🚢YOQILG'ISIZ HARAKATLANUVCHI KEMA
🕵️♂️Muhandis olimlar tomonidan hech qanday yoqilg'i mahsulotini talab qilmaydigan kema yaratildi. Unaqada qanday harakatlanadi deysizmi?
🧩Quyosh batareyalari yordamida quvvatlanadigan texnika, shuningdek, transport vositalari ko'payib bormoqda. Tinib-tinchimas olimlar ayni quvvat manbayini kemalarga ham o'rnatishni taklif qilishdi. Shu tariqa ko'rib turganingiz dunyodagi eng katta yoqilg'isiz kema dunyoga keldi.
📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉
Facebook | Telegram | Web | Instagram
🦾Janubiy Koreya muhandislari tomonidan yangicha funksiyaga ega robot-it yaratildi. Analoglaridan farqli ravishda, ushbu ishlanma devor yoki shunga o'xshash tik to'siqlarda bemalol yura oladi. Bu imkoniyatni unga o'rnatilgan elastomerlar hamda elektromagnitlar beradi.
📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉
Facebook | Telegram | Web | Instagram
🤖To'liq avtomatlashgan McDonald's
🍟AQSgning Texas shtatida McDonald's umumiy ovqatlanish tarmog'i o'zining yangi filialini ishga tushirdi. Qizig'i, ushbu filial qolganlaridan to'liq avtomatlashgani bilan ajralib turadi.
📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉
Facebook | Telegram | Web | Instagram
🎄YANGI YIL NECHI YOSHDA?
❄️Yangi yil — turli mamlakatlardagi millionlab insonlarning sevimli bayrami hisoblanadi. Qizig‘i shundaki, deyarli dunyodagi barcha insonlarning diqqati soat millarini kuzatishga qaratilgan bo‘ladi.
📜Tarixchilarning aytishicha, bizning sevimli bayramimiz kamida 5000 yoshga teng, deya ko‘rsatilmoqda.
☃️Yangi yil bizga Qadimgi Misrdan meros bo‘lib kelgan. Asrlar mobaynida misrliklar sentyabr oyida Nil daryosining quyilishini yangi hosil yig‘im-terim mavsumi deya belgilab, juda muhim voqea sanashgan. O‘sha damlarda tungi bayramlar o‘tkazish odat tusiga aylanib, raqs tushib, qo‘shiqlar kuylashgan. Shuningdek, bir-birlariga sovg‘alar ham ulashgan.
📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Vazirdan_maktub
“Vazirdan maktub” oʻz egasiga yetkazildi.
📩Toshkent shahri 279-maktabning 3-sinf oʻquvchisi Alovuddinov Abduvoris Innovatsion rivojlanish vaziriga o‘z qiziqishlari, yaratgan ixtirolari va o‘qish sharoitlari haqida maktub yo‘llagan edi.
📌Innovatsion rivojalanish vaziri Ibrohim Abdurahmanov ham iqtidorli yosh innovatorning xatiga javob yo‘lladi: "Xatingiz bilan birga “Yashil gazeta” loyihangizning o‘z qo‘lingiz bilan yaratilgan prototipini ham oldim. Xabaringiz bo‘lsa, so‘nggi yillarda mamlakatimizda kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shu sababli ham loyihangiz menda katta qiziqish uyg‘otdi. Ishonamanki, ishlanmangizni, albatta, takomillashtirib, ommaga taqdim etasiz".
🚀 “Innovator” jurnali xodimlari tomonidan Alovuddinov Abduvorisga vazirning maktubi topshirildi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
🎄Amerikaning Boston Dynamics muhandislik va robototexnika loyihalash kompaniyasi o‘z haridorlarini yangi yil bayrami bilan qutlash uchun o‘zining "aqlli robot"laridan foydalandi.
🎥Videolavhada kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan robot bayram archasiga mato parchasini ilib qo‘yishga urinayotganligi hamda bir o‘zi eplolmaganligi sababli do‘stlarini yordamga chaqirganining guvohi bo‘lishimiz mumkin!
📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#infografika
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish strategiyasining 2022-yildagi asosiy ko‘rsatkichlari infografikada ☝️☝️
Facebook | Telegram | Web | Instagram
✔️TO'LDIRILGAN REALLIKDAN ENDI SUV OSTIDA HAM FOYDALANING!
😎Kickstarter korporatsiyasi tomonidan suv ostida to'ldirilgan reallik (AR) vositalari bilan suzish imkonini beruvchi ko'zoynaklar ishlab chiqildi.
🧩Holoswim 2 deb nomlangan ushbu ishlanma o'zidagi xususiyatlari bilan bizga SmartWatchlarni eslatib yuboradi. Ular suzish jarayonida yurak urishi, qon bosimi hamda kaloriyalar haqida xabar berib turadi. Ishlanmaning o'ziga xos jihati shundaki, bularning barchasi ko'z o'ngimizda yuzaga chiqadi.
📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉
Facebook | Telegram | Web | Instagram
Ўзбекистон Республикаси Инновацион ривожланиш вазирлигининг 2018–2022 йиллардаги асосий фаолият натижалари билан танишинг.
@mininnovation
"Бу йил илм-фан ва инновацияларга 1,5 триллион сўм йўналтирилди. Бу – 2017 йилга нисбатан қарийб 6 баробар кўп, дегани.
Олимларнинг иш ҳақи ҳам, 4,5 баробарга оширилди.
Буларнинг ҳисобига, нано- ва био-технологиялар, рақамли геология каби 18 та янги илмий йўналиш ташкил этилди.
Келаси йили илм-фан ва инновацияларга 1,8 триллион сўм ажратилади.
Энди, олимларимиз сув ва энергияни тежаш, тупроқ унумдорлиги ва ҳосилдорлик, геология, саноат, қурилиш каби бугунги кунда биз учун долзарб йўналишларда аниқ натижалар кўрсатишлари керак", — Шавкат Мирзиёев.
_ _ _ _ _ _ _
«В этом году на науку и инновации выделено 1,5 трлн сумов. Это почти в 6 раз больше по сравнению с 2017 годом.
Заработная плата ученых также увеличена в 4,5 раза.
За счет этого было создано 18 новых научных направлений, как нано- и биотехнологии, цифровая геология.
В следующем году на науку и инновации будет выделено 1,8 трлн сумов.
Теперь наши ученые должны показать конкретные результаты в актуальных сегодня областях, как водо- и энергосбережение, плодородие почв, геология, промышленность, строительство», — Шавкат Мирзиёев.
@mininnovation
📣📣📣OBUNA-2023
✅Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi «Ilm-fan va innovatsion rivojlanish» hamda "Innovator" jurnallariga 2023-yil uchun obuna mavsumi davom etadi!
✍️«Ilm-fan va innovatsion rivojlanish» ilmiy jurnali mohiyatiga ko‘ra texnika yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini o‘z ichiga olgan ilmiy-innovatsion nashr bo‘lib, mahalliy va xorijiy olimlar, professor-o‘qituvchilar, ekspertlar, tadqiqotchilar, doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilarning ilmiy-nazariy, empirik maqolalari hamda adabiyotlar sharhlarini o‘zida jamlagan majmuadir.
🖊Jurnaldagi maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr qilinadi.
⚡️Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining texnika fani bo‘yicha chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.
🚀Oʻquvchi-yoshlar uchun ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop nashr hisoblangan “INNOVATOR” jurnalida omadli innovatorlarning ishni qayerdan va qanday boshlagani haqida eksklyuziv intervyular, bo’lg’usi innovatorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va sharoitlar boʻyicha muhim maʼlumotlar berib boriladi. Qolaversa, oʻquvchi-yoshlarning ijodiy hamda intellektual salohiyatini oshirish, zamonaviy ilm-fan va texnologiya yutuqlari hamda yangiliklari bilan izchil tanishtirib borish va eng asosiysi, kelajak avlodni “kelajak kasblari”ga tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilgan!
📚Mazkur ilmiy jurnallar bir yilda olti marta chop etiladi.
📍Tahririyat manzili:100174, Toshkent sh., Universitet ko‘chasi, 7-uy.
📞(99899) 373-90-35, (99888) 007-55-92
Facebook | Telegram | Web | Instagram
🔥🔥🔥"Innovator" jurnali KHISO olimpiada maktabi bilan joriy yilning may oyidan boshlab hamkorlikda faoliyat yuritib kelmoqda!
⭐️Ma'lumki, khiso.uz onlayn platformasida doimiy ravishda Xalqaro va Respublika miqyosidagi olimpiadalar tashkil etib kelinadi. Hamkorligimiz davomida ushbu olimpiadalarda faol qatnashib kelayotgan va eng oliy o'rinlarni egallayotgan yoshlarimizni "Innovator" jurnalining sahifalarida yoritib bormoqdamiz! Xususan, Karimjonov Dalerjon ham allaqachon jurnalimiz qahramonlari safidan joy olishdi.😉
💪Olimpiadalarda faol ishtirok eting, g'olib bo'ling va "INNOVATOR" jurnalining qahramoniga aylaning!!!✊
🚀Biz bilan g'oliblar safida bo'ling!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
Ўзбекистон халқига байрам табриги
—
Праздничное поздравление народу Узбекистана
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Иброҳим Абдураҳмонов Олий таълим, фан ва инновациялар вазири лавозимига маъқулланди.
@Ibrokhim_Abdurakhmonov
Кириб келаётган 2023 – «Инсонга эътибор ва сифатли таълим» йили муборак бўлсин!
Ҳурматли юртдошлар, азиз дўстлар!
Янги йил байрами энг яхши хислатларимизни намоён этиш, бир-биримизга энг эгу тилакларни тилаш, келажак режаларини тузиш, яқинларимиз билан дийдорлашиш, ўтган йилги ишларимизни сарҳисоб қилиш, хулосалар чиқариш палласи. Қолаверса, айнан шу байрамда беғубор болалагимизни эслаймиз, ўсмирликдаги максималимизни хотирлаймиз, ўша даврдаги орзуларимиз рўёбини таҳлил қиламиз.
Ўтаётган йил кутилган ва кутилмаган янгиликларга бой бўлди, мураккаб даврларни бошдан кечирдик. Ислоҳотлар даври бир-биримизни қўллаш, бирдам бўлиш, бир-биримизни тушуниш, илм олиш, ўзимизга талабчан бўлиш, кўникмаларимизни ривожлантириш муҳим эканини кўрсатмоқда.
Жорий йилда қабул қилинган 2022–2026 йилларда Ўзбекистон Республикасининг инновацион ривожланиш стратегиясининг қабул қилиниши, ишонаманки, яқин келажакда турли соҳалар, тармоқларнинг ривожига хизмат қилади. Ушбу стратегияга кўра, Глобал инновацион индексда Ўзбекистоннинг ўрнини яхшилаш, инновацион фаолият инфратузилмалари кенгайтириш, инновацион фаол тадбиркорликни қўллаб-қувватлаш, янги инновацион (spin-off) корхоналар ташкил этиш, ташқи бозорларга умумий экспортда юқори технологияли маҳсулотлар экспортининг улушини ошириш, тижоратлаштирилган илмий ишланмалар сонини кўпайтириш каби қатор вазифаларни ўз олдимизга қўйганмиз. Бунда хусусий секторнинг илмий ишланма ва тадқиқотларга инвестициялари ҳамда хорижий грантлар ҳажмини ошириш ҳам муҳим аҳамият касб этади. Айнан мана шу ҳаракатларимиз орқали малакали кадрлар учун юқори маош тўланадиган иш ўринлари юзага келади. Ислоҳотлар натижасида инсон капиталининг ривожлантиришга қаратилган саъй-ҳаракатлар туфайли юртимизда олий таълим ва олий таълимдан кейинги таълим қамрови кенгайган шароитда етишиб чиқаётган ёш кадрларни иш билан таъминлаш масаласини ижобий ҳал қилишимиз даркор.
Стратегияда тадқиқотлар ва ишланмалар учун ялпи харажатлар миқдорини ошириш бўйича ҳам мақсадли кўрсаткичлар белгиланган бўлиб, мен юртдошларимиздан буни харажат эмас, балки келажакка инвестициялар деб, қарашларини сўраган бўламан. Илм-фанга, инновацияларга ажратилган ҳар бир тийин эртага сўм, валюта бўлиб қайтади – худди фарзадларимизни ўқитиш орқали уларнинг келажагини таъминлаганимиздек. Яратилган янги технологиялар, интеллектуал мулкдан келадиган тушумлар, патентлар сонининг ошиши, корхоналарда илмий тадқиқотчиларнинг фаолият юритиши иқтисодиётимизнинг ривожига ҳисса қўшади.
Президентимиз томонидан 2023 йил – «Инсонга эътибор ва сифатли таълим» йили деб эълон қилинди. Сифатли таълим ортидан аҳолининг яшаш сифатининг ошиши инсонга берилаётган эътиборнинг юксак кўринишидир. Ҳозирда юртимиз фуқароларининг ҳар бири илм олиш, илмини ривожлантириш имкониятига эга. Мана шу имкониятлардан фойдаланиш ҳар биримизнинг вазифамиз ва бурчимиздир.
Азизлар, Янги йилда Сизга юртимиз равнақи, халқимиз фаровонлиги йўлида амалга ошираётган ишларингизда куч-қувват, шижоат ва омад тилайман. Янги Ўзбекистонда инсон қадрига қаратилган барча ислоҳотлар шу заминмиз аҳлининг энг эзгу ниятларининг амалга ошишига хизмат қилсин!
Сизга, яқинларингиз ва оилангиз аъзоларига, жамоангизга бахт, соғлик ва куч-ғайрат тилайман!
Ҳурмат билан,
Иброҳим Абдураҳмонов,
Инновацион ривожланиш вазири, академик
@Ibrokhim_Abdurakhmonov
📹 Ўзбекистон Республикаси Инновацион ривожланиш вазирлиги қошидаги "Илм-фан ва инновацион ривожланиш" илмий журналининг 5 йиллик фаолиятига бағишлаб тайёрланган видеолавҳа.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
🌐YANGICHA GRAFIKALI KLAVIATURALAR
🚀Kompyuter ishqibozlari uchun jonli grafikaga ega klaviaturalar ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Uning ishlash mexanizmi juda oddiy — o'zingizga yoqqan animatsiya yoki videoni tanlasangiz bo'lgani. Ishlanma 2023-yilda omma e'tiboriga taqdim etilishi kutilmoqda.
📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉
Facebook | Telegram | Web | Instagram
😎Quyoshdan saqlovchi ko‘zoynaklarni kim/kimlar yaratgan?
📜Bu ixtironing yaratilish tarixi haqida gap ketar ekan, bir qancha talqinlarni uchratishimiz mumkin.
❇️Rim imperatorlari gladiatorlarning janglarini tomosha qilishni juda ham yaxshi ko‘rishgan. Ammo quyosh ba'zida ularning maroq olishiga to'sqinlik qilgan. Shu sababli ham XIII asrdayoq imperatorlar uchun zumrad toshlari yordamida ko'zoynaklar ishlab chiqarila boshlangan.
❇️ Dominikanlik rohib Giordano de Piza yozib qoldirgan ma'lumotlar esa haqiqiy quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynaklar birinchi marta Italiyada ishlab chiqarilganligi haqida ma'lumot beradi. Uning ta'kidlashicha, bu voqea 1886-yilda sodir bo'lgan.
❇️ Antropologiya professori Bertold Laufer ko‘zoynaklar ixtirosini hindlar bilan bog‘laydi. Quyoshli o'lka fuqarolari tomonidan bu kabi ixtiro yaratilishi haqiqatga yaqin, albatta!
🧐Sizningcha, ushbu ishlanma mualliflari kimlar? Fikrlaringizni yozib qoldiring👇👇👇
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#qadimiy_ixtirolar
🧐Bugungi kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangan qadimiy ixtirolar haqida bilishni istaysizmi?
📌Kundalik foydalanadigan aksariyat buyumlar bizga texnologik taraqqiyot natijasida paydo bo‘lgandek tuyuladi va shunga mos ravishda ular zamonaviy olimlar tomonidan ixtiro qilingan, deb taxmin qilamiz. Biroq ba'zi buyumlar siz o‘ylaganingizdan ancha oldin ixtiro qilingan. Quyida ular haqida birma-bir to‘xtalalib o'tamiz👇👇👇
🦷Tish pastasi (IV asr)
📜Tish pastasining eng qadimgi retsepti bizga IV asrda Misr qo‘lyozmalari orqali yetib kelgan. Retsept biz uchun g‘ayrioddiy edi: qalampir, tuz kukuni va yalpiz barglari aralashmasi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
Инновацион ривожланиш вазирлиги тизимига кадрлар фақат очиқ танлов асосида ишга қабул қилинади
“Давлат фуқаролик хизмати тўғрисида”ги қонунга мувофиқ, Инновацион ривожланиш вазирлиги марказий аппарати ва ҳудудий бошқармаларидаги мавжуд вакант лавозимларни малакали кадрлар билан тўлдириш фақат очиқ танлов орқали амалга оширилади. Бунда, вакансиялар учун ички ва ташқи танловлар эълон қилинади.
✅ Танловлар 3 босқичда ўтказилади:
➖ номзодларнинг аризаларини малака талаблари бўйича саралаш;
➖ тест синови;
➖ суҳбат босқичи.
✅ Вазирлик тизимидаги вакант лавозимларни эгаллаш учун аризалар Давлат фуқаролик хизматчилари вакант лавозимларининг ягона очиқ портали — vacancy.argos.uz орқали электрон шаклда қабул қилинади.
▪️Танловларнинг очиқ ва шаффоф ҳамда барча учун тенглик тамойили асосида ўтишини Президент ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги назорат қилади.
▪️Қуйидаги ҳавола орқали вакант лавозимлар билан танишиб боришингиз мумкин:👇
➖ Вазирлик тизимидаги мавжуд вакансиялар учун очиқ танловлар.
✅ Очиқ ва шаффоф тизим орқали жамоамиз сафига қўшилинг!
@mininnovation
🚀3D PRINTERDA AVTOBUS CHOP ETILDI
📌Local Models kompaniyasi 3D printer yordamida chop etilgan Olli nomli avtobusni omma e'tiboriga taqdim etdi. Ishlanmaning yana bir qiziq jihati uning to'liq avtomatlashtirildanidadir.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#ideathon
💪 Samarqand viloyati yoshlari uchun startap g'oyalar tanlovi!
✅ 15-16-dekabr kunlari Samarqand viloyati yoshlari uchun IDEATHON boʻlib oʻtadi, u IT Park hamda YXHT'ning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
ℹ️ IDEATHON – bu ishtirokchilardan bir-ikki kun ichida muayyan muammoni hal qiladigan g‘oyani o‘ylab topishi va uni minimal hayotiy mahsulotga aylantirishni talab qilinadigan tanlovdir.
Tanlovda 16 va undan katta yoshdagi ishtirokchilar quyidagi yo'nalishlar bo'yicha ishtirok etishi mumkin:
▫️ sun'iy intellekt;
▫️ tibbiyot;
▫️ energiya;
▫️ qishloq va suv xo‘jaligi;
▫️ qurilish;
▫️ ta'lim;
▫️ elektron hukumat;
▫️ fintech;
▫️ e-commerce.
🧩 Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar, sertifikatlar va startap g‘oyalarini ishlab chiqish tajribasiga ega bo‘ladilar!
➡️ Tanlovda ishtirok etish uchun 9-dekabrgacha roʻyxatdan oʻtishingiz kerak: https://forms.gle/gmRVQkLusS5GJHCa6
Agar siz o'z startapingizni yaratmoqchi bo'lsangiz, unda bu siz uchun ajoyib imkoniyat 💪
_________
💪 Конкурс стартап-идей для молодежи Самаркандской области!
✅ 15-16 декабря соcтоится IDEATHON для молодёжи Самаркандской области, который организовывается IT Park совместно с Координатором проектов ОБСЕ в Узбекистане.
ℹ️ IDEATHON – это конкурс, в рамках которого участникам необходимо придумать идею, решающую определённую проблему, и развить её до минимального жизнеспособного продукта всего за день или два.
Принять участие в конкурсе может любой желающий в возрасте от 16 лет и старше, по таким направлением, как:
▫️ искусственный интеллект;
▫️ медицина;
▫️ энергетика;
▫️ сельское и водное хозяйство;
▫️ строительство;
▫️ образование;
▫️ электронное правительство;
▫️ финтех;
▫️ e-commerce.
🧩 Победители конкурса получат ценные призы, сертификаты и опыт в разработке стартап-идей!
➡️ Для участия в конкурсе нужно пройти регистрацию до 9 декабря включительно: https://forms.gle/gmRVQkLusS5GJHCa6
Если вы хотите создать свой стартап, то это отличная возможность для вас 💪
🚴♀️Yangicha ko'rinishdagi velosiped
Ko'rib turganingiz Xitoylik olimlar tomonidan yaratilgan bir g'ildiralki elektro-velosiped. Ishlanma juda ixchamligi bilan ko'pchilik e'tiboriga tushib ulgurdi. Endi velosipedingizni o'zingiz bilan olib yurishingiz, biror joyga yuklashingizda hech qanday muammo bo'lmaydi😉😉😉
Facebook | Telegram | Web | Instagram