🔺Teknofest - dunyoning eng yirik aviatsiya koinot va texnologiya festivali
🚀Turkiyada 2018-yildan buyon o’tkazib kelinayotgan “TEKNOFEST- aviatsiya, koinot va texnologiya festivali” ushbu yo’nalishdagi dunyodagi eng yirik festivallardan biri hisoblanadi.
Festival doirasida har yili aviatsiya va texnologiyalarga doir 150 dan ortiq yo’nalishlarda musoboqalar o’tkaziladi. Unda dunyoning turli mamalakatlaridan maktab yoshidan to magistratura bitiruvchisi darajasigacha bo’lgan yoshlar o’z innovatsion ishlanmalari taqdimotlari bilan ishtirok etishlari mumkin.
2023-yilnig o’zida TEKNOFEST Istanbul, Anqara va Izmirda boʻlib oʻtdi va 41 xil toifadagi texnologiya musobaqalari oʻtkazildi. Ushbu musobaqalarga 81 viloyat va 96 mamlakatdan 333 000 dan ortiq jamoa va 1 000 000 dan ortiq ishtirokchi ariza topshirgan. Festivalga tashrif buyurganlar qamrovi esa 4,5 million kishini tashkil etgan.
🤔Festival doirasida har yili raketa, sun’iy yo’ldosh modeli, sog’liqni saqlashda sun’iy intellekt, biotexnologiya innovatsiyasi, sanoatda raqamli texnologiyalar, ta'lim texnologiyalari, qishloq xo’jaligi texnologiyalari va boshqa juda ko’plab yo’nalishlar bo’yicha eng so’ngi texnologik yechimlar va ishlanmalar ko’rgazmasi bo’lib o'tadi.
Rasmiy sahifalarimiz⬇️
🔍 Web-site 📷 Instagram 💬 Facebook 📹 mininnovation">YouTube
💦Suvni qayta ishlash ham ekologik ham iqtisodiy tomondan foyda keltiradi!
🧐Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, siz ishlatayotgan suv qayerga ketadi? Аlbatta, kanalizatsiyaga-da, deysizmi? To‘g‘ri, ammo shu suvlardan qayta foydalanish mumkinligini bilasizmi? Mana shu maqsadda bugungi suhbatdoshimiz Gulchiroy Аsqarova yangi loyiha ishlab chiqqan. U oqova suvlarni qayta tozalab, yana qo‘llash chorasini topdi.
📌Batafsil "INNOVATOR"da tanishing.Jurnallarimizga obuna bo'lishni unutmang!
Facebook I Telegram I Web I Instagram
#OAV_da_bizning_innovator
#ixtiro #innovator #ishlanma
🛠Quyosh energiyasi asosida havodan kunlik iste’mol uchun yetarli ichimlik suvi olish qurilmasi yaratildi!
💦Yurtimizdagi yoshlar izlanishdan aslo to'xtashmaydi, yangiliklar yaratishdan charchashmaydi! Shunday yoshlar qatorida "INNOVATOR" jurnali qahramoni Mahammadjonov Qudratbek ham bor! Qahramonimizning yangi ishlanmasi quyosh energiyasi asosida havodan kunlik iste'mol uchun yetarli ichimlik suvi olish qurilmasi hisoblanadi.
🧩Qurilma havo tarkibidagi namlikni suyuq suvga aylantiradi. Ushbu tizim eng yangi metalloorganik materiallarga asoslangan bo‘lib, nisbiy namligi 10 foizgacha bo‘lgan eng quruq cho‘l havosidan ham ichimlik suvini olish imkonini beradi. Mahammadjonov Qudratbek.
📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Alisher_Navoiy #583_yilligi
⚜️Ayni paytda poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tmoqda.
🔹Harbiy orkestr sadolari ostida boshlangan tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, davlat va jamoat arboblari, shoirlar, yozuvchilar, adabiyotshunoslar, talaba va o‘quvchilar, ijodiy tashkilotlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.
Tadbirni O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Sirojiddin Sayyid kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
🚘 Sony Honda kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan birinchi elektromobilini namoyish etdi!
📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉
Facebook | Telegram | Web | Instagram
Video lavhada aviatsiya sohasida ishlatiluvchi dvigatelning 3D printerda chop etilgan versiyasi taqdim etilgan!
📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tayinlov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Sharipov Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Bundan ilgariroq Q.Sharipov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullangan edi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#e’lon
⚡️“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanloviga ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda
Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tegishli davlat organlari hamkorligida respublikamizdagi iqtidorli yoshlarni kashf qilish uchun “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi e’lon qilindi.
Tanlov 16-25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida 3 bosqichda tashkil etiladi va har bir bosqich g‘oliblari tegishli miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.
Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar https://vorislar.uz/ sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari yoki o‘zi tahsil olayotgan OTM mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.
☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar: +99897 411-93-54, +99855 520-08-08 (ichki raqam 357).
#yangi_son
📖Ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop “INNOVATOR” jurnalining "INNOWEEK" haftaligi va YOSHLARga bag‘ishlangan 6-soni.
🚲O'rta Osiyoda yagona o'zini-o'zi zaryadlovchi elektrovelosiped haqida bilarmidingiz?
💊Endi displaziyani shina taqmasdan davolash mumkin!
🧬Saratonni davolaydigan yangi ishlanma?!
💦Avtomobillarni yuvishda ishlatilgan suvni qayta ishlash mumkin!
🔬FOLDSCOPE — qog'ozdan tayyorlangan mikroskop
🧐“STOP DESEASE” — endi salomatligimizni nazorat qila olamizmi?
📖Barchasi haqida “INNOVATOR” jurnalining 6-sonida batafsil tanishing!
✍️ “INNOVATOR” jurnalining 2024-yil uchun obuna mavsumi davom etmoqda. Jurnalimizga obuna boʻling va innovatorlarimiz safidan joy oling!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
🧐Nima uchun 17-yanvar — "Xalqaro yosh ixtirochilar" kuni deb nomlanishini bilasizmi?
📰Bu sana bejizga qo‘yilmagan. Aynan shu kuni 1706-yili Bostonda amerikalik mashhur siyosatshunos olim va buyuk ixtirochi Benjamin Franklin dunyoga kelgan. U aynan bolalikdan ixtiro qilishni boshlagan. Uning g‘oyalari asosida bugungi turmush tarzimizga ko‘plab foydali kashfiyotlar kirib kelgan. Benjamin doim yangilik yaratishga intilgan. 15 yoshida yaratgan suzishga yordam beruvchi “tutash panjali moslama”si esa bolalar ixtirosining kattalar qatorida tilga olinishiga turtki bo‘lgan.
💐"INNOVATOR" jurnali jamoasi barcha yosh innovatorlarni bugungi bayram bilan qutlaydi!!!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
🛬Xitoyda 50 dan ortiq yuk tashuvchi dronlar yordamida quyosh elektr stansiyasi qurilmoqda!
Manba: https://t.me/cyber_102
📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉
Facebook | Telegram | Web | Instagram
⚡️"Robotlar Konstitutsiyasi" ishlab chiqildi
🤖"Google" kompaniyasi o'z robotlari uchun bir qancha xavfsizlik cheklovlarini ishlab chiqdi va ularni "Robotlar Konstitutsiyasi" deb atadi.
✅Undagi bandlarga ko'ra, robotlarning insonlar yoki hayvonlar, shuningdek, o'tkir tig'li buyumlar hamda elektr jihozlari bilan bog'liq faoliyat turlari bilan shug'ullanishlarida ma'lum cheklovlar o'rnatilishi qayd etilgan. Bundan tashqari, barcha robotlarda masofadan turib boshqariladigan favqulotda o'chirish tugmasi bo'lishi kerakligi aytib o'tilgan.
Manba: https://t.me/cyber_102
📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#OAV_da_bizning_innovator
#ixtiro #innovator #ishlanma
✔️"INNOVATOR" jurnalining ilgarigi sonlarida o'zining vertolyot droni bilan tanilgan Sayfullo Qodirov, "aqlli" bunker yaratgan Komila Abduqodirova, o'zi o'chib, o'zi yonadigan nasos qurilma ixtirochisi Nigora Abduqahhorovalar haqida maqolalar tayyorlagan edik.
📜Qahramonlarimizning ishlanmalari "Yangi O'zbekiston" gazetasini ham befarq qoldirmabdi!
📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉
Facebook | Telegram | Web | Instagram
🤖AQSHda mutlaqo sun'iy intellekt orqali boshqariladigan klinika ishga tushirildi
✔️Carepod klinikasi bir qancha xizmat turlarini o'zida jamlagan. Xususan, inson tanasining biometrik parametrlarini aniqlash, qon tahlili, kasalliklarga tashxis qo'yish shular jumlasidan.
🧐Siz ham sog'lig'ingizni sun'iy intellektga ishonib topshirarmidingiz?
Manba: /channel/cybersciense
📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉
Facebook | Telegram | Web | Instagram
🚗GIBRID ELEKTROMOBIL
✔️Fransiyaning tinib-tinchimas muhandislari tomonidan ham oddiy avtomobil yo'llarida ham temir yo'l relslarida harakatlana oladigan elektromobil prototipini yaratishdi.
🧩Hozirda elektromobilni sinovdan o'tkazish ishlari amalga oshirilayotganligi ma'lum qilingan.
Manba: /channel/cybersciense
📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Innovator_tavsiya
❌Koʻpincha oʻzimizga chegaralar qoʻyamiz:
⁉️Kichkinagina uyim boʻlsa edi... Nega katta uyingiz boʻlishini so‘ramaysiz?
💵Ozroq pulim boʻlsa edi... Nega koʻproq pul soʻrashni niyat qilmaysiz?
🧠Miyangizdagi shu kabi chegaralar sizni hech qachon yuksalishingizga yo‘l qoʻymaydi. Bundan qanday qutulish mumkin, deysizmi?
‼️Bu oddiy. Sizga hayotiy dallilarga asoslanib, yozilgan ROBERT KIYOSAKINI kitobini oʻqishni tavsiya etamiz.
📓Oʻzingiz uchun kerakli maʼlumotlarni kitob orqali aniq topasiz!
Facebook I Telegram I Web I Instagram
#yangi_son
📣📣📣Ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop “INNOVATOR” jurnalining 2024-yildagi ilk soni YOSHLAR TEXNOPARKLARI faoliyatiga bag‘ishlanadi!
⁉️YOSHLAR TEXNOPARKLARINING vazifalari nimalardan iborat?
🌐Yurtimizda NECHTA Yoshlar texnoparklari faoliyat olib bormoqda?
🤷♂️Texnoparklarga a'zo bo'lish istagidasiz, ammo bu qay tartibda amalga oshirilishini bilmaysizmi?
🛠Yoshlar texnoparklarida yoshlar nimalar bilan band ekanligi sizga qiziqmi?
🧐Shu kabi savollarga javob qidirayotganmidingiz? "INNOVATOR" siz uchun javoblarni to'pladi! Barchasi bilan jurnalning yangi sonida yaqindan tanishing.
📹Jurnal muqovasi uchun video jarayon! Suratda Nukus shahrida joylashgan Yoshlar texnoparki rahbari RUSTAM MADRAIMOV.
Telegram | Facebook | Web | Instagram
⚡️"Innovator" sahifasining navbatdagi qahramoni — Raximberdiyev Yaxyobek.
✅Yaxyobek 2000-yilning 10-yanvar kuni Namangan viloyati, Mingbuloq tumanida tug'ilgan. Hozirda "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti“ Milliy tadqiqot universiteti 3-bosqich talabasi.
✅Qahramonimiz hozirda "Hydroleaders" jamoasi a'zosi hisoblanadi. Suv tejamkor texnologiyalar sohasidagi qator xalqaro loyihalarda ishtirok etib keladi.
✅Tinib-tinchimas qahramonimiz o'z loyihalari bilan bir qator tanlovlarda ishtirok etib, faxrli o'rinlarni qo'lga kiritgan. 2023-yil 23-iyun kuni Yevropa ittifoqining “Efficient Water and Land Management in Uzbekistans Agricultural Sector” tashkiloti tomonidan “Growing Together” shiori ostida o‘tkazilgan debat munozara bahsida faol ishtirok etib, 1-o‘rinni sohibi bo'ldi. “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va ICT academy tomonidan tashkil etilgan tanlovda grand yutib, “Beckend Developer” (Pyton, Telegram bot, Django) yo‘nalishi bo‘yicha mutahassislik sertifikatini qo'lga kiritdi. 2023-yil 6-dekabr kuni esa Turkmaniston qishloq xo'jaligi instituti tomonidan o'tkazilgan II xalqaro internet olimpiadasida "Kompyuter va injenerlik grafikasi" yo'nalishi bo'yicha ishtirok etib, 3-o'rin sohibi bo'ldi.
✅ Yaxyobek hozirda o'zining "Smart panels" loyihasi ustida ishlamoqda. Loyihadan ko'zlangan asosiy maqsad quyosh panellariga qo'shimcha ravishda uni harakatlantiruvchi mexanizm va dasturiy ta'minot o'rnatib, foydali ish koeffitsiyentini oshirish hisoblanadi. Ushbu usuldan foydalanganda, oddiy panellarga qaraganda 2,4 baravar ko'p elektr tokini yig'ib olish mumkin bo'ladi.
✊Qahramonimizning kelgusi ishlariga zafarlar tilab qolamiz!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#qiziqarli_fakt
Robot so'zi chex tilidagi "robota" — "ish" so'zidan kelib chiqqan ekan!
Manba: /channel/yoshlartexnoparki
📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#innovator
"Innovator" sahifasining bugungi qahramoni — Saydaxmetov Saidakramxon Toxirjon o'g'li.
✅Saidakramxon 2001-yil 21-yanvar kuni Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug'ilgan. Hozirda "Farg‘ona politexnika instituti" Energetika fakulteti 4-bosqich talabasi. 2023-2024 o'quv yili uchun ta'sis etilgan "Beruniy" nomli davlat stipendiyasini qo'lga kiritgan.
✅Qahramonimiz "Helper call center" loyihasi muallifi hisoblanadi. Loyiha asosida ishlab chiqarilgan qurilma ko‘zi ojiz, eshitishda va gapirishda nuqsoni bor insonlar uchun mo'ljallangan. U yordamida mushkul vaziyatlarda foydalanuvchi qarovchilari yoki shaxsiy shifokoriga yordam xabarini jo‘natishi mumkin bo'ladi. Xususan, qurilma foydalanuvchining real vaqtdagi joylashuvi haqida ma'lumot beradi.
✅Tinib-tinchimas qahramonimiz o'z loyihalari bilan bir qator tanlovlarda ishtirok etib, faxrli o'rinlarni qo'ga kiritgan. Jumladan, 2022-yilda o'tkazilgan “Moonshot Pirates” xalqaro tanlovida ishtirok etib, final bosqich uchun yo'llanmani qo'lga kiritgan. O'sha yilgi “YAIT” biznes inkubator sovrindori bo'lgan. Saidakramxon, shuningdek, “Mirzo Ulug’bek vorislari“ tanlovining respublika bosqichi g'oliblaridan biri. Fargʻona vodiysidagi iqtidorli yoshlari uchun qishloq xoʻjaligi va raqamli fermerlik sohasida o‘tkazilgan “Hack4DigitalVillages” mintaqaviy xakatoni g'olibi. Qahramonimiz, shu bilan birga, BMT FAO va YeXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori hisoblanadi.
✅Innovatorimiz ayni damda ko‘zi ojizlar uchun elektron kitob prototipini ishlab chiqish bo'yicha ish olib bormoqda.
✅"Eng katta maqsadlarimdan biri yurtimizdagi ijtimoiy yordamga muhtoj insonlarga yordam berishga qaratilgan innovatsion texnologiyalarini rivojlantirish, shu bilan bir qatorda, aqlli texnologiyalarni joriy qilish hamda ijtimoiy sohada muhim yutuqlarni qo‘lga kiritish", — deydi yosh innovator.
✊Qahramonimizning kelgusi ishlariga zafarlar tilab qolamiz!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
👩⚕️Displaziyani shina taqmasdan ham davolash mumkin!
📰"Ikki nafar farzandimni ulg‘aytirishda ushbu kasallik bilan kurashganman. Shifokorlar agar yaxshi ona bo‘lib, shinani kun davomida yechmasdan taqsamgina davolash samara berishi, og‘ir asoratlarning oldi olinishini taʼkidlashar edi. O‘sha paytda “Qaniydi, bolalar uchun qulay va “sehrli kiyim” bo‘lsa-yu, qiyinchiliklarga barham bersa”, deb ko‘p o‘ylardim. Bu kasallik chanoq-son bo‘g‘imi displaziyasi edi...", — “Sog‘lom bolajon” loyihasi rahbari Orziqulova Gavharxon.
📌Batafsil "INNOVATOR"da tanishing. Obuna bo'lishni unutmang!
Facebook I Telegram I Web I Instagram
🪄Antiqa do‘kon
🍧Yaponiyadagi Kanadaya qandolat do’koni vitrina dizayniga ijodkorlik bilan yondashgan holda unga magnitlar o’rnatdi — endi barcha shirinliklar tom ma’noda havoda muallaq turibdi.
Manba: /channel/DigiTechAI
📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉
Facebook | Telegram | Web | Instagram
🎉Startap – innovatsion gʻoya mahsuli boʻlib, uni start olishini bildiradi. Agar siz biron bir ishga start berish boʻyicha qiziqishlaringiz boʻlsa, avvalo, buyuk kompaniyalarning faoliyatini qanday boshlashgani haqida maʼlumot olishingizni maslahat bergan boʻlardik. Startaplar dunyosiga nazar solish imkonini beradigan uchta ajoyib film:
1️⃣ "Asoschi" (The Founder)
Bu film McDonald's global fast-food tarmog'ining asoschisi Ray Kroc haqida.
2️⃣ "Stiv Jobs: Imperiya vasvasasi" (Steve Jobs: The Man in the Machine)
Bu hujjatli filmda Apple asoschisi Stiv Jobsning innovatsion yondashuvi haqida chuqurroq tushuncha olamiz.
3️⃣ "Ijtimoiy Tarmoq" (The Social Network)
Bu film Facebook ijtimoiy tarmog'ining asoschisi Mark Zuckerberg va uning kompaniyasining yuksalish tarixini hikoya qiladi.
🌟 Ajab emaski, kinolar taʼsirida startaplaringiz start olib, “INNOVATOR” jurnalimizning qaharmoniga aylansangiz.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#OAV_da_bizning_innovator
#ixtiro #innovator #ishlanma
Azimjon Normurodov "INNOVATOR" jurnali tomonidan tashkillashtirilgan "Raqamli texnologiyalar yoshlar nigohida" innovatsion g'oyalar ko'rik-tanlovida o'zining "Hamshira-robot"i bilan ishtirok etib, g'oliblikni qo'lga kiritgan edi. Hozir ham izlanishdan to'xtamayotgan ushbu qahramonimiz ''Salom Toshkent'' tongi dasturi vakilllarini ham qiziqtirib qo'yibdi😉.
👇👇👇 Azimjonning loyihalari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin!
https://www.instagram.com/azimjon_nan/
📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉
Facebook | Telegram | Web | Instagram
"Teknofest 2024" tanloviga arizalar qabuli boshlandi!
Dunyoning eng yirik aviatsiya, kosmik va texnologiya festivalida ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Biz yoshlar va talabalarni TEKNOFEST 2024 da ishtirok etishga taklif qilamiz.
💡Sizni 46 ta asosiy va 117 ta ikkinchi darajali yo‘nalishlar bo‘yicha musobaqalar kutmoqda:
- Raketa
- Sun'iy yoldo‘sh modeli
- Sog‘liqni saqlashda sun'iy intellekt
- Biotexnologiya innovatsiyasi
- Uchar Avtomobil Simulyatsasi va boshqalar
🌐 Ro‘yxatdan o‘tish 2024-yil 20-fevralgacha.
🏆 G‘oliblar 30 million lira va bebaho tajribaga ega bo‘lishadi!
____
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o‘z hissangni qo‘sh
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇🏻
Telegram | Facebook | Instagram | YoshlarAkademiyasi?si=uU2Ei5aSK6zZcPug">YouTube
🚙Yaponiyalik muhandislar tomonidan "Toyota AE86" ko'rinishidagi simsiz sichqonchani o'ylab topishdi. U "Initial D" anime muxlislari uchun mo'ljallangan, uning bosh qahramoni ushbu modelni boshqargan ekan!
Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉
Facebook | Telegram | Web | Instagram
🧐Xaydovchisiz taksilar qanday ishlashi qiziqmi? Unda ushbu video aynan siz uchun!☺️
🚙Ayni damda Xitoyning Uxan hamda Chunsin shaharlarida haydovchisiz taksilardan foydalanilmoqda. Ishlab chiqaruvchilarning ta'kidlashicha, 2024-yildan boshlab ushbu taksilar xizmat qiladigan hududlar yanada kengaytirilar ekan.
✊Innovatorlarimizdan ham shu kabi ishlanmalarni kutib qolamiz)
Manba: /channel/cybersciense
📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉
Facebook | Telegram | Web | Instagram
🤖Yaponiyada bir yilda bir necha marotaba Robo-One turniri tashkil etiladi. Unda qatnashchilarning o'zlari tomonidan yasalgan robotlar ishtirok etadi, shu sababli ham robotlarning har biri o'ziga xos bo'ladi.
Manba: /channel/cybersciense
📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉
Facebook | Telegram | Web | Instagram
📣📣📣DIQQAT! DIQQAT! DIQQAT!
📖Ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop “Innovator” jurnalining "INNOWEEK" haftaligi va YOSHLARga bag‘ishlangan 6-soni elektron ko'rinishda taqdim etiladi.
🚲O'rta Osiyoda yagona o'zini-o'zi zaryadlovchi elektrovelosiped haqida bilarmidingiz?
💊Endi displaziyani shina taqmasdan davolash mumkin!
🧬Saratonni davolaydigan yangi ishlanma?!
💦Avtomobillarni yuvishda ishlatilgan suvni qayta ishlash mumkin!
🔬FOLDSCOPE — qog'ozdan tayyorlangan mikroskop
🧐“STOP DESEASE” — endi salomatligimizni nazorat qila olamizmi?
📖Barchasi haqida “Innovator” jurnalining 6-sonida batafsil tanishing! Quyidagi havola orqali jurnalni "varaqlab" ko'ring😉
👉https://online.pubhtml5.com/oirxy/mdpq/
Facebook I Telegram I Web I Instagram
🚀"INNOVATOR" jurnalining eng katta fishkasi — uning muqovasidagi qahramonning jonlanishi!!!
🧿Muqovada "NazzAR" ilovasini yuklab oling va meni jonlantiring, degan yozuv bor. Lekin, shu vaqtga qadar ko'pchilikning uni qo'llay olmaganini kuzatdik. O'zimiz ko'rsatganimizdan so'ng esa o'quvchilarimizning jurnalga hayrati oshayotganining guvohi bo'ldik.
🎥Shu sababli, jurnalimiz o'quvchilari uchun muqovadagi qahramonni jonlantirish yo'llari aks ettirilgan video tayyorlashga qaror qildik!
Telegram | Facebook | Web | Instagram