izzatkhoja | Unsorted

Telegram-канал izzatkhoja - Izzatxo'ja Asomiddinov

274

👉 SMM, loyiha (product) menejeri; 👉 @talabayoshlar, @kitobxonyoshlar sahifalari hamda @kitob_muhokamasi, "Birga kitob o'qiymiz" loyihalari muallifi; 👉 Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohibi; 👉 Eng asosiysi Allohning oddiygina bandasi.

Subscribe to a channel

Izzatxo'ja Asomiddinov

Bunday bo’lishini avvalroq bilganimda edi…

Bugun intiqib kutilgan “Blogging” bo’yicha o’z mentorlik dasturimni boshladik!

Online va offline formatda bo’ladigan darslarimiz 30ta o’quvchi bilan bu qadar energiyaga boy bo’lishini, dars olib va dars berib bunchalik mazza avvalroq qilishimizni bilganimizda edi, bu ishni ancha avval boshlardim :)

O’quvchilar orasida shaxsiy biznes egalari, til mutaxassilari, sohaga endi qadam qo’ygan talabalar-u, katta-katta bloggerler bor.


Online ta’lim olayotgan o’quvchilarim Germaniyadan, Koreyadan, Turkiyadan, Balidan, Malayziyadan turib darslarimga qatnashmoqda!

Nasib, oldimizda turgan 1.5 oy davomida maximum natija ko’rsatamiz!

@anvarovsblog

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

#maqtanish_time

😅 chess.com da yana <1199 reyting ichida 1-o‘rin, 2-o‘rindagi o‘zbek bilan to‘qnash kelmadik, lekin ketma-ket o‘rin egalladik, shunisi xursand qildi.

🤔 O‘zi reytingimni 1352 gacha ko‘targandim, keyin ketma-ket mag‘lubiyatlar sabab yana 1152 ga tushib ketdim. Endigi missiya <1400 ichida ham yutuqqa erishish.

Aytgancha, yaqinda pochtamga chess.com dan musobaqaga taklif kelgandi, g‘olibga Singapurda bo‘lib o‘tadigan jahon shaxmat toji uchun o‘yinlarni borib tomosha qilish uchun 2 kishilik, 5 kunlik bepul yo‘llanma qo‘yilgan ekan. Avvaliga qatnashib ko‘raymi dedimku, keyin +1900 reytingli o‘yinchilarni ko‘rib, hali vaqtli deb, tinchgina boshqa ishlarimni qilaman degan xulosaga kelgandim. Xullas, mini turnirlarda o‘rin olishni shunday imkoniyatlari bor demoqchiman...

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

#vakansiya #ishga_qabul

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi jurnalist-muharrir lavozimiga ochiq tanlov asosida ishga taklif etadi.

🔹Ishga kirish uchun quyidagi so‘rovnomani to‘ldirishingizni so'raymiz:


➡️ https://forms.gle/hE4GCs23FC5FjxdS8

Barcha nomzodlar hujjatlari ko‘rib chiqiladi va talablarimizga mos nomzodlar suhbatga chaqiriladi.

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 4-mavsumini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 24-avgustga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

🔴“Do‘st orttirish va odamlarga ta’sir etish xususida” (Deyl Karnegi)
🔴 “Qo‘rqma” (Javlon Jovliyev)


Tanlov g‘olib va sovrindorlari quyidagi tartibda taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Acer noutbuk;
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet;
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Samsung smartfon;
🔵5-o‘rin (10 nafar) – RedMi smartfon;
🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – Smartfon.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang. Imkoniyatdan unumli foydalaning!

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

#kitobxon_yoshlar_ligasi

📚Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amfiteatrida Vazirlik hamda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilgan keng qamrovli “Kitobxon yoshlar ligasi” 3-mavsumi g‘olib va sovrindorlari tantanali taqdirlandi.

⚡️Taqdirlash marosimini Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Ravshonbek Xudayberganov ochib berib, mazkur tanlov yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqishini yanada oshirishini va 125 mingdan ortiq talaba-yoshlarni qamrab olganligini ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng, tanlov tashlikotchisi, markaz bo‘lim boshlig‘i Izzatxo‘ja Asomiddinov tanlovning “Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblariga smartfon va sertifikatlarni topshirdi.

🔹Tanlovning final bosqichida faol ishtirok etib, 4-5-o‘rinni egallagan tanlov sovrindorlariga vazirlik sertifikati va smartfon sovg‘alarini Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktor o‘rinbosari Anvarmirzo Qudratov va markaz bo‘lim boshlig‘i Mansur Boysariyev topshirdi.

🔹Kitobxonlik tanlovi 3-mavsumida davomida eng kuchli deya e’tirof etilgan 1 nafar 1-o‘rin, 2 nafar 2-o‘rin va 3 nafar 3-o‘rin egalarini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Salohiddin Sanaqulov va markaz direktori Ravshonbek Xudayberganov taqdirlab, ularga qimmatbaho sovg‘alar (noutbuk, smart televizor va planshet) va vazirlik diplomlarini topshirdi.

🎙 Taqdirlash marosimi davomida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ustoz san’atkorlari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Tashkil etilgan tantanali taqdirlash marosimi tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat ulashdi.

📌Tanlov g‘oliblari ro‘yxati

Tanlovda g‘olib va sovrindor bo‘lgan barcha talaba-yoshlarni ushbu mukofotlar bilan markazimiz nomidan samimiy muborakbod etib, kitob doimo eng yaqin do‘stingiz bo‘lishini tilab qolamiz.

🌐Videoni YouTube orqali ko‘rish

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Davlat dasturi: «Yosh kitobxon talabalar ligasi» tanlovi
#28apr #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

#xushxabar

📚Vazirlar Mahkamasining 36-sonli qarori imzolandi, unda “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn kitobxonlik tanlovi haqida ham band bor!

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 36-sonli “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

👏 Ushbu qarorning imzolanishini yutuqlarimizning debochasi desak bo‘ladi. Sababi, ushbu qaror 2-ilovasining 6-bandida (“Mushoira klubi”ni rasman tashkil qilish); 10-bandida (“Til bilimdonlari” tanlovini har yili doimiy o‘tkazish) hamda 14-bandida (“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn kitobxonlik tanlovini doimiy tarzda har 3 oyda 1 marta o‘tkazish) bizning jamoamiz tomonidan tashkil etiladigan loyihalar joy egalladi. Bu degani endi bizda moliyaviy muammolar bo‘lmaydi va tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan rag‘batlantiriladi. Shuningdek, respublikamizdagi barcha oliy va professional ta’lim muassasalaridagi ijodkor talaba-yoshlar uchun “Mushoira klubi” tashkil etiladi va ularning ijod namunalarini kitob va to‘plam ko‘rinishida nashr etishga imkoniyat yaratiladi.

🔹Yil avvalidagi ushbu yutuq bizga yanada kuchli motivatsiya bo‘ladi va barcha uchun manfaatli loyihalarimiz yana ko‘payadi degan umiddamiz. Bularning barchasi, albatta, Sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz orqali amalga oshadi.

Barchangizni ushbu yangilik bilan tabriklaymiz!

✈️KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

📚“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovi 2-mavsumi g‘olib va sovrindorlari tantanali taqdirlash marosimi videolavhasini tomosha qilib, ajoyib atmosferani o‘zingiz his qilib ko‘ring!

✈️KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2-mavsumini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 7-dekabrga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

🔴Said Ahmadning “Jimjitlik” asari
🔴Jeyms Klirning “Atom odatlar” asari

Tanlov g‘olib va sovrindorlar quyidagi tartibda taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk;
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet;
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Samsung smartfon;
🔵5-o‘rin (10 nafar) – RedMi smartfon;
🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – Smartfon.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang. Imkoniyatdan unumli foydalaning!

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓 17-noyabr – “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan “Talabalar tanlovi” g‘oliblari tantanali taqdirlandi!

Ildiz kitoblari do‘konida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida super o‘yin g‘oliblari, shuningdek, tanlov davomidagi eng omadli ID egalariga sovg‘alar topshirildi.

➡️ G‘oliblar ro‘yxatini ko‘rish

🔵Taqdirlash marosimiga tashrif buyurgan tomoshabinlar o‘rtasida ham yutuqli o‘yin tashkil etildi. G‘oliblar va faol ishtirokchilarni do‘kon tomonidan hamda o‘zimni nomimdan kitoblar bilan taqdirladik.

Shu bilan yutuqli tanlovimiz rasman yakunlandi. Tez orada yangi kitobxonlik tanloviga start beramiz. Bizni kuzatishda davom eting.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣Ildiz kitoblari do‘konidan yutuqli o‘yin!

📚 Barcha kitobxon yurtdoshlarimiz uchun @ildizkitoblari yutuqli lototron o‘yinini e’lon qiladi. Ushbu o’yinda ishtirok etish uchun Siz Ildiz kitoblari do‘koniga tashrif buyurasiz va kamida 50 ming so‘m qiymatga ega bo‘lgan kitoblar yoki o‘zingiz istagan biror tovarni xarid qilasiz. Sizga taqdim etilgan xarid chekining orqa tomoniga ism-familiyangiz va telefon raqamingizni yozib qoldirasiz va chek qog‘ozini yaxshilab buklab, kassaning o‘ng tomonida joylashgan lototron ichiga solasiz.

🎁 Lototron uchun cheklar 18-noyabr kuni soat 14:00 ga qadar qabul qilinadi. Aynan shu kuni shu soatda Ildiz kitoblari do‘konida “Talabalar tanlovi” g‘oliblarini taqdirlash marosimi va yangi kitob taqdimoti (qaysi kitob deb o‘ylaysiz?) bo‘lib o‘tadi. Ana shu marosim davomid lototron ichidan omadli 13 ta chek tanlab olinadi va chek egalari quyidagicha haydalarga ega bo‘lishadi:

🔴birinchi g‘olibga 100 ming so‘mlik vaucher;
🔴ikkinchi g‘olibga 200 ming so‘mlik vaucher;
🔴uchinchi g‘olibga 300 ming so‘mlik vaucher;
🔴qolgan 10 nafar g‘olibga kitob hadya qilinadi.

➡️ Do‘kon manzilini ko‘rish

Ildiz kitoblari do‘koniga tashrif buyuring va yutuqli o‘yinda ishtirok etib, omadingizni sinab ko‘ring.

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

ЯХШИЛИК АЛОМАТЛАРИ

Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам бундай дедилар: «... Аллоҳ наздида ҳақиқий гўзаллик - ботин гўзаллиги ва хизмат гўзаллигидир».
Эй Али! Мўминнинг уч аломати бор:
1. Мол-дунёга муккасидан кетмайди.
2. Хотинга ўч бўлмайди.
3. Инсонлар шаънида гапиришни ёқтирмайди.

Ақлли инсоннинг учта аломати бор:
1. Охиратни қўлга киритиш учун дунёни ишлатади.
2. Жафога бардош беради.
3. Қийинчиликларга сабр қилади.

Олимнинг учта аломати бор:
1. Тўғри сўз бўлади.
2. Ҳаромдан тийилади.
3. Камтар бўлади.

Муттақийнинг учта аломати бор:
1. Ёлғондан ва ёмонликдан сақланади.
2. Ёмон дўстдан сақланади.
3. Ҳаромга яқинлашишдан қўрқиб, мубоҳдан ҳам сақланади.

Сиддиқнинг уч аломати бор:
1. Нафл ибодатини яширади.
2. Садақани яширинча беради.
3. Мусибатни яширади.

Обиднинг учта аломати бор.
1. Нафсига жаҳл қилади.
2. Нафсини тергайди.
3. Узоқ намоз ўқийди.

Солиҳнинг уч аломати бор:
1. Аллоҳ учун солиҳ амал қилади.
2. Динини амал билан ислоҳ қилади.
3. Ўзига раво кўрганини бошқаларга ҳам раво кўради.

Саъид (бахтли ва жаннат аҳли) кишининг уч аломати бор:
1. Ҳалол ейди.
2. Олимлар билан ҳамсуҳбат бўлади.
3. Беш вақт намозини жамоат билан (имом билан бирга) ўқийди.

Мўминнинг уч аломати бор:
1. Аллоҳга итоат этади.
2. Ҳаромлардан узоқ туради.
3. Ёмонлик қилганга яхшилик қилади.

Сахийнинг уч аломати бор:
1. (Ўч олишга) қурби етгани ҳолда афв этади.
2. Закотини беради.
3. Садақа беришни яхши кўради.

Ҳалим инсоннинг уч аломати бор:
1. Алоқани узган билан алоқа ўрнатади.
2. Бермаганга беради.
3. Зулм қилганни кечиради.

Сабрли кишининг уч аломати бор:
1. Аллоҳ таоло тоатига,
2. Мусибатга,
3. Қазо ва қадарга сабр қилади.

Тавба қилганнинг уч аломати бор:
1. Ҳаромдан сақланади.
2. Илм талаб қилишга интилади.
3. Сут кўкракка қайтмагани каби гуноҳга қайтмайди.

“Пайғамбаримизнинг соллаллоҳу алайҳи васаллам ҳазрати Али розияллоҳу анҳуга насиҳатлари” китобидан.
@mehrob_uz

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

📚 “Naqshi” kitoblar do‘koni bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlov g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi!

6-oktabr kuni Naqshi do‘konida tanlovda test bo‘yicha g‘olib bo‘lgan 26 nafar hamda “Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi bo‘lgan 20 nafar g‘oliblarga sertifikat, diplom hamda sovg‘alar topshirildi.

➡️Tanlov g‘oliblari va sovg‘alar ro‘yxati

Respublikamizning viloyatlarida istiqomat qiluvchi g‘oliblarimizga sovrinlar pochta orqali yetkaziladi.
_____________________

Shu o‘rinda tanlov tashkilotchi jamoasi bilan tanishtirib o‘tmoqchiman (shu insonlarning mehnati bo‘lmaganida tanlov ham bo‘lmas edi):

🟠Yorqin Abduqaxxorov - dasturchi;
🟠Mirafzal Ozodov - media mutaxassis;
🟠Muxlisa Norboyeva - savollar muallifi;
🟠Izzatxo‘ja Asomiddinov - bosh tashkilotchi.

Doim tanlovni tashkil qilganingiz uchun sizga rahmat deb menga tashakkurlar aytiladi, lekin shu insonlar bo‘lmaganida men bir o‘zim bu ishlarni qila olmas edim.

KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

😅 Shunaqasiyam bo'lib turadi...

👉 @Izzatkhoja

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣Jarayon avjida!!!

Taqdimotga oz qoldi, siz kutgan tanlovni yangi mavsumini tez orada e'lon qilamiz...

✈️KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo'ling

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🇺🇿Sovrin jamg‘armasi 89 million so‘m bo‘lgan “Til bilimdonlari” tanlovi boshlandi!

🏛 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Til bilimdonlari” respublika tanlovini eʼlon qiladi.

🟥Tanlovda barcha (davlat, xususiy va xorijiy) oliy ta’lim muassasalari (bakalavr va magistr) talabalari hamda kollej, litsey va texnikum o‘quvchilari @tiluzbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, ishtirok etishi mumkin.


Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

🔵1-o‘rin – 8 million so‘m;
🔵2-o‘rin – 6 million so‘m;
🔵3-o‘rin – 5 million so‘m;
🔵4-o‘rin – 3 million so‘m;
🔵5-o‘rin – 2 million so‘m;

🗣Shuningdek, hududiy bosqich g‘oliblari ham o‘zi tahsil oladigan oliy talim muassasasi tomonidan mos ravishda 1-o‘rin bazaviy stipendiya miqdorining 4 barobari, 2-o‘rin 3 barobari va 3-o‘rin 2 barobari miqdorida pul yutuqlariga ega bo‘ladi.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

Aziz talaba-yoshlar, tanlovda faol ishtirok eting, o‘zbek tili bo‘yicha bilimingizni sinovdan o‘tkazing va g‘oliblar qatoridan joy egallang.

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Meni jamoamda, loyihalarimda, qisqasi men bilan birga ishlashni istaganlar uchun imkoniyat!

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Bugun nasib qilgan ekan, nihoyat 1-o‘rin!

🥇Katta natija emasku, lekin anchadan beri shu mini turnirda g‘olib bo‘lishga harakat qilardim, ba’zida biroz omad yetishmasa, ba’zida oxirgi nuqtada xatoga yo‘l qo‘yardim.

chess.com ga kirib shaxmat o‘ynab turadiganlar bormi?

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

#final2024 #taqdirlash

🗣“Talabalar teatr studiyalari” hamda “Munozara” respublika tanlovlari final bosqichi g‘olib va sovrindorlari tantanali taqdirlandi!

🏛 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan Samarqand shahrida 5-6-7-iyun kunlari tashkil etilgan respublika tanlovlarining yakuniy final bosqichi yuqori saviyada, ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. Tanlov g‘olib va sovrindorlari bugun Yoshlar markazi zalida tantanali taqdirlandi.

🎭“Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovida quyidagi jamoalar yuqori o‘rinlarni egalladi:

🥇“Sho‘raxon” (TGFU) va “Qaqnus” (QarDU) talabalar teatr studiyalari;
🥈“Abu Ali ibn Sino izdoshlari” jamoasi (SamDTU) va “Retro” (TDTU) teatr jamoalari;
🥉“Ko‘zmunchoq” (TTA UF) va “CAMU” (CAMU) talabalar teatr studiyalari.

Tanlov g‘oliblari mos ravishda I, II va III darajali diplom, maxsus statuetka va 1-o‘rin 70 mln. so‘m, 2-o‘rin 50 mln. so‘m va 3-o‘rin 30 mln. so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi.


♦️Shuningdek, nominatsiya g‘oliblari, Vazira Mahmudova (ADU) “Eng yaxshi ayol roli uchun” – 10 mln. soʻm, Og‘abek Izzatullayev (BuxMTI) “Eng yaxshi erkak roli uchun” – 10 mln. soʻm, Javohir Rayimov (TerDPI) “Jamoa ijodkor talabasi” – 8 mln. soʻm, Alijon Asqarov (ADPI) “Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” – 7 mln. soʻm va “Qaqnus” jamoasi (TTA) “Eng faol oliy taʼlim muassasasi” – 15 mln. so‘m pul mukofoti va sertifikatlar bilan taqdirlandi.

✔️“Munozara” Respublika turnirida quyidagi jamoalar yuqori o‘rinlarni egalladi:

🥇“Tabiiy intellekt” jamoasi, GulDU;
🥈“Tandem 3” jamoasi, FarDU;
🥉“Tarjimon” jamoasi, SamDCHTI.

Turnir g‘oliblari I, II va III darajali diplom va 1-o‘rin 30 mln. so‘m, 2-o‘rin 20 mln. so‘m va 3-o‘rin 15 mln. so‘m pul mukofoti va hamkor tashkilotlar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Shuningdek, turnirning “The best speaker” nominatsiyasida Feruza Saitmurodova (NavDPI) 2-o‘rin, Sarvarbek Komiljonov (SamDCHTI) 1-o‘rinni egalladi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

#milliy_qadriyatlar_sayli
#kitobxon_yoshlar_ligasi

🏛 Adiblar xiyobonida o‘tkazilgan “Milliy qadriyatlar sayli” adabiy-maʼrifiy haftaligi bo‘yicha Yoshlar radiosi “Salom yoshlar” loyihasida Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i Izzatxo‘ja Asomiddinov bilan suhbat efirga uzatildi.

📚 Shuningdek, Yoshlar radiosi orqali yaqinda yakunlangan “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovi 3-mavsumi final bosqichi haqida ham ma’lumotlar efirga uzatildi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 3-mavsumini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 23-aprelga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

🔴“Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” (Rey Bredberi)
🔴 “Otamdan qolgan dalalar” (Tog‘ay Murod)


Tanlov g‘olib va sovrindorlar quyidagi tartibda taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Acer noutbuk;
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet;
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Samsung smartfon;
🔵5-o‘rin (10 nafar) – RedMi smartfon;
🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – Smartfon.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang. Imkoniyatdan unumli foydalaning!

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

📚 Kitobxonyoshlar sahifasida Telegramdagi kitobxonlikka oid kanallar ichida 1-o‘rinda e’tirof etildi!

🗣Yil yakunlariga ko‘ra Telegramning rasmiy TGStat platformasi har bir kanal muallifiga Yangi yil tabrigini yubordi. Tabriknoma bilan birga yuborilgan kanalning 2023-yilgi statistikasidan ko‘rinadiki, ko‘pchilik kitobxonlarning sevimli sahifalaridan biriga aylanib ulgurgan @kitobxonyoshlar kanalimiz O‘zbekistondagi kitobxonlikka oid sahifalar ichida №1, ya’ni 1-o‘rinda e’tirof etildi.

Biz qilayotgan mehnatimiz shuncha odamga manfaatli bo'layotganidan va sizlarning qo‘llab-quvvatlashingizdan minnatdormiz! Yangi 2024-yilda ham yangi, ko‘pchilikka ibrat bo‘ladigan, manfaatli loyihalarni ko‘paytirishni oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Bildirgan ishonchingiz uchun kattakon rahmat!

Aytgancha, kanalimiz 2022-yil yakunida ham kitobxonlikk oid №1 kanal deb topilgan edi.

✈️KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

“Kitobxon yoshlar ligasi” o‘zi qanday tanlov?

📚 Bir necha yuz minglab talaba-yoshlarni kitobxonlikka targ‘ib qila olgan, qisqa vaqt ichida keng ommalashib, kitobxonlar orasida sog‘lom raqobatni yuzaga keltira olgan, onlayn tarzda tashkil etilsa-da, shaffoflikni ta’minlab, adolatli tarzda o‘tkazilishi bilan nom qozongan “Kitobxon yoshlar” onlayn kitobxonlik loyihasi haqida ko‘pchilikka tanish bo‘lib ulgurdi.

Yuqoridagi video orqali mana shu loyiha tashkilotchilari hamda g‘olib va sovrindorlarining fikrlarini sizlarga ulashishga qaror qildik.

📺Videoni sifatli formatda ko‘rish

✈️KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Kimdir kitob, kimdir zavq oldi

🤓 Kechagi qiziqarli o‘yinlar darslardan to‘liqqan talabalar va kitobxonlarga oz bo‘lsa ham kayfiyat ulashgan bo‘lsa, biz shundan mamnunmiz.

Sizda “Ildiz kitoblari” bilan bog‘liq shirin xotiralar bor bo‘lsa, biz ayni shular uchun harakatdamiz.

Yuzingizdan quvonch, qalbingiz ilm hech ham arimasin! 🥰

Sizning Ildiz’zingiz ❤️

Ildizkitoblari.uz

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

👉 Manzil lokatsiyasi

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🎓 17-noyabr – “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan yangi “Talabalar tanlovi”ni e'lon qilamiz!

🔄Tanlovda shunchaki yutuqli barabanni aylantirasiz bo‘ldi, omadingiz kelsa sovg‘a sizniki! Ushbu tanlovda kamida 500 ta ishtirokchi sovg‘a yutadi.

🔴3ta – zamonaviy smartfon;
🔴3ta – 500 ming so‘m pul yutug‘i;
🔴20ta – Smart watch;
🔴20ta – Quloqchin;
🔴20ta – Airpods;
🔴20ta – Powerbank;
🔴ko‘plab badiiy kitoblar;
🔴va pul yutuqlari yutib oling.

Tanlov 17-noyabr kuni 20:00 ga qadar davom etadi va tanlov tugashi bilan Instagram sahifamizda super o‘yinni o‘ynaymiz!

📺talabayoshlar/?sub_confirmation=1">TANLOV SHARTLARINI KO‘RISH⬅️

Tanlovda ishtirok eting va ko‘plab sovg‘alardan birini yoki bir nechtasini yutib oling. Harakat sizdan, sovg‘alar esa bizdan!

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Bugun Xalqaro buvijonlar kuni ekan. Shu kunda mani buvijonim vafot etdilar...

Haqlariga duo qilib qo'yinglar, Alloh rahmatiga olsin, savol-javoblari oson bo‘lsin.

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🗣“Naqshi” kitoblar do‘koni hamda “Birga kitob o‘qiymiz” jamoasi yurtdoshlarimiz orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlovini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @naqshiuzbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 21-sentabrga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

🔴O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” asari
🔴Rauf Jilasunning “Halol luqma” asari

Yakunda 50 nafar ishtirokchi finalga yo‘l oladi va final bosqichi bellashuvi natijasiga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

🔵Tanlovda test bo‘yicha 26 nafar, referal ball bo‘yicha esa 20 nafar g‘oliblar yuqoridagi videoda ko‘rsatilgan sovg‘alar bilan taqdirlanadi!

📌 Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 25-avgustga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

🔴Oybekning “Navoiy” asari
🔴Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” asari

Yakunda 50 nafar ishtirokchi finalga yo‘l oladi va final bosqichi bellashuvi natijasiga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi va quyidagi tartibda taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk;
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet;
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Smartfon (6/128);
🔵5-o‘rin (10 nafar) – Smartfon (4/64);
🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – Smartfon.

📌 Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Mubinaxon qizimga singil, menga yana bir qiz farzand, oilamizga yangi mehmon nasib qilgan Allohga hamd-u sanolar bo'lsin.

Kelajakda soliha, qoriya, baxtli, taxtli, ko'zimizni quvnatadigan oqila qiz bo'lishingni Yaratgandan so'rab qolaman. Dunyoyimizga xush kelibsan, qizalog'im.

👉 @Izzatkhoja

Читать полностью…
Subscribe to a channel