innovatorjurnali | Unsorted

Telegram-канал innovatorjurnali - "Innovator" jurnali

1731

Innovatsion rivojlanish vazirligiga qarashli o‘quvchi yoshlarga bag‘ishlangan ilmiy-texnikaviy, tahliliy ommabop nashr Links: www.indep.uz https://bit.ly/Fb_Innovator https://bit.ly/Ins_Innovator 📞Murojaat uchun: +998 88 007 55 92 @innovator_jurnali

Subscribe to a channel

"Innovator" jurnali

Aziz bitiruvchilar!

Sizlarni hayot ostonasidagi muhim qadamingiz – mustaqil bosqichga o‘tayotganingiz bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Ayni damda Sizni katta marralar, chegarasiz imkoniyatlar va ertasi bor sinovlar kutmoqda. Ularga yuzlanarkansiz, ichki istaklaringiz va qobiliyatingizga quloq tuting, marrani keng oling. O‘qishdan, ilmdan kuch olib, rivojlanishdan to‘xtamang. Bu yo‘lda Vatanga sadoqat, millatga hurmat,  qat’iyat, ilmga tashnalik – Sizning qadriyatingiz bo‘lsin.

Kecha, bugun va ertaning jonli nigohi bu – siz. Shu bois kuzatuvchanlik, tahliliy va tanqidiy mushohada, izlanuvchanlik, jasorat tabiatingizga xos bo‘lishi zarur.

Zero, Yangi O‘zbekistonning ilm-fani, madaniyati, qadriyati negizida siz turibsiz, aynan siz  shu katta mamlakatimizning ori va g‘ururidirsiz.

Har bir yangi kun – yangi orzular, yangi rejalar va yangi g‘oyalar uchun yaxshi imkoniyat. Doimo yurakda ezgu orzularingiz bo‘lsinki, kun kelib, qat’iyatingiz va mehnatingiz ularni, albatta, ro‘yobga chiqaradi.

Unutmang, Siz buyuk daholar va allomalar avlodisiz, qoningizda mavj urayotgan kuch va g‘ayrat, zakovat va salohiyatni ro‘yobga chiqarish o‘z qo‘lingizda.

Mustaqil hayot yo‘lingizda barchangizga cheksiz omadlar tilayman!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim ABDURAHMONOV

@Ibrokhim_Abdurakhmonov

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#Innovator #ixtiro #yangi_son

🚀Bugun "INNOVATOR" jurnali tahririyatiga Afzalbek o'z ishlanmalari bilan kirib keldi!

🎥Video lavhada 3D printeri yordamida yasalgan WALL-E roboti bilan tanishishingiz mumkin☺️

😉Jurnalning navbatdagi sonida qahramonimiz bilan suhbat nasht etilmoqda!

Facebook I Telegram I Web I Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

“Mirzo Ulug’bek vorislari” tanlovining Respublika bosqichi start oldi

Kecha, 22-may kuni tanlovning Respublika bosqichiga start berildi. Ayni damda finalgacha yetib kelgan ishtirokchilar o'z loyihalari taqdimotini o'tkazishmoqda.

Taqdimotlarni onlayn tarzda quyidagi havolalar orqali kuzatishingiz mumkin:

👉https://youtube.com/live/LAatamCVLoI?feature=share

👉https://youtube.com/live/emAK54RPsjI?feature=share

👉https://youtube.com/live/BemXE2roRL4?feature=share

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

⚡️Eco Wave Power sistemasi yordamida elektr energiyasi olinmoqda!

🌊Eco Wave Power dengiz qirg'oqlari, daryo sohillariga o'rnatiladigan tizim hisoblanadi. Qurilmaning "qanotchalari" to'lqinlar ta'sirida harakatga keladi va ishqalanish hosil qiladi. Shu orqali elektr energiyasi olinadi.

📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Do‘stlaringizni ham kanalimizga taklif qiling
👉/channel/Innovatorjurnali

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

⚡️Mashg'ulot uchun ajoyib raqib

📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

​​#Innovator

⚡️"Innovator" sahifasining navbatdagi qahramoni — Valiyev Sunnatullo.

✅Sunnatullo 2000-yilning 15-aprel kuni Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumani Serob qishlog'ida tug'ilgan. Hozirda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti 3-bosqich talabasi.

✅Qahramonimiz elektronika hamda IT sohalariga qiziqadi. Shu bilan birga, gaz va energetika tarmoqlaridagi muammolar va ular uchun muqobil yechimlarni o'rganib keladi.

✅Qahramonimiz ko'plab tanlovlarda faol qatnashib keladi. Jumladan, "Mirzo Ulug'bek vorislari" tanlovida o'zining "Har bir xonadonda yoqilg'i olish texnologiyasini joriy qilish va xususiy biznesni rivojlantirish" deb nomlangan loyihasi bilan ishtirok etib, Respublika g'oliblari safidan joy oldi. Loyihadan ko'zlangan asosiy maqsad — yonilg'i chiqindilarini qayta ishlash orqali yuqori sifatdagi suyuq hamda gaz holatidagi yoqilg'i turlarini ishlab chiqish hamda xususiy tadbirkorlar orasida ushbu biznes turini rivojlantirishdir.

✅2022-yilning noyabrida Qashqadaryo viloyati hokimi sovrini uchun o'tkazilgan "Istiqbolli IT loyihalar" tanlovida jamoasi bilan ishtirok etib, 2-o'rinni qo'lga kiritdi. 2022-yilgi "Yil talabasi" tanlovida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining "Eng faol innovator" nominatsiyasi bo'yicha g'olib deb topildi.

✅Qahramonimizning kelgusi ishlariga zafarlar tilab qolamiz!

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

💥Kreativ yondashuv: Stable Diffusion neyrotarmog’i yordamida qilingan Daniyadagi turizm reklamasi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#xushxabar

🌐Mamlakatimiz bo'ylab yosh tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlashni maqsad qilib olgan "Biznesga birinchi qadam" startap g'oyalar tanlovining tuman va viloyat bosqichlari o'tkazilib kelinmoqda!

💐Ushbu tanlovda Akbarali Turdiyev"INNOVATOR" jurnali qahramonlaridan biri — o'zining "Elektrotraktor" loyihasi bilan ishtirok etib, g'oliblar safidan joy oldi va 60 mln soʻmlik vaucher bilan mukofotlandi.

"Innovator" jurnali jamoasi ushbu eʼtirof bilan innovatorimizni samimiy muborakbod etadi hamda kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar quchishini tilab qoladi!

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🤖Boston Dynamics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan robotlar insonlarni hayratlantirishda davom etmoqda!

Facebook I Telegram I Web I Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

"INNOVATOR" jurnalining qaysi sohaga ixtisoslashishini xohlardingiz? 🧐

❗️Eslatib o'tamiz, "Innovator" jurnalining har bir soni biror soha bo'yicha ixtisoslashadi hamda unga oid innovatsion ishlanmalar haqida ma'lumotlar beriladi. Jumladan, jurnalning biotexnologiya, startaplar hamda "Yoshlar akademiyasi" faoliyatiga bag'ishlagan sonlari mavjud👇👇👇

https://online.pubhtml5.com/jhog/uihf/
https://online.pubhtml5.com/nhhx/hbgs/
https://online.pubhtml5.com/oppia/bjjn/

Sizni boshqa sohadagi yangiliklar qiziqtiradimi🧐? Quyida yozib qoldirishingiz mumkin☺️

Facebook I Telegram I Web I Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

​​#ibratli_voqea
DARSGA KECHIKKAN TALABA

Bu voqea 1939-yilda sodir bo‘ldi. O‘shanda 25 yoshli matematik Jorj Dansig Kaliforniya universitetida tahsil olardi. Bir kuni darsga 20 daqiqa kechikib keldi. U jimgina kirib, stolga o‘tirdi va nimani o‘tkazib yuborganini tushunishga urindi. Doskada ikkita masala shartlari yozilgandi. Dansig masalalarni daftariga ko‘chirib oldi va professorning maʼruzasini tinglay boshladi.

Uyga kelib, darsga kechikkaniga ikki karra pushaymon bo‘ldi: masalalar haqiqatda qiyin edi. Dansig, ehtimol, ularning yechilishi bilan bog‘liq muhim narsani o‘tkazib yuborgandirman, deb o‘yladi. Biroq endi qo‘lidan hech narsa kelmasdi.

Bir necha kunlik mashaqqatli urinishdan keyin u bu masalalarning yechimini topdi. Mamnun bo‘lib professorning oldiga yugurdi va daftarni uzatdi.

Professor Yerji Neyman parishonxotirlik bilan topshiriqni qabul qildi... Negadir u talabalarga qanday vazifa berganini eslolmadi...

Oradan biroz vaqt o‘tgach, u talaba nima olib kelganini ko‘rmoqchi bo‘ldi. Qarashi bilan ko‘zlari kosasidan chiqib ketdi. U maʼruzalaridan birida talabalarga shu ikki yechimi yo‘q masala haqida aytganini esladi.

Ikkita ishlab bo‘lmaydigan masala! Nafaqat professorning o‘zi, balki o‘sha davrning buyuk matematiklari ham yecha olmagandi bu ikki masalani... Biroq, Dansig darsning ushbu masalalarning yechimi yo‘qligi haqidagi qismini o‘tkazib yubordi. Va shuning uchun bu masalalarning yechimini topdi.

Imkonsiz deya biron narsa haqida qulog‘ingizga quyishmasa va siz buning iloji yo‘qligiga o‘zingizni ishontirmasangiz, boshqalar uchun imkonsiz bo‘lgan narsani uddalashingiz mumkin.

Rus tilidan Manzura Baxtiyor tarjimasi

Facebook I Telegram I Web I Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🚀TECHNOVATION CHALLENGE — QIZLAR UCHUN ILDAMLIK!

🌐Zamonaviy kasblar orasida eng mashhuri – bu IT. Bu kasb nafaqat o‘g‘il bolalar, balki qizlar uchun ham juda foydali. Bugungi kunda dasturchilikni o‘rganayotgan qizlar soni ko‘payib bormoqda.

🏆Yoshlarni kelajak kasblariga bolalikdan qiziqtirib borish zarur. Bu borada tanlovlarning ham o‘rni beqiyos. “Technovation Challenge” xalqaro tanlovi haqida eshitganmisiz? Ushbu tanlov 2010-yildan buyon dunyoning 160 mamlakatida o‘tkazib kelinadi. 2016-yildan esa yurtimizda ham muntazam ravishda o‘tkazish an’anaga aylangan. Ahamiyatli jihati, tanlov ishtirokchilari faqat qizlar! Dastur qanday maqsadlarni ilgari suradi, degan ko‘plab savollarga maqola orqali javob berishga harakat qilamiz.

📌Batafsil "INNOVATOR"da tanishing👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/agbch/avtg/#p=1

Facebook I Telegram I Web I Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

⚡️UniSat dastruri ishtirokchisi Garvardga 100% lik grant asosida qabul qilindi!

Go‘zalxon Xaydarova, 2021­yilning 2-­noyabrida start olgan UNI­SAT dasturi finalisti. Shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkillashtirilgan Tech­Girls loyihasi qatnashchisi.

2022-yil oxirida qahramonimiz AQShdagi yirik o‘quv va ilmiy markazlardan biri hisoblangan Prinston Universitetining aerokosmik muhandislik yo‘nalishida o‘qish uchun 100 foizlik grant yutib olgan edi. Yaqinda esa Garvard universitetiga ham talabalikka qabul qilindi.

📌Qahramonimiz erishgan yutuqlar hamda bosib o‘tgan yo‘llar haqidagi ma’lumotlar jurnalimiz o‘quvchi­yoshlari uchun ham foydadan xoli bo‘lmas, degan maqsadda u bilan suhbat uyushtirdik👇👇👇

https://online.pubhtml5.com/agbch/avtg/#p=1

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov
#kimyo_biologiya
#100million

🔺Kimyo va biologiya fanlaridan yangi o'quv va ilmiy adabiyotlar mualliflari uchun 100 million so'm💰 mukofot!

Ta'limda sifatli adabiyotlarni yaratish, unda xorijiy tajribadan foydalanish, hozirgi kunda aktual bo'lgan metodika va materiallardan kengroq foydalanish maqsadida agentligimiz tomonidan yangi Milliy tanlov e'lon qilindi.

Unda kimyo va biologiya fanlaridan eng yaxshi o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratgan muallif yoki mualliflar guruhiga 100 million so‘mdan bir martalik mukofot pullari beriladi.

Agarda sizda ushbu yo'nalishlarda qo'llash mumkin bo'lgan, yangi, zamonaviy va kreativ g'oyalar bo'lsa albatta ishtirok eting va ilm-fan rivojlanishiga o'z hissangizni qo'shing.

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Aziz bitiruvchilar!

Sizlarni hayot ostonasidagi muhim qadamingiz – mustaqil bosqichga o‘tayotganingiz bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Ayni damda Sizni katta marralar, chegarasiz imkoniyatlar va ertasi bor sinovlar kutmoqda. Ularga yuzlanarkansiz, ichki istaklaringiz va qobiliyatingizga quloq tuting, marrani keng oling. O‘qishdan, ilmdan kuch olib, rivojlanishdan to‘xtamang. Bu yo‘lda Vatanga sadoqat, millatga hurmat,  qat’iyat, ilmga tashnalik – Sizning qadriyatingiz bo‘lsin.

Kecha, bugun va ertaning jonli nigohi bu – siz. Shu bois kuzatuvchanlik, tahliliy va tanqidiy mushohada, izlanuvchanlik, jasorat tabiatingizga xos bo‘lishi zarur.

Zero, Yangi O‘zbekistonning ilm-fani, madaniyati, qadriyati negizida siz turibsiz, aynan siz  shu katta mamlakatimizning ori va g‘ururidirsiz.

Har bir yangi kun – yangi orzular, yangi rejalar va yangi g‘oyalar uchun yaxshi imkoniyat. Doimo yurakda ezgu orzularingiz bo‘lsinki, kun kelib, qat’iyatingiz va mehnatingiz ularni, albatta, ro‘yobga chiqaradi.

Unutmang, Siz buyuk daholar va allomalar avlodisiz, qoningizda mavj urayotgan kuch va g‘ayrat, zakovat va salohiyatni ro‘yobga chiqarish o‘z qo‘lingizda.

Mustaqil hayot yo‘lingizda barchangizga cheksiz omadlar tilayman!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim ABDURAHMONOV

@Ibrokhim_Abdurakhmonov

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#jarayon

🚀“INNOVATOR” jurnali — innovator boʻlishni istovchi yoshlar uchun ajoyib manba

🎥Jurnallar obunachilarga yetkazish jarayonida!

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🇺🇿Talaba-yoshlar o'rtasida adabiyotga qiziqishni kuchaytirish maqsadida “Ilhom” mukofoti respublika tanlovi tashkil etilgan. Kuni kecha ushbu tanlov g'oliblari e'lon qilindi va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

💐Quvonarlisi, tanlovda "INNOVATOR" jurnali qahramoni — Ro‘ziyev Asadbek Xalqaro qishloq xo'jaligi universiteti nomidan ishtirok etib, 3-o'rinni qo'lga kiritdi.

✊"Innovator" jurnali jamoasi ushbu yutuq bilan innovatorimizni samimiy muborakbod etadi hamda kelgusidagi faoliyati davomida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar quchishini tilab qoladi!

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#jurnal_sahifalaridan

👩‍💻Oramizda faol, ko‘p yutuqlarga erishgan, turli marralarni zabt etgan ayollar ko‘p. Negaki imkoniyatlar ko‘p. Shunchaki ulardan to‘g‘ri foydalanish va umuman, foydalana olish kerak, xolos. To‘g‘ri, bu so‘zda oson, ammo real hayotda uning “ammo”lari bor.

🙋‍♀️Biznesledilar uchun motivator bo‘lgan Nodira Vohidova bilan bo‘lgan ayollarning biznesi haqidagi suhbatimiz davomida ana shu “ammo”larga ham to‘xtalib o‘tdik.

📌Batafsil "INNOVATOR"da tanishing👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/agbch/avtg/#p=1

Facebook I Telegram I Web I Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#jurnal_sahifalaridan

🐻Karantin davrida 10 yoshli qizaloq ko‘p qizlarga vaqtlarini unumli o‘tkazishi uchun onlayn tarzda biserdan ayiqchalar yasashni videolavhalar orqali ko‘rsatib bergandi. O‘shanda bunday antiqa ayiqchalar hali hech qayerda yasalmaganligi alohida eʼtiborimizni tortgandi. Shundan keyin bu iqtidor sohibasini surishtirib, u bilan yaqindan tanishdik.

🚀Hozirda Muniraxon G‘ofurova 13 yoshda. Innovatsion loyihalari asosida turli ko‘rik-tanlovlarda munosib o‘rinlarni egallab kelmoqda. Ahamiyatli jihati, bugungi kunda Muniraxonning innovatsion o‘yinchoqlari ko‘plab xorijiy mamlakatlarga ham eksport qilinmoqda.

📌Batafsil "INNOVATOR"da tanishing👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/agbch/avtg/#p=1

Facebook I Telegram I Web I Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🍔 Amerikaning Wendy’s restoranlar tarmog’i buyurtmalar qabul qiluvchi xodimlarini Googlening sun’iy intellektiga almashtirmoqchi

🤖"Wendy's Fresh AI" sun’iy intellekti buyurtmalarni qabul qiladi va mijozlarning savollariga javob beradi. Wendy's shu yo’l orqali harajatlarni tejashmoqchi.

📌Wendy’s tarmog’i juda katta bo’lib, butun dunyo bo’yicha 7000 dan ortiq restoranlari mavjud.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🤩Plug and Play Texnik markazi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonlik ishtirokchilar uchun FoundHer tanlov dasturi boshlanganini e’lon qiladi!

🚀AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ning Kelajak taraqqiyoti tashabbusi (Future Growth Initiative) bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu yangi dastur ayol tadbirkorlarni o‘z sohalarida muvaffaqiyatga erishish uchun zarur resurslar va vositalar bilan ta’minlash orqali ularning imkoniyatlarini kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan.

💡Dastur maqsadi tadbirkorlikdagi gender tafovutini bartaraf etishga yordam berish va yanada inklyuziv va xilma-xil startap ekotizimini yaratishdan iboratdir. FoundHer dasturi orqali ayol ta'sischilar murabbiy yordami, tarmoq imkoniyatlari, moliyalashtirish sirlari va boshqa ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ladilar. Tanlovda qatnashish uchun startap loyihaning kamida bitta asoschisi ayol bo'lishi kerak.

✅Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi havoladan foydalaning:

https://plugandplaytc.typeform.com/FoundHerUz

‼️ Ariza topshirishning oxirgi muddati - 2023-yil 10-iyun.

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

UNISAT 2.0 DASTURI ISHTIROKCHILARI – 2 TA NANOSUN’IY YO‘LDOSHNI LOYIHALASHTIRIB STRATOSFERAGA UCHIRDI

UniSat 2.0 dasturining finalchi qizlari Navoiy viloyatidagi maydondan nanosun’iy yo‘ldoshlarni uchirdi. Qizlarni trenerlar, muhandislar va aeronavigatsiya xizmatlarining mutaxassislaridan iborat jamoani qo‘llab-quvvatladi.

Ishtirokchi qizlar 8-12-may kunlari Toshkentda INNO Technopark laboratoriyalarida 2 ta nanosun’iy yo‘ldoshni noldan ishlab chiqishdi, dasturlashdi va yig‘ishdi. Bugun stratosferaga uchirilgan nanosun’iy yo‘ldoshlar qizlarga Yerning yuqori yechimdagi fotosuratlarini olish imkonini beradi. Bundan tashqari, har bir kubsatning o‘z ilmiy missiyasi bor.

UniSat dasturi hamkor tashkilotlar – UNICEF, Tech4Impact NNT va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

👉https://edu.uz/uz/news/view/5344

➖➖➖

УЧАСТНИЦЫ ПРОГРАММЫ UNISAT 2.0 СПРОЕКТИРОВАЛИ И ЗАПУСТИЛИ В СТРАТОСФЕРУ 2 НАНОСПУТНИКА

Девушки-финалистки программы UniSat 2.0 запустили в стратосферу наноспутники с площадки в Навоийской области Узбекистана. Девушек поддержала команда тренеров, инженеров и специалистов из аэронавигационных служб.

Участницы с нуля разработали, запрограммировали и собрали 2 наноспутника 8 -12 мая в лабораториях INNO Technopark в Ташкенте. Запущенные сегодня в стратосферу наноспутники позволят девушкам сделать снимки Земли с высоким разрешением. Кроме этого, у каждого из кубсатов есть своя научная миссия.

Программа UniSat совместно реализуется партнерскими организациями — ЮНИСЕФ, ННО Tech4Impact и Агентством инновационного развития при Министерстве высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан.

👉https://edu.uz/ru/news/view/5344

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#kun_hikmati
Do‘stlaringizni ham kanalimizga taklif qiling
👉/channel/Innovatorjurnali

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#ibrat_vaqti
"Tanqid qilish so‘ralsa hamma o‘zini shu kasb mutaxassisi hisoblaydi"

Bir shogird uzoq fursat mashhur rassomning qo‘lida taʼlim olibdi va kasb mahoratini egallab olgach, ustozidan oq fotiha berishni so‘rabdi.

— Ijozat bersangiz, men ham mustaqil ish boshlasam, o‘rganganlarimni amalda tadbiq etsam…

Ustoz javob beribdi:

- Sen mening eng yaxshi shogirdimsan, juda ko‘p narsani o‘rganding. Ammo mustaqil ish boshlashingdan oldin so‘nggi maslahatim bor. Buning uchun borgin-da, eng yaxshi rasmingni chizib kel!

Shogird ustozining oldidan mamnun holda chiqib, bor mahorati bilan zo‘r rasm chizibdi. So‘ng uni ustozining oldiga olib kelibdi. Ustozi rasmni ko‘rib, shogirdiga topshiriq beribdi:

— Endi shu suratni shaharning eng gavjum joyiga olib borib ilib qo‘y va yoniga qizil qalam qo‘yib, shu satrlarni yoz: «Rasmga eʼtirozi borlar qizil qalam bilan o‘sha eʼtiroz o‘rniga belgi qo‘ysin!»

O‘z rasmining mukammalligiga shubha qilmagan shogird ustozining aytganini bajaribdi va ikki kundan so‘ng ko‘z yosh bilan qaytib kelibdi:

— Ustoz, mendan rassom chiqmaydi! Qarang, eng mukammal deb hisoblagan rasmim ham odamlarga yoqmabdi.

Ustoz qarasa rasmning hamma joyiga qizil bilan chizib tashlangan, qizil qalam tegmagan joyi yo‘q hisobi. Shunda shogirdini ovutish uchun ustoz yana bitta topshiriq beribdi.

- Endi qizil qalamlarni o‘chirib tashlagin-da, shu rasmni o‘sha gavjum joyga yana ilib qo‘y, ammo bu safar rasmning yonida qizil qalam emas, mo‘yqalam bilan ranglar idishini qoldir va shu satrlarni yoz: «Rasmga eʼtirozi borlar mo‘yqalam bilan o‘sha eʼtirozni tuzatib qo‘ysin!»

Shogird chiqib ketibdi. Bir kun, ikki kun, bir hafta, bir oy vaqt o‘tibdi. Ammo rasmga bironta odam o‘zgartirish kiritmabdi. Shogird buni tushuna olmay turganida ustozi unga so‘nggi maslahatini ilinibdi:

— Ko‘rdingmi! Odamlar shunaqa, tanqid qilish so‘ralsa hamma o‘zini shu kasb mutaxassisi hisoblaydi, ammo tuzatishga kelganda hammalari jim bo‘lishadi. Unutma, biron narsani tanqid qilishdan avval o‘rniga nima bera olishing mumkinligini o‘yla. Yo‘qsa, tanqid qilma!

Facebook I Telegram I Web I Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#Vatandosh
🌐Hozirgi taraqqiyot zamonida ham qizlarning xorijda o‘qishiga to‘sqinlik qilish holatlari uchrab turadi. Bu qanchalik to‘g‘ri?

✅Tortishishdan yiroqmiz, ammo bizning olimalar xorijda ham o‘z mahoratini ko‘rsatayotgani va butun Yer yuzi aholisining yashash tarzi yaxshilanishiga hissa qo‘shayotganidan xursandmiz. Germaniyada ilm-fan bilan shug‘ullanayotgan hamyurtimiz Dilfuza Jamolova ana shunday faxrlanishimizga sabab bo‘lgan qizlarimizdan...

📌Batafsil "INNOVATOR"da tanishing👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/agbch/avtg/#p=1

Facebook I Telegram I Web I Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

📚INKLYUZIV RAQS MO'JIZASINI YARATGAN AYOL HAQIDA O'QING!

🎼Imkoniyati cheklangan bolalar... Ularning yashashga ishtiyoqi baland, jajji qalbi orzularga to‘la. Ular har qadamda jamiyatda o‘zgachaligini his qilib yashashadi. Ammo bir mo‘jiza borki, u orqali bu murg‘ak qalblar tengdoshlaridan kam emasligini bir zumga bo‘lsa-da, his eta olishadi. Bu – inklyuziv raqs sanʼati!

📌Batafsil "INNOVATOR"da tanishing👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/agbch/avtg/#p=1

Loyihaning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram (
/channel/chiwduz )
Instagram (
https://www.instagram.com/chiwd.uz/)
Facebook (
https://www.facebook.com/chiwd.uz )
Veb Sayt (
http://chiwd.uz/ )
Youtube
https://www.youtube.com/channel)

Facebook I Telegram I Web I Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🗣 ElevenLabs neyrotarmog’i endi ovozni boshqa tillarga o’gira oladi

📌U yordamida endi o’z ovozingizda istalgan tilda gapirishingiz mumkin, beyrotarmoq hatto ovoz intonatsiyasini ham saqlab qoladi.

Manba: /channel/DigiTechAI/310

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🚀16 yoshida elektromobil yaratgan ixtirochi

🏆Shaxzod Erkinov
"INNOVATOR" jurnali qahramonlaridan biri. Shu kungacha Innovatsion rivojlanish agentligi(vazirligi) tomonidan uyushtirilib kelinayotgan bir qator tanlovlarda faol ishtirok etib keladi. Xususan, Shaxzodbek o'tgan yilgi "Technoways" texnologik rivojlanish marafonida o'zi yasagan elektromobili bilan ishtirok etib, ko'pchilik e'tiboriga tushgan.

✔️Yaqinda Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Olimjon To'ychiyev Shaxzodbek bilan shaxsan uchrashdi. Innovatorimizning shu kunga qadar erishgan yutuqlari, innovatsion ishlanmalari, shuningdek, kelajakdagi rejalari haqida suhbatlashib, o'zining samimiy fikr va mulohazalarini bildirdi.

📌Siz ham iqtidorli yoshlarni kashf etishni maqsad qilgan tanlovlarimizda qatnashing, ishlanmalaringizni taqdim eting hamda "INNOVATOR"ning yangi qahramonlari safidan joy oling😉

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tavsiya

Sa'nat va madaniyat sohasiga qiziqsangiz, quyidagi sayt orqali butun dunyodagi muzeylar, mashhur rasmlar va san'at asarlarini o'zingiz uchun onlayn tarzda kashf etishingiz mumkin.

👉 googleartproject.com

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…
Subscribe to a channel