Bugun kurs ishi yozgim keldi. Kurs ishiga asos yo'ldagi ba'zi fikrlar bo'ldi.
Kirish qismi
Hayot, taqdir qiziq. U takrorlanuvchi, ya'ni qaytar dunyo. Bugun kimdir tug'ildi, kimdir esa bu hayot bilan xayrlashdi.
Predmeti: mehr
Odamzot borki, hayotdan mehr istab yashaydi, lekin ba'zilar mehr ko'rish uchun mehr ko'rsatish kerakligini ham unutib qo'yarkan.
Metodi:
Qachondir qilgan ishlarimiz umrimiz oxirida bo'lsa ham o'zimizga qaytadi. O'sha qaytar dunyo-ku bu.
1-bob. Achchiq savol
Qariganda bolalarimning rohatini ko'raman deb yashaydi bizning xalqimiz, lekin ular 10 ta bo'lishsa ham siz qarib, o'lim to'shagida yotganingizda birortasi siz orzu qilgan rohatni yoki mehrni berisha olmasachi?
2-bob. Savolga javob
Hammasi o'z tashvishi va qariganda bolamni rohatini ko'raman, hozir men unga qaray, qarisam u menga qaraydi degan orzu bilan band bo'ladi.
3-bob. Yechim
Farzandingizni nechi yoshda bo'lmasin, oilangizning g'ami va quvonchiga doim sherik qiling. Siz his qilayotgan og'riq va shodliklarni birga his qilishi kerak!
Xulosa
Farzandni hayotning arzimas tashvishlari bilan band qilib qo'yib, toshbag'ir, mehrsiz qilib qo'ymang. Qariganda ota-onangizga berishga mehringiz, vaqtingiz yoki shunchaki xohishingiz bo'lmagani kabi, siz qariganizda ham hozir orzu qilayotgan farzand mehri bo'lmasligi mumkin!
@javmirov
Kanalni #perezagruzka qilmoqchiman?!
Yoki yana bir nimalarni yozishni boshlamoqchiman.
Qiziq bo'lsa, shu yerda qoling!
O'zbekiston top
Goadan ketayotganimni eshitgan do'stlarim 3-4 kundan beri rosa mehmon qilishmoqda. Ikki kun afg'on bolalar Kabuli palov qilib chaqirishdi, keyin markaziy osiyolik qizlar (+1 serbiyalik qiz) "o'zimizning" ovqatlardan tayyorlashib, mehmon qilishdi. Yeb tugata olmaganimizni qo'limga ham tutqazib yuborishdi☺️. Goalik do'stlar ham mehmon qilib, sovg'alar ham berishdi👏.
Barchasi O'zbekiston va taomlari haqida juda yaxshi fikrda. Kelajakda hammasi O'zbekistonga tashrif buyirish niyatida! Ketar chog'i favqulotda ko'rsatilgan katta mexr va mehmondorchiliklardan keyin ketgim kelmay ham qoldi😄. O'ylab qarasam, O'zbekiston Markaziy Osiyoda rostdan top ekan, hamma kelib O'zbekistonni aylanib ko'rishni, o'zbek ovqatlaridan yeyishni xohlaydi.
Balki ularning bunday munosabati menga ham bog'liq bo'lgandir. Rostgo'ylik, samimiyat, mexribonlik, oddiylik va odam ajratmaslik hamma yerda irq, din, til va mintaqaga qaramasdan birday qadrlanadi. Men ham yuqorida sanaganlarimga amal qilishga, tanishgan odamlarim qanday bo'lishsa shunday qabul qilib, yaxshi munosabatda bo'lishga harakat qildim. Endi ularni O'zbekistonda kutamiz, nasib!
@javmirov
Yaqinda O'zbekistonga qaytaman! Qaytganimda ba'zi odamlar tomonidan menga beriladigan savollar bo'ladi (tabiiy hol, shekilli). Shu savollarning taxminiy ro'yxati bilan tanishing:
1. Bo'ldimi? O'qishing tugadimi yo yana o'qiysanmi?
2. Qachon uylanasan endi? Birorta hind qiz topib kelmadingmi o'zi?
3. Endi qayerda ishlaysan?
4. Soqol qo'yibsanmi? (Olib tashlaya-ye. MASLAHAT! )
5. Hindiston qanday ekan?
6. Birorta hind aktyorini ko'rdingmi?
7. Hindlar bilan qaysi tilda gaplashding?
...
Sizda ham shunga o'xshash savollaringiz bo'lsa, kommentda yozib qoldiring. Javobini o'ylab ko'rarman...
@javmirov
Tanishlarim haligacha "Hindiston qanday ekan?" - deb so'rashadi. Hindiston haqida telegram kanalda kam yozayotgan bo'lsam ham, YouTube kanalimda videolar bilan ko'rsatib turibman. Masalan:
Bir kunning o'zida hindu butxonasi, fort va cherkovni aylanib chiqqanim⛪️👇
https://www.youtube.com/watch?v=7VHfP7QrWIk
Goadagi yagona Qulupnay fermasiga borganim🍓👇
https://youtu.be/HfRl1ToTN2U
Spice plantationda Filga minib sayr🐘👇
https://youtu.be/V4YwcFb39uU
Ikki kun oldin bo'lgan Viva karnaval🎭👇
https://youtu.be/f2_FHjZJYlY
haqida videolar YouTube kanalimga qo'ydim. Qiziq bo'lsa, siz ham ko'ring😊🙏
@javmirov
Orzu haqida
O'zingizga "orzuim nima?" yoki "hayotda yashashdan maqsadim ne?" - deb savol berib turasizmi?
O'ylashimcha, ko'pchilik aniq javob bera olmaydi. Yashashdan maqsadingiz haqida aniq bir nimalarni aytishingiz mumkin, lekin orzu haqida biron nima deyish qiyin. Nega deysizmi? Chunki ko'pchilikning orzulari yoshligidayoq o'lib bo'lgan bo'ladi.
Karantin vaqtida youtubeda bir ko'rsatuvni ko'rgan edim. Unda internetda mashhur bo'lib ketgan maktab o'quvchisini TVga chaqirishgan. Boshlovchi boladan "hayotdan maqsadingiz nima?" - deb so'rasa. Bola "ota-onamni yuzini yerga qaratmaslik" - deb javob berdi. Yoshligidan ota-onasi tomonidan "xalqni oldida sharmanda qilma, yuzimizni yerga qaratma" - deb tarbiyalanayotgan oddiy o'zbek bolasining "tipichniy" ko'rinishi, to'g'rimi? Aslida u noodatiy o'zini tutishi va gapirishi bilan internetda mashhur bo'lgan edi. Lekin ota-ona o'g'li uchun belgilab berayotgan maqsad va yo'nalish bolaning o'z orzu va maqsadlari o'rnini egallayotgani va ramkaga tushayotgani yaqqol ko'rish mumkin.
Ana shu tarzda ko'pchiligimizning orzu va maqsadlarimiz yoshligimizdayoq ota-onamizning orzu-maqsadlariga almashtirilgan deb o'ylayman. Albatta, buning hech qanday yomon joyi yo'q, ota-ona orzusini amalga oshirish farzand uchun asosiy burchlardan biridir. Faqat aytmoqchi bo'lganim, o'z orzulari uchun harakat qilmagan, ramkaga tushirilgan odamlardan olamshumul yangilik yoki kashfiyotlar chiqishiga ishonmayman. O'tmishda buyuk bobolarimiz bo'lgan, nega hozir yo'q deb ko'pchilik odamlar savol berishadi bir-biriga. Menimcha, hozir bizda buyuk dreamerlar yo'q, agar bo'lishganda, o'z orzularining ketidan quvib buyuklikka yetishgan bo'lishardi.
Xullas, o'zingizga yana orzuim nima deb savol berib ko'ring. Agar o'zingizning emas ota-onangizning orzusi tomon ketayotgan bo'lsangiz ham to'xtamang, davom eting. Faqat vaqti kelib farzandli bo'lganingizda uning orzularini o'zingizniki bilan almashtirmang! Men nasib Alloh farzand bersa, yoshlikda armon bo'lgan orzularimni u amalga oshirishini emas, uning yoshligidagi orzulari katta bo'lganida amalga oshishini xohlayman!
@javmirov
Ayodhadagi Bobur masjidi haqida bir necha marotaba yozgandim. Mana, mana, mana va mana bu yerda.
Xullas, Ram mandir Bobur masjidi o'rnida qurilmoqda. Oldin aytganimdek, masjid uchun ham alohida joy ajratilgan. U 5 akr (2 gektardan ko'proq) yer Ayodhaning Dannipur qishlog'ida joylashgan. Yangi masjid qurilishining rejasi Indo Islamic Cultural Foundation tomonidan e'lon qilingandi (rasmda) va 26-yanvar kunidan qurilish boshlangan. U yerda yangi masjid, shifoxona, muzey, kutubxona va ommaviy ovqatlanish oshxonasi kabi butun bir kompleks quriladi.
Bu kompleks bir vaqtning o'zida 2 mingta namozxonni sig'dira oladi. Yangi quriladigan masjid Bobur masjidiga o'xshatib qurilmaydi, u Bobur masjididan kattaroq, futuristik ko'rinishda bo'ladi, quyosh batareyalari va tabiiy haroratni saqlash tizimi bilan jihozlanadi.
Shifoxona ko'p tarmoqli bo'lib, 300 o'ringa ega va doktorlar bemorlarni tekin davolashadi. Faizoboddagi mahalliy Xamshiralik va felsherlik kolleji tomonidan doktorlar ta'minlanadi. Bundan tashqari, xususiy tibbiyot institutlari va shifokorlar guruhlari ham o'z xizmatlarini taklif qilishgan.
Ommaviy ovqatlanish oshxonasi yaqin atrofda yashovchi kambag'allarning oziq-ovqat ehtiyojlarini qondirish uchun kuniga ikki marta sifatli ovqatlarni taqdim etadi.
P.S. Qurilish shu rejadagidek bo'lsa yaxshi, Ayodhadagi musulmonlarga qulaylik bo'ladi. Lekin bu bir tarixiy masjidning yo'q qilib yuborilishini oqlay olmaydi deb o'ylayman baribir!
@javmirov
Hindistonga qanday qilib keldim?!
Hindiston hukumatining ICCR (Indian council for cultural relations) - "o'zbekchada - Hindiston madaniy aloqalar kengashi" turli davlatlarga bepul ta'lim uchun stipendiya ajratuvchi dasturi mavjud. Umuman bu butun bir xalqaro tashkilot, chunki Hindistonning har bir shtatida ofisi bo'lishidan tashqari juda ko'plab davlatlarda ham ofislari bor. Shuningdek, O'zbekistonda ham.
Xullas, ICCR O'zbekiston uchun har yili kamida 20 ta o'rin ajratadi, ya'ni 20 ta O'zbekiston fuqarosini talabalikka qabul qilib bepul o'qitadi. Dastur ta'lim sohasining barcha yo'nalishlari va barcha bosqichlarini o'z ichiga oladi. Ya'ni, aniq fanlar, gumanitar fanlar va tabiiy fanlar yo'nalishlarida; bakalavr, magistratura va PhD bosqichlari.
ICCR stipendiya dasturi bilan bog‘liq barcha harajatlar Hindiston tomonidan qoplanadi. Bularga nimalar kiradi: o‘quv kursi to'lovlari, turar joy, kitob puli va har oylik stipendiya (bakalavr-18 ming rupiya, magistratura-20 ming rupiya, PhD-22 ming rupiya), hatto sharoiti og'ir talabalar uchun yo'l chiptasi ham olib beriladi.
Talab qilinadigan asosiy narsa - ingliz tilini yaxshi bilish. Bundan tashqari, hujjat topshirish onlayn tarzda amalga oshiriladi va pasport, diplomlar skaner qilingan holda (pdf), rasm va tibbiy ko'rik ma'lumotnomasi (formasi saytdan olinadi) ni yuklash kerak. Bundan ham batafsil ma'lumot olishni xohlasangiz Toshkent shahri Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan Lal Bahodur Shastri nomli Hindiston madaniyat markaziga tashrif buyuring. Hujjat topshirish uchun esa quyidagi link👇
http://a2ascholarships.iccr.gov.in
Bu yilgi qabul allaqachon boshlanibdi va 29-fevralgacha davom etadi. Taxminan aprel oyida L.B.Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazida ingliz tilidan bilimingizni aniqlovchi imtihon topshirasiz.
Agar Hindistonda ta'lim olishni yoki o'qishingizni (magistratura va PhD bosqichlarida)da davom ettirmoqchi bo'lsangiz - bu sizning imkoniyatingiz!
O'tgan yili ana shu dasturga hujjat topshirib Hindistonning Goa shtatidagi Goa universitetiga o’qishga keldim. Goani tanlashni maslahat beraman, albatta!
P.S. Hozirgi kunda 20 ming rupiya 280 $ bo'ladi.
O'zimdan maslahat olish uchun: @javmirov
Kichkinaligimda tezroq katta bo'lishni xohlaganman (hamma kabi). Maktab paytlari esa tezroq dars tugasa-yu, qo'shni maktabga ertaroq borib yoqtirgan qizimni ko'rsam yoki tezroq kunlar o'tib yoz, ya'ni yozgi ta'til kelishini kutish bilan o'tkazganman. Keyin litsey, u ham har qishloqqa borib-kelish muddati belgilab qo'yilgan 6 oyni tezroq o'tishini kutish bilan yoki oxirgi kursda "ishqilip litseyni tugatiboq universitetga kiray, imtihondan yiqilib sharmanda bo'lmay" - degan qo'rquv bilan o'tdi. Shu bilan butun o'smirlik davrimni o'tkazib yuboribman. Universitet ham shunaqa qandaydir belgilangan muddatlar tezroq kelishi, u kelganda esa yana yangisini kutish bilan o'tib ketdi. Xuddi 2020-yilni "karantin tugasa..., karantin tugasa..." - deb o'tkazib yuborganimizdek!
Hozir esa o'sha o'tgan kunlarni sog'inaman. Masalan, hamma kabi maktab paytlarimni.
- Lekin nega hamma kabi?
- Nega keladigan kunni kutib, yashab turgan kunimni esa qadriga yetmay, uni tezroq o'tishini istab yashaganman va endi esa o'sha kunlarni sog'inaman?
Sababi, hamma kabi tarbiyalanganim yoki atrofimni o'rab turgan odamlar ta'siri: Porloq kelajak haqida orzular, "katta bo'lsang" yoki "u yerga borsang" kabi muddat va yo'nalishlar, "u yerda o'qiysan" yoki "bu yerda ishlaysan" kabi oldindan belgilab berilgan maqsadlar sari intilganim bo'lsa kerak.
Hozirgi kunda tezroq O'zbekistonga qayt deyishmoqda. Istasam, istamasam hozir butun hayolim tezroq yurtga qaytish bo'lib qolyapti. Xuddi litsey yoki universitet davrlariday "tezroq kunlarim o'tsa-yu, uyga qaytsam" - deb yashayapman. Lekin bir necha yillardan keyin hozirgi kunlarimni ham sog'inamanku, to'g'rimi?!
Shuning uchun qachon qaytasan deb so'ramang, iltimos! Qaytish muddatini belgilaganim yo'q. Hozirgi kunlarimdan bahra olishga harakat qilyapman.
Albatta, shu kirib kelgan yangi 2021-yilda qaytaman!
Yangi yil muborak bo'lsin! @javmirov
Juma kuni kechki payt Dehlidan kelayotgan iroqlik o'rtog'imni olib kelish uchun aeroportga borudim. Skuterda (aytgancha, skuter ovoganman). Skuterning kichkina cho'ntakdek kovak joyiga telefonimni qo'yudim, yo'lda tushib qopti. Yo'lning notekis joyida bir marta sakragandi, o'sha joyda tushib qolibtida. Uzoqqa ketmasdan ortimga qaytib tekshirdim, lekin topa olmadim. O'rtog'imning telidan qo'ng'iroq qilsak, o'chirilgan deyaverdi.
Yarim tundan o'tgandan keyin telefonim yondi va qo'ng'iroqqa javob berishdi. Bir mahalliy yigit topib olgan ekan. Shanba kuni tush vaqti ko'rishib, telni qaytarib oldim. Suyunchisiga olmayman desayam majburlab 500 rupiya berib, katta rahmat (nega rahmatni 'katta' deymiz? Boshqalar 'ko'p rahmat' deyishadiku) va yaxshi odam ekansan, xudo yorlaqasin deb qaytdik (xristian edi, adashmasam).
Telni yo'qotgan kechasi, boyagi yigit qo'ng'iroqqa javob bergunicha hamma hind o'rtoqlarimga aytib, topsa bo'ladimi yo'qmi deb so'rab, yangi tel olishni va sim kartani tiklatishni reja qilib qo'yudim. Lekin yaxshiki, yigit insofli ekan, "teling ishonchli qo'llarda, xavotir olma! Kelib olib ket" - dedi.
Shunda bakalavrda o'qib yurganimizdagi bir voqea esimga tushib ketdi: IPhone 6S chiqqan yili edi. Bitta kursdoshim mashinasida kechki paytlari shaharda kira qilardi. Bir kuni uyga IPhone 6s bilan kelib, bizga: "nima qilamiz, mashinamda kimdir tushirib qoldiribdi" - dedi. Yangi IPhone (IPhone 6s😱) sentabrda prezintatsiyasi bo'lgan bo'lsa, voqea noyabr yoki dekabr oyida bo'layotgandi. Xullas, o'ylab-o'ylab, maslahatlashib pul evaziga egasiga qaytarib berishga kelishdik. Keyin shu kechasi ko'rishib 100 ming so'm suyinchisini (🤦♂) olib qaytarib berudik. O'shanda iphone egasi "telefon mayli, ichidagi rasm, video va kontaktlar qimmatli" - degandi. Rostan telim Xiaomi, 3 yildan ko'proq bo'ldi ishlatayotganimga, lekin ichidagi kontaktlar bir umr yig'ganlarim - juda qimmatli.
Siz ham kimnidir telefonini topib olsangiz, albatta, egasiga qaytarib bering demoqchiman shu uzun hikoyam bilan. Hozirgi kunda odamlar ozlari uchun kerakli, qimmatli narsalarini ham shu telefonlarda saqlashyapti. Keyin yana bizga o'xshab pul ham so'rab yurmang, hozir o'shani eslasam uyalip ketyappan.
@javmirov
Баъзида ёзишга мавзу топилади, хаёлингда постни тайёрлаб ҳам қўясан, бироқ реалда на ёзишга, на уни эълон қилишга хоҳишинг бўлади. Бу дангасалик эмас, шунчаки, ўзингга ўзинг: "Бу ёзганларимни охири борми? Ким учун ва нима учун ёзяпман?", деб савол йўллайсан ва қилаётган ишингдан бир муддат кўнгил узасан. Шунақа давр ҳам бўлиб туради. Уни енгиш керак. Енга олиш керак.
Читать полностью…🇨🇳🇮🇳Хитой-Ҳиндистон чегарасидаги вазият кескинлигича қолмоқда
Сўнгги бир неча ой ичида Хитой ва Ҳиндистон қўшинлари икки давлатнинг де факто чегараси қаторида жойлашган «Ҳақиқий назорат чизиғи» (LAC) деб номланувчи нуқталарда бир-бирларига нисбатан тажовузкор позицияларни эгаллаб туришибди. Сўнгги бир неча ҳафта ичида зиддият янада кучайган. Душанба куни ҳар икки томон бир-бирини баҳсли ҳудудларда ҳавода ўқ узганликда айблаган. Шу билан, томонлар ўзларининг белгиланмаган чегаралари бўйлаб ўқ узмаслик ҳақидаги узоқ муддатли протоколларини бузишган.
Ечим қандай бўлиши мумкин ва воситачиликка ўрин борми?
Хитой ва Ҳиндистон ҳарбий ва дипломатик амаладорлари ўртасидаги музокараларнинг бир неча раунди шу пайтга қадар тангликни бартараф эта олмади. Иккала томон ҳам тажовузкор позицияга кириб, бир-бирларини провокацион ҳаракатларни амалга оширганликда айбламоқда.
Кузатувчиларнинг таъкидлашича, дунёнинг қудратли давлатлари вазиятни тинчлантириш учун дипломатик саъй-ҳаракатларни бошлаган бўлсада, уларнинг Хитой ва Ҳиндистонга муроса йўлини кўрсата олиши эҳтимоли катта эмас. Чунки, Хитой ҳам, Ҳиндистон ҳам қудратли давлатлар, улар бошқаларнинг нима қилиш кераклигини ўргатишини хоҳламайди. «Улар дунёнинг бошқа қудратли давлатлари назоратидан ташқарида эканлигини кўрсатишмоқчи», дейди Янги Деҳлидаги Жаваҳарлал Неру Университетининг хитойшунос олими, профессор Срикант Кондапалли.
Шунга қарамай, сўнгги тўқнашувлар икки томоннинг ҳам бир-биридан устун келишига олиб келмади. Бундай танг шароитда эса, Хитой ва Ҳиндистон воситачига эҳтиёж сезиши мумкин. «Икки томон ҳам Россиянинг эҳтимолий бўлган воситачилиги вариантини кўриб чиқиши мумкин. АҚШга келсак, хитойликлар унинг воситачи бўлишини рад этишди, Ҳиндистон томони эса бу ҳақида аниқ бир нарса демади», дея таъкидлайди профессор Кондапалли.
«Менинг фикримча, Германия ва Европа Иттифоқи Қўшма Штатларга қараганда бетараф деб қабул қилинади. Шундай қилиб, агар Хитой ва Ҳиндистон ўртасидаги зиддият кескинлашиб кетса, Германия ва Европа Иттифоқи воситачилар сифатида янада самарали ҳаракат қилишлари мумкин. Аммо охир-оқибат, Хитой-Ҳиндистон можароси дипломатик ёки Нарендра Моди ва Си Цзиньпиннинг норасмий учрашувларини қайта бошлаш йўли билан ҳал қилиниши керак», деб таъкидлайди таҳлилчи Дерек Гроссман DW ахборот агентлигига.
Каналга уланиш⬇️⬇️⬇️
@Siyosatdon_klubi
Davlat ishida ishlash haqida
Qilinmagan ishlarni ish vaqtidan keyin qilib uyga juda kech qaytasan. Uxlaging keladi, lekin uyda ham nimadir qilishing kerak, ularni ham qilib bo'lganingda esa yarim kechasi. Charchaganingdan o'tirgan joyingda uxlab qolasan.
Uxlab yotasan-u, lekin xayolingda boshliqning: "Ishga kech qolmay kellarin-ga, ertalabdan" - degan so'zi aylanadi. Turib oshxonaga chiqib chekvorging keladi-yu, uyqingni qizg'onasan.
O'zingni: "ertan-indin oyliklaring ham ko'tarilib qoladi, abetlaringni ham hal qiberamiz" - degan va'dalarni eslab ovutasan va budilnikni tong saharga to'g'irlab uxlashda davom etasan.
Ertaga yana shu xol qaytariladi. Lekin umid va ishonchni yo'qotmaysan, ba'zan nolisangda yana yaxshi kelajak hayolida ishlashda davom etaverasan! Tugadi...
@javmirov
Assalam alaikum qadrdonlar!
Ko'pchilikning xabari bo'lsa kerak, Goadan qaytganimdan keyin Sharqshunoslik universitetida o'quv ishlari bo'yicha dekan muovini (zamdekan) bo'lib ishlayapman.
Hozircha o'zimdan ketib qolganim yo'q😎😂. Shu talabalarning manfaati uchun, ular sifatliroq va yaxshiroq ta'lim va bilim olishlari uchun ozgina bo'lsa ham harakat qilyapman.
Talabalarning muammolari ko'p, har kuni qaysi biridadir nimadir bo'lib qoladi. Hammasini to'g'ri tushinishga, muammolariga yordam berishga harakat qilyapman. Lekin afsuski, muammolar moddiy tomonga taqalganda hech qanday yordam bera olmayman.
Universitet ma'lum miqdorda moddiy yordam puli ajratar ekan. Bundan tashqari hokimiyat ham yordam qilar emish. Bu yordamlarni olish uchun rostan ham kam ta'minlanganmi, muhtojmi isbotlab berish uchun bir dunyo hujjat qilishlari kerak.
Shularni o'ylab, balki moddiy tomondan ham talabalarga yordam bera olarman deb Talabaga yordam fondini (@help_to_student) tashkil qilishni yaxshi niyat qildim. Hozircha, rejamda faqat o'z fakultetimdagi talabalarga kontraktlarini to'lashda yordam berish, chunki kim bunga muhtoj ekanligini yaxshi bilaman. Keyinchalik fond rivojlanib ketsa, boshqa talabalarga ham yordam berishni boshlaymiz.
P.S. Hozir bitta yaxshi o'qiydigan talabamizning kontragini to'lash uchun yordam kerak!
Hurmat bilan @javmirov
Holi haqida
Bugun Hindistonda Holi bayrami (Bo'yoqlar festivali) bo'lib o'tdi. Bu bayramni bilmaydigan odamning o'zi bo'lmasa kerak?!
Holi nishonlanish sanasi hind kalendari asosida belgilanadi va yangi yilning boshlanishini bildiradi. Asosan, fevral yoki mart oylariga to'g'ri keladi. O'tgan yili 11-mart kuni nishonlagan edik, bu yilgisi 29-martga to'g'ri keldi.
Holi dunyodagi eng qadimiy bayramlardan, u haqda sanskrit tilidagi manbalarda hamda hindlarning boshqa muqaddas yozuvlarida ham tilga olingan. Holining nishonlanishi hindlar ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasiga ishonishiga bog'liq. An’anaga ko‘ra, bu kunda ommaviy sayl o‘tkaziladi va tanigan-tanimagan bir-biriga bo‘yoqli suv va kukun sepadi, bu harakat bahor kelgani bilan bir-birini qutlash, baxt-omad tilash hisoblanadi. Lekin bu yil Pandemiya sababli uncha keng miqyosda nishonlanmadi, buning ustiga, ba'zi shtatlarda yana karantin cheklovlari joriy etilmoqda. Eng yorqin Holi bayrami Vrindavana, Matxura va Jaypurda bo‘lib o‘tadi. Dehli, Kalkutta va Mumbayda esa ushbu festival o‘ziga xosligi bilan yodda qoladi. Bu yil Puna shahrida o'qiyotgan chet ellik talabalar bilan nishonladim.
Shuningdek, Holidan bir kun oldin gulxan yoqish marosimi bo‘lib o‘tadi va bu bilan yovuz kuchlar quvilishiga ishoniladi. Gulxan yoqish marosimi Holika ismli iblisning Vishnu ma’budiga ishonmagani uchun yoqib yuborilgani bilan bog‘liq. Yana bir qiziq fakt, bahor ob-havosi tez-tez o‘zgarishi tufayli shamollashning oldini olish maqsadida shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra, sepiladigan bo‘yoqlar tarkibiga shamollashga qarshi mahalliy dorivor giyohlar qo‘shilib, bayram bahona profilaktika qilib olinar ekan.
Festivaldagi har bir rang ma’lum ma’noni anglatadi: qizil — jo‘shqinlik, ko‘k esa Krishna, ya’ni e’tiqod va ruhiy kamolot, yashil — erkaklar kuch-quvvati, olovrang — quyosh, bilim va yangilanish, sariq — sog‘liq va tinchlik rangi hisoblanadi.
Happy Holi hammaga!!! Shu bayramni kutib turgan edim, aslida. Endi O'zbekistonga qaytaman!
@javmirov
Hindistonda 8-martni nishonlashmas ekan!
8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" ekanligini bilishadi, lekin kalendarda qizil bilan belgilangan, rasmiy dam olish kuni emas. Hindistonda har yili may oyining ikkinchi yakshanbasida Onalar kunini nishonlashadi. Bu yilgi Onalar kuni 9-may kuniga to'g'ri kelarkan.
Bundan tashqari, Hindistonda Milliy qiz bola kuni ham bor. Bu bayram har yili 24 yanvarda nishonlanadi. Xotin-qizlar va bolalarni rivojlantirish vazirligi va Hindiston hukumati tomonidan 2008-yildan nishonlash boshlangan. Bu kunni nishonlashdan asosiy maqsad: odamlar orasida va qizlar o'rtasida yuzaga keladigan barcha tengsizliklar to'g'risida xabardorlikni oshirish.
O'tgan yili hind do'stimdan "nega unaqa bayram qilib nishonlamaysizlar" deb so'raganimda.
- faqat bir kun emas, har kuni bayram ayollar uchun, har kuni hurmat-ehtirom qilamiz - degan edi. Rostan, hindlar ayollarni qattiq hurmat qilishadi. Ayollarga ma'm, yosh qizlarga madam deb murojaat qilishadi.
Xullas, hurmatli ayollar va qizlar, onalar, opalar va singillar bugungi bayram muborak bo'lsin! Hind do'stim aytganidek, faqat bir kun emas har kuni sizlar uchun bayram, baxtli-quvonchli kun bo'lsin! Yaqinlaringiz mexri, hurmat-ehtiromi hech tark etmasin!
@javmirov
Konkoni va Marathi tillari bir xilmi?
Goa shtatining rasmiy tili Konkoni tili deb oldin ham bir necha marta yozgandim. Qo'shni Maharashtra shtatining ham rasmiy tili mavjud. Bu - Marathi tili. Ikkala til ham kelib chiqishi bir bo'lgan ikki tildir. Ikkalasi ham hind tillar oilasiga kiruvchi va juda boy tillar bo'lib, Devanagri va Modi yozuv shriftida yoziladi.
Marathi tilida bo'lgan: Deshi, Varadhi, Puneri, Kolhapuri va boshqa dialektlar (shevalar) kabi Konkoni tilida ham turli dialektlar bor. Konkoni tilining asosiy dialektlari: Antruzi, Sashti, Bardezi, Karwari, Malvani, Chitpavani, Karhadi va Mangalorean.
Ikki tilning ham dialektlarida alohida hududlarda gaplashishadi. Tamil Nadu shtatining Tanjori hududida Tajore marathisida, Karnatakada Belgaum marathida va Madhya Pradesh shtatining Telangana chegaralarida Indori marathi dialektlarida gaplashadigan hududlar bor.
Ikki tilning manbalari bir xil, ya'ni ajdodlar bir lekin hozirgi kunga kelib natija har xildir. Har bir dialekt turli ta'sirda rivojlangan. Misol uchun, Vasai konkoni Agri-Koli (etnik guruh) ta'sir etgan. Bundan tashqari, Xristian konkonisi ham bor. Bunda Goaning xristian aholisi gaplashishadi. Dahanu konkonisiga gujorotliklar va mahalliy tillar ta'sir o'tkazgan. Malvani konkonisi esa Marathi tili ta'siriga ega.
Xullas, Konkoni tilining o'zini Shimoliy Goa, Janubiy Goa va Roman katolik kabi uchta katta guruh dialektlariga bo'lish mumkin.
@javmirov
Hindistondagi noroziliklarning bizga nima aloqasi bor?
Hindiston fermerlari bir qator taniqli ziravorlar va farmatsevtika mahsulotlariga o’z hissalarini qo’shadilar. Darhaqiqat, Hindiston Amerikaning oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA) tomonidan tibbiyot uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan o’simlik ishlab chiqaruvchi dunyodagi uchinchi davlat ekanligi ma’lum. Hindistondan eksport qilinadigan (ko’pincha dori-darmonlarda ishlatiladigan) oddiy ziravorlardan zerdeçal, spirulina, qizilmiya ildizi, kardamom va chinnigullarni misol qilib ko'rsatishimiz mumkin.
Ziravorlar va dori-darmonlardan tashqari, Hindiston bizning dietamizga bir qator oziq-ovqat mahsulotlarini kiritishi bilan mashhur. Bular: basmati guruchi, bug’doy, yasmiq, shakarqamish va kaju. Hindiston dunyodagi eng yirik paxta ishlab chiqaruvchisi, shuningdek, ipak, denim va kalava ishlab chiqaradi. Bu shuni anglatadiki, hindistonlik dehqonlar nafaqat siz iste’mol qilayotgan oziq-ovqat va qabul qilinadigan dori-darmonlarni o’stirishga yordam beradi, balki ular siz foydalanadigan to’qimachilik va kiyadigan kiyimlarni yaratadigan ekinlarni yetishtirish uchun ham javobgardir.
Natijada, dehqonlar butun dunyoni ular bilan birga bo’lishga, Hindiston hukumatiga ularning fikrlarini eshitishlariga bosim o’tkazishda yordam berishga chaqirmoqdalar. Hindiston fermerlari istayotgan narsa – bu minimal qo’llab-quvvatlash narxini kafolatlash va yashash sharoitlariga zarar qilmaslik kafolati. Bu haqiqatan ham hukumatdan so’rash mumkin bo'lgan juda ko’p narsa emas. Iqtisodchilarning fikriga ko’ra, fermerlik sohasi ko’proq tartibga solinishi kerak, ammo bu avvalo fermerlarning manfaati uchun bo’lishi kerak va ularni shunchaki savollar berishgani uchun kaltaklamaslik, ko’z yosh gazlari bilan gazlamaslik va «antimillatchi» tamg’asini bosmaslik kerak.
Manba: uz.fafaq.eu sayti
@javmirov
#farmerprotest haqida
Namoyishlar sentyabr oyida Hindistonda qabul qilingan va fermerlarning manfaatlarini ko’zlamaydigan uchta yirik dehqonchilik va tartibga solish qonunlari natijasida yuzaga keldi. Namoyishlarga nafaqat qonunlar Hindiston dehqonlarining hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatishi, balki qarorlar qabul qilish jarayonida fermerlar bilan maslahatlashilmaganligi va qabul qilinganidan beri fermerlarning qonunlarni bekor qilish haqidagi iltimoslari doimiy ravishda e’tiborsiz qoldirilganligi sabab bo'ldi.
Xo'sh o'sha qonunlar qaysilar edi? - Ular:
1. Fermerlar tomonidan ishlab chiqarilgan savdo va tijorat to’g’risidagi qonun (targ’ib qilish va ko’maklashish), 2020 yil
2. Fermerlar (imkoniyatlarni kengaytirish va himoya qilish) narxlarni kafolatlash to’g’risidagi bitim va fermer xo’jaliklariga xizmat ko’rsatish to’g’risidagi qonun, 2020 yil
3. Asosiy tovar (o’zgartirish) to’g’risidagi qonun, 2020 yil
Xo'p, bu qonunlardan keyin nima o'zgaradi?
Ilgari, hukumat dehqonlarga ekinlar uchun kafolatlangan narxlarni (minimal qo’llab-quvvatlash narxi) belgilab bergan. Bu esa uzoq muddatli moliyaviy xavfsizlikni ta’minlagan va kelgusi ekin ekish davrlariga sarmoya kiritishga imkon bergan. Bu qonunlar kuchga kirgandan keyin esa fermerlarga qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bozori qo’mitasi tashqarisida sotish va mandilar (ekinlar sotiladigan joy) ni bekor qilishga imkon beradi. Natijada, hukumat biron bir mahsulot uchun minimal narxni kafolatlamaydi va savdogarlar uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotib olish uchun litsenziyalar bo’lmaydi. Bunday holda, fermerlar nazdida firibgarliklar ko'payishiga olib keladi.
Meni tushinishimcha, hukumat maqsadi - fermerlarni to'liq bozor iqtisodiyotiga o'tkazish va mahsulotini qayerda va qanchaga sotishiga aralashmaslik. Lekin bunday holatda, kichik fermer xo'jaliklari jon saqlab qola olmaydi.
@javmirov
Dehlida Fermerlar protesti davom etmoqda. Shaharni namoyishchilardan to'sish uchun temir mixlar, tayoqchalar, tikanli simlar, toshlar va vaqtinchalik devorlardan foydalanilmoqda.
Namoyishlar "yangi qishloq xo'jaligi qonunlari"ga qarshi o'tkazilmoqda.
Uchinchi oydan beri davom etayotgan norozilik namoyishi Bosh vazir Narendra Modi duch kelgan eng katta qiyinchilikni keltirib chiqarmoqda. Uning hukumati qonunlarni to'xtatib turishni taklif qildi, ammo fermerlar ularni bekor qilishni xohlamoqda. Mamlakatdagi mashhur hindlar ham ikkiga bo'linishgan, lekin ko'pchilik fermerlarni qo'llab-quvvatlamoqda.
#farmerprotest #farmer
2021-yildan yana Goa shtati bo'ylab sayohatlarni boshlab yubordim👇👇
https://youtu.be/khEHdy_EMYQ
@javmirov
Ko'rgan, bilgan, eshitgan va to'plagan ma'lumotlarimdan Hindiston haqida 30 ta qiziqarli faktlar tayyorladim👇👇
https://telegra.ph/Hindiston-haqida-30-ta-qiziqarli-fakt-12-19
Kanalga ulanish: @javmirov
Xalqqa svet va gaz bering!
Kechki payt sport zaldan uyga qaytayotsam bitta mahallada svet ochib qolganini ko'rib yuqoridagi gap hayolimda aylanaverdi. Hozir uznetda trenddagi mavzu-ku axir.
Universitet yotoqxonasiga keludim, u yerda ham o'chib qoldi. Tezda keldi-yu, yana qayta bir necha marotaba shunaqa o'chib yondi.
Goada ham chiroq o'chadimi?
- Ha, o'chib turadi. Yomg'ir mavsumida ko'p takrorlanadi. Lekin eng uzog'i yarim soatda qaytib yonadi. Ataylab elektr energiyasini tejash uchun o'chirishmaydi, qanaqadir avariyaviy holat bo'lganda o'chadi.
Gazchi?
- Oqava gaz yo'q, gaz balon ishlatishadi. Gaz odamlarga unchalik kerak ham emas, chunki ovqatni asosan tok plitalarda pishirishadi. Qish fasli yo'q, shuning uchun uyni ham isitishga hojat yo'q. Elektr narxi esa arzon.
Ha yana issiq suv ham yo'q. Sovuq suv esa o'chganini hali uchratmadim. Kimga issiq suv kerak bo'lsa, uyiga geyser (suv isitgich - bizda Ariston deyishardi shekl) o'rnatib olishadi. Elektrga pulni to'lab yaxshi yashayverishadi.
P.S. Ha, gaz bo'lmasa ham xalqqa hech bo'lmasa #svetberish kerak!
#chiroqber #gazber @javmirov
Karantin kunlarni qanaqa o'tkazganim haqida qisqacha video qildim👇🏻.
https://www.youtube.com/watch?v=qjxs8NJfpbg
Yoqsa like va komment yozib, kanalga obuna bo'lib qo'ysezlar minnatdor bo'lardim🙏🏼.
Har bir jamiyatning o'ziga xos muammolari va o'xshashliklari bor. Masalan, bizda "ma'naviyat soqchilari" bo'lsa, hindlarda "madaniyat qo'riqchilari" bor. Biz biror ishni "o'zbekchilik" desak, ular "kastachilik" deydi. O'ylaganim, masalan Hindistonda kastachilikni saqlab qolishdan yuqori kasta vakillari manfaatdor. Bizdagi "ma'naviyatchilar" nimadan manfaatdor bo'lishar ekana?!
Kasta tizimini saqlashdan manfaat - yuqori kasta o'zi qanday qulayliklarni ko'rgan bo'lsa, bolasi ham shularni ko'rishini xohlaydi. Masalan, o'qishga kirishda geniy, lekin past kasta vakilidan kam ball yig'gan bo'lsa ham yuqori kastadanligi uchun birinchi u tanlanadi. Yoki boshqa misol, ishga kirishda nomzod qaysi kastaga mansubligi haqidagi guvohnomani ko'rsatishi kerak, oliy ma'lumotli past kasta vakili kirmoqchi bo'lgan joyga mabodo brahman ham hujjat topshirgan bo'lsa, u rezervga tushishi aniq yoki rad javobini qo'ltiqlab ketadi.
Imkoniyatlar teng emas, bu bizdagi harbiy farzandlariga o'qishga kirishda qo'shimcha imkoniyatlar berilayotganiga sal o'xshash bo'lsa, boy-kambag'al yoki tanish-bilishchilikdan katta farq qiladi. Tanish-bilish bo'lmasa ham yuqori kasta vakillari ko'proq imkoniyat va hurmatga ega bo'laveradi.
Konstitutsiyada barcha teng, mamlakatda demokratiya. Gaplashsang, bular eskilik, oldin shunaqa bo'lgan, hozir unaqa emas deyishadi. Lekin amalda baribir oldingiday, ular buni kultura (culture) sifatida saqlab kelishmoqda. Senga ochiq aytishmaydi, lekin jamiyatida necha asrlik boy madaniyatimiz, buni yo'qolib ketishiga yo'l qo'ymaymiz deb harakat qilishadi o'sha "madaniyat qo'riqchilari".
Yana bir jihat, familiya orqali ham tezda kimligini farqlashadi. Masalan, Bhatt - brahman, Sinx Rajput - kshatriy (jangchi), Gupta - savdogar, ya'ni 3-kasta. Shuning uchun familiyalarini ham avlodlarida saqlashadi. O'ylashimcha, Kasta sertifikatini bekor qilishsa ham bu madaniyat saqlanib qolaversa kerak.
@javmirov
Gandining qotili haqida
Mahatma Gandi (kimligini hamma bilsa kerak...) Nathuram Vinayak Godse tomonidan otib o'ldirilgan. Nathuram Gotse kim bo'lgan?
Asl ismi Ramachandra bo'lgan Nathuram 1910-yil 19-may kuni Maharashtra shtatida Chiptavan Brahman (maharashtralik braxmanlar jamoasi) oilasida dunyoga kelgan. Otasi Vinayak Vamanrao Godse pochta xodimi bo'lgan, onasining ismi Lakshmi bo'lgan. Ular Ramachandradan oldin uchta o'g'il va bir qiz farzand ko'rishgan, lekin o'gil farzandlarining barchasi go'dakligidayoq vafot etganligi uchun Ramachandrani go'dakligida qiz farzand sifatida katta qilishgan va burniga uzuk taqib qo'yishgan. Shuning uchun Nathuram (Marathi tilida - "burun-uzuk taqqan Ram") degan nom olgan. Keyinchalik ukasi tug'ilgandan keyin uni o'g'il bola sifatida tarbiyalay boshlashgan. Godse avval Baramatidagi mahalliy maktabda o'qigan, keyin esa Punadagi xolasinikiga ingliz tilidagi maktabda o'qishi uchun yuborilgan. Maktab davrida u Gandini juda qattiq hurmat qilgan.
Nathuram maktabni tashlab, Rashtriya Swayamsevak Sangh (Milliy ko'ngillilar tashkiloti) va Hindu Mahasabha (siyosiy partiya) singari hindu natsionalistik tashkilotlarga qo'shilib aktivist va hind millatchiligi tarafdoriga aylanadi. Hindiston Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishganda, Gandi Hindistonning bo'linish paytida hindistonlik musulmonlarning siyosiy talablarini ma'qul ko'rib, ularni qo'llab-quvvatlagan deb hisoblagan va shuning uchun unga suiqasd uyishtirgan.
1948-yil 30-dekabr soat 17:17da Gandi o'zi joylashgan Nyu-Dehlidagi qasr, Birla Xaus ortidagi baland maysazorda ibodat yig'ilishiga yo'l olganida Godse olamon orasidan chiqib keladi va Gandining ko'kragiga uch marta o'q uzadi. Gandi Birla Xausga qaytarib olib kelinadi va u yerda ko'p o'tmay vafot etadi. Godse o'sha yerning o'zida qo'lga olingan. 1949-yil 8-noyabrda Panjob Oliy sudida o'lim jazosiga hukm qilinadi va 1949-yil 15-noyabrda Ambalada osib o'ldiriladi.
2014-yilda Bharatiya Janata partiyasi (BJP - hozirgi hukumatni boshqarayotgan partiya) hokimiyat tepasiga kelganidan so'ng, Hindu Mahasabha Godse nomini qayta tiklash va uni vatanparvar sifatida ko'rsatish harakatlarini boshlaydi va Bosh vazir Narendra Modidan Godsening byustini o'rnatishni so'rashadi. 2015-yil 30-yanvarda Gandi vafot etgan kun munosabati bilan "Desh Bhakt Naturam Godse" (Vatanparvar Nathuram Godse) nomli hujjatli film namoyish etiladi. Hatto, Godsega atab templ (ibodatxona) qurish va 30-yanvarni Shaurya Diwas ("Jasorat kuni") sifatida nishonlashga urinishlar bo'lgan.
Hindistonda hind millatchiligi avj olayotgan bir paytda, Godse sharafiga haykallar va ibodatxonalar qurilmoqda. Millatchilar tomonidan Gotsening tug'ilgan kuni katta bayram sifatida nishonlanadi. Meerut shahrini (Harit Pradesh shtati poytaxti) Gotse nomi bilan qayta nomlash taklif qilingan, lekin Tuman sudi tomonidan bu taklif rad qilingan. Xullas, Hindistonni jangsiz, tinch yo'l bilan mustaqillikka olib chiqqan, millat otasi sanalgan Mahatma Gandi qotili endilikda millatchilar tomonidan vatanparvar qahramon sifatida ko'rilmoqda. Chuqurroq xulosa qilishni esa yana o'zingizga qoldiraman.
Matnni Viki va hind ziyolilari bilan suhbatdan olgan ma'lumotlar asosida @javmirov yozdi.
Rasm Gandi o'ldirilgan joyda o'rnatilgan memorial👇🏻