itspecuz | Unsorted

Telegram-канал itspecuz - IT specialist

16672

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot

Subscribe to a channel

IT specialist

📚 O‘qish mavsumi yaqin! Smartfoningizni yangilashning ayni vaqti.

1-avgustdan 15-sentyabrgacha HONOR “Foydali xaridlar mavsumi” aksiyasini o’tkazmoqda.

Aksiyada ishtirok etayotgan HONOR smartfonlaridan birini xarid qilsangiz, yoqimli sovg‘aga ega bo‘lasiz — aqlli soat, simsiz quloqchin, ryukzak va boshqa aksessuarlar (tanlangan modelga qarab).

Batafsil

Читать полностью…

IT specialist

⚡ Foydali maslahat: AI dan to'g'ri foydalaning

ChatGPT yoki boshqa AI yordamchisidan javob olayotganda, savolingizni qisqa emas, aniq va to'liq yozing. Masalan, "Yordam ber" deyish o'rniga "Men boshlang'ich daraja uchun Python bo'yicha 5 ta mashq tayyorlab ber" desangiz, javob ancha foydali chiqadi. AI qanchalik ko'p kontekst olsa, shunchalik yaxshi natija beradi. 🎯

Читать полностью…

IT specialist

💡 Bilasizmi? Klaviaturadagi eng ko'p ishlatiladigan hotkey

Ctrl + Z — bu kombinatsiya deyarli barcha dasturlarda oxirgi amalni bekor qiladi. Ko'pchilik bilmaydi, lekin Ctrl + Y yoki Ctrl + Shift + Z esa bekor qilingan amalni qaytaradi. Bu ikki tugma birgalikda xatolarni tezda tuzatishga yordam beradi. Aytgancha, Windows-da Alt + Tab yordamida ochiq oynalar orasida tez almashish mumkin. Hotkey-larni o'rganish vaqtingizni sezilarli tejaydi. ⌨️

Читать полностью…

IT specialist

Biror nima o'rganishga doimo vaqt topsa bo'ladi!
#motivatsiya / #tavsiya

ℹ️ TV, video o'yin va ijtimoiy tarmoqlar uchun ketadigan 9 yil ichida nimalarni o'rganishimiz mumkinligi va bular kelajakda bizga va jamiyatga qanday foyda keltirishi haqida o'ylab ko'raylik...

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita

Читать полностью…

IT specialist

Intel core i5 kuchlimi yoki core i7?

👍 Bizning barcha loyihalar

Читать полностью…

IT specialist

Start Your AWS Journey 🚀

Cloud technologies remain one of the fastest-growing areas in IT, and AWS skills are becoming increasingly valuable across Central Asia.

This summer, Sigma Software University launches a complete AWS learning path in Uzbekistan — from a free introductory webinar to internationally recognized AWS certifications.

📌FREE WEBINAR
AWS Certifications: How to Start a Career in Cloud Technologies in 2026

📅 June 30, 19:00
💻 Online, Free
🌐 Uzbek language

You'll learn:
• Why AWS and cloud technologies are growing rapidly
• Which cloud roles are most in demand in 2026
• How to start a cloud career
• How the AWS certification path works
• What AWS Cloud Practitioner covers
• Common certification preparation mistakes
• How AWS services are used in real business environments

🎤 Speaker: Javokhir Shoyusupov
DevOps Engineer at CS.Money | ex-EPAM Systems

Start with the free webinar and discover which AWS path is right for you.

👉 Reserve Your Spot

Читать полностью…

IT specialist

Windows'ga qulayliklar qo'shamiz!
#videodars / #mohirlik

ℹ️ Kichik Windhawk dasturi yordamida Windows'ga bir qancha qulayliklar qo'shamiz. Bugun papkalarni o'lchamini ko'rish imkoniyati, istalgan joydan ovozni o'zgartirish, oynlarni o'zaro chiroyli harakatga keltirishni va boshqalarni o'rganamiz.

🔽 Ishlatgan dasturlarimiz:
https://windhawk.net/
https://www.voidtools.com/downloads/

✅ Ishlatgan modlarimiz:
- Windows 11 Start Menu Styler
- Windows 11 File Explorer Styler
- Taskbar Volume Control
- Better file sizes in Explorer details
- Slick Windows Arrangement

🎞 YouTube'dan ko'rish

Bizning loyihalarimiz I Qoʻllab-quvvatlash

Читать полностью…

IT specialist

#applewatch #telegram #iOS

⌚️ Endi Apple Watch'ingiz orqali to'g'ridan-to'g'ri Telegram'da yumaloq videolar yozib yuborishingiz va kanallar tasmasini kuzatishingiz mumkin


Kecha Durov Apple Watch uchun to‘liq talqindagi Telegram ilovasi chiqarilishini e'lon qildi.

Endi foydalanuvchilar nafaqat xabarlar va bildirishnomalarni, balki ilgari faqat smartfonlarda mavjud bo‘lgan messenjerning ko‘plab tanish funksiyalarini boshqarish imkoniyatiga ega.

Apple gadjeti egalari ilovadan allaqachon foydalanishlari mumkin! 😎

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#mulohaza_uchun #operatsion_tizim #it_humor

Program Files / Program Files (x86) ↔️ AppData (koʻrinmas papka) 👀

📌 P.S.: Windows'ga oʻrnatilgan dasturiy ta'minotlarni ochiq va yopiq holda saqlaydigan papkalar, bularga ishi tushganlar ushbu qiyosiy hazilni yaxshi tushunadilar 🙃

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows 10'ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

Bu qanday qurilma?

Читать полностью…

IT specialist

Ucell AI kelajagini qo‘llab-quvvatlaydi

O‘zbekistonda “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida o‘tkazilgan “Milliy tanlov” g‘oliblari taqdirlandi.

Tadbir tashkilotchisi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi bo‘lib, u Ucell kompaniyasi va qator hamkor tashkilotlar ko‘magida o‘tkazildi. Tanlov davlat rahbari tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan loyiha doirasida amalga oshirildi.

“Milliy tanlov”da 500 ga yaqin maktab, 45 ta oliy ta’lim muassasasi hamda 10 mingga yaqin tinglovchi va ularning ustozlari ishtirok etdi. "Eng faol maktab” yoʻnalishida Xorazm viloyati Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi va Navoiy viloyatidagi 13-sonli ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktablariga "Prezident sovg`asi" 2 ta elektromobil topshirildi.

2023-yil noyabr oyidan buyon loyiha doirasida qariyb 1 million nafar tinglovchi ta’lim oldi. Aileaders.uz platformasida Coursera, Oracle, Huawei kabi yetakchi xalqaro platformalarning 100 ga yaqin bepul kurslari taqdim etilgan. Shuningdek, 3000 ga yaqin kurslar o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

“Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi mamlakatda AI sohasini rivojlantirish, yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish va global darajada raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qilmoqda.

Читать полностью…

IT specialist

🟥 Yandex’dan Moskvada bepul ta’lim olishni xohlaysizmi?

Yozgi dasturlash maktabining mobil va backend yo‘nalishlarida ishtirok etish uchun ariza topshiring. Bu ko‘nikmalaringizni rivojlantirish, real vazifalar bilan ishlash va kompaniyamizda amaliyot o‘tashga yaqinlashish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Ishtirokchilar Moskvada bo‘lib o‘tadigan xalqaro ta’lim dasturiga yo‘l oladilar - dastur davomida aviachipta va turar joy to‘lovlarini to‘liq amalga oshiramiz. Yozgi maktablar yakunlanganidan so‘ng, sizni Yandex Uzbekistan’da amaliyot o‘tash uchun qisqartirilgan tanlov kutadi.

3-maygacha ariza topshirishga ulgurib qoling ↗️

Читать полностью…

IT specialist

Qishloqdoshlar, hormanglar!

Keyingi guruhni tashkil qilyabmiz, inshaAllah maqsadimiz UX/UI olamining haqiqiy "Piksel ustalari"ni tayyorlash!
Biz buni 2 ta ustoz bo‘lib amalga oshiramiz.

Kursda sizni nimalar kutmoqda?
🔥 Real loyihalar: Qog'ozdagi emas, haqiqiy biznes loyihalar ustida ishlash.
🔥 Portfolio & CV: Ish beruvchilarni jalb qiladigan professional "keys"lar.
🔥 Suhbatga tayyorgarlik: Kurs yakunida suhbatlardan qo'rqmaydigan bo'lasiz.
🔥 Qattiq nazorat: Natija bo'lmaguncha qo'ymaymiz

Tartib:
🗓 Haftada 3 kun (kechki darslar).
📹 Darslar yozib olinib, guruhga tashlanadi.

💰 O‘qish narxi: 700 000 so‘m

PS: Faqat o‘qish niyati borlar yozsin!
Murojaat uchun: Pixoragency

Читать полностью…

IT specialist

Olimpiada darajasidagi dasturlash va matematika vazifalari bilan oʻzingizni sinab koʻring.

Eng kuchli ishtirokchilar Yandex'dan imkoniyatlarga ega boʻladi.

Yandex Coding and Math Contest endi Oʻzbekistondagi 18 yoshdan katta oliy o‘quv yurtlari talabalari, dasturchilar, muhandislar va IT-mutaxassislari uchun ochiq.

Agar siz algoritmlar, matematika va zamonaviy dasturlash tillarida oʻzingizga ishonsangiz, 2026-yil 25-aprelgacha ariza topshiring.

CMC nima?
Yandex tomonidan yaratilgan va Yandex School of Data Analysis tomonidan qoʻllab-quvvatlangan dasturlash va matematika tanlovi. Bu oʻzingizni sinab koʻrish, kuchli ishtirokchilar bilan tanishish va ajralib turish imkoniyati.

Sizni nimalar kutmoqda:
• Ishtirok etish bepul
• Ikki bosqichda: hamma uchun onlayn, eng kuchli ishtirokchilar uchun oflayn final
• Har bir bosqichda 8–10 ta algoritmik va matematik vazifalar
• Tanlov tili: ingliz tili

Gʻoliblar Yandex ML School Uzbekistan'ga Fast track, Yandex Uzbekistan'da amaliyot uchun suhbat imkoniyati va Yandex'dan boshqa sovrinlarni qoʻlga kiritadi.

Batafsil maʼlumot va ariza topshirish

Yandex “Yandex Coding and Math Contest” loyihasi doirasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatmaydi.

Reklama kontenti

Читать полностью…

IT specialist

Oʻzbekiston banklari va fintex sohasi uchun IT-infratuzilma

Servercore kompaniyasi Central Asian Fintech Association bilan hamkorlikda IT-direktorlarni, texnik mutaxassislarni va biznes rahbarlarini yopiq formatdagi «IT-palov» biznes-kechki ovqatiga taklif etadi. Ekspertlar axborot xavfsizligining dolzarb masalalari va bulutda xavfsiz infratuzilma qurish yoʻllarini muhokama qiladilar.

➡️ Havola orqali roʻyxatdan oʻting: https://srv.cr/r3k95

Ishtirokchilar quyidagilarni muhokama qilishlari mumkin:

▪️ Servercore bulutida Fintech-kompaniyalar uchun xavfsiz infratuzilma yaratish
▪️ Bulutga koʻchish va miqyosni kengaytirishning amaliy tajribasi (Air Samarkand keysi misolida)
▪️ Biznesni rivojlantirish uchun bulutli serverlarning imkoniyatlari

Rasmiy qismdan soʻng — IT-palov Networking. Ekspertlar bilan kasbiy mavzularda norasmiy muloqot, bozordagi hamkasblar bilan tajriba almashish va mazali kechki ovqat.

⚠️ Oldindan roʻyxatdan oʻtishni unutmang, joylar soni cheklangan. Ishtirok etish bepul, biroq faqat Servercore menejerlari tomonidan tasdiqlanganidan (moderatsiyadan oʻtganidan) soʻnggina ruxsat etiladi.

Читать полностью…

IT specialist

💡 Bilasizmi? Wi-Fi va kabel — qaysi biri tezroq?

Uy yoki ofisda internet ishlatayotganda, kabel orqali ulanish (Ethernet) odatda Wi-Fi dan tezroq va barqarorroq bo'ladi. Buning sababi oddiy: kabel signal yo'qotmasdan ma'lumotni to'g'ridan-to'g'ri uzatadi. Wi-Fi esa atrofdagi devorlar, boshqa qurilmalar va hatto mikroto'lqinli pechlar signalga xalaqit berishi mumkin. Shuning uchun o'yin o'ynash yoki katta fayllarni yuklash uchun kabeldan foydalanish yaxshiroq tanlov hisoblanadi. 🖥️

Читать полностью…

IT specialist

Fayl formati nima?

Har bir fayl kompyuterda ma'lum bir formatda saqlanadi. Format — bu faylning qanday tuzilgani va qanday dasturda ochilishini belgilovchi qoida. Masalan, rasm fayli .jpg yoki .png bo'lishi mumkin, matn fayli esa .txt yoki .docx.

Fayl nomi oxiridagi kichik harflar — bu kengaytma (extension). Aynan shu kengaytma kompyuterga faylni qaysi dasturda ochishni aytadi. Masalan, .mp3 — musiqa fayli, .pdf — hujjat, .zip — siqilgan arxiv.

Har bir format o'z ishiga mos keladi. Rasm uchun .jpg, katta hajmli fayllarni yuborish uchun .zip, rasmiy hujjatlar uchun .pdf — to'g'ri formatni tanlash ishni osonlashtiradi. 📁

Читать полностью…

IT specialist

Nimaga Windows aynan C diskka o'rnatiladi?

Muallif: Ahmadjon (uz1_games)

👍 Bizning barcha loyihalar | #c

Читать полностью…

IT specialist

😎 Protsessor nomidagi harf va raqamlar shunchaki yozuv emas — ular protsessorning kuchi, avlodi va imkoniyatlarini bildiradi.

👍 Bizning barcha loyihalar | #cpu

Читать полностью…

IT specialist

Microsoft Office dasturi tilini o'zgartirish
#videodars

ℹ️ Word, Excel yoki PowerPoint dasturining tilini rus, ingliz yoki o'zbekchaga o'zgartirish bo'yicha video qo'llanma.

⚠️ Bu metod hamma ofis dasturlarida ham ishlamasligi mumkin, sababi siz ishlatayotgan ofisni internetga ulanish imkoniyatlari cheklangani bo'lishi mumkin. Lekin boshqa rasmiy barcha ofis dasturlarida shu metod orqali kerakli tilni yuklab olishni imkoni mavjud.

Bizning loyihalarimiz I Qoʻllab-quvvatlash

Читать полностью…

IT specialist

#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Ha, ha, front office, back office, dasturlash olamidagi o‘sha doimiy mavzu. Xo‘sh, siz qanday fikrdasiz? 🙄

ℹ️ Kanalda Frontend va Backend mavzularida bundan ilgari ulashilgan postlar bilan tanishing: 1️⃣ | 2️⃣ | 3️⃣ | 4️⃣ | 5️⃣ | 6️⃣ | 7️⃣ | 8️⃣ | 9️⃣ | 🔟

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

Printer sotib olishdan oldin bilishingiz kerak bo'lgan 10 ta jihat
#videodars / #printer / #xarid

Printerni mustaqil xarid qilishni istaysizmi? Sizga qanday printer kerakligini bilmayapsizmi?

Unda printer tanlash bo'yicha video qo'llanmamizni ko'rib chiqing:

🎞 Videoni ko'rish

📲 Android uchun skaner dasturlari:
• CamScanner- scanner, PDF maker
• Adobe Scan AI PDF Scanner, OCR

Bizning loyihalarimiz I Qoʻllab-quvvatlash

Читать полностью…

IT specialist

#smartfon #android #dasturlash

📱⌨️ Mimo — rus yoki ingliz tiliga qalaysiz, agar til borasida muammoingiz bo‘lmasa, u holda ushbu mobil ilova bilan dasturlashni o‘rganish endi yanada oson va qulay!

⏱️ Kuniga atigi 5 daqiqa vaqt ajratish orqali siz kod yozishni, ilovalar, o‘yinlar, saytlar yaratish va boshqa ko‘plab narsalarni o‘rganishingiz mumkin.

✅ HTML, CSS, JavaScript, SQL, Python, Kotlin, Swift va boshqa dasturlash tillarini 0 dan o‘zlashtiring! (Pochta manzili yoki Facebook-akkaunt orqali ro‘yxatdan o‘tish maqsadga muvofiq). Pro-versiya.

📎 Mimo Pro v9.12 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
• SoloLearn mobil ilovasi
• Основы HTML и CSS mobil ilovasi
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

⚡️ USB Killer: Tashqi ko‘rinishi aldamchi "qotil"
#xavfsizlik

ℹ️ Ko‘rinishidan oddiy fleshkaga o‘xshaydi, lekin uni kompyuterga ulashingiz bilan qurilmangiz "hayoti" soniyalar ichida yakun topishi mumkin. Bugun biz kiber-dunyodagi eng xavfli gadjetlardan biri — USB Killer haqida gaplashamiz.

U nima va qachon paydo bo‘lgan?

👻 USB Killer — bu kompyuter, smartfon yoki televizorlarning apparat qismini (hardware) jismoniy yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan qurilma.

Uning ilk prototipi 2015-yilda rossiyalik "Dark Purple" taxallusli tadqiqotchi tomonidan ommaga ko‘rsatilgan. Dastlab bu shunchaki USB portlarining himoyasini tekshirish uchun konsept sifatida yaratilgan edi, biroq keyinchalik tijoriy maqsadlarda ishlab chiqarila boshlandi.

Ishlash prinsipi: U qanday "o‘ldiradi"?

USB Killer ma’lumot o‘g‘irlamaydi, u shunchaki ona platani (motherboard) kuydirib yuboradi. Jarayon quyidagicha kechadi:

• Quvvat yig‘ish: Qurilma USB portidan kelayotgan past kuchlanishli (5V) tokni oladi.

• Transformatsiya: Ichidagi kondensatorlar yordamida bu tokni bir necha yuz voltgacha (odatda -200V) oshiradi.

• Zarba: To‘plangan yuqori kuchlanishni USB portining ma’lumot uzatish liniyalariga (data lines) qaytarib yuboradi.

• Takrorlash: Bu jarayon soniyasiga bir necha marta takrorlanadi, natijada kompyuterning protsessori va boshqa muhim chiplari chidash bera olmay, "yonib" ketadi.

O‘zbekiston qonunchiligida bu noqonuniy emasmi?

Bu masalaga jiddiy qarash kerak. USB Killer'ga egalik qilishning o‘zi (agar u kolleksiya yoki tadqiqot uchun bo‘lsa) to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqlanmagan bo‘lishi mumkin, ammo undan foydalanish og‘ir oqibatlarga olib keladi:

• O‘zganing mulkiga shikast yetkazish: Agar birovning kompyuterini bu qurilma bilan ishdan chiqarsangiz, bu O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi yoki Jinoyat kodeksining (173-modda: Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga shikast yetkazish) tegishli moddalari bilan jazolanadi.

• Kiberjinoyat: Kompyuter tizimlariga noqonuniy kirish yoki ularni ishdan chiqarish bo‘yicha moddalar ham qo‘llanilishi mumkin.

⚠️ Xulosa: Bu qurilma "hazil" qilish vositasi emas, balki kiber-qurol hisoblanadi.

Qurilmalarni qanday himoya qilish kerak?

O‘zingizni va texnikangizni asrash uchun bir nechta oltin qoidalarga amal qiling:

• Notanish "sovg‘alar": Ko‘chadan topib olingan yoki noma’lum shaxslar sovg‘a qilgan fleshkalarni aslo kompyuteringizga ulamang. "Fleshkamdamdagi narsani kompyuteringda ko'rib olay" deganlardan qo'rqishni boshlayapman 😨.

• USB-kondom (USB Condom): Bu maxsus o‘tkazgich bo‘lib, u faqat quvvat liniyalarini qoldirib, ma’lumot uzatish liniyalarini uzib qo‘yadi. Bu nafaqat "killer"dan, balki viruslardan ham himoya qiladi.

• Portlarni yopish: Jamoat joylaridagi kompyuterlar yoki serverlarda ishlatilmaydigan USB portlarini maxsus plastik tiqinlar (blockers) bilan yopib qo‘yish tavsiya etiladi.

Bilish foydali

Hozirgi kunda USB-C portiga ega zamonaviy noutbuklar va smartfonlar biroz chidamliroq, lekin USB Killer'ning yangi versiyalari hatto eng kuchli himoyalangan Apple qurilmalarini ham bir necha soniyada ishdan chiqarishga qodir.

✅ Maslahat: Texnika — qimmatbaho buyum. Shubhali "fleshka"larni sinab ko‘rish qiziqishi bir necha million so‘mlik zarar bilan tugashiga yo‘l qo‘ymang!

Bizning loyihalarimiz l Qoʻllab-quvvatlash

Читать полностью…

IT specialist

Ventoy — fleshkani bir marta tayyorlab, keyin unga istagancha ISO faylni oddiy copy-paste qilib boot qiladigan dastur. Har safar Rufus kabi qayta format qilish shart emas.

Nega zo'r:
✅ Bitta fleshkada birqancha ISO fayllarni saqlasa bo'ladi
✅ ISO ni “yozish” shart emas — tashlab qo'yasiz xolos
✅ UEFI + Legacy BIOS ishlaydi
✅ Secure Boot qo‘llaydi
✅ 4 GB dan katta ISO ham bemalol ishlaydi

Masalan, 64 GB fleshka bo‘lsa ichiga:

Windows 10.iso
Windows 11.iso
Windows 7.iso

solib qo‘yasiz. Kompyuterni fleshkadan yoqasiz, menyu chiqadi — qaysi ISO kerak bo‘lsa tanlaysiz.


Batafsil to'liqroq tushunish uchun ushbu videoni ko'ring: link

📊 Bizning barcha loyihalar | #ventoy

Читать полностью…

IT specialist

#word

Matnni bir sahifaga qadar qisqartirish 📄

Shunday holatlar bo‘ladiki, atigi 1-3 satrlik matn tufayli hujjatni sahifaning ikki betiga yoki ikki alohida sahifaga chop etishga to‘g‘ri keladi. Bundan ham yoqmaydigan jihati, bu matnni doimiy tarzda qisqartirish va tahrirlashdir.

Biroq Word’da buning uchun maxsus funksiya mavjud.
Algoritmi quyidagicha: Файл → Параметры → Панель быстрого доступа → Выбрать команды из blokida Все команды’ni tanlaysiz → u yerda Сократить на страницу’ni izlab topasiz va Добавить’ni bosasiz.

Yuqoridagi harakatlar muvaffaqiyatli bajarilgan taqdirda, yuqoridagi tezkor murojaat etish panelida sahifani qisqartirish belgisi paydo bo‘ladi. Matnni belgilaysiz, belgi ustiga bosasiz — tayyor!

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim

C diskidagi “Users” papkasidagi foydalanuvchi papkalarini D diskiga mohirona o‘tkazish 💻

Microsoft Windows 8 - 8.1 yoki Windows 10 operatsion tizimini o‘rnatganimizdan so‘ng Этот компьютер oynasini ochgan paytimizda quyidagi papkalarga duch kelamiz👇🏻.

Rasmdagi 6 ta papkalar tarkibida saqlab boradigan ma’lumotlarimiz kompyuterimizning C diskida joylashadi va bizga kerakli fayllar endi kelajakda ushbu diskdagi makonni egallab borishda davom etadi.

Ushbu maqolada rasmdagi va umuman “Users” papkasidagi muayyan foydalanuvchining barcha papkalarini D diskiga mohirona o‘tkazish haqida so‘z yuritiladi.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows 10'ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#excel

MS Excel’da filtr qo‘llanganida satrlarning avtomatik qayta raqamlanishi haqida 🔢

Odatda filtr qo‘llanganida ba’zi satrlar butunlay berkitiladi. Agar jadvalda satrlar numeratsiyasi mavjud bo‘lsa, u holda uning tartibi buziladi, lekin bu muammoning ham yechimi mavjud.

👉🏻
Batafsil...

📎 Namuna uchun fayl.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#excel #security

Formulalarni qanday qilib berkitish mumkin? 🔐

Agar sizdan hujjatni qabul qiluvchilar unda qanday funksiyalarni qo‘llaganingizni bilishlarini istamasangiz – ularni osonlikcha berkitishingiz mumkin.

Buning uchun formulasi berkitilishi lozim bo‘lgan yacheykalarni belgilang, belgilangan fragment ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va yuzaga keluvchi ro‘yxatdan “Формат ячеек”ni tanlang. Ochilgan oynaning “Защита” varaqa (вкладка)sida “Скрыть формулы” bandi qarshisiga maxsus belgini o‘rnating va “OK” tugmasini bosing.

Ushbu usul ishlashi uchun tanlangan list ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish va “Защитить лист” bandini tanlagan holda, yuzaga keluvchi oynachada parol o‘rnatish lozim (oynachaning qolgan bandlari o‘zgartirilmaydi).

🎞 Ushbu videoda esa buni vizual tarzda ko‘rishingiz mumkin.

👨🏻‍💻@itspecuz

Читать полностью…

IT specialist

#smartfon #android #iOS #maslahat

🧮 Matematik misollarni ikki soniyada yechamiz

Post ta’lim olayotganlar uchun:
algebradan uyga vazifani ideal tarzda bajarish uchun — Google amakini bezovta qilish yoki darslikni varaqlab o‘tirish shart emas. Misollarni o‘rningizga batafsil yechib beruvchi PhotoMath ilovasi bo‘lsa bas.

Undan foydanalish tartibi quyidagicha:

1️⃣. PhotoMath ilovasini PlayMarket yoki AppStore'dan yuklab olamiz.
2️⃣. Tilni tanlaymiz, kirish qismini o‘tkazib yuboramiz.
3️⃣. Daftardagi misolni skaner qilamiz. Buning uchun butun vazifani qizil chiziqlar orasiga joylashtiramiz.
4️⃣. Qizil tugma ustiga bosamiz. Birozdan so‘ng yechim va grafikalar bilan oyna paydo bo‘ladi. Qadamma-qadam yechimni ko‘rish uchun, “Показать шаги по решению” tugmasiga bosamiz.
5️⃣. Agar matematika siz uchun umuman qiyinchilik tug‘dirsa — hosil bo‘lgan menyuda “Пояснить этапы” tugmasiga bosamiz.

Ilovada shuningdek aqlli kalkulyator mavjud. U orqali siz nafaqat oddiy misollarga, balki tenglamalar tizimi + kvadrat ildizlar, foizlar va boshqa ko‘plab masalalarga yechim topishingiz mumkin.

📝 Manba: @bugnotfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Photomath Plus mobil ilovasi
• Oddiy “Калькулятор” dasturi yordamida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash
• Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash
• Windows 10'dagi “Калькулятор” dasturi uchun foydali klavishlar birikmalari
• Oddiy kredit kalkulyatoridan foydalanish

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…
Subscribe to a channel