innovatorjurnali | Unsorted

Telegram-канал innovatorjurnali - "Innovator" jurnali

1731

Innovatsion rivojlanish vazirligiga qarashli o‘quvchi yoshlarga bag‘ishlangan ilmiy-texnikaviy, tahliliy ommabop nashr Links: www.indep.uz https://bit.ly/Fb_Innovator https://bit.ly/Ins_Innovator 📞Murojaat uchun: +998 88 007 55 92 @innovator_jurnali

Subscribe to a channel

"Innovator" jurnali

​​#ixtiro
Nam salfetkalar!

Qo‘llarni yuvish, yuzni kosmetiklardan tozalash, mevalarni artish, yarani o‘z vaqtida dezinfeksiyalash, uyni bir pasda saronjomlab, changlarini artish ... Xo‘sh, bunday yumushlarni bajarishda nima ularni birlashtiradi? Hech ikkilanmay, nam salfetkalar, deya javob berishimiz mumkin!

Nam salfetkalar to‘g‘risidagi tushunchani ingliz ixtirochisi Jon Dikinson bildirgan. Shu tariqa o‘tgan asrning 70-yillaridan boshlab, birinchi nam salfetkalarni Kimberli-Klark kompaniyasi ishlab chiqara boshlagan. Dastlab, nam salfetkalar bolalarni gigenik parvarishlash uchun mo‘ljalangan edi. Biroq birinchi nam salfetkalar bir qator kamchiliklarga ega bo‘lgan: sifat jihatdan ular oddiy qog‘oz salfetkalarni eslatardi. Bakteritsid eritmaga botirilgan bo‘lib, salga yertilib, tezda qurub qolardi. Shuningdek, kerakli darajada yumshoq va mustahkam bo‘lmagan.

Vaqt o‘tishi bilan ishlab chiqaruvchilar salfetkaning sifatini yaxshilash borasida tarkibida o‘rin olgan sellyuloza (sunʼiy ipak) dan voz kechishib, sintetik tolallarni (volokna) qo‘llab ko‘rishadi. Ular juda ham yumshoq va namni yaxshi so‘rish xususiyatiga ega bo‘lgan.

Lekin nam salfetkalarning yana-da sifatini yaxshilash borasida ishlar hali ham davom etmoqda. Kundan kun uning xususiyatlari ham kengayib kosmetologiya, meditsina, uy anjomlari, ayollar va bolalar dunyosini qamrab olmoqda.

Qolaversa, tinib tinchimas olimlar nam salfetkaning yana bitta ajoyib xususiyatini kashf qilishdi. Xalqaro kosmos stansiyalarida ekipajni radiatsiyadan himoya qilish uchun nam salfetkalar eng yaxshi vosita bo‘lar ekan.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

​​#ixtiro
Soyabon!

Yomg‘irli havoda soyabonning o‘rnini hech narsa bosolmasa kerak. Ayniqsa, bu yilgi bahor o‘z yomg‘irini ayamay hadya etmoqda.

Zamonaviy soyabonga o‘xshash birinchi ixtiro 1200 yil avval paydo bo‘lgan. Tarixiy maʼlumotlarga asoslangan holda qadimgi Sharq mamlakatlari: Misr, Xindiston va Xitoy birinchi marta quyoshdan himoya qilish vositasi sifatida soyabondan foydalana boshlagan. Qo‘l bola soyabon bambuk, palma barglari va qush patlaridan yasalgan bo‘lib, og‘irligi taxminan 3 kg va tutqichi yarim metr bo‘lgan.

Soyobonni yomg‘irdan himoya maqsadida qo‘llash fikri XVIII asrning ikkinchi yarimida Angliyalik Jon Xanveyda tug‘ildi. Uning soyabonining yopqichi brezent matosi (qo‘pol va suv o‘tkazmaydigan mato) ga o‘xshash bo‘lib, 4 kg og‘irlikka ega bo‘lgan. Bunday usul ko‘pchilikka manzur bo‘lganidan uni yomg‘irli havoda qo‘llash tezda ommalashadi.

Nihoyat zamonaviy soyobonni eslatadigan soyabon turi 1850-yilda paydo bo‘ldi. Uni Angliyalik mexanik Samuel Foks temir karkasli, sim (spitsa)li, suvga chidamli mustahkam matodan va hassa tutqichli shaklda soyabonni yaratib patentlashga erishadi.

Hozir bozor rastalarida soyabonlarning turli xil ko‘rinishlari ko‘p. Yomg‘irga, quyoshga, hatto shamoldan himoya qiladigan soyabonlar mavjud. Shunday sharoitni bizga yaratgan o‘tmishning barcha ixtirochilaridan minnatdor bo‘lsak arziydi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

​​#ixtiro

✔️So'nggi yillarda kundalik turmushimizning ajralmas qismiga aylanib borayotgan ixtirolarning soni tobora ortib bormoqda. Ularning ayrimlarisiz ish kunimizni rejalashtirishga ham qiynalamiz. #ixtiro ruknida aynan shu kabi ishlanmalarning yaratilish tarixiga to'xtalib o'tmoqchimiz!

Suv sovutgich (kuler)

🩻Maʼlumki, inson organizmining normal faoliyati uchun ko‘p miqdorda suv ichish talab etiladi. Albatta, har qanday suv ham ichimlik suvi vazifasini o‘tamaydi. Shuni inobatga olgan holda eramizdan ancha oldin qadimgi sivilizatsiyalar rivojlanish davrida toza suv bilan aholini taʼminlashning turli tizimlarini o‘ylab topish uchun ko‘plab izlanishlar olib borilgan.

💧Akveduk deb nomlangan qurilma qadimgi Rimda vodoprovod tizimining yangi timsoliga aylandi. O‘sha davrdagi quvur (truboprovod) loydan va yog‘ochdan yasalgan. Zamonaviy texnologiya va elektr tokining yo‘qligiga qaramasdan bu qurilma juda ham murakkab gidrotexnik qo‘lbola moslama sanalgan. Akvedukni elektr energiyasidan foydalanmasdan turib ishlatilishi ko‘pchilikni haligacha hayratlantirmoqda.

📜Faqat XX asrning boshlarida AQSHda 1906-yili Xelsi Teylor tomonidan birinchi suv sovutkich ixtiro qilindi. U zamonaviy kulerlarning ajdodlaridan biri sanaladi.

📌Hozirgi zamonaviy kulerga uning ajdodlarini taqqoslashtiradigan bo‘lsak, ular juda ham oddiy va beso‘naqay ko‘rinishga ega bo‘lgan. Shuningdek, suvni sovitish vazifasini bajarishi uchun katta bo‘lakli muzlar qo‘llanilgan.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🚀 Astana Hub va Draper Universiteti My Ventures bilan hamkorlikda Kremniy vodiysida texnologik startaplar uchun qoʻshma dasturni ishga tushirmoqda!

🤩 “Hero Training” dasturi doirasida startaplar AQSHning yetakchi texnologiya tadbirkorlari va ekspertlari bilan 2 haftalik onlayn pre-akseleratsiyadan oʻtish imkoniyatiga ega boʻladilar.

⭐️ Eng yaxshi 20 ta loyiha Silicon Valleyʼda 5 haftalik akseleratsiyaga kiradi va Draper University kampusida 6 oygacha yashash imkoniyatiga ega boʻladi.

⚡️Dasturda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya startaplari ishtirok etishi mumkin, lekin joylar soni cheklanganligini unutmang!

❗️Batafsil: http://bit.ly/3nvOhh1
________________________

🚀Astana Hub и Университет Дрейпера запускают совместную программу в Кремниевой долине для технологических стартапов в партнерстве с My Ventures!

🤩 В рамках программы "Hero Training" у стартапов будет возможность пройти 2-недельную онлайн-преакселерацию с ведущими технологическими предпринимателями и экспертами из США.

⭐️ 20 лучших проектов попадут в 5-недельную акселерацию в Silicon Valley с возможностью прожить до 6 месяцев в кампусе Draper University.

⚡️ В программе могут принять участие стартапы из Казахстана, Кыргызстана, Узбекистана, Азербайджана и Турции, но помните количество мест, ограничено!

❗️Подробнее: http://bit.ly/3KtNUN5

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkillashtirilgan "StartUp PitStop" loyihasida ishtirok eting va o'z loyihangizni ekspertlar guruhiga taqdim eting!

Siz o'z startap loyihangizni investorlarga to'g'ri taqdimot etish va unga sarmoyalarni jalb qilish uchun kerakli ko'nikmalarni rivojlantirishni xohlaysizmi? Unda ushbu dastur aynan siz uchun.

Dastur natijasida siz o'z loyihangizning hozirgi holatini ekspertlar nigohi bilan ko'rish imkoniga ega bo'lasiz. Shuningdek, mavjud davlat grantlari uchun loyihangizning tayyorlik holati tekshirishingiz mumkin bo'ladi.

Dasturda ishtirok etish uchun arizani to'ldirasiz va sizga 10 ish kuni ichida taqdimot kuni haqida ma'lumot beriladi.

BATAFSIL

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#Mirziyoyev #tashrif #Qoraqalpogiston #texnopark

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus yoshlar texnoparkini borib ko‘rdi, u yerda amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar bilan tanishdi.

_ _ _ _ _

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Молодежный технопарк Нукуса, ознакомился с реализуемыми в нем инновационными проектами.

@Ibrokhim_Abdurakhmonov

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#startap
🌍 Dunyodagi eng muvaffaqiyatli startaplar!

🔻Silikon vodiysining 20 ta eng yaxshi startaplaridan biri bo'lgan ushbu kompaniyaning nomi - Dropbox.
Dropbox - bu fayl hosting kompaniyasi bo'lib, shaxsiy ma'lumotlarni bulutli saqlash, fayllarni sinxronlash va mijozlar uchun dasturni o'z ichiga oladi.

🔺O'z USB flesh kartasini qayta-qayta unutib qo'yavergan ikki talaba tomonidan o'ylab topilgan ushbu kompaniya haqida yanada ko'proq ma'lumotga ega bo'lishni istasangiz postimizni o'qib chiqing!

☁️ Yana qanday muvaffaqiyatli startaplarni bilasiz, izonlarda yozib qoldiring!

🌐Telegram 🌐Instagram
🌐YouTube

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#Tanlov2023

📢“Olima ayollar” tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar tanlovi eʼlon qilindi

💡Vazirlik huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan ushbu tanlovda quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha arizalar qabul qilinadi:

🔹Arxitektura, qurilish, dizayn va shaharsozlik
🔹Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari
🔹Biologiya fanlari
🔹Biotexnologiya fanlari
🔹Filologiya va ijtimoiy fanlar
🔹Huquq fanlari
🔹Iqtisod fanlari
🔹Kimyo fanlari, kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiya
🔹Matematika, fizika va mexanika fanlari
🔹Pedagogika va psixologiya fanlari
🔹Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari
🔹Tarix va arxeologiya fanlari
🔹Texnika fanlari
🔹Tibbiyot fanlari
🔹Veterinariya va chorvachilik yo‘nalishi
🔹Farmakologiya va farmasevtika fanlari
🔹Yer to‘g‘risidagi fanlar

📥Hujjatlar 5-mayga qadar grant.mininnovation.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

👩‍💻Tanlovda ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarida hamda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarda ishlayotgan ilmiy darajaga ega xotin-qizlar ishtirok etishi mumkin.

👉BATAFSIL

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#maslahat

Xitoyning dunyoga mashxur tadbirkori Jek Maning universitet bitiruvchilariga keyingi 30 yil ichida yoshlar nimaga e’tibor qaratish kerakligi haqidagi maslahati:


20 dan 30 yoshgacha bo'lgan davringizda o’zingizga yaxshi ustoz bo’la oladigan rahbarga ergashing va ishlarni qanday qilib to'g'ri bajarish kerakligi va xodimlarni qanday boshqarish zarurligini o’rganing.

30 yoshdan 40 yoshgacha bo'lgan yoshingizda, agar biror narsa qilishni o'zingiz xohlasangiz, shunchaki qiling. Hali ham yutqazib, muvaffaqiyatsizlikka uchrash uchun sizda yetarli vaqt bo’ladi.

Siz 40 yoshdan 50 yoshgacha bo'lganingizda, mening taklifim shundaki, o'zingiz qaysi yo’nalishda eng zo’ri bo’lgan bo’lsangiz shu ish bilan shug’ullaning.

50-60 yoshga kirganingizda, yoshlarni, kelajak avlodni tarbiyalash va rivojlantirishga vaqt ajrating!

60 yoshdan oshganingizda, ishlamasdan nevaralaringiz bilan bemalol vaqt o’tkazish uchun sizda yetarlicha vaqt, mablag’ va boshqa rasurslar bo’lishi zarur.”

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🚀Yaponiyalik muhandis olimlar tomonidan Panasonic Nicobo nomli robot yaratildi. Ushbu ishlanmaning vazifasi keksaygan hamda qarovchisiz insonlar bilan birga "vaqt o'tkazish" hisoblanadi.

🤖Robot sun'iy intellekt yordamida boshqarilib, unga aytilgan gaplarni tushunadi, javob qaytaradi, shuningdek, ba'zi hissiyotlarni ko'rsata oladi.

📊Ma'lumotlarga ko'ra, ishlanma mamlakat bo'ylab sotuvga qo'yilgan bo'lib, uning qiymati bugungi kunda 237$ ni tashkil etar ekan.

📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#ibratli_voqea

🧐Innovatorlar tarbiyasida qaysi jihatlarga e'tibor berilishi kerak?

💾TESLA
hamda SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Maskning onasi Mey Mask Forbs jurnalida o'z farzandlari tarbiyasi haqida quyidagicha intervyu beradi:

— Farzandlarimga o'zlari qiziqqan narsalar bilan eksperimentlar o'tkazishlariga, ba'zan xatolar qilishlariga ruxsat berganman. Ular o'zlari uchun to'g'ri deb, hisoblagan narsalariga aralashmaganman. Umuman olganda, faol rivojlanishlari uchun barcha sharoit yaratib berishga harakat qildim!

📌To'rtta tilda bemalol gaplasha oladigan 70 yoshli Mey Mask Toronto universiteti ilmiy xodimi hisoblanadi. U Kanada Dietologlar hamjamiyatini boshqaribgina qolmay, modellik hamda o'qituvchilik bilan shug'ullanadi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#tanlov
#IT_talim
#dasturiy_mahsulotlar_ishlab_chiqarish



💡“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish hamda eksportga yo‘naltirish bo‘yicha startap loyihalar” tanlovida ishtirok eting!


Tanlovda ishtirok etuvchi “startap” loyiha tashabbuskorlari arizalari 2023-yil 16-martdan 16-aprelga qadar startup.mininnovation.uz manzili orqali qabul qilinadi. 📥

Tanlov natijalariga ko‘ra moliyalashtirishga tavsiya etilgan startap loyihalarga 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ ajratiladi.

Loyihani amalga oshirish bo‘yicha ustuvor sohalar sifatida quyidagilar belgilanadi:

-Raqamli hokimiyat;
-Aqlli tibbiyot;
-Aqlli transport;
-Aqlli ta’lim;
-Aqlli qishloq xo‘jaligi;
-Aqlli energetika tizimi;
-Aqlli mahalla.

✅Tanlovda ishtirok etish uchun loyiha innovatsion bo'lishi va respublikada avval ishlab chiqarilmagan yangi mahsulot ishlab chiqarishi yoki yangi xizmat turini yaratishi zarur.

Batafsil

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#innovatordan_taklif

✔️"INNOVATOR" jurnalining ilk qahramonlaridan biri Shavkat Xudoyberdiyev mamlakatimizni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash hamda energetika sohasini kuchaytirish borasida o'zining innovatsion yechimlarini taklif etishda davom etmoqda. Innovatorimiz tomonidan asos solingan korxona hozirda elektr transformatorlarini ishlab chiqarmoqda.

📌Qurilmaning analoglaridan farqli jihatlari:
— Elektr transformatorlar tasodifiy yong'in va portlashdan himoyalangan;
— Transformatorning ishlash davri "otib yubormasligi" hisobiga sezilarli darajada uzaytirilgan;

Korxona iste'molchilarga quyidagi xizmatlar taklif etadi:
Istalgan turdagi transformatorlarni ishlab chiqarish
✅To'liq ta'mirlash
✅Transforatorlarni yetkazib berish hamda o'rnatish

☎️Murojaat uchun:
+998913290959
+998337908180
@Xudoberdiyev1997

Facebook I Telegram I Web I Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#E’lon

Xizmat ko‘rsatish sohasiga oid startap loyihalar tanloviga start berildi

💡Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi iqtidorli yoshlarning ilmiy-innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tanlov e’lon qiladi.

Startap loyihalarni qabul qilishda qo‘yiladigan shartlar:

➖ 1 ta ishtirokchi 1 ta loyiha bilan qatnashadi;

➖ loyihalar asosida dasturiy mahsulot, xizmatlar va ijtimoiy mahsulotlar yaratishning eng uzoq muddati 1 yildan oshmasligi lozim.

➡️Arizalarni ko‘rib chiqishda quyosh panellariga xizmat ko‘rsatishga qaratilgan startap loyihalarga ustuvorlik beriladi.

📥Quyidagi hujjatlar (asl nusxalari) PDF shaklida 👉https://forms.gle/fNwJeUH6i3WDnCrMA elektron manzili orqali joriy yil 16-aprelgacha qabul qilinadi.

☝️Dastlabki texnik ekspertizadan o‘tmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi!

📞Loyihani elektron ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq texnik masalalar bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash xizmati: 71-203-32-23 (ichki raqam 216).

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5218

Telegram|Instagram|Facebook | YouTube

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#Innovator
📌BIZNESGA QADAM QO‘YMOQCHI BO’LGAN INNOVATORLAR UCHUN!!!

🍟Xabaringiz bo‘lsa, McDonald's dunyoga mashhur fastfud restorani bo'libgina qolmay, bir vaqtning o'zida haqiqiy biznes tarmog'i hamdir.

🧐McDonald'sga qay tarzda asos solinganligi haqida bilasizmi?

Quyida McDonald'sni yaratgan odam Rey Krokning hayoti haqida hikoya qilinadi👇👇👇

https://telegra.ph/dfdg-03-23

🎥Ushbu inson hayot yo'liga chuqurroq qiziqqanlar uchun "Asoschi" (Founder) filmini tomosha qilishni ham maslahat beramiz!

Facebook I Telegram I Web I Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#Mirzo_Ulugbek_vorislari
#Yoshlar_akademiyasi

"Mirzo Ulug'bek vorislari" Respublika tanlovining 1-bosqichi yakunlandi!

❇️ Joriy yilning 27-fevral kunidan 5-aprel kuniga qadar Respublikamizning barcha tuman va shaharlarida Tanlovning 1-bosqichi bo'lib o'tdi.

✅ 1-bosqich yakunlariga ko'ra 995 nafar ishtirokchilar 🏆g'olib deb topilib, ularga
Tanlovning 2-bosqichiga ⏭ yo'llanma
va BHMning 5 barobari miqdoridagi 💳 pul mukofotlari uchun sertifikatlar taqdim etildi.

Telegram | Facebook | Youtube | Yoshlar akademiyasi

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#E’lon

“O’zbekiston-Belarus” fundamental loyihalar tanlovi

💡Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan “O’zbekiston-Belarus” fundamental loyihalar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov shartlari:

➖ tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan tashkilotlar Belarus tomonidan hamkor ilmiy tashkilot topishlari va loyihalarni kelishilgan holda shakllantirib, mos ravishda tanlovga ariza topshirishlari lozim;

➖ Belarus tomonidan hamkor ilmiy tashkilot bilan birgalikda shakllantirilmagan loyihalar tanlovdan chetlashtiriladi.

➡️Arizalar joriy yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

☝️Dastlabki texnik ekspertizadan o‘tmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi!

📞Ilmiy loyihalarni grant.mininnovation.uz elektron platformasining “Tanlovga ilmiy loyiha taqdim etish” sahifasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq texnik masalalar bo‘yicha agentlikning texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash xizmati: 71-203-32-32 (ichki raqam 242).

👉
Batafsil

_ _ _ _ _ _ _

Конкурс фундаментальных проектов «Узбекистан-Беларусь»

💡Агентство инновационного развития при Министерстве высшего образования, науки и инноваций объявляет конкурс фундаментальных проектов «Узбекистан-Беларусь», осуществляемых в рамках государственных программ по научной деятельности.

Условия конкурса:

➖ научным группам, желающим принять участие в конкурсе, следует подать заявку на участие в конкурсе на условиях обоюдного согласия с партнёрами с Белорусской стороны и рамках целей проекта;

➖ проекты без партнеров с Белорусской стороны, к участию в конкурсе не допускаются.

➡️Заявки принимаются до 1 июня текущего года.

☝️Проекты, не прошедшие электронную регистрацию и предварительную техническую экспертизу, к следующему этапу конкурса не рекомендуются!

📞Служба технической поддержки Агентства по техническим вопросам, связанным с регистрацией научных проектов на электронной платформе grant.mininnovation.uz: 71-203-32-32 (внутренний 242).

👉
Подробно

Telegram | Instagram | Facebook |You Tube

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#EduKonferens_2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va ijtimoiy soha mas’ullari hamkorligida tashkil etilgan konferensiya ilk bor oliy, o‘rta va professional ta’lim muassasalari, hamda O‘zbekiston iqtisodiyoti va biznesining real sektori korxonalari vakillarini birlashtirdi. Unda xorijlik mutaxassislar o‘z ma’ruza va taqdimotlari bilan qatnashmoqda.

Yoshlar tashabbuslari markazi bosh direktori O.Mkrtchyan tomonidan “Nufuzli muhundislik ta’limi uchun amaliyotga yo‘naltirilgan ilg‘or ta’lim texnologiyalarining ta’lim markazi konsepsiyasi” taqdimoti o‘tkazildi.

Massachusets texnologiya institutining FabLab bo‘yicha mintaqaviy direktori Jaklin Karaaslanian “Raqamli ishlab chiqarish: FabLab va Fab Academies orqali ijodkorlik va innovatsiyalar kelajagi” mavzusida ma’ruza qildi.

Shuningdek, STEM ta’lim, fan-ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, san’at va biznesda sun’iy intellektni qo‘llash masalalarida fikr almashilmoqda.

Anjumanda taqdim etilgan ilg‘or ta’lim texnologiyalari nafaqat muhandislik ta’limini modernizatsiya qilish va malakali muhandis kadrlarni innovatsion iqtisodiyotga tayyorlash, oliy ta’limni maktab va kasb-hunar muassasalari bilan integratsiya qilishga, shuningdek, ta’limni ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.

〰️〰️〰️

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

⚡️Muhandis olimlar Amerika triller filmi "Jon Uik"dagi asosiy qahramonning o'q o'tkazmas kostyumini ishlab chiqishdi!

🎥Ma'lumot ijtimoiy tarmoqlar sahifalarning biriidan olindi!

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🧐Suvda harakatlanuvchi avtobus haqida eshitganmisiz?

🚌"Amfibus"
quruqlikdan tashqari, suvda ham harakatlana oladigan avtobus bo'lib, hozirgi kunda u Niderlandiyaning "DAT(Dutch Amphibious Transport)" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilmoqda.

🙋‍♂️Bu turdagi avtobuslar turistlar uchun xizmat qilib, mamlakat bo'ylab ekskursiyaning yana-da yodda qolarli bo'lishiga xizmat qiladi.

🛠"Amfibus"ga elektr dvigeteli o'rnatilgan bo'lib, uning umumiy og'irligi 21 tonnani tashkil etadi. Avtobus suvda 5,6 km/soat, quruqlikda esa 80 km/soat tezlik bilan harakatlana oladi.

📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

⚡️O'zbekistonda "Ucharto'p" nomli yangi sport turi yaratildi!

🙋‍♂️"Ucharto'p" nima va u kim tomonidan ixtiro qilindi?

❓Koptok bilan o'ynaladigan o'yinlardan nimasi bilan farq qiladi?

⚽️O'yin qoidalari qanday?

📌"Ucharto'p" haqidagi batafsil ma'lumot bilan tez kunlarda "INNOVATOR" jurnalning 2-sonida tanishishingiz mumkin!

🦾Siz ham o'z ishlanmalaringiz va ixtirolaringiz bilan bo'lishing hamda "Innovator" jurnali qahramoniga aylaning!

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

⚡️Bugungi kunda robototexnika sohasi shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Disney kompaniyasi yaqinda o'zining robot-quyonini namoyish etdi.

🎥Videolavhada robot-quyon nimalarga qodir ekanligini ko'rishingiz mumkin!

📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🌐Xabaringiz bo'lsa, joriy yilning 16-17-mart kunlari Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida "Bahorgi tijoratlashtirish forumi" bo'lib o'tgan edi.

⁉️ "Bahorgi tijoratlashtirish forumi"ning o'tkazilishidan ko'zlangan asosiy maqsad nima?

📌Bu yilgi forumda qanday innovatsion ishlanmalar o'rin olgan?

Videolavha orqali shu kabi savollarga javob oling!

🎥Xalqaro press-klub reportaji

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#Innovator
#xushxabar

💐"INNOVATOR" jurnali hamda ijtimoiy tarmoqlarimizdagi "Innovator" rukni qahramonlaridan biri Islom Oqnazarov O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar Parlamenti a'zoligi Respublika komissiyasiga tavsiya etilib, eng munosib nomzodlardan biri sifatida tasqidlandi.

"Innovator" jurnali jamoasi ushbu yutuq bilan yosh innovatorni samimiy muborakbod etadi hamda kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar quchishini tilab qoladi!

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

📚Sun'iy intellekt Otabek va Kumush qiyofasini yaratdi!

❇️Rasmda ko'rib turganingiz Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" asari qahramonlari Otabek va Kumushbibining hayotiy qiyofasi.

📌Qayd etilishicha, portretlar qahramonlarning asarda keltirib o'tilgan ta'riflariga asoslanib, sun'iy intellekt tomonidan yaratilgan.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#Vazirdan_maktub #Innovator #xushxabar

🌐Xabaringiz bo'lsa, ayni damda "Mirzo Ulug'bek vorislari" respublika tanlovining tuman bosqichlari o'tkazilib kelinmoqda.

💐Tanlovning G'ijduvon tuman bosqichida "Vazirdan maktub" loyihasining faol ishtirokchilaridan biri Sheraliyev Akobir ham o'z ishlanmasi bilan ishtirok etdi hamda 5 nafar g'olib innovatorlar safidan joy oldi!

"Innovator" jurnali jamoasi ushbu yutuq bilan yosh innovatorni samimiy muborakbod etadi hamda kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar quchishini tilab qoladi!

📌O'z iste'dodlaringizni namoyon eting hamda siz ham "INNOVATOR" jurnali qahramonlari orasidan joy oling!!!

Facebook I Telegram I Web I Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🚀"INNOVATOR" jurnalining "Biotexnologiya" sohasiga bag'ishlangan sonida Shohista Rustamova boshchiligidagi "Saraton kasalliklarida HER2 onkomarkerini TUMOR ON TARGET usuli bilan diagnostika qilish" nomli startap loyiha hamda loyiha doirasida yaratilishi rejalashtirilgan yangi klinika borasida ma'lumotlar berib o'tgan edik.

✅Bugun, 24-mart kuni "TUMOR ON TARGET" — onkologik kasalliklar innovatsion skrining diagnostika markazi o'z ish faoliyatini boshladi. Mazkur klinikada ko'krak bezi saratoni bilan og'rigan bemorlarni nishon terapiya yordamida davolash rejalashtirilgan. Ushbu terapiya usuli bemor ayollar umrining sezilarli darajada uzayishi, ayrim hollarda o'simtaning butkul o'sishdan to'xtashiga olib kelishi kuzatilmoqda.

Facebook I Telegram I Web I Instagram

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🥇 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan iste’dodli, ixtirochi yoshlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilinayotgan “Mirzo Ulug’bek vorislari" ko'rik-tanlovining Toshkent shahri Sergeli tumani bosqichi bo'lib o'tdi.

🏆Joriy yilning 23-mart kuni o'tkazilgan Sergeli tumani bosqichida jami 53 nafar yoshlar ishtirok etib, Tanlov hay'ati tomonidan 5 nafar ishtirokchilarning loyihalari tanlab olinib, g‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari miqdorida pul mukofotlarini qo‘lga kiritdilar va maxsus sertifikat bilan taqdirlandilar.

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

#XUSHXABAR

2 ta universitetimiz TOP-500 talik reytingdan oʻrin oldi

Quacquarelli Symonds
– QS World University Rankings xalqaro reyting agentligi 2023-yilgi dunyo universitetlarining “Fan sohalari reytingi” (Subject Rankings) natijalarini eʼlon qildi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy universiteti va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari” Milliy tadqiqot universiteti 4 ta (zamonaviy tillar, matematika, fizika va astronomiya, atrof-muhit) fan boʻyicha TOP-500 oliy taʼlim muassasalari qatoridan oʻrin egalladi.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston milliy universiteti 2022-yilgi reytingda “Matematika” sohasida 451–500-oʻrinda ko‘rilgan bo‘lsa, bu yil shu yoʻnalish boʻyicha 100 pogʻona yuqoriga koʻtarildi.

👉Batafsil

➖➖➖

2 вуза из Узбекистана вошли в рейтинг ТОП-500

Международное рейтинговое агентство Quacquarelli Symonds — QS World University Rankings объявило результаты «Предметного рейтинга» университетов мира за 2023 год.

Национальный университет Узбекистана и Национальный исследовательский университет «Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства» вошли в ТОП-500 высших учебных заведений по 4 направлениям наук (современные языки, математика, физика и астрономия, науки об окружающей среде).

Для справки, по результатам рейтинга 2022 года Национальный университет Узбекистана занял 451-500 место в области «Математика», а в этом году поднялся по этому направлению на 100 позиций.

👉Подробно

➖➖➖

2 universities from Uzbekistan are among the TOP-500

The international ranking agency Quacquarelli Symonds – QS World University Rankings has announced the results of the "Subject Ranking" of world universities for 2023.

The National University of Uzbekistan and the National Research University "Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers" are among the TOP-500 higher educational institutions in 4 areas of science (modern languages, mathematics, physics and astronomy, environmental sciences).

👉Details

@eduuz

Читать полностью…

"Innovator" jurnali

🏆 Mamlakatimizning barcha hududlaridagi ixtirochi yoshlarni kashf qilish va iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida 2022-yildan boshlab Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan har yili tashkil qilinayotgan “Mirzo Ulug’bek vorislari" ko'rik-tanlovining tumanlararo bosqichlari davom etmoqda.

🎯 Joriy yilning 16-mart kuni Talabalar shaharchasida joylashgan Ma'naviyat markazida Toshkent shahrining Bektemir va Mirobod tumanlarida istiqomat qiluvchi yoshlari orasida "Mirzo Ulug'bek vorislari" tanlovining 1- bosqichi bo'lib o'tdi. Dastlabki bosqichda jami 53 nafar yoshlar ishtirok etdi. Tanlov natijalariga ko'ra Innovatsiyalar Milliy ofisi xodimlaridan iborat tanlov hay'ati tomonidan Bektemir tumanidan 4 nafar, Mirobod tumanidan 5 nafar ishtirokchilarning loyihalari tanlab olinib, keyingi bosqichga yo'llanma berildi.

💰Eslatib o’tamiz, tanlov g‘oliblari bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari miqdorida pul mukofotlarini qo‘lga kiritib, sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Читать полностью…
Subscribe to a channel