🤖 Janubiy Koreyada ishchi kuchining 10% dan ortigʻini robotlar tashkil etmoqda. Bu ko’rsatkich boʻyicha mamlakat jahonda yetakchiga aylandi.
Tahlilchilarning fikricha, har 10 ming xodimga 1012 ta sanoat roboti toʻgʻri keladi va har yili ularning soni oʻrtacha 5% ga o’smoqda.
Bizni kuzating
⚡Sizga dunyodagi zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar haqida yozilgan,va ularni hayotga hayotga tadbiq qilishdagi qiyinchiliklar va yutuqlar haqidagi mashhur “Bestseller” kitoblar ro‘yhatini taqdim qilamiz
1.“The Innovator’s Dilemma” – Clayton M. Christensen 📘
2.“How Innovation Works” – Matt Ridley📘
3.“The Future is Faster Than You Think” – Peter H. Diamandis & Steven Kotler.📘
4.“The Fourth Industrial Revolution” – Klaus Schwab.📘
5. “Innovate or Die” – Jack Matson📘
Bizni kuzating
#qiziqarli_malumot
‼️Nobel mukofotiga tenglashtiriluvchi boshqa soha mukofotlari
Pritsker mukofoti - Oʻzining innovatsion gʻoyalari va binolari bilan arxitektura sanʼatiga katta hissa qoʻshgan meʼmorga beriladi.
Tyuring mukofoti - Hisoblash hamjamiyatiga kuchli va doimiy ta'sir ko'rsatgan shaxsiy, alohida ilmiy va texnik hissasi uchun
Goldman mukofoti - ko'pincha sog'liq yoki hayotga xavf tug'diradigan tabiiy muhitni muhofaza qilish va yaxshilashga qo'shgan shaxsiy hissasi uchun
Den Devid mukofoti - fan, texnologiya, madaniyat yoki ijtimoiy farovonlikka qo'shgan ulkan hissasi uchun mukofotlanadi.
Abel mukofoti - Zamonamizning taniqli matematiklariga beriladi.
Balzan mukofoti - fan va madaniyatdagi eng yuqori yutuqlari uchun.
Ernst fon Siemens mukofoti - musiqa olamiga katta hissa qo‘shgan bastakor, ijrochi yoki musiqashunosga beriladi.
"To'g'ri turmush tarzi uchun" mukofoti - zamonamizning eng dolzarb muammolariga amaliy va namunali javoblar, shaxsiy jasorat va ijtimoiy o'zgarishlar uchun
Kioto mukofoti - texnologiya, san'at, falsafa va asosiy fanlar bo'yicha.
"Global energiya" - energetikani rivojlantirishda yangi imkoniyatlarni taqdim etadigan va butun insoniyatga foyda keltiradigan ajoyib ilmiy yutuqlar va ixtirolar uchun.
Fields mukofoti - matematika sohasidagi yutuqlari uchun.
Gauss mukofoti - boshqa fanlardagi kashfiyotlar orqali matematikaga qo'shgan ulkan hissasi uchun.
Nevanlinna mukofoti - informatikaning matematik jihatlaridagi yirik yutuqlari uchun.
Crafoord mukofoti - astronomiya va matematika, biologiya fanlari va yer haqidagi fanlarga qo'shgan hissasi uchun.
Shao mukofoti - astronomiya, matematika va tibbiyot yoki hayot haqidagi fanlarga qo'shgan hissasi uchun.
Dekart mukofoti - fan va texnika sohasidagi ulkan yutuqlar uchun.
M.V. Lomonosov nomidagi oltin medal - Rossiya Fanlar akademiyasining oliy mukofoti.
D.I. Mendeleev nomidagi oltin medal - Rossiya Fanlar akademiyasining kimyo fani va texnologiyasi sohasidagi ajoyib ilmiy ishlari uchun mukofoti.
Vautrin Lud xalqaro geografik mukofoti.
San'atning beshta yo'nalishi bo'yicha Yaponiya Imperial mukofotlari: rasm, haykaltaroshlik, arxitektura, musiqa, teatr/kino.
📺Kelajak bashorat qilingan 8 ta ilmiy-fantastik film va multfilmlar roʻyhati
1. “Matritsa”, 1999
2. “Vall-i”, 2008
3. “Qor kechib”, 2013
4. “Intersteller”, 2014
5.“To‘qqiz”, 2009
6. “Ertadan keyin”, 2004
7. “Vaqt”, 2011
8. “Marslik”, 2015
Bizni kuzating
#Qiziqarli_faktlar
⚡Barchamizning kundalik hamrohimizga aylangan ruchka XIX asrda paydo bo‘lgan. Sharikli ruchka uchun birinchi patent bundan 135 yil oldin 1888-yil 30-oktabrda Jon J.Loudga berildi. Loudning ruchkasi rozetkadan ushlab turgan kichik aylanuvchi po‘lat sharga ega edi. U qo‘pol yuzalarni belgilash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lsa-da, xat yozish uchun juda noqulayligi bois muvaffaqiyatsizlikka uchradi va Loudning patenti o‘z kuchini yo‘qotdi.
🖊️XX asrning 30-yillarida vengiriyalik gazeta muhariri Laslo Biro qalamlarni toʻldirish va bulgʻangan sahifalarni tozalash uchun koʻp vaqt sarflaganidan hafsalasi pir boʻlib, gazeta chop etishda ishlatiladigan siyohlar tez qurib, qogʻoz quruq va dogʻsiz qolib ketishini payqadi. U xuddi shu turdagi siyoh yordamida qalam yaratishga qaror qildi. Biro yangi sharikli dizaynlar uchun yopishqoq siyoh formulalarini ishlab chiqish uchun kimyodan foydali bilimga ega bo‘lgan tish shifokori – akasi Dyorjidan yordam so‘radi.
🖊️Biro innovatsiyasi siyohning yopishqoqligini shar-rozetka mexanizmi bilan muvaffaqiyatli birlashtirdi, bu esa siyohning rezervuar ichida quritilishining oldini olish va boshqariladigan oqimga imkon berdi. Biro 1938-yil 15-iyunda Britaniya patentiga ariza berdi. 1941 yilda aka-uka Biro va do‘sti Xuan Xorxe Meyne Germaniyadan qochib, Argentinaga ko‘chib o‘tishdi va u yerda “Argentinaning Biro qalamlari”ni tashkil qilishdi va 1943-yilda yangi patent oldi. Ularning qalami Argentinada “Birome”, Biro va Meyne nomlaridan kelib chiqqan bo‘lib, bu mamlakatda sharikli qalamlar hali-hamon mavjud. Biro patenti va sharikli qalamlarga oid boshqa dastlabki patentlarda ko‘pincha “shartli qalam” atamasi ishlatilgan.
Bizni kuzating
Facebook | Telegram | Web | Instagram
🚀 Kaliforniyalik talabalar «Aftershock II» raketasini 143 kilometr balandlikka uchirishdi — bu havaskorlar orasidagi rekorddir.
Shuningdek, Aftershock II noprofessionallar tomonidan uchirilgan eng tez raketa bo’ldi.
Balandligi 4 metr, og’irligi 150 kilogramm bo’lgan raketaning maksimal tezligi 5797 km/soatga yetdi va oldingi rekord 5449 km/soatni ortda qoldirdi.
Bizni kuzating
🇺🇿Bugun 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!
📆1991-yil 18-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan mamlakat davlat suverenitetining ramzi – bayrog‘imiz tasdiqlangan.
🎉“Innovator” jurnali jamoasi barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan samimiy qutlaydi!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Innovator
🎉Islom Karimov nomidagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prizendenti stipendiyalari sovrindori, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali magistranti, "Innovator" jurnali qahramoni Biybinaz Turemuratova InnoWeek–xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” 2024 koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
✅ Biybinaz oʻz oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish uchun tinimsiz harakat qiladigan qahramonlarimizdan. U oʻz loyihalari bilan qishloq xoʻjaligi sohasidagi muammolarga yechim topib kelmoqda.Jumladan “Soil Sense” loyihasida dala sensorlari yerkoʻrsatkichlarini sifatli monitoring qiladi.Yaʼni uzoq masofadan turib yerning shoʻrligi,namligi va haroratini nazorat qilinadi.
✊"Innovator" jurnali jamoasi ushbu eʼtirof bilan qahramonimiznii samimiy muborakbod etadi!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
🤖 Robot-jarroh faqat videoyozuvlardan oʻrganib, operatsiyani muvaffaqiyatli bajara oldi.
Jons Xopkins universiteti tadqiqotchilari robotni har bir harakatini dasturlashtirmaslikka qaror qilishib, unga shunchaki operatsiya videosini ko’rsatishdi. Robotga ulangan sun’iy intellekt videodagi shifokorlarning barcha harakatlarini 100% aniqlikda nusxaladi.
Nostandart vaziyatlarda esa SI oʻzi vaziyatni tahlil qilib, tezda moslasha oladi. Misol uchun, robot yarani tikayotganida igna qoʻlidan tushib ketsa, uni koʻtarish o’rgatilmagan boʻlsada, avtomatik ravishda uni olib, ishni davom ettiradi
Bizni kuzating
Nikola Tesla ertangi kun haqida
“Faqat kelajakkina har bir insonga mehnatlari va erishgan natijalariga monand haqiqatni gapirib, baho bersin. Hozirning egasi esa ularning o‘zi; uning uchun ishlagan kelajak esa menga tegishli”
Bizni kuzating
⌨️ KLAVIATURA HAQIDA 5 FAKT
1️⃣ Klaviaturadagi QWERTY tartibi 1872-yil Kristofer Sholz tomonidan yozuv mashinkalari uchun yaratilgan. Hozirda matnlar kompyuterda yoziladigan boʻlsa-da, foydalanish uchun oson boʻlgan QWERTY tartibidan haligacha foydalaniladi.
2️⃣ CAPS LOCK tugmasini 2000-yilda Derekt Arnold yaratgan.
3️⃣ Britaniyalik olimlar sinovdan oʻtkazgan 33 ta klaviaturadan 4 tasi salomatlik uchun xavfli darajada koʻp mikrob toʻplagan, 1 tasida esa hatto hojatxonadagidan 5 barobar koʻp mikrob borligi aniqlangan.
4️⃣ Probel (boʻshliq) tugmasi eng koʻp bosiladigan tugmadir. Matn terilayotganda bosilgan klavishlar umumiy sonining 18 foizi probel ulushiga toʻgʻri keladi. Bu tugmani bir vaqtning oʻzida Yer yuzi boʻylab 600 000 kishi bosadi.
5️⃣ Rossiyaning Yekaterinburg shahrida klaviaturaga “haykal” oʻrnatilgan.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
🖼️ Rasmlarni tiniqlashtirib beruvchi InstantIR neyrotarmog’i chiqdi. Shunchaki sifatsiz rasmni yuklab, «InstantIR magic!» tugmasini bosish kifoya — bir necha soniya ichida piksellar yuqori sifatli fotosuratga aylanadi.
Neyrotarmoq juda yaxshi ishlaydi, faqat juda past sifatdagi fotosuratni hayotga qaytarishga uringanda natija kutilgandek bo’lmasligi mumkin. Eng muhimi bepul va hechqanday cheklovlarsiz.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
Bizni kuzating
⚡️Xitoyda haydovchisiz mashinalar endi asfalt yotqizishmoqda: sinovlar doirasida 10 ta mashinadan iborat «to’da» Pekin-Gonkong-Makao avtomobil yo’lining 158 kilometrlik qismini quyishdi.
Ishlab chiquvchilarning aytishicha, bu dunyodagi birinchi bunday loyihadir. Unda 1+3+3+3 sxemasi bo’yicha mashinalar sinxron ishlab, ishni odatdagidan bir necha barobar tezroq bitirishdi. Hozirgi bosqichda hali ham to’liq odamlarsiz qilishni iloji yo’q, lekin yaqin kelajakda ular jarayonni to’liq avtomatlashtirishmoqchi.
Bizni kuzating
#Qiziqarli_faktlar
Ilk soyabon yomgʻirdan himoyalanish uchun foydalanilmagan.
🌧 Birinchi soyabon 1200-yil avval paydo bo‘lgan. Tarixiy ma’lumotlarga asoslangan holda qadimgi Sharq mamlakatlari: Misr, Xindiston va Xitoy birinchi marta quyoshdan himoya qilish vositasi sifatida soyabondan foydalana boshlagan. Qo‘l bola soyabon bambuk, palma barglari va qush patlaridan yasalgan bo‘lib, taxminan og‘irligi 3 kg va tutqichi yarim metr bo‘lgan.
☂ Soyobonni yomg‘irdan himoya maqsadida qo‘llash fikri 18 asrning ikkinchi yarimida Angliyalik ixtirochi Jon Xanveyda tug‘ildi. Uning soyabonining yopqichi brezent matosiga o‘xshash bo‘lib, 4 kg og‘irlikka ega bo‘lgan. Bunday usul ko‘pchilikka manzur bo‘lganidan uni yomg‘irli havoda qo‘llash tezda ommalashadi.
☔️ Nihoyat zamonaviy soyobonni eslatadigan soyabon turi 1850-yilda paydo bo‘ldi. Uni Angliyalik mexanik Samuel Foks temir karkasli, simli, suvga chidamli mustahkam matodan va hassa tutqichli shaklda soyabonni yaratib patentlashga erishadi. Hozir bozor rastalarida soyabonlarning turli xil ko‘rinishlari bor. Yomg‘irga, quyoshga, hatto shamoldan himoya qiladigan soyabonlar mavjud.
Bizni kuzating
Facebook | Telegram | Web | Instagram
XORIJDA O'QISH UCHUN YETAKCHI DASTURLAR
1.Erasmus+ (Yevropa Ittifoqi): Erasmus+ Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan dastur boʻlib, Yevropa davlatlari oʻrtasida talabalar va xodimlarning harakatchanligini qoʻllab-quvvatlaydi.
2. Fulbright Program (Amerika Qo'shma Shtatlari): Fulbright dasturi AQSh hukumati tomonidan homiylik qilinadigan asosiy xalqaro ta'lim almashinuvi dasturidir.
3.DAAD (Germaniya Akademik almashinuv xizmati): DAAD xalqaro talabalar uchun Germaniyada o‘qishga keng ko'lamli stipendiya va grantlarni taklif etadi.
4. AIESEC Exchange Program: AIESEC notijorat tashkilot bo‘lib, yoshlar almashinuv dasturlari va amaliyot o‘tashlariga yordam beradi.
5. ISEP (International Student Exchange Programs): ISEP 50 dan ortiq mamlakatlardagi 300 dan ortiq universitetlardan iborat tarmoq boʻlib, talabalar almashinuvi dasturlarini osonlashtiradi.
Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020🔗
⚡️AQSh'lik talabalar quloqchinlar uchun shovqinli joylarda qulay muloqot qilish imkonini beruvchi «ovoz pufagi» texnologiyasini yaratishdi.
Maxsus algoritm tovush manbalarigacha boʻlgan masofani tahlil qilib, 1-2 metr radiusda barcha tashqi tovushlarni bloklaydi va faqat suhbatdoshlaringizni ovozini qoldiradi.
Hozir loyihani yanada rivojlantirish uchun yigitlar oʻzlarining startaplarini ochishni rejalashtirishmoqda.
Bizni kuzating
#InnoWeek_Innovator
⚡️“Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” shiori ostida 14-16-noyabr kunlari oʻtkazilgan “InnoWeek-2024” haftaligi uchun “Innovator” jurnalining MAXSUS SONI tayyorlandi. Jurnal ikki tilda: oʻzbek va ingliz tillarida chop etildi.
📖Haftalikka tashrif buyuruvchilar qoʻlida “Innovator” jurnalini koʻrish juda maroqli. Ayniqsa, xorijlik mehmonlarning jurnalni diqqat bilan oʻqishi bizni quvontirdi.
🗣"InnoWeek" davomida jurnalga qiziquvchilar soni koʻpaydi. "Innovator" yangidan yangi qahramonlarini topdi. Ular haqida jurnalimizning keyingi sonlarida “gaplashamiz”.
✔️Quyidagi havola orqali jurnalni "varaqlab" ko'ring👉 https://online.pubhtml5.com/mpkfr/kxoj/
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Qiziqarli_faktlar
⚡Suratga olish va telefonda gaplashish imkonini beradigan “aqlli ko‘zoynak”
🕶️ Facebook va Ray-Ban “aqlli ko‘zoynaklar” yaratdi. U suratga olish va telefonda gaplashish imkonini beradi. Ray-Ban Stories ko‘zoynaklari Snapdragon protsessori, linzalarning yoniga o‘rnatilgan ikkita 5 Mp o‘lchamli kameralar, shuningdek, foto va video tugmachalari bilan jihozlangan. Bundan tashqari, mikrofon hamda ovozni chiqarib eshitish moslamasining borligi gadjet bilan bog‘langan smartfon orqali musiqa va qo‘ng‘iroqlarni tinglash imkonini beradi. Videoga olish vaqtida atrofdagilarni yozib olinayotganidan ogohlantiruvchi yonadigan indikator o‘rnatilgan. Ma’lum qilinishicha, o‘rnatilgan xotira 30 soniya davom etadigan 30 ta videorolik yoki 500 ta fotoni saqlashga yetadi. Shuningdek, ularni telefonga saqlab qo‘ysa ham bo‘ladi.
🕶️ Ray-Ban Stories Facebook Assistant’ning ovozli buyruyg‘i asosida ishlaydi. Shuningdek, ko‘zoynak Facebook, Instagram, Twitter va WhatsAppga rasm va videolarni yuborish mumkin bo‘lgan yangi Facebook View ilovasiga ham ulanadi. 1 soat to‘liq quvvatlangan gadjetdan 6 soat davomida foydalansa bo‘ladi. G‘ilof ichiga kiruvchi akkumlyator ko‘zoynakni uch marta quvvatlash imkonini beradi. AQSH, Kanada, Italiya, Avstraliya va Irlandiyada ko‘zoynakning boshlang‘ich narxi 299 dollar bo‘ldi. Qo‘shimcha qilinishicha, ko‘zoynak linzasi, gardishi va rangi turli bo‘lgan 20 xil variantda taqdim qilingan.
Bizni kuzating
Oʻquvchilar oʻrtasida kibersport, dron va robototexnika, kelajak oʻyinlari boʻyicha alohida tanlovlar oʻtkaziladi
Qarorga koʻra, 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta (Prezident, ijod, ixtisoslashgan taʼlim muassasalari) taʼlim tashkilotlarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani nufuzini oshirish va uning rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan yangi tizim joriy etiladi.
Batafsil ⬇️
https://indep.uz/2024/11/19
Rasmiy sahifalarimiz 👇
📷 Instagram | 📒 Facebook | ✈️ Telegram
#Qiziqarli_faktlar
Qalam qachon va qayerda ixtiro qilingan?
⚡Taxminan 500 yil avval Angliyaning Kamberlend shahri konlarida grafit topilgan. Oʻsha paytdan beri grafit qalamlar ishlab chiqarilib kelinmoqda. Germaniyaning Nyurnberg shahrida mashhur Faber oilasi 1760-yildan boshlab grafit kukuni yordamida qalam ishlab chiqarishni boshlagan, ammo bu unchalik muvaffaqiyatli boʻlmagan.
✏️Nihoyat, 1795-yilda ismi-sharifi Kont boʻlgan shaxs grafit va loyning baʼzi turlari aralashmasini pechda pishirish orqali qalam ixtiro qilgan. Bu texnologiya bugungi kunda ham qoʻllanib kelinmoqda.Oddiy qalamlar qogʻozda qoramtir iz qoldiradigan grafitdan yasalgan.
✏️Qalam ishlab chiqarishda quruq grafit kukuni, loy va suv bilan aralashtiriladi.Loy qancha koʻp boʻlsa, qalam shunchalik qattiq boʻladi, grafit koʻproq boʻlganda esa grifel (shifer taxtasiga yozish uchun moʻljallangan tayoq yoki tayoqcha) yumshoqroq boʻladi.Tayyor boʻlgan xamirsimon aralashma qoliplash moslamasi orqali ezilib, ingichka moʻrt iplar hosil qilinadi.
✏️Ular tekislanib, oʻlchamiga koʻra kesiladi, quritiladi va olovda toblash uchun oʻchoqqa yuboriladi. Oldin kedr yoki qaragʻaydan tayyorlab qoʻyilgan yogʻoch choʻp uzunligi boʻylab teng ikkiga boʻlinadi va ichki tarafida grifel uchun ariqcha ochiladi. Unga grifel quyilgach, ikkala palla yopishtiriladi. Choʻp qalam oʻlchamlariga qarab kesiladi va tashqi tomoni silliqlanadi. Bugungi kunda turli sohalar uchun 300 dan ortiq turdagi qalam ishlab chiqarilmoqda.
Bizni kuzating
⚡️Kimyo fani va 3D olam
✔️Oʻz kelajagini tabiiy fan bilan bogʻlamaganlar yaxshi bilishadi: kimyo va biologiya “gumanitarchilar” uchun yechilmaydigan jumboq boʻlib kelgan. Bu fan yo shunchalik murakkab yoki oʻqituvchi unga bizni oshno eta olmagan, degan fikrlar oʻtadi xayolimizdan. Toshkent viloyati “Yoshlar texnoparki” tomonidan “InnoWeek.2024” haftaligida taqdim etilgan VR taʼlim — kimyo fanini virtual asosda oʻrgatish dasturi eʼtiborimizni tortdi.
✔️- Tan olish kerakki, koʻpchilik yoshlarning bu fanga qiziqishi past. Buni ularning laboratoriya sharoitida koʻp ishlamaganligi bilan bogʻlash mumkin. Bu loyiha orqali bugungi kunda jadallik bilan rivojlanib kelayotgan 3D olam tushunchasini ommaga tadbiq qilamiz, — deydi texnopark direktorining oʻrinbosari Azamat Tursunaliyev.
✔️— Bu kimyoviy elementlar qanday reaksiya hosil qilinishi va qanday tusga kirishini amaliy tarzda bajarib koʻrish imkoniyati degani. Ushbu loyiha orqali kimyo fani qiziqarli tarzda oʻtiladi hamda oʻquvchilarni fanga boʻlgan qiziqishlari yanada ortib boradi. Tasavvur qilishga qiynalgan kimyoviy hodisalarni oʻz koʻzlari bilan koʻrib, har bir obyektni qisqacha taʼrifi hamda hususiyatini yoqimli ovoz va chiroyli animatsiya orqali qabul qiladi. Asosiy maqsad shuki, har bir oʻquvchining fanni VR koʻzoynaklar yordamida turli koʻrinishlar va ularni his qilish orqali oʻrganishini taʼminlashdir. Afzalligi, VR koʻzoynaklar orqali virtual hayotda laboratoriya ishlarini oʻz qoʻllari bilan bajarishadi. Bu mutlaqo xavfsiz. Eng muhimi, eksperiment uchun zarur boʻlgan moddalar, reaktivlar zaxirasi tugab qolmaydi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Qiziqarli_faktlar
Zamonaviy kulerning yaratilish tarixi.
💧Akveduk deb nomlangan qurilma qadimgi Rimda vodoprovod tizimining yangi timsoliga aylandi. O‘sha davrdagi quvur (truboprovod) loydan va yog‘ochdan yasalgan. Zamonaviy texnologiya va elektr tokining yo‘qligiga qaramasdan bu qurilma juda ham murakkab gidrotexnik qo‘lbola moslama sanalgan. Akvedukni elektr energiyasidan foydalanmasdan turib ishlatilishi ko‘pchilikni haligacha hayratlantirib kelgan.
💧Faqat 20 asrning boshlarida AQSHda 1906-yili Xelsi Teylor tomonidan birinchi ichimlik favvorasi ixtiro qilindi. Ushbu favvora zamonaviy kuler uchun qo‘llaniladigan suvning ajdodlari sanaladi. Ixtirochining otasi iflos suvdan zararlanishi oqibatida terlama kasalligiga chalinib, olamdan o‘tadi. 1911-yili esa Lyuter Xous toza ichimlik suvini ishlab chiqaradigan kranni patentlashga erishadi. Natijada aholini yuqumli kasalliklardan hamda iflos suvlardan himoyalash maqsadida uni ketma-ket ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.
💧Hozirgi zamonaviy kulerga uning ajdodlarini taqqoslashtiradigan bo‘lsak, ular juda ham oddiy va beso‘naqay ko‘rinishga ega bo‘lgan. Shuningdek, suvni sovitish vazifasini bajarishi uchun katta bo‘lakli muzlar qo‘llanilgan. Muhimi, ushbu vosita orqali toza ichimlik suvini ichish mumkin.
Bizni kuzating
Facebook | Telegram | Web | Instagram
“Innovator” jurnalida faoliyatimiz haqida maqola chiqibdi
E’tibor uchun Innovatsion rivojlanish agentligiga o’z minnatdorchiligimni bildiraman.
Toshkent davlat texnika universiteti Raqamlielektronika va mikroelektronika kafedrasi jamoasi, Ustozlarimiz bilan birgalikda ilmiy, pedogogik faoliyatimiz bilan yoshlarga bilim va motivatsiya berishda davom etamiz.
Amerika ochmagan bo’lsak ham, talabalarimiz bilan nimadirlar qilishga harakat qilyabmiz. Bu albatta o’z natijasini beradi nasib.
@zoir_kenjayev
Garvard talabalarini ruhlantirish uchun qanday gaplar aytilishini bilasizmi?
O‘qing, sizga ham foydasi tegadi!👌
🔹Hozir uxlasang, albatta, orzularingni tushingda ko‘rasan. Agar uyquning o‘rniga o‘qishni tanlasang, orzularingni hayotda ko‘rasan.
🔶Qachonki sen hammasiga juda kech bo‘ldi deb o‘ylasang, aslida hali erta bo‘ladi.
🔹O‘qish azobi — vaqtinchalik. Bilmaslik azobi — abadiy.
🔶O‘qish — bu vaqt sarflash emas. O‘qish — harakat qilish.
🔹Hayot faqat o‘qishdan iborat emas. Hayotning mana shu qismini ham bosib o‘ta olmasang, nimaga ham qodir bo‘la olarding?
🔶Qiyinchilik va tinimsiz harakatdan rohatlan.
🔹Kimki hammasini erta qilsa, o‘zining muvaffaqiyatidan haqqoniy rohatlana oladi.
🔶Hammasiga ulgurish imkoniyati barchaga berilmagan, lekin muvaffaqiyat o‘z ustida ishlovchi va muammolarni tezda hal qiladiganlarga keladi.
🔶Agar sen bugun piyoda yurishni xohlamasang, ertaga yugurishga majbur bo‘lasan.
🔹Kelajagi uchun nimadir qiladigan odam realistdir.
🔸Sening topadigan puling – olgan biliming darajasiga proporsional.
🔷Bugun hech qachon qaytib kelmaydi.
🔷Qiyinchiliklarsiz maqsadga yetib bo‘lmaydi
Bizni kuzating
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Qiziqarli_faktlar
Budilnik qachon va qanday paydo boʻlgan?
🕞 Dastlab, 1787-yilda amerikalik Levi Xatchins tomonidan “birinchi mexanik budilnik” ixtiro qilingan. Biroq, bu budilnikning bitta katta kamchiligi bo‘lgan: u faqat ertalab soat 4:00 da jiringlar edi.1847-yilga kelib fransuz soat ishlab chiqaruvchisi Antuan Rediyer “istalgan vaqtda jiringlaydigan” budilnikni ixtiro qilgan.
⏰ 1927-yilda esa Jorj Jensen ismli muhandis tomonidan “birinchi elektron budilnik” ixtiro qilingan. U aniq va boshqariladigan tebranish yaratish uchun tranzistor va kondensatorlar kabi elektron komponentlardan foydalangan.
Bizni kuzating
#Qiziqarli_faktlar
Biz qaytib koʻrmaydigan yomgʻir chaqiruvchi qurilma...
⚡Istalgan paytda buyruq berib, yomg‘ir chaqirish imkoniyati naqadar zo‘r, to‘g‘rimi? Men shtatida chernika hosiliga tahdid solgan qurg‘oqchilikni oldindan ko‘ra bilgan olim Vilgelm Reyx Cloudbuster deb atalgan ixtirosini taqdim etgan. Uni bemalol “yomg‘ir chaqiruvchi” qurilma, deb tarjima qilish mumkin.
🌧️ Bu mashinaning ish uslubini ilk marta yoritgan Bangor Daily News nashrining xabariga ko‘ra, uni ishga tushirish oldidan ob-havo ma'lumotida yomg‘irdan darak bo‘lmagan. Reyz mashinani ishga tushirganidan bir necha soat o‘tib, osmonni qalin bulutlar qoplagan va 0,64 millimetr yomg‘ir yog‘gan.
⛈️ Reyxning texnologiyasi hukumatning ba'zi bir tashkilotlariga tahdid tug‘dirgandirki, shu sababli uning ishlariga yakun yasalgan, mashinasi tortib olingan. Mashinaning ikkinchi sinovi o‘tkazilmasdan qolgan. Lekin “yomg‘ir chaqiruvchi” uskuna oxirigacha ishlab chiqilganida, dunyo bo‘ylab mahsulot yetishmovchiligi kuzatilmasmidi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Qiziqarli_faktlar
Kundalik hamrohimizga aylangan ajoyib nam salfetkalar qanday ixtiro qilingan?
✅ Nam salfetkalar to‘g‘risidagi tushunchani ingliz ixtirochisi Jon Dikinson bildirgan. Shu tariqa o‘tgan asrning 70-yillaridan boshlab, birinchi nam salfetkalarni Kimberli-Klark kompaniyasi ishlab chiqara boshlagan. Dastlab, nam salfetkalar bolalarni gigenik parvarishlash uchun mo‘ljalangan edi. Biroq birinchi nam salfetkalar bir qator kamchiliklarga ega bo‘lgan: sifat jihatdan ular oddiy qog‘oz salfetkalarni eslatardi. Bakteritsid eritmaga botirilgan bo‘lib, salga yertilib, tezda qurub qolardi. Shuningdek, kerakli darajada yumshoq va mustahkam bo‘lmagan.
✅ Vaqt o‘tishi bilan ishlab chiqaruvchilar salfetkaning sifatini yaxshilash borasida tarkibida o‘rin olgan sellyuloza (sun’iy ipak) dan voz kechishib, sintetik tolallarni (volokna) qo‘llab ko‘rishadi. Ular juda ham yumshoq va namni yaxshi so‘rish xususiyatiga ega bo‘lgan.
✅ Lekin nam salfetkalarning yanada sifatini yaxshilash borasida ishlar hali ham davom etmoqda. Kundan kun uning xususiyatlari ham kengayib kosmetologiya, meditsina, uy anjomlari, ayollar va bolalar dunyosini qamrab olmoqda. Qolaversa, tinib tinchimas olimlar nam salfetkaning yana bitta ajoyib xususiyatini kashf qilishdi. Xalqaro kosmos stansiyalarida ekipajni radiatsiyadan himoya qilish uchun nam salfetkalar eng yaxshi vosita bo‘lar ekan.
Bizni kuzating
Facebook | Telegram | Web | Instagram
QIZLARNI O‘QITSANGIZ...
Bir zal to‘la erkak kirib kelgan ayolning chiroyi, boyligi, nasabi yo lavozimi uchun o‘rnidan turgani yo‘q. U malika ham, dunyo go‘zali ham emasdi.
U birinchi Nobel olgan ayol edi. U poloniy va radiyni kashf qildi. Uning eri, qizi va kuyovi ham Nobel mukofoti laureatlari bo‘ldi.
Bir zal erkak ayoldagi ilm, tajriba, jasorat uchun oyoqqa qalqdi va bosh egdi.
O‘rningizdan turing, madam Mariya Kyuri tashrif buyurdilar!
Tasavvur qiling, sizning qizingiz ham shu darajada. Siz esa uni kuzatib turibsiz...
Bizni kuzating
#Bu_kun
🗣 Nobel mukofati sovrindori Mariya Kyuri tavallud topgan kun.
✅ Mariya Kyuri 1867 yilning 7 noyabrida Varshavada o‘qituvchilar oilasida tug‘ilgan.
✅ Olima radiy (radioaktivlik xossasiga ega bo‘lgan kimyoviy element)ning xususiyatlari bo‘yicha tadqiqot olib borgan va elementni metall shaklida qo‘lga kiritib, xlorid bilan radiyning birikishini ajratib ko‘rsatishga erishadi.
✅ Hech qanday davosi yo‘q hisoblangan saraton kasalligini radioaktiv nurlanish orqali davolash mumkinligini aniqlab, tibbiyot sohasi rivojiga katta hissa qo‘shadi. Olib borgan tadqiqotlari yuqori baholanib, fizika fani bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq topiladi.
✅ Mariya radiy va poloniy (kimyoviy elementlar)ning sof ravishda ajralishi, tabiati va o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish borasida olib borgan ishlari yuzasidan kimyo sohasida Nobel mukofotini yana bir bor qo‘lga kiritishga musharraf bo‘lgan.
✅ Qahramonimizning ilmiy faoliyati ayollarimizning ilm-fandagi o'rnini mustahkamladi. Kyuri Radiy bilan uzoq muddat ishlagani natijasida nurlanish kasalligining qurboni bo'lgan. Uning ilm-fan sohasidagi jasorati tahsinga loyiq. U ilmiy dunyoda ulkan abadiy meros qoldirgan.
Bizni kuzating