#tanlov
Bu nima? Bu – innovotsion quti. Ushbu qutining muhimligi uning qo‘l bola usulda yasalganligidadir. Unga istalgan narsangizni joylashingiz va saqlashingiz mumkin. Qutiga o‘zingiz kod raqamini yozib foydalanisangiz bo‘ladi. Muhimi, quti qulay va hamyonbop.
G‘oya muallifi: Odilov Bunyod. Samarqand viloyati, Payariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 6-sinf o‘quvchisi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
Bu nima? Bu – robot. Uy hamshirasi. Robotning ismi Sevara. U tana harorati va qon bosimini o‘lchay oladi. Shuningdek, zarurat bo‘lganda birinchi yordam ko‘rsatadi. U buning uchun barcha zarur vositalar bilan taʼminlangan. Qolaversa, uning qo‘llarni toza saqlashimiz uchun dezinfeksiya qiladigan vazifasi ham bor.
G‘oya muallifi: Normurodov Azimjon, 14 yosh. Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani 3-o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi va Nishon tumani Barkamol avlod bolalar maktabining “Avtomodel” to‘garagi a’zosi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlovga_namuna
Bu nima? "Aqlli ruchka". U dars jadvali bo'yicha uy vazifalarini bajarilganligini nazorat qiladi.
Shuningdek, "Aqlli papka". Dars jadvali bo'yicha kitoblar ro'yhatini ko'rsatadi hamda qaysi kitob yo'q bo"lsa turli xil smayliklar orqali ogohlantiradi.
G'oya muallifi: Тоshkent shahar, Bektemir tumani 578- МТМ tarbiyalanuvchisi Ne'matova Muslima, 6 yosh.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tabrik
🚀“Innovator” jurnali qahramonlari Akbarali Turdiyev va Nargiza Shonazarovalar Yoshlar oyligida faol ishtirok etgani uchun joriy yilning 26-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida o‘tkazilgan tadbirda “Innovatsion g’oyalar yetakchisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlanishdi.
✊“Innovator” jurnali jamoasi innovatorlarimizni ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#mulohaza
Bir kuni dunyoning eng boy kishilaridan biri Microsoft asoschisi Bill Geyts bilan suhbat uyushtirilibdi.
Jurnalist Billga muvaffaqiyatga erishuvchilar va mag‘lublar orasida qanday farq bor? Qanday qilib muvaffaqiyatga erishish mumkin, deya savol berdi.
Shu payt, Bill cho‘ntagidan pul miqdori yozilmagan chekni chiqarib, jurnalistga uzatibdi-da, «Bu yerga xohlagan raqamlaringizni yozishingiz mumkin, qancha kerak bo‘lsa oling»,- degan ekan. Jurnalist esa — Janob men buni nazarda tutganim yo‘q. Bu menga kerak ham emas, deb javob beribdi.
Shunda Bill Geyts unga «Siz hozir imkoniyatdan foydalanib, dunyoning eng boy insonlaridan biriga aylanishingiz mumkin edi. Farq ham aynan shunda... Muvaffaqiyatga erishganlar, hech ikkilanmasdan imkoniyatni qabul qiladi va uni o‘tkazib yubormaydi. Siz kabi ikkilanuvchi va tavakkaldan qo‘rquvchi insonlarning esa muvaffaqiyat qozonishi qiyin kechadi. Omad quchishni istaganlar, avvalo,"dunyo qarashini o‘zgartirishi kerak» deya javob berdi.
Telegram | Facebook | Web | Instagram
📞Nega biz telefondagi suhbatni "allo" deb boshlaymiz?
✔️1877- yilda Tomas Edison Pitsburg telegraf kompaniyasi prezidentiga xat yozadi va unda telefondagi muloqotni boshlash uchun eng yaxshi so'z "hello" ekanligini ta'kidlaydi. Keyinchalik esa aynan shu so'z telefon suhbatini boshlovchi bo'lib tarqaldi.
✔️Ma'lumot uchun bu so'z ingliz tilida oldin unchalik mashhur bo'lmagan. Salomlashish ko'rinishida aynan telefon ixtiro qilingandan keyin ommalashgan. "Hello" so'zi fransuzchada "Allô" o'qilishi [alu] deb talaffuz qilina boshlandi. Fransiyadan Rossiyaga yetib kelganda, "Алло" ko'rinishini oldi. Rossiyadan bizning yurtlarga kelganda esa o'zbeklashib "Alyo" bo'lib ketdi.😊
Telegram | Facebook | Web | Instagram
#Bilasizmi?
Dunyodagi birinchi smaylik😊 miloddan avvalgi 1700-yilga tegishli bo’lib, 2017-yil Gaziantep provinsiyasidan topilgan!
Facebook | Telegram | Web | Instagram
«Yoshlar texnoparki»da “InnoX” biznes-inkubatsiya dasturi yakunida yangi startap loyihalar taqdimoti o‘tkazildi
Читать полностью…📣📣📣Ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop “Innovator” jurnalining 3-soni “Mirzo Ulug'bek vorislari“ tanloviga bag‘ishlanadi!
📖 “Mirzo Ulug'bek vorislari“ tanlovi: BOBOLARGA MUNOSIB VORISLARNI KASHF ETISH VAQTI KELDI!
💦Polimerdan olingan SORBENT oqova suvlarini tozalashda asqotadi.
🔸Аkupressurali brasletlar — U QANDAY ISHLANMA?
🚀UNICORN, VENCHUR, VESTING YOKI CLIFF NIMA? Vatandoshdan eksklyuziv maqola!
🦾“O‘zim yoqtirgan multfilm qahramonini yasadim” – 11 yoshli Afzalbek bilan suhbat.
🎥 Jurnal muqovasi uchun video jarayon! Suratda “Sorbent” loyihasi asoschisi Shonazarova Nargiza !
Telegram | Facebook | Web | Instagram
#qiziqarlifact
👕 Dunyoda birinchi bor Ispaniyalik dizayner Manel Torres sprey-kiyimini ixtiro qildi. Sprey teriga sepilgandan keyin uni yechib, yuvib, qayta kiyib olish mumkin.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#qiziq
📚Kitoblar olamiga tushib qolishni istarmidingiz?
✔️Suratda ko‘rib turgan bunday go‘zal manzara Xitoyning Chendu shahrida joylashgan. Ushbu hashamatli ajoyib binoda 80000 tadan oshiq kitoblar o‘rin olgan.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
“SpaceX” 14 yoshli yigitni ishga oldi. U bakalavrni tugatgan
Ilon Maskning “SpaceX” kosmik kompaniyasi Kaliforniyadagi Santa Klara universiteti muhandislik maktabida bakalavr darajasini olgan 14 yoshli Kiren Kvazini ishga oldi. Bu haqda “Business Insider” xabar berdi.
▶️Manba
🎥Video lavhada darvozabonning tayyorgarlik darajasini oshirish uchun mo'ljallangan qurilma ko'rsatilgan.
📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉
Facebook | Telegram | Web | Instagram
🛸Uchar likopcha
🌐Xitoyning Shenzhen UFO Technology kompaniyasi tomonidan uchar likopcha ishlab chiqildi. Ishlanma iUFO nomi bilan ommaga taqdim etilgan.
📊iUFO — bir kishi uchun mo'ljallangan dron hisonlanadi. Soatiga 50 kilometr masofani bosib o'tadi. 200 metr balandlikkacha ko'tarila oladi.
📌Ishlab chiqaruvchilar iUFOdan turizm sohasida foydalanishmoqchi ekanliklarini ta'kidlashgan.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
⚡️DIQQAT E’LON!!!
✅2023-yil 4-iyul kuni soat 10:30 da Urganch davlat universiteti Texnika fakulteti faollar zalida Innovasion rivojlanish agentligi direktori To‘ychiyev Olimjon Alijonovich universitet talabalari va magistrlari bilan ochiq muloqot mavzusida sayyor qabul o‘tkazadi.
✅Ushbu qabulda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollari, muammo va takliflari, shuningdek o‘z tashabbuslari bilan ishtirok etishlari mumkin.
✅Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun +998 93 922 64 80 (Sardor Xodjaniyozov) bilan bog‘lanish mumkin.
✔️1920 yilda AQSHda yigirma nafar yoshi katta va tajribali o‘yinchilar sakkiz yoshli bolakay bilan shaxmat o‘ynagani va yutqazgani shov-shuv bo‘ladi. Samuel German Reshevskiy Vest-Pointdagi harbiy akademiyaga boradi va u yerda tajribali yigirma nafar shaxmatchi bilan birdaniga dona suradi. Natija havas qilgulik edi: bola faqat bitta durang qayd etadi, qolganlar ustidan esa g‘alaba qozonadi.
▶️Manba
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#tanlov
📣📣📣Innovatsion rivojlanish agentligiga qarashli o‘quvchi-yoshlarga bag‘ishlangan ilmiy-texnikaviy, tahliliy-ommabop nashr – “INNOVATOR” jurnali 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan onlayn tanlovlar doirasida “RAQAMLI TEXNOLOGIYA YOSHLAR NIGOHIDA” shiori ostida tanlov eʼlon qiladi!
Turmush tarzimizda keng foydalanadigan ko‘plab ixtirolar aynan bolalar tomonidan yaratilgan. Tadqiqotlarga ko‘ra, har yili dunyo bo‘ylab 500 mingdan ortiq bolalar va o‘smirlar tomonidan turli ixtirolar, jumladan, moslamalar, o‘yinlar, robotlar yaratilar ekan.
Yurtimizda ham shunday isteʼdodli yoshlar juda ko‘p. Biz ushbu tanlov orqali o‘sha iqtidor egalarini kashf qilmoqchimiz va ularning ixtirolarini ommaga tanishtirmoqchimiz. Siz yoki do‘stlaringizda kashfiyot yoki ixtirolar qilishga qiziqish bo‘lsa, mazkur tanlov aynan SIZ UCHUN!
📌Tanlov shartlari
O‘z turmush tarzingizdan kelib chiqqan holda, foydali ixtirolarni o‘ylab topib, ularni qog‘ozda aks ettirishingiz lozim. Masalan, 2021-yili shu nom ostida o‘tkazilgan tanlovimizda 6 yoshli Neʼmatova Muslimaxon o'z loyihasi bilan qatnashib, g'oliblikni qo'lga kiritgan edi. Loyihaning nomi "Aqlli papka" bo'lib, u dars jadvali bo‘yicha kitoblar ro‘yxatini ko‘rsatadi hamda qaysi kitob yo‘q bo‘lsa, turli xil smayliklar orqali ogohlantiradi.
👉 O‘z ishlanmalariga ega qatnashchilar ham tanlov shartiga muvofiq, ixtirolarining foydali jihatlari aks etgan videorolik (surat)larni ilova qilishlari mumkin.
❗️Videorolik (surat)da ism-sharifingiz, yoshingiz va manzilingiz to‘liq ko‘rsatilishi kerak.
📆Videorolik (surat)larni 2023-yil 30-iyundan 1-avgustga qadar “INNOVATOR” jurnalining @innovator_jurnali adminiga yuborishingiz mumkin.
🏆 G‘oliblar 1-avgust kuni soat 17:00 da "INNOVATOR” jurnalining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida eʼlon qilinadi.
🥇🥈🥉-o‘rin sohibi va sohibalariga "INNOVATOR" jurnali tomonidan maxsus diplom va sovg‘alar topshiriladi. Qolaversa, g‘olib egalari haqida jurnalimiz sahifalarida maqola ham tayyorlanadi.
‼️Bundan tashqari, tanlovda ishtirok etgan barcha qatnashchilarga taqdimot kuni sertifikat hamda esdalik sovg‘alari topshirilishi ko‘zda tutilgan.
Tanlovda 7 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar qatnashishlari mumkin.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
Юксаликка кўтарилган инсонни нима қулатади ?
Шогирд устозидан сўради:
— Нима учун чақалоқлар ҳамма ерда бир хил йиғлайдилар. Улғайганларида эса уларда ҳар хил хислатлар пайдо бўлади?
Устоз жавоб берди:
— Бу тарбиянинг натижасидир.
Шогирд сўради:
— Эй маънолар хосхонасини эгаллаган пири комил, тарбиянинг ҳосиласи ёшга ҳам боғлиқми?
Устоз деди:
— Ҳа, албатта. 20 ёшда ҳиссиёт, 30 да истеъдод, 40 да ақл ҳукмронлик қилади.
Илмталаб шогирд яна сўради:
— Эшитишимча, тана қартайганда, ахлоқ мустаҳкамланади, дейдилар. Бунинг сабаби не?
Устоз бир лаҳза ўйга чўмгач, шундай деди:
— Чунки инсон танасидаги барча аъзолар ўз нафсини қондиравериб чарчайди, ҳолдан тояди, руҳ эса ахлоқ орзу ҳолини бойитиб бораверади.
Қизиқувчан шогирд яна сўради:
— Эй, устоз, минг машаққат ила юксаликка кўтарилган инсонни нима пастга тушириши мумкин? Мен шундан огоҳ бўлайин.
Устоз шогирдига шундай деди:
— Киши қанчалик юксакликка эришмасин, ахлоқда оқсаса, пастга тушиб кетиши муқаррардир. Эй, шогирд, мисқоллаб йиққан обрўйинг бир зумда тўкилмасин десанг, ақлингни ҳамиша ишлата бил. Нолойиқ ишлардан тийилгин.
#bu_qiziq
🍦Shu issiq havoda ko‘ngil nima istaydi? Albatta, muzdekkina ul-bul narsa. Ayniqsa, muzqaymoq bo‘lsa, yanada yaxshi!
Ta’bga ko‘ra, muzqaymoqlarning ham turi ham ko‘p.
🍡Shulardan biri ommalashgani vaflilik muzqaymoqdir. Xo‘sh, shu sevimli muzqaymog‘imiz kim tomonidan o‘ylab topilganini bilasizmi? Uhda siz uchun qiziq bo‘lgan ma'lumot. Vaflilik muzqaymoq ilk bor 1904-yili Sent-Luis shahrida namoish etilgan.
🔹Ernest Xamvi ismli suriyalik emigrant Sent-Luis yarmarkasida vafli sotib o'tirganda muzqaymoq sotuvchi qo'shnisining idishi tugaydi, shunda Ernest unga muzqaymog'ini vaflisiga qo'yib sotishni taklif qiladi va shunday qilib mashhur bu tur muzqaymoqlar dunyoga keladi. Bir necha yil o'tib yarmarkadagi oddiy sotuvchi qo'shnilar fabrika qurib muzqaymoq biznesida millioner bo'lishadi.
Telegram | Facebook | Web | Instagram
#Yangi_Õzbekistonni_birgalikda_quramiz
#Iqtisodiyot_universiteti_kelajak_bunyodkorlari_maskani
Bugun erta tongdan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oʻtkaziladigan “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni ishtirokchilari belgilangan joyga yigʻila boshladi.
#qiziqarlifact
DUNYODAGI ENG AQLLI ODAMLARDAN BIRI
Kim Un Yun 1962 yilda Janubiy Koreyada tug'ilgan. Ikki yoshida u 5 ta tilda gaplasha boshlagan. Uch yoshida esa differentsial hisoblash tushunchasiga ega bo'ldi. 4 yoshdan 6 yoshgacha Kim "Xanyang" universitetining talabasi bo'lgan, 7 yoshida NASAda ishlash uchun taklif olgan.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#hikoya
MEHR BILAN ILM BIRGA YURADI!
⛈ Hikoya qilishlaricha, qadim zamonlarda barcha his-tuyg‘ular bir orolga dam olish uchun otlanishibdi.
His-tuyg‘ular yaxshi dam olisharkan, orolda kutilmagan xabar tarqaldi: to‘fon yaqinlashayotgan emish va barchaga orolni tark etish tavsiya qilinibdi. Bu qo‘qqis xabar barchani shoshirib quyib, hamma qayiqlarga shoshilibdi. Hatto shikastlangan qayiqlar ham tuzatilib ishga solinibdi.
💵Faqat Mehr ketishni istamasmish. Uning hali qiladigan ishlari bor ekan. Osmonda qora bulutlar suza boshlagach, u ham ketishi kerakligini tushunib yetibdi. Baxtga qarshi, qayiqlarda bo‘sh joy yo‘q edi. Mehr atrofga ilinj bilan alanglabdi. Shu payt Boylik qayiqda o‘tib qolibdi. "Meni qayig‘ingizga oling, Boylik", - deb iltimos qilibdi Mehr.
"Yo‘q, - deya javob beribdi Boylik — qayig‘im kimmatbaho narsalar — oltin va kumushga to‘la. Senga joy yo‘q".
🤵🏻Birozdan keyin Manmanlik o‘tibdi. Mehp unga: "Menga yordam ber, Manmanlik! Bir o‘zim qolib ketdim, meni o‘zing bilan olib ket‘"- deb qichqiribdi.
"Yuq, ololmayman. Qayig‘im iflos oyoqlaring tufayli bulg‘anishini istamayman!" - deb javob qilibdi Manmanlik.
🙇♀️So‘ng Afsus o‘tibdi. Mehr undan ham madad so‘rabdi. Lekin ijobiy javob olmabdi: "Ololmayman. Men xafaman. Yakka o‘zim qolishni xohlayman".
🙋♀️ Keyin Quvonch o‘tibdi. Mehr yana yordam so‘rab murojaat qilibdi. Biroq Quvonch shu qadar xursand ekan-ki, atrofga qarab, birovlarning g‘amini yeyolmas ekan.
👩🎓🧑🎓Mehr tobora holdan toyib, umidsizlanib borardi. Shu on birov uni chaqiribdi: "Kel, Mehr, men seni olib ketaman". Mehr kim bu qadar olijanoblik qilganiga hayron bo‘lib, qayiqqa sakrab chiqib olibdi va ko‘ngli xotirjam tortibdi.
Qayiqda o‘tirgach, Mehrning ko‘zi Ilmga tushibdi.
U hayratini yashirolmay, qiziqib so‘rabdi:
"Hech kim meni qayig‘iga olishni istamayotgan paytda kim meni mardlik qilib olib ketishga rozi bo‘ldi, Ilm?"
"Umi? Vaqt edi" - deb jilmaygancha javob beribdi Ilm.
"Nega Vaqt meni qayig‘iga olib, xavfsizligimni taʼminladi?"
"Chunki faqat Vaqtgina sening buyukliging va nimalarga qodirligingni biladi. Faqat Mehr xotirjamlik va quvonch olib keladi" - deb tabassum bilan javob qilibdi Ilm.
🍂 Ha, farovonlikda mehrni pisand qilmaymiz. Obro‘imiz borida ham mehr haqida unutamiz. Hatto quvonch va g‘amda ham mehr yodimizdan ko‘tariladi. Faqat vaqt o‘tishi bilangina mehrning muhimligini anglab yetamiz...
✅Maqsad va rejalaringizga aniqlik kiritib ularga erishmoqchimisiz?
Agar javobingiz "HA" bo'lsa, unda quyidagi 4 ta savolga javob bering.
1. Aynan nima xohlayapsiz ?
2. Uning narxi qancha ?
3. Unga qachon erishmoqchisiz ?
4. Unga qanday qilib erishmoqchisiz ?
Ana shu 4 ta savolga javob yozing. Har kuni kunlik rejalar tuzing va ularni amalda bajaring. Har kuni maqsadiz yo'lida kamida 1 ta foydali ish qiling.
🚀Shunda siz maqsadizga ancha yaqinlashgan bo'lasiz !
⭐HAR BIR STARTAP LOYIHA UCHUN 💲100 000 GACHA GRANTNI QO`LGA KIRITING!
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e'lon qilingan va 1 mlrd so'mgacha grant jalb etish mumkin bo'lgan startap loyihalar tanlovlari ro’yxati:
1) Sirdaryo viloyati miqyosidagi startap loyihalar tanlovi
🔺https://mininnovation.uz/contest/post-1200
2) “Innovatsion va yuqori texnologiyalar bozorini kengaytirishga qaratilgan startap loyihalar” tanlovi
🔺https://mininnovation.uz/contest/post-1240
3) “Professional ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan startap loyihalar” tanlovi
🔺https://mininnovation.uz/contest/post-1241
4) Innovatsion hududlar kesimida hududning muammolari yechimiga qaratilgan startap loyihalar ochiq tanlovi
🔺https://mininnovation.uz/contest/post-1244
O’z innovatsion g’oyalaringizni biz bilan birgalikda rivojlantiring! Tanlovlarda ishtirok eting va loyihalaringizga grant mablag’larini “birgalikda moliyalashtirish” sharti asosida jalb qilish imkoniyatiga ega bo’ling.
Kanalga obuna bo'ling va barcha tanlovlardan xabardor bo'ling⤵️
@innovatsion_rivojlanish
🎥Robotlarning yangi avlodlari insonni hayratda qoldirishda davom etmoqda!
📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉
Facebook | Telegram | Web | Instagram
#startap
🚀STARTUP PITSTOP bilan o'z g'oyangizni reallikka aylantiring!
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkillashtirilgan Startup Pitstop loyihasi orqali mamlakatimiz va jahonda mavjud startap dasturlari hamda tanlovlar bo'yicha treninglar va onlayn suhbatlar tashkillashtirilmoqda.
Ishtirokchilar uchun mashhur startap loyihalari asoschilari bilan jonli suhbatlar, xorijlik ekspertlar bilan bevosita hamkorlik imkoniyatlari mavjud. Eng muhimi, Sizning g'oyangiz taqdimoti ko'rib chiqiladi hamda loyihangiz bo'yicha “FEEDBACK” beriladi.
Dastur har haftada bir marotaba quyidagi Telegram guruhida o'tkaziladi:
🛑 /channel/StartupsCommunityUz
✅Bu galgi mavzu "Startap loyihalarida uchraydigan TOP XATOLAR hamda ularni bartaraf etish."
✅+BONUS: Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o'tkazilgan startap loyihalari tanlovi g'olibi bilan onlayn muloqot.
Uchrashuv vaqti: 10-iyun soat 18:00 da (Shanba).
("PRESIDENT TECH AWARD" Tanlovi haqida ma'lumot ham beriladi)
Ma'lumot uchun: 71-203-32-23 (ichki 218)