innovatorjurnali | Unsorted

Telegram-канал innovatorjurnali - "Innovator" jurnali

710

Innovatsion rivojlanish agentligiga qarashli o‘quvchi-yoshlarga bag‘ishlangan ilmiy-texnikaviy, tahliliy ommabop nashr Links: www.indep.uz https://bit.ly/Fb_Innovator https://bit.ly/Ins_Innovator 📞Murojaat uchun: +998 88 007 55 92 @innovator_jurnali

Subscribe to a channel

"Innovator" jurnali

​​📣📣📣OBUNA-2024

✅Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi qoshidagi «Ilm-fan va innovatsion rivojlanish»
hamda "Innovator" jurnallariga 2024-yil uchun obuna mavsumi davom etadi!

✍️«Ilm-fan va innovatsion rivojlanish» xalqaro ilmiy-texnikaviy jurnali mohiyatiga ko‘ra texnika yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini o‘z ichiga olgan ilmiy-innovatsion nashr bo‘lib, mahalliy va xorijiy olimlar, professor-o‘qituvchilar, ekspertlar, tadqiqotchilar, doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilarning ilmiy-nazariy, empirik maqolalari hamda adabiyotlar sharhlarini o‘zida jamlagan majmuadir.

🖊Jurnaldagi maqolalar o‘zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida nashr qilinadi.

⚡️Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining texnika fani bo‘yicha chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

🚀Oʻquvchi-yoshlar uchun ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop nashr hisoblangan “INNOVATOR” jurnalida omadli innovatorlarning ishni qayerdan va qanday boshlagani haqida eksklyuziv intervyular, bo’lg’usi innovatorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va sharoitlar boʻyicha muhim maʼlumotlar berib boriladi. Qolaversa, oʻquvchi-yoshlarning ijodiy hamda intellektual salohiyatini oshirish, zamonaviy ilm-fan va texnologiya yutuqlari hamda yangiliklari bilan izchil tanishtirib borish va eng asosiysi, kelajak avlodni “kelajak kasblari”ga tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilgan!

📚Mazkur ilmiy jurnallar bir yilda olti marta chop etiladi.

📍Tahririyat manzili:100174, Toshkent sh., Universitet ko‘chasi, 7-uy.

📞(99899) 373-90-35, (99888) 007-55 -92

Telegram | Facebook | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#yangi_son

📣📣📣Ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop “INNOVATOR” jurnalining 6-soni INNOWEEK va yoshlarga bag‘ishlanadi!

💊Endi displaziyani shina taqmasdan davolash mumkin!

🧬Saratonni davolaydigan yangi ishlanma?!

💦Avtomobillarni yuvishda ishlatilgan suvni qayta ishlash mumkin!

🔬FOLDSCOPE — qog'ozdan tayyorlangan mikroskop

🧐“STOP DESEASE” haqida bilasizmi?

🎥 Jurnal muqovasi uchun video jarayon! Suratda “Tifil robot”i ixtirochisi Elyorbek Sunnatov!

Telegram | Facebook | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

📌Joriy yilning 15-dekabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi tomonidan tashkillashtirilgan “Oliy taʼlimda axborot-resurs markazlarining o‘rni: tajriba, muammolar, istiqbollar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

📚Seminar o‘quv adabiyotlari ko‘rgazmasi va innovatsion kutubxona taqdimotlari bilan boshlandi. Ushbu ko'rgazmada "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" ham ishtirok etdi.

Facebook I Telegram I Web I Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

⚡️Sun'iy intellekt yordamida boshqariladigan traktor, qonni tez to'xtatuvchi kompleks qoplama

📰Bugun qishloq xo‘jaligiga e’tibor ortgan, texnika va texnologiyalar rivoji yuqori cho‘qqiga chiqqan bo‘lishiga qaramay, O‘zbekistonda hali-hamon traktorlarning oddiy modellaridan foydalanilmoqda. Bu nafaqat fermerlarning cho‘ntagi, balki ekologiyaga ham katta zarar yetkazadi...

📌Batafsil "INNOVATOR"da tanishing👇👇👇
https
:https://online.pubhtml5.com/eiiqe/avpg/

Facebook I Telegram I Web I Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🚀UCHUVCHISIZ UCHISH MOSLAMASIDAN TORTIB TALABALARGA ISHLASH UCHUN QULAY PLATFORMA

📰Tanlov yoki bellashuvlar yoshlarning o‘z ustida ishlash, fikr almashish, dunyoqarashini kengaytirish, izlanish va kurashish kabi ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi yoshlardagi ana shunday ko‘nikmalarning shakllanishi, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda...

Batafsil "INNOVATOR"da tanishing👇👇👇
https
:https://online.pubhtml5.com/eiiqe/avpg/

Facebook I Telegram I Web I Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🤖PROBOT – GUMANOID ROBOT KULER

📰“Loyihamdan ko‘zlangan asosiy maqsad chet davlatlarda juda ham ommalashgan sun’iy intellekt yordamida boshqariladigan robot kulerlarni mahalliy sharoitlarda ishlab chiqishdan iborat..."

Batafsil "INNOVATOR"da tanishing👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/agbch/nvzt/#p=1

Facebook I Telegram I Web I Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🧪MOLEKULYAR GENETIK LABORATORIYA: IRSIY KASALLIKLARNI ERTA ANIQLAYDIGAN YANGI USUL

📰Baʼzida shunday: uyni quvonchga to‘ldirib dunyoga kelgan chaqaloq oldiniga binoyidek ko‘rinadi. Lekin yillar o‘tib, uning tili chiqmayotgani, atrofdagilar bilan yaxshi muloqot qilmayotganidan shikoyat qilib, otaonalar shifokorga yuguradi. Keyin bilishsa, uning eshitishida nuqsoni mavjud...

📌Batafsil "INNOVATOR"da tanishing👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/agbch/nvzt/#p=1

Facebook I Telegram I Web I Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🤾UCHARTO'P — yangi milliy sport o'yini

📰Maktabda jismoniy tarbiya darsida futbol-u gandbol, voleybol-u basketbol o‘ynamagan bola bo‘lmasa kerak. Baʼzilar sportga jiddiy qiziqib, professional darajasiga yetadi. Ammo bugungi suhbatdoshimiz andijonlik Jamoliddin Bo‘taqulovning sportga bo‘lgan mehri o‘zgacha. Bu qiziqish uni yangi sport turini kashf qilishga undagan...

📌Batafsil "INNOVATOR"da tanishing👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/agbch/nvzt/#p=1

Facebook I Telegram I Web I Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🔥🔥🔥"Innovator" jurnali KHISO olimpiada maktabi bilan o'tgan 2022-yilning may oyidan boshlab hamkorlikda faoliyat yuritib kelmoqda!

⭐️
Ma'lumki, khiso.uz onlayn platformasida doimiy ravishda Xalqaro va Respublika miqyosidagi olimpiadalar tashkil etib kelinadi. Hamkorligimiz davomida ushbu olimpiadalarda faol qatnashib kelayotgan va eng oliy o'rinlarni egallayotgan yoshlarimizni "INNOVATOR" jurnalining sahifalarida yoritib bormoqdamiz! Xususan, Asilbek G'aybullayev ham allaqachon jurnalimiz qahramonlari safidan joy oldi.😉

📌Batafsil "INNOVATOR"da tanishing👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/agbch/avtg/#p=1

💪Olimpiadalarda faol ishtirok eting, g'olib bo'ling va "INNOVATOR" jurnalining qahramoniga aylaning!!!

🚀Biz bilan g'oliblar safida bo'ling!

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Do‘stlaringizni ham kanalimizga taklif qiling
👉/channel/Innovatorjurnali

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#innovator

✊"INNOVATOR" jurnali qahramoni hamda "Raqamli texnologiya yoshlar nigohida" ko'rik-tanlovi g'oliblaridan biri NORMURODOV AZIMJON Toshkent shahridagi biznes sohasiga ixtisoslashtirilgan Target xalqaro maktabiga qabul qilindi.

🎥Video lavhada yosh innovator ishtirokidagi "Rivojlangan texnologiyalar bilan kelajakni qanday tasavvur qilasiz?" mavzusidagi suhbat jarayoni tasvirlangan.

Facebook I Telegram I Web I Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🦾Akbarali Turdiyev: TECHNOWAYS — ORZUYIM USHALISHIGA YORDAM BERGAN

📰Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilib o‘sgan Akbarali bolaligidan texnikaga qiziqardi. To‘g‘ri, o‘g‘il bola texnikani yaxshi ko‘radi-da, deyishingiz mumkin. Ammo uning bu qiziqishi elimiz uchun foydali ixtirolarning dunyo yuzini ko‘rishiga sabab bo‘ldi. Akbarali Turdiyev hozirda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetining 2-bosqich magistranti. U shu kunga qadar bir qancha loyihalar ishlab chiqarishga ulgurgan yosh olimlarimizdan...

📌Batafsil "INNOVATOR"da tanishing👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/agbch/nvzt/#p=1

Facebook I Telegram I Web I Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🖥VEB-DASTURCHILIK VA NOZIK XILQAT: mavzuga o'zbek dasturchi ayol rakursidan bir nazar

📰Аyol kishidan dasturchi chiqishi mumkinmi? O‘zi shundoq ham bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani bajaradigan, pishir-kuydir orasida bolalariga dars qildirib, yana boshqa yumushlarini ham parallel ravishda olib keta oladigan ayollar uchun allaqanday kodlar bilan ishlash qiyin emasmikan? Bizningcha, bu ular uchun unchalik murakkab emas. Chunki ayollarning miyasi shunday murakkabliklarni yechishga moslab yaratilgan, ishonavering!

📌Batafsil "INNOVATOR"da tanishing👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/agbch/nvzt/#p=1

Facebook I Telegram I Web I Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#yangi_son

📣📣📣Ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop “INNOVATOR” jurnalining "17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni"ga bag‘ishlangan 5-soni chop etildi!

💧 Avtomatlashtirilgan himoya tizimi suv tejamkorligini oshiradi!

🦾“Fikrlar qog‘ozga, qog‘ozlar amalga ko‘chdi"— Endi urug'larni Smart Bunker ekadimi?

⚡️“RAQAMLI TEXNOLOGIYA YOSHLAR NIGOHIDA” yosh ixtirochilarni kashf qildi!


✈️START OLGAN SMART DOPLER YOXUD IXTIROCHI TALABA HIKOYASI

🚀Yevropada ham shuhrat qozongan O‘ZBEK O‘G‘LONI kim?

👩‍🎓“YOSHLAR YETAKCHISI”– ularning vazifasi nimadan iborat?

📖Barchasi haqida “Innovator” jurnalining 5-sonida batafsil tanishing!

✍️“Innovator” jurnalining 2024-yil uchun obuna mavsumi davom etmoqda. Jurnalimizga obuna boʻling va innovatorlarimiz safidan joy oling!

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Assalomu alaykum, azizlar!

Barcha talabalarni bugungi Xalqaro talabalar kuni bilan tabriklayman! Barchangizga ilm olishdek mas'uliyatli va zahmatli yo'lda yuksak marralarga yetishishingizni tilayman.

Bugungi kun  munosabati bilan, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi "Innovator" jurnalining maxsus sonini sizlarga havola etmoqchiman. Jurnal bosh muxarriri, samimiy opam-  Sevara Erkinovnaga meni ham innovator yoshlar qatorida jurnalda yoritgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Maqolada "El-yurt umidi" jamg'armasi stipendiati bo'lish, xorijdagi ta'lim va kelajakdagi maqsadlarim haqidagi suhbatimiz taqdim etilgan.

Jurnaldagi boshqa qiziqarli va foydali maqolalar bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

https://online.pubhtml5.com/jsqx/xrec/

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🤖Tesla Optimus robotining yangi versiyasini ishlab chiqdi

🦾Ishlab chiqaruvchilar tomonidan yangilangan robot-gumanoidning harakatlanishi insonnikidan deyarli farq qilmasligi aytib o'tilgan. Aslida ham, bir qarashda uni kompyuter grafikasi mahsuli yoki bo'lmasa, robot kostyumini kiyib olgan biror kishi deb o'ylash mumkin.

Manba: /channel/cybersciense

📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#OAV_da_bizning_innovator
#ixtiro #innovator #ishlanma

🧩INNOVATSION GILAMCHA

🚀O'zining "innovatsion nimcha"si bilan "INNOVATOR" jurnalining ilgarigi sonlarida tanilgan Javlonbek Abduvaliyev yana bir ixtiroga qo'l urdi. Bu safar qahramonimiz "innovatosion gilamcha" konsepsiyasini ishlab chiqib, mahsulotining birinchi prototipini yaratdi.

✔️Gilamcha insonning tovonlari va oyoq kaftlarini isitadi va shu orqali tanadagi qon aylanishini yaxshilaydi. Qurilma elektr tokidan quvvat olgan holda ishlaydi.

📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

⚡️Xitoyda yangi turdagi robotlar ishlab chiqarila boshlandi

🤖Fourier Intelligence startapi asoschilari tomonidan yaratilgan ushbu robot modeli GR-1 nomini olgan bo'lib, u shifoxonalar hamda keksalar uylari uchun mo'ljallangan.

🌐Xususan, ular harakatlanishda qiynalayotgan bemorlar va keksalarga yordamlashishadi, shuningdek, 50 kg gacha bo'lgan yuklarni tashiy olishadi.

Manba: /channel/cybersciense

📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Do‘stlaringizni ham kanalimizga taklif qiling
👉/channel/Innovatorjurnali

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🌿Angliyada havoni tozalovchi vosita ishlab chiqildi. Briiv Pro 2.0. nomini olgan ushbu gadjet kichik ekosistema ko'rinishida yaratilgan bo'lib, u 3043 ta xonaki o'simliklarning o'rnini bosa olar ekan. Xususan, u yordamida 16m² kattaligidagi xonaning havosini 20 daqiqada tozalash mumkin ekan.

Manba: /channel/cybersciense

📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🟢 “Ulugʻbek izdoshlari” olimpiadasining 3-bosqichi!

Ushbu loyiha Innovatsion rivojlanishi agentligi, TIFT universiteti va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida 1-8 sinf o‘quvchilar uchun matematika fanidan 10-dekabr kuni khiso.uz onlayn olimpiadalar platformasida oʻtkaziladi.

Olimpiadaga @khiso_uz_bot orqali roʻyxatdan oʻtish shart!

Savollar: O‘zbek🇺🇿 va rus🇷🇺 tillarida

❗️Ishtirok etish mutlaqo bepul!

G‘oliblar "Ulug‘bek izdoshlari" olimpiadasining finali - yozgi maktab-2024 da ishtirok etuvchi nomzodlar ro‘yxatiga qo‘shiladi.

Olimpiadaning qoidalari va tartibi.

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

⚡️Zinapoyalar endi muammo bo'lmaydi!

🛵Suzuki kompaniyasi to'rt g'ildirakli kvadrosikl konsepsiyanini taqdim etdi. Unga ko'ra MOQBA nomini olgan kvadrosikl zinapoyalardan gorizontal muvozanatni saqlagan holda harakatlana oladi.

🔹Kvadrosikl soatiga 32 km/s tezlik bilan harakatlanadi.

Manba: https://t.me/cyber_102

📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

💻Elektron hisoblash mashinalari tarixidagi birinchi Internet-provayder "Compuserve" deb nomlangan bo'lib, u 1969-yilda bugunda "AOL" nomi bilan taniqli kompaniya tomonidan yaratilgan.

Manba: https://t.me/cyber_102

📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

❇️MENGA IMKON BERGAN MAKON

📰Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan o‘tkazib kelinadigan “Technoways” marafoni doirasida ko‘plab ixtirochi va qobiliyatli yoshlar kashf etilmoqda. Shunday iqtidorli yoshlardan biri, ushbu marafon doirasida o‘tkazilgan tanlovlar g‘olibi, Toshkent davlat texnika universiteti talabasi Ixtiyorjon Rashidovdir. Qahramonimiz erishayotgan yutuqlar va muvaffaqiyatlar ko‘pchilik yoshlarga motivatsiya beradi, degan maqsadda u bilan suhbat uyushtirdik...

📌Batafsil "INNOVATOR"da tanishing👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/agbch/nvzt/#p=1

Facebook I Telegram I Web I Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🏎16 yoshida AVTOMOBIL yasagan innovator

📰Turmush tarzini osonlashtirish, insonlarga maksimal darajada qulaylik yaratish maqsadida shu kunga qadar ko‘plab ixtirolar yaratilgan. E’tiborlisi, ular orasida aynan kichik yoshdagi bolalar tomonidan ixtirolar ham talaygina. Psixologlar fikricha, bolalar tasavvur olamining kattalarga qaraganda kengligi ularning ajoyib ixtirolar qilishlari ehtimolini oshirar ekan..

📌Batafsil "INNOVATOR"da tanishing👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/agbch/nvzt/#p=1

Facebook I Telegram I Web I Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🌐Muhammad Islom Qosimov: Eng katta maqsadim — yirik kompaniyaga asos solish

🚀Muhammad Islom Qosimov hali 20 yoshga kirmay, radioelektronika va robototexnika sohasida o‘z kashfiyotlarini qilib ulgurgan. Katta yutuqlarga erishishiga qaramay, sodda va kamtarin bu yigitcha bilan suhbatlashar ekanmiz, uning maqsadlari ko‘p, har biri insoniyat uchun foyda keltirishga qaratilganining guvohi bo‘ldik...

📌Batafsil "INNOVATOR"da tanishing👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/agbch/nvzt/#p=1

Facebook I Telegram I Web I Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tavsiya

Agar siz aviatsiya sohasiga qiziqsangiz, bu sayt sizga asqatadi. U yordamida parvozdagi samolyotlarning harakat trayektoriyasi, yo'nalishi hamda yerdan balandligiga oid ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.


👉 lightradar24.com

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tavsiya

Ushbu sayt yordamida dunyoga mashhur Ermitaj muzeyini virtual tarzda tomosha qilishingiz mumkin.


👉 bit.ly/33nCpQg@typing.com

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#jurnal_sahifalaridan

🧬TIBBIYOTNI O'Z INNOVATSIYALARI BILAN BOYITMOQCHIMAN

📰Bugungi kunda tibbiyot taʼlim muassasalariga yangidan-yangi innovatsion texnologiyalar kirib kelmoqda. Ahamiyatli jihati, tibbiyot taʼlimini yanada rivojlantirish yo‘lida taqdim etilayotgan innovatsion texnologiyalar, asosan, yoshlar tomonidan ishlab chiqilmoqda. Shulardan biri simulyatsion va MedSkin sun’iy teri trenajorlaridir. Bugungi kunda biz shu kabi o‘z loyihalarimiz bilan turli innovatsion tanlovlarda g‘olib bo‘lib, ixtirolarimizni “Imkon” nomi bilan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqdamiz.

📌Batafsil "INNOVATOR"da tanishing👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/agbch/nvzt/#p=1

Facebook I Telegram I Web I Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🎉Glazgolik 16 yoshli Yuan Garbut 2023-yil Buyuk Britaniyada yilning eng yaxshi yosh animatori tanlovida g‘olib chiqdi.

✔️Uning qisqa metrajli animatsion filmi Tokioning gavjum va futuristik ko‘chalarida robortlar tomonidan yapon klassik taomlari tayyorlanish sahnasini gavdalantirgan. Loyiha to'liq Blender dasturida qilingan

Facebook I Telegram I Web I Instagram

Читать полностью…
Subscribe to a channel