innovatorjurnali | Unsorted

Telegram-канал innovatorjurnali - "Innovator" jurnali

1731

Innovatsion rivojlanish vazirligiga qarashli o‘quvchi yoshlarga bag‘ishlangan ilmiy-texnikaviy, tahliliy ommabop nashr Links: www.indep.uz https://bit.ly/Fb_Innovator https://bit.ly/Ins_Innovator 📞Murojaat uchun: +998 88 007 55 92 @innovator_jurnali

Subscribe to a channel

"Innovator" jurnali

🤖 Xitoyliklar jinoyatchilarga qarshi kurashish uchun robot sharni ishlab chiqishdi — u 35 km/soat tezlikda harakatlanadi va to’r otadi.

Robot ham suzishi va o’ziga o’xshash robotlar jamoasida ishlashi mumkin. Ishlab chiquvchilar aytishicha, uning korpusini deyarli hech narsa bilan sindirib bo’lmaydi.

Kelajakda bunday robotlarni aeroportlar, elektr stansiyalar va boshqa muhim obyektlarda patrul sifatida ishlatishmoqchi, lekin hozircha bu faqat prototip.

Facebook | Telegram| Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

📚 Xitoyda matematikani o’rganishda qiynalayotganlar uchun klinika ochiladi. U yerda dorilar yordamida ham «davolashadi».

Mutaxassislar talabalar, maktab o’quvchilari va kattalarga kompleks yondashuv yordamida aniq fanlarni o’zlashtirishda yordam berishadi.

Klinikada birinchi bo’lib tashxis qo’yiladi va fanni tushunish bilan bog’liq muammolarning sabablari aniqlanadi, so’ngra «davolanish» boshlanadi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

⚡️Tesla kompaniyasi taqdimotida Cybercab robotaxini taqdim etdi. Ilon Mask robotaxini 2026 yildan boshlab ishlab chiqarishni aytdi.Loyihaning ajablanarli tomoni shundaki robotaxilar suniy intellekt tomonidan boshqariladi.Ilon Mask shuningdek, 20 kishini tashishga moʻljallangan mikroavtobus loyihasini ham keng jamoatchilikka taqdim etdi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

⚡️Videolar generatsiya qiluvchi Minimax neyrotarmog’i endi rasmdan video yarata oladi.

U GEN-3 va boshqa eng yaxshi neyrotarmoqlardan deyarli qolishmaydi, matnli so’rovni yaxshi tushunadi. Bepul foydalanish mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

​​E’tibor qiling, inson olovni kashf qilgandan boshlab, g‘ildirakni ixtiro qilishigacha million yil vaqt o‘tdi. G‘ildirakdan bosma qog‘ozgacha bo‘lgan vaqt atigi bir necha ming yilni tashkil etdi. Oradan bir necha yuz yil o‘tgach, teleskop bunyod bo‘ldi. Keyingi asrlarda, juda qisqa vaqt oralig‘ida, bug‘ mashinasidan benzinda yuruvchi avtomobillarga, undan raketalar yaratishga muvaffaq bo‘ldik. Shundan so‘ng DNKmizda o‘zgarish qilishga qandaydir yigirma yil kerak bo‘ldi,xolos. Bizning zamonamizda har oy ilmiy yangilik qilinadi, – qichqirishda davom etdi Kirsh. – Yana biroz muddat o‘tgach, bugungi eng tezkor superkompyuter ko‘zimizga almisoqdan qolgan hisoblash mashinasi bo‘lib ko‘rinadi; eng zamonaviy jarrohlik usullari yovvoyilik tuyiladi va ilg‘or energiya manbalari ajdodlarimiz foydalangan shamdek taassurot uyg‘otadi.

Shovullagan suv hamda Edmondning ovozi qorong‘ilikda aks-sado berardi.

– Ilk yunon olimlari qadimgi madaniyatni o‘rganishi uchun bir necha asr ortga qarashiga to‘g‘ri kelgan. Biz esa bir avlod ortga qarasak bas, bugun biz foydalanayotgan texnologiyalardan mosuvo bo‘lgan "qadimgi"larni ko‘ramiz. Insoniyat taraqqiyoti jadvali zich taqsimlangan: "qadimiy" va "zamonaviy" atamalarini ajratib turuvchi bo‘shliq nolga tenglashmoqda. Shuni inobatga olib, sizlarga va’da beraman: Insoniyat yuksalishining keyingi bir necha yili hayratlanarli va aql bovar qilmaydigan hodisalarga boy bo‘ladi.

© Den Braunning "Ibtido" kitobidan

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#yangilik #sunʼiy_intellekt

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Axborot xizmatida sunʼiy intellekt orqali yaratilgan teleboshlovchi ish boshladi.

Teleboshlovchi yangidan tashkil etilgan “QarMII: yangiliklar” informatsion dasturini olib boradi.

Institut axborot xizmati mazkur sunʼiy intellekt orqali yangiliklar dasturini muntazam namoyish etish va uni boshqa tillarda ham tayyorlash, mavzular rang-barangligini taʼminlash, intervyular, koʻrsatuvlar va ijtimoiy roliklarni oʻquvchilar eʼtiboriga havola qilishni maqsad qilgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🎥 Kling AI'da endi audio ovozlarni qo’shish mumkin, neyron tarmoq generatsiya qilingan videodagi lablar harakatini audioga moslashtiradi.

Sinxronizatsiya hozircha mukammal emas, lekin ortiqcha tovushlar miqdori minimal. Endi musiqiy kliplar va filmlar yaratish yanada osonlashdi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Angliyada suniy intelekt detektivlari paydo boʻldi

Britaniya politsiyasi jinoyatlarni ochish uchun Soze suniy intelekt tizimini sinovdan o‘tkazishni boshladi. 30 soat ichida u 81 yillik detektiv ishlar bilan ishladi, 27 ta murakkab ish boʻyicha dalillarni skanerladi.

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🤖 Xitoyning Tencent kompaniyasi keksalar va imkoniyati cheklanganlarga g’amxo‘rlik qila oladigan, g’ildirakli robotni ishlab chiqdi.

Robot zinaga duch kelsa, g’ildiraklari yig’ilib piyoda yurishga o’tadi, odamlarga zarar yetkazmaslik uchun teginish kuchini seza oladi, shuningdek, uni olib ketish kerak bo’lganda chamadon shakliga yig’ilishi mumkin.

Rejaga ko’ra, kelajakda ushbu robotlar qariyalar uylarida va kasalxonalarda ishlaydi, xaridlar va boshqa ishlarda yordam beradi.

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

​​"Innovator" sahifasining qahramoni — Nuraliyev Shukrullo

✅ Nuraliyev Shukrullo 2003-yil 17-fevralda Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. Hozirda Farg‘ona shahridagi Farg‘ona Politexnika institutining 4-bosqich talabasi.

✅ Shukrullo juda ham izlanuvchan bilimli yoshlarimizdan.Qahramonimizning matematika va fizika fanlariga qiziqishi juda ham yuqori. Shu sababli u energetika va elektrotexnika sohalarida turli xil tajribalar olib boryapti. Bo‘lajak innovatorimiz fanlarni chuqur o‘zlashtirib ,o‘z bilimini amaliyotga tadbiq qilib kelmoqda.

✅Ingliz tilida erkin muloqot qila oladi.

✅ Shukrullo maqsadlariga erish uchun tinimsiz harakat qiladi va intiladi. Buning natijasi o‘laroq, Shukrullo 2024-yilda o‘tkazilgan ko‘plab tanlovlar g‘olibiga aylandi. Jumladan, “INNO WEEK” haftaligi doirasida o‘tkazilgan start up tanlovda o‘z loyihasi bilan ishtirok etgan va munosib tarzda himoya qilgan holda 10 million so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantirilgan.Bundan tashqari 2024-yil aprel oyida o‘tkazilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining faol ishtirokchisiga aylangan.

✅Nuraliyev Shukrullo - o‘zining “SMART CUP” loyihasi bilan ko‘pchilikning nigohiga tushgan. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi qulaylashtirish, munosib holatga mos tayyorlash. Ya’ni har bir korxona yoki uyda mavjud ehtiyoj odamning o‘z xohishiga ko‘ra to‘g‘rilab berishga yordam beradi. Bu orqali ma’lum bir ishlab chiqarish sohasida yengillik va albatta qulaylikni keltirib chiqaradi. Issiq va sovuqni farqlash bu loyihaning hamma qiziqqan tarafi hisoblanadi. Umid qilamizki, ushbu zamonaviy loyiha kelajakda barcha uchun qulaylik yaratadi.

✅ "Hayotdagi eng katta maqsadim hayotdagi barcha jabhalarni yengillashtirish, odamlarga har qachongidan ko‘ra qulaylik yaratish, yurtimiz ravnaqi yo‘lida o‘z hissamni qo‘shish ", — deydi yosh innovatorimiz.

Qahramonimizning kelgusi ishlariga zafarlar tilab qolamiz!

Facebook | Telegram | Web |Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Ishonchim komil, siz, muhtaram pedagoglar, professor-o‘qituvchilarimiz ta’lim sohasidagi islohotlarimizda yanada faol ishtirok etib, “Yangi O‘zbekiston – ma’rifiy jamiyat” degan olijanob g‘oyamizni amalga oshirishga munosib hissa qo‘shasiz.


Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga tabrigi

Bizni kuzating:


Web-site | Instagram | Facebook | mininnovation">YouTube

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

​​"Innovator" sahifasining qahramoni —Xolmurodov Muhammadqodir .

Xolmurodov Muhammadqodir 2004-yil 1-dekabr Andijon viloyati Izboskan tumanida tug‘ilgan. Hozirda Farg‘ona Politexnika insitutining talabasi.

✅Muhammadqodirning bolalikdan matematika faniga bo‘lgan juda ham yuqori.Qahramonimiz turli xil fan olimpiadalariga qatnashib yutuqlarga erishgan.Bundan tashqari Muhammadqodir adabiyotga ham mehri bo‘lak .U she’r va hikoyalar yozib turadi, uning she’rlari gazeta va jurnallarda tez-tez e’lon qilib turiladi.

✅Ingliz tilida erkin muloqot qila oladi.

✅Innovatorimiz ustozlari Boynazarov Begzod va Muhammadjonov Qudratbek bilan birgalikda hozirda "Protect Pollution Atmosphere" ya’ni ifloslangan atmosfera havo massasini chang, mikrob, va boshqa zararli zarrachalardan suv yordamida tozalovchi qurilmani yaratdi, bu muffaqiyatli sinovdan o‘tdi. Hozirgi kunda ushbu qurilmani takomillashtirish ustida ish olib bormoqda.Muhammadqodir ushbu loyihasi orqali O‘zbekistondagi havosi yomon hududlardagi muammolarni bartaraf qilishni oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

✅Qahramonimiz o‘zining loyihalari bilan qator tanlovlarda ishtirok etib kelmoqda. Jumladan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovida o‘zining loyihalari bilan qatnashib faxrli o‘rinlarni egallagan.Respublika va Xalqaro miqyosdagi konferensiyalarda faol ishtirok etgan. Bundan tashqari 10 ga yaqin she’rlari turli gazeta va jurnallarda chop etilgan. Institutda tashkil etilgan “She’riyat gulshani” nomli ko‘rik tanlovining “Tarbiyaviy ahamiyatga ega” nominatsiyasida munosib ishtirok etib faxrli 2 o‘rinni egallagani uchun diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan.

✅ “Oliy maqsadim kelajakda ixtirolarim bilan butun dunyoni zabt etish. Yurtimiz ravnaqi yo‘lida munosib hissamni qo‘shish.”, — deydi yosh innovatorimiz.

✅Qahramonimizning kelgusi ishlariga zafarlar tilab qolamiz!

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Facebook
Log in or sign up to view
See posts, photos and more on Facebook.

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#Qiziqarli_faktlar

🗣 Birinchi stetoskopning yaratilish tarixi

⚡️Stetoskop ixtiro qilinishidan oldin, shifokorlar oʻz bemorlarning yurak urishini, quloqlarini ularning koʻkragiga qoʻygan holda eshitishardi, bu juda qoʻpol va samarasiz usul. Masalan, bemorda sezilarli darajada yogʻ qatlami mavjud boʻlsa bu usul muvaffaqiyatsiz hisoblanardi.

🩺 Fransiyalik vrach Rene Lennek aynan shunday vaziyatga duch kelib qolgan va bemorning koʻkrak qafasida yogʻ toʻplanib qolgani tufayli uning yurak urishini aniq baholay olmagan. Rene oʻpka va yurakdan kelayotgan ovozlarni kuchaytira oladigan, yogʻochli naycha shaklida “stetoskop” ni ixtiro qildi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#Qiziqarli_faktlar

🗣 Birinchi kompyuter sichqonchasi yaratilish tarixi

⚡️1968-yil 9- dekabrda ixtirochi Duglas Engelbart jahonda birinchi boʻlib kompyuter sichqonchasini ixtiro qildi. U shu oyning oʻzida San Fransiskoda “Hisoblash texnikasi” konferensiyasida dunyoda birinchi bo’lib, kompyuter sichqonchasini qanday ishlashini namoyish etdi va bu “texnologiya asri”ni yana bir yuqori pog'onaga olib chiqdi.

💻 Bu ixtiro gʻildirakchalar oʻrnatilgan bir tugmachali kubikcha edi. Birinchi sichqonchani injiner Bill English yigʻgan, uning imkoniyatlarini namoyish etish dasturini Djeff Rulifson yozgan. 1970-yillarning boshida Xerox kompaniyasi uchta tugmachali sichqonchani birinchilardan boʻlib shaxsiy kompyuterning bir qismi sifatida taqdim etdilar. 1983-yilda Apple firmasi Lisa kompyuterlari uchun bir tugmachali sichqonchalarni yaʼni oʻz shaxsiy modellarini chiqardi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#Robototexnika_olami

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida tashkil etilgan zamonaviy robototexnika olamiga marhamat
.

📹 HD formatda ko'rish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#Jurnal_sahifalaridan

Xalqni yer boqadi, deyishadi qadimgilar. Darhaqiqat, yerdan olingan hosillarimiz butun yurtimiz dasturxonini to‘ldirib, hatto xorijga ham yuboriladi. Yosh olima Hurmatoy Jo‘rayeva sholidan ikki marta hosil olish bo‘yicha tadqiqotlar olib bormoqda.Suhbatdoshimiz qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori, dotsent. Hozirda Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining 2-bosqich (DSc) doktoranti. U Janubi Koreyaning O‘zbekistondagi “KOPIA” tashkiloti markazi bilan Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida ilmiy-texnik loyihaning Аndijon
viloyati Izboskan tumanidagi “Nodirbek sholikor” fermer xo‘jaligi dalalarida sholidan yiliga ikki marta hosil olish boʻyicha tadqiqotlar mas’ul xodimi.

📌Batafsil INNOVATOR jurnalining 4-sonida tanishing!👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/mpkfr/fbbx/

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

📣 Iqtisodiyot sohasidagi Nobel mukofoti amerikalik va britaniyalik olimlarga berildi

"Ijtimoiy institutlar qay tarzda shakllanadi va ular farovonlikka qanday ta'sir qiladi" deb nomlangan tadqiqot ishida mualliflar – Daron Acamo‘glu (kelib chiqishi turkiyalik), Saymon Jonson va Jeyms Robinson siyosiy va iqtisodiy institutlar mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishiga qanday ta'sir ko‘rsata olishini tahlil etishgan.

❗️Ularning fikricha, “qonun ustuvorligi ta’minlanmagan, aholi ijtimoiy institutlar tomonidan ekspluatatsiya qilinadigan jamiyatda o‘sish yoki yaxshi tomonga o‘zgarish kuzatilmaydi”. Iqtisodchi olimlarning tadqiqotlari esa aynan shu jarayonlar sababini tushunish imkonini beradi.

Facebook
| Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

​​📣📣📣OBUNA-2025

✅Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi «Ilm-fan va innovatsion rivojlanish»
hamda "Innovator" jurnallariga 2025-yil uchun obuna mavsumi boshlanganini E'LON qiladi!

✍️«Ilm-fan va innovatsion rivojlanish» ilmiy jurnali mohiyatiga ko‘ra texnika yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini o‘z ichiga olgan ilmiy-innovatsion nashr bo‘lib, mahalliy va xorijiy olimlar, professor-o‘qituvchilar, ekspertlar, tadqiqotchilar, doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilarning ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy, ilmiy-metodik maqolalari hamda adabiyotlar sharhlarini o‘zida jamlagan majmuadir.

🖊JJurnaldagi maqolalar o‘zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida nashr qilinadi.

⚡️Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining texnika fani bo‘yicha chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

🚀Oʻquvchi-yoshlar uchun ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop nashr hisoblangan “INNOVATOR” jurnalida omadli innovatorlarning ishni qayerdan va qanday boshlagani haqida eksklyuziv intervyular, bo’lg’usi innovatorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va sharoitlar boʻyicha muhim maʼlumotlar berib boriladi. Qolaversa, oʻquvchi-yoshlarning ijodiy hamda intellektual salohiyatini oshirish, zamonaviy ilm-fan va texnologiya yutuqlari hamda yangiliklari bilan izchil tanishtirib borish va eng asosiysi, kelajak avlodni “kelajak kasblari”ga tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilgan!

📚Mazkur ilmiy jurnallar bir yilda olti marta chop etiladi.

📍Tahririyat manzili:100174, Toshkent sh., Universitet ko‘chasi, 7-uy.

📞(99894) 688-99-11, (99899) 373-90-35, (99888) 007-55-92

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🚚 Xitoyda hatto yuk mashinalari haydovchilari ham masofadan turib ishlashga o’tib ketishdi — ofisda o’tirib konteynerlarni yuklashyapti.

Kiberpank yaqinlashmoqda.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Xitoy ijtimoiy tarmoqlarda yuqori texnologiya asosida yaratilgan shaffof qoplama bilan hammani hayron qoldirdi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

AQShda quyosh energiyasida ishlaydigan robot tovuqxona ixtiro qilindi. ARC Yaylov qushi dala boʻylab mustaqil ravishda harakatlanadi, tovuqlarni har kuni yangi oʻt va ozuqa bilan taʼminlaydi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#yangi_son

📣📣📣Ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop “INNOVATOR” jurnalining 5-soni "17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni"ga bag‘ishlanadi!

🗣ʻWind Solar Combinationʻ qurilmasi bilan quyosh va shamol yordamida elektr olishimiz mumkin

❤️"Canva" bilan yuragimizni sogʻlom saqlaymiz.

⚡️Body taster – har bir tashkilotda boʻlishi kerak!

🦾KIBERSPORT – FIKR VA REAKSIYA GIGANTLARI KURASHADIGAN MAKON!

🗣Dunyoning yetakchi kompaniyalarida Sunʻiy intellekt va Data science boʻyicha muhandis boʻlib ishlayotgan oʻzbek oʻgʻloni!

🎥 Jurnal muqovasi uchun video jarayon! Suratda "Body tester"- birinchi robot doktor loyihasi asoschisi Asadbek O‘RINOV!

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

​​"Innovator" sahifasining qahramoni —To‘ychiyev Bo‘taboy

To‘ychiyev Bo‘taboy 2004-yil 22-aprelda Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan. Hozirda Farg‘ona Politexnika institutining talabasi.

✅Bo‘taboyning bolalikdan matematika faniga bo‘lgan mehri juda ham baland.Qahramonimiz robotexnika ,elektronika ,elektr energetika va kompyuter dasturlash sohalariga qiziqadi.O‘qib o‘rganishdan charchamaydigan innovatorimiz hozirda Energetika fakulteti professori Xomidov Abdullohdan kerakli bilimlarni o‘zlashtirib, turli xil loyihalar ustida ishlab kelmoqda.

✅Ingliz tilida erkin muloqot qila oladi.

✅Bo‘taboy turli tanlovlarda o‘zining loyihalari bilan qatnashib muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda.Jumladan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovida “Smart Glass” loyihasi bilan yuqori o‘rinlarni egallagan .Bundan tashqari xalqaro “International University Colleges” tanlovda qatnashib sertifikat bilan taqdirlangan. Xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalari chop etilgan.

✅Qahramonimiz bir guruh innovatorlar bilan birgalikda “Resurs tejamkor ichimlik suvi” loyihasini yaratdi. Loyihaning asosiy maqsadi suv taqchil bo‘lgan hududlarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlaydi.Taklif etilayotgan qurilma aholini, avtogarajlarni va boshqa ichimlik suvi tanqis bo‘lgan obyektlarni distillangan toza ichimlik suvi bilan ta’minlash imkoniyatini yaratib, elektr energiyasi sarfini xam tejaydi.

✅ "Oliy maqsadim kelajakda ixtirolarim bilan butun dunyoni zabt etish. Yurtimiz ravnaqi yo‘lida munosib hissamni qo‘shish.", — deydi yosh innovatorimiz.

✅Qahramonimizning kelgusi ishlariga zafarlar tilab qolamiz!

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Facebook

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

AQShda Qulupnay minoralari paydo boʻldi

Richmond shahri har yili 1,8 million kg qulupnay ishlab chiqaradigan vertikal AI fermasini ishga tushirdi. U rezavorlar oʻsadigan 9 metrli minoralardan iborat. Fermer xoʻjaligining oʻzi harorat, yorugʻlik va namlikni tahlil qiladi va sozlaydi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#mutolaa

“Darsdan soʻng”


She’r haqida:
Voqea olis qishloqlarning birida yuz bergan. Bitta muallima uzoq qir oshib, maktabga qatnab, bolalarga dars o‘tar edi. Bir kuni u o‘quvchilarga insho yozdiradi...

📖She’r haqida va uni o‘qish

She’rni eshitish 👆

She’r audiosini Maftuna Ismoilova o‘qidi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Hurmatli ustozlar, fidoyi o‘qituvchilar hamda jonkuyar murabbiylar! Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda ustoz degan sharafli nomni ulug‘lab kelayotgan yurtimizdagi barcha insonlarni umumxalq bayrami – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz.Sizlarga baxt, omad kasbiy faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!🎉📚

Hurmat bilan “Innovator” jurnali jamoasi!

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

⚡️Har qanday tovushlarni generatsiya qila oladigan neyron tarmoq chiqdi: tabiat shovqinlaridan tortib klassik musiqagacha. Hammasi brauzerda va mutlaqo bepul!

Ijtimoiy tarmoqlarda kontent yaratuvchilar uchun juda foydali bo’ladi — kerakli tovushni qidirish uchun soatlab vaqt sarflash shart emas. Matnli so’rovni kiritish kifoya, bir necha soniyada kerakli tovush tayyor bo’ladi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

⚡️Olimlar ma’lumotlarni saqlash uchun buzilmaydigan «5-D kristall»ni ishlab chiqishdi. Unda 360 TB ma’lumotni saqlash mumkin, uni yo’q qilish esa deyarli imkonsiz.

Tanga o’lchamidagi kristall +1000°C gacha bo’lgan haroratga, kosmik nurlanishga va kvadrat santimetr uchun 10 tonna bosimga bardosh bera oladi. Unga birinchi bo’lib inson genomi ma’lumotlari yuklandi.

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

⚡️ Germaniyalik ixtirochilar tomonidan suvda dam olish va baliq ovlash uchun Sealander avtomobili yaratildi

🛳 Sealander avtomobilida mini-oshxona va divan ,ikki kishilik karavot mavjud.Toʻliq uzunlikdagi tomni baliq ovlash uchun osonlik bilan olib tashlash mumkin.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Innovator" sahifasining qahramoni — Yunusaliyev Sanjarbek.

✅Yunusaliyev Sanjarbek 2004-yil 1-oktyabrda Farg‘ona viloyati Davr qishlog‘ida tug‘ilgan. Hozirda Farg‘ona Politexnika institutining talabasi.

✅Ingliz tilini biladi.

✅Sanjarbekning matematikaga bo‘lgan qiziqishi juda ham yuqori. Qahramonimiz maktab davridan beri matematika fanidan olimpiadalarda qatnashib, yutuqlarga erishib kelmoqda.Maktabda o‘zlashtirilgan chuqur bilimi bilan Farg‘ona politexnika institutiga elektr energetika yo‘nalishiga grant asosida o‘qishga qabul qilindi.

✅Izlanuvchan qahramonimiz 1-kursdayoq institutda  o‘tkazilgan turli xil  tanlov va musobaqalarda faol qatnashib faxrli o‘rinlarni egallagan. Jumladan institutda o‘tkazilgan Matematika fanidan olimpiada faxrli 1-o‘rinni egallab Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan. Bundan  tashqari  ustozlari ko‘magida 10 dan ortiq maqolalar chop etgan,  xalqaro konferensiyalarda ishtirok etgan . Yurtimizdagi va xalqaro startap loyihalarda qatnashib faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Hozirda Boynazarov Bekzodjon va Mahammadjonov Qudratbeklar bilan ilmiy ishlar va loyihalar ustida faoliyat olib bormoqda.

✅Ayni damda innovatorimiz ustozlari Boynazarov Bekzodjon va Mahammadjonov Qudratbeklar bilan birgalikda gidroturbina orqali ishlovchi qurilma ustida ish olib bormoqda. Qurilma bir vaqtning o‘zida ikkita vazifani bajaradi. Birinchi vazifa gidroturbinali nasos orqali suvlarni pastdan yuqorigi yetkazib beradi ya’ni juda ko‘plab suv chiqmagan joylarga suv yetkazib berishni ta’minlaydi. Qurilmaning ikkinchi vazifasi elektr energiyasini ishlab chiqaradi. Bu qurilma bilan suv yetib bormagan va chiqmagan joylarga suv chiqarib shu hududni elektr energiyasi bilan ta’minlasa bo‘ladi.Bu ixtiro kelajakda qurg‘oqchilikda aziyat chekadigan hududlar aholisiga yordam beradi.

✅ "Oliy maqsadim kelajakda yurtimiz istiqboli uchun yordam beradigan ixtirolarni yaratishdir", — deydi yosh innovatorimiz.

Qahramonimizning kelgusi ishlariga zafarlar tilab qolamiz!

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…
Subscribe to a channel