Eynshteyn va Chaplin
Albert Eynshteyn Charli Chaplinning filmlarini tomosha qilishni juda yaxshi ko‘rardi. Bir kun olim aktyorning “Oltin jazavasi” filmini tomosha qiladi va keyin aktyorga quyidagi telegrammani yuboradi: Sizga qoyilman. “Sizning “Oltin jazavasi” filmingizda hech qanday so‘z aytilmasa ham, uni hamma tushunadi, siz albatta buyuk insonga aylanasiz. Eynshteyn.”
Chaplin zudlik bilan telegrammaga javob qaytardi: “Men sizga yanada ko‘proq qoyil qolaman. Sizning nisbiylik nazariyangizni dunyoda deyarli hech kim tushunmaydi, lekin siz baribir buyuk odamsiz. Chaplin”.
Bizni kuzating
#Innoweek_2024
⭕️⭕️⭕️“InnoWeek-2024” doirasida “Dunyoning yetakchi kutubxonalarida innovatsion texnologiyalar” mavzusidagi xalqaro seminarda ishtirok eting!
Seminar 14-noyabr kuni offlayn va onlayn formatda tashkil etiladi.
🟥Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting: https://forms.gle/DQ41VtLzw6qyzjp97
Zoom uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/85629278696?pwd=xDRNKOeE6LYjAvbOmeHSmAqqE9vWzh.1
Identifikator: 856 2927 8696
Kod: 069332
📍Manzil: O‘zEkspomarkaz, Konferensiyalar zali
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring ⬇️
🚀 Telegram kanal 🔵 Facebook 📷 Instagram
📚Har qanday kitob yoki matnni audiokitobga aylantirib beradigan neyron tarmoq chiqdi.
Diktor yoki o’zingizni ovozingizni yuklashingiz mumkin, 16 ta til mavjud, to’g’ridan-to’g’ri brauzerda, ro’yxatdan o’tmasdan bepul foydalanish mumkin.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
Bizni kuzating
#Qizqarli_faktlar
⚡ Eng qadimgi gʻildirak arxeologik qazishmalar vaqtida Mesopotamiyada topilgan. Gʻildirak taxminan miloddan avvalgi 3500 yillarda ixtiro qilingan. Gʻildiraklar yogʻochdan yasalgan boʻlib, ularning oʻqi uchun teshigi boʻlgan. Dastlab u kulol gʻildiragi sifatida ishlatilgan. Gʻildirak va oʻqning kombinatsiyasi vaqt oʻtishi bilan zamonaviy transportning yaratilishiga turtki boʻldi.
🦽Gʻildirakning yaratilishi uzogʻimizni yaqin qilishga, qishloq xoʻjaligining tubdan oʻzgarishiga zamin yaratdi.
Hozirda deyarli hayotimizning barcha pallasida bu ixtironing natijasini koʻrish mumkin.
Bizni kuzating
⚡️Xitoyda qirg’oqdan uzoqroqqa joylashtirish mumkin bo’lgan, to’lqinlarga chidamli quyosh elektr stansiyasini sinovdan o‘tkazish boshlandi.
U 434 ta paneldan iborat bo’lib, balandligi 10 metrgacha bo’lgan to’lqinlarga bardosh bera oladi, bir nechta langar tufayli esa bir joyda qoladi.
G’oyaga ko’ra, bunday platformalar quruqlik maydonini egallamasdan, dengizdagi shamol turbinalari yonida suzadi. Sinovlar bir yil davom etadi, shundan so’ng muhandislar samaradorlikni baholab uni takomillashtirishadi.
Bizni kuzating
#Innoweek_2024
14-16-noyabr kunlari “Innoweek-2024” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligiga marhamat!
Unda Innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasi, startap loyihalar taqdimoti, Demo day, Red fest xalqaro musobaqasi, xorijiy yetakchi kompaniyalar bilan B2B uchrashuvlar, investorlar bilan istiqbolli loyihalar muhokamasi, davra suhbatlari, konferensiya va forumlar, kelishuvlar hamda xalqaro shartnomalarni imzolash marosimlari bo‘lib o‘tadi.
“Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” haftaligida ishtirok eting!
Batafsil ma’lumot www.innoweek.uz saytida.
Bizni kuzating
#Jurnal_sahifalaridan
Yer yaxshi sug‘orilsa, ekinlar o‘z vaqtida nazorat qilinsa, hosil unumli bo‘ladi. Barchasi ko‘ngildagidek bo‘lishi uchun inson qo‘l mehnati va texnik jihozlar nazorati talab etiladi. Bejizga texnik jihozlarga urg‘u bermadik. Аyni qishloq xo‘jaligi sohasida texnik jihozlarning o‘rni beqiyos. Kombayn, traktor kabi inson mehnatini osonlashtiradigan uskunalarga talab hamisha yuqori. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi sohasiga oid texnikalarni takomillashtirish hamda insonlar qo‘l mehnatini mexanizmlarga almashtirish borasida salmoqli ishlar qilinmoqda. Jurnalimizning bu galgi qahramoni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining 4-bosqich talabasi Ruxshona Yigitaliyeva bilan ayni shu haqda suhbatlashdik.
📌Batafsil INNOVATOR jurnalining 4-sonida tanishing!👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/mpkfr/fbbx/
Bizni kuzating
⚡️Anthropic kompaniyasi kompyuterdan inson kabi foydalana oladigan neyron tarmoq yaratdi.
Model barcha asosiy ko’nikmalarga o’rgatilgan: u sichqonchani siljitishi, siz uchun jadvallarni to’ldirishi, internetda ma'lumot qidirishi va boshqa vazifalarni bajarishi mumkin.
Biroq, u hali ham murakkab vazifalarni yaxshi bajara olmaydi: masalan, sun’iy intellektga aviachiptani bron qilishni bekor qilish so’ralganda buni faqat 50% holatlarda bajara olgan, ammo bu kelajakda yaxshilanadi.
Bizni kuzating
“Innovator” sahifasining qahramoni — Madiyev Azizbek
✅ Madiyev Azizbek 1999-yil 25-martda Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida tug‘ilgan. 2020-2024 yillari davomida Termiz davlat universiteti kimyo fakultetida tahsil olgan. Hozirda -
D. I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida 1-bosqich magistrant.
✅Ingliz va rus tillarida erkin muloqot qila oladi.
✅ Azizbek maqsadlariga erishish uchun tinimsiz harakat qiladi. Qahramonimiz 2022-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan ko‘plab tanlovlarda qatnashib muvaffaqiyatga erishib kelmoqda. Jumladan, 2022-yilda “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika ko‘rik tanlovining respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan. “INNO WEEK” haftaligi doirasida o‘tkazilgan start up tanlovda o‘z loyihasi bilan ishtirok etib viloyat miqyosida sovrindorlar safidan joy olgan.
✅ 2023- yilning yanvar oyida “Biznes inkubator” o‘quv dasturi asosida tashkil etilgan “Innovatsion g‘oyalar” tanlovida g‘oliblikni qo’lga kiritgan.
✅Termiz davlat universiteti “Rektori stipendiyasi” hamda Surxondaryo viloyati talabalari uchun ta’sis etilgan “Hokim stipendiyasi” ni qo‘lga kiritgan.
✅ Azizbek o‘zining “Modifikatsiyalangan karbamid-formaldegid smola asosida kompozitlar olish” loyihasi bilan ko‘pchilikning nigohiga tushgan. Loyihaning asosiy maqsadi yog‘och qirindili plitalar, yaʼni DSP ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan yelim sifatini oshirish hisoblanadi. Ushbu smola modifikator miqdori ortishi bilan olingan plitaning suvga chidamliligi va mustahkamligi ortadi. Foydalanilgan yеlimning umumiy massasiga nisbatan 5% modifikator eng maqbul miqdor bo‘lib, foiz undan yuqori bo‘lganida olingan mahsulotning mustahkamligi va suvga chidamliligi kam o‘zgargani aniqlandi. Yog‘och hamda qamish qirindili plitalar ishlab chiqarishda krеmniy organik birikmalardan foydalanish istiqbolli bo‘lib, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish hamda ishlab chiqariladigan plitalar tarkibida erkin formalidеgid miqdorini kеskin kamaytirishga imkon yaratiladi. Ushbu loyiha yurtimizda sifatli, jahon standartlariga mos yog‘och hamda qamish qirindili plitalar ishlab chiqarish orqali import hajmini kamaytirib, eksport hajmining ortishiga olib keladi. Umid qilamizki, ushbu zamonaviy loyiha kelajakda barcha uchun qulaylik yaratadi.
✅“Ushbu yutuqlarga, albatta, ota-onamning hamda ustozlarimizning duolari va mehnatlari evaziga erishdim. Bugungi kunda Termiz davlat universiteti kimyo fakultetida katta innovatorlar jamoasi shakllangan desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Ushbu jamoada ko‘plab start-up tanlovlarda qatnashib, yuqori cho‘qqilarni zabt etgan hamda o‘z izlanishlarini davom ettirayotgan izdoshlarimiz ham bor. Shu fursatdan foydalanib bizga shunday keng sharoitlarni yaratib bergan yurtboshimizga, ota-onamga, Termiz davlat universiteti rektori A.H.Toshqulov, Kimyo fakulteti dekani X.X.Turayev, hamda ilmiy rahbarim X.E.Eshmurodovlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman”,— deydi qahramonimiz.
✅ “Hayotdagi eng katta maqsadim,kelajakda o‘z sohamning yetuk mutaxasisi bo‘lib, mamlakatimizda kimyo sanoatining yanada jadal rivojlanishi yo‘lida o‘z hissamni qo‘shish”, — deydi yosh innovatorimiz.
Qahramonimizning kelgusi ishlariga zafarlar tilab qolamiz!
Bizni kuzating
👕 Olimlar kiyimlar uchun haroratga qarab rangini o’zgartiradigan materialni ishlab chiqishdi. Sovuq havoda qora rangga, issiqda esa oq rangga o’zgaradi.
Grafenli mikrokapsulalar va sulfat yordamida material quyosh nurini intensivligiga qarab yutadi yoki aks ettiradi.
Bizni kuzating
📣📣📣E'LON
📖“INNOVATOR” jurnali oʻquvchi-yoshlarning ilmiy va texnikaviy bilimlarini oshirish hamda ularni zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtirib borishni maqsad qilgan.
⚡️Jurnalning ijtimoiy tarmoqlarida #innovator rukni tashkil etilgan!
💡Biz ushbu rukn uchun qahramonlar izlayapmiz! Toʻgʻri, bunday yoshlar oramizda juda koʻp.
📌Shu sababli istalgan yosh toifasidagi boʻlgan, oʻz tengdoshlariga namuna boʻla oladigan “Innovatorlar”ni ushbu 👉@innovator_jurnali telegram manzili orqali biz bilan bog'lanishlarini soʻraymiz.
🚀Birgalikda iqtidoringizni namoyon qilamiz!
Telegram | Facebook | Web | Instagram
#Jurnal_sahifalaridan
Ta’biyki ,ekinlarga qish sovug‘i ta’sir qilmasligi uchun ular issiqxonalarda saqlanadi va yetishtiriladi. Yaqin kelajakda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini oddiy issiqxonalarda emas, balki akvaponika usulida yetishtirish mumkinligi haqidagi xabar bizni qiziqtirib qo‘ydi. Bu yangilik haqida eshitganimiz zahoti: “U nima ekan? Oldingi issiqxonalardan qanday farq qilish mumkin?” kabi bir qator savollar tug‘ildi. Masalaga oydinlik kiritish maqsadida ekinlarni “zamonaviy issiqxona – “akvaponika” usulida yetishtirish bo‘yicha o‘z izlanishlarini olib borayotgan Sabzavot, poliz va kartoshkachilik ilmiy -tadqiqot insitutining 2-bosqich tayanch doktaranti, yosh olim Azimjon Hikmatov bilan suhbatlashdik.
📌Batafsil INNOVATOR jurnalining 4-sonida tanishing!👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/mpkfr/fbbx/
Bizni kuzating
🗣Bola tili — bol, deydi xalqimiz. Soʻzlarni buzib, shiringina bijirlayotgan bolakay barchaning yuziga tabasum ulashadi. Baʼzan ularni atayin suhbatga tortgingiz keladi. Ammo siz uchun “shirin” boʻlgan bu talaffuz, aslida, soʻzlashuvdagi nuqsonlardan biri boʻlib, uni logoped bilan ishlab, toʻgʻirlash zarur.
⚡️Toshkent davlat texnika universitetining kafedra o‘qituvchisi va ilmiy izlanuvchisi hamda “Innovator” jurnali qahramoni Yulduzxon Kamolova eshitish va gapirishda nuqsoni boʻlgan kichkintoylarga yordam berish uchun maxsus dastur ishlab chiqdi va ushbu loyihasi bilan “Bo‘lajak olim” tanlovining gʻoliblari qatoridan joy olgan.
▶️To'liq video
Web-site | Instagram | Facebook | mininnovation">YouTube
🛜 Londonlik olimlar 6G tarmog’ini rekord darajada tezlashtirishdi — 938 Gbit/s, bu 5G'dan 9000 marta tezroq.
Bu qanchalik tezligini tasavvur qilish uchun: bunday tezlikda 100 Gb fayl bir soniyadan kamroq vaqt ichida yuklanadi, bunga eng keng chastotali diapazondagi radio to’lqinlarni birlashtirish orqali erishildi.
Mualliflarning fikricha, ularning texnologiyasi kelajakdagi 6G tarmoqlarining asosini tashkil qilishi mumkin. Ular hozirda smartfon ishlab chiqaruvchilar va provayderlar bilan muzokaralar olib borishmoqda.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
To‘lqin ta'sirida ko‘tarilgan plastina hisobiga asta-sekin energiya hosil bo‘ladi.
Bizni kuzating
⚡️Olimlar hayvon hujayralarini yorug’likdan energiya olishga «o’rgatishdi». Ilgari bu mumkin emas deb hisoblangan.
Yaponiyalik olimlar sichqon hujayralarini suv o’tlari bilan birlashtirishdi, natijada yangi hujayralar 2 kun davomida o’simliklar kabi — «oziq-ovqatsiz» shunchaki quyoshda yashadi.
Tokio universiteti professori Sachihiro Matsunaga'ning ta’kidlashicha — «Bu kashfiyot texnologiyalarni o’zgartiradi va jamiyatning ekologik transformatsiyasiga yordam beradi».
Bizni kuzating
#Bu_kun
🗣1916-yil 4-noyabr kuni “Barbi” qoʻgʻirchoqlar ixtirochisi Rut Mosko Handler tavallud topgan.
⚡️Amerikalik ixtirochi Ruth Mosko Handler 1916-yil 4-noyabr Denverda polyak yahudiy muhojirlar oilasida dunyoga kelgan. U oilada oʻn nafar farzandning eng kichigi boʻlgan. Qahramonimiz oddiy narsalardan goʻzallik yaratishni xush koʻrgan.Rutning oilasi uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam bergan va uning kelajakdagi muvaffaqiyatlariga katta taʼsir koʻrsatgan.
✔️ Rut Handler bugungi kunda butun dunyo bolalarining sevimli oʻyinchogʻiga aylangan Barbi qoʻgʻirchoqlarini 1959-yilda yaratgan. U qizi Barbara qogʻoz qoʻgʻirchoqlar bilan oʻynayotganini koʻrib, Barbini yaratishga ilhomlangan. Shuning uchun qoʻgʻirchoqqa qizning ismi Barbara nomini bergan. Ixtirochimiz Barbini yaratgan paytida 43 yoshda boʻlgan.
👉Barbi qoʻgʻirchogʻini dunyoga Nyu-York shahridagi “American Toy Fair” koʻrgazmasida namoyish etadi. U oddiy uy bekasidan dunyoga mashhur biznesmenga aylanadi. Handler va uning turmush oʻrtogʻi turli xil mashhur oʻyinchoqlar ishlab chiqaruvchi Mattel kompaniyasiga asos soladi. Mana 65 yildirki Barbi qoʻgʻirchoqlari doʻkon rastalarida oʻzining oʻrnini yoʻqotmay , barchaga birdek sevimli oʻyinchoq boʻlib kelyapti.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Innoweek_2024
R:ED FEST bilan robototexnika olamini kashf eting!
‼️Agar siz muhandislikka qiziqsangiz va ishlanmalaringizni xalqaro darajada namoyish etishni istasangiz, imkoniyatlaringizni sinab ko‘rishning ayni vaqti.
14-16-noyabr kunlari “InnoWeek.UZ-2024” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida o‘tkaziladigan R:ED FEST robototexnika musobaqasiga marhamat.
“Body tester”- birinchi robot doktor.
"Innovator" jurnali qahramoni Asadbek O‘rinov "Efirda To‘raxonov” dasturining navbatdagi sonida loyihasi haqida batafsil ma'lumot berdi.
📱Videoni YouTube'da ko‘rish
Bizni kuzating
Facebook | Telegram | Web | Instagram
📣 DIQQAT! "INNOVATOR" jurnaliga 2025-yil uchun obuna mavsumi boshlandi!
🔎 Jurnal sahifalarida tajribali innovatorlarning faoliyatiga doir eksklyuziv intervyular va bo‘lajak startapchilar uchun qimmatli tavsiyalar hamda innovatsiyalar olamidagi eng sara yangiliklar o‘rin olgan.
Qolaversa, "Innovator" jurnali yoshlarning zamonaviy ilm-fan, ijodiy hamda intellektual salohiyatini oshirish uchun kelajak avlodni “kelajak kasblari”ga tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilgan!
⚡️ "ChatGPT" odamning boshiga o‘rnatildi
“Synchron” olimlari neyrochipni miyaga operatsiyasiz o‘rnatishga muvaffaq bo‘lishdi.
Neyrochip fikrlarni o‘qiydi va kompyuterni boshqaradi — ovozli buyruqlarsiz.
Tez orada texnologiya nogiron odamlar hayotini o‘zgartira oladi.
Bizni kuzating
#OAVda_biz
📹Oʻzbekistonda yosh startapchilar qay darajada qoʻllab quvvatlanmoqda?
🗣Mening yurtim kanalida namoyish etiladigan “Gapiring” koʻrsatuvida bu haqida batafsil gapirildi.
🎤Koʻrsatuvda “Innovator” jurnali bosh muharriri Sevara Abdullayeva ham ishtirok etib, bu mavzuda oʻz fikr mulohazalari bilan boʻlishdi.
Bizni kuzating
⚡️Tadqiqot: Do’konlardagi 99 foiz suvlarda zaharli kimyoviy moddalar mavjud.
Olimlar 15 ta mamlakatda 87 ta brendning suvini tekshirishdi va ularning deyarli barchasida PFAS — parchalanmaydigan birikmalar topildi. PFAS immunitet tizimini zaiflashtiradi, jigar faoliyatini buzadi va saratonning ayrim turlarini rivojlanish xavfini oshiradi.
Bunga yechim suvni filtrlash yoki qaynatib ichishdir — bu zaharli kimyoviy moddalarning ko’pini o’ldiradi.
Bizni kuzating
MARSDA HAYOT BO’LISHI MUMKINMI?
Olimlar Koinotdan hayot izlayotgani, turli tajribalar o‘tkazayotgani sizga ma’lum. Tabiiyki, hayot izlaganda bepoyon kosmik fazodan ko‘ra o‘zimizning Quyosh sistemamizni tadqiq qilish osonroqdir. Olimlarning fikricha, qandaydir hayot shakli bo‘lishi mumkin bo‘lgan sayyora Marsdir. Nega ular aynan Marsnini tanlab olishdi? Bu sayyora Yer bilan egizak, deb hisoblanadi. Mars bilan Quyosh o‘rtasidagi masofa Yer bilan Quyosh o‘rtasidagi masofaga yaqin turadi. Uning diametri Yernikidan ikki marta kichik, Mars ikki yilda bir marta Quyosh atrofini aylanib chiqadi. Ammo Marsdagi kun davomiyligi Yernikiga to‘g‘ri keladi. Munajjimlar Marsni kuzatayotib, u yerda hayot qandaydir shaklda bo‘lishi mumkinligidan darak beruvchi ayrim narsalarga duch kelishdi.Birinchidan, Yerdagi singari Marsda ham yilning to‘rt fasli bor. Uning yuzasida ham fasllar almashuvi barobarida o‘zgarishlar ko‘zga tashlanadi. Bahorda va yozda qoramtir joylar yanada qorayadi, ularning rangi ko‘k-yashildan sariqqa aylanadi. Balkim, bu o‘simliklardir? Munajjimlarning taxminicha, sayyora atmosferasi tarkibida mavjud oz miqdordagi suv bug‘lari u yerda hayot vujudga kelib, rivojlanishi uchun sharoit tug‘dirishi mumkin.Italyan munajjimi Jovanni Skiaparelli 1887-yili Mars yuzasida kanallarga o‘xshash narsani kuzatganini ma’lum qildi. Olimlar: “Marsliklar qurg‘oqchil mintaqalarga qutblardan suv olib kelish uchun kanallar qazigan bo‘lishi mumkinmi?” deb savolni ko‘ndalang qo‘yishdi. 1976-yili Amerikaning ikkita “Viking” uchish apparati Mars yuzasiga qo‘ndi. Sayyora tuprog‘i kosmik apparatlar bortida mavjud asboblar yordamida hayot nishonasini topish maqsadida tadqiqot olib borildi, tadqiqot natijalari Yerga yuborildi. Ushbu tadqiqotlardan tuproqda mikroorganizmlar mavjud bo‘lishi mumkinligi, ammo Mars tuprog‘i Yernikiga mutlaqo o‘xshamasligi ma’lum bo‘ldi.Mabodo, Marsda hayot bo‘lsa ham, u juda oddiy shakldadir.
Bizni kuzating
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Qiziqarli_faktlar
⚡️Birinchi kompas miloddan avvalgi II va I asr o'rtalarida Han sulolasi davrida Xitoyda ixtiro qilingan. Dastlabki kompaslar folbinlik va geomansiya, uylar qurish, ekinlarni yetishtirish uchun mos joylarni tanlash va noyob toshlarni qidirish uchun ishlatilgan. Birinchi kompas bir boʻlak toshdan iborat boʻlgan va uni arqonga bogʻlab, bemalol biror joyga osib qoʻygan holda qutiblarni aniqlashda ishlatilgan.
💡Feng Shuida vaqt oʻtishi bilan odamlar uni navigatsiya va qutblarni aniqlash uchun ishlatilishi mumkinligini aytgan va shu tariqa uni XI asrda Xitoy harbiy harakatlari navigatsion orientatsiya uchun va XII asrda esa dengiz yoʻnalishini aniqlash uchun foydalanishgan. XII asrga kelibgina Yevropada kompas paydo boʻla boshlaydi. Kompasning yaratilishidan IX asr oʻtibgina undan astronomiyada foydalanishni boshlashadi.
Bizni kuzating
📷 Adobe Photoshop'ning Beta versiyasiga rasmlarni avtomatik tahrirlash funksiyasi qo’shildi. Bitta tugmani bosasiz va rasmdagi yangi obyekt ranglari, soyalari va yorug’ligi avtomatik to’g’irlanadi.
Buning uchun asosiy rasm ustiga yangi rasmni qo’shamiz, fonni olib tashlaymiz (bu ham bitta tugma bilan) va Harmonize tugmasini bosamiz. Qolganini Photoshop'ni o’zi o’rningizga qiladi.
Bizni kuzating
🗣ERICSSON kompaniyasi xodimi (Shvetsiya), 5G texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha yetakchi muhandis AKMALIDIN ALIMOV shunday degan edi: “HAMMA SUPER G'OYA YARATISHGA QODIR VA BULAR ODDIY NARSALARDAN PAYDO BO‘LADI”
4️⃣SUPER G'OYA TUG‘ILISHI UCHUN 4 ODDIY MUHIM YO‘L.
🔍MUAMMOGA YECHIM TOPISH
1️⃣Sten Gustaf bugungi kunda biz keng qo‘llaydigan plastik paket ixtirochisi (1960-y). U o‘rmon daraxtlarini yanchish orqali tayyorlanadigan qog‘oz paketlardan foydalanishni kamaytirish maqsadida ushbu muammoni o‘rgandi va uning yechimini topib, daholar ro‘yxatidan o'rin oldi.
👂 ESHITISHNI O‘RGANISH
2️⃣Shifokor Jean Carruthers ayollarni yashartiradigan mashhur muolaja - Botex ixtirochisi.
Jean Carruther dermakosmetolog shifokor bo‘lgan. Uning turmush o‘rtog‘i Alistair bleforaspazm bilan og'rigan bemorlarni davolash uchun botoksdan keng foydalangan. Bir kuni u turmush o‘rtog‘iga botoksdan foydalanish evaziga bemorlar ko‘z atrofidagi ajinlar taranglashayotganligini payqaganligini aytadi. Shundan so'ng Jean o‘z mijozlaridan biriga maqsadli ravishda botoksli muolajani taklif qiladi va har safar mijozning muolaja haqida bildirgan fikrlariga qiziqadi. Vaqt o'tib, tadqiqot o‘zini oqladi va eshitish evaziga olamshumul ixtiro dunyoga keldi.
👀 KO'RA BILISH
3️⃣Richard Feynman institutda oddiy o'qituvchi bo‘lib ishlagan. Bir kuni u tushlik qilayotganida, qarshisidagi ikki talaba bir-biri bilan urushib qoladi. Natijada ulardan biri ovqatdan bo'shagan tovog‘ini sherigiga uloqtiradi. Tovoq aylanganda, kichkinagina nuqta shaklida ovqat qoldig'i ham aylanadi. Bee’tibor bo‘lgan inson, albatta, bu paytda tovoqdagi ovqatni ko‘rishi tabiiy. Biroq Richard Feynman ushbu tovoqda “Nobel” mukofotini ko‘rgan. Otilgan tovoq orqali massa zarrachalarining harakatini ko‘rib, tadqiqotlar o‘tkazadi va Nobel mukofoti sovrindoriga aylandi.
✍️YOZIB BORISHGA ODATLANING
4️⃣Mashhur Google qidiruv tizimi asoschisi Larry Pagening 23 yoshida tushiga internetdan shoshgancha ma’lumot izlayotgani kiradi. U uyg'ongach, tushida ko'rganlarini qog'ozga tushiradi va shu tariqa Google dunyoga keladi.
📌USHBU MUHIM QOIDALARGA AMAL QILISH HATIJASIDA ZAMONNING DAHOLARI KASHF ETILMOQDA!
You Tube | Facebook | Telegram | Instagram
#sana
Aziz vatandoshlar, 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni muborak bo‘lsin!
Bizni kuzating
Bir qarasam har shevangda ming jilolar
Har novdangda, har mevangda ming jilolar.
Qodiriylar, Cho‘lponlar-u, Abdullolar,
Sening qaytgan kuning men tug‘ilgan yilim,
Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim.
#Jurnal_sharhi
#Innovator
“Innovator” jurnali innovator yoshlarimizning iqtidorlarini namoyon qiladigan O‘zbekistonadagi yagona innovatsion nashr hisoblanadi. Ma’lumki, jurnalning har bir soni turli sohalardagi innovatsiyalarni yoritishga ixtisoslashib bormoqda.
“Innovator” ning 4- soni “Qishloq xo‘jaligi sohasidagi innovatsiyalarga” bag‘ishlandi. Sizni ushbu sondan o‘rin olgan bir nechta innovatsiyalar bilan tanishtiramiz.
Bizni kuzating