Izlanuvchan yoshlar uchun uzoq kutilgan onlar! 🙏🇺🇿🧑🚀
Bizning safimizga qo'shilishni istasangiz, bemalol murojaat qilishingiz mumkin.
🚇Eng birinchi metro qayerda qurilganligini bilasizmi?
🌐Dunyodagi eng birinchi yerosti yo'li 1863-yilda London shahrida qurilib, foydalanishga topshirilgan. Dastlab uning uzunligi 3 kilometr 600 metrni tashkil etgan.
📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉
Facebook | Telegram | Web | Instagram
📣📣DIQQAT! DIQQAT! DIQQAT!
📖Ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop “Innovator” jurnalining 2022-yilgi 1-soni elektron ko'rinishda taqdim etiladi.
❓Beqiyos imkoniyatlarga ega 5G texnologiyalari haqida nimalarni bilasiz? ⚡️
🗣“Google”da faoliyat yuritayotgan yagona O‘zbekistonlik dasturchi qiz.
📌Bobur Raximov: to‘ldirilgan reallik texnologiyasiga asoslangan innovаtsion plаtformа – hammasi qanday boshlangan?
📖Barchasi haqida “Innovator”da batafsil tanishing! Quyidagi havola orqali jurnalni "varaqlab" ko'ring😉
https://online.pubhtml5.com/llva/mdzk/
Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️Robotlar dalalarda mehnat qilishmoqda!
🤖Nexus Robotics kompaniyasi o'zining La Chevre deb nomlangan yangi robot prototipini ishlab chiqdi. Robot-mashina dalalar bo'ylab hosilga ziyon yetkazmagan holda harakatlanadi va dalani begona o't-o'lanlardan tozalaydi.
🌿Robotga maxsus kameralar o'rnatilgan. Shuningdek, robot sun'iy intellekt asosida ishlaydi, bu unga ekinlarni tanib olishi uchun xizmat qiladi, shu orqali yovvoyi o'simliklarning o'sishiga yo'l qo'ymaydi.
📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Mirzo_Ulugbek_vorislari
#Yoshlar_akademiyasi
🔹 "Mirzo Ulug'bek vorislari" Respublika tanlovining 2-bosqichi joriy yilning 11-aprel kunidan 27-aprel kuniga qadar bo'lib o'tadi!
🔷 Ushbu bosqich Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida tashkil etiladi.
🔵 Har bir hududdan 20 nafardan iqtidorli o'g'il qizlarga Tanlovning Respublika bosqichi uchun yo'llanma hamda BHMning 10 barobari miqdorida pul mukofotlari beriladi.
"Mirzo Ulug'bek vorislari" Respublika tanlovi haqida www.vorislar.uz saytida tanishishingiz mumkin.
Telegram | Facebook | Youtube | Yoshlar akademiyasi
📚Innovatsion kutubxona
🚌Belgiyada avtobus bekatlarida kutubxona tashkil qilingan. O'z avtobusini kutayotgan yo'lovchilar vaqtini unumli o'tkazish maqsadida kitoblardan bemalol foydalanishlari mumkin.
📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Mirzo_Ulugbek_vorislari
#Yoshlar_akademiyasi
✅ "Mirzo Ulug'bek vorislari" Respublika tanlovining 1-bosqichi yakunlandi!
❇️ Joriy yilning 27-fevral kunidan 5-aprel kuniga qadar Respublikamizning barcha tuman va shaharlarida Tanlovning 1-bosqichi bo'lib o'tdi.
✅ 1-bosqich yakunlariga ko'ra 995 nafar ishtirokchilar 🏆g'olib deb topilib, ularga
Tanlovning 2-bosqichiga ⏭ yo'llanma
va BHMning 5 barobari miqdoridagi 💳 pul mukofotlari uchun sertifikatlar taqdim etildi.
Telegram | Facebook | Youtube | Yoshlar akademiyasi
#E’lon
“O’zbekiston-Belarus” fundamental loyihalar tanlovi
💡Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan “O’zbekiston-Belarus” fundamental loyihalar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov shartlari:
➖ tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan tashkilotlar Belarus tomonidan hamkor ilmiy tashkilot topishlari va loyihalarni kelishilgan holda shakllantirib, mos ravishda tanlovga ariza topshirishlari lozim;
➖ Belarus tomonidan hamkor ilmiy tashkilot bilan birgalikda shakllantirilmagan loyihalar tanlovdan chetlashtiriladi.
➡️Arizalar joriy yil 1-iyungacha qabul qilinadi.
☝️Dastlabki texnik ekspertizadan o‘tmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi!
📞Ilmiy loyihalarni grant.mininnovation.uz elektron platformasining “Tanlovga ilmiy loyiha taqdim etish” sahifasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq texnik masalalar bo‘yicha agentlikning texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash xizmati: 71-203-32-32 (ichki raqam 242).
👉Batafsil
_ _ _ _ _ _ _
Конкурс фундаментальных проектов «Узбекистан-Беларусь»
💡Агентство инновационного развития при Министерстве высшего образования, науки и инноваций объявляет конкурс фундаментальных проектов «Узбекистан-Беларусь», осуществляемых в рамках государственных программ по научной деятельности.
Условия конкурса:
➖ научным группам, желающим принять участие в конкурсе, следует подать заявку на участие в конкурсе на условиях обоюдного согласия с партнёрами с Белорусской стороны и рамках целей проекта;
➖ проекты без партнеров с Белорусской стороны, к участию в конкурсе не допускаются.
➡️Заявки принимаются до 1 июня текущего года.
☝️Проекты, не прошедшие электронную регистрацию и предварительную техническую экспертизу, к следующему этапу конкурса не рекомендуются!
📞Служба технической поддержки Агентства по техническим вопросам, связанным с регистрацией научных проектов на электронной платформе grant.mininnovation.uz: 71-203-32-32 (внутренний 242).
👉Подробно
Telegram | Instagram | Facebook |You Tube
#EduKonferens_2023
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va ijtimoiy soha mas’ullari hamkorligida tashkil etilgan konferensiya ilk bor oliy, o‘rta va professional ta’lim muassasalari, hamda O‘zbekiston iqtisodiyoti va biznesining real sektori korxonalari vakillarini birlashtirdi. Unda xorijlik mutaxassislar o‘z ma’ruza va taqdimotlari bilan qatnashmoqda.
Yoshlar tashabbuslari markazi bosh direktori O.Mkrtchyan tomonidan “Nufuzli muhundislik ta’limi uchun amaliyotga yo‘naltirilgan ilg‘or ta’lim texnologiyalarining ta’lim markazi konsepsiyasi” taqdimoti o‘tkazildi.
Massachusets texnologiya institutining FabLab bo‘yicha mintaqaviy direktori Jaklin Karaaslanian “Raqamli ishlab chiqarish: FabLab va Fab Academies orqali ijodkorlik va innovatsiyalar kelajagi” mavzusida ma’ruza qildi.
Shuningdek, STEM ta’lim, fan-ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, san’at va biznesda sun’iy intellektni qo‘llash masalalarida fikr almashilmoqda.
Anjumanda taqdim etilgan ilg‘or ta’lim texnologiyalari nafaqat muhandislik ta’limini modernizatsiya qilish va malakali muhandis kadrlarni innovatsion iqtisodiyotga tayyorlash, oliy ta’limni maktab va kasb-hunar muassasalari bilan integratsiya qilishga, shuningdek, ta’limni ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.
〰️〰️〰️
⚡️Muhandis olimlar Amerika triller filmi "Jon Uik"dagi asosiy qahramonning o'q o'tkazmas kostyumini ishlab chiqishdi!
🎥Ma'lumot ijtimoiy tarmoqlar sahifalarning biriidan olindi!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
🧐Suvda harakatlanuvchi avtobus haqida eshitganmisiz?
🚌"Amfibus" quruqlikdan tashqari, suvda ham harakatlana oladigan avtobus bo'lib, hozirgi kunda u Niderlandiyaning "DAT(Dutch Amphibious Transport)" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilmoqda.
🙋♂️Bu turdagi avtobuslar turistlar uchun xizmat qilib, mamlakat bo'ylab ekskursiyaning yana-da yodda qolarli bo'lishiga xizmat qiladi.
🛠"Amfibus"ga elektr dvigeteli o'rnatilgan bo'lib, uning umumiy og'irligi 21 tonnani tashkil etadi. Avtobus suvda 5,6 km/soat, quruqlikda esa 80 km/soat tezlik bilan harakatlana oladi.
📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉
Facebook | Telegram | Web | Instagram
⚡️O'zbekistonda "Ucharto'p" nomli yangi sport turi yaratildi!
🙋♂️"Ucharto'p" nima va u kim tomonidan ixtiro qilindi?
❓Koptok bilan o'ynaladigan o'yinlardan nimasi bilan farq qiladi?
⚽️O'yin qoidalari qanday?
📌"Ucharto'p" haqidagi batafsil ma'lumot bilan tez kunlarda "INNOVATOR" jurnalning 2-sonida tanishishingiz mumkin!
🦾Siz ham o'z ishlanmalaringiz va ixtirolaringiz bilan bo'lishing hamda "Innovator" jurnali qahramoniga aylaning!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
⚡️Bugungi kunda robototexnika sohasi shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Disney kompaniyasi yaqinda o'zining robot-quyonini namoyish etdi.
🎥Videolavhada robot-quyon nimalarga qodir ekanligini ko'rishingiz mumkin!
📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉
Facebook | Telegram | Web | Instagram
🌐Xabaringiz bo'lsa, joriy yilning 16-17-mart kunlari Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida "Bahorgi tijoratlashtirish forumi" bo'lib o'tgan edi.
⁉️ "Bahorgi tijoratlashtirish forumi"ning o'tkazilishidan ko'zlangan asosiy maqsad nima?
📌Bu yilgi forumda qanday innovatsion ishlanmalar o'rin olgan?
Videolavha orqali shu kabi savollarga javob oling!
🎥Xalqaro press-klub reportaji
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Innovator
#xushxabar
💐"INNOVATOR" jurnali hamda ijtimoiy tarmoqlarimizdagi "Innovator" rukni qahramonlaridan biri Islom Oqnazarov O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar Parlamenti a'zoligi Respublika komissiyasiga tavsiya etilib, eng munosib nomzodlardan biri sifatida tasqidlandi.
✊"Innovator" jurnali jamoasi ushbu yutuq bilan yosh innovatorni samimiy muborakbod etadi hamda kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar quchishini tilab qoladi!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#YANGILIK
⚡️Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Telegram messenjerida yangi sahifasi ishga tushirildi
📱 Telegram: OTFIVǀRASMIY
➡️ Yangi sahifa orqali oliy va professional taʼlim, fan va innovatsiyalar sohalari hamda akademik litseylarda amalga oshirilayotgan islohotlarga doir yangiliklar, uchrashuv va turli tadbirlar haqidagi xabarlar berib boriladi.
➡️Amaldagi @eduuz kanali esa, asosan vazirlik faoliyatiga oid eng muhim va dolzarb yangiliklarni e'lon qiladi.
✅ Bizni, shuningdek, Facebook, Instagram, YouTube, Twitter ijtimoiy tarmoq va messenjerlarida ham kuzatib borishiningiz mumkin.
☝️ Unutmang, sohaga doir tasdiqlangan rasmiy maʼlumotlar faqat bizning sahifalarda beriladi!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#foydadan_xoli_emas
🌏Quyidagi havola orqali yer sharini kuzatishingiz, undagi manzaralarni 3D formatida tomosha qilishingiz mumkin.
👉 earth.google.com
Facebook I Telegram I Web I Instagram
Britaniya Kengashi tomonidan STEM yo‘nalishi bo‘yicha xotin-qizlar uchun stipendiya e'lon qilindi.
Batafsil ma'lumot olish uchun quyidagi havolaga o‘ting 👇👇
https://www.britishcouncil.uz/en/study-uk/scholarship-women-stem
➖➖➖➖
Are you a woman with a degree or PhD in a STEM subject and passionate about your study? You could receive a scholarship to study a master's degree in a science, technology, engineering or mathematics programme at a leading UK universit 👇👇
https://www.britishcouncil.uz/en/study-uk/scholarship-women-stem
https://youtu.be/uGduM0QFTFk
@mininnovation
#Mirzo_Ulugbek_vorislari #Yoshlar_akademiyasi
"Mirzo Ulug'bek vorislari" Respublika tanlovining Qoraqalpog'iston Respublikasi bosqichi bo'lib o'tmoqda. Ushbu bosqichda jami 84 nafar ishtirokchi o'z loyihalari taqdimotini o'tkazadi.
11-aprel kuni Mo'ynoq, Qo'ng'irot, Qonliko'l, Shumanay, Xo'jayli, Taxiatosh tumanlari g'oliblari o'z loyihalari taqdimotini qiladi.
Loyihalar taqdimotini quyidagi havolada onlayn tarzda tomosha qilishingiz mumkin 👇👇
⏭ https://youtube.com/live/6EQ12B6Q-WA?feature=share
@mininnovation
#ixtiro
Nam salfetkalar!
Qo‘llarni yuvish, yuzni kosmetiklardan tozalash, mevalarni artish, yarani o‘z vaqtida dezinfeksiyalash, uyni bir pasda saronjomlab, changlarini artish ... Xo‘sh, bunday yumushlarni bajarishda nima ularni birlashtiradi? Hech ikkilanmay, nam salfetkalar, deya javob berishimiz mumkin!
Nam salfetkalar to‘g‘risidagi tushunchani ingliz ixtirochisi Jon Dikinson bildirgan. Shu tariqa o‘tgan asrning 70-yillaridan boshlab, birinchi nam salfetkalarni Kimberli-Klark kompaniyasi ishlab chiqara boshlagan. Dastlab, nam salfetkalar bolalarni gigenik parvarishlash uchun mo‘ljalangan edi. Biroq birinchi nam salfetkalar bir qator kamchiliklarga ega bo‘lgan: sifat jihatdan ular oddiy qog‘oz salfetkalarni eslatardi. Bakteritsid eritmaga botirilgan bo‘lib, salga yertilib, tezda qurub qolardi. Shuningdek, kerakli darajada yumshoq va mustahkam bo‘lmagan.
Vaqt o‘tishi bilan ishlab chiqaruvchilar salfetkaning sifatini yaxshilash borasida tarkibida o‘rin olgan sellyuloza (sunʼiy ipak) dan voz kechishib, sintetik tolallarni (volokna) qo‘llab ko‘rishadi. Ular juda ham yumshoq va namni yaxshi so‘rish xususiyatiga ega bo‘lgan.
Lekin nam salfetkalarning yana-da sifatini yaxshilash borasida ishlar hali ham davom etmoqda. Kundan kun uning xususiyatlari ham kengayib kosmetologiya, meditsina, uy anjomlari, ayollar va bolalar dunyosini qamrab olmoqda.
Qolaversa, tinib tinchimas olimlar nam salfetkaning yana bitta ajoyib xususiyatini kashf qilishdi. Xalqaro kosmos stansiyalarida ekipajni radiatsiyadan himoya qilish uchun nam salfetkalar eng yaxshi vosita bo‘lar ekan.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#ixtiro
Soyabon!
Yomg‘irli havoda soyabonning o‘rnini hech narsa bosolmasa kerak. Ayniqsa, bu yilgi bahor o‘z yomg‘irini ayamay hadya etmoqda.
Zamonaviy soyabonga o‘xshash birinchi ixtiro 1200 yil avval paydo bo‘lgan. Tarixiy maʼlumotlarga asoslangan holda qadimgi Sharq mamlakatlari: Misr, Xindiston va Xitoy birinchi marta quyoshdan himoya qilish vositasi sifatida soyabondan foydalana boshlagan. Qo‘l bola soyabon bambuk, palma barglari va qush patlaridan yasalgan bo‘lib, og‘irligi taxminan 3 kg va tutqichi yarim metr bo‘lgan.
Soyobonni yomg‘irdan himoya maqsadida qo‘llash fikri XVIII asrning ikkinchi yarimida Angliyalik Jon Xanveyda tug‘ildi. Uning soyabonining yopqichi brezent matosi (qo‘pol va suv o‘tkazmaydigan mato) ga o‘xshash bo‘lib, 4 kg og‘irlikka ega bo‘lgan. Bunday usul ko‘pchilikka manzur bo‘lganidan uni yomg‘irli havoda qo‘llash tezda ommalashadi.
Nihoyat zamonaviy soyobonni eslatadigan soyabon turi 1850-yilda paydo bo‘ldi. Uni Angliyalik mexanik Samuel Foks temir karkasli, sim (spitsa)li, suvga chidamli mustahkam matodan va hassa tutqichli shaklda soyabonni yaratib patentlashga erishadi.
Hozir bozor rastalarida soyabonlarning turli xil ko‘rinishlari ko‘p. Yomg‘irga, quyoshga, hatto shamoldan himoya qiladigan soyabonlar mavjud. Shunday sharoitni bizga yaratgan o‘tmishning barcha ixtirochilaridan minnatdor bo‘lsak arziydi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#ixtiro
✔️So'nggi yillarda kundalik turmushimizning ajralmas qismiga aylanib borayotgan ixtirolarning soni tobora ortib bormoqda. Ularning ayrimlarisiz ish kunimizni rejalashtirishga ham qiynalamiz. #ixtiro ruknida aynan shu kabi ishlanmalarning yaratilish tarixiga to'xtalib o'tmoqchimiz!
Suv sovutgich (kuler)
🩻Maʼlumki, inson organizmining normal faoliyati uchun ko‘p miqdorda suv ichish talab etiladi. Albatta, har qanday suv ham ichimlik suvi vazifasini o‘tamaydi. Shuni inobatga olgan holda eramizdan ancha oldin qadimgi sivilizatsiyalar rivojlanish davrida toza suv bilan aholini taʼminlashning turli tizimlarini o‘ylab topish uchun ko‘plab izlanishlar olib borilgan.
💧Akveduk deb nomlangan qurilma qadimgi Rimda vodoprovod tizimining yangi timsoliga aylandi. O‘sha davrdagi quvur (truboprovod) loydan va yog‘ochdan yasalgan. Zamonaviy texnologiya va elektr tokining yo‘qligiga qaramasdan bu qurilma juda ham murakkab gidrotexnik qo‘lbola moslama sanalgan. Akvedukni elektr energiyasidan foydalanmasdan turib ishlatilishi ko‘pchilikni haligacha hayratlantirmoqda.
📜Faqat XX asrning boshlarida AQSHda 1906-yili Xelsi Teylor tomonidan birinchi suv sovutkich ixtiro qilindi. U zamonaviy kulerlarning ajdodlaridan biri sanaladi.
📌Hozirgi zamonaviy kulerga uning ajdodlarini taqqoslashtiradigan bo‘lsak, ular juda ham oddiy va beso‘naqay ko‘rinishga ega bo‘lgan. Shuningdek, suvni sovitish vazifasini bajarishi uchun katta bo‘lakli muzlar qo‘llanilgan.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
🚀 Astana Hub va Draper Universiteti My Ventures bilan hamkorlikda Kremniy vodiysida texnologik startaplar uchun qoʻshma dasturni ishga tushirmoqda!
🤩 “Hero Training” dasturi doirasida startaplar AQSHning yetakchi texnologiya tadbirkorlari va ekspertlari bilan 2 haftalik onlayn pre-akseleratsiyadan oʻtish imkoniyatiga ega boʻladilar.
⭐️ Eng yaxshi 20 ta loyiha Silicon Valleyʼda 5 haftalik akseleratsiyaga kiradi va Draper University kampusida 6 oygacha yashash imkoniyatiga ega boʻladi.
⚡️Dasturda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya startaplari ishtirok etishi mumkin, lekin joylar soni cheklanganligini unutmang!
❗️Batafsil: http://bit.ly/3nvOhh1
________________________
🚀Astana Hub и Университет Дрейпера запускают совместную программу в Кремниевой долине для технологических стартапов в партнерстве с My Ventures!
🤩 В рамках программы "Hero Training" у стартапов будет возможность пройти 2-недельную онлайн-преакселерацию с ведущими технологическими предпринимателями и экспертами из США.
⭐️ 20 лучших проектов попадут в 5-недельную акселерацию в Silicon Valley с возможностью прожить до 6 месяцев в кампусе Draper University.
⚡️ В программе могут принять участие стартапы из Казахстана, Кыргызстана, Узбекистана, Азербайджана и Турции, но помните количество мест, ограничено!
❗️Подробнее: http://bit.ly/3KtNUN5
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkillashtirilgan "StartUp PitStop" loyihasida ishtirok eting va o'z loyihangizni ekspertlar guruhiga taqdim eting!
Siz o'z startap loyihangizni investorlarga to'g'ri taqdimot etish va unga sarmoyalarni jalb qilish uchun kerakli ko'nikmalarni rivojlantirishni xohlaysizmi? Unda ushbu dastur aynan siz uchun.
Dastur natijasida siz o'z loyihangizning hozirgi holatini ekspertlar nigohi bilan ko'rish imkoniga ega bo'lasiz. Shuningdek, mavjud davlat grantlari uchun loyihangizning tayyorlik holati tekshirishingiz mumkin bo'ladi.
Dasturda ishtirok etish uchun arizani to'ldirasiz va sizga 10 ish kuni ichida taqdimot kuni haqida ma'lumot beriladi.
BATAFSIL
#Mirziyoyev #tashrif #Qoraqalpogiston #texnopark
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus yoshlar texnoparkini borib ko‘rdi, u yerda amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar bilan tanishdi.
_ _ _ _ _
Президент Шавкат Мирзиёев посетил Молодежный технопарк Нукуса, ознакомился с реализуемыми в нем инновационными проектами.
@Ibrokhim_Abdurakhmonov
#startap
🌍 Dunyodagi eng muvaffaqiyatli startaplar!
🔻Silikon vodiysining 20 ta eng yaxshi startaplaridan biri bo'lgan ushbu kompaniyaning nomi - Dropbox.
Dropbox - bu fayl hosting kompaniyasi bo'lib, shaxsiy ma'lumotlarni bulutli saqlash, fayllarni sinxronlash va mijozlar uchun dasturni o'z ichiga oladi.
🔺O'z USB flesh kartasini qayta-qayta unutib qo'yavergan ikki talaba tomonidan o'ylab topilgan ushbu kompaniya haqida yanada ko'proq ma'lumotga ega bo'lishni istasangiz postimizni o'qib chiqing!
☁️ Yana qanday muvaffaqiyatli startaplarni bilasiz, izonlarda yozib qoldiring!
🌐Telegram 🌐Instagram
🌐YouTube
#Tanlov2023
📢“Olima ayollar” tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar tanlovi eʼlon qilindi
💡Vazirlik huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan ushbu tanlovda quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha arizalar qabul qilinadi:
🔹Arxitektura, qurilish, dizayn va shaharsozlik
🔹Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari
🔹Biologiya fanlari
🔹Biotexnologiya fanlari
🔹Filologiya va ijtimoiy fanlar
🔹Huquq fanlari
🔹Iqtisod fanlari
🔹Kimyo fanlari, kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiya
🔹Matematika, fizika va mexanika fanlari
🔹Pedagogika va psixologiya fanlari
🔹Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari
🔹Tarix va arxeologiya fanlari
🔹Texnika fanlari
🔹Tibbiyot fanlari
🔹Veterinariya va chorvachilik yo‘nalishi
🔹Farmakologiya va farmasevtika fanlari
🔹Yer to‘g‘risidagi fanlar
📥Hujjatlar 5-mayga qadar grant.mininnovation.uz platformasi orqali qabul qilinadi.
👩💻Tanlovda ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarida hamda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarda ishlayotgan ilmiy darajaga ega xotin-qizlar ishtirok etishi mumkin.
👉BATAFSIL
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#maslahat
Xitoyning dunyoga mashxur tadbirkori Jek Maning universitet bitiruvchilariga keyingi 30 yil ichida yoshlar nimaga e’tibor qaratish kerakligi haqidagi maslahati:
“20 dan 30 yoshgacha bo'lgan davringizda o’zingizga yaxshi ustoz bo’la oladigan rahbarga ergashing va ishlarni qanday qilib to'g'ri bajarish kerakligi va xodimlarni qanday boshqarish zarurligini o’rganing.
30 yoshdan 40 yoshgacha bo'lgan yoshingizda, agar biror narsa qilishni o'zingiz xohlasangiz, shunchaki qiling. Hali ham yutqazib, muvaffaqiyatsizlikka uchrash uchun sizda yetarli vaqt bo’ladi.
Siz 40 yoshdan 50 yoshgacha bo'lganingizda, mening taklifim shundaki, o'zingiz qaysi yo’nalishda eng zo’ri bo’lgan bo’lsangiz shu ish bilan shug’ullaning.
50-60 yoshga kirganingizda, yoshlarni, kelajak avlodni tarbiyalash va rivojlantirishga vaqt ajrating!
60 yoshdan oshganingizda, ishlamasdan nevaralaringiz bilan bemalol vaqt o’tkazish uchun sizda yetarlicha vaqt, mablag’ va boshqa rasurslar bo’lishi zarur.”
🚀Yaponiyalik muhandis olimlar tomonidan Panasonic Nicobo nomli robot yaratildi. Ushbu ishlanmaning vazifasi keksaygan hamda qarovchisiz insonlar bilan birga "vaqt o'tkazish" hisoblanadi.
🤖Robot sun'iy intellekt yordamida boshqarilib, unga aytilgan gaplarni tushunadi, javob qaytaradi, shuningdek, ba'zi hissiyotlarni ko'rsata oladi.
📊Ma'lumotlarga ko'ra, ishlanma mamlakat bo'ylab sotuvga qo'yilgan bo'lib, uning qiymati bugungi kunda 237$ ni tashkil etar ekan.
📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉
Facebook | Telegram | Web | Instagram