской области!

✅ 15-16 декабря соcтоится IDEATHON для молодёжи Самаркандской области, который организовывается IT Park совместно с Координатором проектов ОБСЕ в Узбекистане.

ℹ️ IDEATHON – это конкурс, в рамках которого участникам необходимо придумать идею, решающую определённую проблему, и развить её до минимального жизнеспособного продукта всего за день или два.

Принять участие в конкурсе может любой желающий в возрасте от 16 лет и старше, по таким направлением, как:

▫️ искусственный интеллект;
▫️ медицина;
▫️ энергетика;
▫️ сельское и водное хозяйство;
▫️ строительство;
▫️ образование;
▫️ электронное правительство;
▫️ финтех;
▫️ e-commerce.

🧩 Победители конкурса получат ценные призы, сертификаты и опыт в разработке стартап-идей!

➡️ Для участия в конкурсе нужно пройти регистрацию до 9 декабря включительно: https://forms.gle/gmRVQkLusS5GJHCa6

Если вы хотите создать свой стартап, то это отличная возможность для вас 💪

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🚴‍♀️Yangicha ko'rinishdagi velosiped

Ko'rib turganingiz Xitoylik olimlar tomonidan yaratilgan bir g'ildiralki elektro-velosiped. Ishlanma juda ixchamligi bilan ko'pchilik e'tiboriga tushib ulgurdi. Endi velosipedingizni o'zingiz bilan olib yurishingiz, biror joyga yuklashingizda hech qanday muammo bo'lmaydi😉😉😉

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#event

Keng ko'lamli Central Asian Tech Awards 2023 tadbiriga start berildi!

✈️ Bosh sovrin - AQSHdagi Kremniy vodiysiga sayohat!

Arizalar 6-dekabrdan 2023-yilning 15-yanvarigacha 7 ta toifa bo‘yicha qabul qilinadi:
1️⃣ Eng tez rivojlanayotgan IT-kompaniya - Eksport - AKT xizmatlarini chet elda autsorsing qilish
2️⃣ Yil startapi / Markaziy Osiyodagi eng yaxshi startap
3️⃣ Markaziy Osiyoda Yil kashfiyoti
4️⃣ Yilning IT-ayoli
5️⃣ IT ga eng yaxshi hissa
6️⃣ Yil ekspansiyasi
7️⃣ Yil IT-o'qituvchisi

Batafsil ma'lumotni veb-saytda topishingiz va onlayn ariza to'ldirishingiz mumkin: https://kssda.kg/awards2023

Ariza topshirishga va bosh sovrinni yutishga ulgurib qoling!
___________

Стартовало масштабное мероприятие Сentral Asian Tech Аwards 2023!

✈️ Главный приз - поездка в Кремниевую долину в США!

С 6 декабря по 15 января 2023 года будут приниматься заявки по 7 номинациям:
1️⃣ Самая быстрорастущая IT-компания - Экспорт - Аутсорсинг ИКТ-услуг за рубежом
2️⃣ Стартап года / лучший стартап Центральной Азии
3️⃣ Прорыв года в Центральной Азии
4️⃣ IT-Женщина года
5️⃣ Лучший вклад в IT
6️⃣ Экспансия года
7️⃣ IT-педагог года

Подробную информацию можете узнать на сайте и онлайн заполнить заявку: https://kssda.kg/awards2023

Успейте подать заявку и выиграть главный приз!

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

📣📣📣DIQQAT! DIQQAT! DIQQAT!

📖Ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop “Innovator” jurnalining yurtimizda start berilgan startaplarga bag'ishlangan 4-soni elektron ko'rinishda taqdim etiladi.

🚀O‘zbekistondagi birinchi investorlik kompaniya – IMAN: u kimlarga xizmat qiladi?

🔆Tadbirkorlar uchun “Online do’kon” yoxud oziq-ovqat zaxiralarini bashorat qilish mumkinmi?

💡Endi irsiy kasalliklarni vaqtida aniqlash imkoni bor!

📖Barchasi haqida “Innovator” jurnalining 4-sonida batafsil tanishing! Quyidagi havola orqali jurnalni "varaqlab" ko'ring😉

👉https://online.pubhtml5.com/nhhx/hbgs/

Facebook I Telegram I Web I Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

✈️Aviatsiya faoliyati uchun xavfli hisoblangan tabiiy hodisalarni oldindan aniqlaydigan tizim ishlab chiqildi!

🌐Ispaniyaning Universidad Carlos III de Madrid hamda ALARM tadqiqot guruhi aviatsiya xavfsizligi va samaradorligiga tahdid soluvchi tabiiy hodisalarni kuzatish uchun ogohlantirish tizimining prototipini ishlab chiqdi.

💥Mazkur tizim sun'iy intellektga asoslangan bo'lib, sun'iy yo'ldosh ma'lumotlarini ob-havo ma'lumotlari bilan birlashtirib, vulqon otilishi, o'rmon yong'inlari, qum bo'roni yoki chaqmoq chaqishi holatlar haqida oldindan ma'lumot beradi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#yangi_son

🗣Ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop “Innovator” jurnalining 5-soni “YOSHLAR AKADEMIYASI” faoliyatiga bag‘ishlanadi.

🚀“Yoshlar akademiyasi” yoshlarga qanday imkoniyatlarni yaratib beradi?

⚡️“Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” – unga kimlar munosib?

🩸Donorlarni topishni koʻzlagan “Tibbiy yordamchi” ilovasi. U qanday xizmatlarni koʻrsatadi?

🤝“Yosh olimlar” tanlovi boʻlajak ixtirochilarga yordamchi qoʻldir.

📌 Rentgen uchun dastur yoxud metall chiqindilaridan podshipnik ishlab chiqarishni maqsad qilgan yoshlar!

💡 Xirsh indeksi eng yuqori olim hikoyasi.

✍️“Innovator” jurnalining 2023-yil uchun obuna mavsumi davom etmoqda. Jurnalimizga obuna boʻling va innovatorlarimiz safidan joy oling!

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

📣📣📣DIQQAT! DIQQAT! DIQQAT!

📖Ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop “Innovator” jurnalining biotexnologiyaga bag'ishlangan 3-soni elektron ko'rinishda taqdim etiladi.

👩‍⚕️Saratonni davolashning yangicha usuli endi bizda!

🌱Madina Akramova: biotexnolog — hayotida yangi narsalarni sinab ko'rishdan qo'rqmasligi lozim!

📲Yiliga 700 000$ ishlab topgan talaba hikoyasi.

📌Davosi yo'q kasalliklarga shifo topishni istagan vatandosh!

📖Barchasi haqida “Innovator” jurnalining 3-sonida batafsil tanishing! Quyidagi havola orqali jurnalni "varaqlab" ko'ring😉

👉https://online.pubhtml5.com/jhog/uihf/

Facebook I Telegram I Web I Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

15-24 ёшдаги қизлар учун янги имкониятлар!

UniSat 2.0 дастурига ҳужжат топширинг. Бу Ўзбекистон қизлари учун қизиқарли танлов бўлиб, унда космик технологиялар, радиоэлектроника, дастурлаш, фазодан олинган Ер тасвирларини қабул қилиш ва ишлов бериш ҳамда йўлдошли метеорология технологиялари ҳақида кўплаб маълумотларни билиб оласиз. Бу сизнинг фазони ўзлаштириш йўлидаги биринчи қадамингиз бўлади!

🔗https://unisat.uz/uz/
📌Ҳужжатлар 27 ноябрь, 23:59 гача қабул қилинади.
✨Видео UniSat илк гуруҳи қизлари иштирокида тасвирга олинган.

***
Ты девушка? Тебе 15-24 года? Ты ищешь новые возможности?Тебе нравится испытывать себя? Тогда не упусти свой шанс, подавай на программу UniSat 2.0.🙌🏻

🔗https://unisat.uz
📌Заявки принимаются до 27 ноября 23:59.
✨Видео было снято с участницами первой программы UniSat.

@unicefuzbekistan
@mininnovation

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

​​📣📣📣Ўзбекистон стартапи 500 глобал (Georgia) стартап акселерация дастури сафига қўшилди!

🌐500 Глобал стартап акселерация
– дунёдаги энг йирик акселератор компаниялардан бири бўлиб, юқори ўсишда технологик компаниялар қурувчи таъсисчиларга сармоя киритадиган 2,7 миллиард доллардан ортиқ бошқарувга эга венчур капитал фирма ҳисобланади. Ушбу компания 2500 тадан кўп стартапларни молиялаштирган бўлиб, шулар ичида 50 таси 1 миллиард АҚШ долларга эга компаниялардир. Бундан ташқари, 100 млн АҚШ доллардан юқори турувчи 150 та компаниялар ҳам мавжуд.

📌Ихтирочилик қобилияти билан дунёга танилаётган, юксак минбарларда Ватанимиз шаънини муносиб ҳимоя қилаётган ёшлар алоҳида эътиборга молик. Шулардан бири Шаҳзод Умирзаков халқимиз ва тадбиркорларимизга ўзининг инновацион ғоялари билан кўмаклашиб келмоқда.

🦾Ёш инноватор “TASS VISION” стартап фирмаси асосчиси. У тақдим этган сунъий интеллект орқали бошқариладиган кузатув камералари тадбиркорларнинг чакана савдодаги вақт ва пулларини тежаш, савдо марказларига ташриф буюрувчиларнинг статистик маълумотларини аниқлаш ҳамда ходимлар иш фаолияти бўйича ўрнатилган тартибларнинг вақтида амалга оширилиши ва бажарилиши ҳақида маълумотлар беришда қўл келади.

Жорий йилнинг 27 октябрь куни “TASS VISION” компанияси 500 Глобал стартап акселерация (500.co) компаниясининг таркибига қўшилди. Бу ҳаммамиз учун катта ютуқ ва ғалаба!

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🇺🇿Bugun 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!

📆1991-yil 18-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan mamlakat davlat suverenitetining ramzi – bayrog‘imiz tasdiqlangan.

🎉Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda "Innovator" jurnali barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan samimiy qutlaydi!


Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🎥 "Innovator" jurnali va uning innovatorlari haqida “Oʻzbekiston” telekanalining “Oʻzbekiston uchinchi renessans ostonasida” koʻrsatuvi uchun maxsus dastur tayyorlandi.


Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Do‘stlaringizni ham kanalimizga taklif qiling
👉/channel/Innovatorjurnali

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

"Бу йил илм-фан ва инновацияларга 1,5 триллион сўм йўналтирилди. Бу – 2017 йилга нисбатан қарийб 6 баробар кўп, дегани.

Олимларнинг иш ҳақи ҳам, 4,5 баробарга оширилди.

Буларнинг ҳисобига, нано- ва био-технологиялар, рақамли геология каби 18 та янги илмий йўналиш ташкил этилди.

Келаси йили илм-фан ва инновацияларга 1,8 триллион сўм ажратилади.

Энди, олимларимиз сув ва энергияни тежаш, тупроқ унумдорлиги ва ҳосилдорлик, геология, саноат, қурилиш каби бугунги кунда биз учун долзарб йўналишларда аниқ натижалар кўрсатишлари керак", — Шавкат Мирзиёев.

_ _ _ _ _ _ _

«В этом году на науку и инновации выделено 1,5 трлн сумов. Это почти в 6 раз больше по сравнению с 2017 годом.

Заработная плата ученых также увеличена в 4,5 раза.

За счет этого было создано 18 новых научных направлений, как нано- и биотехнологии, цифровая геология.

В следующем году на науку и инновации будет выделено 1,8 трлн сумов.

Теперь наши ученые должны показать конкретные результаты в актуальных сегодня областях, как водо- и энергосбережение, плодородие почв, геология, промышленность, строительство», — Шавкат Мирзиёев.

@mininnovation

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

​​📣📣📣OBUNA-2023

✅Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi «Ilm-fan va innovatsion rivojlanish»
hamda "Innovator" jurnallariga 2023-yil uchun obuna mavsumi davom etadi!

✍️«Ilm-fan va innovatsion rivojlanish» ilmiy jurnali mohiyatiga ko‘ra texnika yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini o‘z ichiga olgan ilmiy-innovatsion nashr bo‘lib, mahalliy va xorijiy olimlar, professor-o‘qituvchilar, ekspertlar, tadqiqotchilar, doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilarning ilmiy-nazariy, empirik maqolalari hamda adabiyotlar sharhlarini o‘zida jamlagan majmuadir.

🖊Jurnaldagi maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr qilinadi.

⚡️Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining texnika fani bo‘yicha chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

🚀Oʻquvchi-yoshlar uchun ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop nashr hisoblangan “INNOVATOR” jurnalida omadli innovatorlarning ishni qayerdan va qanday boshlagani haqida eksklyuziv intervyular, bo’lg’usi innovatorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va sharoitlar boʻyicha muhim maʼlumotlar berib boriladi. Qolaversa, oʻquvchi-yoshlarning ijodiy hamda intellektual salohiyatini oshirish, zamonaviy ilm-fan va texnologiya yutuqlari hamda yangiliklari bilan izchil tanishtirib borish va eng asosiysi, kelajak avlodni “kelajak kasblari”ga tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilgan!

📚Mazkur ilmiy jurnallar bir yilda olti marta chop etiladi.

📍Tahririyat manzili:100174, Toshkent sh., Universitet ko‘chasi, 7-uy.

📞(99899) 373-90-35, (99888) 007-55-92

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🔥🔥🔥"Innovator" jurnali KHISO olimpiada maktabi bilan joriy yilning may oyidan boshlab hamkorlikda faoliyat yuritib kelmoqda!

⭐️
Ma'lumki, khiso.uz onlayn platformasida doimiy ravishda Xalqaro va Respublika miqyosidagi olimpiadalar tashkil etib kelinadi. Hamkorligimiz davomida ushbu olimpiadalarda faol qatnashib kelayotgan va eng oliy o'rinlarni egallayotgan yoshlarimizni "Innovator" jurnalining sahifalarida yoritib bormoqdamiz! Xususan, Karimjonov Dalerjon ham allaqachon jurnalimiz qahramonlari safidan joy olishdi.😉

💪Olimpiadalarda faol ishtirok eting, g'olib bo'ling va "INNOVATOR" jurnalining qahramoniga aylaning!!!

🚀Biz bilan g'oliblar safida bo'ling!

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#Vazirdan_maktub

🚀Bizga maktub yo'llagan bolalarni ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali tanishtirib borishni davom etamiz!

📩 "INNOVATOR" jurnalining kichik qahramonlaridan biri Abduvoris Alovuddinovdan Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Yo’lchiyevichga xat kelib tushdi:
...sizga loyiham namunasini yubormoqdaman. Qo’lingizda turgan oddiy oq qog'oz, lekin uning ichida urug’lar bor. Gazeta va jurnalarni ichiga xar xil gullarning urug’i qo'shilgan qog'ozlarda chop etsak, odamlar ularni o'qib bo'lgach, kerakli qismini ekib qo'yishadi va qaysi o'simlik urug’i bo'lsa, o'sha o'sib chiqadi. Bu bilan odamlarni mutolaaga qiziqishlarini oshirishimiz va virtual hayotdan real hayotga qaytarishimiz mumkin.

✍️Siz ham qo'lingizga qalam olib, @innovator_jurnali telegram manziliga maktub yo'llang😉😉😉

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

⚡️Editable Dance Generation from Music

🤖Olimlar musiqa uchun mos raqs harakatlarini yaratuvchi Editable Dance Generation from Music nomli yangi neyron tarmog'ini ishlab chiqishdi.

🕺Ishlanma o'z vazifasini hayratlanarli darajada aniq bajarishi bilan ko'pchilik e'tiboriga tushib ulgurdi. Sun'iy intellekt musiqa ritmi, shuningdek, harakatlarni amalda bajarilish uchun sarflanadigan vaqt hajmini oldindan hisobga olishi bilan bunday natijaga erishdi.

📌Ma'lumot o'rnida, EDGE tizimida raqsni boshlash uchun ba'zi bir raqs harakatlari oldindan o'rgatilishi, tananish biror qismini harakatlantirish funksiyasining o'rnatilishi mumkin.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🚀🚀🚀KICHIK INNOVATOR "SHAXMAT" TURNIRIDA

💐"Innovator"
jurnali tomonidan e'lon qilingan "Vazirdan maktub" loyihasining faol qatnashchisi 9 yoshli Zafarsher o'zining yutuqlarini biz bilan bo'lishdi. Kichik innovatorimiz shaxmat sport turi bo'yicha o'tkazilgan maktab turnirida ishtirok etib, g'oliblikni qo'lga kiritdi.

📌"Innovator" jamoasi qahramonimizga o'z samimiy tilaklarini bildirib qoladi😊😊😊

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Бундан роппа-роса 5 йил аввал 2017 йил 29 ноябрь куни Ўзбекистон Республикаси Президентининг Ўзбекистон Республикаси инновацион ривожланиш вазирлигини ташкил этиш тўғрисида»ги Фармони эълон қилинди.

Шу муносабат билан Инновацион ривожланиш вазирлигида санага бағишланган тантанали тадбир ўтказилди. Унда вазирлик ходимлари, олимлар, ОТМ проректорлари, ИТМ директори ўринбосарлари, турли давлат ташкилотлари ходимлари иштирок этдилар.

Тадбирни Инновацион ривожланиш вазири, академик Иброҳим Абдураҳмонов очиб берди.

БАТАФСИЛ.

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Ayni bugungi sanada tarixda qanday ishlar amalga oshirilganligi haqida bilasizmi?🧐

📌"Yo'q" deysizmi, unda @Kun_tarixi_TV24 ni kuzatib boring!

🚀Kanalda "Kun tarixi" rukni ostida tarixiy ma'lumotlar berib boriladi va bugungi kunda dunyo bo'ylab qanday bayramlar nishonlanib kelayotganligi yoritib boradi.

Ulanish uchun havola)👇👇👇
T.me/Kun_tarixi_TV24

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

⚡️Avtomatlashtirilgan kafe ishga tushirildi

🌐Bundan bir qancha muddat ilgari AlfaRobotics kompaniyasi KIKI laqabli robotni taqdim qilgan edi. Uning faoliyati sun'iy intellektga asoslangan bo'lib, insonlar bilan doimiy muloqotda bo'la oladi.

🤖Endilikda, kompaniya KIKI hamda qahva tayyorlash mashinasini birlashtirib, to'liq avtomatlashgan KIKI Cafesini ishga tushirdi. Foydalanuvchi uchun qulaylik yaratish maqsadida, buyurtmalar bo'limi maxsus sensorli ekran va terminal bilan ta'minlangan.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

​​🏆"Mirzo Ulug'bek vorislari" tanlovining respublika bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan yana bir innovatorimiz — Mahammadjonov Qudratbek.

✅Qudratbek 2002-yilning 2-fevralida Farg'on viloyatining Dang'ara tumanida tug'ilgan. Hozirda Farg'ona politexnika institutining Energetika fakulteti 3-bosqich talabasi.

✅Qahramonimiz "Mirzo Ulug'bek vorislari" Respublika tanlovida o'zining "INTELLIGENT SELLER MACHINE" loyihasi bilan ishtirok etgan edi. "Loyihadan ko'zlangan asosiy maqsad — yurtimiz bo'ylab sotuvchisiz savdo majmualarini tashkil qilish. Biz dasturlashtirgan "aqlli kameralar" xaridorlarning harakatlarini o'rganadi va ular tanlagan mahsulotlar narxini avtomatik tarzda hisoblab boradi. Xaridini yakunlagan inson kassaga yaqinlashganida, kassa apparati unga umumiy summani ko'rsatadi va to'lovni qabul qiladi. Xabaringiz bo'lsa, ko'p mamlakatlarda ishga tushirilgan ushbu tizimni import qilish juda ko'p mablag' talab etadi. Biz taklif etayotgan tizim esa ancha xamyonbop hisoblanadi", — deydi innovator.

✅Ajdodlarimizga munosib voris maqomini olgan Qudratbek bir qancha xalraqo hamda respublika miqyosida o'tkazilgan tanlovlarda ishtirok etib, sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritib kelmoqda. Xususan, yaqinda "Urban.Tech Uzbekistan 2022" xakaton musobaqasida g'oliblar safidan joy oldi. Bundan tashqari, "Yilning eng ixtirochi talabasi" nominatsiyasi boʼyicha faxrli I - oʼrinni egalladi. Hozirda esa, kichik innovatorlar klubini tashkil etib, 30 ga yaqin yosh iqtidor egalariga o'z bilim va ko'nikmalarini ulashmoqda.

✅Qudratbek hozirda elektromobillarni simsiz zaryadlash qurilmalari ustida izlanishlar olib bormoqda. Shuningdek, tez kunlarda tijorat va xizmatlarni taqdim etish uchun optimallashtirilgan onlayn-platformasini taqdim etish arafasida.

🚀Qahramonimizning kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🔥🔥🔥 Namangan shahridagi isteʼdodli o‘quvchiga vazir maktubi yetkazildi!!!

📩Namangan shahar 1-sonli maktabning 5-“G” sinf o‘quvchisi Taslimboyev Og‘abek Innovatsion rivojlanish vaziriga o‘z qiziqishlari, yaratgan ixtirolari va o‘qish sharoitlari haqida maktub yo‘llagan edi.

📌Innovatsion rivojalanish vaziri Ibroxim Abdurahmanov iqtidorli va qobiliyatli Og‘abekning maktubiga javob yo‘lladi va yurtimizda ana shunday yangiliklarga intiluvchan, izlanishlardan zavq oladiagan yoshlar borligidan g‘ururlanishini, ilm olishda to‘xtamaydigan yoshlar, albatta, katta yutuqlarga erishishlari mumkinligini bildirgan.

🚀 Namangan viloyati hududiy Innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i Ilxomjon Sattarov tomonidan vazirning maktubi o‘z egasiga topshirildi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#Vazirdan_maktub

🔥🔥🔥Buxoro viloyati Gʻijduvon tumaniga vazir maktubi yetkazildi!

Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi 8-IDUM 9-sinf oʻquvchisi
Nasriddinov Sardor "Vazirdan maktub" loyihasi doirasida oʻz qiziqishlari hamda ishlanmalari haqida maktub yoʻllagan edi.

🚀Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Sardorbekka javob maktubini yoʻlladilar va ushbu xat vazirlik xodimlari tomonidan o'z egasiga topshirilidi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Robot-kuryer haqida bilasizmi?🧐

🤖Starship Technologies kompaniyasi xizmat ko'rsatish sohasida foydalanilishi mumkin bo'lgan mini-robot ishlab chiqdi. Kompaniyaning ta'kidlashicha, robot oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarni yetkazib berish bilan shug'ullanadi hamda belgilangan yo'nalish bo'yicha mustaqil harakatlanadi.

🦾Robotning ish mexanizmi sun'iy intellektga asoslanadi, shuningdek, maxsus sensor va navigatorlar uning bexato ishlashiga yordam beradi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…
Subscribe to a channel