#tanlov
💡Bu nima? "Aqlli jo'mrak"
📌Videolavhadagi kabi aqlli jo'mraklarga ba'zi binolarda ko'zimiz tushadi. Lekin shu kabi ishlanmalar ko'yapsa-yu, turarjoy binolariga ham o'rnatilsa! Qo'llarni yuvish jarayonida jo'mrak bilan ortiqcha kontaktga kirishmasdan, ishimizni bitirib ketaveramiz.
🙋♂️G‘oya muallifi: To'lqinjonov Xojiyor, 13 yosh. Samarqand viloyati, Payariq tumanida istiqomat qiladi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "Clean foot" bombochkalari
📌"Clean foot" oyoq terlashi, hidlanishi, tovon yorilishi va tirnoqlardagi zamburug'larining paydo bo'lishini oldini oluvchi vosita.
🙋♀️G‘oya muallifi: Xoshimbayeva Muazzamxon Mirzohid qizi, 23 yosh. Toshkent farmatsevtika instituti bitiruvchi talabasi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
‼️SHOSHILING
🚀"Raqamli texnologiya yoshlar nigohida" tanlovi uchun qabul jarayoni tugashiga 7 KUN qoldi!
Imkoniyatni qo'ldan boy bermang, "INNOVATOR" bilan o'z iste'dodingizni namoyon eting!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
⚡️Diqqat, e’lon!
“Boʻlajak olim” tanlovining 2023-yildagi mavsumi uchun iqtidorli yoshlarning STARTAP LOYIHALARI va ILMIY G‘OYALARI boʻyicha arizalar qabul qilinmoqda❗️
Tanlov doirasida hujjatlarni joriy yilning 30-noyabr kuni soat 18:00 ga qadar yuborish mumkin.
🔹Startap loyihalar yo‘nalishi bo‘yicha batafsil bu yerda👈
🔸Ilmiy g‘oyalar yo‘nalishi bo‘yicha batafsil bu yerda👈
❌ Ma’lumot o‘rnida, Ilmiy g‘oyalar va loyihalar Startap o‘rnida qabul qilinmaydi.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#tanlov
📣📣📣DIQQAT
📌"Innovator" jurnali tomonidan tashkil etilgan "Raqamli texnologiya yoshlar nigohida" tanlovi 2023-yil 1-avgust soat 18:00 ga qadar davom etadi.
🚀3 avgust soat 17:00da tanlov g‘oliblari ijtimoiy tarmoqlarimizda eʼlon qilinadi!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "Maxsus proyektor"
📌Dars jarayonlarida odatda proyektorlardan foyladanishadi. Proyektorlar yordamida taqdimot o'tkazishadi yoki biror video lavhani qo'yib berishadi. Biroq katta ma'ruza zallarida orqa qatorda o'tirgan talabalar uchun taqdimotlarni ko'rish biroz qiyinchilik tug'diradi. Rasmda tasvirlangan maxsus proyektor esa bu muammoni bartaraf eta oladi.
✔️O'quvchi yoki talabalar maxsus ruchka va ko'zoynaklar bilan ta'minlanadi. Ko'zoynakni taqqanlarida ular oldida AR ekran paydo bo'ladi va kerakli taqdimot namoyon etiladi. Ruchka yordamida esa ekranning biror qismini yana-da kattalashtirish, zarur bo'lganda kichiklashtirish mumkin.
🙋♀️G‘oya muallifi: Allayarova Umida. Nukus davlat pedagogika instituti 3-bosqich talabasi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "Seysmograf"
📌Video lavhada qahramonimiz tomonidan ishlangan zilzilani aniqlovchi qo'lbola seysmografni ko'rishishingiz mumkin.
🙋♂️G‘oya muallifi: Rafibayev Ne'matullo ,13 yosh. Buxoro shahrida istiqomat qiladi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "Aqlli quti"
📌Quti 25 sm uzoqlikdagi harakatlarni sezadi va avtomatik tarzda qutining qopqog'i ochiladi. Quti 3 sekunddan keyin yopiladi.
🙋♂️G‘oya muallifi: Artikov Shoxruz, 9 yosh. Samarqand shahrida istiqomat qiladi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "Signalizatsiya qurilmasi"
📌Qurilmadan uylarda foydalanish mumkin. Uyquga ketishdan oldin uni ishga tushiring. Tunda uyingizga "chaqirilmagan mehmonlar" tashrif buyursa, qurilma bu haqda sizni ogohlantiradi.
🙋♂️G‘oya muallifi: Muhiddinov Alisherbek, 13 yosh. Samarqand viloyati, Payariq tumanida istiqomat qiladi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "Yomg‘irdan himoyalovchi ko‘zoynak".
📌Oramizda ko‘zoynak taqib yuruvchi insonlar bor. Baʼzan to‘satdan yomg‘ir yog‘ganda bunday insonlarning ko‘zoynagi xiratortib, ko‘rishga qiynaladi. Ushbu yomg‘irdan himoyalovchi ko‘zoynakda, xuddi mashinalarning oynasini tozalashda ishlatiladigan chyotkalarga o‘xshash tayoqchalar o‘rnatiladi. Natijada yomg‘ir yoqqanda ko‘zoynakda o‘rnatilgan tugmani bossangiz chyotka tayoqchalari ishga tushadi.
🙋♀️G‘oya muallifi: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 142-maktabning 2-sinf o‘quvchisi Abdullayeva Darina. 8 yosh.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "Qarsak orqali boshqariluvchi chiroq"
📌Video lavhada ko'rib turganingiz qo'lbola chiroq. Oddiy chiroq emas, qarsak chalish orqali o'chirish yoki yoqish mumkin bo'lgan chiroq.
🙋♂️G‘oya muallifi: Qo‘chqorov Shohrux,13 yosh. Samarqand shahrida istiqomat qiladi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
O’quvchilaringning yutuqlari oʻzingning muvaffaqiyatlaringdan ham quvonchliroq boʻlar ekan
🏅Kecha Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf oʻquvchisi Javohir Sultonov Yaponiyada oʻtkazilgan Xalqaro fizika olimpiadasida bronza medalini qoʻlga kiritganini eshitib juda xursand boʻldim.
Javohirni 7-sinfda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabimizga qabul qilinganidan beri taniyman. Uning ushbu yutuqni qoʻlga kiritish uchun qilgan mehnatlarini maktab jamoasi bilan birga doimo qoʻllab-quvvatlab kelganmiz.
Aslida yurtimizda bunday isteʼdodli, yuqori intellektual salohiyatga ega yoshlar juda koʻp. Eng muhimi ularga o’z vaqtida eʼtibor qaratish, iqtidoridan kelib chiqib yoʻnaltirish va imkoniyat yaratib berish lozim.
📌Maʼlumot oʻrnida: Joriy oʻquv yilning yakuni bilan, men Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida jamoatchilik asosida direktorlik faoliyatimni topshirdim.
#tanlov
💡Bu nima? "Issiqlik va namlikni o'lchovchi qurilma"
📌Qo'lbola qurilma joylardagi issiqlik va namlik darajalarini aniqlashda yordam beradi. Uni biror yerga o'rnatib, o'sha hududga oid umumiy ma'lumotlarni to'plash mumkin.
🙋♂️G‘oya muallifi: Toirov Behruz, 13 yosh. Samarqand viloyati, Payariq tumanida istiqomat qiladi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#jarayon
🚀“INNOVATOR” jurnali — innovator boʻlishni istovchi yoshlar uchun ajoyib manba
🎥Jurnallar obunachilarga yetkazish jarayonida!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
💡”INNO Science Camp”- bolalar uchun innovatsion texnologiyalar kursi va shaxsiy rivojlanish tajribasini taklif etadi.
Ushbu oromgohda farzandingiz texnologiyalarni, innovatsiyalarni va robototexnikani qiziqarli va amaliy muhitda o`rganishi mumkin.
INNO Science Camp dasturi: 26- iyul kuni bo’lib o’tadi
🤖Robototexnika kurslari
💻 3D grafika
💥 Elektronika kurslari
😎 VR texnologiya
💥 Lazer bilan ishlov berish
⚙️ 3D printerlar bilan ishlash
🏆 Robototexnika musoboqasi
🔮 Kimyo va fizikaviy shoular
❗️❗️❗️ Ro’yxatdan o’tish uchun @MuhammadaliMamadaliyev
☎️ +99893 387 34 47
+99897 270 70 08
#tanlov
💡Bu nima? "Yashil gazeta"
📌Atrofimizga nazar soladigan bo'lsak, ko'pchilikning qo'lidagi telefonlari bilan band ekanliklarini ko'ramiz. Yoshlarning ham aksariyati smartfonlariga mukkasidan ketib, kitob o'qishni unutib qo'yishmoqda. "Yashil gazeta" nafaqat kitobxonlikni balki tabiatni asrashni targ'ib etuvchi ishlanma hisoblanadi.
✅Yashil gazeta qog'ozlarni qayta ishlash yo'li bilan yaratiladi, shuningdek, qog'ozlarning ichida turli o'simliklarning urug'lari mavjud. Gazetani o'qib bo'lib, uning qog'ozlarini yerga ko'mib qo'ysangiz, bir muddatdan so'ng ekkan yeringizdan gul unib chiqadi.
🙋♂️G‘oya muallifi: Abduvoris Alovuddinov, 9 yosh. Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan 279-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 4-sinf o'quvchisi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
💡1927-yilda Alyaska bayrog‘ining eng yaxshi dizayni uchun tanlov tashkil etildi. O‘sha yillarda Alyaska AQSH shtatining tarkibida bo‘lmagan. Tanlovda 13 yoshli Benni Benson ismli bolaning chizgan surati g‘olib deb topildi.
🚀Asosan olamshumul ixtirolarning muallifi aynan bolalar bo‘ladi. Odatda, ular o‘z g‘oyalarini chizmalarida aks ettiradi. Keyin esa ular jonalanadi.
📝“Innovator” jurnali jamoasi, mana shu jihatlarni eʼtiborga olgan holda "Raqamli texnologiya yoshlar nigohida" tanlovini eʼlon qildi. Tanlovda o‘z g‘oyalaringiz bilan qatnashing!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
💡”INNO Science Camp”- bolalar uchun innovatsion texnologiyalar kursi va shaxsiy rivojlanish tajribasini taklif etadi.
Ushbu oromgohda farzandingiz texnologiyalarni, innovatsiyalarni va robototexnikani qiziqarli va amaliy muhitda o`rganishi mumkin.
INNO Science Camp dasturi: 26- iyul kuni bo’lib o’tadi
🤖Robototexnika kurslari
💻 3D grafika
💥 Elektronika kurslari
😎 VR texnologiya
💥 Lazer bilan ishlov berish
⚙️ 3D printerlar bilan ishlash
🏆 Robototexnika musoboqasi
🔮 Kimyo va fizikaviy shoular
❗️❗️❗️ Ro’yxatdan o’tish uchun @MuhammadaliMamadaliyev
Telegram | Instagram | Facebook | Web | LinkenIn
#Innovator
⚡️"INNOVATOR" jurnali hamkorlaridan biri KHISO olimpiada maktabi asoschisi Sardor Bozorboyev "Kun testi" kreativ mobil ilovasini ishlab chiqdi.
📌Ilova yordamida maktab o'quvchilari turli fanlardan kundalik testlar orqali o'z bilimlarini sinash va o'rganilgan ma'lumotlarni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Reyting ballarini to‘plash orqali oy yakunida g‘olib bo‘lish ham mumkin. Bundan tashqari o'quvchilarning ota-onalari uchun natijalar statistikasini doimiy ko‘rib borish imkoniyati ham mavjud.
👇👇👇Ilovani quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin:
https://play.google.com/store/apps/details?id=uzb.kun_testi
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "Radar"
📌Qurilmaga o'rnatilgan kameralar begona jism yaqinlashayotganligini ko'rsa, zudlik bilan xabar beradi. Qurilmadan, harbiy maqsadlarda, shuningdek, yana bir qancha jabhalarda foydalanish mumkin.
🙋♂️G‘oya muallifi: Madg‘aipov Jonibek,14 yosh. Samarqand shahrida istiqomat qiladi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "Elektro__KA"
📌KA elektromobili g'ayrioddiy ko'rinishga ega kelajak transportidir.
✅Elektr tokida harakat qiladi.
✅Ikki yo'lovchi uchun joy ajratilgan.
✅Yuk uchun katta hajmli joyga ega.
✅Qulay, tez va arzon narxlarda ishlab chiqariladi.
✅Noyob dizaynga ega.
🙋♂️G‘oya muallifi: Qoshqarbaev Islambek ,22 yosh. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Shomanay tumanida istiqomat qiladi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "To‘siqlarni ko‘ruvchi robot"
📌Robot oldidagi to'siqni sezib, unan qochishga harakat qiladi. Bu turdagi robotlardan qutqaruv ishlarida, qulagan binolar ichidan tashqariga yo'l topishda samarali foydalanish mumkin.
🙋♂️G‘oya muallifi: Abrorov Diyor ,14 yosh. Samarqand shahrida istiqomat qiladi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "Moving mouse"
📌"Moving mouse" — harakatlanuvchi sichqon. Qurilma yosh bolalar uchun ajoyib ovunchoq sifatida xizmat qiladi. Ha aytgancha, mushuklar uchun ham.
🙋♂️G‘oya muallifi: Abdumo'minov Bobosher, 12 yosh. Samarqand viloyati, Payariq tumanida istiqomat qiladi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "Shamol kursisi"
📌Qurilma orqali jazirama issiqda shamolni his etish mumkin. Uni yasash uchun kursi va shamol haydagich kifoya.
🙋♂️G‘oya muallifi: Aknazarov Ahror, 13 yosh. Toshkent shahar, Bektemir tumanida istiqomat qiladi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#OAV_biz_haqimizda
#Sirdaryo_Texnoparki
Sirdaryo viloyati Yoshlar Texnoparki faoliyati bo’yicha O’zbekiston 24 kanalida maxsus reportaj.
Telegram 🕊| Instagram📱 | Facebook📱 | mininnovation">YouTube📺
#tanlov
💡Bu nima? "Smart turniket"
📌Ushbu qurilmadan ko'p xodimli tashkilotlarda, shuningdek, maktablarda foydalanish mumkin. Turniket xodimning ishga kelgan, ishdan chiqqan vaqtlarini qayd qiladi va ma'lumotlar bazasiga to'plab boradi.
🙋♂️G‘oya muallifi: Xudoyqulov Javohir, 19 yosh. Samarqand shahrida istiqomat qiladi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "Arduino svetofor"
📌Svetofor arduino qurilmasi yordamida yaratilgan. Svetaforni ishga tushirish uchun zarur bo'lgan dastur kichik innovator tomonidan mustaqil yozilgan.
🙋♂️G‘oya muallifi: Zubaydullayev Javlonbek,13 yosh. Samarqand viloyati, Payariq tumanida istiqomat qiladi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Innovator
#vorislar
Innovator ruknining navbatdagi qahamoni – Tolibjonov Xurshidbek.
✅Xurshidbek 2001-yilning 4-noyabrida Farg’ona viloyati Rishton tumanida tug’ilgan. 2019-yili Qo’qon Universitetining Moliya yo’nalishiga talabalikka qabul qilinib, uni muvaffaqiyatli yakunladi.
✅Qahramonimiz biznes g‘oyalar va start-up loyihalariga qiziqishi tufayli ko‘plab tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, universitetda tashkil etilgan “KU Innovation” tanlovida o’zining DP.com — nogirongili bor insonlarga kasb-hunar o'rgatish va ta'lim berishga mo'ljallangan loyihasi bilan ishtirok etib, 2-o‘rinni egallagan.
✅Shuningdek, BMT Taraqqiyoti dasturining “Startup tashabbuslari” nomli yoshlarning innovatsion g‘oya va start up loyihalarini qo‘llab quvvatlash dasturining final bosqichi ishtirokchilaridan biri sanaladi. 2022-yil esa Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo, kuzatuvchi va hamkor davlatlar staptapchilari o’rtasida o’tkazilgan “Unicorns SCO” tanlovining yarim final bosqichida faol ishritok etdi.
✅Xurshidbek, shuningdek, “Mirzo Ulug’bek Vorislari” Respublika tanlovi 2022-va 2023-yillarda tuman bosqichi g’olibi hamda viloyat bosqichi faol ishtirokchisi bo’lgan. Unda qaharamonimiz o’zining "Ta'lim plus" loyihasi bilan ishtirok etgan.
✅2022-yilning dekabr oyida esa Marg'ilon Raqamli Texnologiyalari makzari, IT park Farg'ona filiali, Qo'qon Universiteti tomonidan tashkil etilgan Ideathon tanlovida ta'lim sohasida startaplar yo'nalishida o'zining "SmartEdu" loyihasi bilan ishtirok etib, 1-o'rinni qo'lga kiritdi.
✅"Ta'lim plus" loyihasining maqsadi — maktab o'quvchilarining ma'lum fan darsligida berilgan mavzularni yana-da yaxshi anglashlari uchun darsliklarda turli xil predmet va shakllarni 3D model tarzda aks ettirib berish hisoblanadi. Loyiha ilova va web sayt ko'rinishida yaratilishi rejalashtirilgan.
✊Qahramonimizning kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "Innovative watch technology"
📌Bu vaqtni toʻgʻri taqsimlashga yordam beradigan universal soat. Kuningizni Innovative watch technology bilan rejalashtiring va ularning barchasiga ulguring.
✔️Soatga batareyka qo'yishingiz kerak emas, u elektr toki yordamida quvvatlanadi.
🙋♀️G‘oya muallifi: Tohirova Diyora, 16 yosh
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
💡Bu nima? "Quyosh zaryadlovchi qurilma"
📌Zarur ish bilan ko'chaga chiqdingiz va qo'l telefoningizning quvvati tugab qolganini ko'rdingiz. Ushbu quyosh batareyali qurilma shahar o'rindiqlariga o'rnatiladi. Endi siz telefoningizning quvvatini oson va tez to'ldirasiz.
🙋♂️G‘oya muallifi: Suyunova Komila, 24 yosh.
Facebook | Telegram | Web | Instagram