Tasvirlarda ko‘rayotganingiz Xorazm viloyatining Gurlan tumanida joylashgan yer osti suvlarini filtrlab toza ichimlik suviga aylantiruvchi kompleks.
Yodingizda bo‘lsa avvalroq Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ bilan hamkorlikda respublikamiz hududlaridagi ichimlik suvi tanqis bo‘lgan innovatsion tumanlar mahallalarida yer osti suvlarini filtrlovchi jami 26 ta qurilma o‘rnatilishi bo‘yicha loyiha amalga oshirilayotgani haqida yozgandik.
2024-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlari innovatsion tumanlaridagi aholi punktlarida jami 12 ta toza ichimlik suvi kompleksi barpo etildi va foydalanish uchun topshirildi. Qolgan 14 ta punktda esa ishlar 80 foizga yakunlangan va ular ham tez orada ishga tushiriladi.
Eʼtiborli jihati mazkur loyiha to‘liq yakuniga yetkazilgach ichimlik suvi tanqis bo‘lgan hududlardagi 65 mingdan ortiq aholini toza ichimlik suvi bilan ta‘minlash imkoniyati paydo bo‘ladi.
Bizni kuzating
📚Kutubxona so'zini eshitsangiz ko'z oldingizga nimalar keladi🧐? Zerikarli xonalar, vaqt o'tishi bilan eskirgan kitoblar bilan qoplangan changli javonlarni tasavvur qilarsiz, balki😉 Biz ma'lumot bermoqchi bo'lganimiz navbatdagi zamonaviy kutubxona Qatar Milliy kutubxonasidir.
✅Qatar Milliy kutubxonasi Gollandiyaning firmalari tomonidan ishlab chiqilgan maxsus va ko'zni quvontiradigan daraja ajoyib dizaynga ega bo'lib, 45,000 kvadrat metr maydonni egallagan. O'tmish va xozirni birlashtirib turuvchi vosita sanalgan ushbu jamoat kutubxonasi o'zida milliondan ortiq kitoblarni jam qilibgina qolmay, kitobxonlarga 500,000 dan ortiq elektron qo'llanmalarni ham taklif qiladi.
✅Kutubxona qurish loyihasi 2012-yil 19-noyabrda e'lon qilingan va 2018-yil 20-martda Milliy kutubxona maqomi berilgan.
Bizni kuzating
#Jurnal_sahifalaridan
Yosh olimlarning maqsadi xalqimiz og‘irini yengil qilishdir. Bugun shunday vatanparvar yosh olim bilan suhbatlasharkanman, uning g‘oyalarga to‘laligi, biror yangilik yaratishga bo‘lgan katta ishtiyoqi meni quvontirdi. U ko‘plab loyihalar ustida ishlagan. Ularning aksariyati amaliyotga joriy etilgan. Jurnalimizning bu galgi qahramoni olim Qudratbek Mahammadjonov Farg‘ona politexnika institutining Elektr ta’minoti yo‘nalishi 1-bosqich
magistranti hamda Farg‘ona politexnika institutining “Yoshlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish” bo‘limi mutaxassisi bilan ayni shu haqda suhbatlashdik.
📌Batafsil INNOVATOR jurnalining 5-sonida tanishing!👇👇👇
https://pubhtml5.com/pnoyg/jcln/
Bizni kuzating
Facebook | Telegram | Web | Instagram
📣📣📣DIQQAT E’LON!
🗣Assalomu alaykum, hurmatli INNOVATORLAR!
👉2022-yili “Innovator” jurnali Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tashabbusi bilan vazirlik huzuridagi “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi”da qoshida tashkil etilgandi.
⚡️Shu yildan e’tiboran jurnal Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markaziga o‘tkazildi.
🗓Joriy yili 25 DEKABR KUNI SOAT 10:00 da “INNOVATOR” JURNALINING 3 YILLIGIGA bag‘ishlangan tadbir tashkillashtirilmoqda.
💪Tadbir davomida “Innovator”ning uch yillik sarhisobi va uning qahramonlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
⚡️2025-yili “Innovator” jurnalini yanada rivojlantirish uchun nimalar qilish va qanday yo‘l tutish kerakligi bo‘yicha fikr va mulohazalaringiz biz uchun muhim.
✅Sizlardan ham takliflar kutib qolamiz!
👋Tadbirda barcha jurnalimizga qiziquvchi va jurnalimiz qahramoni bo‘lgan va bo‘lish istagidagi yoshlarni kutib qolamiz.
😊Iloji bo‘lsa, e’lonimizni bizga qiziquvchi yoshlarga tarqatsangiz xursand bo‘lar edik!
📍Manzil: Innovatsion rivojlanish agentligi binosi.
Bizni kuzating
#yangi_son
📣📣📣Ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop “INNOVATOR” jurnalining 6-soni “C.A.T. Science Accelerator” dasturiga bag‘ishlanadi!
🍎Olma po‘chog‘idan pektin moddasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan innovator.
🍞Endi topinamburdan non tayyorlanadi.
👞“Lucky Step” loyihasi asosida ekodiabetik poyabzallar.
🥬 Mikrokoʻkat yetishtirish – katta resurssiz biznes gʻoya.
🗣“Biocentric” anʼanaviy plastik oʻrnini bosa oladi.
🎥 Jurnal muqovasi uchun video jarayon! Suratda “Dr.Snails” loyihasi asoschisi Dilnoza O‘RINOVA!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
🧑🎓Sizga dunyodagi texnika sohasiga ixtisoslashgan nufuzli universitetlar roʻyxatini taqdim qilamiz. Ushbu universitetlar muhandislik, texnologiya va ilmiy tadqiqotlar boʻyicha mashhur hisoblanadi.
1.Massachusetts Institute of Technology— Dunyoning yetakchi texnika universiteti.
2.Stanford University— Texnologiya va muhandislik sohasidagi yetakchi dasturlari bilan mashhur universitet.
3.California Institute of Technology (Caltech)—Ilmiy tadqiqotlar va muhandislikda ilgʻor unversitet.
4.Georgia Institute of Technology (Georgia Tech)— Kompyuter texnologiyalari va muhandislik boʻyicha yetakchi universitet.
5.Swiss Federal Institute of Technology Zurich (ETH Zurich)—Yevropadagi eng nufuzli texnika universiteti.
6.National University of Singapore (NUS)— Janubi-Sharqiy Osiyoda texnologiya boʻyicha ilgʻor universitet.
7.Tokyo Institute of Technology (Tokyo Tech)—Texnologiya va muhandislik boʻyicha mashhur universitet.
Bizni kuzating
🟢 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun
✅ "Yangi tahrirdagi Konstitutsiya bizga inson huquqlari, demokratiya, erkinlik, barqarorlik, tenglik va taraqqiyot tamoyillariga asoslangan huquqiy va adolatli davlat qurish yo‘llarini keng ochib berdi".
🖼️ Krea AI to’g’ridan-toʻgʻri brauzerda ishlaydigan yangi tasvir muharririni namoyish etdi.
Asosiy xususiyatlari:
– tasvirni kengaytirish;
– kadrning istalgan qismiga yangi elementlarni qoʻshish;
– obyektlar joylashuvini oʻzgartirish;
– boshqa rasm bilan aralashtirish.
Hozircha Krea Edit yopiq beta-test rejimida ishlamoqda. Sinab ko’rish uchun dasturchilarga twitterda yozish kifoya.
Bizni kuzating
🚆 Saudiya Arabistonida dunyodagi eng uzun haydovchisiz metro ishga tushirildi — u mamlakat poytaxti Ar-Riyodni qamrab oluvchi 176 km masofa, 85 bekat va olti liniyadan iborat.
Tizimda Germaniyaning Siemens, Kanadaning Bombardier va Fransiyaning Alstom kompaniyalarining toʻliq haydovchisiz 183 ta poyezdi harakatlanadi, loyiha qiymati 35 milliard dollarni tashkil etdi.
Bizni kuzating
#grant #ilmiy
Xalqaro ilmiy grantlarni muvaffaqiyatli yutib chiqishning siri nimada?
Xalqaro darajadagi ilmiy grantlarni muvaffaqiyatli yutib chiqishda e'tibor beriladigan bir nechta muhim jihatlar:
Maqsadlarni tushunish va belgilash:
Grantni yutishning asosiy jihati, maqsadlarni aniq tushunish va belgilashdir. Har bir grantning o'ziga xos maqsadlari va ko'rsatgichlari bo'ladi. Bu maqsadlarni tushunib, proyekt yoki loyiha rejasini to'g'ri va konsistent ko'rsatish juda muhimdir.
Tajriba va yutib chiqish uchun yaxshi tayyorgarlik:
Xalqaro grantlar odatda kuchli murabbiylar yoki komissiyalar tomonidan baholangan savollarga javob berishni talab qiladi. Muvaffaqiyatli yutib chiqish uchun, ishtirokchilar o'zlarining tajribalarini va qobiliyatlarini yaxshi ko'rsatishlari kerak
🛰️ Tez orada sayyora bilan kosmosdan selfi olish mumkin boʻladi. Buning uchun NASAning sobiq muhandisi butun bir sun’iy yo’ldoshni uchirishga qaror qildi.
Sun’iy yoʻldoshga suratlarni koʻrsatish uchun smartfon va suratga oladigan kamera oʻrnatilgan. Barchasi quyosh batareyasida ishlaydi.
Kosmik selfiga tushish uchun Google Pixel egasi boʻlish yoki 30 dollar xayriya qilish kerak. Sunʼiy yoʻldoshning uchirilishi 2025-yilning yanvariga rejalashtirilgan.
Bizni kuzating
🏬 Albaniya poytaxti Tiranada oʻnlab kichik uylardan yigʻilganga oʻxshash, turar-joy majmuasini qurishmoqchi.
Binoning pastki qismida yer osti avtoturargohi va doʻkonlar boʻladi, ikkinchidan oltinchi qavatgacha mehmonxona, 7-dan 16-qavatgacha esa xonadonlar joylashadi.
Loyiha tasdiqlangan, ammo qurilish boshlanishi muddati hali aniq emas.
Bizni kuzating
Deraza tokchasidan boshlangan kichik biznesning katta daromadi
Uyda o‘tirgan ayolning har uchinchisi daromadga ega bo‘lishni istaydi. Pul topishni deraza tokchasidan boshlash mumkinligini esa ularning ko‘pchiligi o‘ylab ham ko‘rmagan. Nukuslik Gulzarxan Toreniyazova mijozlari eshik tagida tiziladigan biznes g‘oya bilan bo‘lishishga tayyor. Ish boshlash uchun esa yelim konteyner, tuproq, suv puflagich va urug‘lar bo‘lsa kifoya.
Maqolani uyda o‘tirgan holda daromad qilish istagida yurgan tanishlaringiz bilan bo‘lishishni unutmang.
Bizni kuzating
🤖 Figure startapi BMW zavodlarida avtomobillarni yigʻishga yordam beradigan robotlar sinovlarini koʻrsatdi.
Ularning aytishicha, birinchi prototiplarga nisbatan ular 4 barobar tezroq va 7 barobar aniqroq ishlaydigan boʻlishgan.
BMW zavodlarida ushbu robotlar 2025-yildan ishlashni boshlashadi. Aytgancha, startapga BMW dan tashqari yana OpenAI, Nvidia, Microsoft va Amazon kompaniyalari ham sarmoya kiritishgan: hozir startap 2,6 milliard dollarga baholanmoqda.
Bizni kuzating
⚡Agar siz mashhur ixtirochilarning hayoti va ijodi va ularning ixtirolari haqida ko‘proq ma’lumot bilishni xohlasangiz sizga ushbu kitoblarni tavsiya qilamiz.
1.“My Inventions” – Nikola Tesla.📘
2.“Edison: A Biography” – Tomas Edison.📘
3.“Relativity: The Special and the General Theory” – Albert Eynshteyn.📘
4.“Principia Mathematica” – Isaac Newton.📘
5. “Alfred Nobel: A Biography” – Alfred Nobel.📘
Bizni kuzating
⚡️Google juda foydali neyrotarmoqni chiqardi — u ekraningizni kuzatib, sizga nima qilish kerakligini aytib turadi.
Yangi Gemini 2.0 Flash modeli chiqdi. Kod va matnlarning sifati yaxshilandi va eng asosiy narsa — Stream Realtime funksiyasi qo’shildi.
Uning juda koʻp qulayliklari mavjud, misol uchun: unga yozgan kodingizni koʻrsatib, xatolarni aytishini soʻrashingiz, o’yinlarda qahramon tanlash yoki shaxmatda toʻgʻri harakat qilish boʻyicha maslahatlar soʻrashingiz mumkin.
Eng muhimi, uni AI Studioda BEPUL sinab ko’rish mumkin. Hozircha faqat ingliz tilida ishlaydi va VPN kerak bo’lishi mumkin.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
Bizni kuzating
#Jurnal_sahifalaridan
Elektromobil “JAHO” –
onalarga yordamchi
Hozirda rivojlanib borayotgan IT sohasi yoshlarni o‘ziga tobora jalb qilmoqda. Hatto juda yosh bolalar ham bu sohaga qiziqib, turli ishlanmalar yaratishmoqda.Jurnalimizning bu galgi qahramoni Azimjon Normurodov ham 9-10 yoshidan robototexnikaga qiziqib, turli loyihalari bilan ko‘plab tanlovlarda ishtirok etgan. U hozirda Toshkent shahridagi “Target International School”ning 9-sinf o‘quvchisi.
Bugungi kungacha 80 dan ortiq ishlanmalari bor. Ammo eng omadli va foydali boʻlganlarini takomillashtirishgan.
📌Batafsil INNOVATOR jurnalining 5-sonida tanishing!👇👇👇
https://pubhtml5.com/pnoyg/jcln/
Bizni kuzating
#Jurnal_sahifalaridan
Maʼlumotlarga ko‘ra, bugungi kunda yurtimizdagi 550 dan ortiq termitlar bilan zararlanish xavfi ostidagi tarixiy obidalar YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan.
Google’ning aytishicha, shu kungacha yer yuzida termitlarning uch mingga yaqin turi aniqlangan. Ulardan 120 turi kuchli zararkunanda sifatida qayd etilgan bo‘lib, Markaziy Osiyoda to‘rtta turi uchraydi. O‘zbekiston hududida esa Turkiston va katta Kaspiyorti termitlari tarqalgan. Mamlakatimizda termitlarga qarshi kurash choralari XX asrning o‘rtalaridan boshlab ishlab chiqilgan. 2000-yil boshlaridan esa termitlarga qarshi kompleks chora-tadbirlar ko‘rilayotgan bo‘lsa-da, bu zararkunandadan aholi hali ham aziyat chekmoqda. Shu qatori tarixiy obidalar ham. Jurnalimizning bu galgi qahramoni Sevinch Nuriddinova bilan ayni shu haqda suhbatlashdik.
📌Batafsil INNOVATOR jurnalining 5-sonida tanishing!👇👇👇
https://pubhtml5.com/pnoyg/jcln/
Bizni kuzating
⚡️Google kompaniyasi Willow kvant chipini namoyish etdi, unda hisob-kitoblar “bir nechta parallel koinotlarda” amalga oshiriladi.
Chip superkompyuterlar bajarishiga 10 000 000 000 000 000 000 000 000 yil (koinot yoshidan ko’proq) kerak boʻladigan vazifalarni atigi 5 daqiqada bajara oladi.
Kelajakda undan yangi texnologiyalar, dori-darmonlar va muqobil energiya manbalarini yaratish, shuningdek, sun’iy intellektni oʻqitishda foydalanishni rejalashtirishmoqda.
Bizni kuzating
10 dekabr — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun
Bugun xalqimizning mangu qoʻshigʻi — madhiyamiz yaralgan kun. Madhiya — milliy gʻururimiz, istiqlolimiz va istiqbolimiz timsoli. Mustaqillik va birdamligimiz ramzi. U yana bir karra bizni Vatanimizdan gʻururlanishga, uni sevishga, mustaqilligimizni yanada mustahkamlashga chorladi.
Davlatimiz madhiyasi Abdulla Oripov so‘zi, Mutal Burhonov musiqasi asosida yaratilgan va 1992-yil 10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan.
Bizni kuzating
Конституция куни муносабати билан Ўзбекистон халқига байрам табриги
—
Праздничное поздравление народу Узбекистана по случаю Дня Конституции
Bizni kuzating
☝️Joanna Rouling siz bilgan o‘sha mashhur “Garri Potter” seriyasini yaratgan inson bo‘ib, u yoshligidan kitoblarga qiziqar va katta-kichik hikoyalar yozishni mashq qilib ko‘rardi.
😩Yosh Joanna kun kelib katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan jahon bestselleri yozadi deb hech kim o‘ylamagandi. Chunki u yozgan hikoyalar ko‘p hollarda muvaffaqiyatsiz yakunlanardi.
👩🏼💼Universitetni bitirib ham qalb kasbini topa olmagan Joanna biroz vaqt o‘qituvchilik bilan shug‘ullanishga majbur bo‘ldi. Boshqa ishlar bilan band bo‘lsa ham, yuragidagi yozishga bo‘lgan xohish kundan kunga kuchayib borardi.
📚Joanna xayolotini qog‘ozga ko‘chirib, va nihoyat “Garri Potter” asarini yaratdi, lekin asar ko‘plab nashriyotlar tomonidan qat’iy rad etildi. U bir necha yil davomida moliyaviy yetishmovchilikdan qiynalsa ham orzularidan aslo voz kechmadi, asarini boshqa nashriyotlarga qayta-qayta yuborishdan to‘xtamadi.
🥳Nihoyat, Joannaning orzusini amalga oshirishga bo‘lgan ichki istagi yutib chiqdi: Bloomsbury nashriyoti kitobni chop etishga rozi bo‘ldi. Tez orada “Garri Potter” seriyasi kitobxonlar mehrini qozonib, butun dunyoga mashhur bo‘lib ketdi. Asar asosida filmlar, teatrlar va ramziy parklar yaratildi.
💪Bugun Joanna Rouling dunyoning eng mashhur va boy yozuvchilaridan biri. Uning hikoyasi barcha ayollarni qiyinchiliklarga tik qarab, qalbga ko‘milgan orzularni qayta tiriltirishga undaydi.
Bizni kuzating
Facebook | Telegram | Web | Instagram
⚡Sizga dunyodagi eng mashhur va yetakchi kompaniyalarning Top 10 taligini taqdim qilamiz. Bu kompaniyalar nafaqat mahsulotlarining sifati bilan, balki innovatsiya va marketing strategiyalari bilan ham dunyo boʻyicha peshqadam boʻlib kelmoqda.
1. “Apple” kompaniyasi
2. “Amazon” kompaniyasi
3. “Tesla” kompaniyasi
4. “Microsoft” kompaniyasi
5. “Google” kompaniyasi
6. “Coca-Cola” kompaniyasi
7. “Samsung” kompaniyasi
8. “Nike” kompaniyasi
9. “Toyota” kompaniyasi
10. “Procter & Gamble ” kompaniyasi
Bizni kuzating
Sizga nafaqat bilim olish, balki muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun ilhom ham beradigan biznesga oid kitoblar roʻyhatini havola qilamiz.
1.“Boy ota, kambag‘al ota”— Robert Kiyosaki 📘
2.“Noldan birga”— Piter Til 📘
3.“Muvaffaqiyatli insonlarning 7 koʻnikmasi”— Stiven Kovi 📘
4.“10X Qoidasi”— Grant Kardon 📘
Bizni kuzating
📺 “Assalomu Oʻzbekiston” koʻrsatuvining mehmoni Innovator jurnalining 6-soni qahramoni Dilnoza Oʻrinova boʻldi.
Toʻliq videoni Youtube kanalida kuzating!
Bizni kuzating
📲 Huawei yangi qurilmalariga imo-ishoralar yordamida fayllarni havo orqali uzatish funksiyasini qoʻshadi.
Shu bilan birga, ushbu sehrli funksiyadan bir vaqtda birnechta odam foydalanishi mumkin. Bir odam oʻz qurilmasidan faylni “olib”, ikkinchi odam imo-ishoralar orqali faylni oʻziga oʻtkazib olishi mumkin.
Bizni kuzating
📽️Sizga ixtirochilar va ularning hayoti haqida hikoya qiluvchi qiziqarli filmlar roʻyhatini taqdim qilamiz.
“The Social Network” (2010)— Facebook ijtimoiy tarmog‘ining asoschisi Mark Sukerbergning universitet davridagi hayoti va Facebookning yaratilish jarayoni haqida hikoya qiladi.
“Jobs” (2013)—Apple kompaniyasining asoschisi Stiv Jobsning yoshlik yillaridan to kompaniyasining muvaffaqiyatlariga erishishiga qadar bo‘lgan hayoti va mehnatlari haqida hikoya.
“Tesla” (2020)—Nikola Tesla va uning elektr energiyasi sohasidagi inqilobiy ishlari, shuningdek, Tomas Edison bilan bo‘lgan raqobati haqida hikoya qiluvchi biografik film.
“The Current War” (2017)—Tomas Edison va Jorj Vestingxaus o‘rtasidagi elektr energiyasi tizimlari raqobati haqida filmda hikoya qilinadi.
“Pirates of Silicon Valley” (1999)— Microsoft va Apple kompaniyalarining yaratilishi, Bill Geyts va Stiv Jobsning raqobati haqida hikoya.
Bizni kuzating
#Qiziqarli_faktlar
⚡Nikola Tesla – aqlbovar qilmas ixtirolar muallifi. U bugunning ajralmas qismiga aylangan internet, gadjetlar, elektromobillarni qariyb bir yarim asr avval tasavvur qilgan edi. Aytgancha, elektromobillari bilan mashhur Ilon Maskning Tesla kompaniyasi ham aynan shu olimning sharafiga nomlangan.
💡Nikola Tesla – zakovati darajasi bilan o‘z davrining Leonardo da Vinchisi deb nom olgan, misli ko‘rilmagan ixtirolari bois “kelajak odami” deb e’tirof etilgan, o‘zgaruvchan tok ixtirosi bilan “dunyoni yoritgan daho” nomiga loyiq ko‘rilgan. Uning o‘zi ham “bugun uchun emas, kelajak uchun” ixtirolar qilishini ta’kidlagandi. Teslaning nomiga patentlangan, injyeneriya sohasini o‘zgartirgan ixtirolar 300 tadan ko‘proqni tashkil qiladi.
💡Tesla transformatori (Tesla katushkasi) – olimning eng hayratlanarli, bugungi kunda ham ko‘plab shoularda qo‘llaniladigan ixtirosi. Yuqori chastotalarda bosim hosil qiluvchi bu transformatorni Tesla yuqori voltli quvvatlar bilan ishlash uchun yaratgan edi. Katushka juda xavflidek ko‘rinishi barobarida, jozibasi bilan mahliyo ham etgan – transformatordan elektr toki bir necha metrgacha ochiq holda tarqalgan, bu bilan chaqmoqni eslatgan.
Bizni kuzating
#Fotosessiya_jarayoni
📸"Innovator" jurnalining 6-soni qahramoni "Dr. SNAIL" loyihasi asoschisi Dilnoza O‘rinova Instagram sahifasida fotosessiya jarayoni bilan bo‘lishdi!
Bizni kuzating
⚡ Google Kaliforniyada o‘zining birinchi yog‘ochdan qurilgan ofisini ochdi.
Besh qavatli bino butunlay presslangan yog‘ochdan qurilgan va kompaniyaning ta’kidlashicha, po‘lat va beton konstruksiyalarga qaraganda 96% kamroq uglerod izi qoldiradi. 16 954 m² maydonga ega binoda 900 ta xodim ishlaydi.
Bizni kuzating