🇨🇳 Xitoyda ta'lim uchun ajoyib ishlanma
Bizni kuzating
“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining 2025 yilgi saralash bosqichiga hujjatlarni qabul qilish boshlandi!
Har yili o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va iste’dodi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli yigitlarimiz “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlanib kelinmoqda.
Davlat mukofotining 2025 yilgi saralash jarayonlariga hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda!
🧐Garvard talabalarini ruhlantirish uchun qanday gaplar aytilishini bilasizmi?
‼️O‘qing, sizga ham foydasi tegadi!
😴Hozir uxlasang, albatta, orzularingni tushingda ko‘rasan!
👩💻Agar uyquning o‘rniga o‘qishni tanlasang, orzularingni hayotda ko‘rasan.
👩💼Qachonki sen hammasiga juda kech bo‘ldi deb o‘ylasang, aslida hali erta bo‘ladi;
📕 O‘qish azobi — vaqtinchalik. Bilmaslik azobi — abadiy;
⏳O‘qish — bu vaqt sarflash emas. O‘qish — harakat qilish;
✍️Hayot faqat o‘qishdan iborat emas. Hayotning mana shu qismini ham bosib o‘ta olmasang, nimaga ham qodir bo‘la olarding?
🗣Qiyinchilik va tinimsiz harakatdan rohatlan;
💸 Kimki hammasini erta qilsa, o‘zining muvaffaqiyatidan haqqoniy rohatlana oladi.
🥇Hammasiga ulgurish imkoniyati barchaga berilmagan, lekin muvaffaqiyat o‘z ustida ishlovchi va muammolarni tezda hal qiladiganlarga keladi;
🕰 Vaqt uchadi. Hozirgi so‘laging ertaga ko‘z yoshi bo‘ladi;
🏃♂️ Agar sen bugun piyoda yurishni xohlamasang, ertaga yugurishga majbur bo‘lasan;
👨💻Kelajagi uchun nimadir qiladigan odam realistdir;
🏦Sening topadigan puling – olgan biliming darajasiga proporsional;
🌅Bugun hech qachon qaytib kelmaydi.
📚Hozir, hatto, dushmanlaring ochlarcha kitoblarni varaqlamoqda;
🧗♀️Qiyinchiliklarsiz maqsadga yetib bo‘lmaydi.
Bizni kuzating
Facebook | Telegram | Web | Instagram
📚 Dunyodagi eng katta kutubxona
Xitoyda bo’lib, u 1,2 milliontagacha kitobni o‘ziga sig‘dira oladi. Kutubxona betakror interyerga ega, u yerda shaffof muhit hukmron - uning tuzilmasi shundayki, yuqorida yoki pastda kim nima qilayotganini ko‘rish mumkin. Bino o‘rtasida esa ulkan sferik shar mavjud bo‘lib, u katta ko‘zdek tasavvur uyg‘otadi.
Rasmiy sahifalarimiz 👇
📷 Instagram | 📒 Facebook | ✈️ Telegram
📺 CES 2025 ko‘rgazmasida ekrani cho‘ziladigan birinchi televizor namoyish etildi — uning displey matritsasi tom ma’noda tashqariga cho‘zilib chiqadi.
Bizni kuzating
«Erini er qilgan» Berta Bents haqida hikoya
Muvaffaqiyat tarixi ko‘pincha sinovlardan boshlanadi, ba’zan muhabbat va ishonch har qanday to‘siqlarni yengib o‘tadi. Har bir insonning hayotida dunyo undan yuz o‘girgan, shubhalar hukmronlik qiladigan lahzalar bo‘ladi va zulmatdagi yagona yorug‘lik - bu yaqin kishining ko‘magidir.
Qiyin paytlarda nafaqat ilhomlantiruvchi, balki harakat qiladigan umr yo‘ldoshi mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirishga sabab bo‘ladigan tayanch bo‘lishi mumkin. Uning jasorati va qat’iyati oila taqdirini, balki butun avlodlar kelajagini o‘zgartirishi mumkin
Berta Bents va uning turmush o‘rtog‘i Karl Bents birinchi benzinda ishlaydigan mashinani ixtiro qilishgan, biroq atrofdagilarga ularning kashfiyoti bema’ni narsadek tuyulgan edi. Hamma Karlni kulgili uch g‘ildirakli motorli velosiped yaratgani uchun ahmoq deb atardi.
Eng yomoni, Karl ruhiy tushkunlikdan qutulish uchun spirtli ichimliklarga mukkasidan keta boshladi...
Davomini o'qish
Facebook | Telegram | Web | Instagram
Ilmiy ishlarda haligacha yetarli ma'lumot baza topolmay yuribsizmi 🤔
Ko'pgina tadqiqotchilar odatda Google amaki-ga murojaat qilishadi va kam yoki tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ega bo'lishadi.
Shunday qilib, ushbu postda siz ilm-fan va madaniyatga bag'ishlangan 12 ta eng muhim va ishonchli saytlarni topasiz. O'ylaymizki, bu siz uchun juda foydali bo'ladi.
• refseek.com - Akademik resurslarni osongina taqdim etadigan qidiruv tizimi. Kitoblar, jurnallar va yangiliklardan milliarddan ortiq manbalar. Va ensiklopediyalar.
• worldcat.org - 20 000 dan ortiq kutubxonalarni qidiradigan va 2 milliarddan ortiq manbalarni o'z ichiga olgan foydalanish uchun qulay qidiruv tizimi.
• link.springer.com - Turli ilmiy sohalarga oid 3 milliondan ortiq manbalarni, jumladan maqolalar, ma'ruzalar, kitoblarning qismlari va konferensiyalarni o'z ichiga oladi.
• academic.microsoft.com - U keng ko'lamli tadqiqot natijalarini, olimlar uchun mazmunni o'z ichiga oladi, doimiy ravishda yangilanadi va 120 milliondan ortiq nashrlarni o'z ichiga oladi.
• bioline.org.br - Misr, Turkiya, Iroq, Iordaniya va boshqalar kabi rivojlanayotgan mamlakatlarning ilmiy jurnallarida chop etilgan maqolalarni to'playdigan ixtiyoriy qidiruv tizimi.
• etos.bl.uk - Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha 500 000 dan ortiq himoyalangan nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari .
• repec.org - Iqtisodiyot va boshqa tegishli fanlar bo'yicha ikki milliondan ortiq so'rovlarni o'z ichiga olgan qidiruv tizimi.
• science.gov - 2000 dan ortiq ilmiy veb-saytlarni jamlagan va ishonchli manbalarga ega 200 milliondan ortiq maqolalarni o'z ichiga olgan AQSh hukumati ilmiy qidiruv tizimi.
• kotobgy.com - Qidiruv tizimi arab tilidagi millionlab yuklab olinadigan kitoblarni o'z ichiga oladi. Qisqacha arabcha kitob qidirish mexanizmi.
• pdfdrive.com - PDF formatida barcha fanlar bo'yicha kitoblarni yuklab olish uchun eng katta va eng yaxshi sayt. Unda to'g'ridan-to'g'ri yuklab olish uchun tayyor bo'lgan 225 milliondan ortiq kitoblar mavjud.
• education.iseek.com - Talabalar va o'qituvchilar uchun mo'ljallangan ajoyib qidiruv tizimi.
• base-search.net - Eng yaxshi va eng kuchli akademik tadqiqotlardan biri. 100 milliondan ortiq ilmiy hujjatlar mavjud. Ulardagi maqolalarning 70%i bepul.
©️
🚀Ps: ma'lumotlarni boshqa ilmiy doiralarga ham yuborib qo'ying!
✅Kanalga ulanishni unutmang
@ILM_NUR_2020
#Innovator_kundaligi
RAG (Retrieval-Augmented Generation): Sun'iy Intellektni Boyitishning Yangi Usuli
Sun'iy intellekt va tabiiy tilni qayta ishlash sohasida yangiliklar tez sur'atlarda rivojlanmoqda. Ushbu sohada diqqatga sazovor yondashuvlardan biri — RAG (Retrieval-Augmented Generation) texnologiyasidir. RAG haqida batafsilroq innovatorimiz Mahmudjon Sodiqov o‘z sahifasida yozibdi.
RAG nima?
RAG (Retrieval-Augmented Generation) — bu modelga oldindan o'rgatilgan ma'lumotlar bilan cheklanmasdan, tashqi ma'lumot manbalaridan foydalanish imkonini beruvchi yondashuvdir. Bu usul orqali sun'iy intellekt tizimlari foydalanuvchining savollariga yanada aniq va dolzarb javoblar bera oladi.
Qanday ishlaydi?
RAG ikki asosiy bosqichdan iborat:
- Ma'lumotni qidirish (Retrieval): Model foydalanuvchining so'roviga mos keluvchi tegishli hujjatlar yoki ma'lumotlarni katta hajmdagi bazadan qidiradi.
- Matnni generatsiya qilish (Generation): Topilgan ma'lumotlarga asoslanib, tabiiy va mantiqiy javobni shakllantiradi.
Bu jarayon modelga yangi va dolzarb ma'lumotlardan foydalangan holda javob berish imkonini beradi.
RAGning afzalliklari
1. Dolzarbligi: Model doimiy ravishda yangilanib turuvchi ma'lumotlardan foydalanadi, bu esa javoblarning aktual bo'lishini ta'minlaydi.
2. Moslashuvchanlik: Turli sohalardagi ma'lumotlar bilan ishlash qobiliyati yuqori.
3. Aniqlik: Javoblar aniq manbalarga asoslanadi, bu esa ishonchlilikni oshiradi.
Masalan:
Masalan, intellektual chat-bot yaratish loyihasida RAG texnologiyasidan foydalanib, kompaniyaning dolzarb bilimlar bazasiga kirishi mumkin. Bu esa botga foydalanuvchilarga aniq va foydali javoblar berishga imkon yaratadi, xizmat ko'rsatish sifatini oshirib, mijozlarning ishonchini qozonadi.
Facebook | Telegram | Web | Telegram
#Qiziqarli_faktlar
📱Tadqiqot: Odamlar o‘rtacha hisobda telefonlarini kuniga 205 marta — har 5 daqiqada tekshirishadi. Lekin ularning faqat 43 foizi o‘zini telefonga qaram deb hisoblaydi.
2024-yil statistikasiga ko‘ra:
– 80% odam uyg‘onganidan keyin birinchi 10 daqiqa ichida telefonini tekshiradi.
– 76% odam bildirishnomalarga 5 daqiqa ichida javob beradi.
– Zaryad 20% dan pastga tushsa, 40% odam vahimaga tushadi.
– 89% odam hatto kinoteatrda ham telefonini tekshiradi.
– Odamlarning 27% mashina haydash vaqtida telefonidan foydalanadi yoki unga qaraydi.
Bizni kuzating
🔮Yangi yilda tomosha qilishingiz uchun TOP 5 ta multfilm!
1. “Qutb ekspressi” (The Polar express) 🚂
Yangi yil mo‘jizasiga ishongan bolalar haqidagi bu multfilmni qayta-qayta ko‘rishdan zerikmaymiz.
2. “Yangi yil hikoyasi” (A Christmas Carol) 🎄
Xasis va bemehr janob Skruchga yangi yil kechasi hayotini o‘zgartirishi uchun ikkinchi imkoniyat berilishi haqidagi multfilm sizga yoqishi aniq!
3. “Grinch yangi yilni o‘g‘riladi” (How the Grinch stole Christmas) 😼
Yangi yilni o‘lgudek yomon ko‘radigan Grinchning, uni o‘g‘irlab ketishi haqidagi bu multfilm sizni bir vaqtning o‘zida ham hayratga soladi ham bayram haqida yangi tassurotlar uyg‘otadi.
4. “Smolfut” (Smallfoot) ⛄️
Bu film do‘stlik, haqiqatni izlash va turli dunyolarning birlashishi haqida hikoya qiladi.
5. “Muzyurak” (Frozen) ❄️
Bu film do‘stlik, sevgi va o‘zini anglash haqida bo‘lib, qiziqarli sarguzashtlar va Olaf kabi kulgili qahramonlari bilan sizga pozitiv kayfiyat bag‘ishlaydi.
Bizni kuzating
❄️ Marsda «qish» qanday ko’rinadi?
Mars Express kosmik kemasi va Mars Reconnaissance Orbiter zondidan olingan suratlar chop etildi.
Aslida bu qor emas, balki quyosh nuri isitgan uglerod oksididan hosil bo‘lgan muzdir. Bu jarayonda muz gazga aylanadi. Suratlar yozda, harorat -125 °C gacha tushganda olingan.
Bizni kuzating
#Jurnal_sahifalaridan
Yosh o‘tishi bilan yuzlarga
ajin tushishi ko‘pchilikni
xavotirga soladi. Lekin
innovatsion texnologiyalar
yordamida ajinlardan
himoyalanish va ularning
oldini olish mumkin. Inson terisini yashartiruvchi kollagen oqsili bu borada katta ahamiyatga ega. Bunday muhim oqsil shilliqqurtdan ajraladigan suyuqlikda ko‘p miqdordagi mavjud. Eʼtibor bergan bo‘lsangiz, Koreya kosmetika mahsulotlari aynan shilliqqurt asosida tayyorlangan kremlari bilan mashhur. Biroq bizga yetib kelguncha bu kremlarning narxi ancha qimmatlashadi. Endilikda xuddi shunday kosmetika vositalari mahalliy darajada ishlab chiqarilmoqda. Jurnalimizning bu galgi qahramoni Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot institutining 4-bosqich talabasi Dilnoza O‘rinova bilan terini parvarish qilishga mo‘ljallangan kremlar haqida suhbatlashdik.
Batafsil INNOVATOR jurnalining 6-sonida tanishing!👇👇👇
https://online.fliphtml5.com/uqujg/assu/
Bizni kuzating
#Innovator
📹Ilmiy-texnik axborot markazi huzuridagi ilmiy-texnikaviy, tahliliy ommabop "INNOVATOR" jurnalining faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus video rolik.
Bizni kuzating
📲 Instagram rahbari Adam Mosseri Movie Gen neyrotarmog‘i imkoniyatlarini ko‘rsatdi va u 2025-yilda chiqarilishini e’lon qildi.
SI insonning fotosurati va matnli so‘rovi kiyimni yoki joylashuvni o‘zgartirib videoni tahrirlashi mumkin. Ko‘rinishidan, neyron tarmoq to‘g‘ridan to‘g‘ri ijtimoiy tarmoqqa o‘rnatiladi.
Foydalanuvchilar ushbu SI Instagramni feyk kontentga to‘ldirib tashlashi va haqiqiy odamlardan hech narsa qolmasligidan havotirdalar.
Bizni kuzating
🧠 Olimlar: TikTok miyangizni chiritadi. Yil so‘zi ham — brain rot (miya chirishi) bo‘ldi va bu bejizga emas.
Miyamizning habenula deb ataladigan kichik bir qismi bor — u muhim qarorlar va motivatsiya uchun javobgardir. Tez-tez qisqa videolarni kuzatish uni haddan tashqari charchatadi, bu foydali narsalarni qabul qilish qobiliyatini tom ma’noda o‘ldiradi.
Miyaning chirishini yengish va uni tiklash uchun mutaxassislar qisqa videolar o‘rniga uzunroq foydali kontent kuzatishni, ko‘proq sayr va oila a’zolar bilan muloqot qilishni maslahat berishadi.
Bizni kuzating
#Innovator
🗣ML Community hamjamiyati asoschisi Shahriyor Xudoyberdiyev.
⚡️Shahriyor Xudoyberdiyev sunʼiy intellekt sohasida juda koʼp loyihalarni amalga oshirishda qatnashgan. Jumladan ASKLEPIY guruhi kompaniyasida loyihalar menejeri sifatida oxymed.uz dorixonalarning onlayn savdosini yoʻlga qoʻydi. Kash App kompaniyasida dasturchi muhandis sifatida faoliyat yuritgan davrida Uzbekvoice.AI loyihasi ustida ishlagan.
💡Shahriyor ingliz, rus va o'zbek tillarini yuqori darajada biladi.
✔️Innovatorimiz strategik rejalashtirish, liderlik va loyihalar boshqaruvini o'z ichiga olgan ko'nikmalarga ega.
📌Qahramonimiz MGoward sertifikati bilan ham taqdirlangan.
👉Bugungi kunda Shahriyor personhunters.com mas'uliyati cheklagan jamiyatda loyiha rahbari. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qoshida tashkil etilgan Sunʼiy intellekt masalahat kengashi a'zosi. Qolaversa, u O'rta Osiyo Sun'iy Intellekt Assotsiyatsiyasining ijrochi direktori hamdir.
✅Muvaffaqiyat yosh tanlamaydi…
Kimdir 25 yoshidayoq katta bir korxonaga rahbar bo‘ldi, lekin 50 yoshda vafot etdi.
Kimdir 50 yoshda direktor bo‘ldi va 90 ga kirib bu dunyodan o‘tdi.
⠀
Kimdir shu chog‘gacha so‘qqabosh, u tengi boshqa birovning esa nevara-evarasi bor.
Bizni kuzating
❓MVP NIMA?
✅MVP – qisqa umr ko‘ruvchi mahsulotga qarata aytiladi. Ko‘plab ishlab chiqaruvchilarning oldida mahsulotini sotib olishga bozor tayyormi, degan savol ko‘ndalang turadi. Masalan, sensorli telefonni bir qancha vazifalarni bajaradigan tarzda yaratish uchun ancha vaqt ketadi. Bilamizki, har bir daqiqa g‘animat. Ko‘p vazifalarni bajaradigan uyali telefonlar ishlab chiqarilsa odamlar sotib oladimi?
✅Savolga tezroq javob olish uchun uni MVP tarzda tayyorlab, tadqiqot o‘tkaziladi. Uni tayyorlash uchun hech qanday plastmassa yoki zavod shart emas. Muhimi, telefonni o‘ziga yarasha afzallik xususiyatlari MVPda aks etsa bo‘lgani. Keyin esa ommaga mahsulotingizni tarqatib ko‘rasiz. To‘g‘ri, mahsulotingiz uzoq yashamaydi. Biroq unga ehtiyoj bor yoki yo‘qligi haqida kerakli ma'lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
👉Bizni kuzating
Facebook | Telegram | Web | Instagram
Agar Jeff Bezos tavakkal qilmaganda...
Har bir insonning hayoti davomida ikki xil yo‘l turadi: birinchisi – hayot xavfsiz va qulay sharoitdan iborat; ikkinchisi – xavfli, tavakkal qilish, qoqilish va parvoz qilish... Men hech o‘ylamasdan ikkinchi yo‘lni tanladim.
1994-yilda Jeff Bezos D.E. Shaw kompaniyasida moliyaviy dasturiy ta’minotni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis bo‘lib ishlagan edi. Bu kompaniya Jeffga kelajagi uchun katta imkoniyatlar bergandi. Barcha sharoitlar unga muhayyo... Ammo bir kuni Bezos rahbariga o‘zining shaxsiy onlayn-do‘konini ochishi haqida aytadi. Kompaniya rahbari bundan hayratlanadi: “Bu juda ham yaxshi g‘oya, lekin uni hech qanday ishi va maqomi yo‘q insonga boshlash yarashadi. Nahotki sen hammasidan voz kechsang?” Biroq qat’iyatli Jeff hammasiga tayyor edi. “Amazon” yaralishiga yo‘naltirgan yo‘l haqida Bezos shunday deydi: “Umr oqar daryo. Qachonlardir tavakkal qilganimdan pushaymon bo‘lmasligimni bilgandim. Negaki internetning keng imkoniyatlarini ko‘rganim sari aynan u hayotimni tubdan o‘zgartirib yuborishini tushundim” . Agarda men mag‘lubiyatga uchragan bo‘lganimda ham o‘zimni ko‘proq sinab ko‘rmaganim uchun qattiqroq koyigan bo‘lardim” .
Davomini jurnalda o‘qishingiz mumkin👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/llva/mdzk/
Bizni kuzating
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#feedback
Ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali o'quvchilarimiz va qahramonlarimizning bizning manzilimizga yo'llagan murojaatlarini bo'lishishda davom etamiz😄
✍️Bu galgi feedback "Media. uz" loyihasi asoschisi Davron Ergashevdan
Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️ Stenford universitetidan SI va dasturlashni o‘zlashtirishga yordam beradigan 5 ta bepul kurslar.
— Computer Science noldan boshlab (havola);
— SI asoslari va qo‘llanilishi (havola);
— Robototexnika uchun SI: avtopilotlarni dasturlash (havola);
— Python’ga kirish (havola);
— Bir necha daqiqada dasturlar yaratish uchun Max MSP’da dasturlash (havola).
Bizni kuzating
Hozirgi kunda ko‘p ishlatiladigan xorijiy so‘zlarning o‘zbekcha tarjimasi
Layfxak — maslahat;
Motivatsiya — turtki;
Insayt — yangilik;
Layv — jonli;
Faktor — omil;
Fleshmob — umumiy harakat;
Breynshtorming — fikr almashish;
Chellenj — chaqiruv;
Kontent — mazmun;
Trend — urf;
Fidbek — munosabat;
Kreativ — ijodiy;
Apgreyd — yaxshilash;
Platforma — maydoncha;
Piching — taqdimot;
Apdeyt — yangilash;
Devays — qurilma;
Algoritm — hisoblash tizimi.
#Jurnal_sahifalaridan
Mentorlar– startapchilar yordamchisi
Xalqimizda “ustoz ko‘rgan” degan ibora bor. Bu ibora “mutaxassis o‘z kasbining barcha ikir-chikirlarini yaxshi o‘rgangan” degan ma'noni bildiradi. Ustoz nafaqat kasb sirlari, balki bu yo‘lni qanday davom ettirish borasida ham zarur maslahatlar beradi. Xuddi shunday, startapchilarning ham ustozi – mentorlar bo‘lib, ular boshlanayotgan loyihani to‘siqlardan o‘tib, uni rivojlantirish usullarini o‘rgatadi. Jurnalimizning bu galgi qahramoni Diyora Dalimova Ilg‘or texnologiyalar markazida 6 yildan beri mentorlik faoliyatini olib bormoqda.
Batafsil INNOVATOR jurnalining 6-sonida tanishing!👇👇👇
https://online.fliphtml5.com/uqujg/assu/
Bizni kuzating
#mutolaa
📕 Bill Geyts an’anaga muvofiq bayram kunlari o‘qish uchun kitoblar ro‘yxatini e’lon qildi.
✔️An Unfinished Love Story (“Tugallanmagan muhabbat hikoyasi”), Doris Kerns Gudvin — AQSHning Kennedi va Vetnam urushi davri tarixi bilan bog‘liq avtobiografiya.
✔️The Anxious Generation (“Tashvishli avlod”), Djonatan Xaydt — Geyts kitob yosh avlod bilan ishlaydigan yoki ularga dars beruvchilar uchun manfaatli bo‘ladi deb hisoblaydi.
✔️Engineering in Plain Sight (“Oddiy ko'rinishda muhandislik”), Greydi Xillxaus — muallif biz har kuni ko‘radigan barcha muhandislik inshootlarning tuzilishini va qanday ishlashini tushuntiradi.
✔️The Coming Wave (“Yaqinlashib kelayotgan tolqin”), Mustafa Suleyman — Geyts kitobni AI va boshqa ilmiy yutuqlar jamiyatni qanday o‘zgartirayotgani haqidagi eng manba deb hisoblaydi.
✔️Tennis muxlislari uchun bonus — Federer (“Federer”), Doris Xenkel.
Bizni kuzating
🎉Yangi yil bayrami munosabati bilan "INNOVATOR"ga INNOVАTORLАRDАN kreativ tarzda TILАKLАR!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tabrik
🎉Woman Pizza Pitch tanlovining g‘olibi "INNOVATOR" qahramoni!
🗣Oxirgi yillarda raqamli tasvirlarni chuqur analiz qiluvchi yangi yo‘nalish – radiomika Yevropa davlatlarida onkologik bemorlarni aniq tashxislashda keng qo‘llana boshladi. "Innovator" jurnali qahramoni Lobar Abdullayeva tomonidan taqdim etilgan AISCAN startap loyihasi sun’iy intellekt yordamida bosh va bo‘yin diagnostikasini yangicha yechimlar bilan o‘zgartiradi. Platforma MRT, KT va PET tasvirlarini aniqlik bilan tahlil qilib, kasalliklarni barvaqt aniqlashga yordam beradi.
⚡️AISCAN startap loyihasi Woman Pizza Pitch ha'yat a'zolarining e'tiboriga tushdi va tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. "Biz kelajakni oldindan ayta olmasligimiz mumkin, lekin kasalliklarni sun’iy intellekt yordamida barvaqt aniqlashimiz mumkin!”, deydi innovator.
✍️"INNOVATOR" jurnali jamoasi Lobar Abdullayevani ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy qutlaydi!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tabrik
🎉"Yulduz Tech Аwards" da Yulduzimiz taqdirlandi!
✔️Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan Oʼzbeksitonda IT sohasida qoʼshgan hissasi, innovatsiyalari va texnologik loyihalarda yetakchiligi bilan ilhom beruvchi ayollarga bagʼishlangan "Yulduz Tech Аwards" mukofati bilan "Innovator" jurnalining eng faol va "Eshitish va nutqida zaifligi bor bolalar uchun maxsus kompyuter dasturi va qurilmasini ishlab chiqish" bo‘yicha IT startapini yo‘lga qo‘ygan qahramoniz Yulduzxon Kamolova taqdirlandi.
✍️"INNOVATOR" jurnali jamoasi ushbu muvaffaqiyat bilan innovatorimizni samimiy muborakbod etadi hamda Yulduzxonning kelgusi faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaydi!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
📃"Innovator" jurnalining ikki yillik faoliyatiga bag‘ishlangan davra suhbatida jurnal qahramonlari bir joyga yig‘ildi.
⚡️Iqtidorli innovatorlarimizdan biri Azimjon Normurodov o‘z taassurotlarini kreativ video rolik orqali biz bilan bo‘lishdi!
Bizni kuzating
🗣“Innovator” jurnalining innovatorlari bilan davra suhbati tashkillashtirildi.
✔️Joriy yilning 20-dekabr kuni Ilmiy-texnik axborot markazi huzuridagi “Innovator” jurnali ikki yillik faoliyati boʻyicha va ixtirochi yoshlarni keng qamrab olish maqsadida jurnal qahramonlari ishtirokida davra suhbati tashkil etdi.
Tadbir ochiq muloqot tarzda oʻtkazilib, bugungi kunda yoshlarni qanday qilib, innovatsiyalarga qiziqishini oshirish, aholining innovatsion sohadagi bilimlarini kengaytirish borasida jurnalning oʻrni va targʻiboti muhimligi boʻyicha qiziqarli takliflar va fikrlar innovator yoshlar tomonidan berildi.
❗️Suhbat davomida ishtirokchilar oʻz loyihalari haqida maʼlumot berib, ularning dolzarbligi, rivojlanish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar.
🎉Uchrashuv soʻnggida “Innovator” ilmiy-texnikaviy, tahliliy ommabop jurnalining rivoji va targʻibotiga qoʻshgan munosib hissasi uchun ixtirochi yoshlar Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.
📚 SMART LIBRARY – TALABALAR UCHUN INNOVATSIYA!
Smart Library bilan FARPI dagi har bir kitob sizga bir tugma masofasida!
🌟 Ilovaning ajoyib imkoniyatlari:
🔍 Kitob izlash hech qachon bu qadar oson bo‘lmagan!
Kerakli kitob qayerda ekanini ilovadan bilib oling – kutubxonaga borib, javob kutishingizga hojat yo‘q!
📦 Kitobni band qilib qo‘ying!
“Kitob yo‘q ekan...” degan gaplarni unuting! Endi kerakli kitobingizni ilova orqali buyurtma qilib, kutubxonadan olishni kafolatlang.
📖 Elektron kitoblarni ilovadan o‘qing!
Sevimli kitoblaringizni telefoningiz orqali istalgan joyda va vaqtda o‘qing!
📰 Yangiliklar va tanlovlardan xabardor bo‘ling!
Kutubxona hayoti va maxsus tadbirlar haqida barcha ma’lumotlar sizning qo‘lingizda.
⏳ Endi talabalarning vaqti bilim olishga bag‘ishlanadi!
Kutubxonaga qatnash va javob kutishdan charchadingizmi?
Smart Library bu muammolarni hal qiladi!
👉 Hozir yuklab oling va raqamli kutubxonani o‘zingiz bilan olib yuring!
Android uchun playmarket va IOS lar uchun WEB
Ushbu loyiha ixtirochilar Farg‘ona politexnika inistitutining iqtidorli talabalari M17-24 No‘monjonov Abdulaziz Rustamjon o‘gli,
Akramov Alijon Aʼzamjon o‘gli ushbu talabalarimizni kelgusi ishlariga omad tilaymiz.
Bizni kuzating
Facebook | Telegram | Web | Instagram