📽️Sizga ixtirochilar va ularning hayoti haqida hikoya qiluvchi qiziqarli filmlar roʻyhatini taqdim qilamiz.
“The Social Network” (2010)— Facebook ijtimoiy tarmog‘ining asoschisi Mark Sukerbergning universitet davridagi hayoti va Facebookning yaratilish jarayoni haqida hikoya qiladi.
“Jobs” (2013)—Apple kompaniyasining asoschisi Stiv Jobsning yoshlik yillaridan to kompaniyasining muvaffaqiyatlariga erishishiga qadar bo‘lgan hayoti va mehnatlari haqida hikoya.
“Tesla” (2020)—Nikola Tesla va uning elektr energiyasi sohasidagi inqilobiy ishlari, shuningdek, Tomas Edison bilan bo‘lgan raqobati haqida hikoya qiluvchi biografik film.
“The Current War” (2017)—Tomas Edison va Jorj Vestingxaus o‘rtasidagi elektr energiyasi tizimlari raqobati haqida filmda hikoya qilinadi.
“Pirates of Silicon Valley” (1999)— Microsoft va Apple kompaniyalarining yaratilishi, Bill Geyts va Stiv Jobsning raqobati haqida hikoya.
Bizni kuzating
#Qiziqarli_faktlar
⚡Nikola Tesla – aqlbovar qilmas ixtirolar muallifi. U bugunning ajralmas qismiga aylangan internet, gadjetlar, elektromobillarni qariyb bir yarim asr avval tasavvur qilgan edi. Aytgancha, elektromobillari bilan mashhur Ilon Maskning Tesla kompaniyasi ham aynan shu olimning sharafiga nomlangan.
💡Nikola Tesla – zakovati darajasi bilan o‘z davrining Leonardo da Vinchisi deb nom olgan, misli ko‘rilmagan ixtirolari bois “kelajak odami” deb e’tirof etilgan, o‘zgaruvchan tok ixtirosi bilan “dunyoni yoritgan daho” nomiga loyiq ko‘rilgan. Uning o‘zi ham “bugun uchun emas, kelajak uchun” ixtirolar qilishini ta’kidlagandi. Teslaning nomiga patentlangan, injyeneriya sohasini o‘zgartirgan ixtirolar 300 tadan ko‘proqni tashkil qiladi.
💡Tesla transformatori (Tesla katushkasi) – olimning eng hayratlanarli, bugungi kunda ham ko‘plab shoularda qo‘llaniladigan ixtirosi. Yuqori chastotalarda bosim hosil qiluvchi bu transformatorni Tesla yuqori voltli quvvatlar bilan ishlash uchun yaratgan edi. Katushka juda xavflidek ko‘rinishi barobarida, jozibasi bilan mahliyo ham etgan – transformatordan elektr toki bir necha metrgacha ochiq holda tarqalgan, bu bilan chaqmoqni eslatgan.
Bizni kuzating
#Fotosessiya_jarayoni
📸"Innovator" jurnalining 6-soni qahramoni "Dr. SNAIL" loyihasi asoschisi Dilnoza O‘rinova Instagram sahifasida fotosessiya jarayoni bilan bo‘lishdi!
Bizni kuzating
⚡ Google Kaliforniyada o‘zining birinchi yog‘ochdan qurilgan ofisini ochdi.
Besh qavatli bino butunlay presslangan yog‘ochdan qurilgan va kompaniyaning ta’kidlashicha, po‘lat va beton konstruksiyalarga qaraganda 96% kamroq uglerod izi qoldiradi. 16 954 m² maydonga ega binoda 900 ta xodim ishlaydi.
Bizni kuzating
XORIJDA O'QISH UCHUN YETAKCHI DASTURLAR
1.Erasmus+ (Yevropa Ittifoqi): Erasmus+ Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan dastur boʻlib, Yevropa davlatlari oʻrtasida talabalar va xodimlarning harakatchanligini qoʻllab-quvvatlaydi.
2. Fulbright Program (Amerika Qo'shma Shtatlari): Fulbright dasturi AQSh hukumati tomonidan homiylik qilinadigan asosiy xalqaro ta'lim almashinuvi dasturidir.
3.DAAD (Germaniya Akademik almashinuv xizmati): DAAD xalqaro talabalar uchun Germaniyada o‘qishga keng ko'lamli stipendiya va grantlarni taklif etadi.
4. AIESEC Exchange Program: AIESEC notijorat tashkilot bo‘lib, yoshlar almashinuv dasturlari va amaliyot o‘tashlariga yordam beradi.
5. ISEP (International Student Exchange Programs): ISEP 50 dan ortiq mamlakatlardagi 300 dan ortiq universitetlardan iborat tarmoq boʻlib, talabalar almashinuvi dasturlarini osonlashtiradi.
Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020🔗
⚡️AQSh'lik talabalar quloqchinlar uchun shovqinli joylarda qulay muloqot qilish imkonini beruvchi «ovoz pufagi» texnologiyasini yaratishdi.
Maxsus algoritm tovush manbalarigacha boʻlgan masofani tahlil qilib, 1-2 metr radiusda barcha tashqi tovushlarni bloklaydi va faqat suhbatdoshlaringizni ovozini qoldiradi.
Hozir loyihani yanada rivojlantirish uchun yigitlar oʻzlarining startaplarini ochishni rejalashtirishmoqda.
Bizni kuzating
#InnoWeek_Innovator
⚡️“Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” shiori ostida 14-16-noyabr kunlari oʻtkazilgan “InnoWeek-2024” haftaligi uchun “Innovator” jurnalining MAXSUS SONI tayyorlandi. Jurnal ikki tilda: oʻzbek va ingliz tillarida chop etildi.
📖Haftalikka tashrif buyuruvchilar qoʻlida “Innovator” jurnalini koʻrish juda maroqli. Ayniqsa, xorijlik mehmonlarning jurnalni diqqat bilan oʻqishi bizni quvontirdi.
🗣"InnoWeek" davomida jurnalga qiziquvchilar soni koʻpaydi. "Innovator" yangidan yangi qahramonlarini topdi. Ular haqida jurnalimizning keyingi sonlarida “gaplashamiz”.
✔️Quyidagi havola orqali jurnalni "varaqlab" ko'ring👉 https://online.pubhtml5.com/mpkfr/kxoj/
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Qiziqarli_faktlar
⚡Suratga olish va telefonda gaplashish imkonini beradigan “aqlli ko‘zoynak”
🕶️ Facebook va Ray-Ban “aqlli ko‘zoynaklar” yaratdi. U suratga olish va telefonda gaplashish imkonini beradi. Ray-Ban Stories ko‘zoynaklari Snapdragon protsessori, linzalarning yoniga o‘rnatilgan ikkita 5 Mp o‘lchamli kameralar, shuningdek, foto va video tugmachalari bilan jihozlangan. Bundan tashqari, mikrofon hamda ovozni chiqarib eshitish moslamasining borligi gadjet bilan bog‘langan smartfon orqali musiqa va qo‘ng‘iroqlarni tinglash imkonini beradi. Videoga olish vaqtida atrofdagilarni yozib olinayotganidan ogohlantiruvchi yonadigan indikator o‘rnatilgan. Ma’lum qilinishicha, o‘rnatilgan xotira 30 soniya davom etadigan 30 ta videorolik yoki 500 ta fotoni saqlashga yetadi. Shuningdek, ularni telefonga saqlab qo‘ysa ham bo‘ladi.
🕶️ Ray-Ban Stories Facebook Assistant’ning ovozli buyruyg‘i asosida ishlaydi. Shuningdek, ko‘zoynak Facebook, Instagram, Twitter va WhatsAppga rasm va videolarni yuborish mumkin bo‘lgan yangi Facebook View ilovasiga ham ulanadi. 1 soat to‘liq quvvatlangan gadjetdan 6 soat davomida foydalansa bo‘ladi. G‘ilof ichiga kiruvchi akkumlyator ko‘zoynakni uch marta quvvatlash imkonini beradi. AQSH, Kanada, Italiya, Avstraliya va Irlandiyada ko‘zoynakning boshlang‘ich narxi 299 dollar bo‘ldi. Qo‘shimcha qilinishicha, ko‘zoynak linzasi, gardishi va rangi turli bo‘lgan 20 xil variantda taqdim qilingan.
Bizni kuzating
Oʻquvchilar oʻrtasida kibersport, dron va robototexnika, kelajak oʻyinlari boʻyicha alohida tanlovlar oʻtkaziladi
Qarorga koʻra, 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta (Prezident, ijod, ixtisoslashgan taʼlim muassasalari) taʼlim tashkilotlarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani nufuzini oshirish va uning rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan yangi tizim joriy etiladi.
Batafsil ⬇️
https://indep.uz/2024/11/19
Rasmiy sahifalarimiz 👇
📷 Instagram | 📒 Facebook | ✈️ Telegram
#Qiziqarli_faktlar
Qalam qachon va qayerda ixtiro qilingan?
⚡Taxminan 500 yil avval Angliyaning Kamberlend shahri konlarida grafit topilgan. Oʻsha paytdan beri grafit qalamlar ishlab chiqarilib kelinmoqda. Germaniyaning Nyurnberg shahrida mashhur Faber oilasi 1760-yildan boshlab grafit kukuni yordamida qalam ishlab chiqarishni boshlagan, ammo bu unchalik muvaffaqiyatli boʻlmagan.
✏️Nihoyat, 1795-yilda ismi-sharifi Kont boʻlgan shaxs grafit va loyning baʼzi turlari aralashmasini pechda pishirish orqali qalam ixtiro qilgan. Bu texnologiya bugungi kunda ham qoʻllanib kelinmoqda.Oddiy qalamlar qogʻozda qoramtir iz qoldiradigan grafitdan yasalgan.
✏️Qalam ishlab chiqarishda quruq grafit kukuni, loy va suv bilan aralashtiriladi.Loy qancha koʻp boʻlsa, qalam shunchalik qattiq boʻladi, grafit koʻproq boʻlganda esa grifel (shifer taxtasiga yozish uchun moʻljallangan tayoq yoki tayoqcha) yumshoqroq boʻladi.Tayyor boʻlgan xamirsimon aralashma qoliplash moslamasi orqali ezilib, ingichka moʻrt iplar hosil qilinadi.
✏️Ular tekislanib, oʻlchamiga koʻra kesiladi, quritiladi va olovda toblash uchun oʻchoqqa yuboriladi. Oldin kedr yoki qaragʻaydan tayyorlab qoʻyilgan yogʻoch choʻp uzunligi boʻylab teng ikkiga boʻlinadi va ichki tarafida grifel uchun ariqcha ochiladi. Unga grifel quyilgach, ikkala palla yopishtiriladi. Choʻp qalam oʻlchamlariga qarab kesiladi va tashqi tomoni silliqlanadi. Bugungi kunda turli sohalar uchun 300 dan ortiq turdagi qalam ishlab chiqarilmoqda.
Bizni kuzating
⚡️Kimyo fani va 3D olam
✔️Oʻz kelajagini tabiiy fan bilan bogʻlamaganlar yaxshi bilishadi: kimyo va biologiya “gumanitarchilar” uchun yechilmaydigan jumboq boʻlib kelgan. Bu fan yo shunchalik murakkab yoki oʻqituvchi unga bizni oshno eta olmagan, degan fikrlar oʻtadi xayolimizdan. Toshkent viloyati “Yoshlar texnoparki” tomonidan “InnoWeek.2024” haftaligida taqdim etilgan VR taʼlim — kimyo fanini virtual asosda oʻrgatish dasturi eʼtiborimizni tortdi.
✔️- Tan olish kerakki, koʻpchilik yoshlarning bu fanga qiziqishi past. Buni ularning laboratoriya sharoitida koʻp ishlamaganligi bilan bogʻlash mumkin. Bu loyiha orqali bugungi kunda jadallik bilan rivojlanib kelayotgan 3D olam tushunchasini ommaga tadbiq qilamiz, — deydi texnopark direktorining oʻrinbosari Azamat Tursunaliyev.
✔️— Bu kimyoviy elementlar qanday reaksiya hosil qilinishi va qanday tusga kirishini amaliy tarzda bajarib koʻrish imkoniyati degani. Ushbu loyiha orqali kimyo fani qiziqarli tarzda oʻtiladi hamda oʻquvchilarni fanga boʻlgan qiziqishlari yanada ortib boradi. Tasavvur qilishga qiynalgan kimyoviy hodisalarni oʻz koʻzlari bilan koʻrib, har bir obyektni qisqacha taʼrifi hamda hususiyatini yoqimli ovoz va chiroyli animatsiya orqali qabul qiladi. Asosiy maqsad shuki, har bir oʻquvchining fanni VR koʻzoynaklar yordamida turli koʻrinishlar va ularni his qilish orqali oʻrganishini taʼminlashdir. Afzalligi, VR koʻzoynaklar orqali virtual hayotda laboratoriya ishlarini oʻz qoʻllari bilan bajarishadi. Bu mutlaqo xavfsiz. Eng muhimi, eksperiment uchun zarur boʻlgan moddalar, reaktivlar zaxirasi tugab qolmaydi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Qiziqarli_faktlar
Zamonaviy kulerning yaratilish tarixi.
💧Akveduk deb nomlangan qurilma qadimgi Rimda vodoprovod tizimining yangi timsoliga aylandi. O‘sha davrdagi quvur (truboprovod) loydan va yog‘ochdan yasalgan. Zamonaviy texnologiya va elektr tokining yo‘qligiga qaramasdan bu qurilma juda ham murakkab gidrotexnik qo‘lbola moslama sanalgan. Akvedukni elektr energiyasidan foydalanmasdan turib ishlatilishi ko‘pchilikni haligacha hayratlantirib kelgan.
💧Faqat 20 asrning boshlarida AQSHda 1906-yili Xelsi Teylor tomonidan birinchi ichimlik favvorasi ixtiro qilindi. Ushbu favvora zamonaviy kuler uchun qo‘llaniladigan suvning ajdodlari sanaladi. Ixtirochining otasi iflos suvdan zararlanishi oqibatida terlama kasalligiga chalinib, olamdan o‘tadi. 1911-yili esa Lyuter Xous toza ichimlik suvini ishlab chiqaradigan kranni patentlashga erishadi. Natijada aholini yuqumli kasalliklardan hamda iflos suvlardan himoyalash maqsadida uni ketma-ket ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.
💧Hozirgi zamonaviy kulerga uning ajdodlarini taqqoslashtiradigan bo‘lsak, ular juda ham oddiy va beso‘naqay ko‘rinishga ega bo‘lgan. Shuningdek, suvni sovitish vazifasini bajarishi uchun katta bo‘lakli muzlar qo‘llanilgan. Muhimi, ushbu vosita orqali toza ichimlik suvini ichish mumkin.
Bizni kuzating
Facebook | Telegram | Web | Instagram
“Innovator” jurnalida faoliyatimiz haqida maqola chiqibdi
E’tibor uchun Innovatsion rivojlanish agentligiga o’z minnatdorchiligimni bildiraman.
Toshkent davlat texnika universiteti Raqamlielektronika va mikroelektronika kafedrasi jamoasi, Ustozlarimiz bilan birgalikda ilmiy, pedogogik faoliyatimiz bilan yoshlarga bilim va motivatsiya berishda davom etamiz.
Amerika ochmagan bo’lsak ham, talabalarimiz bilan nimadirlar qilishga harakat qilyabmiz. Bu albatta o’z natijasini beradi nasib.
@zoir_kenjayev
Garvard talabalarini ruhlantirish uchun qanday gaplar aytilishini bilasizmi?
O‘qing, sizga ham foydasi tegadi!👌
🔹Hozir uxlasang, albatta, orzularingni tushingda ko‘rasan. Agar uyquning o‘rniga o‘qishni tanlasang, orzularingni hayotda ko‘rasan.
🔶Qachonki sen hammasiga juda kech bo‘ldi deb o‘ylasang, aslida hali erta bo‘ladi.
🔹O‘qish azobi — vaqtinchalik. Bilmaslik azobi — abadiy.
🔶O‘qish — bu vaqt sarflash emas. O‘qish — harakat qilish.
🔹Hayot faqat o‘qishdan iborat emas. Hayotning mana shu qismini ham bosib o‘ta olmasang, nimaga ham qodir bo‘la olarding?
🔶Qiyinchilik va tinimsiz harakatdan rohatlan.
🔹Kimki hammasini erta qilsa, o‘zining muvaffaqiyatidan haqqoniy rohatlana oladi.
🔶Hammasiga ulgurish imkoniyati barchaga berilmagan, lekin muvaffaqiyat o‘z ustida ishlovchi va muammolarni tezda hal qiladiganlarga keladi.
🔶Agar sen bugun piyoda yurishni xohlamasang, ertaga yugurishga majbur bo‘lasan.
🔹Kelajagi uchun nimadir qiladigan odam realistdir.
🔸Sening topadigan puling – olgan biliming darajasiga proporsional.
🔷Bugun hech qachon qaytib kelmaydi.
🔷Qiyinchiliklarsiz maqsadga yetib bo‘lmaydi
Bizni kuzating
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Qiziqarli_faktlar
Budilnik qachon va qanday paydo boʻlgan?
🕞 Dastlab, 1787-yilda amerikalik Levi Xatchins tomonidan “birinchi mexanik budilnik” ixtiro qilingan. Biroq, bu budilnikning bitta katta kamchiligi bo‘lgan: u faqat ertalab soat 4:00 da jiringlar edi.1847-yilga kelib fransuz soat ishlab chiqaruvchisi Antuan Rediyer “istalgan vaqtda jiringlaydigan” budilnikni ixtiro qilgan.
⏰ 1927-yilda esa Jorj Jensen ismli muhandis tomonidan “birinchi elektron budilnik” ixtiro qilingan. U aniq va boshqariladigan tebranish yaratish uchun tranzistor va kondensatorlar kabi elektron komponentlardan foydalangan.
Bizni kuzating
Deraza tokchasidan boshlangan kichik biznesning katta daromadi
Uyda o‘tirgan ayolning har uchinchisi daromadga ega bo‘lishni istaydi. Pul topishni deraza tokchasidan boshlash mumkinligini esa ularning ko‘pchiligi o‘ylab ham ko‘rmagan. Nukuslik Gulzarxan Toreniyazova mijozlari eshik tagida tiziladigan biznes g‘oya bilan bo‘lishishga tayyor. Ish boshlash uchun esa yelim konteyner, tuproq, suv puflagich va urug‘lar bo‘lsa kifoya.
Maqolani uyda o‘tirgan holda daromad qilish istagida yurgan tanishlaringiz bilan bo‘lishishni unutmang.
Bizni kuzating
🤖 Figure startapi BMW zavodlarida avtomobillarni yigʻishga yordam beradigan robotlar sinovlarini koʻrsatdi.
Ularning aytishicha, birinchi prototiplarga nisbatan ular 4 barobar tezroq va 7 barobar aniqroq ishlaydigan boʻlishgan.
BMW zavodlarida ushbu robotlar 2025-yildan ishlashni boshlashadi. Aytgancha, startapga BMW dan tashqari yana OpenAI, Nvidia, Microsoft va Amazon kompaniyalari ham sarmoya kiritishgan: hozir startap 2,6 milliard dollarga baholanmoqda.
Bizni kuzating
⚡Agar siz mashhur ixtirochilarning hayoti va ijodi va ularning ixtirolari haqida ko‘proq ma’lumot bilishni xohlasangiz sizga ushbu kitoblarni tavsiya qilamiz.
1.“My Inventions” – Nikola Tesla.📘
2.“Edison: A Biography” – Tomas Edison.📘
3.“Relativity: The Special and the General Theory” – Albert Eynshteyn.📘
4.“Principia Mathematica” – Isaac Newton.📘
5. “Alfred Nobel: A Biography” – Alfred Nobel.📘
Bizni kuzating
🤖 Janubiy Koreyada ishchi kuchining 10% dan ortigʻini robotlar tashkil etmoqda. Bu ko’rsatkich boʻyicha mamlakat jahonda yetakchiga aylandi.
Tahlilchilarning fikricha, har 10 ming xodimga 1012 ta sanoat roboti toʻgʻri keladi va har yili ularning soni oʻrtacha 5% ga o’smoqda.
Bizni kuzating
⚡Sizga dunyodagi zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar haqida yozilgan,va ularni hayotga hayotga tadbiq qilishdagi qiyinchiliklar va yutuqlar haqidagi mashhur “Bestseller” kitoblar ro‘yhatini taqdim qilamiz
1.“The Innovator’s Dilemma” – Clayton M. Christensen 📘
2.“How Innovation Works” – Matt Ridley📘
3.“The Future is Faster Than You Think” – Peter H. Diamandis & Steven Kotler.📘
4.“The Fourth Industrial Revolution” – Klaus Schwab.📘
5. “Innovate or Die” – Jack Matson📘
Bizni kuzating
#qiziqarli_malumot
‼️Nobel mukofotiga tenglashtiriluvchi boshqa soha mukofotlari
Pritsker mukofoti - Oʻzining innovatsion gʻoyalari va binolari bilan arxitektura sanʼatiga katta hissa qoʻshgan meʼmorga beriladi.
Tyuring mukofoti - Hisoblash hamjamiyatiga kuchli va doimiy ta'sir ko'rsatgan shaxsiy, alohida ilmiy va texnik hissasi uchun
Goldman mukofoti - ko'pincha sog'liq yoki hayotga xavf tug'diradigan tabiiy muhitni muhofaza qilish va yaxshilashga qo'shgan shaxsiy hissasi uchun
Den Devid mukofoti - fan, texnologiya, madaniyat yoki ijtimoiy farovonlikka qo'shgan ulkan hissasi uchun mukofotlanadi.
Abel mukofoti - Zamonamizning taniqli matematiklariga beriladi.
Balzan mukofoti - fan va madaniyatdagi eng yuqori yutuqlari uchun.
Ernst fon Siemens mukofoti - musiqa olamiga katta hissa qo‘shgan bastakor, ijrochi yoki musiqashunosga beriladi.
"To'g'ri turmush tarzi uchun" mukofoti - zamonamizning eng dolzarb muammolariga amaliy va namunali javoblar, shaxsiy jasorat va ijtimoiy o'zgarishlar uchun
Kioto mukofoti - texnologiya, san'at, falsafa va asosiy fanlar bo'yicha.
"Global energiya" - energetikani rivojlantirishda yangi imkoniyatlarni taqdim etadigan va butun insoniyatga foyda keltiradigan ajoyib ilmiy yutuqlar va ixtirolar uchun.
Fields mukofoti - matematika sohasidagi yutuqlari uchun.
Gauss mukofoti - boshqa fanlardagi kashfiyotlar orqali matematikaga qo'shgan ulkan hissasi uchun.
Nevanlinna mukofoti - informatikaning matematik jihatlaridagi yirik yutuqlari uchun.
Crafoord mukofoti - astronomiya va matematika, biologiya fanlari va yer haqidagi fanlarga qo'shgan hissasi uchun.
Shao mukofoti - astronomiya, matematika va tibbiyot yoki hayot haqidagi fanlarga qo'shgan hissasi uchun.
Dekart mukofoti - fan va texnika sohasidagi ulkan yutuqlar uchun.
M.V. Lomonosov nomidagi oltin medal - Rossiya Fanlar akademiyasining oliy mukofoti.
D.I. Mendeleev nomidagi oltin medal - Rossiya Fanlar akademiyasining kimyo fani va texnologiyasi sohasidagi ajoyib ilmiy ishlari uchun mukofoti.
Vautrin Lud xalqaro geografik mukofoti.
San'atning beshta yo'nalishi bo'yicha Yaponiya Imperial mukofotlari: rasm, haykaltaroshlik, arxitektura, musiqa, teatr/kino.
📺Kelajak bashorat qilingan 8 ta ilmiy-fantastik film va multfilmlar roʻyhati
1. “Matritsa”, 1999
2. “Vall-i”, 2008
3. “Qor kechib”, 2013
4. “Intersteller”, 2014
5.“To‘qqiz”, 2009
6. “Ertadan keyin”, 2004
7. “Vaqt”, 2011
8. “Marslik”, 2015
Bizni kuzating
#Qiziqarli_faktlar
⚡Barchamizning kundalik hamrohimizga aylangan ruchka XIX asrda paydo bo‘lgan. Sharikli ruchka uchun birinchi patent bundan 135 yil oldin 1888-yil 30-oktabrda Jon J.Loudga berildi. Loudning ruchkasi rozetkadan ushlab turgan kichik aylanuvchi po‘lat sharga ega edi. U qo‘pol yuzalarni belgilash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lsa-da, xat yozish uchun juda noqulayligi bois muvaffaqiyatsizlikka uchradi va Loudning patenti o‘z kuchini yo‘qotdi.
🖊️XX asrning 30-yillarida vengiriyalik gazeta muhariri Laslo Biro qalamlarni toʻldirish va bulgʻangan sahifalarni tozalash uchun koʻp vaqt sarflaganidan hafsalasi pir boʻlib, gazeta chop etishda ishlatiladigan siyohlar tez qurib, qogʻoz quruq va dogʻsiz qolib ketishini payqadi. U xuddi shu turdagi siyoh yordamida qalam yaratishga qaror qildi. Biro yangi sharikli dizaynlar uchun yopishqoq siyoh formulalarini ishlab chiqish uchun kimyodan foydali bilimga ega bo‘lgan tish shifokori – akasi Dyorjidan yordam so‘radi.
🖊️Biro innovatsiyasi siyohning yopishqoqligini shar-rozetka mexanizmi bilan muvaffaqiyatli birlashtirdi, bu esa siyohning rezervuar ichida quritilishining oldini olish va boshqariladigan oqimga imkon berdi. Biro 1938-yil 15-iyunda Britaniya patentiga ariza berdi. 1941 yilda aka-uka Biro va do‘sti Xuan Xorxe Meyne Germaniyadan qochib, Argentinaga ko‘chib o‘tishdi va u yerda “Argentinaning Biro qalamlari”ni tashkil qilishdi va 1943-yilda yangi patent oldi. Ularning qalami Argentinada “Birome”, Biro va Meyne nomlaridan kelib chiqqan bo‘lib, bu mamlakatda sharikli qalamlar hali-hamon mavjud. Biro patenti va sharikli qalamlarga oid boshqa dastlabki patentlarda ko‘pincha “shartli qalam” atamasi ishlatilgan.
Bizni kuzating
Facebook | Telegram | Web | Instagram
🚀 Kaliforniyalik talabalar «Aftershock II» raketasini 143 kilometr balandlikka uchirishdi — bu havaskorlar orasidagi rekorddir.
Shuningdek, Aftershock II noprofessionallar tomonidan uchirilgan eng tez raketa bo’ldi.
Balandligi 4 metr, og’irligi 150 kilogramm bo’lgan raketaning maksimal tezligi 5797 km/soatga yetdi va oldingi rekord 5449 km/soatni ortda qoldirdi.
Bizni kuzating
🇺🇿Bugun 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!
📆1991-yil 18-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan mamlakat davlat suverenitetining ramzi – bayrog‘imiz tasdiqlangan.
🎉“Innovator” jurnali jamoasi barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan samimiy qutlaydi!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Innovator
🎉Islom Karimov nomidagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prizendenti stipendiyalari sovrindori, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali magistranti, "Innovator" jurnali qahramoni Biybinaz Turemuratova InnoWeek–xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” 2024 koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
✅ Biybinaz oʻz oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish uchun tinimsiz harakat qiladigan qahramonlarimizdan. U oʻz loyihalari bilan qishloq xoʻjaligi sohasidagi muammolarga yechim topib kelmoqda.Jumladan “Soil Sense” loyihasida dala sensorlari yerkoʻrsatkichlarini sifatli monitoring qiladi.Yaʼni uzoq masofadan turib yerning shoʻrligi,namligi va haroratini nazorat qilinadi.
✊"Innovator" jurnali jamoasi ushbu eʼtirof bilan qahramonimiznii samimiy muborakbod etadi!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
🤖 Robot-jarroh faqat videoyozuvlardan oʻrganib, operatsiyani muvaffaqiyatli bajara oldi.
Jons Xopkins universiteti tadqiqotchilari robotni har bir harakatini dasturlashtirmaslikka qaror qilishib, unga shunchaki operatsiya videosini ko’rsatishdi. Robotga ulangan sun’iy intellekt videodagi shifokorlarning barcha harakatlarini 100% aniqlikda nusxaladi.
Nostandart vaziyatlarda esa SI oʻzi vaziyatni tahlil qilib, tezda moslasha oladi. Misol uchun, robot yarani tikayotganida igna qoʻlidan tushib ketsa, uni koʻtarish o’rgatilmagan boʻlsada, avtomatik ravishda uni olib, ishni davom ettiradi
Bizni kuzating
Nikola Tesla ertangi kun haqida
“Faqat kelajakkina har bir insonga mehnatlari va erishgan natijalariga monand haqiqatni gapirib, baho bersin. Hozirning egasi esa ularning o‘zi; uning uchun ishlagan kelajak esa menga tegishli”
Bizni kuzating
⌨️ KLAVIATURA HAQIDA 5 FAKT
1️⃣ Klaviaturadagi QWERTY tartibi 1872-yil Kristofer Sholz tomonidan yozuv mashinkalari uchun yaratilgan. Hozirda matnlar kompyuterda yoziladigan boʻlsa-da, foydalanish uchun oson boʻlgan QWERTY tartibidan haligacha foydalaniladi.
2️⃣ CAPS LOCK tugmasini 2000-yilda Derekt Arnold yaratgan.
3️⃣ Britaniyalik olimlar sinovdan oʻtkazgan 33 ta klaviaturadan 4 tasi salomatlik uchun xavfli darajada koʻp mikrob toʻplagan, 1 tasida esa hatto hojatxonadagidan 5 barobar koʻp mikrob borligi aniqlangan.
4️⃣ Probel (boʻshliq) tugmasi eng koʻp bosiladigan tugmadir. Matn terilayotganda bosilgan klavishlar umumiy sonining 18 foizi probel ulushiga toʻgʻri keladi. Bu tugmani bir vaqtning oʻzida Yer yuzi boʻylab 600 000 kishi bosadi.
5️⃣ Rossiyaning Yekaterinburg shahrida klaviaturaga “haykal” oʻrnatilgan.
Facebook | Telegram | Web | Instagram