🎥 Kling AI neyrotarmog’i yangilandi, endi u statik obyektlarni harakatlantira oladi.
Buning uchun shunchaki «Motion Brush» funksiyasini tanlash va harakat yo’lini chizish kifoya. Obyektning nisbati o’zgarmaydi va fizikasi saqlanadi.
Bundan tashqari, 1080p pikselli videolarni generatsiya qilish mumkin bo’lgan «professional rejim» ham qo’shilgan.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
🤖 Angliyalik olimlar miyaga qon quyilishini tezda toʻxtata oladigan nanorobotlarni ishlab chiqishdi, ular yorilgan tomirlar joyiga tezda yetib borib qonni toʻxtatuvchi dorini sepishadi.
Ushbu nanorobotlar yaqin kelajakda anevrizma va aorta yorilishidan o’limning oldini olishga yordam beradi, shuningdek, ularni boshqa sohalarda ham qo’llash mumkin boʻladi.
⚡️Fotosuratlarni o’zingiz istagandek tahrirlash endi yanada osonlashdi — Reshot AI neyron tarmog’i chiqdi.
Neyrotarmoq tabassum qo’shish, ko’zlar va yuz holatini o’zingiz istagandek o’zgartirish imkonini beradi.
#Qiziqarli_faktlar
🗣 Birinchi lupaning yaratilish tarixi
⚡️Lupa 1250-yilda Rodjer Bekon tomonidan ixtiro qilingan. Oksford universiteti professori bo‘lgan Rodjer Bekon aks va yorug‘lik sinishini tushuntirishga asoslangan ko‘plab eksperimentlar o‘tkazgan. Bekon qavariq linzalarning ob’yektlarni kattalashtirib ko‘rsatish xususiyatlarini aniqladi.
🔍 Bu xususiyatdan ko‘p ming yilliklardan beri foydalanishgan. Rim imperatori Neron qimmatbaho toshlardan uzoqda joylashgan sahnadagi aktyorlar tomoshasini ko‘rishda foydalangan.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
👩💻Ajoyib yangilik! Yandex Uzbekistan Toshkentda yosh mutaxassislar uchun ilk bor mobil va bekend dasturiy ta’minot ishlab chiqish maktablarini ochmoqda.
O‘quv dasturlari leksiyalar, amaliy mashg‘ulotlar va Yandex xizmatlaridagi haqiqiy biznes-vazifalar ustida jamoaviy ishlarni o‘z ichiga oladi. Maktablar dasturlash bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirmoqchi bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. Eng yaxshi talabalar kompaniyada kasbiy faoliyatlarini boshlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ta’lim bepul. Maktabga kirish uchun arizani to‘ldirish va 13 oktyabrgacha test topshirig‘ini bajarish lozim. Eng yaxshilar suhbatga taklif qilinadilar. Tanlov natijalari 23-24 oktyabr kunlari e’lon qilinadi. Ta’lim 28 oktyabrda boshlanadi.
Yandex 2011 yildan beri shunday maktablarni boshqarib kelmoqda. Shundan beri 72 ta maktab tashkil etilgan bo‘lib, ularda 3500 dan ortiq kishi ta’lim olgan. Talabalarning yarmidan ko‘pi kompaniyada amaliyotchi yoki xodimga aylanadi.
#Qiziqarli_faktlar
🗣 Qaychining yaratilish tarixi!
⚡️Tarixiy ma’lumotlarda ta’kidlanganki, qaychi eramizdan avvalgi uch yuzinchi yili Italiya va Galliyada baravar paydo bo‘lgan. Bu ikki davlatning qay biri qaychiga vatan hisoblanishi ma’lum emas. Shunisi ma’lumki, o‘shangacha yer yuzida qaychi umuman bo‘lmagan. Qadimiy qaychilar hozirgisiga umuman o‘xshamagan. Ularning ikki tig‘i hozirgiga o‘xshab boltcha emas, qiyshiq, egiluvchan plastinka yordamida birlashtirilgan. Ularda bosh va ko‘rsatkich barmoq kiradigan aylanalar ham bo‘lmagan. Bu qaychi ishlatgan odamga jiddiy noqulayliklar tug‘dirardi.
✂️Qaychi qadimda sof temirdan tayyorlangan. Keyinchalik arab xalifatlarida yaratilgan qaychilar hozirgilari kabi ikkita dumaloq aylana va ikkita uchli tig‘ ko‘rinishida bo‘lgan. Ular mix bilan birlashtirilgan. Bizning yurtlarda esa qaychi taxminan X asrda paydo bo‘lgan.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Qiziqarli_faktlar
🗣 Kubik-Rubik yaratilish tarixi!
⚡️Boshqotirma plastik kubdan iborat. Kub ust tomonidan qardaganda 54 kichik kublardan tashkil topgan yirik kubni oʻzida mujassam etadi va 3 ta oʻqdan iborat boʻlib turli tomonlarga aylanadi. Har tomoni 9 ta kvadratlardan iborat va olti tusli ranglardan biriga bo'yalgan.
🎲 Ernyo Rubik 1970-yilllar oʻrtasida Budapeshtdagi Amaliy sanʼat akademiyasida Dizayn Interera boʻlimida ishlagan. Oʻsha davrlarda Ernyo oʻz talabalariga Matematik nazariyalarni hech tushuntira olmadi va guruh talabalari bilan bir kun 27 ta yog'ochli kublarni yasadi, har birini esa 6 xil ranglarga boʻyadi. Kutilmaganda ulardan yagona kubni yaratish mushkul ekanligi maʼlum boʻldi. Bu bilan Rubik butun oy davomida shugʻullandi. Ammo, eng qiyini esa uni mexanizmini yaratish boʻldi.
💡Rubik 1970-yili,30-yanvarda oʻz ixtirosi “Sehrli kub” uchun venger patentini olgan
Facebook | Telegram | Web | Instagram
📕Kitob o‘qishingiz uchun 10 ta sabab:
1. Miya faol tarzda ishlashni boshlaydi
2. Dunyoqarash kengayadi
3. Fantaziya rivojlanadi
4. Lug‘at boyligi va savodxonlik darajasi oshadi
5. Kitob stressdan xalos etadi
6. Intellektni rivojlantiradi
7. Xotirani mustahkamlaydi
8. Alsgeymer kasalligining oldini oladi
9. Ijodiy fikrlash qobiliyatini oshiradi
10. Uyqu sifatini yaxshilaydi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Qiziqarli_faktlar
🗣 Birinchi havo sharining yaratilish tarixi!
⚡️Olov yonganda issiq havoning yuqoriga koʻtarilish xususiyatiga odamlar qadimdan qiziqib kelgan va asrlar oʻtib ular ushbu hodisani uchish haqidagi orzular bilan bogʻlashga urindilar.
💡O'rta asrlarda issiq havoning yuqoriga koʻtarilishidan foydalanib uchish apparatlarining koʻplab loyihalari ishlab chiqilgan.
🎈Birinchi havo shari osmonga 1783-yil 5-iyun kuni koʻtarilgan. Bu shar matodan yasalgan boʻlib, uning ichiga qogʻoz yopishtirib chiqilgan va issiq tutun bilan toʻldirilgan. Uni fransiyalik aka-ukalar Jozef va Etyen Mongolfyelar yasashgan. Bu tajriba qoniqarli natija bergach, aka-uka ixtirochilar koʻproq odamlarni sigʻdira oladigan ikkinchi sharni yasashgan. Ular shaming tagiga katta savat osib, uning ichiga dunyoda birinchi bo'lib havo uchuvchilariga aylangan oʻrdak, qoʻy va
xoʻrozni oʻtqazishgan. Bir necha oylardan keyin esa havo sharida osmonga birinchi bor
odamlar ucha boshlagan.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
Bugungi qahramonimiz Innovator jurnali tomonidan tashkil qilingan “Raqamli tehnologiyalar yoshlar nigohida” tanlovi gʻolibi Azimjon Normurodov “IT ta'lim va frilansing” forumida 12-17 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida 🥇o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Azimjon Normurodov loyihalari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin! 👇👇👇
instagram.com/azimjon_nan
youtube.com/@azimjonnan
tiktok.com/@azimjon.nan
/channel/azimjonnan
#Innovator
“Innovator” sahifasining qahramoni — To'xtamishova Gulnora Mels qizi.
✅ 2000-yil 10-aprelda Buxoro viloyati Romitan tumanida tugʻilgan.
Buxoro davlat universiteti bakalavr bosqichini tugatgan. Hozirda Romitan tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabi oʻqituvchisi.
✅ Ingliz va rus tillarida erkin gaplasha oladi.
✅ Gulnoraning IT sohasiga qiziqishi juda baland. Qahramonimiz 3-4 yoshli bolalarning matematikani tez oʻrganish uchun bir qancha loyihalar ishlab chiqgan. Startapp va innovatsion loyihalarda qatnashgan.
✅ Gulnoraning muvaffaqiyatlari bisyor. Jumladan u 2022-yilida Beruniy Nomli Davlat Stipendiyasi va 2023- yilida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat Stipendiyasi sohibasi, 2024-yilda Zulfiya Davlat Mukofoti Sovrindori boʻlgan.
✅ Qahramonimizning 30 dan ortiq maqolalari Xalqaro impakt faktorli va Respublika jurnallarida chop etilgan.Eng yaxshi maqolalar tanlovida faxrli 3-oʻrinni egallagan. Gulnoraning badiiy adabiyotga qiziqishi juda yuqori boʻlganligi tufayli “Yosh kitobxon” tanlovida faxrli 1-oʻrinni egallagan.
✅ “Oliy maqsadim yetuk pedagog boʻlib, yoshlarga bilim berish. Kelajakda innovatsion gʻoylarimni hayotga tadbiq qilib yurtimiz ravnaqi uchun munosib hissamni qoʻshish,”— deydi yosh innovatorimiz.
✅Qahramonimizning kelgusi ishlariga zafarlar tilab qolamiz!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
📣📣📣E'LON
📖“INNOVATOR” jurnali oʻquvchi-yoshlarning ilmiy va texnikaviy bilimlarini oshirish hamda ularni zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtirib borishni maqsad qilgan.
⚡️Jurnalning ijtimoiy tarmoqlarida #innovator rukni tashkil etilgan!
💡Biz ushbu rukn uchun qahramonlar izlayapmiz! Toʻgʻri, bunday yoshlar oramizda juda koʻp.
📌Shu sababli istalgan yosh toifasidagi boʻlgan, oʻz tengdoshlariga namuna boʻla oladigan “Innovatorlar”ni ushbu 👉@innovator_jurnali telegram manzili orqali biz bilan bog'lanishlarini soʻraymiz.
🚀Birgalikda iqtidoringizni namoyon qilamiz!
Telegram | Facebook | Web | Instagram
Italiyaliklar jetpackli robot yasashdi
⚡️Ular qutqaruv operatsiyalari uchun iRonCub3 dan foydalanmoqchi. U qaygʻu signallariga javob beradi, vaziyatni yuqoridan baholaydi va odamlarga yordam beradi. Robot hali uchmayapti, lekin dvigatel bilan birinchi sinovlar allaqachon oʻtkazilgan.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Qiziqarli_faktlar
⚡️XVIII asrda ichiga koʻmir toʻldirilgan dazmollar paydo boʻldi. Bunday vosita chetlariga mahsus teshiklar hosil qilinib, puflanganda koʻmir qizigan va dazmollash jarayoni boshlangan. Mazkur dazmollar vazni tekislash jarayonini haqiqiy tosh koʻtarish mashqiga aylantirib yuborgan. Ayrim dazmollar ogʻirligi 10 killogramni tashkil etardi.
Amerikalik ixtirochi Genri Sili 1882-yil 6-iyunda “Еlectric flat iron”deb nomlangan ilk elektr dazmolni patentladi. Garchi dazmol vazni 6 kilogrammdan yuqori va uzoq vaqt davomida qizdirilishiga qaramay, bu ixtirochilik gʻoyasining muhim yutugʻi edi.
💡Dazmolning ichki qismiga spiral joylashtirgan. Shu spiral yordamida dazmol qizdirilgan. Ammo ixtironing ilk mahsuli jiddiy nuqsondan ham xoli emasdi. Yaʼni, issiqlik darajasini meʼyorda ushlab turuvchi oʻtkazgich yoʻq edi. Shuning oqibatida tez-tez kiyimlar kuyib ketish holatlari uchrab turgan.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
Ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop “INNOVATOR” jurnalining 2024-yil 3-soni “Tibbiyot sohasidagi innovatsiyalar”ga bag‘ishlanadi!
Bizni kuzating
#jurnal_sahifalaridan
Albatta, har bir boʻlajak ota-ona farzandining yetti muchasi sogʻ boʻlib tugʻilishini istaydi. Ammo shunday vaziyatlar boʻladiki,bola biror nuqson bilan dunyoga keladi.Masalan, bolaning eshitmasligini olaylik.Bu nuqsonni doim ham bartaraf etib boʻlmaydi.Shuning uchun unga maxsus quloqchinlar bilan yordam berishga harakat Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti ishlab chiqarish texnologiyalari yoʻnalishining 2-bosqich talabasi Mansurxon Asadullayev ana shunday muammoga yechim topdi.U “I Can Hear” loyihasini ishlab chiqib ,eshita olmaydigan insonlarga yordam berishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan
📌Batafsil INNOVATOR jurnalining 3-sonida tanishing!👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/jhog/trtt
Facebook | Telegram | Web |Instagram
#jurnal_sahifalaridan
Bugungi kunda chaqaloqlar orasida koʻp uchraydigan kasalliklardan biri – bu son-chanoq boʻgʻimi displaziyasidir. Bu boʻgʻimlarning rivojlanish davridagi tugʻma buzilishi boʻlib, qizlarda oʻgʻil bolalarga nisbatan 7 baravar koʻp uchraydi Ushbu kasallikdan aziyat chekayotgan kichkintoylarga yordam berish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi Tibbiy profilaktika jamoat salomatligi fakultetining 5-bosqich talabasi Qadriddin Sayfiddinovning maxsus loyihasi haqida suhbatlashdik.Qahramonimiz faoliyati bilan quyidagi statistik maʼlumotlar orqali yaqindan tanishasiz.
📌Batafsil INNOVATOR jurnalining 3-sonida tanishing!👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/jhog/trtt
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Qiziqarli_faktlar
🗣 Birinchi elektr choynak yaratilish tarixi!
⚡️Birinchi elektr choynak 1891-yilda AQShda Carpenter Electric Company tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu Choynak suvni qaynatish uchun taxminan 12 daqiqa vaqt sarflagan. Vaqt oʻtishi bilan ularning dizayni va qulayligi yaxshilanib borgan.
🫖 Ilgari, suv qaynaganda avtomatik ravishda oʻzini oʻchirmaydigan elektr choynaklar keng tarqalgan edi. Suvning qaynashi natijasida qopqoq tirqishlaridan chiqayotgan bugʻ va shovqin turli koʻrinishdagi yongʻin xavfini keltirib chiqargan. Keyinchalik ushbu muammo suv qaynaganda elektr choynak oʻzini avtomatik oʻchirish usuli topilgandan soʻng bartaraf etilgan.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Qiziqarli_faktlar
🗣 Birinchi vatman qogʻozning yaratilish tarixi!
⚡️Mashhur qalin qog‘oz 1750-yillarning o‘rtalarida ingliz qog‘oz ishlab chiqaruvchisi Jeyms Vatman tomonidan yaratilgan bo‘lib, qogʻoz qalinligi sabab tez vaqtda akvarel rassomlari orasida mashhurlikka erishgan
🗒 Vatman o‘zining ixtirosini payvandlangan yaʼni to‘qilgan qog‘oz deb atagan. Ixtirochi sharafiga qogʻozga “Vatman” deb nom berilgan.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Qiziqarli_faktlar
🗣 Birinchi simobli termometr yaratilish tarixi!
⚡️Bugungi kunda termometrlar shu darajada koʻpayib, keng tarqalib ketdiki, hatto uni kim ixtiro qilganini ham aniqlashning imkoni yoʻq. 1714-yilda Gabriel Farengeyt ilk bor simobli termometrni ixtiro qildi. U hozirgi kunga qadar ishlatiladi. Garchi shunday boʻlsada, haroratni oʻlchashning dastlabki uskunasi 1500-yillarning oxirida Galiley tomonidan ixtiro qilingani haqida ham ma’lumotlar bor.
🌡 Ushbu vosita suyuqlikning zichligi haroratga nisbatan oʻzgarishi prinsipiga asoslangan edi. Biroq, bugungi kunda simob bilan zaharlanish xavfi tufayli asta-sekinlik bilan raqamli termometrlar simob termometrini chetga surib chiqarmoqda.
Facebook | Telegram | Web | Instagram