innovatorjurnali | Unsorted

Telegram-канал innovatorjurnali - "Innovator" jurnali

1731

Innovatsion rivojlanish vazirligiga qarashli o‘quvchi yoshlarga bag‘ishlangan ilmiy-texnikaviy, tahliliy ommabop nashr Links: www.indep.uz https://bit.ly/Fb_Innovator https://bit.ly/Ins_Innovator 📞Murojaat uchun: +998 88 007 55 92 @innovator_jurnali

Subscribe to a channel

"Innovator" jurnali

Do‘stlaringizni ham kanalimizga taklif qiling👉/channel/Innovatorjurnali

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Do‘stlaringizni ham kanalimizga taklif qiling👉/channel/Innovatorjurnali

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#Vazirdan_maktub

📩"VAZIRDAN MAKTUB" loyihasi qatnashchilarining maktublarini e'tiboringizga havola etishni davom etamiz!

📜Bu safargi maktub xalqaro darajadagi mental arifmetika treneri Sarbinaz Aytmuratova tomonidan yo'llandi.

✍️
"Vazirdan maktub" loyihasi uchun xatlaringizni @innovator_jurnali telegram manziliga yo'llashingiz mumkin.😉😉😉

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

​​#Innovator
"Innovator" sahifasining navbatdagi qahramoni — Muhammad Islom Qosimov.

✅Muhammad Islom Qosimov 2003-yilning 7-sentabrida Namangan shahrida tug'ilgan. Hozirda Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetining 2-bosqich talabasi.

✅Qahramonimiz robototexnika hamda elektronika sohalariga qiziqadi. Qolaversa, dasturlash borasida ham ancha tajriba va ko'nikmalarga ega. Bo'sh vaqtlarini kitob mutolaasi hamda telegram botlar yaratish bilan o'tkazadi.

✅Rus, ingliz, yapon kabi tillarni mukammal biladi. Hozirda esa turk tilini o'rganishga ham bel bog'lagan.

✅Muhammad Islom o'zi qiziqqan soha bo'yicha amaliy bilim va ko'nikmalarini yanada rivojlantish maqsadida turli tanlovlarda o'z ishlanmalari bilan muntazam ravishda ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, 2021-yilning noyabr oyida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan "Technoways" texnologik rivojlanish marafonida "Ultra-Vision — ko'zlarni davolovchi smart ko'zoynak" loyihasi bilan faol ishtirok etdi. Shuningdek, joriy yilning iyun oyida IT-Park tomonidan tashkil etilgan marafonda ushbu loyihasi tufayli "Eng hamyonbop innovatsion loyiha" nominatsiyasini qo'lga kiritdi. Yaqindagina Yoshlar akademiyasi a’zolari uchun o'tkazilgan "Ixtirochilik va ratsionalizatorlik" ko‘rik tanlovida esa o'zining "Smart Ambulance" loyihasi bilan qatnashib, "Faol ishtirokchi" nominatsiyasiga loyiq deb topildi.

✅Innovatorimiz ishlab chiqqan "ABM Power" loyihasi ko'pchilik e'tiboriga tushib ulgurgan. Mazkur texnologik loyiha asosida yurtimizda arzon, sifat jihatidan jahon standartlariga mos keluvchi hamda eskportbop bosma platalar (bosma montaj usulida tok oʻtkazgichlari o'rnatilgan plastinkalar) ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek, AMB Power O'rta Osiyoda birinchilardan bo'lib ovoz kuchaytirgichlar hamda Bluetooth modullar ishlab chiqqan milliy brend hamdir.

"Eng katta maqsadlarimdan biri yurtimizda IT-Hardware sohasini rivojlanishiga o'z hissasini qo'shuvchi yirik kompaniya tashkil qilish va yangi turdagi IT mahsulotlari bilan jahon bozorini zabt etishdir", — deydi yosh innovatorimiz.

✅Qahramonimizning kelgusi ishlariga zafarlar tilab qolamiz!

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

⚡️VIRTUAL OLAM UCHUN HID BILISH MOSLAMASI

🧠Amerikaning OVR Technology startapi kognitiv nevrolog Reychel Gerts bilan hamkorlikda virtual olamdagi raqamlashtirilgan buyumlarning hidini bilish imkonini beruvchi moslama ishlab chiqishdi. Qurilma sinovlardan o'tdi: mutaxassislar ishlanma yordamida virtual atirgulni hidlashga muvaffaq bo'lishdi.

🌐ION3 nomini olgan gadjet CES 2023 (Texnologiyalar xalqaro ko'rgazmasi) ko‘rgazmasi doirasida ommaga taqdim etildi.

Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Do‘stlaringizni ham kanalimizga taklif qiling
👉/channel/Innovatorjurnali

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🤖ULKAN ROBOT

🚀Yaponiyalik muhandis olimlar tomonidan Gundam nomli robot yaratildi. Hayratlanarlisi, ushbu robotning balandligi 18 metrga teng. Og‘irligi esa taxminan 25 tonnani tashkil qiladi.

📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Kundalik foydalanadigan buyumlarimizdan biri taroqning yaratilish tarixi haqida bilasizmi?🧐

🐟Yer yuzidagi eng qadimiy taroqlar baliq skeletlaridan tayyorlangan deb hisoblanadi. Qadimgi Rim hududida olib borilgan qazishmalar vaqtida eng qadimgi taroqlardan biri topilgan. U hayvonning uzun suyagidan ushlagichli qilib tayyorlangan bo‘lib, uning sakkizta tishchasi ham bor. Ular bir-biridan 0,2 sm oraliqda joylashtirilgan.

🪵Keyingi davrlarda taroqlarni daraxtlar, marjonlar, fil suyaklari, toshbaqa kosalari va turli xil hayvonlarning shoxlaridan yasay boshlashgan. Taroq uchun ishlatilgan bu materiallardan to XIX asr o‘rtalariga qadar keng foydalanishgan.

📌1869-yildagina ikki nafar aka-uka – Isayya va Jon Hayattlar selluloidni (shaffof plastik material) ixtiro qilishdi. Bu esa millionlab jonivorlarni butunlay yo‘q bo‘lib ketishdan saqlab qoldi.

Telegram | Facebook | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🤖​​FUQAROLIKNI OLGAN — ROBOT

🔥Sofiya androidi 2015 yil 19 apreldan boshlab ishga tushirildi. U “Rim ta'tillari” filmining bosh qahramoni mashhur aktrisa Odri Xepbernning qiyofasiga modellashtirilgan. Ushbu robot boshqa robotlarga qaraganda o‘zining insonga xos harakati bilan shuhrat qozondi. Robot ixtirochisi Devid Xensonning aytishicha, Sofiyaga sun'iy intellekt o‘rnatilgan bo‘lib, u odamlarning imo-ishoralari va yuz ifodalariga taqlid qila oladi.

✅Shuningdek, u ba'zi savollarga javob berishi va oldindan aniqlangan mavzular (masalan, ob-havo) bo‘yicha erkin suhbat qurishi mumkin. Sofiya jami 60 ga yaqin yuz imo-ishoralarni ko‘rsatish qobiliyatiga ega.

📌2017 yilning 25 oktyabr sanasida Er-Riyada o‘tkazilgan “Kelajak investitsiya tashabbusi” sammitida birinchi bor Sofiya android robotiga Saudiya Arabiston fuqaroligi taqdim etildi.

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

⚡️Texnika universitetning musiqaga mehr qo'ygan talabalari 90-yillardagi maishiy texnikadan yasalgan elektromagnit cholg'u asboblarini qanday chalishni ko'rsatishga qaror qilishdi.

🤔Talabalarning iqtidoriga siz qanday baho berasiz?

Telegram | Facebook | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

​​"Innovator" sahifamizning navbatdagi mehmoni 9 yoshli Abduvoris Alovuddinovdir.

⚜️Abduvoris 2013-yilning 19-dekabrida tug'ilgan. Hozirda Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan 279-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 3-sinf o'quvchisi.

⚜️Qahramonimiz maktabdan tashqari arab, ingliz va rus tillari hamda matematika to'garaklariga qatnashadi. Tinib-tinchimagan bolakay sportning taekvando turi bilan ham muntazam shug'ullanib keladi.

⚜️Bu kichik innovator vaqtdan to'g'ri va unumli foydalanishni o'ziga hayotiy shior qilib olgan desak, mubolag'a bo‘lmaydi. Abduvoris shu kungacha jami 64 ta turli fan olimpiadalarida faol ishtirok etgan. Khiso.uz platformasida bo'lib o'tadigan olimpiadalarning doimiy qatnashchisi va oltin medal sohibi.

⚜️O'z oldiga qo'ygan maqsadiga binoan, intiluvchan qahramonimiz “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovida qatnashib, o‘z loyihasi bilan hay’at a’zolari tahsiniga sazovor bo‘ldi. Xullas, Аbduvorisning do‘stlari orasida ko‘zi ojiz bola ham bor ekan. Kitob o‘qishni yaxshi ko‘rgan kichik bilimdonimiz do‘stiga ham bolalar adabiyoti durdonalaridan vaqti-vaqti bilan o‘qib berishni odat qilgan. Biroq maktab va to‘garaklar bilan band bo‘lgan Abduvoris har doim ham o‘rtog‘iga yetarlicha vaqt ajrata olmaydi. Shu sababli u bu muammoga yechim izlaydi va topadi: Abduvoris do'stining ham bolalar аdabiyoti namunalaridan bahramand bo'lishi kerakligini o'ylab, kitoblarni audio shaklda chiqarish kerak, degan fikrga keldi. Endi yosh qahramonimizning g'oyasi tufayli ko'zi ojiz bolalar ham bir-biridan qiziqarli kitoblardan bahramand bo‘lishadi.

📌Muammolarga yechim topa oladigan har bir yosh bizning innovatorimizdir!

Telegram | Facebook | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

⚡️Innovator yoshlar oramizda koʻpchilikni tashkil etadi.

💡Ular oʻzlari yoqtirgan qimmatbaho texnologiyalarni kam harajat sarf qilib, “qoʻlbola” usulda yasashga harakat qilishadi.

📌Agar sizda ham bu turdagi “qoʻlbola ixtirolar" mavjud boʻlsa, bizga yoʻllang!

🚀Birgalikda iqtidoringizni namoyon qilamiz!

Telegram | Facebook | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🔥UCHUVCHISIZ O'T O'CHIRUVCHI DRON

✈️Xitoyning Guanchjou shahrida joylashgan EHang kompaniyasi o'zining yangi o't o'chiruvchi dronini ommaga taqdim etdi.

📊Dron o'zida 150 litrgacha o't o'chiruvchi suyuqlikni saqlay oladi. Shuningdek, ishlanmaga bir qancha videokameralar ham o'rnatilgan bo'lib, bu yong'in sodir bo'lgan vaziyatlarda uni masofadan boshqarish imkoniyatini beradi.

📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🔄 Iqtidorli oʻquvchilar yozgi maktabida qatnashishni xohlaysizmi?

🏆 “Ulugʻbek izdoshlari” olimpiadasining 3-mavsumining 4-saralash bosqichi;

Olimpiada Oliy ta'lim, fan va Innovatsiyalar vazirligi, Innovatsiyalar Milliy ofisi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida 1-8 sinf o‘quvchilari uchun matematika fanidan o‘tkaziladi.

🗓 Ertaga 8-yanvar kuni soat 11:00 dan soat 22:00 ga qadar khiso.uz onlayn olimpiadalar platformasida oʻtkaziladi.

🔄 Olimpiadada ishtirok etish mutlaqo bepul!

🇺🇿 Natijalar "Ulug‘bek izdoshlari" olimpiadasining finali - yozgi maktabda ishtirok etuvchilarni aniqlashda inobatga olinadi.

📲 Olimpiadaga @khiso_uz_bot orqali roʻyxatdan oʻtish shart!

✅ Olimpiadaning qoidalari va tartibi.

🏆 Muvaffaqiyat yakshanbani ham oʻz ichiga oladi!

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Факт 24 | Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги янги мулоқот порталини ишга туширди
#6jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

⚡️COVID-19 ga qarshi muzlatgich

🧊Xitoyning Changhong Meiling kompaniyasi yangicha uslubdagi muzlatgichni ishlab chiqishdi. Ahamiyatga molik jihati shundaki, muzlatgich Covid-19 hamda boshqa viruslarga qarshi kurasha oladi.

❄️Meiling muzlatgichida maxsus mexanizm joylashtirilgan bo'lib, u muzlatgich devorlaridagi hamda mahsulotlardagi bakteriyalarni 99,9% gacha dezinfeksiya qiladi. Ishlanmaga Pekin shahridagi analiz-tadqiqot markazi tomonidan sertifikat topshirilgan.

📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🎹KELAJAK PIANINOSI

🌐Yaponiyaning elektron musiqa asboblari ishlab chiqaruvchi Roland kompaniyasi o'z faoliyatini boshlaganiga yaqinda 50 yil to'ladi. Shu munosabat bilan kompaniya kelajak pianinosini ishlab chiqishga qaror qilishdi.

🎼Ishlanmaning qiziqarli jihati shundaki, musiqiy asbobning ovoz karnaylari dronlarda joylashgan, bu esa o‘z navbatida butun auditoriya bo‘ylab musiqani tinglash imkoniyatini beradi.

📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Do‘stlaringizni ham kanalimizga taklif qiling👉/channel/Innovatorjurnali

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Do‘stlaringizni ham kanalimizga taklif qiling
👉/channel/Innovatorjurnali

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

📣📣📣 "MIRZO ULUGʻBEK VORISLARI" Respublika tanlovida qatnashing va o‘z iste’dodingizni ro‘yobga chiqaring!

Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash "Ulug‘bek" jamg‘armasi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamkorligida Respublikamizdagi iqtidorli yoshlarni kashf qilish uchun "MIRZO ULUGʻBEK VORISLARI" Respublika tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlov 16-25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida 3 bosqichda tashkil etiladi har bir bosqich g‘oliblari tegishli miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

✍️Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar mazkur sayt yoki telegram-bot (@vorislar_tanlovi_bot) orqali ro`yxatdan o'tishlari mumkin.

☎️ Qo'shimcha ma'lumot:
+998 97 411 93 54 | +99890 806 63 60

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

⚡️Cho'ziluvchan displey

📱Samsung kompaniyasi
tomonidan Flex Hybrid nomli planshet ishlab chiqildi. Ishlanmaning e'tiborga molik jihati shundaki, planshet displeyini bukish hamda cho'zish mumkin.

📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Do‘stlaringizni ham kanalimizga taklif qiling
👉/channel/Innovatorjurnali

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Do‘stlaringizni ham kanalimizga taklif qiling
👉/channel/Innovatorjurnali

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Do‘stlaringizni ham kanalimizga taklif qiling
👉/channel/Innovatorjurnali

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#diqqat_tanlov

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi talabalarning qishki ta’tildagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlovini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 19-yanvarga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi.

Yakunda 30 nafar ishtirokchilar tanlovning g‘olib va sovrindorlari deb topiladi va tashkilotchilar tomonidan quyidagi tartibda taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin – 5 million so‘m va I darajali diplom;
🔵2-3-o‘rinlar – 4 million so‘m va II darajali diplom;
🔵4-6-o‘rinlar – 3 million so‘m va III darajali diplom;
🔵7-10-o‘rinlar – 2 million so‘m va sertifikat;
🔵11-20-o‘rinlar – 1 million so‘m va sertifikat;
🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – 1 million so‘m va sertifikat bilan taqdirlanadi.

📌 Tanlov nizomi bilan tanishish

Qishki ta’tilni bekor o‘tkazmasdan, qo‘lingizga kitob oling. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.


Kanalga a'zo bo'ling👇

@nazokat_abdukunduzova

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Do‘stlaringizni ham kanalimizga taklif qiling
👉/channel/Innovatorjurnali

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Do‘stlaringizni ham kanalimizga taklif qiling👉/channel/Innovatorjurnali

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Do‘stlaringizni ham kanalimizga taklif qiling
👉/channel/Innovatorjurnali

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

"InnoWeek.uz-2022" xalqaro innovatsion haftaligida yoshlar tomonidan qanday qiziqarli ishlanmalar o‘rin olgan edi?

🤔Va ularning natijasi nima bo‘ldi?

⚡️Savollar juda dolzarb! Qaynoq javoblar esa “Innovator” jurnalining 6-sonida.

🗣 “Innovator” jurnalining 6-soni yilning eng innovatsion tadbiri “InnoWeek va Yoshlarga”ga bagʼishlanadi.

🎥 Jurnal muqovasi uchun video jarayon! Suratda xalqaro haftalikdagi bahaybat "Avatar" roboti ixtirochilari.

Facebook I Telegram I Web I Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

⚡️Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi yangi muloqot portalini eʼtiboringizga havola etadi.

✅ Oliy taʼlim tizimini takomillashtirish, taʼlim sifatini yanada oshirish boʻyicha qanday takliflaringiz bor?

Ilm-fan sohasiga yangilik kiritmoqchimisiz?

Innovatsion ekotizimni rivojlantirishga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz?

Ilmiy daraja va unvonlarni olish (OAK faoliyati) boʻyicha muammolarni yechishda nimalarga eʼtibor qaratish lozim?

Bilim va malakalarni baholash agentligi (oldingi DTM) faoliyatini yaxshilashga doir fikrlaringiz qanday?

💻Agar sizda mazkur masalalar boʻyicha taklif, tashabbus yoki tavsiyalar boʻlsa, 📥https://edu.mininnovation.uz/ portaliga joʻnating!

📝Mazkur taklif, tashabbus va tavsiyalar vazirlik mutaxassislari tomonidan oʻrganiladi, ular asosida muammolar hal etiladi, yangi tashabbuslar joriy etiladi.

_ _ _ _ _ _ _

⚡️Министерство высшего образования, науки и инноваций предлагает вашему вниманию новый портал коммуникаций.

✅Ждём ваши предложения по дальнейшему совершенствованию системы высшего образования.

✅Хотите ли вы внедрять инновации в области науки?

✅Внести свой вклад в развитие инновационной экосистемы?

✅На что следует обратить внимание в вопросах получения научных степеней и званий (деятельность ВАК)?

✅Что вы думаете об улучшении деятельности оценки знаний и навыков (бывший ГТЦ)?

💻Если у вас есть предложения, инициативы или рекомендации по этим вопросам, присылайте их на портал https://edu.mininnovation.uz/!

@Ibrokhim_Abdurakhmonov

Читать полностью…
Subscribe to a channel