Kitoblarni birma-bir oʻqib, ⏳VAQT yoʻqotishga hojat yoʻq! Sababi 📢 Bizning kanalda barcha eng yaxshi kitoblarning 🎯"NISHONGA URILGAN" Joylari yozib boriladi. Siz ham @N_shaxsiybot ga iqtibos yuborshingiz 📲 mumkin.
#Ibratli
Mening yomonligimni qoʻshnilar ham bilishar edi. Lekin, bechora onam, meni ularga yaxshi koʻrsatish uchun oʻzlarining yangi liboslarini olib chiqib, oʻgʻlim menga bayramga sovga qildi, oʻgʻilginam tugʻilgan kunimga sovga qildi, deb yurar ekanlar. Men gʻofil farzand esa, umrimda bir marta boʻlsa ham, hech boʻlmaganda paypoq ham sovgʻa qilmagan edim.
📚 #Óqing_faqat_yiğlamang
✍ #Ilhom_Qahharov
📲 #Iqtiboslar_tv
📢 Kanalimiz: @Iqtiboslar_tv
Ayajon, siz erga tegishni bilmagan ekansiz. Ichadigan odam bilan ichmaydigan odamni yuz-ko'zidan ajratsa bo'ladi. Hali ko'rasiz! Men katta bo'lsam, opalarimga o'zim ichmaydigan er topib beraman! Ayajon, dadamga ayting ichmasinlar! Mayli, anavi Nigorani dadasiga o'xshab yangi kiyimlar obersinlar demayman, Go'zalning
dadasiga o'xshab bayramlarda shaharlarni aylantirib kelsinlar demayman, uyda jim o'tiraman, darslarimni vaqtida qilaman, nima ish buyursangiz, hammasini bajaraman faqat dadam ichmasalar bas!
#Monalog
📚 #Óqing_faqat_yiğlamang
✍ #Ilhom_Qahharov
📲 #Iqtiboslar_tv
📢 Kanalimiz: @Iqtiboslar_tv
#hayot #unutmang
Hayotimizdagi koʻp muammolar oʻlimning haq ekanini unutishimiz tufaylidir! Shuning uchun oʻlimni esdan chiqarmaylik, har bir kun, har bir soat, har bir daqiqani gʻanimat bilaylik, bir-birimizning qadrimizga yetaylik!
📚 #Óqing_hamda_ibrat_oling
✍ #Ilhom_Qahharov
📲 #Iqtiboslar_tv
📺 @Iqtiboslar_tv – eng sara iqtiboslar kanali ☑️
Fikringiz o'zgarmagunicha hayotingiz o'zgarmaydi. O'zingizni o'zgartirmaguningizcha Alloh ham sizlarni o'zgartirmaydi. Omad - omadsizlar qilishni istamagan ishni qilishingda.
📚 #Savdogarlar_ustozi
✍️ #Ahadquli Xolmuhammad o'g'li
📺 @Iqtiboslar_TV – eng sara iqtiboslar kanali ☑️
#dunyo
Kulol devona odamlarga oxiratni eslatib shunday deydi
"Oʻlim dunyo hayotini qildi bir pul,
Umringni gʻaflatda oʻtkazma butkul"
📚#Sohilsizgdengiz_Imom_Buxoriy
hayot_sahifalari
✍️ #Ahmad_Muhammad_Tursun
📲 #Sunnatillo
📢 Kanalimiz: @Iqtiboslar_tv
Bilgilki, tolibi ilm ham, tolibi kasb-hunar ham faqatgina ilm va ilm ahlini hurmatini o’z o’rniga keltira olishi, uni hurmatlab, ta’zimini ado eta olishi bilangina ilmga, kasbga erishib, ulardan muvaffaqiyat ila manfaat topadi. Ustozni hurmat qilish va uni qat’iyan ulug’lash, salobatli tutish esa tolibi ilm uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
📚 #Ilm_olish_sirlari
✍ #Imom_Zarnujiy
📺 @Iqtiboslar_TV – eng sara iqtiboslar kanali☑
Quyidagi hikmatni hazrat Ali (r.a) aytganlar:
“Ogoh bo’lkim, ilm va uning fayzu ravnaqi olti narsaga rioya qilinganda hosil bo’ladi. Ularning barchasini bayon etay:
Zakovat - ziyraklik, ilmga chanqoqlik, sabru-qanoatla yetuklik - kifoyatlik, ustoz irshodi yo’llanmasi, hamda uzoq vaqt darkor.”
📚 #Ilm_olish_sirlari
✍ #Imom_Zarnujiy
📺 @Iqtiboslar_TV – eng sara iqtiboslar kanali☑
Sherik, hamxona tanlashda tirishqoq, jiddiy, parhezlik, taqvodor hamda mustahkam irodali, xulqi mustaqim o’zgarmaydigang va fahm-farosatli, tushunadigan va tushuntira oladigan kishini ixtiyor qilish lozim. Тabiiyki, dangasa, e’tiqodi sust, sergap, buzg’unchi va fitnachilik xislati bor kishidan uzoqlashishi kerak.
📚 #Ilm_olish_sirlari
✍ #Imom_Zarnujiy
📺 @Iqtiboslar_TV – eng sara iqtiboslar kanali☑
Ilgari vaqtlarda to'yga keta turib faqirlar o'ksinmasin deya ziynatlarini taqmagan, havaslanib, ko'ngli tushmasin, og'rinmasin, xarajatga qiynalmasin deb hashamdor kiyinmagan olijanob insonlar bo'lgan ekan.
📚 #Õgay_ona
✍ #Ahmad_Lutfiy_Qozonchi
📺 @Iqtiboslar_TV – eng sara iqtiboslar kanali☑
Bandai ojizmiz – o'zimiz ilg'amagan qusurimiz bo'lishi mumkin. Buni birovning ogohlantirishidan bilib qolamiz. O'zimiz uzrli, hatto haqli deb bilganimiz hodisada mutlaqo nohaq ekanimiz, boshqaning fikri sabab yuzaga chiqishi mumkin.
📚 #Õgay_ona
✍ #Ahmad_Lutfiy_Qozonchi
📺 @Iqtiboslar_TV – eng sara iqtiboslar kanali☑
O'z bolasini parvarish qilish hayvonning ham qo'lidan keladi. Inson bir pog'ona ustun bo'lishi kerakmasmi? Insonning hayvondan ustunligi g'arib yetimni o'z bolasiday bag'riga bosa olishida emasmi?
📚 #Õgay_ona
✍ #Ahmad_Lutfiy_Qozonchi
📺 @Iqtiboslar_TV – eng sara iqtiboslar kanali☑
Insonlik sharafi xayrli qaror qabul qilishdagina emas, balki turli aziyatlar qarshisida qabul qilingan qarorda sabr bilan davom eta bilmoqdadir.
📚 #Õgay_ona
✍ #Ahmad_Lutfiy_Qozonchi
📺 @Iqtiboslar_TV – eng sara iqtiboslar kanali☑
#muhokama
Assalomu alaykum, hurmatli kanalimiz a'zolari yangi yilda kanalimiz o'z faoliyatini uzliksiz davom ettirishni niyat qildik. Biz bilan qolganlarga tashakkur.
2020-yilda qaysi kitoblarni o'qidingiz. Qaysi kitoblarni tavsiya qilasiz?
📺 @Iqtiboslar_TV – eng sara iqtiboslar kanali ☑️
#ibratli
Alloh barchasini ko'rib turguvchi, Alloh o'zi hamma ishga qodir zot. #Ilhom_Qahharov ning ushbu hikoyasini albatta o'qing. #Óqing_faqat_yiğlamang 😥
📺 @Iqtiboslar_tv – eng sara iqtiboslar kanali ☑️
Kibr havoga berilib oʻzidan boshqalar bilan hisoblashmaslik, tanqid qilish, eshitmaslik- nodon va xudbinlar ishi. Bir narsani chuqurroq oʻrganmoqchi boʻlsang xato qilishdan qoʻrqma, uni tuzatib yaxshiroq oʻrganib olasan. Aqlli odamlar yangi gʻoyalarni yoqtiradi, chunki dunyoqarashini kengaytiradi.
📚 #Boy_ota_kambağal_ota
✍ #Robert_Kiyosaki
📲 #Iqtiboslar_tv
📺 @Iqtiboslar_tv – eng sara iqtiboslar kanali ☑️
Kenja qizning nolasi😥
-Xudojon, nega meni o'g'il qilib yaratmading?! Nega otam meni deb onamni har kuni yig'latadi? Xudojon, mayli dadam meni yaxshi ko'rmasin, men ularni yaxshi ko'raveraman. Mayli meni so'ksinlar, ammo oyimni yig'latmasinlar. Bitta men ularni shuncha qiynayapman. Meni oldingga chaqirib ol, Xudojon. Yolvoraman sendan, Xudojon...
#Monolog
📚 #Óqing_faqat_yiğlamang
✍ #Ilhom_Qahharov
📲 #Iqtiboslar_tv
📢 Kanalimiz: @Iqtiboslar_tv
#unutmang
Haromning boshi tog'day, tomiri qilday bo'ladi. U qanchalik qudratli, serhasham ko'rinmasin, kuni kelib chirt uzilganini bilmay qolasiz. Halol boshi qilday, tomiri tog'day bo'ladi. Ko'rinishidan zaif tuyilsa ham, unga hech qanday kuch zarar qila olmaydi.
📚 #Óqing_hamda_ibrat_oling
✍ #Ilhom_Qahharov
📲 #Iqtiboslar_tv
📺 @Iqtiboslar_tv – eng sara iqtiboslar kanali ☑️
#ona
Kelma, yo'l yomon, bizda jala quyyapti, sen yetib kelguningcha men havotirda o'tiraman, deganiga qaramay yo'lga tushgan, es-hushini tahlikaga qorishtirgan, ko'zining nurini iziga to'kkan mendek yomon bolaga shunchalar mehr, muhabbat qaydan?! Qaysi dengizdan buloq bo'lib sizib chiqayotir bu shafqat?! Nimaga?! Nimaning evaziga?! Yetkazgan ozorlari uchunmi?! Qo'ygan havotirlari uchunmi?! Solgan mashaqqatlari uchunmi?!
📚 #Óqing_faqat_yiğlamang
✍ #Ilhom_Qahharov
📲 #Iqtiboslar_tv
📢 Kanalimiz: @Iqtiboslar_tv
❛ ━━━━━━・❪ ❁ ❫ ・━━━━━━ ❜
Bazilarga hayron qolasiz..... qig'iliqni qilib qo'yadi-da, "Bilmay qoldim, shayton yo'ldan urdi", deydi.
❛ ━━━━━━・❪ ❁ ❫ ・━━━━━━ ❜
📚 #Daftar_hoshiyasidagi_bitiklar
✍️ #Ótkir_Hoshimov
📲 #Karimova_Ozoda
📢 Kanalimiz: @Iqtiboslar_tv
Daromad maoshdan yaxshiroq. Maosh omon qolishingizga yordam beradi, daromad esa sizni boyga aylantiradi.
📚 #Aql_vitaminlari
✍ #Jim_Ron
📺 @Iqtiboslar_TV – eng sara iqtiboslar kanali☑
Assalomu alaykum ishonchli va xayrli bir ishga hissa qo'shib savob umida bo'lgan saxiy insonlar uchun bir taklifim bor edi. Kim savob umida bo'lsa men bilan bog'laning @S_U_W5. Barchasi Alloh yo'lida ko'ngilli ravishda tashkil qilingan. Tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan.
Читать полностью…Bilgilki, tolibi ilm ham, tolibi kasb-hunar ham faqatgina ilm va ilm ahlini hurmatini o’z o’rniga keltira olishi, uni hurmatlab, ta’zimini ado eta olishi bilangina ilmga, kasbga erishib, ulardan muvaffaqiyat ila manfaat topadi. Ustozni hurmat qilish va uni qat’iyan ulug’lash, salobatli tutish esa tolibi ilm uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
📚 #Ilm_olish_sirlari
✍ #Imom_Zarnujiy
📺 @Iqtiboslar_TV – eng sara iqtiboslar kanali☑
Dunyo va oxiratning eng sharafli axloqini senga o'rgatayinmi? Seni tark etganning haqqiga rioyat, seni mahrum etganga yaxshilik va ikrom, senga zulm etganga kechirimli muomala...
📚 #Õgay_ona
✍ #Ahmad_Lutfiy_Qozonchi
📺 @Iqtiboslar_TV – eng sara iqtiboslar kanali☑
Yoshlar – shunaqa. Ko'pincha qilayotgan ishlarini oldin o'ylab ko'rishmaydi. Ular oldin hayollariga kelganini qiladilar, so'ng o'ylashni boshlaydilar.
📚 #Õgay_ona
✍ #Ahmad_Lutfiy_Qozonchi
📺 @Iqtiboslar_TV – eng sara iqtiboslar kanali☑
Insonda bir dard bor. Amallarini boshqalarga bildirish dardi. Bu dard ba'zan tarbiya va odob doirasidan chiqib ketadi. Inson bir yaxshilik qiladi. Faqat bu yaxshilik mukofotini Allohdan kutmasdan, boshqalarning boshlarini qotirib, quloqlariga yetkazmaguncha rohat topmaydi.
📚 #Õgay_ona
✍ #Ahmad_Lutfiy_Qozonchi
📺 @Iqtiboslar_TV – eng sara iqtiboslar kanali☑
📌 Boshing oqqan tomonga ketaverganing bilan uzoqqa ketolmaysan.
📌 Bilasanmi... gohida yuraging nimadandir g'ussaga to'lib ketganda, botayotgan quyoshga birpas termulib o'tirsang bormi...
📌 Ba'zan odamlar orasida ham o'zingni yolg'iz sezaverasan.
📌 Og'izdagi so'zga emas, amaldagi ishga qarab baho berish kerak!
📚 #Kichkina_shahzoda
✍️ #Antuan_De_Sent_Ekzyuperi
📺 @Iqtiboslar_tv – eng sara iqtiboslar kanali ☑️
Qurʼonning to'qson joyida rizqlarni Alloh belgilashi va xalqiga ularning kafolatini bergani haqida oʻqidim. Faqat bir joyda: “Shayton sizga faqirlikni vaʼda qiladi”, deyilganini koʻrdim.
Hasan Basriy rahimahulloh
📺 @Iqtiboslar_TV – eng sara iqtiboslar kanali ☑️
#baxt
”Darhaqiqat, hayotdagi asl baxtning eng ishonchli vositasi-hech qanday qonun-qoidalarsiz baayni oʻrgimchak kabi oʻzidan har tomonga baquvvat muhabbat tolalarini chiqarish va ularga ilingan jami narsalarni ushlab olishdir".
✍️ #Lev_Tolstoy
📺 @Iqtiboslar_tv – eng sara iqtiboslar kanali ☑️
Inson oqar suvga oʻxshaydi: loyqalanishi bilan uning tubini koʻra olmaysan, daryoning tubi esa marvarid va marjonlarga toʻla. Ehtiyot boʻl, loyqalama, u toza va shaffof. Inson qalbi havoga oʻxshaydi: chang bilan aralashishi bilan, u osmonga parda boʻladi, quyoshni koʻrishga xalaqit beradi; ammo qachonki chang tarqasa, havo toza va shaffof boʻladi.
✍️ #Jaloliddin_Rumiy
📺 @Iqtiboslar_tv – eng sara iqtiboslar kanali ☑️
#kitob
Omadsizlikka uchrasangiz, Xudoni ayblamang. Siz nimani xohlasangiz, ana shuni oʻylang va nimaiki xohlamasangiz, unga kuch sarflab yotmang. Aynan qanday? Muqaddas kitob va boshqa kitoblarni oʻqing. Xudodan yoʻl-yoʻriq, rahnamolik soʻrang.
📚 #Óyla_va_boy_ból
✍️ #Napaleon_Xill
📺 @Iqtiboslar_tv – eng sara iqtiboslar kanali ☑️