iqtisodiyblog | Unsorted

Telegram-канал iqtisodiyblog - IqtisodiyBlog

-

Iqtisodiyot haqida sodda tilda. @IqtisodiyBlog_murojatbot

Subscribe to a channel

IqtisodiyBlog

Demakratiyaning eng sodda belgilar.

1. Ko'ppartiyaviylik
2. Oppozitsiya
3. Nima taqiqlanganmagan bo'lsa demak unga ruxsat berilishi.
4. Juda katta obyomdagi inson huquq va erkinliklari kafolati.

Va eng asosiysi yuqoridagi hujjatning tom ma'noda ishlashi.

Читать полностью…

IqtisodiyBlog

Agar adolat sizning manfatlaringizga zid kelayotgan bo'lsa bilinki siz qayerdadir xudbinlik qilyapsiz.

Читать полностью…

IqtisodiyBlog

Kitob magazinlariga kirsangiz shu kartani uchratishingiz mumkin.

Читать полностью…

IqtisodiyBlog

Jon Meynard Keyns (1883-1946), ingliz iqtisodchisi va publitstisti, Kembrij universiteti professori (1920). Iqtisodiyotni davlat-monopol tartibga solish nazariyasining asoschisi.

XX asrning 30-yillarida iqtisodiyot nazariyasini jiddiy sinovlar kutayotgan edi. Buyuk Depressiya tajribasi bozor iqtisodiyotini barcha mumkin bo'lgan joylarda talab va taklifni tenglashtiradigan uyg'un o'zini o'zi tartibga soluvchi tizim sifatida qarashni shubha ostiga qo'ydi. Ma'lum bo'ldiki, agar alohida xo'jalik sub'ektlari oqilona harakat qilsalar ham, umumiy natija har doim ham optimal bo'lavermaydi. Мakrotizimning umumiy muvozanat nazariyasi tomonidan tavsiflanmagan o'ziga xos qonunlari bor.
Jon Meynard Keyns haqli ravishda haqiqiy turg'unlik va ishsizlikni tushuntirib beradigan va ularga qarshi kurashish uchun hukumatning faol aralashuvi zarurligini taklif qilgan yangi makroiqtisodiy nazariyaning yaratuvchisi hisoblanadi.

Читать полностью…

IqtisodiyBlog

Nega o'zbeklarning biri-ikki bo'lmaydi degan savolga javob ekan:
https://youtu.be/py24n8sOQik

Читать полностью…

IqtisodiyBlog

Monopoliyalar

Monopoliyadan birinchi bo'lib xalq zarar ko'radi, millat qashshoqlashadi. Eng yomoni - daromadlarga qarab zarar qiymati tepadan pastga oshib boradi, ya'ni yuqori daromadli shaxslar monopoliya siyosatidan kam zarar ko'radi. Lekin, past daromadli, kunlik ehtiyoji uchun zo'rga pul topib xayot kechiruvchi aholi esa monopolyadan eng koʻp zarar ko'ruvchilar hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida foydani oshirish uchun raqobatchilarni siqib chiqarishni o'zi kifoya qiladi. Mavjud richaklar va ta'sir qilish yo'llari orqali monopollar bozordagi yangi o'sib chiqayotgan raqiblarini osongina uloqtirib tashlashi mumkin. Ular xatto xali mavjud bo'lmagan potensial bizneslarni dunyoga kelishiga to'siq bo'lib, butun iqtisodiyotni o'z "qonunlari" bilan xonavayron qiladi.
Odatda mamlakatlar monopoliyalar ustidan nazorat o'rnatish uchun xar xil qo'mitalar tashkil qiladi(Monopoliyaga qarshi kurashish qomitasi).Bu tadbirkorlik faoliyatini nazorat qiluvchi va ijro etuvchi qo'mita bo'lib, u monopoliyaga qarshi qonunchilik sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish bilan shugʻullanadi. Monopoliyaga qarshi kurashish qomitasining vakolatiga monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga rioya etilishini tekshirish, ular buzilgan taqdirda sudga da'vo qo'zg'atish, qonunlarni buzganlik uchun javobgarlikka tortish, davlat xaridlarini monitoring qilish va tariflarni belgilash kiradi.

Мonopollashuvining oqibatlari:

Nomaqbul yuqori narxlar!
Raqobat mavjud bo'lmagan bozorda monopolistlar narxlarni asossiz ravishda oshirishi mumkin. Maskur holatda iste’molchining tanlovi umuman bo'lmaydi, u bilan xisoblashmaydi – agar unga mahsulot haqiqatan ham kerak bo‘lsa, uni istalgan narxga sotib olishga majbur bo'ladi.

Tovarlarning etishmasligi!
Iqtisodiyotning butun bir tarmog'i bitta yetkazib beruvchi tomonidan amalga oshirilganda hamma uchun tovar yoki xizmatlar etarli bo'lmasligi mumkin. Oqibatda juda uzun navbatlar, qora bozorlar, noqonuniy xattiharakatlar vujudga keladi.
(Yaqinida bir do'stim damasga topshrib qo'ydim, ancha narxlar tushib qolibdi degandi. Qachon chiqadi deb so'rasam 5-6 oyda deb javob berdi. Bu nima degan gap? Puli bor avtomobilga 6 oylik navbat! )

Sifatning yomonlashishi!
Monopol bozorlarda sifat degan tushuncha bo'lmaydi. Ular bu xaqida umuman bosh qotirishmaydi. Chunki shu siz ham ularning tavariga talab yuqori bo'ladi. Ular baribir sotib olishadi, chunki iste'molchilarda boshqa tanlov yo'q.

Tadbirkorlik faoliyatining pasayishi va yangilarini paydo bo'lmasligi!
Mamlakat qonunlari monopolni manfaatlari bo'yicha tuzilgan bo'lgani sababli xali tugʻilmagan yoki mavjud tadbirkorlar o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo'ladi. Mamlakatda yuqori ishsizlik, davlat soliq tushumlari juda past bo'ladi.

Sanoatdagi turg'unlik!
Monopolistda yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va o'zlashtirish uchun hech qanday rag'bat bo'lmaydi, chunki u tugilib-og' o'lgan bo'ladi. Uning maqsadi - bu erda va hozir iloji boricha ko'proq sof foydani raqobatchilari va xalqdan o'ndirish bo'ladi.

@Iqtisodiyblog

Читать полностью…

IqtisodiyBlog

Rus iqtisodchilarini xavotiri.

Yuqori darajadagi inson kapitaliga ega bo'lgan odamlarning ketishi kuzatilmoqda, ammo uning uzoq muddatli oqibatlari hali aniqlanmagan. Aniq oqibatlari haqida bir-nima deyish qiyin, bu ularning borgan joyida qancha muddat bo'lishiga bog'liq.
"Ommaviy qochqin" uzoq muddatda katta investitsiyalarni o'z ichiga oladi. Birinchi bosqichda odamlar haqiqatan ham yangi joyga investitsiya kiritishdan oldin "kutishni" ni afzal ko'radi. Agar ular yangi joyga moslashishga ulgurmay, sarmoya kiritishdan oldin qaytib kelishadigan bo'lsa, u holda "ommaviy qochqin" ning oqibatlari yengilroq kechadi.

Ammo, agar vaziyat davom etsa va "kutish" tugasa - ish topish, bolalarni maktabga yuborish, til o'rganish va ijtimoiy kapitalga ega bo'lish vaqti keladi.

Bundan tashqari "ommaviy qochqinning" bevosita va bilvosita tasirlari bor.
Bevosita - sifatli ishchilarning ketishi tufayli inson kapitalining yo'qolishi.
Bilvosita - qolgan ishchilarning potentsial sifatining uzoq muddatda pasayishi.
Masalan, kimdir yaxshi menejeridan, yana kimlardir sevimli o'qituvchisidan ayriladi.

Читать полностью…

IqtisodiyBlog

#Улашинг

⚡️⚡️⚡️ Сиёсатшунос Камолиддин Раббимовнинг муҳожир ватандошларимизга мурожаати:

Россия Украинадаги урушга ҳарбий сафарбарлик эълон қилди. Камида 300 минг инсон Украинага ташланиши ва украинларни ўлдиришлари керак. Жумладан, Россияда ишлаб юрган меҳнат мухожирларини ҳам ушбу урушга ёллаш мақсадида, кенг ташкилий ишлар амалга оширилаяпти. Россия учун, меҳнат мухожирлари – жуда қулай восита. Меҳнат мухожирларининг хаёти – Россия учун ҳеч нарса эмас. Минглаб меҳнат мухожирлари ўлиб кетса ҳам, украинларни ўлдирса, Россия хурсанд бўлади.
*
Россияда меҳнат қилиб юрган ватандошларимизни, миллатдошларимизни, ака-ука, опа-сингилларимизни бу урушга ҳаргиз борсамлик борасида огоҳлантириш – энг аввало, давлатнинг – ҳукуматнинг вазифаси. Лекин, шу пайтгача давлат бу борада деярли ҳеч қандай тизимли иш олиб бормади. Бамисоли, ҳукумат Россия қаҳридан, ғазабидан қўрқаётгандек. Аслида, бу холатда тинч туриш – Ўзбекистон давлати ва жамиятининг фожеасига, муътелигига, истилосига, қуллигига рози бўлишни англатади холос. Давлатнинг ва миллатнинг қадр-қиммати бўлиши керак, юқори бўлиши керак.
*
Лекин, Россияда ишлаб юрган ватандошларимизни огоҳлантириш, миллатдошлик маслаҳатларини бериш – ҳар бир ўзбекистонликнинг ҳам ҳам вазифаси. Пулдан, шароитдан қийналган ватандошларимиз кўп. Уларга Россия чиройли кўринадиган таклифлар қилиши мумкин, “бир неча ойга бориб келиб, кўп пулли, зўр паспортли ва уй жойли бўлишинг мумкин!” деб алдаши мумкин. Бу урушга борганларнинг мутлақ аксарияти – вафот этади.
*
Урушда – ўлим хавфи жуда юқори бўлади. Алданманг! Ўзингизни арсанг! Яқинларингизни ўйланг! Бугун қийналган бўлсангиз, келажакда яхши кунларингиз кўп бўлади. Пул йўқлиги еки камлиги – фожеа эмас, эрта ўлиш ва яқинлардан айрилиш – фожеа.

Ватадошлар, бошқаларни урушини деб, ўзингизни қурбон қилманг!

© Камолиддин Раббимов

@KamoliddinRabbimov_rasmiy

Читать полностью…

IqtisodiyBlog

Xalqaro yordam rivojlanayotgan mamlakatlarga foydadan koʻra koʻproq zarar keltiradi.

Kambag'al mamlakatlardagi qashshoqlik va kasalliklarning sababi nafaqat resurslarning etishmasligida, balki bu mamlakatlar hukumatlarining o'z fuqarolari muammolarini hal qilishdan manfaatdor emasligida ham. Shuning uchun ularga yordam ko'rsatish ijobiy emas salbiy tasir qiladi. Xalqaro yordam iqtisodiy taraqqiyotga hissa qo'shmaydi, aksincha, unga to'sqinlik qiladi. Xa, to'g'ri eshitdingiz! Taraqqiyotiga bolta uradi.

Xorijiy yordamning sezilarli oqimi mamlakatdagi siyosat yomon tomonga o'zgarib, uzoq muddatli o'sishni ta'minlash uchun zarur bo'lgan institutlarni zaiflashtirishga olib keladi.
Ammo boy davlatlar kambag'allarga printsipial jihatdan yordam bera oladimi, ular buni qanday qilishni bilishadimi? Javob: Yo'q, xech qanday!

Biz ko'pincha ular nimaga muhtojligini, nimani xohlashlarini, jamiyati qanday ishlashini shunchalik yomon bilamiz/tushunamizki, ularga biz to'g'ri deb hisoblagan shartlarda yordam berishga bo'lgan bema'ni urinishlarimiz foydadan ko'ra ko'proq zarar keltiradi.

Читать полностью…

IqtisodiyBlog

Insonning unikalligi - bu boshqa insonga baxt, qadriyat bera olishi.

Читать полностью…

IqtisodiyBlog

Raqobatbardosh bozor.

Читать полностью…

IqtisodiyBlog

Turk aviakompaniyalarida..

Читать полностью…

IqtisodiyBlog

So'nggi 500 yildagi zahira valyutalari tarixi haqida qiziqarli infografika.

Bugungi kunga kelib, eng uzoq vaqt hukmronlik qilgan valyuta - Ispaniya imperiyasining valyutasi (real) asosiy zaxira valyutasi bo'lgan. (110 yil 1530 yildan 1640 yilgacha).
Ispaniya kuch-qudratga to'lga payti ko'plab mustamlakalarga ega bo'lib, ular bilan faol savdo faoliyatini olib borgan.
Eng qizig'i xar bir jahon zaxira valyutasiga o'rtacha 90-95 yil hukmronlik qilgan. Ayni paytda dominant bo'lgan dollarning hukmronligi 100 yil to'ldi. Ketadigan payti bo'ldi, buyog'i nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi.

Tarixiy standartlarga ko'ra, AQSh dollari allaqachon eskirgan.
Xitoyning oxirgi 30 yilda 10% dan o'sishi mamlakat valyutasini rezerv valyutaga aylanishiga oz-oz qolyabdi.

@Iqtisodiyblog

Читать полностью…

IqtisodiyBlog

Пичоқни олдин ўзинга ур, оғримаса бировга!

Фарғонада йигит таниши бўлган қизни уриб, тепиб, ерга йиқитиб кетган видео телеграмм каналларида тарқагача текширувлар бошланган.

Эй, номард эркак! Сени ҳам она туққанми? Сени ҳам онангга, синглингга биров шундай қилса индамай қараб турасанми? Замон кўтармайдида, бўлмаса одамлар сени ўша қўлингни, оёғингни с*ндириб қўярмиди.

Бу ерда айбдор ким?

Айбдор - бутун бир жамият.

Қизларни, аёлларни ҳақсиз-ҳуқуқсиз, кучсиз қилиб тарбиялаётган бутун бошли бир жамият айбдор.

Бизда қизлар болалигиданоқ итоаткор, бўйсунувчан, тобе, муте қилиб қилиб тарбияланади. Тўғрироғи - қулликка тайёрланади. Ё ёлғонми?

"Қиз бола бировнинг хасми", "Қиз бола палахмон тоши, қаерга отса, шу ерга тушади" - биз ана шундай стереотиплар билан қиз бола боқамиз, уни катта хаётга тайёрлаймиз.

Қиз бола ўқиши, илм олиши, ҳунар ўрганиши, ўзининг ҳаққини таниши, ўзини ҳимоя қилиши кераклигини ўйламаймиз. Қиз болани бинарса қилиб эрга берворсагу қутулсак.

Хотин-қизлар ҳуқуқларини ҳимоя қилишни Хукумат даражасида қайта кўриб чиқиш керакка ўҳшайди.

Каналга уланинг: /channel/muxbir1

Читать полностью…

IqtisodiyBlog

Mafiyaning paydo bo'lishi.

Mafiya - so'l g'oyalarga qarshi kurashish uchun hukmron sinflar tomonidan sun'iy ravishda yaratilgan tuzilma.
Buni 19-asr oxirida Sitsiliyada mafiya paydo bo'lishini o'rgangan amerika-turk iqtisodchisi Daron Acemoglu ko'rsatgan.

Mafiyaning paydo bo'lishiga eng asost turtkilardan biri 1889-1894 yillarda mintaqada boshlangan ijtimoiy harakatlarning kuchayishi edi. Sotsial g'oyalar va harakatlarning mashhurligi qurg'oqchilik va oziq-ovqat inqirozidan keyin kurtak yoza boshlagan. O'sha payt dehqonlari va ishchilari mehnat sharoitlarini yaxshilash, ish haqini oshirishni talab qila boshladilar. Bundan qo'rqib ketgan yer egalari va ishlab chiqaruvchilar inqilob tahdididan himoyalanish uchun mafiyani o'z himoyachisi sifatida ko'ra boshladi. Shu shu jamiyatda mafiya xizmatiga talab paydo bo'la boshlagan.

Davlatning zaifligi mafiyaning kuchayishi uchun yana bir sabab bo'lgan deb ta'kidlaydi Acemoglu va shuning uchun Sitsiliyadagi uy xoʻjaliglari, sarmoyadorlar va ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish mafiyadan ko'ra yaxshiroq kuch bo'lmagan.

Orolning ququrg'oqchilik yuqori bo'lgan hududlarida ijtimoiy harakatlarning kuchayishi yangi mafiya guruhlarini paydo bolishiga olib keldi.
Ishlash prinsiplarini ko'rib keyinchalik hukmron doiralar mafiyani nafaqat o'z himoyasi, balki siyosiy jarayonlarni tartibga solish uchun yaxshi vositasi sifatida kora boshladi.

SSSRdagi 90-yillar mafiyani kuchayishi o'sha paytdagi davlatning zaifligi, shuningdek, yangi mulkdorlarning o'zlarini xalq g'azabidan va siyosiy faollardan himoya qilish istagi sabab bo'lgan bo'lsa kerak.

@Iqtisodiyblog

Читать полностью…

IqtisodiyBlog

Rejali iqtisodiyotlarda ham inflatsiya bo'lgan, faqat inflatsiyaning shakli boshqacha ko'rinishda namoyon bo'lgan.

Narx oshishi va tavar tanqisligini oldini olish uchun tavarlar narxini nazorat qilish - tavar tanqisligiga olib keladi.

Читать полностью…

IqtisodiyBlog

Chikago universiteti professori, “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” (Why Nations Fail) kitobi hammuallifi Jeyms Robinson bilan uchrashuvimiz 17-mart, soat 17:00da Toshkentdagi Intercontinental mehmonxonasi (Trilliant) asosiy zalida bo‘lib o‘tadi (sinxron tarjima ta’minlanadi).

🎫 Chiptalarni bu yerdan sotib olishingiz mumkin – https://iticket.uz/ru/events/trainings/james-robinson-first-time-in-uzbekistan/25232

Olimlar, talabalar, moliya va iqtisodiyot, ishbilarmon doiralar vakillari, ijtimoiy fikr yetakchilari – ilm-fan, taraqqiyotga befarq bo‘lmagan o‘zbek kitobxonlari jam bo‘ladigan uchrashuvimizga siz ham keling. Kutamiz!

#WhyNationsFail #MamlakatlarTanazzuliSabablari #JamesRobinson

Читать полностью…

IqtisodiyBlog

(1) Jon Maynard Keyns

Keynsning "Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" asari iste'mol, jamg'arma, investitsiyalar va boshqalarning jami ko'rsatkichlari bilan ishlaydigan zamonaviy makroiqtisodiyotga asos soldi. Qisqa qilib Keynsni "Makroiqtisodiyot" fanining otasi deyishimiz mumkin.
XX asr tarixida J.M. Keyns alohida o'rin tutadi(1999-yilda Times jurnali olimni yil odami deb topadi). Hatto uning eng ashaddiy tanqidchilari ham Keyns g'oyalaridan tashqariga chiqib ketaolmaydi.

Iqtisodchi ishlab chiqarish darajasi va uni belgilovchi omillar masalasini asosiy ko'rib chiqish mavzusiga aylantiradi va uning markaziga ishsizlik muammosini qo'ydi. Hozirgi kunda ishsizlik muammosi iqtisodiyot nazariyasining ajralmas qismi hisoblansa, XX-asr boshlarigacha u ko'proq ijtimoiy muammo - qashshoqlik sifatida qaralgan.
Keyns kapitalistik tizimda yalpi talabni pasaytirish poyezdi ishlab chiqarish va bandlikning oldingi darajasiga qaytishiga imkon beradigan ichki muvozanat mexanizmi yo'q degan pozitsiyasini bildirdi, iqtisodiy tizimning uzoq depressiya tuzog'iga tushib qolish xavfini tan oldi. Shunday qilib, u "laissez-faire" ta'limotining tanqidchisi sifatida harakat qildi. Ammo uning tanqidi ilgari mavjud bo'lgan tanqidlardan tubdan farq qilardi. Gap shundaki, 19-asrda ko'p tanqidchilar "laissez-faire" ta'limotini rad etish uchun iqtisodiy argumentlar topa olmagan. Resurslarni taqsimlash nuqtai nazaridan erkin raqobat tizimi eng yaxshisi bo'lib tuyuldi va yalpi ishlab chiqarish va iste'molning o'sishini ta'minlaydi, shu bilan birga erkin bozor mexanizmining og'ir ijtimoiy oqibatlari ko'pchilik tomonidan tan olingan.
Keyns ko'rsatdiki, bu tizim resurslarni taqsimlash sohasida muvaffaqiyatsizlikka uchrab turadi va eng muhim resurs - mehnatdan to'liq foydalanishni ta'minlamaydi. Shu bilan birga, u ishsizlik muammosini demokratik tuzum doirasida hal etish vazifasini qo‘ydi. U ishsizlikni hal qilishda iqtisodiyot faniga va uning vakillariga katta rol yukladi, boshqa ma'lumotli jamiyat bilan birgalikda tizimli inqirozni bartaraf etishda etakchi kuch sifatida harakat qildi. Keyns demokratiyani zamonaviy tsivilizatsiyaning eng muhim belgisi deb hisoblagan, shuning uchun u oldingi davr fan va amaliyoti uchun noan'anaviy bo'lsa-da, lekin ijtimoiy muammolar bilan shug'ullanadigan demokratik jamiyat uchun maqbul bo'lgan muammolarni hal qilish usullarini taklif qildi.

Читать полностью…

IqtisodiyBlog

Dud: Insoniyat tarixidagi eng yaxshi 3 ta iqtisodchi?
Guriyev: A. Smith, D. Rikardo, Jon Maynard Keyns.
Dud: Keyns? kim u?

Читать полностью…

IqtisodiyBlog

#taftish

O'zbekistonda iqtisodiy bloglar

Tgstat.comdan Iqtisodiyotga oid bloglarni tahlil qilib chiqdik (moliya va biznesga oidlar hisobga olinmadi). Chuqurroq tushib, bloglar mavzusi va mualliflar ta'lim olgan OTMi haqida ham ma'lumot to'pladik. Chunki kishini dunyoqarashi va qaysi iqtisodiy maktab ta'limotlariga moyil bo'lishida ustozlari va o'qigan OTMi ham katta o'rin tutadi.

Bu kanallarni kuzatib borish iqtisodiy savodxonlikni oshirishiga umid qilamiz.

@eresearch_iqtisodiyot

Читать полностью…

IqtisodiyBlog

#challenge

Kelinglar xalq uchun, (ummat uchun) bir foydali #chellenj qilamiz.

Bilamizki, jamiyat muammosini yechishdagi ilk qadam odamlar ongida bu vaziyat haqida tushuncha paydo qilish.

Chellenj sharti juda oddiy – shu postni "copy" (копировать) qilingda telegram guruhlaringiz va kanallaringizga ulashing. Va o'zingiz ham suv inqirozi haqidagi ushbu filmni ko'rishni unutmang!

Bu har bir o'zbekistonlik ko'rishi kerak bo'lgan video:
https://youtu.be/-6n9ayTJZJM

Читать полностью…

IqtisodiyBlog

Iqtisodiyot bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofoti amerikalik iqtisodchilar - Ben Bernanke (AQSh Federal rezerv tizimining sobiq rahbari), Duglas Diamond va Filipp Dybviglarga nasib qildi. Iqtisodchilar “banklar va moliyaviy inqirozlarni o‘rganishganlari uchun taqdirlandilar”.

Nobel qoʻmitasi veb-saytida yozilishicha bu yilgi sovrindorlar “banklarning iqtisodiyotdagi oʻrni, ayniqsa, moliyaviy inqiroz davridagi tushunchalarimizni yangilagan, ularning tadqiqotining asosiy xulosalaridan biri - nima uchun banklar muvaffaqiyatsizliklarini oldini olish muhimligini tushunish”.

Читать полностью…

IqtisodiyBlog

​​​​Ayol tugʻildi:
Oʻgʻil emas “Qiz” dedilar xomush,
Nega xomush?… Otasi Oʻgʻil kutganmush!!!

Ayol ulgʻaydi:
Uyda oʻtir oʻqishing shartmas
Uydagi yumushni eplay olgin bas!!!

Ayol sevdi:
Unutma sevishga xaqqing yoʻq aslo!!!
Ayolda yurak yuq qalbi yoʻq goʻyo….

Ayol turmush qurdi:
Kelinsan gapirma endi boʻl soqov
Soching supurgi boʻlsin, qullaring kosov!!!

Ayol farzand koʻrdi:
Mana senga farzand nomli baxt endi oʻzingni unutgin….. unga yarat taxt!!!

Ayol qaynona boʻldi:
Aralashmang yuring jim....
Arazlab ketmasin sevgan xotinim!!!

Ayol oʻldi:
Dedilar: nega tashlab ketdingiz Nega ortda qolganni koʻzin yoshlab ketdingiz.

Ayolni xaqqi yoʻq:
Oʻqishga, sevishga , oʻzin deyishga xatto ajal yetganda bir kun oʻlishga....

Читать полностью…

IqtisodiyBlog

Ertalab maktabga/ishga shoshib ketayotganingizda onangiz tayyorlab qo'ygan shiri nonushta - bu baxt.
Yaqinlaringiz tug'ilgan kuningizda sizning qiziqishlaringizni bilib sevimli narsangizni sovg'a qilishlari - bu qadriyat.

Farqi yo'q qayerda kim bilan bo'lishingizni. Ko'chada yo'lini topolmayotgan insonga ko'chani tushuntirib yuborishingiz, biror narsasi buzilib qolgan odamga tushunsangiz qarashib yuborishingiz, Ingiliz tilini bilsangiz bilmaganlarga maroqli dars o'tib(pulga bo'lsa ham) odamlarga baxt va qadriyat ulashing. Ular bu ishingiz uchun sizga raxmat aytadi, minnatdor bo'ladi, odamlar xotirasiga ijobiy personal sifatida muhirlanasiz.

Sizning uniklalligingiz - bu ichingizdagi imkoniyatlarni boshqalar bilan bo'lishish.
Siz ham qadriyat ulashuvchi, baxt ulashuvchi boling. Unikal bo'ling!

Kitob nomi esimdan chiqib qoldi.

Читать полностью…

IqtisodiyBlog

Rag'bat

Bolalar bog'chasi o'z farzandlarini juda kech olib ketadigan ota-onalar uchun jarimani joriy qildi. Endi vaqtidan kech qolgan ota-ona tarbiyachilarga noqulaylik tugdirgani uchun marhamat qilib jarimasini to'lab qo'yishlari kerak bo'ladi. Lekin, kiritilgan o'zgartirish kutilgan natijani bermadi. Aksincha jarima joriy etilgandan so'ng kech qolgan ota-onalarning ulushi ikki baravarga oshib ketdi(aksi ta'sir). O'n ikki hafta o'tgach esa jarima bekor qilindi, ammo kech qolgan ota-onalarning foizi bundan keyin ham kamaymadi.

Jarimalarning qo'llanilishi kutilganidan teskarisiga olib keldi, bu bizni iqtisodiy rag'batlantirish va axloqiy xatti-harakatlar o'rtasida qandaydir salbiy sinergiya borligini taxmin qilishga olib keladi. Kechikkani uchun narx belgilanishi, go‘yo kechikishni sotib olsa bo‘ladigandek, ota-onalarning tarbiyachilarni ortiqcha muammoga duchor qilmaslik haqidagi axloqiy majburiyatiga putur yetkazdi va ota-onalarni "kechikish" ularni sotib olish mumkin bo‘lgan navbatdagi tovar deb o‘ylashga majbur qildi.

@Iqtisodiyblog

Читать полностью…

IqtisodiyBlog

Bozor tizimining samaradorligi haqida ko'p eshitgan bo'lsangiz kerak. Lekin, bu nimani anglatishini ko'pchilik tushunmaydi. Samaradorlik haqida gap ketganda birinchi navbatda, mavjud resurslarni optimal taqsimlashni tushunishimiz kerak. Bizning(Iqtisodchilarning) haqiqatimizning mazmuni shundaki - resurslar cheklangan, ammo bizning ehtiyojlarimiz cheksiz.

Tasavvur qilaylik, iqtisodiyotda 100 kishi istiqomat qiladi. Bizda 10 kg qulupnay, 50 kg go'sht va 100 kg kartoshka bor. Ushbu resurslarni odamlar orasida qanday taqsimlash kerak? (Misol shartli ravishda).

Masalan, siz resurslarni olishingiz va odamlar orasida shunchaki teng taqsimlab qo'yishingiz mumkin. Keyin har bir kishi 100 gramm qulupnay, yarim kilogram go'sht va bir kilogramm kartoshka oladi.
Barcha insonlar teng resursga ega bo'ldi.

Bu yerda muammo nimada? Biz bu yerda odamlarning ehtiyojlarini hisobga olmadik.
Masalan, kimnidir qulupnayga allergiyagasi bo'lishi mumkin, kimdir go'shtni printsipial jihatdan iste'mol qilmasligi va kimdir kartoshkani zararli sabzavot deb hisoblashi mumkun, yani odamlarning individual holatini taxminan bila olmaymiz.

Siz, albatta, kim nimani yoqtirishlarini bilish uchun odamlar orasida sorovnoma o'tkazib mahsulotlarni ularning xohish-istaklariga ko'ra taqsimlashingiz mumkin. Ammo, bu erda bir vaqtning o'zida bir nechta muammolar paydo bo'ladi. Birinchidan, so'rovlarni o'tkazish qimmatga tushadi, ko'p vaqt talab qiladi va ularning natijalari savollarning qanday ifodalanganiga yoki hatto kayfiyatga bog'liq bo'lishi mumkin. Masalan sorov vaqtida siz kartoshkani xohlashingiz mumkin, lekin uni olganingizda endi siz ko'proq qulupnayni istab qolishingiz mumkin lekin bu paytda kech bo'lgan bo'lishi mumkin. Ikkinchi muammo shundaki, so'rovlar odamlarning cheklovlari borligini ko'rsatmaydi. Shuning uchun ham odamlarning eng to'g'ri javobi - men hamma narsani birdan xohlayman qabilida bo'ladi.
Natijada shunchaki tarqatib qo'yish samarasiz bo'lishi mumkin.

Shunday qilib, qaror qabul qilish uchun bizga imkoniyatlar va ehtiyojlarini to'liq muvozanatlashtiradigan raqobatbardosh bozor kerak bo'ladi.


Xo'sh agar tovarlarni (resurslarni) egalariga shunchaki tarqatib qo'yish samarali bo'lmasa nima qilish kerak?
Javobi oddiy - xar bir tovarga narx belgilab, qolgan ishni bozorning o'ziga qoyib berish kerak xolos. Bozor xar bir iqtisodiy agenting xoxish istaklarini hisoblab narx orqali ularga signal yuboradi.
Narx - bu iqtisodiyot ehtiyojlari va uning imkoniyatlari to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan maxsus indeks. Muxtasar qilib aytganda narx tranzaksiyalar ustida to'g'ri proporsiya o'rnatishga yordam beradi.

@Iqtisodiyblog

Читать полностью…

IqtisodiyBlog

Doim adolat tarafda bo'lsangiz qo'rquvga hojat yo'q.

©Xasan

Читать полностью…

IqtisodiyBlog

Assalom-u alaykum azizlar, qurbon hayitingiz muborak bo'lsin.

Читать полностью…

IqtisodiyBlog

❗️Конституцияга киритилаётган ўзгартиш ва қўшимчаларда Президент ваколат муддатини беш йилдан етти йилга ўзгартириш таклиф қилинмоқда.

Читать полностью…

IqtisodiyBlog

Erkinlikning birinchi dushmani - qo'rquv.

©

Читать полностью…
Subscribe to a channel