#bu_qiziq
🍦Shu issiq havoda ko‘ngil nima istaydi? Albatta, muzdekkina ul-bul narsa. Ayniqsa, muzqaymoq bo‘lsa, yanada yaxshi!
Ta’bga ko‘ra, muzqaymoqlarning ham turi ham ko‘p.
🍡Shulardan biri ommalashgani vaflilik muzqaymoqdir. Xo‘sh, shu sevimli muzqaymog‘imiz kim tomonidan o‘ylab topilganini bilasizmi? Uhda siz uchun qiziq bo‘lgan ma'lumot. Vaflilik muzqaymoq ilk bor 1904-yili Sent-Luis shahrida namoish etilgan.
🔹Ernest Xamvi ismli suriyalik emigrant Sent-Luis yarmarkasida vafli sotib o'tirganda muzqaymoq sotuvchi qo'shnisining idishi tugaydi, shunda Ernest unga muzqaymog'ini vaflisiga qo'yib sotishni taklif qiladi va shunday qilib mashhur bu tur muzqaymoqlar dunyoga keladi. Bir necha yil o'tib yarmarkadagi oddiy sotuvchi qo'shnilar fabrika qurib muzqaymoq biznesida millioner bo'lishadi.
Telegram | Facebook | Web | Instagram
#Yangi_Õzbekistonni_birgalikda_quramiz
#Iqtisodiyot_universiteti_kelajak_bunyodkorlari_maskani
Bugun erta tongdan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oʻtkaziladigan “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni ishtirokchilari belgilangan joyga yigʻila boshladi.
#qiziqarlifact
DUNYODAGI ENG AQLLI ODAMLARDAN BIRI
Kim Un Yun 1962 yilda Janubiy Koreyada tug'ilgan. Ikki yoshida u 5 ta tilda gaplasha boshlagan. Uch yoshida esa differentsial hisoblash tushunchasiga ega bo'ldi. 4 yoshdan 6 yoshgacha Kim "Xanyang" universitetining talabasi bo'lgan, 7 yoshida NASAda ishlash uchun taklif olgan.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#hikoya
MEHR BILAN ILM BIRGA YURADI!
⛈ Hikoya qilishlaricha, qadim zamonlarda barcha his-tuyg‘ular bir orolga dam olish uchun otlanishibdi.
His-tuyg‘ular yaxshi dam olisharkan, orolda kutilmagan xabar tarqaldi: to‘fon yaqinlashayotgan emish va barchaga orolni tark etish tavsiya qilinibdi. Bu qo‘qqis xabar barchani shoshirib quyib, hamma qayiqlarga shoshilibdi. Hatto shikastlangan qayiqlar ham tuzatilib ishga solinibdi.
💵Faqat Mehr ketishni istamasmish. Uning hali qiladigan ishlari bor ekan. Osmonda qora bulutlar suza boshlagach, u ham ketishi kerakligini tushunib yetibdi. Baxtga qarshi, qayiqlarda bo‘sh joy yo‘q edi. Mehr atrofga ilinj bilan alanglabdi. Shu payt Boylik qayiqda o‘tib qolibdi. "Meni qayig‘ingizga oling, Boylik", - deb iltimos qilibdi Mehr.
"Yo‘q, - deya javob beribdi Boylik — qayig‘im kimmatbaho narsalar — oltin va kumushga to‘la. Senga joy yo‘q".
🤵🏻Birozdan keyin Manmanlik o‘tibdi. Mehp unga: "Menga yordam ber, Manmanlik! Bir o‘zim qolib ketdim, meni o‘zing bilan olib ket‘"- deb qichqiribdi.
"Yuq, ololmayman. Qayig‘im iflos oyoqlaring tufayli bulg‘anishini istamayman!" - deb javob qilibdi Manmanlik.
🙇♀️So‘ng Afsus o‘tibdi. Mehr undan ham madad so‘rabdi. Lekin ijobiy javob olmabdi: "Ololmayman. Men xafaman. Yakka o‘zim qolishni xohlayman".
🙋♀️ Keyin Quvonch o‘tibdi. Mehr yana yordam so‘rab murojaat qilibdi. Biroq Quvonch shu qadar xursand ekan-ki, atrofga qarab, birovlarning g‘amini yeyolmas ekan.
👩🎓🧑🎓Mehr tobora holdan toyib, umidsizlanib borardi. Shu on birov uni chaqiribdi: "Kel, Mehr, men seni olib ketaman". Mehr kim bu qadar olijanoblik qilganiga hayron bo‘lib, qayiqqa sakrab chiqib olibdi va ko‘ngli xotirjam tortibdi.
Qayiqda o‘tirgach, Mehrning ko‘zi Ilmga tushibdi.
U hayratini yashirolmay, qiziqib so‘rabdi:
"Hech kim meni qayig‘iga olishni istamayotgan paytda kim meni mardlik qilib olib ketishga rozi bo‘ldi, Ilm?"
"Umi? Vaqt edi" - deb jilmaygancha javob beribdi Ilm.
"Nega Vaqt meni qayig‘iga olib, xavfsizligimni taʼminladi?"
"Chunki faqat Vaqtgina sening buyukliging va nimalarga qodirligingni biladi. Faqat Mehr xotirjamlik va quvonch olib keladi" - deb tabassum bilan javob qilibdi Ilm.
🍂 Ha, farovonlikda mehrni pisand qilmaymiz. Obro‘imiz borida ham mehr haqida unutamiz. Hatto quvonch va g‘amda ham mehr yodimizdan ko‘tariladi. Faqat vaqt o‘tishi bilangina mehrning muhimligini anglab yetamiz...
✅Maqsad va rejalaringizga aniqlik kiritib ularga erishmoqchimisiz?
Agar javobingiz "HA" bo'lsa, unda quyidagi 4 ta savolga javob bering.
1. Aynan nima xohlayapsiz ?
2. Uning narxi qancha ?
3. Unga qachon erishmoqchisiz ?
4. Unga qanday qilib erishmoqchisiz ?
Ana shu 4 ta savolga javob yozing. Har kuni kunlik rejalar tuzing va ularni amalda bajaring. Har kuni maqsadiz yo'lida kamida 1 ta foydali ish qiling.
🚀Shunda siz maqsadizga ancha yaqinlashgan bo'lasiz !
⭐HAR BIR STARTAP LOYIHA UCHUN 💲100 000 GACHA GRANTNI QO`LGA KIRITING!
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e'lon qilingan va 1 mlrd so'mgacha grant jalb etish mumkin bo'lgan startap loyihalar tanlovlari ro’yxati:
1) Sirdaryo viloyati miqyosidagi startap loyihalar tanlovi
🔺https://mininnovation.uz/contest/post-1200
2) “Innovatsion va yuqori texnologiyalar bozorini kengaytirishga qaratilgan startap loyihalar” tanlovi
🔺https://mininnovation.uz/contest/post-1240
3) “Professional ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan startap loyihalar” tanlovi
🔺https://mininnovation.uz/contest/post-1241
4) Innovatsion hududlar kesimida hududning muammolari yechimiga qaratilgan startap loyihalar ochiq tanlovi
🔺https://mininnovation.uz/contest/post-1244
O’z innovatsion g’oyalaringizni biz bilan birgalikda rivojlantiring! Tanlovlarda ishtirok eting va loyihalaringizga grant mablag’larini “birgalikda moliyalashtirish” sharti asosida jalb qilish imkoniyatiga ega bo’ling.
Kanalga obuna bo'ling va barcha tanlovlardan xabardor bo'ling⤵️
@innovatsion_rivojlanish
🎥Robotlarning yangi avlodlari insonni hayratda qoldirishda davom etmoqda!
📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#startap
🚀STARTUP PITSTOP bilan o'z g'oyangizni reallikka aylantiring!
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkillashtirilgan Startup Pitstop loyihasi orqali mamlakatimiz va jahonda mavjud startap dasturlari hamda tanlovlar bo'yicha treninglar va onlayn suhbatlar tashkillashtirilmoqda.
Ishtirokchilar uchun mashhur startap loyihalari asoschilari bilan jonli suhbatlar, xorijlik ekspertlar bilan bevosita hamkorlik imkoniyatlari mavjud. Eng muhimi, Sizning g'oyangiz taqdimoti ko'rib chiqiladi hamda loyihangiz bo'yicha “FEEDBACK” beriladi.
Dastur har haftada bir marotaba quyidagi Telegram guruhida o'tkaziladi:
🛑 /channel/StartupsCommunityUz
✅Bu galgi mavzu "Startap loyihalarida uchraydigan TOP XATOLAR hamda ularni bartaraf etish."
✅+BONUS: Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o'tkazilgan startap loyihalari tanlovi g'olibi bilan onlayn muloqot.
Uchrashuv vaqti: 10-iyun soat 18:00 da (Shanba).
("PRESIDENT TECH AWARD" Tanlovi haqida ma'lumot ham beriladi)
Ma'lumot uchun: 71-203-32-23 (ichki 218)
⚡️“VR” qurilma yordamida real hayotdagi har xil jihozlarni boshqarish mumkin
🚀“Quest Pro” orqali ko‘z va qo‘l kuzatuvi yordamida siz ob-havoni tekshirishingiz, audiokitobni tanlashingiz, musiqa qo‘yishingiz, aqlli uylardagi boshqaruv tizimiga kirib, turli funksiyalarni bajarshingiz va hatto smartfoningizdan bildirishnomalarni ko‘rishingiz mumkin.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
Bugun 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!
⚡️1949-yilda Parijda ayollar demokratik federatsiyasining qaroriga ko‘ra, 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni, deb tan olingan. Ushbu bayram ilk marta 1950-yilda nishonlangan.
🌈Bolalarni himoya qilish kuni kattalarni bolalarning fikr erkinligi, ta’lim olish, zo‘ravonlikdan himoya qilish va yashash huquqlarini hurmat qilishga jalb etish maqsadida o‘tkaziladi. Ota-onalar, davlat singari bolalarning huquqlari va erkinliklarini tan olishlari hamda hurmat qilishlari kerak. Bu 1959-yilda BMT tomonidan qabul qilingan “Bola huquqlari deklaratsiyasi”da aytilgan.
💐Fursatdan foydalanib, barcha bolajonlarni "INNOVATOR" jurnali jamoasi nomidan chin dildan tabriklaymiz! Yuzlaridan beg‘ubor tabassum va qalblarida o‘ziga bo‘lgan ishonch sira tark etmasin! Orzulari osmon bolalarning barcha umidlari, albatta, ro‘yobga chiqsin!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
“UNISAT 2.0” DASTURI ISHTIROKCHILARI NANOSUN’IY YO‘LDOSHLARNI UCHIRISH NATIJALARINI TAQDIM ETDI
Joriy yilning 30-may kuni “UniSat 2.0 Uzbekistan” nanosun’iy yo‘ldoshlar bo‘yicha STEM dasturi ishtirokchilari va tashkilotchilari “Girls in STEM & SPACE Day” (“STEM va kosmos sohalarida qizlar kuni”) tadbirida olti oylik faoliyatga yakun yasashdi. Dastur Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tech4Impact NNT va UNICEF tomonidan amalga oshirilmoqda.
- Vazirligimiz qizlarning fan va texnologiyalar sohasida rivojlanishga bo‘lgan intilishlarini doim qo‘llab-quvvatlaydi. UniSat dasturi ilmiy missiyaga ega bo‘lgan loyihaviy va jamoaviy faoliyatning ajoyib namunasidir. Biz bu yil ishtirokchi qizlar olimlar bilan birga ishlashni boshlaganidan, birgalikda tadqiqotlar o‘tkazayotganidan mamnunmiz. Qizlarning ilm-fan sohasida salohiyati katta ekaniga ishonamiz, - dedi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi boshqarma boshlig‘i Fazilat Kadirova.
👉https://edu.uz/uz/news/view/5380
➖➖➖
УЧАСТНИЦЫ ПРОГРАММЫ UNISAT 2.0 ПРЕДСТАВИЛИ РЕЗУЛЬТАТЫ ЗАПУСКА НАНОСПУТНИКОВ
На мероприятии Girls in STEM & SPACE Day (“День девушек в STEM и космосе”), которое состоялось в Министерстве высшего образования, науки и инноваций, участницы и организаторы STEM-программы по наноспутникам UniSat 2.0 Uzbekistan подвели итоги активной шестимесячной работы. Программа реализуется Министерством высшего образования, науки и инноваций, ННО Tech4Impact и ЮНИСЕФ.
- Министерство всегда поддерживает девушек в стремлении развиваться в сфере науки и технологий. Программа UniSat – отличный пример проектной и командной работы с научной миссией. Мы рады, что в этом году участницы начали работать с учеными, вместе проводят исследования и верим, что у девушек большой потенциал в науке, - сказала Фазилат Кадирова, представительница Министерства высшего образования, науки и инноваций.
👉https://edu.uz/ru/news/view/5380
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#xushxabar #Innovator
🚀"INNOVATOR" jurnali qahramonlaridan biri — Akobir Sheraliyev "Mirzo Ulug'bek vorislari" ko'rik-tanlovining respublika bosqichida faol ishtirok etib, 100 nafar g'olib yoshlar safidan joy oldi va muddatidan oldin talaba bo'lish baxtiga muyassar bo'ldi.
📌Hakamlar hay'ati xulosasiga ko'ra u Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti hamda AvstriyaningImc Krems AFU qo'shma ta'lim dasturi 1- bosqichiga tavsiya etildi.
✊"Innovator" jurnali jamoasi ushbu yutuq bilan innovatorimizni samimiy muborakbod etadi hamda kelgusidagi faoliyati davomida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar quchishini tilab qoladi!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
🎧 Britaniyaning CurrentBody brendi tom ma’noda boshingizda soch o'stiruvchi simsiz quloqchinni chiqardi
🌐Ishlab chiquvchilarning fikriga ko'ra, 120 ta maxsus LED lampalar soch o’sishini tezlashtiradi, to’kilishini esa sekinlashtiradi. Natijaga erishish uchun uni 16 hafta davomida, kuniga 10 daqiqadan taqib yurish kerak. Unda musiqa tinglasa ham bo’ladi, hatto tibbiy sertifikati ham bor ekan.
Manba: /channel/DigiTechAI/392
Facebook I Telegram I Web I Instagram
#Bilasizmi?
Dunyodagi birinchi smaylik😊 miloddan avvalgi 1700-yilga tegishli bo’lib, 2017-yil Gaziantep provinsiyasidan topilgan!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
«Yoshlar texnoparki»da “InnoX” biznes-inkubatsiya dasturi yakunida yangi startap loyihalar taqdimoti o‘tkazildi
Читать полностью…📣📣📣Ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop “Innovator” jurnalining 3-soni “Mirzo Ulug'bek vorislari“ tanloviga bag‘ishlanadi!
📖 “Mirzo Ulug'bek vorislari“ tanlovi: BOBOLARGA MUNOSIB VORISLARNI KASHF ETISH VAQTI KELDI!
💦Polimerdan olingan SORBENT oqova suvlarini tozalashda asqotadi.
🔸Аkupressurali brasletlar — U QANDAY ISHLANMA?
🚀UNICORN, VENCHUR, VESTING YOKI CLIFF NIMA? Vatandoshdan eksklyuziv maqola!
🦾“O‘zim yoqtirgan multfilm qahramonini yasadim” – 11 yoshli Afzalbek bilan suhbat.
🎥 Jurnal muqovasi uchun video jarayon! Suratda “Sorbent” loyihasi asoschisi Shonazarova Nargiza !
Telegram | Facebook | Web | Instagram
#qiziqarlifact
👕 Dunyoda birinchi bor Ispaniyalik dizayner Manel Torres sprey-kiyimini ixtiro qildi. Sprey teriga sepilgandan keyin uni yechib, yuvib, qayta kiyib olish mumkin.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#qiziq
📚Kitoblar olamiga tushib qolishni istarmidingiz?
✔️Suratda ko‘rib turgan bunday go‘zal manzara Xitoyning Chendu shahrida joylashgan. Ushbu hashamatli ajoyib binoda 80000 tadan oshiq kitoblar o‘rin olgan.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
“SpaceX” 14 yoshli yigitni ishga oldi. U bakalavrni tugatgan
Ilon Maskning “SpaceX” kosmik kompaniyasi Kaliforniyadagi Santa Klara universiteti muhandislik maktabida bakalavr darajasini olgan 14 yoshli Kiren Kvazini ishga oldi. Bu haqda “Business Insider” xabar berdi.
▶️Manba
🎥Video lavhada darvozabonning tayyorgarlik darajasini oshirish uchun mo'ljallangan qurilma ko'rsatilgan.
📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉
Facebook | Telegram | Web | Instagram
🛸Uchar likopcha
🌐Xitoyning Shenzhen UFO Technology kompaniyasi tomonidan uchar likopcha ishlab chiqildi. Ishlanma iUFO nomi bilan ommaga taqdim etilgan.
📊iUFO — bir kishi uchun mo'ljallangan dron hisonlanadi. Soatiga 50 kilometr masofani bosib o'tadi. 200 metr balandlikkacha ko'tarila oladi.
📌Ishlab chiqaruvchilar iUFOdan turizm sohasida foydalanishmoqchi ekanliklarini ta'kidlashgan.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
⚡️Yoʻqolish arafasidagi kasblar, jinoyatchilik vositasiga aylanayotgan sunʻiy ong, kelajakda bizni kutayotgan yutuq va xavflar haqida Sunʻiy intellekt kengashi raisi Bobur Rahimov bilan suhbat
XXI asr texnologiyalar asri. Endilikda nafaqat texnologiyalar, balki sunʻiy ong ham rivojlanib bormoqda. Bu aksariyat ekspertlarni xavotirga solsa, ayrim soha vakillarini hushyorlikka chaqirmoqda. Xoʻsh, sunʻiy intellekt sabab haqiqatan ayrim kasblar yoʻqolib ketadimi? Nega bunday dasturlarning aksariyati Oʻzbekistonda ishlamaydi? Muammo nimada?
Batafsil: http://oyina.uz/uz/article/1554
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#E’LON
“Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligi munosabati bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi hamkorlikda “Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov bo‘yicha materiallar 1-iyundan 1-noyabrga qadar qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun elektron arizani to‘ldirishingiz va tanlov materiallari bilan birga konkurs2023@nhrc.uz elektron manziliga 1-noyabrdan kechiktirmay jo‘natishingiz lozim.
Tanlov g‘oliblari dekabr oyida Xalqaro inson huquqlari kunida e’lon qilinadi va qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlanadi.
#global_startap_index
📣📣📣Toshkent shahri startap ekotizimi eng tez rivojlanayotgan shaharlar qatoriga kirdi
Joriy yilning 30-may sanasida StartupBlink tashkilotining "Global Startup Ecosystems Index - 2023 (GSEI-2023)" xalqaro anjumani o'tkazildi. Unda Innovatsion rivojlanish agentligi vakili O'zbekiston startap ekotizimidagi qilinayotgan ishlar, natijalar va istiqboldagi rejalar to'g'risida taqdimot o'tkazdi.
GSEI-2023 ning joriy yilgi natijalariga ko'ra Toshkent shahri startap ekotizimi 165 pog'ona ko'tarilib (kuchli shaharlar mingtaligida 580-o'rin) dunyoning eng tez rivojlanayotgan 8 ta shaharlari qatoridan o'rin oldi. Bundan tashqari, Innovatsion rivojlanish agentligi StartupBlinkning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi hamkor tashkilotlari qatoridan joy olgani ham e'tirof etildi.
Batafsil GSEI-2023ning hisobotida tanishishingiz mumkin:
https://www.startupblink.com/startupecosystemreport
#Innovator
⚡️"INNOVATOR" jurnali qahramonlaridan biri Xudoberdiyev Shavkatjon bilan tanishing!
📌Qahramonimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti 1-bosqich magistranti. Yong‘in xavfsizligini taʼminlash maqsadida qo‘llaniladigan “elektr transformatorlar”, yaʼni yong‘in va portlashdan himoyalash qurilmasi loyiha muallifi.
👉Video lavha: https://youtu.be/4Z6SOJnSTRc
Facebook | Telegram | Web | Instagram